Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Reja


Download 62.46 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2020
Hajmi62.46 Kb.
#148500
  1   2   3
Bog'liq
Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi


Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi

Reja

  1. “Psixologiya” tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to’g’risida umumiy tushuncha.

  2. “Psixologiya” fanining vazifalari, tadqiqot metodlari va ularning ishlab chiqarish, ta’lim tizimi, tibbiyot, oilada qo’llanishi.

  3. “Psixologiya” fani xaqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Psixologiya va falsafa. Psixologiya fanining nazariy xamda amaliy vazifalari.

  4. Xozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va uning tamoyillari. “Psixologiya” fanining tarmoqlari, ishlab chiqarish, ta’lim tizimi, tibbiyot, oila, umuman xayotdagi axamiyati.




  1. Psixologiya” tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to’g’risida umumiy tushuncha.


Psixologiya fanining asosiy vazifasi - psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Axir barcha narsalar kabi psixik hodisalar ham ma’lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri olib borishga yordam beradi.

Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda avvalo psixik hayotning konkret faktlari nazarda tutiladi. Psixik xarakterga doir har bir fakt esa ham miqdor ham sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o`tishni muqarrar talab qiladi. Bu esa o`z o`rnida qonunlar mohiyatini ochib berishni talab etadi. Demak, psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiya fanining o`rganiladigan predmeti bo`lib yuzaga chiqadi, shuningdek psixik holatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Ushbu muammolar fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika bilan birga ochib beriladi.

Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimi yunon olimi Aristotel’ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan.

Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo`lib, ruh va jon tananing ajralmas bo`lagi ekanligini ilgari surdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlar tufayli va xususiy faolligi orqali ro`yobga chiqadigan xarakterning real faoliyatda shakllanishi haqidagi nazariyani yaratdi. Demak, kishining adolatparvar va ko`ngilchan bo`lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez takrorlayverishi natijasida ro`y beradi.

Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelishi bosqichlarini quyidagi sxemada aks ettirish mumkin.


IV bosqich

Psixologiya psixikaning mexanizmlari, faktlari va qonuniyatlari haqidagi fan sifatida

Ilmiy psixologiyaning zamonaviy bosqichi

III

Bosqich


Psixologiya- inson xulq atvorini o`rganuvchi fan sifatida

XX asrda paydo bo`lgan. Psixologiyaning maqsadi- insonning konkret xulq atvorini, inson munosabatlari va reaktsiyalarini kuzatish olindi. Xulq atvorga sabab bo`luvchi motivlar hisobga olinmadi.

II- bosqich

Psixologiya - ong haqidagi fan sifatida.

XVII asrda tabiiy fanlar paydo bo`lishi bilan yuzaga keldi. Fikrlash, istash- ong deb olindi. Asosiy metod sifatida insonni o`zini - o`zi kuzatishi olindi.

I- bosqich

Psixologiya ruh haqidagi fan sifatida

Psixologiyaga bunday ta’rif 2500 yil ilgari berilgan ruh deb inson hayotidagi barcha tushunib bo`lmaydigan narsalar qabul qilingan.

Psixologiya haqidagi fikrlar bundan 2,5 ming yillar ilgari paydo bo`la boshladi, ya’ni eramizdan avvalgi VI asrga to`g`ri keladi. Buyuk nemis psixoligi German Ebbingauzning ta’kidlashicha psixologiya o`zining uzoq o`tmishiga lekin juda qisqa tarixiga ega. Eramizdan avvalgi V1 asrdan boshlab to X1X asrning II yarmigacha filosofiyaning bir bo`lagi hisoblanadi. Psixologiya fanining rivojlanishi asosan P davrga bo`linadi. 1 davrning o`zi 3 ta bosqichdan iborat.

1-bosqich eramizdan avvalgi V1 asrdan X asrgachayu Bu bosqichda psixologiya haqida dastlabki fikrlar paydo bo`la boshladi. Psixologiya ko`pgina qadimgi filosofik olimlarning fikrini o`ziga jalb qildi va falsafaning ajralmas bir qismiga aylanib bordi. Antik falsafada idealistik oqimning eng yirik namoyondachilari Sokrat va uning shogirdi Ploton hisoblanadi. Ularning asosiy fikrlari idealistik nuqtai nazardan shu bilan asoslanadiki «jon, ruh va tana alohida-alohida substantsiya hisoblanadi. Tana tirik yoki o`lik holatdan materiyadir. Agar tanaga jon yoki ruh qo`shiladigan bo`lsa u tirik materiyaga aylanadi va ruh paydo bo`ladi. Agar tanani jon yoki ruh tark etadigan bo`lsa tana substatsiya sifatida mavjud bo`ladi va ruh yo`qoladi. Jon yoki ruh tanadan ikkinchi bir tanaga o`tishi mumkin. U ilohiy kuchga bo`ysungan bo`lib, u tanadan bu tanaga o`tishi faqat ollohgagina bog`liqdir deb hisoblaydi». Ularning bu g`oyalari Ploton tomonidan yozib qoldirilgan diologlarida o`z ifodasini topadi.

Birlamchi materializm oqimining asosiy vakili Demokrit hisoblanadi. Demokrit jon va ruh haqidagi fikrlarni quyidagicha ifodalaydi. Tana va ruh ma’lum jismlardan tashkil topgan bo`ladi. Ruhning asosini molekulalar tashkil qilib, bu molekulalar atomlaridan iborat bo`ladi. Agar atomlarning ajralib ketishi vujudga kelsa, tanani ruh tark etadi yoki ruhning asosini atomlar tashkil etadi, degan g`oyani ilgari suradi.

Antik falsafaning birlamchi materializm g`oyalarini targ`ib qilgan faylasuflardan biri Milet maktabining vakillaridir. Uning asoschisi qadimgi grek faylasufi Fales hisoblanadi. Fales jon va ruh haqida va uning asoslari haqida quyidagi fikrlarni ilgari surdi. Uning fikricha «Jon ruhning asosini alohida hossaga ega bo`lgan materiya hosil qiladi, ya’ni jonning asosini suv tashkil qiladi» degan fikrni ilgari suradi.

Uning shogirdlari Anaksimen va Aniqsagorlar ruhning ma’lum moddiy asosini materiyadan izlab, Anaksimen ruhning asosini (havo) tashkil qiladi desa, Aniqsagor esa olov tashkil qiladi degan. Antik falsafaning eng yirik namoyondasi, psixologiya haqidagi ilmiy mulohazalarini keltirgan faylasuf Aristotel hisoblanadi. Shuning uchun hamki, u «psixologiya fanining otasi» degan nomni olgan. U «Jon haqidagi ta’limoti» haqidagi asari bilan psixologiyaga asos soldi. Uning bu asari XUP – XUSh asrga qadar ko`pgina ilmiy dargohlarda psixologiya bo`yicha o`quv qo`llanmasi sifatida qo`llanib kelingan.

Materiyaning jonliligi haqidagi g`oyani rivojlantirgan atomizm (yunoncha – atomos – bo`linmas) namoyondalari Demokrit eramizdan avvalgi V– 1V asrlar, Epikur 1V-III asrlar, Lukretsiy 1 asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar:

A) ruh tanaga jon bag`ishlovchi moddiy jismlar;

B) moddiy asos sifatidagi aql;

V) hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo;

G) ruh bilan aql tana a’zolari, ularning o`zi ham tanadir;

D) ular sharsimon, kichiq harakatchan atomlardan iboratdir;

Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrda psixologik g`oyalarning rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo`lib xizmat qildi. Asta - sekin ruh haqida tushuncha hayotning barcha ko`rinishlariga nisbatan qo`llanilavermasdan faqat hozir psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo`llanila boshlandi.

Psixika kategoriyasining zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo`lib qolmasdan balki ularning unga mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilib qolmasdan balki bu harakatlarning uning o`zi qilayotganini bilishga ham qodirdir.

Eramizdan oldingi 2 - asrda rimlik vrach Galen fiziologiya va tibbiyotning yutuqlarini umumlashtirib psixikaning fiziologik negizi haqidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yaqinlashib keldi.

17-asr biologik va psixologik bilimlar tarqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Inson tanasi mashinaga o`xshatiladi, texnika qurulmalarining tuzilishi qanday printsiplarga asoslangan bo`lsa, tana tuzilishi qanday printsiplarga asoslangan deb tasavvur etiladi. Binobarin tana ham mashina singari ruhning boshqarishiga muhtoj emas deb qaraladi.

Frantsuz olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq atvorni reflektor tabiatga egaligini kashf etilishi ana shu g`oya bilan uzviy bog`langandir. Buyuk frantsuz mutafakkiri yurakdagi mushaklarni ishlashi qon aylanishining ichki mexaniqasi bilan boshqarib turilgani kabi xulq atvorning hamma darajalaridagi boshqa mushaklarning ishlashi ham xuddi soat mexanizmidagi millarning aylanishiga o`xshasa kerak deb taxmin qilingan.

Refleks (lotincha reflexus – aks ettirish) haqida tushuncha organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob reaktsiyasi sifatida paydo bo`ldi. Dekart mushaklarning tashqi turtkilarga ruhning hech qanday aralashuvisiz nerv sistemasining tuzilishi e’tibori bilan ham javob qaytarishga qodir ekanligini isbotlab berdi.

Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko`lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb tushuntirdi. U determinizm (lotincha – determinata – belgilayman) printsipining ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarining ob’ektiv sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta’limot targ`ibotchisi edi.

Nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716), ingliz faylasufi Jon Lokk (1632-1704), ingliz tadqiqotchisi Gartli (1705-1757), frantsuz Didro (1713-1784) kabilar g`oyalar assotsiatsiyasi (bog`lanish) qonuni, idrok va tafakkurning paydo bo`lishi, qobiliyatlar psixologiyasi haqida muhim ta’limotlarini yaratish bilan fanning rivojlanishiga muhim hissa qo`shdilar.

XX asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi, buning natijasida psixika miyaning funktsiyasi ekanligi haqidagi ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va frantsuz Frantsua Majandi tomonidan yozuvchi va harakat nervlari o`rtasidagi farq ochib berildi, uning negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya fanidan paydo bo`ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi. Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning (1829-1905) reflektor nazariyasi ro`yobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya reflekslarining o`ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixeviroistik, emperik, geshtal’t, assotsiativ, psixogenetik, gumanistik, biogenetik, sotsiogenotik kabi yo`nalishlari tomonidan to`plangan ma’lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi va uning predmetini, tadqiqot printsiplarini aniqlab berdi.

Xar bir fanning o`z ob’ekti, o`rganadigan soxasi bo`ladi. Masalan, zoologiya xayvonlar, ular organizmining to`zilishi, yashash sharaitini o`rgansa, astronomiya osmon jismilari, ularning xususiyatlarini o`rganadi.

Psixologiya ham aloxida fan bo`lib, vokelikning aloxida soxasi bo`lgan psixik (ruxiy) xayotni o`rganadi. “Psixologiya” so`zining o`zi yunoncha p s yu x ye (rux, jon) va logos (so`z, ilm) degan ikki so`zdan olingan bo`lib, ma’nosi rux xaqidagi ilm demakdir.

Lekin uning bu ma’nosi xozirgi zamon psixologiyasining asl mazmunini ochib bera olmaydi CHunki xozirgi psixologiya fani psixika, uning zoxir bo`lishi va rivojlanish qonuniyatlari xaqidagi fandir (Goziev E).

Psixologiya psixik xolatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini o`rganadigan fandir (A.V.Petrovskiy).

Aks ettirishning bir-biriga o`xshashligi eng avvalo sezgi a’zolari va nerv tizimining tuzilishiga bog’liq.

Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko`rinishlari tan olinadi: fizik, fiziologik, psixik, ong, o`zini anglash.

Ob’ektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy bog`liqligi sub’ekgiv (shaxsga oid, uning kiyofasiga bog`liq) shart-sharoitlar muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oshishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. Sub’ektiv shart-sharoitlarning qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamlngi, ehtiyoj, motiv, maslak, salohiyatining puxtaligi, o`zini o`zi boshqarish uslubining qat’iy ravishda shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa o`zaro uyg`unlashganligi kabilar kiradi.


  1. Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to`g`risida umumiy tushuncha. Psixik aks ettirish - ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi ekanligi. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari.

Xar birimizda mavjud bo`lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutk, tafakkur, xissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari xar bir shaxsning o`zigagina xos bo`lgan xususiyatlar: qiziqish, xavas, qobiliyat va istedod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig`indisini bir so`z bilan psixika deb yurita Hayvonlar muloqoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kelayotib «raqsga tushadi» va boshqalarni xabardor qiladi.

Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar)ning to`dasida o`zaro munosabatlarning muayyan shaqllari mavjuddir. Hayvonlarning har qanday tarzda biron bir to`daga birlashuvi muqarrar ravishda to`dadagilarning bir-biri bilan aloqa qilishlari uchun zarur bo`lgan «til»ning paydo bo`lishiga olib keladi. Har qanday to`dada biologik jihatdan tengsizlik qaror topadi: kuchli hayvonlar kuchsizlarini o`ziga bo`ysundiradi. Kuchsizi bo`ysunganlik alomatini ko`rsatadi. Hayvonlarda qiyofa, suykanish «tili»dan tashqari eshitiladigan signallar «tili» ham bor. Sayroqi qushlarda, delfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma’lum. Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa yetishmaydi-hayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o`laroq, tajribani ifoda etish vositasi bo`lib xizmat qila olmaydi.

Yashash sharoitlarining keskin o`zgarishi hayvonlarning joyini o`zgartirishga majbur etish azaldan ma’lum. Cho`l toshbaqasi va mayda kemiruvchilar issiq kunlar boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o`zlarining normal hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu o`rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o`ziga suv sepa boshlaydi, qalin soyaga yashirinadi. Maymun ham issiqdan yaxshi saqlanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bunda instinktlardan tashqari individual hayot kechirish jarayonida orttirilgan tajriba - shartli boglanishlar ham qo`l keladi

Psixika organik xayotning yuksak formalaridan bo`lib, u xayvonlar va insonga xosdir.

Lekin xayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan soddarok to`zilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham xayvonnikidan farq qiladi.

Insondagi psixik xayot soxalari nixoyat xilma- xildir. SHunga qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo`ladi. Psixologiya fanining vazifasi ana shu bog`lanish va munosabatlarning konuniyatlarini ochib berishdir. Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan xozirgi davrda inson ongidagi sarkitlarni, birinchi navbatda, sobiq kammunistik g`oyalardan xalos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o`rgatish, uning ongiga ta’sir qilishning eng samarali yullarini ko`rsatib berish ham psixologiyaning vazifasidir.

Psixologiya qadimiy fanlardan bo`lib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo`lgan. Kadimgi grek filosoflaridan Geraqlit ( e.o. 530-470) Demokrit (e.o.460-370), Gippokrat ( e.o.VI asr), Sokrat (e.o.459-399), Platon (e.o.428-348) ning asarlaridayok kishining joni va ruxiy xayoti tugrisida juda ko`p va xilma-xil fikrlar bayon qilinganini kuramiz. Inson ruxiy xayoti xaqidagi ayrim fikrlarni kadimgi xitoy va xind mutafakkirlarining asarlarida ham uchiratish mumkin. Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta yunon filosofi Aristotel (Arastu) (e.o.384- 322 y) yaratgan. U “Jon xaqida» degan asarida psixika xaqida batafsil to`xtalib, uning ko`pgina tomonlarini tushuntirishga harakat qilgan. SHu bilan birga, o`zidan oldingi olimlarning fikrlariga tarixiy sharx bergan. SHuning uchun ham u psixologiyaning «otasi» xisoblanadi.

Psixik jarayonlar miyaning aloxida xossasi bo`lib, faqat miyaning faoliyatiga bog`liq xolda ruy beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashqil topgan materiya bo`lib, psixika esa ana shu materiyaning maxsuli, uning funko`iyasidir.

Psixik xodisalarning qanday ruy berishini bilish uchun uning moddiy asosi – nerv sistemasiga boglangan xolda o`rganish kerak, CHunki insondagi barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir.

Xech qanday psixik prosessning o`z-o`zicha hosil bo`lishi mumkin emas, psixika faqat u yoki bu qo`zg`ovchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixikaning boshlanishi qo`zg`ovchining ta’siri bo`lsa, uning oxirgi natijasi organizmning qo`zg`ovchiga javobidir. Xar qanday psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir

Ma’lumki, psixika va ong birdaniga paydo bo`lmagan, balki o`zok tarixiy evolyuo`iya natijasida shaqllanib, usib, takomillashib borgan. Dastlab yerda xayot paydo bo`lganda bir xujayrali xayvonlar vujudga kelgan. Ularga psixik proo`esslardan seskanuvchanlik xos bo`lgan. Sekin – asta o`zok evolyusiya natijasida xayvonlarning takomillashib borishi natijasida ularning nerv sistemasi va bosh miyasi ham usgan. Miyaning rivojlanishi esa turli psixik proo`esslarni vujudga keltirgan.

Inson psixikasining taraqqiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shuki, odamzod paydo bo`lgandan toki xozirgi davrgacha avloddan-avlodga psixika takomillashgan xolda utgan. Masalan, dastlabki odamsimon maymunlar yoki ibtidoiy jamoa to`zumi davridagi odamlar bilan xozirgi insonlar psixikasi o`rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontoginez esa bola tugilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan psixikasining ham usib, rivojlanib borishidir.

Psixikaning odamga xos bo`lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo`lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.Shu ma’noda ong, marksizm klassiklarining ta’kidlashicha, «ijtimoiy mahsul» bo`lib, anglangan borliqdan bo`lak boshqa narsa emasdir.

Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday?

Uning birinchi ta’rifi nomining o`zidayoq berilgan bo`lib, ongdeganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidantarkib topdi. K. Marks «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi — bilimdir», — deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o`z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo`shish mumkin.

Sezgilar va idrokyordamida' miyaga ta’sir o`tkazuvchi qo`zg`atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o`sha momentda kishi tasavvurida hosil bo`lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotiraongda o`tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayolehtiyoj| ob’ekti bo`lgan, ammo hozirgi paytda yo`q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkurumumlashgan bilimlardan foydalanish yo`li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydibatamom barbod bo`lishi u yoqda tursin, buzilishi yo « birin chi ham ongning barbod bo`lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta’rifi — unda sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasida aniq farqlanishining o`z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo`lib undan ajralib chiqqan va o`zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo`ygan inson o`z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o`zigina, o`zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o`zini tadqiq etishga yo`naltirishga qodirdir. Odam o`z xatti- harakatlarini va umuman o`zini o`zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo`l bo`lib, uning o`zini o`zi anglashi jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni qo`zlovchi faoliyatinita’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko`zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo`nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko`ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak.

Nihoyat, ongning to`rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg`ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo odamni o`zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o`z aksini topadi. Bu o`rinda ham, boshqa ko`pgina hollarda bo`lgani kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg`ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo`lib qoladi, yaqin kishilari to`g`risida zarda bilan gapiradi va hokazo.


  1. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari. Miya va psixika. Psixika va ong. Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan harakatlar) holatlari.

Psixologiya fanida psixik jarayonlar shaxsning psixologik xususiyatlari asosida yotgan fiziologik asoslarini ishlab chiqishda Rossiyaning mashhur psixologlari M.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev va P.K.Anoxin kabilarning xizmatlari kattadir. Bular oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlariga doir ta’limotni kashf etdilar. Bu ta’limotga muvofiq odam miyasiga uzluksiz ravishda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Natijada oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari bo`lmish qo`zg`alish va tormozlanish vujudga keladi. Buning ma’nosi shuki, qo`zg`alish miyadagi nerv markazlarini ishga soladi, ularni faol harakatga keltiradi. Ma’lum fursat o`tgandan keyin bu jarayon tormozlanish bilan almashinadi, ya’ni miyadagi nerv markazlarining faoliyati sekinlashadi, ma’lum muddat ishlamaydi va buning natijasida sarflangan energiya qaytadan tiklanadi.

Odamda nerv sistemasining o`ziga xos taraqqiyot yo`li bor. Nerv sistemasi odam organizmining barcha funuktsiyalarini tartibga soladi. Unda moddalar almashinuvini ta’minlaydi, yurak, muskullar va qon tomirlari faoliyatini boshqaradi, organizmning turli sharoitlariga moslashuviga xizmat qiladi.

Odam psixik hayotining asosi bosh miya bo`lib, bosh miya nerv sistemalarining birlashgan joyi - markazidir. Nerv sistemasi organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi o`zaro ta’sirni va to`qimalar faoliyatini tartibga solib turadi.

Nerv sistemasi hujayralardan iborat. Bu hujayralar o`zlarining uzun va kalta hajmdagi o`simtalari orqali organizmning barcha qismlariga tarqaladi. Nerv sistemasidagi hujayralar va uni qoplovchi oq pardalar hamma o`simtalari bilan birga neyronlar deyiladi.

Neyron anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko`ra nerv sistemasining tuzilish birligi hisoblanadi.

Nerv hujayrasining bevosita nerv uchlarigacha borib yetadigan o`simtasi neyrit deb ataladi. Nerv tolalari sistemasining elementlaridir.

Nerv sistemasini tashkil etuvchi neyronlar o`rtasida anatomik jihatdan bevosita bog`lanish yo`q. Ular o`rtasidagi qo`shilish bitta neyronning neyriti oxirgi tarmoqlarining boshqa neyronlarning hujayrasiga nozik tegib turishidan iboratdir.

Normal odam miyasida 16 milliardga yaqin neyronlar bor. Bu neyronlar organizmga ko`rsatadigan xizmati jihatidan ikkiga bo`linadi;



  1. Retseptorlar

  2. Effektorlar.

Retseptorlar tashqi ta’sirotni qabul qilib miyaga o`tkazadi. Shuning uchun retseptorlarni sezgi nerv markazlari deb ham yuritiladi. Effektorlar esa tashqi ta’sirot natijasida ichki organlarga buyruq beradi va ularni harakatga keltiradi. Shuning uchun effektorlarni harakat nerv markazlari deb ham yuritiladi.

Retseptorlar va effektorlar birlikda birinchi signal sistemalaridir.

Birinchi signal sistemasi odamda tashqi dunyoning sezgi a’zolari tomonidan qabul qilib olinadigan aksi bo`lib, odam voqelikni eng avvalo birinchi signal sistemasi orqali idrok qiladi.

Tashqi muhitdagi voqea-hodisalarning sezgi a’zolarimizga ta’siri orqali ongda aks etishi birinchi signal sistemalaridir. Birinchi signal sistemalari odamning sezgilari, idroki va tasavvurlariga bog`liq bo`ladi. Tashqi muhit voqea-hodisalarining so`zlar (o`sha narsalarning nomlari) orqali ongda aks etishi ikkinchi signallar sistemasini tashkil etadi.Bu sifat faqat odamlargagina xos bo`lib, boshqa jonzotda yo`q. Odam tashqi ta’sirotlarni so`zlar orqali aks ettiradi va bilib oladi - o`zlashtiradi.

Ikkinchi signal sistemalari yordamida odam fikrlaydi, xotirlaydi, xayol suradi va , eng muhimi , so`zlaydi . So`z - signallarning signalidir (I.P.Pavlov). Ikkinchi signal sistemalari faqat odamlardagina mavjuddir.

Odamning nerv sistemasi uch qismdan iborat ;



  1. Markaziy nerv sistemasi.

  2. Perifiriyadagi nerv sistemasi.

  3. Vegetativ nerv sistemasi.

Markaziy nerv sistemasi orqa miya va bosh miyadan iborat.

Orqa miya umurtqa pog`onasida joylashgan bo`lib, nerv to`qimasidan tuzilgan. U chamasi 45 sm uzunlikdagi chilvirdir.

Orqa miya bo`g`im-bo`g`im tuzilgan bo`lib, 31 ta bo`g`imi bor. Har bir bo`g`imdan shu bo`g`imga mos keladigan umurtqalararo teshiklarga qarab yo`naluvchi orqa miya nerv ildizlari chiqadi.

Orqa miya qo`l, oyoq, ko`z, tana muskullarini idora qiladi, tomir harakatlari, organizmdan ter chiqish holatlarini boshqaradi.

Orqa miyaning uzunligi embrion hayotining dastlabki oylarida umurtqa pog`onasining uzunligiga teng keladi. Asta-sekin orqa miya o`sishda umurtqa pog`onasidan orqada qoladi. Shu sababli, bel, dumg`aza va dum nervlarining ildizi umurtqa pog`onasi kanali ichida anchagina masofagacha cho`zilib boradi.

Psixologik jihatdan hozirgi sharoitda odam umrini uzaytirishning quyidagi shartlari mavjuddir;

- ijtimoiy foydali mehnat bilan doimo shug`ullanish;

- aqliy va jismoniy mehnatni qo`shib olib borish;

- faol dam olish;

- oqilona ovqatlanish;

- ichmaslik, chekmaslik;

- shirin oilaviy hayot kechirish;

- farzandlarni mehr bilan tarbiyalash;

- hayotda hammavaqt xushchaqchaq bo`lish;

- noxush kechinmalarni toqat bilan yengish;

- hayajonlanmaslik va hokazo.

Yuqoridagi shart - sharoitlarga amal qilinsa, shaxs o`zini yaxshi anglab, hayotini oqilona o`tkazsa, miyaning 60 yoshdan keyingi vazn kamayish jarayonini yanada sekinlashtirishga erishadi.

Miya faoliyatini faollashtirish, uning ishlash qobiliyatini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan dam oldirishning muhim ahamiyati bor. Odam o`z tanasini doimo toza tutsa; vaqti-vaqti bilan massaj qilib tursa; farzandlarini, nevaralarini erkalatsa, o`ynatsa; kino, teatr, muzey tomoshalariga chiqib tursa; me’yorida va sodiq do`stlar bilan ovqatlansa; sevimli kitob va jarida hamda ro`znoma o`qisa; yoqimli ashula, muzika tinglasa; uzluksiz ravishda toza havoda yursa, jismoniy harakat qilsa; o`z kasbi, kundalik bajargan yumushidan rozi bo`lib, rohatlansa, o`zini yaqin do`stlari davrasida xushchaqchaq tutsa, tabassumni o`ziga doimo hamroh qilib yursa miya dam oladi, uning toliqishiga imkon berilmaydi.

Bosh miya bir qancha qismlardan iborat bo`lib, bu qismlarning har qaysist o`ziga xos funktsiyani bajaradi. Masalan,

o`rta miya

oraliq miya

oldingi miya

orqa miya

kichiq miya

katta miya va uning yarim sharlari.

Yuqoridagi har bir qismning o`z vazifasi bor. Nafas olish, yurak ishlashi, qon aylanishi, chaynash, yo`tish, so`lak ajratish, organizmning to`g`ri harakatini ketingi miya idora qiladi. Murakkab bo`lmagan aqliy faoliyatni (yozuv, chizuv va h.k.) kichiq miya boshqaradi. Organizmning yorug`lik, tovush, og`irlik kuchiga nisbatan javobini o`rta miya, organizmning umumiy sezuvchanligini oraliq miya idora qiladi.

Ketingi miya uzunchoq miya, varoliy ko`prigi va miyachadan iborat. O`zunchoq miya bilan varoliy ko`prigi orqa miyaning davomi hisoblanadi. Uzunchoq miya emish, chaynash, yo`tish, so`lak ajratish, qusish kabi murakkab fiziologik jarayonlarda qatnashadi. , qusish kabi murakkab fiziologik jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurak ishini idora etadigan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan markazlar ham uzunchoq miyadadir.

Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo`limlariga mahkam bog`langan. Miyacha organizm harakatlarining yaxlitligini ta’minlashda muhim rol o`ynaydi.

Gavdaning umumiy sezuvchanligini o`rta miya ta’minlaydi. O`rta miya vegetativ markaz ishini muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun oraliq miya, o`rta miya, varoliy ko`prigi va uzunchoq miya birlikda miya stvoli deb yuritiladi.

Bosh miya bo`laklarining yetakchi qismini (qariyb 80 foizini) katta miya va uning yarim sharlari tashkil etadi. Katta miyaning o`ng va chap sharlari qadoq modda orqali bir-biri bilan tutashgan.

Bosh miya yarim sharlarining har qaysisi miyaning peshona qismi, tepa qismi, ensa qismi va chakka qismi kabi to`rt pallaga bo`linadi.

Bosh miya po`stining qalinligi bir millimetrdan besh millimetrgacha bo`lib, yuzasi o`rtacha hisob bilan 2000 kvadrat santimetrga teng. Bosh miya po`stida 52 ta maydon bo`lib, bu maydonlar o`n bir sohaga bo`linadi.

Bosh miyaning qismlari va ularning funktsiyalari haqidagi ta’limotni akademik I.P.Pavlov yaratdi. I.P.Pavlov tajribalarining natijalariga ko`ra, bosh miya qismlarining funktsiyalari sohasida odam va hayvonlar miyasi o`rtasida juda katta tafovutlar bor. Ba’zi hayvonlarda oldingi miya olib tashlanganda ham hayot davom etgan. Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan Saka o`z hayotini davom ettirgan. U odatdagicha o`tirgan, o`ziga xos harakatlarni bajargan.

Oldingi miyasi olib tashlangan kaptar ovqat yegan, turtib yuborilsa, yurgan va qisman ucha olgan. Shu tajriba maymunlar bilan o`tkazilganda butunlay boshqacha xulosalar aniqlangan. Oldingi miyasi olib tashlangan maymunda psixik funktsiyalar va harakatlar tamomila buzilgan.

Xuddi shu tajriba odamlar bilan ham o`tkazilgan. Oldingi miyasi olib tashlangan qizcha faqat yotgan, turishga harakat qilmagan, eng oddiy narsalarni ham o`rganmagan, uch yilu to`qqiz oydan so`ng vafot etgan.

Ko`p tajribalarning xulosalari shuni tasdiqlaydiki, odamda bosh miyaning qismlari butun bo`lmasa, unda tananing normal holati, harakati buziladi, psixik funktsiyalar tubdan o`zgaradi va nihoyat hayot davom etmaydi.

Shuni ta’kidlash lozimki, so`nggi yillarda psixologiya fanining qo`lga kiritgan yutuqlariga ko`ra, odam miyasining o`ng va chap yarim sharlari turlicha vazifani bajaradi. O`ng va chap yarim sharlar bir-biridan shunchalik farq qiladiki, hatto his qilish darajasi turlicha bo`ladi.

Tekshirish va o`rganishlar natijasida chap yarim shar asosiy, o`ngi esa tobe’, ikkinchi darajali ekanligi aniqlandi.

Tajribalar ko`rsatishicha, o`ng yarim shar faoliyatiga barham berilganda chap tomonning sezgirligi oshadi, kayfiyat o`zgaradi, xushchaqchaqlik, yoqimtoylik, sergaplik, kelajakka umid bilan qarash hollari vujudga keladi. Chap yarim shar faoliyati to`xtatilganda o`ng yarim sharning sezgirligi oshadi. Ammo kayfiyat yomonlashadi, umidsizlik, jirkanish hollari paydo bo`ladi.

Shunday qilib, chap yarim shar odamning quvonishi, xursandchiligiga xizmat qilsa, o`ng yarim shar odamda noxushlik kayfiyatini vujudga keltiradi. O`ng va chap yarim sharlarning turlicha funktsiyalari hissiy holatlar bobida ham turlichadir. Tajribalardan, chap yarim shar mavhumiy tafakkur bilan bog`liq holda ijobiy hissiyotlarni, o`ng yarim shar obrazli tafakkur bilan bog`liq holda salbiy hissiyotlarni vujudga keltirishga xizmat qiladi.

Perifiriyadagi nerv sistemasining organizm uchun xizmati shundan iboratki, uning nervlari organizmning qismlarini orqa miya va bosh miya bilan bog`laydi, organizmni orqa miya va bosh miyaning ichki qismlari bilan tutashtiradi. Orqa miyadan 31 juft, bosh miyadan 12 juft nerv tolasi chiqadi va butun organizmga tarqaladi.

Perifiriyadagi nerv tolalari organizmga xizmati jihatidan ikkiga bo`linadi;



  1. Sezuvchi nervlar - bu nervlar ko`rish, eshitish va hid bilish organlarining faoliyatiga xizmat qiladi.

  2. Harakatlartiruvchi nervlar - bu nervlar organizmdagi muskullar harakatini boshqaradi.

Vegetativ nerv sistemalari bosh miyadan ajralib umurtqa orqali ichki organlarga tarqaladi. O`pka, yurak, buyrak, taloq kabi ichki organlarning har biriga vegetativ nerv sistemasidan ikkitadan nerv tolasi boradi.

Nerv sistemasining vegetativ qismi silliq muskullarni, bezlarni, yurak va tomirlarni nerv tolalari bilan ta’minlaydi, ichki organlar va tomirlar faoliyatining tartibli, normal ishlashini, bezlarning suyuqlik ajratishini va yurak ishini idora qiladi.

Shunday qilib, nerv sistemasi organizmda hayotiy jarayonlarni boshqaruvchi asosiy tizim bo`lib hizmat qiladi. Ayni vaqtda nerv sistemasi bir butun tizim bo`lib, organizmning ajralmas va yetakchi qismi hisoblanadi.

Organizmdagi fiziologik protsesslarda sekretsiya bezlarining roli kattadir. Sekretsiya bezlari tashqi va ichki kabilarga bo`linadi. Tashqi bezlarning ishlab chiqargan suyuqliklari organizmdan tashqariga chiqib ketish uchun tanada maxsus yo`llar bor. Ko`zdan yosh, badandan ter, og`izdan tupuk chiqishi bezlar faoliyatining natijasidir.

Ichki bezlarning ishlab chiqargan suyuqlik moddalari garmonlar deyilib, ular organizmdan tashqariga chiqib ketmaydi, balki qonga aralashib, organizmning umumiy salomatligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ichki bezlar quyidagilardan iborat ;


  1. Gipofiz bezi. Odam gipofizi oldingi va orqa pallalardan iborat bo`lib, bu pallalar o`rtasida oraliq qism bor. Gipofiz bir necha xil gormon ajratadi. Gipofiz bezi kulrang bo`rtiq o`simtadan iborat bo`lib, vazni 0,5 grammga yaqindir.

Bu bezning gormonlari organizmning o`sishiga, semirishiga xizmat qiladi. Gipofiz bezi bosh miyaning pastki qismida joylashgan. Gipofiz bezining gormonlari qon bosimiga ijobiy ta’sir etadi. Agar bu bez noto`g`ri ishlasa, organizm o`sishdan to`xtaydi va uni yog` bosadi, suyak uchun zarur bo`lgan fosfor moddalar yetishmay qoladi (liliputlarda gipofiz bezining faoliyati buzilgan). Umuman gipofiz bezining funktsiyasi juda xilma-xil bo`lib, uning organizm faoliyati uchun ahamiyati kattadir.

  1. Epifiz bezi. Bu bez o`rta miyada joylashgan. Uning ishalb chiqargan suyuqliklari jinsiy bezlar faoliyatiga xizmat qiladi. Epifiz bezining faoliyati buzilsa, organizm bevaqt balog`atga yetadi.

  1. Bo`qoq yoki tomoq bezlari. Bu bezlar organizmning umumiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bu bezlar noto`g`ri ishlasa, organizm o`smaydi, unda turli kasalliklar paydo bo`ladi, harakat susayadi, hayajonlanish alomatlari vujudga keladi, odam uyqusizlik holatiga uchraydi, mehnat qobiliyati yo`qola boradi va eng muhimi, organizm otalik va onalik qobiliyatidan mahrum bo`ladi.

  2. Jinsiy bezlar. Bu bezlar har bir jins uchun xos bo`lgan maxsus jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi. Erkaklarda muskullarning kuchli rivojlanishi, erkaklar va ayollarga xos tovush tembrining farqlanishi kabilar jinsiy bezlar faoliyatining natijasidir. Jinsiy gormonlar boshqa jinsga bo`lgan mayllikka sabab bo`ladi hamda odam organizmida umumiy moddalar almashinuviga kuchli ta’sir ko`rsatadi.

Umuman, jinsiy bezlar organizmga chiroyli, yoqimli tus beradi va nasl ko`payishiga hizmat qiladi.

Ko`pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to`gri. CHunki psixikaning yuksak shaqli ong bo`lib xisoblanadi. Lekin psixika insonlarga ham, xayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos xususiyatdir. SHunday ekan, xayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmok kerak. YAna shuni kushish kerakki, psixika so`zi mantik jihatdan olganda keng ma’noli, ong esa unga nisbatan tor ma’noli tushunchadir.

Inson ongining xayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko`rish mumkin:


  1. Inson xayvonlardan farq qilib o`z faoliyatining bo`lajak natijasini oldindan kura olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o`z ishini oldindan rejalashtiradi, uni bajarish uchun eng oson yul, usullarni tanlaydi.

Agar xayvonlar atrofdagi muxitga ongsiz ravishda maslashsalar, inson esa o`z extiyojini Ko`proq darajada qondirish uchun muxitga ongli, rejali ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo`ladi.

  1. Inson shuning uchun o`z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan kura biladiki, chunki u nutkka egadir. Uning nutkka ega bo`lishi xayvonlardan ajratib turuvchi ikkinchi muxim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo`lish, kitob ukish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash tufayli inson o`z ongini boyitib, ustirib boradi.

  2. Insonning xayvonlardan yana bir muxim farqi shuki, u u jamiyat ichida, jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan munosabatda bo`lmasdan turib inson shaxsi shaqllanmaydi.

Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat kurollarini yasash proo`essida usib boradi.

Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va xayvonga xos bo`lgan psixik jarayonlarni, ularning paydo bo`lish yullarini va rivojlanish xususiyatlarini o`rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining maxsulidir. U doim usib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shaqli ong bo`lib, u faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaqlda bo`ladi.

Psixika voqelikning kishi miyasidagi aksi sifatida har xil darajalari bilan farqlanadi.

Psixikaning odamga xos bo`lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo`lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.Shu ma’noda ong, marksizm klassiklarining ta’kidlashicha, «ijtimoiy mahsul» bo`lib, anglangan borliqdan bo`lak boshqa narsa emasdir.

Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday?

Uning birinchi ta’rifi nomining o`zidayoq berilgan bo`lib, ongdeganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidantarkib topdi. Kurt Levin «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir», - deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o`z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo`shish mumkin. Sezgilar va idrokyordamida' miyaga ta’sir o`tkazuvchi qo`zg`atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o`sha momentda kishi tasavvurida hosil bo`lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotiraongda o`tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayolehtiyoj| ob’ekti bo`lgan, ammo hozirgi paytda yo`q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkurumumlashgan bilimlardan foydalanish yo`li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydibatamom barbod bo`lishi u yoqda tursin, buzilishi yo « birin chi ham ongning barbod bo`lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta’rifi - unda sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasida aniq farqlanishining o`z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo`lib undan ajralib chiqqan va o`zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo`ygan inson o`z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o`zigina, o`zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o`zini tadqiq etishga yo`naltirishga qodirdir. Odam o`z xatti- harakatlarini va umuman o`zini o`zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo`l bo`lib, uning o`zini o`zi anglashi jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni ko`zlovchi faoliyatinita’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yara-tish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko`zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo`nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko`ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak.

Nihoyat, ongning to`rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg`ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo odamni o`zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o`z aksini topadi. Bu o`rinda ham, boshqa ko`pgina hollarda bo`lgani kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg`ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo`lib qoladi, yaqin kishilari to`g`risida zarda bilan gapiradi va hokazo.

Ongning yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha o`ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo`lishining muqarrar shart tilhisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilimlar hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniy yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o`z hayotini boyitadi A. I. Gertse) shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo`lma, Odam ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli shajara tayanadi; sohil bo`yidagi to`lqin kabi orqamizda butun boshliq okean - butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi; shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g`oyalari...». Til alohida ob’ektiv sistemaki, unda ijtimoiy-tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir.

Konkert odam tomonidan o`zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo`lib qoladi. «Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatrlarni bemorda ong bor yoki yo`qligi, yo bo`lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o`z-o`ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to`g`risida o`z shaxsiy holati hamda harakatlari haqida hisob bera olish imkoniyatlarini tushunadilar.

Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o`zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o`zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o`z xatti-harakatini idora qiladi.

Ong ijtimoiy mahsul bo`lib, faqat odamlarga xosdir.Hayvonlarda esa ong bo`lmaydi.

Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik - kishini o`zini tuta olmaydigan qilib qo`yadigan ta’sirotlar bilan bog`liq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yig`indisidir.Psixik holat (bundan shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga qaraganda kengroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o`rnini mo`ljal qilish yaxlitligi yo`qoladi, xatti- harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli o`laroq, kishi o`zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, uparning natijasini baholay olishi ham amri maholdir.

Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko`rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko`rsatadigan qo`zg`atuvchilarga («subsensor» yoki «subtseptiv») javob reaksiyalari: oldinlari ongli harakat bo`lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko`ra endilikda anglanilmaydigan bo`lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro`y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni- alahlash, ko`ziga yo`q narsalar ko`rinishi va shu kabilarni ham qo`shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto`g`ri bo`lur edi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o`ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo`lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog`liq holda paydo bo`lgandir.

Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular psixik moslashtirish, programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshiriladi) sifatida bundan keyingi o`rganish psixikaning rivojlanishimuammosiga murojaat qilish zaruratini tug`diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo`lganini, rivojlanganini, evolutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o`zgarib borganini, kishi ongi qanday paydo bo`lgani va shakllanganini tushunib olgandagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo`ladi.



Download 62.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling