Pul tizimi mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shakli bo‘lib, pul muomalasini tashkil etish bo‘yicha elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi


Download 27.21 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi27.21 Kb.
#1587883
  1   2
Bog'liq
6.1. Pul tizimi va uning mazmuni


6.1. Pul tizimi va uning mazmuni
Pul tizimi mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shakli bo‘lib, pul muomalasini tashkil etish bo‘yicha elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Pul tizimlari XVI—XVII asrlarda ishlab chiqarish usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan. Lekin uning ayrim elementlari bundan ancha oldin paydo bo‘lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog‘liq, ya’ni umumiy ekvivalent — tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo‘lishiga qarab, quyidagicha pul tizimlari mavjud bo‘lgan:

  1. Metall pul muomalasi tizimlari.

  2. Qog‘oz va kredit pullar muomalasi tizimlari.

Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo‘ladi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo‘linadi.
Bimetalizm pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko‘pincha, oltin va kumush) bajargan. bu tizimda har ikki metalldan ham tangalaming erkin muomalaga chiqarilishi va ulaming cheksiz almashishiga amal qilingan.
Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metalning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o‘matib qo‘ygan. Oltin va kumush tangalaming chiqarilishi va ulaming aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Bimetalizm XVI— XVII asrlarda keng tarqalgan bo‘lib, G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga XIX asrda yetib kelgan. 1865-yili Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konvensiyada har ikki metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalami chiqarish, oltin va kumush o‘rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o‘matish shartlari ko‘zda tutilgan. Biroq bimetallik pul tizimining qo‘llanilishi rivojlangan kapitalistik xo‘jalik ehtiyojlariga mos emas edi. Chunki qiymat o‘lchovi sifatida bir vaqtning o‘zida ikki metall — oltin va kumushning qo‘llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to‘g‘ri kelmagan. Umumiy qiymat o‘lchovi sifatida faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, ikki metall orasidagi davlat tomonidan o‘matiladigan nisbat ulaming bozor narxiga to‘g‘ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadri yo‘qolishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.

Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling