Prujinalar va ularning shartli tasviri. Prujinaning ish chizmasi
Download 244.22 Kb.
|
Prujinalar va ularning shartli tasviri. Prujinaning ish chizmasi
Prujinalar va ularning shartli tasviri. Prujinaning ish chizmasi. Prujinalar mexanik energiyani yutish va uzatish uchun mo‘ljallangan. Prujinalar konstruksiyasiga ko‘ra silindrik vintli, konussimon vintli, spiralsimon, plastinkali va tarelkasimon; ko‘ndalang kesimining shakliga ko‘ra yumaloq, kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli; vazifasiga ko‘ra siqilish, cho‘zilish, buralish va bukilish prujinalarga bo‘linadi. O‘ng va chap o‘ramli prujinalar bo‘ladi.
135-shakl Prujinalar GOST 2.401-68 ga binoan gorizontal xolatda tasvirlanadi (135-shakl). CHizmada prujinani parametrlari bilan tasvirlash qabul qilingan. Bu parametrlari quyidagicha: prujinaning erkin xarakatdagi uzunligi (balandligi) – H0; prujinaning yuk ostidagi uzunligi (balandligi)-H1, H2, H3; prujina simining diametri – d; prujinaning tashqi diametri –D;prujinaning tayanch o‘rami va qo‘shni ish o‘rami orasidagi tirqish-λ; prujinaning o‘qi bo‘yicha yuklangan kuch – R1, R2, R3; prujina tayanch o‘rami uchining qalinligi –Sk; prujina ish o‘ramlarining soni ~n; prujina qadami ~ t; prujina kuch momenti – M1, M2, M3; prujinaning yoyilgan vaziyatidagi uzunligi –L; prujinaning burchak deformatsiyasi – φ1,φ2,φ3; prujinaning o‘ramlari orasidagi bosim kuchi – PH ; prujina kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lsa, kesimining eni –B Prujinaning ish chizmasidagi H, P, M, φ lardagi 1, 2, 3 indekslardan: 1-prujinaning boshlang‘ich, 2-ish, 3-maksimal deformatsiyasiga mos keladigan miqdorlarni ko‘rsatadi. Prujinalarning chizmada tasvirlashni urgatish. 4-ilova Chizmada kuch P3, moment M3 va yoyilgan prujinaning uzunligi spravka ma’lumotlvr sifatida ko‘rsatiladi. Ish chizmalarida o‘lchamlarining harf belgilari o‘rniga ularning son qiymatlari ko‘rsatiladi va o‘quv chizmalarida prujinaning diagrammasini chizish shart emas (136-shakl). Prujinalarning siqilgan tayanch o‘ramlarining ko‘rinishlarini chizmada tasvirlash 137-shakl, a, b, s larda ko‘rsatilgan.
Download 244.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling