“Psixologiya” fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.98 Mb.
|
Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tuchunchalar: psixologiya kuzatish sòrov test metod
“Psixologiya” fanidan tayyorlagan taqdimotiBajardi: 1PED 22 s guruh talabasi murodova zaytunaMavzu: umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari Reja:1.Kuzatish metodi.2.Test metodlari.3.Biografiya va anketa matodlari.4.Djon Moreno “Sotsiometriya metodi”.Tayanch tuchunchalar: psixologiya kuzatish sòrov test metod1.Kuzatish metodi.Avvalo metodlar haqida ikki og’iz so’z. Metod so’zi – yunoncha methodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi.Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o’tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib, uning barcha sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistic hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling