Python dasturlash tili: 2-dars 2-dars. An’anaviy dastur. Bu darsimizda biz «Hello World»


Download 92.59 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi92.59 Kb.
#1498103
Bog'liq
Python dasturlash tili 2-dars


Python dasturlash tili: 2-dars


2-dars. An’anaviy dastur.
Bu darsimizda biz «Hello World» dasturini xosil qilishni o’rganamiz. Bu sizni Python tilida dastur yozish, saqlash va ishga tushirishni o’rgatadi.
Python da yozilgan dasturni 2 xil ishga tushirish usuli mavjud: interaktiv interpretator yordamida va dastur teksti yozilgan fayldan foydalangan holda.
1- usul. Linux/Ubuntu distributivini terminalini ishga tushiramiz va unda python3 buyrug’ini ishga tushiramiz. Buyrug’ ishga tushgandan so’ng siz satr boshida >>> ni ko’rishingiz mumkin va bu yerda biror narsani yozib ko’rishingiz mumkin.
Bu python interpretatorining buyruqlar qatori deb ataladi.
Endi shu yerda print(‘Hello World’) deb yozing va enter tugmasini bosing. Natijada «Hello World» so’zlari hosil bo’ladi.

Biz bu yerda pythonning print operatoridan foydalandik. Python interpretatoridan Ctrl+D tugmalarini bosish orqali yoki exit() komandasi yordamida chiqish mumkin.
2- usul. Biz biror dasturni ishga tushirmoqchi bo’lganimizda har safar interpretatorga yoza olmaymiz. Bu holatda bizga bu dastur kodini biror faylga yozib saqlab uni xohlagancha ishga tushirish asqotadi. Bu usulda bizga biror redaktor kerak bo’ladi. Men sublime text redaktorini ishlataman. Uni http://www.sublimetext.com/3 saxifasi orqalik yuklab olishingiz mumkin.
Tanlangan redaktorni ishga tushiramiz va unda print(”Hello World”) yozuvini yozamiz va biror nom bilan uni biror joyga saqlaymiz. Fayl kengaytmasi .py bo’lishiga ahamiyat berish kerak.
Terminal’dan o’sha fayl turgan joyga boramiz va terminal’ni ishga tushiramiz. Va unda python3 helloworld.py buyrug’ini yozib, enter tugmasini bosamiz. Va ekranda ‘Hello World’ yozuvini ko’ramiz.


Agar sizda «Hello World» yozuvi hosil bo’lsa, hammasi yaxshi, aks xolda yuqoridagi amallarni yana bir bor tekshirib chiqing. E’tibor bering Python katta va kichik registrlarni farqlaydi. Misol uchun print va Print farqlanadi.
Download 92.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling