"psixologiya"


       muxandislik  psixologiyasi  —  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  sistemalari  operatorining faoliyatini,  odam — texnika


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana01.08.2020
Hajmi1.77 Mb.
#125252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
psixologiya



 

  muxandislik  psixologiyasi  —  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  sistemalari 
operatorining faoliyatini,  odam — texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi; 

  harbiy  psixologiya  —  kishining  harbiy  harakatlar  sharoitida  namoyon 
bo’ladigan  xulq-atvorini,    zobitlar  bilan  oddiy  askarlar  o’rtasidagi 
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; 

  savdo  psixologiyasi  —  jamiyatda  tijoratning  psixologik  shart-sharoitlari, 
ehtiyojning  individual,  yoshga,  jinsga  oid  xususiyatlarini,    haridorga  xizmat 
ko’rsatishning  psixologik  omillarini  aniqlaydi.  Bu  sohadan  ajrab  chiqqan, 
modalar  psixologiyasi  inson  didi  va  uning  xulqda  aks  etishi  kabi  qator 
masalalarini o’rganadi; 

  tibbiyot  psixologiyasi  —  shifokor  faoliyati  psixologiyasini,    bemor  xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.  
Shuningdek  psixologiyada  etnopsixologiya,  oilaviy  hayot  psixologiyasi,  
boshqaruv 
psixologiyasi, 
shaxs 
psixologiyasi, 
sport 
psixologiyasi,  
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko’plab sohalari 
mavjudki,    ularning  har  biri  jamiyatdagi  real  ehtiyojlar  va  ularni  qondirishda 
psixologiyaning fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi.  
Psixologiya  yaxlit  va  mustaqil  fan  sifatida  odamlarda  gumanistik 
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib,  inson omiliga aloqadorligi uning shu 
yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan 
bevosita aloqasini taqozo etadi.  Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan 
sohalari  bo’lib,    psixologiyaning  ular  orasidagi  mavqyei  o’ziga  xos  va 
yetakchidir.  
1.    Falsafa  va  psixologiya  aloqasi  bu  ikkala  fanning  inson  va  uning  hayoti 
mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni 
va  ahamiyatidan  kelib  chiqadi.    Tabiat,    jamiyat  va  inson  tafakkurining 
rivojlanishiga  oid  bo’lgan  umumiy  qonuniyatlar  va  prinsiplarni  psixologiya 
falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri 
qonuniyatlari  sohasidagi  yutuqlari  bilan  falsafani  boy  ma’lumotlarga  ega 
bo’lishiga yordam beradi.  Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar 
sharoitida  o’z  taraqqiyotining  muhim  bosqichiga  o’tgan  ekan,    psixologiya 
ushbu  fan  erishgan  yutuqlardan  ham  foydalanadi,    ham  ularning  ko’lami 
kengayishiga  baholi  qudrat  xizmat  qiladi.  Ayniqsa,    psixologiyadan  mustaqil 
ravishda  ajralib  chiqqan, bugungi  taraqqiyot  davrimizda  alohida  ahamiyat  kasb 
etgan  ijtimoiy  psixologiyaning  sosiologiya  bilan  aloqasi  uzviy  bo’lib,    ular 
jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.   
2.  Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy 
va azaliy bo’lib,  ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi  roli  va  nufuzi  o’ziga  xosdir.    Respublikamizda  amalga 
oshirilayotgan  yangi  «Ta’lim  to’g’risidagi  Qonun»  hamda  «Kadrlar 
tayyorlashning  milliy  Dasturi»ni  amalga  oshirish  ham  ikki  fan  hamkorligi  va 
o’zaro  aloqasini  har  qachongidan  ham  dolzarb  qilib  qo’ydi.    Milliy  dasturda 
e’tirof  etilgan  yangicha  modeldagi  shaxsni  kamol  toptirish,  uning  chuqur 

10 
 
bilimlar  sohibi  bo’lib  yetishishi,  barkamolligini  kafolatlovchi  shart-sharoitlar 
orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq 
etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi.  Shuning uchun 
ham  psixologiya  u  bilan  hamkorlikda  yosh  avlod  ongining  ta’lim  olish 
davrlaridagi  rivojlanish  tendensiyalaridan  tortib,    toki  yangicha  o’qitish 
texnologiyalarini  bola  tomonidan  o’zlashtirilishi  va  undagi  aqliy  hamda 
intellektual  qobiliyatlarga  nechog’lik  ta’sir  ko’rsatayotganligini  o’rganish 
asosida  ta’lim-tarbiya  ishini  tashkil  etish  psixologiyadagi  metodlarni  didaktik 
metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi.   
3.    Biologiya,    fiziologiya,    ximiya,    fizika  va  b.  q.    psixik  xodisalar  va 
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning 
kechishi  qonuniyatlarini  obyektiv  o’rganish  uchun  material  beradi.    Ayniqsa,  
bosh  miyaning  hamda  markaziy  asab  sistemasining  psixik  faoliyatlarini 
boshqarishda  va  ularni  muvofiqlashtirishdagi  rolini  e’tirof  etgan  holda 
psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan 
omilkorona  foydalanadi.    Masalan,    shaxs  qobiliyatlarini  diagnostika  qilish 
uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo 
etgani  sababli,    o’sha  tabiiy  layoqatning  xususiyatlarini  aniqlashda 
psixofiziologiyaning  qator  usullaridan  (miya  assimetriyasi  qonunlari,    miya 
bioritmlarini  yozib  olish,    neyrodinamik  xodisalarni  aniqlash,    qon  aylanish  va 
tana  haroratini  o’lchash  metodlari)  o’z  o’rnida  foydalanadi  va  biologiya,  
anatomiya,  fiziologiya,  neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan 
yutuqlaridan  foydalanadi.    Shuning  uchun  tabiiy  fanlar  sohasida  erishilgan 
barcha  yutuqlar  psixologiyaning  predmetini  mukammalroq  yoritishga  o’z 
hissasini qo’shgan.  Kibernetika fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya 
uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib,  u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish 
va  psixik  jarayonlarni  takomillashtirish  borasida  axborotlar  texnologiyasi  va 
kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari,  maxsus 
dasturdan o’z o’rnida foydalanadi.  Ayniqsa,  axborot asri bo’lgan XX va har bir 
alohida  ma’lumotning  qadr-qimmati  oshishi  ko’tilayotgan  XX1  asrda 
informasion  texnologiyalar  va  modellashtirish  borasida  psixologiya  hamda 
kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi.   
4.    Iqtisodiyot  bilan  psixologiyaning  o’zaro  aloqasi  va  hamkorligi  ham 
yangilik  bo’lib,    ayniqsa,    bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich  o’tish 
sharoitida  iqtisodiy  ong hamda  iqtisodiy  xulqning o’ziga xos  namoyon  bo’lish 
qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.   Shaxsini tarbiyalash 
va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga 
kiritgan yutuqlar,  yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga 
olsa,  iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyekti 
bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash,  tahlil qilish 
va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.  
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada 
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos.  Bugungi kunda har bir fan rivoji 
uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan,  psixologiya o’sha barcha fanlar 
bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.  Bu tibbiyot,  qishloq ho’jaligi,  kimyo 

11 
 
va  oziq-ovqat  ishlab  chiqarish  sanoati,    xuquq  va  madaniyatshunoslik  kabi 
o’nlab fan sohalaridir.
3
  
 
4.  Psixologiya fanining metodlari. 
  
Ma’lumki,  har qanday fan o’zining predmetining mohiyatini yoritish va 
materiallar  to’plash  uchun  maxsus  usullar  va  vositalardan  foydalanadi  va  ular 
fanning  metodlari  deb  yuritiladi.    Psixologiyaning  ilmiy  tekshirish  metodlari 
xilma–xildir.  Shu bilan birga,  ularni klassifikasiya qilish ham turlichadir.  Biz 
mashhur  rus  psixologi  B.  G.  Ananyev  tomonidan  tavsiya  qilingan  metodlarni 
sanab o’tishga harakat qilamiz.  U tekshirish metodlarini to’rt guruhga bo’ladi:  
       Tadqiqot  ishlarining  birinchi  –  tashkiliy  guruhi    o’z  ichiga  qiyoslash,  
longityud (uzluksiz),  kompleks (ko’pyoklama) deb atalgan turlarni oladi.   
       Tadqiqot  metodlarining  ikkinchi  guruhi  empirik  metodlardan  iborat  bo’lib,  
unga  kuzatish,    eksperiment,    test,    anketa,    so’rov,    sosiometriya,    suhbat,  
intervyu,    faoliyat  jarayoni  va  uning  mahsulini  tahlil  qilish,    biografik  kabilar 
kiradi.   
       Tadqiqot  metodlarining  uchinchi  guruhiga  statistik  (miqdor)  va  psixologik 
(sifat) metodlari kirib,  ular olingan natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangandir.  
Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchi – sharhlash guruhi genetik va donalash 
metodlaridan iboratdir. 
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos 
metodlari bor.   Ular ijtimoiy  xulq va alohida  individ ichki dunyosini kompleks 
tarzda  o’rganish  imkonini  beradi.    Gap  shundaki,    ularni  o’z  vaqtida  va 
professional  tarzda  qo’llay  bilish  va  olingan  natijalardan  to’g’ri  xulosalar 
chiqara olishdir.  
 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
 
1. Psixologiya fani nimani o‘rganadi?    
A) odamlarning ruhiy xususiyatlarini  
B) tirik mavjudotlarning o‘z tanasidan va tashqi muhitdan kelayotgan 
qo‘zg‘atuvchilarga bergan javoblari 
C) kishilar ongini  
D) psixikani, psixikaning zohir bo‘lish mexanizmlarini va qonuniyatlarini 
2. Psixika va uning namoyon bыlish shakllari: 
A) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxsning temperamenti; 
B) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xarakteri; 
C) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, kobiliyat; 
D) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xususiyatlari. 
3. Psixik jarayonlarga nimalar kiradi? 
A) sezgilar, idrok, emotsiyalar, xarakter, iktidor; 
B) sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat; 
C) sezgilar, idrok, tafakkur, emotsiyalar, temperament, diqqat, nutq; 
D) sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq, qobiliyat. 
                                                           
3
 Каrimova V. ,  Акramova F.  Psixologiya.  Ма’ruzalar matni.  – Т. ,  2002, 10-11 b 

12 
 
4. SHaxs psixologik xolati nimalarda ifodalanadi? 
A) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, qiziquvchanlik, tetiklik, apatiya, bardamlik, 
ishonchlilik; 
B) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, mas’uliyat, tetiklik, apatiya, bardamlik, 
ishonchlilik; 
C) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, qiziquvchanlik, iqtidor,  apatiya, bardamlik, 
ishonchlilik; 
D) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, qiziquvchanlik, tetiklik, aqliy salohiyat, 
bardamlik, ishonchlilik 
5. Javoblar orasidan tadqiqot metodlarining tashkiliy guruhiga 
kiradiganlaridan birini toping.  
A) kuzatish, B) eksperiment, C) qiyoslash, D) sotsiometriya  
6. Psixologiya sohasida birinchi kitobni («Ruh haqida») kim yozgan? 
A) Dekart,  B) Gippokrat, C) Pavlov I.P, D) Aristotel 
7. 19 asrning oxirida Leypsigda retseptorlar ta’sirining xususiyatlarini 
o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy laborotoriya ochildi. Uni kim ochgan?   
A) N.Lange, B) V.Vundt, C) SHtern, D) Tideman 
8. 20 asrda AQSHda keng tarqalgan metodlardan birini dastlab S.Xoll 
qo‘llagan edi. Bu qaysi metod?  
A) o‘z-o‘zini kuzatish, B) so‘rash-suhbat, C) tabiiy eksperiment, D) ob’ektiv 
kuzatish 
9. «Bosh miya reflekslari» (1863) nomli asarni kim yozgan? 
A) A.P.Pavlov, B) A.A.Uxtomskaya, C) I.M.Sechenov, D) S.Korsakov  
10. Shaxsning guruhlarda ruhiy hayotini, shaxslararo munosabat va 
muloqot qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya fanining tarmog‘i 
qanday ataladi? 
A) mehnat psixologiyasi, B) muhandislik psixologiyasi, C) pedagogik 
psixologiya, D) ijtimoiy psixologiya 
11. Shaxsning guruhlarda ijtimoiy o‘rnini aniqlashda qaysi metoddan 
foydalanish maqsadga muvofiq?  
A) Test , B) eksperiment, C) suhbat, D) sotsiometriya 
 
 

 
13 
2 -MAVZU: PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI. 
     
  Aniqlashtirilgan 
o’quv 
maqsadlari. 
Talaba 
bu 
mavzuni 
to’la      
o’zlashtirgandan so’ng:  
 
- Psixikaning ner nerv-fiziologik asoslarini biladi; 
- Ongning ahamiyatini tushuntiradi; 
- Tropizm turlarini sanaydi; 
- Psihika va ong o’rtasidagi farqlarni tushuntiradi; 
- Sinkveyn (ma’lumotlarni yig’ish) strategiyasini qo’llaydi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
 psixika,  ong, tropizm, seskanuvchanlik, instinktlar, bilish, ko’nikmalar, 
hayvonlarning 
intellektual 
harakatlari, 
psixikaning 
nerv-fiziologik 
asoslari,psixik jarayonlar,  psixik holatlar,  psixik funksiyalar,  psixik xodisalar. 
 
Asosiy savollar
1. 
Psixika va uning taraqqiyoti.   
2. 
Psixika va ong.  
3. 
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari 
 
1. Psixika va uning taraqqiyoti. 
Psixik  jarayonlar  miyaning  alohida  xossasi  bo’lib,  faqat  miyaning 
faoliyatiga bog’liq xolda ruy beradi.  Odam bosh miyasi yuksak darajada tashkil 
topgan  materiya  bo’lib,    psixika  esa  ana  shu  materiyaning  mahsuli,    uning 
funksiyasidir.    Psixika  va  ong  birdaniga  paydo  bo’lmagan,    balki  uzoq  tarixiy 
evolyutsiya natijasida shakllanib,  o’sib,  takomillashib borgan.  Dastlab yerda 
hayot paydo bo’lganda bir xo’jayrali hayvonlar vujudga kelgan.  Ularga psixik 
prosesslardan  seskanuvchanlik  xos  bo’lgan.  Sekin  –  asta  uzoq  evolyutsiya 
natijasida hayvonlarning takomillashib borishi natijasida ularning nerv sistemasi 
va bosh miyasi ham o’sgan.  Miyaning rivojlanishi esa turli psixik prosesslarni 
vujudga keltirgan.    
            Psixikaning  paydo  bo’lishi  materiyaning  uzoq  taraqqiyoti  bilan 
tushuntiriladi.  Jamiki  materiya,  jonsiz  anorganik  materiyadan  tortib,  to 
materiyaning  yuksak  hamda  murakkab  shakli  -  inson  miyasigacha  moddiy 
olamning  umumiy  xususiyati  bo’lmish  aks  ettirish  xususiyatiga,    ya’ni 
ta’sirlarga  javob qaytarish qobiliyatiga ega.  Aks  ettirish  shakllari  materiyaning 
yashash  shakllariga bog’liqdir. Jonsiz tabiatda  harakat  jism  yoki  moddalarning 
o’zaro mexanik,  fizik yoki ximiyaviy  munosabatlari tarzida nomoyon bo’lishi 
mumkin.  Masalan, suvning daryo qirg’oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi,  
quyosh  nurining  oynadan  aks  etishi  (sinib  qaytishi).  Tirik  materiyaga  o’tishda 
harakatning  shakllari  sifat  jihatdan o’zgaradi.  Tirik  materiyaga  aks  ettirishning 
biologik shakllari xosdir.  Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik 
aks  ettirish  paydo  bo’ladi.  Materiyaning  evolsiyasida  jonsiz  materiyadan  jonli 
materiyaga  o’tishni  turli  nazariyalar  turlicha  tushuntiradilar.    Shular  orasidan 
akademik  A.  I.  Oparin  tomonidan  ilgari  surilgan  nazariyani  kursatib  o’tish 

 
14 
mumkin.  Oparin  gipotezasiga  muvofiq,    bundan  taxminan  2  milliard  yillar 
muqaddam  atmosferada  kislorod  ajralib  chiqqan.  Bu  organik  moddalarda 
fotoximik reaksiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.  
Oqibatda  koaservatlar  deb  atalgan  faol  oqsil  molekulalari  paydo  bo’lgan. 
Koaservatlarda  hayotning  asosiy  belgilari  -  assimilyasiya  va  dissimilyasiya 
jarayonlari  paydo  bo’lgan.  Koaservatlar  tashqi  muhitdagi  "ozuqa"  moddalarni 
tanlab  o’zlashtirganlar.  Ular  yashash  uchun  zarur  bo’lgan  (biotik)  moddalarga 
ma’lum  darajada  seskanish  bilan  javob  berganlar  va  hayot  faoliyati  uchun 
bevosita  kerak  bo’lmagan  (abiotik)  moddalarga  nisbatan  indifferent  (befarq) 
munosabatda bo’lganlar.   
Seskanuvchanlik va tropizmlar  
Biz  yuqorida  ko’rib  o’tgan  seskanuvchanlik  o’simliklardan  tortib 
hayvonlargacha  mavjud.    Seskanuvchanlik  tirik  organizmlarning  biologik 
ahamiyatga  ega  bo’lgan  (biotik)  ta’sirlarga  javob  qaytarish  qobiliyatidir. 
Sodda,  bir  xo’jayrali  tirik  organizmlardayoq  elementar  seskanuvchanlik 
xususiyati  bo’lib,    ular  tashqi  muhit  ta’siriga  harakat  bilan  javob  qaytaradilar. 
Biotik  faktorlarga  maxsus  harakatlar  bilan  javob  qilish  usullariga  tropizm  yoki 
taksislar  deb  ataladi.    Tropizmlar  har  xil  bo’ladi:  fototropizm  -  tirik 
organizmning  yorug’lik  ta’siri  ostida  harakatga  kelishi;  termotropizm  -  tirik 
organizmning issiqlik ta’siri ostida harakatga kelishga moyilligi; xemotropizm - 
tirik  organizmning  ma’lum  fizik-ximiyaviy  muhitni  tanlab  olishga  bo’lgan 
moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo’zg’atuvchi ta’siri ostida 
harakatga kelishi va x. k.  O’simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli 
faqatgina tropizmlardan iborat. 
Hayvonlarda  ta’sirlanishning  yangi  turi  -  sezuvchanlik  yuzaga  kelgan. 
Seskanuvchanlikdan  sezuvchanlikka  o’tish  boshqacha  hayot  tarixi  bilan 
bog’liqdir.    A.  N.  Leontyevning  gipotezasiga  ko’ra,  sezuvchanlik  "genetik 
jihatdan  qaraganda,  muhitning  organizmni  boshqa  ta’surotlar  bilan  bog’lovchi, 
organizmni  muhitda  mo’ljal  olishga  yerdam  beruvchi,  signallik  vazifasini 
o’tovchi ta’sirlarga javob ta’siridan bo’lak narsa emas".
4
 Yuksak tashkil topgan 
hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi,  sezgi organlari (a’zolari) tarkib topadi.  
Narsalarning aslida befarq, ya’ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan belgilari 
(hidlari,  shakllari,    ranglari)  signallik  ahamiyatiga  ega  bo’ladi.    Shu  sababdan 
hatto  eng  sodda hayvon ham  ma’lum  sharoitda  faqat biotik qo’zg’atuvchilarga 
emas,    balki  ayni  shu  konkret  vaziyatda  biotik  qo’zg’atuvchining  paydo 
bo’lganidan  signal  beruvchi  abiotik,    indifferent  qo’zg’atuvchilarga  ham  javob 
bera  boshlashi  mumkin.    Yashash  usulining  o’zgarishi  bilan  ko’p  xo’jayrali 
organizmlarda  tanalarining  tuzilishi  ham  murakkablashib  boradi,  ma’lum 
turdagilarni  aks  ettiruvchi  maxsus  organlar  -  sezgi  organlari  rivojlanadi,    aks 
ettirish shakllari ham anchagina murakablashadi.   
Nerv  sistemasi  taraqqiyoti  sezgi  nerv  sistemasi  taraqqiyoti,  sezgi 
organlarning  taraqqiyoti  shu  bilan  birga  hayvonlarning  hayot  kechirishi  tarziga 
                                                           
4
 Leont’ev А.N. Problemi razvitiya psixiki .-М., МGU,2000. s. 56 b 

 
15 
moslashuvchanlik,    ijro  qiluvchanlik  bilan  birga,  axborot  olish  jarayonida 
bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog’langandir.   
     Hayvonlar  olamida  aks  ettirishning  turli  xildagi  barcha  shakllari  orasidagi 
umumiylik  va  ularning  hatti-harakatlarining  mexanizmlarini  hisobga  olgan 
xolda  hayvonlarning  instinktiv  harakatlari,    ko’nikmalar  va  aqliy  (intellektual) 
hatti-harakatlari  farqlanadi.  Instinktlar.    Instinktlar  hayvonlar  hatti-
harakatlarining murakkab, tug’ma shaklidir.  Masalan: qushlarning  in yasashda 
cho’p,  loy tanlashi,  o’rgimchaklarning to’qish san’ati.  Asalari o’z kataklarida 
go’yo  puxta  hisob  qilib  turganday,    aniq  reja  bilan  ko’radi.  Bundan  tashqari 
asalarilarda  bir-birini  xabar  berish  qobiliyati  mavjud.    Instinktlar  bir  qator 
moslashuv  harakatlari  tizmasidan  iborat.    Bir  harakatning  tugallanishi  boshqa 
harakatni  vujudga  keltiradi.    Instinktiv  harakatlar  yuzaki  kuzatganda  o’zining 
"maqsadga muvofiqliligi" bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu "maqsadga 
muvofiq  hatti-harakatlarda  maqsadni  anglashni  uchratmaymiz.  Instinktlar 
ma’lum  tashqi  qo’zg’atuvchi(lar)ning  ta’sir  ko’rsatishiga  javob  tariqasida 
yuzaga  keladi.  Instinktiv  hatti-harakat  deyarli  o’zgarmaydi,    lekin  bu 
harakatning  bironta  muhim  qismi  o’zgarib  qolsa,  u  har  gal  maqsadga 
muvofiqligini  yo’qotadi.  Masalan,  agar  asalarilarning  asal  saqlash  uchun 
yasalgan  uyalarini  orqa  tomonidan  qirqib  qo’yilsa  (ya’ni  tagi  teshib  qo’yilsa), 
bunday holda asalari ma’lum miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib,  garchi 
asal uyaning tagidan allaqachon oqib ketgan bo’lsa ham,  uyaning og’zini ustki 
tomondan  mum  bilan  berkitib  quya  beradi.  Harakatlarning  instinktiv  shakllari 
faqat  doimiy  sharoitlardagina  maqsadga  muvofiqdirlar.  Shuni  qayd  qilib  qilib 
o’tish kerakki,  garchi ma’lum instinktlar bir turdagi barcha organizmlarga xos 
bo’lsa  ham,    lekin  ularni  amalga  oshirish  alohida  organizmlarda  biroz 
boshqacharoq bo’ladi.  Instinktiv hatti-harakatlarning ana shunday nisbatan har 
xil  tarzda  amalga  oshirilishi  yashash  sharoiti  keskin  o’zgargan  xolda 
organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.   
Ko’nikmalar.    Yuksak  taraqqiy  etgan  hayvonlarda,    xususan  sut 
emizuvchilarda hatti-harakatning yanada aninroq aks ettirishga yordam beruvchi 
yangi,  ildamroq shakllari ko’proq rol uynaydi. Bular - ko’nikmalar (harakatning 
individual  tarzda  orttirilgan  shakllari).  Ko’nikma  deganda  hayvonlarda  shartli 
bog’lanishlar  asosida  yuz  beruvchi  va  avtomatik  ravishda  sodir  bo’luvchi 
harakatlar tushuniladi.  Instinktlar singari ko’nikmalar ham taraqqiyotning turli 
bosqichlarida  uchraydi.  Lekin  yaqqol  ifodalangan  ko’nikmalarni  faqat  bosh 
miyaning  po’stiga  ega  bo’lgan  hayvonlardagina  ko’rish  mumkin.    Hayvonlar 
ko’nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo’lgan 
turning  tajribasini  qayta  tiklovchi  tug’ma  harakatlardan  ham  takrorlash 
jarayonida  mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo’lmog’i 
mumkin.  Hayvonlarda  hosil  qilingan  (bo’lgan)  ko’nikmalar  sharoit 
murakkablashishi  yoki  o’zgarishi  bilan  o’zi  ham  o’zgarishi,  yangi,  
o’zgartirilgan  sharoitga  ko’chishi  mumkin.    Ko’nikmalar  bir-birlaridan  muhim 
jixatdan  farq  qilishlari  mumkin:  bir  holatda  ko’nikmalar  o’zlarining 
avtomatizmlariga  ko’ra  instinktlarga  yaqinlashsalar,  boshqa  bir  holatda 
intellektual harakatlarga yaqinlashadilar. 

 
16 
Hayvonlarning  intellektual  harakatlari.  Ayrim  narsalar  o’rtasidagi 
murakkab  munosabatlarning  aks  ettirilishi  intellektual  harakatlarning  asosini 
tashkil  qiladi.  Yuksak  darajada  taraqqiy  etgan  hayvonlar  narsalar  o’rtasidagi 
munosabatlarni  payqay  oladilar  va  mazkur  vaziyatga  qarab,  uning  natijasini 
oldindan ko’ra olishadilar.  Bunday harakatni aqliy harakat tipi deyish mumkin. 
Odamlar  yuksak  darajada  taraqqiy  etgan  hayvonlar  orasida  primatlarni 
(odamsimon  maymunlarni)  alohida  o’ringa  qo’yadilar.  Ularning  faoliyatining 
aktivligi,  buning  ustiga  ularda  ko’zning  yuksak  darajada  taraqqiy  qilganligi 
ularning  idrok  doiralarini  beqiyos  ravishda  kengaytiradi,  tajriba  boyliklarini 
nihoyatda  oshirib  yuboradi,    ko’nikmalarning  tarkib  topishi  hamda  harakat 
shakllarining  vujudga  kelishi  uchun  boshqa  hayvonlardagiga  qaraganda 
baquvvat  asosni  yuzaga  keltiradi.    Maymunlar  intellekti  (akli)  ularning 
murakkab  masalalarni  yecha  olishlari  bilan  ajralib  qolmay,  balki  ular 
faoliyatining  yo’nalishi bilan  ham  xarakterlanadi.  Maymunlar qo’llariga tushib 
qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo’laklarga ajratadilar, odamlarni har 
xil  usullar  bilan  o’z  qafaslari  oldiga  jalb  qiladilar,    yerda  sudralib  ketayotgan 
xashoratni  kuzatib  tura  oladilar.    Maymunlar  xulq-atvoridagi  bunday 
xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo’lgan.  Boshqa 
hayvonlarga  nisbatan  maymunlarda  harakatlarning  taraqqiyot  darajasi  qo’l 
tipidagi  oldingi  oyoqlarning  mavjudligi  bilan  ham  bog’liqdir.    "qo’l"ning 
mavjudligi  tufayli  maymunlar  tevarak-atrofdagi  narsalar  bilan  juda  murakkab 
munosabatlarga  kirishish  imkoniyatiga  egadir.    Ma’lum  sharoitlarda 
maymunlarda  instinktiv  shakllari  ham  nomoyon  bo’ladi.    Biroq  taraqqiy  etgan 
katta  maymunlarning  instinktiv  harakatlari  taraqqiyotning  pastki  bosqichidagi 
hayvonlarning  instinktiv  harakatlaridan  jiddiy  farq  kiladi.  Masalan  uy  qurish 
jarayonida  maymunlar  materialni  analiz  qilib  ko’rar  ekan.    Instinklarda  tashqi 
sharoit hisobga olinar ekan. Maymunlarda ko’nikma xosil qilishning ham o’ziga 
xosligi  bor.  Agar  past  darajada  rivojlangan  hayvonlarda  ko’nikma  tez 
shakllantirilsa, 
maymunlarda 
bu 
jarayon 
biroz 
murakkab 
kechadi.  
Maymunlarning  "qiziquvchanligi"  natijasida  ularning  diqqatini  ko’pincha  biror 
harakat va obyektga qaratish, tuplash qiyin. 
Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling