"psixologiya"


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana01.08.2020
Hajmi1.77 Mb.
#125252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
psixologiya


 Psixologiyada shaxs shaklanishi va qanday inson bo’lib kamol topishiga 
quyidagi  bir  biri  bilan  o’zaro  bog’liq  omillar  ta’sir  ko’rsatadi:  irsiyat,  
muhit(makro va mikromuhit),  ta’lim tarbiya,  shaxsning o’zining intilishi.   
 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1.  Qaysi uslubdan foydalanish har xil yosh davridagi bolalar jamoasidagi tutgan 
ijtimoiy o‘rganishida maqsadga muvofiq?   
A) kuzatish uslubi,  B) tibbiy tajriba uslubi, C) sotsiometriya uslubi  
D) suhbat uslubi 
2. Ta’lim-tarbiya uchun eng qo‘lay davr qaysi?  
A) kichik maktab yoshi, B) o‘smirlik, C) o‘spirinlik D) maktabgacha yosh davri  
3. O‘zligini tasdiqlash, o‘zlarini kattalarday tutish ehtiyoji qaysi yoshda kuchli 
bo‘ladi?   
A) maktabgacha yoshda, B) kichik maktab yoshi, C) o‘smirlik, D) yoshlik  
4. SHaxs tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot-faoliyat jarayonida uni 
o‘zlashtirish jarayoni: 
A) refleksiya, B) sotsializatsiya, C) apatiya, D) emotsiya 
5. Jamiyat o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik 
tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablari nimadir? 
A) ijtimoiy sanksiya, B) ijtimoiy rol, C) ijtimoiy norma, D) ijtimoiy ustanovka 
6. Jamiyat o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik 
tomonidan e’tirof etilgan harakatlarini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish 
tizimi nimadir? 
A) ijtimoiy sanksiya, B) ijtimoiy rol, C) ijtimoiy norma, D) ijtimoiy ustanovka 
7. SHaxsning konkret xayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat 
harakatlar majmui: 
A) ijtimoiy sanksiya, B) ijtimoiy rol, C) ijtimoiy norma, D) ijtimoiy ustanovka 
8. SHaxsning aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi 
obrazni shakllantirish, jonlantirish nimadir: 
A) refleksiya , B) persepsiya, C) apatiya, D) emotsiya 
 

 
26 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
1.  G‘ozievE.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob. 
2.  “Psixologiya” Uch.T-2. “Prospekt”. Moskva - 2004. 
3.  Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: 1994 
4.  Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999 
5.  Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.  
6.     Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002. 
7.  Ananev B.G. “CHelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001. 
8.  Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.      
9.  Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002. 
10. Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayuщix. “Piter”,  2000. 
11. Nemov  R.S.  Prakticheskaya  Psixologiya  Poznanie  sebya:  Vliyanie  na 
lyudey:Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003.320 s. 
12. www.expert.psychology.ru  
 

 
27 
3(2) -MAVZU: SHAXS VA UNING FAOLIYATI 
(Mazkur mavzu 4 soatga mo’ljallangan bo’lib 2 bo’limi “Faoliyatning 
psixologik tahlili” deb nomlanadi) 
 
    Aniqlashtirilgan  o’quv  maqsadlari.  Talaba  bu  mavzuni  to’la      
o’zlashtirgandan so’ng: 
 
- Inson faoliyati va uning psixologik to’zilishi biladi; 
 
- Faoliyat va ijtimoiy xulq motivasiyasini aytib beradi; 
 
- Motivlarning turlarini  sanaydi; 
 
- Shaxs va uning motivlari: muvaffaqiyatga erishish va mag’lubiyatlardan 
qochish motivlariga ta’rif beradi; 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Shaxs  faolligi,    tashqi  faollik,    ichki  faollik,    faoliyat,    perseptiv  harakat,  
mnenik  faoliyat,    fikrlash  faoliyati,    imajitiv  faoliyati,    malaka,    ko’nikma,  
motiv,  ijtimoiy ustanovka.  
 
   Asosiy savollar
1.  Shaxs va uning faolligi 
2.  Ehtiyojlar va ularning turlari.    
3.  Faoliyatning turlari.  Jismoniy va aqliy harakatlar.  
4.  Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi.  
5.  Motivlarning turlari 
 
1.Shaxs va uning faolligi. 
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi,  o’z-o’zini anglab,  har 
bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy 
xususiyat  —  bu  uning  faolligidir.    Faollik  (lotincha  «actus»  —  harakat,  
«activus»  —  faol  so’zlaridan  kelib  chiqqan  tushuncha)  shaxsning  hayotdagi 
barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.  Bu — 
o’sha  oddiy  qo’limizga  qalam  olib,    biror  chiziqcha  tortish  bilan  bog’liq 
elementar  harakatimizdan  tortib,    toki  ijodiy  uyg’onish  paytlarimizda  amalga 
oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador 
ishlarimizni tushuntirib beradi.  Shuning uchun ham psixologiyada shaxs,  uning 
ongi  va  o’z-o’zini  anglashi  muammolari  uning  faolligi,    u  yoki  bu  faoliyat 
turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.  
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: 
A.  Tashqi faollik — bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida 
bevosita  ko’rish,    qayd  qilish  mumkin  bo’lgan  harakatlarimiz,  
mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.  
B.    Ichki  faollik  —  bu  bir  tomondan  u  yoki  bu  faoliyatni  bajarish 
mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi,  qon aylanish,  nafas 
olish,    bosim  o’zgarishlari)  hamda,    ikkinchi  tomondan,    bevosita  psixik 
jarayonlar,    ya’ni  aslida  ko’rinmaydigan,    lekin  faoliyat  kechishiga  ta’sir 
ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.  

 
28 
Misol  tariqasida  hayotdan  shunday  manzarani  tasavvur  qilaylik:  uzoq 
ayriliqdan  so’ng  ona  o’z  farzandi  visoliga  yetdi.    Tashqi  faollikni  biz  onaning 
bolasiga  intilishi,    uni  quchoqlashi,    yuzlarini  siylashi,    ko’zlaridan  oqqan 
sevinch  yoshlarida  ko’rsak,    ichki  faollik  —  o’sha  ko’z  yoshlarini  keltirib 
chiqargan  fiziologik  jarayonlar,    ichki  sog’inchning  asl  sabablari  (ayriliq 
muddati,    nochorlik  tufayli  ayriliq kabi  yashirin  motivlar  ta’siri),    ko’rib  idrok 
qilgandagi  o’zaro  bir-birlariga  intilishni  ta’minlovchi  ichki,    bir  qarashda  ko’z 
bilan  ilg’ab  bo’lmaydigan  emosional  holatlarda  namoyon  bo’ladi.    Lekin  shu 
manzarani  bevosita  guvohi  bo’lsak  ham,    uni  ifodalagan  rasmni  ko’rsak  ham,  
taxminan  qanday  jarayonlar  kechayotganligini  tasavvur  qilishimiz  mumkin.  
Demak,  ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil 
etadi.  Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib 
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib,  shaxsning 
jamiyat  bilan  bo’ladigan  murakkab  va  o’zaro  munosabatlarining  oqibati 
hisoblanadi.  
2. Ehtiyojlar va ularning turlari. 
Ehtiyoj turlari haqida Abraham Maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha,  
har  qanday  motivasiyaning  asosida  ehtiyoj  yotadi.    Ehtiyoj  –  bu  individning 
rivojlanishi  va  faol  darajada  o’zini  namoyon  qilishining  sharoitlarga  bog’liq 
bo’lgan  omilidir.    Ehtiyojlar  quyidagicha  farqlanadi:  biologik;  fiziologik; 
psixologik; ijtimoiy.  
Rus  olimi  R.    Nemov  shaxsdagi  motivasion  sohani  quyidagicha  tasavvur 
qiladi. Umuman,  har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 
1. 
Biologik  ehtiyojlar  —  bu  —  fiziologik  (tashnalik,    ochlik,    uyqu),  
jinsiy,  moslashuv ehtiyojlari.  
2. 
Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish,  bilish,  estetik va ahloqiy-
ma’naviy ehtiyojlar.  
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani 
unutmasligimiz  lozimki,    shaxsdagi  har  qanday  ehtiyojlar  ham  ijtimoiylashgan 
bo’ladi,  ya’ni,  ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar,  madaniy normalar 
va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi.  Masalan,  eng tabiiy va 
tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u 
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi.  Yana misol 
uchun,  to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima 
uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi.  Agar bu 
tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi,  bir burda issiq non ham 
butun  tanaga  rohat  baxsh  etuvchi  malham  bo’lib,    ochlikni  bilintirmaydi.  
Kamtarona  dasturxondan  ovqat  yeb  o’rgangan  kishi  oz-oz  yeyishga  o’rgansa,  
yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib,  o’zi uchun 
ozdiruvchi  dori-darmon  so’rasa  so’raydiki,    lekin  uyda  o’zi  yemishini  nazorat 
qilishi  kerakligini  bilmaydi.    Demak,    bu  ham  madaniyatga,    etikaga,    oila 
muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da.  
Abraham Maslou (Abraham Maslow) (1908-1970) – mashhur amerikalik 
psixolog,    psixiatr  va  gumanistik  psixologiya  vakili  bo’lib,    u  gumanistik 

 
29 
psixologiyaning  asosiy  g’oyalaridan  saqlanib  qolingan  psixotahlil  va 
bexiviorizm  yo’nalishlarini  o’zaro  bir-biridan  namoyishkorona  ajratib  turuvchi 
“uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir.  
A.  Maslou  “Sabablar  va  shaxs”  (1954)  kitobida  o’ziga  xos,    noyob 
konsepsiyani taklif  etgan bo’lib,   unga ko’ra  insonlar  –  ehtiyojlar,    mayllar va 
qobiliyatlarning  nasliy  psixologik  tizimiga  ega  bo’lib,    ular  odatda  jamiyat 
ravnaqi uchun xizmat qiladilar.  
A.  Maslouning  fikricha,    sog’lom  rivojlanish  uchun  bizning 
qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish,  ko’rsatish darkor,  zero,  psixik 
bo’zilishlarning  alomati  ana  shu  ichki  imkoniyatlar,    qobiliyatlarni  tormozlash 
yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi.  
A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib,  bu 
unga  ko’plab  e’tirozlar  va  e’tiroflarni  olib  keldi.    Unga  ko’ra  dastlabki  shart,  
ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik,  chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan 
ehtiyojlardan  (o’z-o’zini  hurmat  qilish  va  o’zini  ro’yobga  chiqarish)  oldin 
qondirilishi  kerakdir.    O’zini  o’zi  ro’yobga  chiqarishning  aniq  turlari  inson 
xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi.  
A.  Maslou  nazariyasining  tanqidchilari  uning  fikrlaridagi  validlik 
darajasiga  ishonqiramay  qaradi.    Ularning  fikricha,    tashqi  chiroyiga  qaramay,  
A.  Maslou  nazariyasi  ilmiy  asosga  ega  emas  va  dalil,    isbotlar  bilan  qo’llab-
quvvatlanmagan.    A.  Maslouning  o’zi  esa  bu  nazariyani  eksperimental 
tomondan  muvaffaqiyatli  deya  olmasa-da,    lekin  u  ko’p  odamlarning  shaxsiy 
tajribalari  bilan  mos  keladi  va  ularga  hayot  mazmunini  anglashga  yordam 
bergan,  deb ta’kidlaydi.  
A. 
Maslou 
ehtiyojlar 
iyerarxiyasi 
bo’yicha 
bixevioristlardan 
birinchilardan  bo’lib  o’z  ishlarida  insoniy  ehtiyojlarni  qanchalik  murakkab 
ekanligini  va  motivasiyaga  ta’sirini  yaratib  beradi.    1940  yilda  o’zining 
motivasiya nazariyasini yarata turib,  A. Maslou shuni tan oladiki,  insonlar turli 
xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin.  
Shunday qilib,  A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1-
rasm).  Uning tushunishicha,  odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan 
kechiradilar.  Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-rasm.  A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi 
O’zini nomoyon 
qilish ehtiyoji 
Obru, xurmat ehtiyojlari 
Ijtimoiy mansublik ehtiyojlari 
Xavfsizlik ehtiyojlari 
Psixofiziologik ehtiyojlari 

 
30 

  Psixofiziologik ehtiyojlar.  Unga tashnalik,  ochlik,  dam olish,  uy-joy,  
jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi; 

  xavfsizlik  va  kelajakka  ishonch  ehtiyojlari    bu  ehtiyojlar  ma’lum  bir 
guruhga  xos  bo’lib,    unda  insonlarning  bir-birini  tushunishi,    sevgi 
munosabatlari,    o’zaro  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishimliligi,    bog’liqligi,  
qo’llab-quvvatlashi kabilar kiradi.  A. Maslou bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari 
sirasiga kiritadi; 

  ijtimoiy  mansublik  ehtiyojlari    jamiyatda  kerakligi  va  o’z  o’rni  bor 
ekanligini his qilish ehtiyoji.  Rasmiy va norasmiy jamoalar,  do’stlik rishtalari 
bunga yaqqol misol bo’ladi; 

 
Obro’, hurmat qozonish, o’zini ahamiyatli his etish ehtiyojlari – bunga 
o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib,  bu ham o’sish ehtiyojiga 
taalluqlidir;  

 
o’zini  namoyon  etish,  o’zidan  iz  qoldirish  ehtiyojlari  (yuksalish)  –  bu 
eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir.  Unda ahamiyatga molik,  qadrlanadigan shart-
sharoitlarda  va  rivolanishida  insonning  shaxs  sifatida  takomillashuvi  nazarga 
olinadi.  A. Maslouning ta’kidlashicha,  insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir.  
Har  bir  inson  bir  marraga  kelgandan  so’ng  darhol  ikkinchi  bir  marrani 
mo’ljallay boshlaydi.  “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan 
takrorlanaveradi.  
Hamma  yuqori  ehtiyoj  ko’rsatgichlari  qat’iy  iyerarxik  to’zilishlar  orqali 
amalga  oshadi.    A.  Maslouning  fikricha,    ehtiyojning  yuqori  pog’onasi,  
qachonki  ehtiyojning  pastki  pog’onasi  (“fiziologik,    xavfsizlik  va  himoya”) 
qondirilgandagina yuzaga chiqadi.  
Uning  nazariyasi  tashkilotlar  boshqaruvida  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  
Menejerlar  ishchilar  nima  uchun  ishlashni  xohlashadi-yu,    nega  xohlashmaydi,  
degan  narsani  asta-sekinlik  bilan  tushunishadi.    Ularga  shu  narsa  ma’lum 
bo’ldiki,    shaxsning  ehtiyoj  turlariga  qarab  motivasiyasi  keng  ko’lamda 
aniqlanadi.    O’z  qo’l  ostidagilarni  to’g’ri  yo’naltira  olishi,    ularning 
muammolarini,  ehtiyojlarini amalga oshirish yo’li bilan hal qilish mumkin.  A. 
A.  Maslou  motivasiya  nazariyasining  klassik  namoyandalaridan  biri  bo’lib 
qoldi.  
Muallifning  fikricha,    mazkur  jarayonni,    badiiy  asar  yaratish,    sport 
bo’yicha  muvaffaqiyatlarga  erishish,    hatto,    ota-onalik  burchining  yaxshi  ado 
etilishi  misollarida  ko’rish  mumkin.    O’zini  o’zi  ro’yobga  chiqarilgach,    shu 
jihat bilan bog’liq bo’lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo’lib tuyuladi.  
V. M. Karimova,  B. T. Abdug’afforov,  F. A. Akramovalarning fikricha,  
motivasiyalashgan  tizim  birligi  –  bu  turtkidir.    To’zilish  jihatidan  turtkilar  ikki 
xil  farqlanadi:  “xohish-istakli”  va  “haqiqiy”.    Har  bir  inson  hayoti  davomida 
turli vaziyatlarga tushadi.  Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo’ladi.  
Ko’pgina  motivlar  mehnat  mobaynida  shakllanadi.    Odatda  odamlarda  mehnat 
qilish  istagi  foyda  olish  yoki  foyda  tushishi  uchun  xizmat  qiladi,    ya’ni  shu 
orqali boshqalarga yordam beradi.  

 
31 
Motivlar  anglangan  yoki  anglanmagan  (qisman  anglangan)  bo’lishi 
mumkin.   Birinchisida,   ijtimoiy  xulqning  sabablari  aniq,  egasi  uchun  ravshan 
bo’lsa,    ikkinchi  holatda,    amalga  oshirilgan  xulqning  ichki  psixologik  sababi,  
ya’ni  uning  ortida  turgan  ehtiyoj,    faollik  mexanizmlari  jarayonining  o’zi 
anglanmaydi.  Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o’rganishda katta ahamiyatga 
ega,    chunki  biz  ko’pincha  odamlar  orasida,    jamoat  yerlarida,    mehnat 
jamoasida  o’zimizning  nima  sababdan  aynan  shu  mavqyeni  tanlaganimizni,  
aynan  shunday  qarorlarga  kelganimizni,    aynan  shu  odamlarni  yoqtirayotgan 
yoki  yoqtirmayotganimizni  aniq  bila  olmaymiz.    Bu  holat  ko’pincha  ijtimoiy 
ustanovkalar  orqali  tushuntiriladi.    Ijtimoiy  ustanovka  –  u  yoki  bu  guruhlarga 
nisbatan shaxsning baholari,  harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir.  
Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda,  uning 
ikki  elementini:  harakat  dasturi  va  maqsadni  ajratish  maqsadga  muvofiq 
sanaladi.    Harakat  dasturi  maqsadga  erishishning  vositalariga  aniqlik  kiritadi.  
Buning 
uchun 
ijtimoiy 
xulqning 
motivlari 
aniqlangan, 
 
ehtiyojlar 
muvofiqlashtirilgan,    maqsadlar  va  unga  yetish  vositalari  aniq  bo’lishi  kerak.  
Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi.  
 
3. Faoliyatning turlari.  Jismoniy va aqliy harakatlar. 
 Inson  faolligi  «harakat»,    «faoliyat»,    «xulq»  tushunchalari  bilan 
chambarchas  bog’liq  bo’lib,    shaxs  va  uning  ongi  masalasiga  borib  taqaladi.  
Shaxs  aynan  turli  faolliklar  jarayonida  shakllanadi,    o’zligini  namoyon  qiladi 
ham.    Demak,    faollik  yoki  inson  faoliyati  passiv  jarayon  bo’lmay,    u  ongli 
ravishda boshqariladigan faol jarayondir.  Inson faolligini mo’jassamlashtiruvchi 
harakatlar  jarayoni  faoliyat  deb  yuritiladi.    Ya’ni,    faoliyat  —  inson  ongi  va 
tafakkuri  bilan  boshqariladigan,    undagi  turli-tuman  ehtiyojlardan  kelib 
chiqadigan,    hamda  tashqi  olamni  va  o’z-o’zini  o’zgartirish  va 
takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.  Bu — yosh bolaning 
real  predmetlar  mohiyatini  o’z  tasavvurlari  doirasida  bilishga  qaratilgan  o’yin 
faoliyati,  bu — moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati,  bu — 
yangi  kashfiyotlar  ochishga  qaratilgan  ilmiy-tadqiqotchilik  faoliyati,    bu  — 
rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash.  
Shunisi xarakterliki,  inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul 
bo’lib turadi.  
Har  qanday  faoliyat  real  shart-sharoitlarda,    turli  usullarda  va  turlicha 
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.  Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga 
—  predmetga  qaratilgani  uchun  ham,    faoliyat  predmetli  harakatlar  majmui 
sifatida  tasavvur  qilinadi.    Predmetli  harakatlar  tashqi  olamdagi  predmetlar 
xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi.  Masalan,  ma’ro’zani 
konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib,  u 
avvalo  o’sha  daftardagi  yozuvlar  soni  va  sifatida  o’zgarishlar  qilish  orqali,  
bilimlar  zahirasini  boyitayotgan  bo’ladi.    Faoliyatning  va  uni  tashkil  etuvchi 
predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab,  avvalo tashqi 
va  ichki  faoliyat  farqlanadi.    Tashqi  faoliyat  shaxsni  o’rab  turgan  tashqi  muhit 
va  undagi  narsa  va  hodisalarni  o’zgartirishga  qaratilgan  faoliyat  bo’lsa,    ichki 

 
32 
faoliyat  —  birinchi  navbatda  aqliy  faoliyat  bo’lib,    u  sof  psixologik 
jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi.  Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki-
aqliy,    psixik  faoliyat  tashqi  predmetli  faoliyatdan  kelib  chiqadi.    Dastlab 
predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi,  tajriba orttirib borilgan sari,  sekin-asta bu 
harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi.  Buni nutq faoliyati misolida 
oladigan  bo’lsak,    bola  dastlabki  so’zlarni  qattiq  tovush  bilan  tashqi  nutqida 
ifoda  etadi,    keyinchalik  ichida  o’zicha  gapirishga  o’rganib,    o’ylaydigan,  
mulohaza yuritadigan,  o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.  
Har  qanday  sharoitda  ham  barcha  harakatlar  ham  ichki-psixologik,    ham 
tashqi-muvofiqlik  nuqtai  nazaridan  ong  tomonidan  boshqarilib  boradi.    Har 
qanday faoliyat tarkibida ham aqliy,  ham jismoniy-motor harakatlar mujassam 
bo’ladi.    Masalan,    fikrlayotgan  donishmandni  kuzatganmisiz?  Agar 
o’ylanayotgan  odamni  ziyraklik  bilan  kuzatsangiz,    undagi  yetakchi  faoliyat 
aqliy  bo’lgani  bilan  uning  peshonalari,    ko’zlari,    xattoki,    tana  va  qo’l 
harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan,  
yoki yangi fikrni topib,  undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi.  
Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan — misol uchun,  o’zum 
ko’chatini  ortiqcha  barglardan  xalos  etayotgan  bog’bon  harakatlari  ham  aqliy 
komponentlardan  xoli  emas,    u  qaysi  bargning  va  nima  uchun  ortiqcha 
ekanligidan anglab,  bilib turib olib tashlaydi.  
Aqliy harakatlar  — shaxsning ongli tarzda,  ichki psixologik mexanizmlar 
vositasida  amalga  oshiradigan  turli-tuman  harakatlaridir.    Eksperimental  tarzda 
shu narsa isbot qilinganki,  bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z 
ichiga oladi.  Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 

  perseptiv — ya’ni bular shunday harakatlarki,  ularning oqibatida atrofdagi 
predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi; 

  mnemik faoliyat,  narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab qolinishi,  esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan 
bog’liq murakkab faoliyat turi; 

  fikrlash  faoliyati  —  aql,    fahm-farosat  vositasida  turli  xil  muammolar,  
masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat; 

  imajitiv  —  («image»  —  obraz  so’zidan  olingan)  faoliyati  shundayki,    u 
ijodiy  jarayonlarda  hayol  va  fantaziya  vositasida  hozir  bevosita  ongda 
berilmagan  narsalarning  xususiyatlarini  anglash  va  hayolda  tiklashni  taqozo 
etadi.  
Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,    har  qanday  faoliyat  ham  tashqi  harakatlar 
asosida  shakllanadi  va  motor  komponentlardan  iborat  bo’lishi  mumkin.    Agar 
tashqi  faoliyat  asosida  psixik  jarayonlarga  o’tish  ro’y  bergan  bo’lsa,    bunday 
jarayonni  psixologiyada  interiorizasiya  deb  ataladi,    aksincha,    aqlda 
shakllangan  g’oyalarni  bevosita  tashqi  harakatlarda  yoki  tashqi  faoliyatga 
ko’chirilishi eksteriorizasiya deb yuritiladi.  
Faoliyat  turlari  yana  ongning  bevosita  ishtiroki  darajasiga  ko’ra  ham 
farqlanadi.  Masalan,  shunday bo’lishi mumkinki,  ayrim harakatlar boshida har 
bir elementni jiddiy ravishda,  alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat 
va  ongning  yo’nalishini  talab  qiladi.    Lekin  vaqt  o’tgach,    bora-bora  unda 

 
33 
ongning  ishtiroki  kamayib,    ko’pgina  qismlar  avtomatlashib  boradi.    Bu  oddiy 
tilga  o’girilganda,    malaka  hosil  bo’ldi  deyiladi.    Masalan,    har  birimiz  shu 
tarzda  xat  yozishga  o’rganganmiz.    Agar  malakalarimiz  qat’iy  tarzda  bizdagi 
bilimlarga  tayansa,    faoliyatning  maqsadi  va  talablariga  ko’ra  harakatlarni 
muvaffaqiyatli  bajarishni  ta’minlasa,    biz  buni  ko’nikmalar  deb  ataymiz.  
Ko’nikmalar — doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi.  Masalan,  ko’nikma va 
malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi,  shuning uchun ham o’quv faoliyati jarayonida 
shakllanadigan  barcha  ko’nikmalar  va  malakalar  shaxsning  muvaffaqiyatli 
o’qishini  ta’minlaydi.    Ikkalasi  ham  mashqlar  va  qaytarishlar  vositasida 
mustahkamlanadi.   Agar,    faqat  malakani  oladigan  bo’lsak,    uning  shakllanish 
yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin: 

 
oddiy namoyish etish yo’li bilan; 

 
tushuntirish yo’li bilan; 

  ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan.  
Hayotda  ko’nikma  va  malakalarning  ahamiyati  katta.    Ular  bizning 
jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o’qishda,  mehnatda,  sport 
sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.   
Faoliyatni  klassifikasiya  qilish  va  turlarga  bo’lishning  yana  bir  keng 
tarqalgan  usuli  —  bu  barcha  insonlarga  xos  bo’lgan  asosiy  faollik  turlari 
bo’yicha tabaqalashdir.  Bu — muloqot,  o’yin,  o’qish va mehnat faoliyatlaridir.  
Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling