Psixologik trening dastur


Download 22.18 Kb.
Sana24.11.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1796472
Bog'liq
\'\'Emotsiyani boshqarish\'\'trening dastur


PSIXOLOGIK TRENING DASTUR

Mavzu: Ishtirokchilarda “ Emotsiyalarni {xis-tuyg’ularni} boshqarish”nomli trening mashg’uloti.


Qoidalar: Intizom, faollik, o’ng qo’l qoidasi, yagona mikrofon, ko,gilli ishtirokchi, boshqalar fikrini hurmat qilish, shaxsni baholamaslik, o’z fikrini qisqa bayon qilish.
Vaqt: 90 daqiqa {ishtirokchilar o’z fikrini bayon qilishiga qarab o’zgarishi mumkin}.

  1. Kirish:

Kutuvlar; bunda ishtirokchilardan bu trening mashg’ulotidan nimalar kutayotgani so’raladi.
1. Tanishtiruv
“ 1 daqiqa” o’yini
Maqsad: o’z fikrini tez bayon qilish.
Ishtirokchilar dumaloq stolda o’tirgan holda, o’ng qo’l qoidasi bo’yicha 1 daqiqada o’zlari haqlarida ma’lumot beradilar, eng ko’p ma’lumot bergan ishtirokchi g’olib bo’ladi. O’yin barcha ishtirokchi o’zi haqida ma’lumot berguncha davom etadi.
II. Asosiy qism
Maqsad: ijobiy emotsiyalar faollashuvi, ichki resurslarni tiklash, ijobiy tafakkur darajasiga ko’tarish va tushkunlik holatidan chiqarish.
Bajarish vaqti: 1 kishi uchun 5 daqiqa
Bajarish tartibi: Qulayroq o’tirib yoki yotib olgan holda. Chuqur nafas olib, uni 10 soniya ushlab turing, shundan so’ng nafasingizni bir tekisda chiqaring.
Mashqni uch marotaba takrorlang. Har safar nafas olayotganingizda tanangiz va ongingiz bo’shashayotganini his qilasiz … shovqinlar, muammolar suv kabi oqib ketadi. Borgan sari nari ketib boradi….
O’tmishda siz bilan bir qancha yoqimli hodisalar sodir bo’lgan, siz anchadan beri ular haqida o’ylamaysiz, ba’zilari juda ahamiyatli ba’zilari esa unchalik emas. Biroq ular sizni xursand qila olgan va baxt keltirgan.
O’zingizni baxtli onlaringiz, daqiqalaringizni , sizni baxtli qila olgan, sizga quvonch baxsh etgan eng go’zal kunlaringizni hayotingizga qaytaring , sevgan va sevimli bo’lgan onlarni eslang. O’sha baxtli onlarga qayting, eshiting, xis qiling. Siz bularga xar daqiqa xar soniya loyiqsiz, bularni xar vaqt har kuni bolishi uchun xarakat qiling. O’zi uchun harakat qilgan insongina xayotining xar onida baxtni xis qilib yashaydi, siz esa bunga loyiqsiz.
Takrorlamang, shoshilmang, xar bir obrazga imkon bering o’zini namoyon qilishga. Seans so’ngida 5 gacha sanang va asta sekin real hayotga qayting!
“Enerjayzer” mashq.
“ 3 va 3ga bo’linadigan son”
Ishtirokchilar aylana bo’lib turib olishadi, va o’ng qo’l qoidasiga rioya qilgan holda ketma-ketlikda sanashadi, 3 va 3ga bo’linadigan son kelganda raqamni etmi chapak chalishadi, raqamni etgan ishtirokchi o’yindan chiqadi. O’yin oxirgi ishtirokchi qolgunvha davom etadi.
Misol; 1,2,…4,5,…
“Suvdan chiqqan Pudel” mashqi
Maqsad; Ishtirokchilarni faollashtirish, ijobiy emotsiyalar yuzaga keltirish.
Jarayon; avvalo ishtirokchilardan “Yungi jingalak, seryung bo’lgan honaki itning nomi nima deb so’raladi.” Ishtirokchilardan turli xil fikrlar chiqishi mumkin. Bunday itning nomi Pudel. Ishtirokchilardan endi quyidagilarni faraz qilish so’raladi. “biz pudelmiz va biz suvga tushib kettik. Suvdan chiqqach jiqqa xo’lmiz, endi ustimizdagi suvdan qutilishimiz kerak. Buning uchun yaxshilab silkinamiz va silkinishni tananing bosh qismidan boshlaymiz”. SHundan so’ng trener o’zi qilgan harakatlarni ishtirokchilardan qaytarishni so’raydi.
Harakatlar quyidagicha 1-bosh silkitiladi itlarnikidaka; 2- so’ng yelkalar ham shunday silkitiladi; 3- xar bir qo’l alohida osmonga ko’tarib silkitiladi 4- oyoqlar alohida silkitiladi. So’ng xamma xarakat teskari bajariladi oyoqlar, qo’llar va …
Shuning bilan mashg’ulot oxiriga yetkaziladi.

SAVOL;


  1. Hayotda erishmochi bo’lgan 3 ta eng asosiy maqsadingiz[30 sekund]

  2. Agar umringiz tugashiga 6 oy vaqt qolganini bilganingizda nimalarni amalga oshirgan bo’lar edingiz.[30 sekund]

  3. Xayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammo.[30 sekund]

Trener; Hozir siz bilan birga “tezkor yozuv texnikasidan foydalandik. Uning o’ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi, hamda eng kerakli malumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi.
Diqqat; bunda xar bir savolni javobini trener ishtirokchi bilan muhokama qilishi va yo’nalish berishi kerak.
Ishtirokchilardan yozgan qog’ozlari yig’ib olinadi, qog’oz ustiga ism familya yozilishi kerak.

Aqliy hujum:



Yakunlovchi qism:
Qaytar aloqa; Ishtirokchilar taasuroti, trening mashg’ulotidan nimalarni bilib olgani, salbiy hamda ijobiy fikrlar so’raladi.
Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling