Pulatova shohistaning malakaviy amaliyot davri


Download 30.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi30.5 Kb.
#263380
Bog'liq
Hisobot amaliyot 2 kurs ingliz tili


FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI

CHET TILLAR FAKULTETI

XORIJIY TIL VA ADABIYOTI YO'NALISHI: INGLIZ TILI

II BOSQICH 19-103 GURUH TALABASI

PULATOVA SHOHISTANING

MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI

HISOBOTI

Men Pulatova Shohsita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Oliy tàlim muassasslarida tàlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’ğrisida" gi PQ-3775-sonli qaroriga muvofiq 22.02.2021 dan 20.03.2021 gacha bo’lgan vaqt oraliğida Farğona shahar 6-umumiy õrta ta'lim maktabida bir oylik malakaviy amaliyotda bõldim.

Amaliyotim davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim.O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bo’lgan turli o’qitish metodları, yangı pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni o’rgandim. Shu bilan birga, noan'anaviy o’qitish metodlarini dars jarayonida qo’llashni va eng muhimi, haqiqiy pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g'ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim. Ingliz tili o’qituvchisi N.Maxammadjonova yordamida dars rejasini tuzishni va darsni tog'ri tashkil qilish, mavzuga mos bo’lgan materiallar va ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va o’quvchini o’z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o’rgandim. Dars vaqtini to’g'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o’tishni o’rgandim va amalda sınab ko’rdim. Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkilqilish, vaqtni to’g'ri taqsim qilish, ochiq dars o’tish davomida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini hamda qanday tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan o’rgandim.

Shuningdek, maktabdagi har hafta bo’ladigan jamoat ishlarida qatnashdim. Maktab o’quvchilari tomonidan o’tkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars o’tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini o’zlashtirdim. Ishonamanki, ushbu amaliyotim davrida ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim hamda keyingi bosqichlarda o’zlashtiradigan ko’nikmalarim menga o’z kasbim bo’yicha kelajakada yetuk mutaxassis bo’lishimda muhim poydevor bo’lib xizmati qiladi.



Amaliyotchi talaba: Pulatova Shohista

Amaliyot rahbari: M.Ahmedova

Maktabi direktori: Z.Atakulova
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling