"psixologiya"


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana01.08.2020
Hajmi1.77 Mb.
#125252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
psixologiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
O.Suyunov,  D.Norboyeva,  A.Shonazarov, 
O‘.Zubaydullayev. 
 
 
 
 
 
 
 
“PSIXOLOGIYA” 
 
FANIDAN  
 
O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
S AMARQAND  -  2016 


 
 
 
 
O.Suyunov,  D.Norboyeva,  A.Shonazarov, O‘.Zubaydullayev.  
“Psixologiya” o’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand SamISI nashri 2015 y 240 b. 
 
 
Tuzuvchilar:  
O.Suyunov – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi dotsenti 
D.Norboeva – SamISI  “Kasb ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi 
A.Shonazarov – SamISI  “Kasb ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi 
O‘.Zubaydullaev – SamISI  “Kasb ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi                         
          
 Taqrizchilar:                    
A.Abdumannotov. – SamDU dotsenti 
E. Iskandarov – SamDCHTI dotsenti 
Q. R. Qarshiev   – SamISI dotsenti 
 
 
Ushbu    o‘quv-uslubiy  qo‘llanma  oliy  ta’lim  muassasalarining 
nopsixologik  yo‘nalishlari  talabalariga  o‘quv  mashg‘ulotlarini  tashkil  etishda 
asosiy  uslubiy  qo‘llanma,  psixologik  yo‘nalishlari  talabalariga  esa 
mashg‘ulotlarni  tashkil  etishda  yordamchi  vosita  bo‘lib  xizmat  qilishi  ko‘zda 
tutadi.   
“Psixologiya”  fanining  mazmun  -  mohiyati  innovatsion  ta’lim 
texnologiyalari  orqali  yoritilgan.  Shuningdek,  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmada 
psixologiya  fanining  mohiyati,  tarkibiy    tuzilishi,  shaxs  va  uning  faoliyati, 
boshqaruv  psixologiyasi,  mehnat  psixologiyasi,  motivatsion  sohalar  hamda 
shaxsning  individual psixologik xususiyatlari batafsil yoritilgan. 
O’quv  uslubiy  qo’llanmada    oliy  ta’lim  muassasalarida  o‘quv-tarbiya 
jarayoninni  tashkil  etishga  OO’MTV  tomonidan  qo‘yilgan    zamonaviy  talablar  
asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi noan’anaviy ishlanmalar orqali 
keltirilgan.  
Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilishda hamda talabalarning mustaqil ta’limini tizimli 
yo‘lga qo‘yishda foydalanish mumkin.  
 
 
O‘quv - uslubiy qo‘llanma institute
 
o‘quv-uslubiy kengashining 2015 
yil  18  mart  8-son  majlisida  ko‘rib  chiqildi  va  chop  etishga  tavsiya 
qilindi. 
 
 
 
 


 
KIRISH 
 
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma bakalavriat talim standartlariga kiritilgan 
«Pedagogika.Psixologiya»  fanini  ixtisosligi  «Psixologiya»  va  «Pedagogika» 
bo’lmagan  oliygohlarda  o’qitishga  mo’ljallangan.    Oliy  o’quv  yurtida  yuqori 
malakali  pedagogik  kadrlar  yetishtirishda  pedagogika  va  psixologiya  fanining 
o’rni  katta.    Zero,  pedagogika  va  psixologiya  jamiyatning  harakatlantiruvchi 
kuchi  bo’lgan  insonni  shakllantirishda  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.    Biz 
tayyorlayotgan  mutaxassislar  pedagogika  va  psixologiya  fanini,    ayniqsa  uning 
amaliy  tatbiqiy  jihatlarini  chuqur  va  puxta  o’zlashtirgan  taqdirdagina  yosh 
avlodni  har  tomonlama  kamolga  erishgan  kishilar  qilib  tarbiyalay  olishlari 
mumkin.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  pedagogika  va  psixologiya  fanini 
o’zlashtirish  talabalar  uchun  ma’lum  qiyinchiliklar  tug’diradi.    Bunga  sabab,  
birinchidan,    talabalar,    bu  fanni  o’rganishlari  uchun  ham  aniq  fanlar,  ham 
ijtimoiy fanlar sohasida bilimlarga ega bo’lishlari zarur,  ikkinchidan,  insonning 
rang-barang  ruhiy  olami,    ko’zga  ko’rinmas  ichki  his-tuyg’ulari,  kechinmalari 
xaqidagi murakkab fanligi, uchinchidan, eng yangi, zamonaviy darsliklar,  o’quv 
qo’llanmalarining yetishmasligidir.  
O’quv-uslubiy  qo’llanmani  tayyorlashdan  maqsad,    birinchidan,  
adabiyotlar yetishmasligining ma’lum darajada oldini olish bo’lsa,  ikkinchidan,  
eng  muhimi,    nazariy  bilimlarni    talabalarga  yangi  ilg’or  pedagogik 
texnologiyalar asosida, oson,  tushunarli,  misollarga boy qilib yetkazishdir.  
O’quv-uslubiy qo’llanmani tuzishda “Psixoligiya” dasturi (tuzuvchilar p. 
f. d. ,  professor Z.T. Nishanova va  katta o’qituvchi  N.G. Odilova.  TDPU. ) ga 
hamda  2011  yil  15  avgustda  tasdiqlangan  Davlat  ta’lim  standartlariga 
asoslanildi.  
       O’quv-uslubiy  qo’llanmani  tayyorlashda  E.  G’oziyevning  «Psixologiya»,  
«Tafakkur  psixologiyasi»  kitoblaridan,    V.    Karimova,    F.  Akramovaning 
«Psixologiya»dan ma’ruzalar matni,  O.  E.  Hayitov,  N. X.  Lutfullayevaning 
«Psixodiagnostika  va  amaliy  psixologiya»,      A.  V.  Petrovskiy  tahriri  ostidagi 
«Umumiy psixologiya» darsligidan, E. Iskandarov, D.Norboyeva “Psixologiya” 
o’quv-uslubiy  qo’llanmalaridan  foydalanildi.    Shuningdek,    ayrim  psixik 
jarayonlarni  yoritish,    nazariy  fikrlarni  sharhlashda  umumiy  psixologiya 
bo’yicha  xrestomatiyalardan,    psixolog  olimlarning  eng  yangi  tadqiqotlaridan,  
vaqtli  matbuot  materialaridan  ham  foydalanildi.    Ushbu  o’quv-uslubiy 
qo’llanmani  o’ziga  xosligi,    bir  tomondan  mavzular  yoritilish  tartibi  yangicha 
mantiqiy    uzviylikda  bo’lsa,    ikkinchi  tomondan  psixologiyaning  amaliy 
jihatlariga ko’proq e’tibor qaratishga,  talabalarda  o’zlarining va boshqalarning 
psixologik  xususiyatlarini  bilishga  qiziqishini  orttirishga,    yangi  pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etishga imkoniyat yaratishga harakat qilindi.   Har 
bir mavzu uchun reja,  qisqacha uning mazmuni,  mavzuga oid tayanch so’zlar,  
adabiyotlar  ro’yxati  hamda  mustaqil    amaliy  ishlash  uchun  psixologik  testlar 
berilgan. 
 
 
 


 
1-MAVZU:  PSIXOLOGIYANING PREDMETI, VAZIFALARI VA 
TADQIQOT METODLARI 
 
 
Aniqlashtirilgan 
o’quv 
maqsadlari
Talaba 
bu 
mavzuni 
to’la      
o’zlashtirgandan so’ng: 
          -Psixologiyaning paydo bo’lish tarixini biladi; 
 
- Psixologiya fanining maqsadini aytib beradi; 
 
- Psixologiyaning tarmoqlarini sanaydi; 
 
-Har bir tarmoq uchun ta’rif beradi; 
 
- Psixologiya atamasi uchun klaster tuzadi. 
 
Tayanch so’z va iboralar
Psixologiya,    psixik  jarayonlar,    psixologik  xolatlar,    shaxs  xususiyatlari,  
xulq-atvor,  fikrlash,    his  qilish,  umumiy  psixologiya    ,  pedagogik  psixologiya 
yosh  davrlari  psixologiyasi,  metod,    kuzatish,    eksperiment,    test,    anketa,  
so’rov,  sosiometriya,  suhbat,  intervyu 
 
Asosiy savollar:   
1.Psixologiya fanining predmeti.  
2.Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy 
bosqichlari.  Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari 
3.Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.  
4.Psixologiya fanining metodlari.  
 
1.  Psixologiya fanining predmeti. 
Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq qiladi.  Psixologiya 
ham  alohida  fan  sifatida,    voqyelikning  alohida  sohasi  bo’lgan  psixik  (ruhiy) 
hayotni o’rganadi.  “Psixologiya” so’zining  o’zi yunoncha  psyuxye  (ruh,  jon) 
va logos  (so’z,  ilm) degan ikki so’zdan olingan bo’lib,  ma’nosi ruh haqidagi 
ilm  demakdir.  Lekin  uning  bu  ma’nosi  hozirgi  zamon  psixologiyasining  asl 
mazmunini ochib bera olmaydi Chunki hozirgi psixologiya fani psixika,  uning  
zohir  bo’lishi  va  rivojlanish  qonuniyatlari  haqidagi  fandir  (G’oziyev  E).
1
  
Psixologiya  psixik  holatlar,    psixik  jarayonlar  va  ularning  mexanizmlarini 
o’rganadigan fandir (A. V. Petrovskiy).
2
  
Har  birimizda  mavjud  bo’lgan  sezgilar,    idrok,    diqqat,    xotira,    xayol,  
nutq,  tafakkur,  hissiyot,  idora kabilar psixik jarayondir.  Bulardan tashqari har 
bir shaxsning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar: qiziqish,  havas,  qobiliyat va 
iste’dod,    temperament  va  xarakter  kabilar  ham  psixik  jarayonlar  jumlasiga 
kiradi.    Psixik  jarayonlarning  umumiy  yig’indisini  bir  so’z  bilan  psixika  deb 
yuritamiz.  
   Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo’lib,  u hayvonlar va 
insonga  xosdir.    Lekin  hayvonlarning  psixikasi  inson  psixikasiga  nisbatan 
                                                           
1
 G’oziyev E. F.  Psixologiya.  –Т. : «O’qituvchi»,  2007.  -508 b.   
2
 Umumiy psixologiya.  А. V. Petrovskiy tahriri ostida.  –Т. : «O’qituvchi»,  2002.  -508 b. 


 
soddaroq tuzilgandir.  Inson psixikasi miqdor jihatidan ham,  sifat jihatidan ham 
hayvonnikidan farq qiladi.   
   Insondagi  psixik  hayot  sohalari  nihoyat  xilma-xildir.    Shunga 
qaramasdan  ular  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’langan  bo’ladi.    Psixologiya 
fanining  vazifasi ana shu bog’lanish va munosabatlarning  qonuniyatlarini ochib 
berishdir.    Bundan  tashqari,    Respublikamiz  mustaqillika  erishgan  hozirgi 
davrda  inson  ongidagi  sarqitlarni,    birinchi  navbatda,    sobiq  kommunistik 
g’oyalardan  xalos  qilish,    bolani  yangicha  fikr  yuritishga  o’rgatish,    uning 
ongiga  ta’sir  qilishning  eng  samarali  yo’llarini  ko’rsatib  berish  ham 
psixologiyaning  vazifasidir.  
 
2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining 
asosiy bosqichlari. 
Psixologiya  tashqi  olamni  faol  ravishda  sezgilar,    idrok,    tafakkur,  
hissiyot  va  boshqa  shaklda  aks  ettiruvchi  psixik  jarayonlar  va  psixik  xodisalar 
haqidagi  fandir.    Ko’p  asrlar  davomida  psixologiya  tavsifiy  bilimlar  sohasi 
sifatida shakllandi.   
         Qadimgi  zamonlardan  boshlab  ijtimoiy  hayot  ehtiyojlari  har  bir  kishidan 
boshqa  kishilarning  psixologik  xususiyatlarini,    ularning  xarakterlarini,    xulq-
atvorini  o’rganishni  va  hisobga  olishni  taqoza  qilgan.    Hayot  davomida 
boshqalarning  xulq-atvorini  kuzatish,    ulardan  amalda  foydalanishga  intilish 
jarayonida  kishi  ruhiy  olamida  (psixikasida)  ko’p  tushunarsiz,    ba’zan  sirli 
xodisalarga  duch  kelganlar.    Bunday  xodisalar  jonning  ishi  deb  tushunilgan.  
Ularning  tasavvuricha,    jon  o’z  mohiyatiga  ko’ra  o’lmas,    boqiy,    ko’rinmas,  
hidsiz,    ilohiy  (xudo  tomonidan  berilgan)  xususiyatdir.    Tana  jon  uchun 
vaqtinchalik joy.  Jon tanadan chiqib ketishi,  qaytib kelishi mumkin,  jon tanani 
boshqaradi  deb  hisoblaganlar.    Kishilar  hayotida  uchraydigan  (masalan,    tush 
ko’rish,    alahsirash,    jahl,    o’lim  va  h.  k.  )  xodisalar  jonning  faoliyati  va 
xususiyati bilan tushuntirilgan.  Masalan,  tush ko’rish  - jonning tanada chiqib 
ketishi  va  boshqa  jonlar  bilan  uchrashishi,    o’lim  -  jonning  qaytib  kelmasligi 
bilan  tushuntirilgan.    Jonning  o’zini  turlicha  tasavvur  qilganlar.    Gretsiyalik  
mutafakkirlardan  Geraklit  (eramizdan  oldingi  VI  asr)  jonni  "uchquncha"dan,  
Demokrit  (eramizdan  oldingi  V  asr)  "olov  atomi"dan  iborat  deb  hisoblaganlar.  
Shu  bilan  birga  tabiatni  o’rganish,    aniq  va  tibbiy  fanlardagi  rivojlanish,    kishi 
tanasi  tuzilish  haqidagi  bilimlarning  boyishi  natijasida  psixika  (jon)  haqidagi 
bilimlar  ham  ilmiylashib  borgan.    Eramizdan  oldingi  VI  asrda  yashab  o’tgan 
grek  vrachi  Alkmeon  anatomiya  hamda  tibbiyot  sohasidagi  tajribalarga 
asoslanib,    psixikaning  organi  MIYA  degan  fikrni  ilgari  surdi.    Keyinchalik 
ko’pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak 
bo’lsa kerak degan fikrni himoya qilganlar.  "Medisina fanining otasi" Gippokrat 
(eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (sharqda temperament "mijoz" 
deb  yuritilgan)  ta’limotni  yaratdi.    Ularning  fikricha  kishi  temperamenti  kishi 
tanasidagi  "sharbatlar"  (suyuqliklar)  aralashmasi  va  ularning  nisbati  bilan 
tushuntirilgan.    Shunday  qilib  psixikani  ilmiy  tushunishda  ilmiy  tushunishga 
katta qadam qo’yilgan.   


 
Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri ("otasi") 
makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi. 
Aristotel  jonning  rivojlanishi  tirik  tabiatning  rivojlanishi  bilan  muvofiq  boradi 
degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi.  Unga qadar jon va tirik tana ikki xil 
narsa  deb  qaralar  edi.    Aristotel  jon  va  tananing  birligi  haqidagi  g’oyani 
maydonga tashladi.  U psixika haqidagi fikrlarini "Jon haqida" nomli risolasida 
aks  ettirdi.    Bu  risola  psixologiya  fani  sohasida  maxsus  yozilgan  birinchi  asar 
hisoblanadi.    Aristotel  tomonidan  yoritilgan  sezgilar,    ularning  turlari,  
assosiasiyalar  haqidagi  fikrlar  bugungi  kunda  ham  o’z  dolzarbligini  yo’qotgani 
yo’q.   
Eramizdan  oldingi  II  asrda  rimlik  vrach  Galen  fiziologiya  va  medisina 
sohasida  erishilgan  yutuqlarni  umumlashtirib,    psixikaning  fiziologik  asoslari 
haqidagi tasavvurlarni birmuncha boyitdi. 
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib 
berdi.  Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o’zgarishlar yuz berdi.  Inson 
tanasi mashinaga o’xshatiladi.  Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi.  
Buyuk fransuz mutafakkiri Dekart hatti-harakatlarning reflektor ("refleks" so’zi 
fransuz  tilidan  kirib  kelgan  bo’lib  "aks  ettirish"  degan  ma’noni  anglatadi) 
xarakteri haqidagi g’oyani ilgari surdi.   
XIX  -XX  asrga  kelib  barcha  fanlar  sohasida  (ayniqsa  biologik  va  aniq 
fanlar)  erishilgan  yutuqlar  ta’siri  ostida  psixologiya  fanida,  psixikani 
tushunishda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi.   
XIX  -  XX  asrda  psixologiya  mustaqil,  eksperimental  fan  sifatida 
rivojlandi.  Bunga  tabiiy  fanlar  sohasida,  ayniqsa  biologiya,  sezgi  organlari 
fiziologiyasi, 
psixofizika 
va 
psixofiziologiya, 
oliy 
nerv 
faoliyati 
fiziologiyasining  rivojlanishi,    hamda  psixologiyaga  pedagogika,    medisina,  
ishlab chiqarishning talabining kuchayishi sabab bo’ldi.   
Psixologiyaning  fan  sifatida  rivojlanishi  tarixini  to’rt  bosqichga  bo’lish 
mumkin:  
I.    Psixologiya  jon,    ruh  haqidagi  fan  sifatida.    Psixologiyaga  bundan  2500  yil 
avval  shunday  ta’rif  berilgan.  U  davrda  inson  hayotidagi  ko’plab  tushunarsiz 
voqyealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga uringanlar.   
II.    Psixologiya  ong  haqidagi  fan.    Tabiiy  fanlarning  rivojlanishi  ta’siri  ostida 
XVII asrda paydo bo’ldi.  Kishining fikrlash,  his qilish,  istaklarining namoyon 
bo’lishini  ong  deb  atadilar.    Psixologiya  fanining  eng  asosiy  tadqiqot  metodi 
o’z-o’zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.   
III.    Psixologiya  xulq-atvor  haqidagi  fan  sifatida  XX  asrda  shakllangan  bo’lib,  
psixologiyaning  asosiy  vazifasi  bevosita  kuzatish  imkoniyati  bo’lgan  psixik 
xodisalar,    ya’ni  kishining  xulq-atvori,    harakatlari,    reaksiyasi  kabilarni 
o’rganish  hisoblangan.    Kishining  hatti-harakatlari  ostida  yotgan  motivlar 
hisobga olinmagan.   
IV.  Psixologiya  psixik  faktlarni,    psixik  xodisalarning  mexanizmlari  va 
qonuniyatlarini  o’rganuvchi  fan  sifatida.    Hozirgi  zamon  psixologiya  fani 
psixologiyaning  fan  sifatida  rivojlanishi,    falsafa,    tabiiy  va  tibbiy  fanlar,  aniq 
fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.   


 
 
Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari  
Abu nasr Forobiyning psixologik qarashlari.   Abu nasr Forobiy Yaqin va o’rta 
Sharqda  ilg’or  ijtimoiy-falsafiy  oqimning  asoschilaridan  biri  bo’lib,    «Sharq 
Aristoteli» degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutafakkir.  Forobiy (873-
950) dunyoqarashining asosi,  ya’ni dunyoning tuzilishi haqidagi fikrlar tashkil 
etadi.  Uning dunyoqarashidagi asosiy maqsadlardan biri ilmiy-falsafiy usulning 
mustaqilligini nazariy jihatdan asoslab berishga,  uning inson tafakkuriga,  aqliy 
bilimiga asoslanganligini isbotlashga intilishdir.  
Forobiy  bilishning  ikki  shakli,    bosqichini  -  hissiy  va  hayoliy,    aqliy 
bilishni bir-biridan farqlaydi.  U sezgi roliga to’xtalib,  besh turga bo’ladi: 
Forobiy  sezgini  bilishning  manbai  deb  hisoblagan,    uning  qarashlari 
Aristotelning «sezmagan odam Hech narsani bilmaydi ham,  tushunmaydi ham» 
degan qarashlariga o’xshab ketadi.   
Forobiy inson (ruh) jonining bir tandan boshqasiga o’tib,  ko’chib yurishi 
mumkinligini  inkor  etadi  va  uni  balki  tan  kabi  individual  «substasiyasining 
birligi»  sifatida  tushunadi.    Uning  fikri  izchil  emas  edi.    Bunday  ikkilanish 
Aristotelga ham xos bo’lgan.  
Forobiyning  ruhiy  jarayonlar,    ularning  bilish  va  mantiq  tizimi  haqidagi 
ta’limoti o’rta asrlar falsafasining katta yutug’i edi.  
Al  Xorazmiyning  psixologik qarashlari.   Abu  Abdulloh  al  Xorazmiyning 
dunyoqarashining  muhim  tomoni,    uning  keng  bilimi,    ilmning  ko’p  jabhalari 
masalalarini  tushunishga  obyektiv  yondoshishga  qaratilgan.    Xususan.    Uning 
tib,    odam  anatomiyasi  va  fiziologiyasi  sohasidagi  bilimi  hissiy  sezgining 
moddiy  asoslarini  qidirishga  yordam  beradi.    «Shaxsiy  ruh  -  u  miyada  bo’lib,  
undan  badan  a’zolariga  asab  orqali  tarqaladi»  deydi.    o’rta  asr  sharq 
peripatetiklari  uchun  aql  bilimning  yana  bir  manbaidir.    Ular  aqlni  ikki  turga  - 
tug’ma  va  orttirilgan  aqlga  ajratishadi.    Xorazmiy  aqlni  odam  nafslarining 
kuchlaridan biri deb hisoblab,  yuqorida qayd etilgan uch turga bo’ladi.  
Umuman  olganda,    Abu  Abdulloh  al  Xorazmiyning  psixologik  falsafiy 
qarashlari o’z davri ilmiy dunyoqarashining rivojiga katta hissa qo’shgan.  
Abu  Ali  ibn  Sinoning  psixologik  falsafiy  qarashlari.    Abu  Ali  ibn 
Sinoning  (980-1037)  psixologik  falsafiy  qarashlari,    ilmlar  tasnifi,    ta’rifi  va 
tarkibi  haqidagi  fikrlari    uning  «Tib    qonunlari»  asarida  inson  fiziologiyasi  va 
psixologiyasi asosida talqin etiladi.  Ibn Sino sezgini tashqi va ichki sezgilarga 
ajratadi.   Tashqi sezgi insonni tashqi olam bilan bog’laydi,  ular 5 ta: ko’rish,  
eshitish,    ta’m  -  maza  bilish,    hid  va  teri  sezgisi.    Bular  insonning  ma’lum 
organlari - teri,  ko’z,  og’iz,  burun va quloq bilan uzviy bog’liq.  
Ichki sezgilar - bu umumiy,  chunonchi,  tahlil etuvchi,  ifodalovchi,  eslab 
qoluvchi  (xotira),    tasavvur  etuvchi  sezgilardir.    Ibn  Sino  miyani  barcha 
sezgilardan  boruvchi  nervlar  markazi,    umuman  inson  nerv  sistemasining 
markazi ekanligi haqidagi ta’limotni olg’a surgan.  Inson tana va jondan tashkil 
topadi,  miya insonni boshqarib turuvchi markazdir.  
Ibn    Sinoning  ilmiy  psixologik  falsafiy  fikrlari  noyob  oltin  xazina  bo’lib 
hisoblanadi.  


 
Abu Rayhon Beruniyning falsafiy va psixologik qarashlari.  Abu Rayhon 
Beruniyning  (973-1043)  fikricha  inson  hayvondan  aql  bilan  farq  qiladi.    Lekin 
insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini 
tushuntirganda  xudoga  murojaat qilib,   insonni xudo  azaldan shunday  yaratgan 
deydi.   
Beruniyning ruhiy va  moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr 
uchun  nihoyatda  qimmatli  fikr  edi.    U  jamiyat  yuzaga  kelishida  kishilarning 
moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi.   
Beruniyning  fikricha,    aql,    mehnat,    erkin  tanlash  insonning  hayotini  va 
ijtimoiy  holatini  belgilaydi.    Inson  o’z  ehtiyojlarini  mehnat  tufayli  qondiradi 
deydi.  
 
3.  Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Psixologiyaning  tarmoqlari.  Psixologiyaning  alohida  tarmoqlarini  farqlash 
avvalo  ishlab  chiqarishdagi  inson  faoliyati  kechadigan  sohalar  va  ularning 
vazifalaridan  kelib  chiqadi.    Hozirgi  davrga  kelib  psixologiyani  inson  shaxsi 
xaqidagi  eng  muhim  fanlardan  biri  sifatidagi  ahamiyatini  hamma  tan  olmoqda.  
Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin.  Psixologiya 
iqtisod,    pedagogika,    falsafa,    mantiq,    sosiologiya  va  boshqa  ijtimoiy-
gumanitar  fanlar  bilan  aloqador  fan  hisoblanadi.    Chunki  hamma  sohada  inson 
shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan,  har bir sohada ishni samarali tashkil etish,  olib 
borish uchun kishilar psixologiyasini,  shaxslararo munosabatlar psixologiyasini,  
odamlarning  turli  vaziyatlardagi  xulq-atvor  normalarini  bilish  va  shunga  ko’ra 
ish olib borish muhimdir.  Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik 
bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.  
Psixologiyaning  300  dan  ortiq  tarmoqlari  fan  sifatida  rivojlanayotganligi 
hozirgi 
kunda 
psixologiyaning 
fanlar 
tizimida 
yanada 
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,  

  umumiy  psixologiya  —  psixik  faoliyatning  umumiy  qonuniyatlari  va 
ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; 

  pedagogik  psixologiya  —  kishiga  ta’lim  va  tarbiya  berishning  psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; 

  yosh davrlari  psixologiyasi —  turli  yoshdagi odamlarning  tug’ilgandan to 
umrining  oxirigacha  psixik  rivojlanish  jarayonini,    shaxsning  shakllanishi  va 
o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi 
tamoyillarini o’rganadi; 

  ijtimoiy  psixologiya  —  odamlarning  jamiyatdagi  birgalikdagi  ish 
faoliyatlari  natijasida  ularda  hosil  bo’ladigan  tasavvurlar,    fikrlar,    e’tiqodlar,  
hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; 

  yuridik  psixologiya  —  huquq  sistemasining  amal  qilishi  bilan  bog’liq 
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi; 

  mehnat  psixologiyasi  —  kishi  mehnat  faoliyatining  psixologik 
xususiyatlarini,    mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  etishning  psixologik  jihatlarini,  
qonuniyatlarini o’rganadi; 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling