Pul - Pul
- Pulning vazifalari
- Pulning qiymat o’lchovi
- Pulning muomila vositasi
- Pul – jamg’arish vositasi
- Pulning likvidligi
- Pul turlari
- Pul massasi
- Pul agregati
- Pul muomilasi qonuni
- Pulning iqtisodiy xizmat qilishi
- Zamonaviy pullar
- Inflatsiya
Pul - Pul bu tovar. U shunday tovarki, u yordamida boshqa hamma tovarlarni sotib olish mumkin. Ya’ni pul umumiy ekvivalentdir.
Pulning vazifalari Pulning uchta asosiy vazifasi mavjud: - Pul qiymat o’lchovi
- Pul muomila vositasi
- Pul jamg’arish vositasi
Pul - qiymat o’lchovi - Pul umumiy ekvivalent tovarekan, o’zida mehnatni mujassamlashtigan va shu sababli tovarlar qiymatini o’lchay oladi. Maxsulotlar o’lchovining birdan-bir qiymati puldir.
Pul – muomila vositasi - Pul yordamida tovar va xizmatlar oldi-sotdi qilinadi. Demak, pul sotuvchi va haridor o’rtasida muomila vazifasini o’taydi.
Pul – jamg’arish vositasi - Pul jamg’arish vositasi vazifasini bajarganda boylik to’plashga xizmat qiladi. Pul boylikning asosiy shakli lekin, tanxo shakli emas. Boylik yer-suv, uy-joy, bino-inshoot, oltin, kumush, javoxirlar shaklini ham oladi.
Pulning likvidligi - Likvidlik pulning xohlagan vaqtda va osongina boshqa narsaga aylana bilishi, bozori chaqqonligi, uni hamma yerda, har qanday ish uchun qabul qilishdir.
Pul turlari
Naqd pul.
Naqd pullar aniq moddiy shaklga ega ya’ni qog’oz va tanga pul shakliga ega bo’lgan, qo’ldan-qo’lga o’tib turuvchi va turli to’lov ishlariga xizmat qiluvchipullardir.
Naqd bo’lmagan pul.
Naqd bolmagan pullar aniq moddiy shaklga ega bo’lmagan, bankdagi hisob varaqdan boshqasiga ko’chib yuradigan pullar.
Pul massasi
Naqd pul
Qog’oz pul
Tanga pul
Naqd bo’lmagan pul
Xorijiy depozitdagi pul
Muxlatli depozitdagi pul
Pul agregati - Barcha pul turlarining muayyan nisbatlarida yaxlitlarni tashkil etishi oul agregati deyiladi.
Pul emissiyasi - Pul emissiyasi davlat tomonidan pulning muomilaga chiqarib turilishidir. Pul emissiyasi pulga talabni belgilaydi.
Pul muomilasi qonuni - Pul muomilasi qonuniga ko’ra muomilada bo’lgan pul miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to’g’ri proporsional, pul harakatining tezligiga esa teskari proporsional.
Pulning iqtisodiy xizmat qilishi Pul iqtisodiy xizmat qilish jihatidan 2 turga ajratiladi: - Aktiv pul – amalda harakatda bo’lib, oldi-sotdi jarayonida to’lov vositasida ishlab turgan puldir.
- Passiv pul – iqtisodiy aborotda faol ishtirok etmay turgan puldir. Bular jamg’arma pul zaxiralari va kassa qoldiqlaridan iborat pullardir.
Zamonaviy pullar - Plastik pullar – bu to’lov kartochkalari bo’lib ular yordamida tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblar o’tkaziladi va naqd pullar olinadi.
- Elektron pullar – bu blankalar, savdo va xizmat ko’rsatish firmalari va fuqarolar o’rtasida elektron hisob-kitoblarni o’tkazishdir.
- Kredit kartochkalari
Inflatsiya - Inflatsiya – pulning ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan ko’proq bo’lishi natijasida pulning qadrsizlanishidir. Ya’ni muomilada keragidan ortiqcha pul paydo bo’lib, narx-navo o’sib pul qadri ya’ni harid qobilyati pasayishidir.
Inflatsiya sabablari Inflatsiya yuzaga kelishini 3 ta asosiy sababi: - Davlatning qog’oz pullar chiqarishiga tashqi savdoga nomoddiy ishlab chiqarishga ayniqsa harbiy soha harajatlariga davlat monopoliyasi mavjudligi
- Ish haqqi miqdori va darajasiga kasaba tashkilotlari manopol ta’siri
- Yirik kompaniyalarning narxlarni va harajatlarni aniqlashdagi manopol holati.
Inflatsiya o’sish sur’atlari Inflatsiya o’sish sur’atlari bo’yicha 4 xil bo’ladi: - O’rmalovchi (2 - 3 %)
- Turib yuruvchi (8 – 12 %)
- Yuguruvchi (12 – 20 %)
- Giper inflatsiya (50 % gacha, 6 – oy davom etadi)
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |