Qadimgi Andijon Reja: Qadimgi Andijon Buyuk ipak yo’lida Andijon Andijon toponimi


Download 41.84 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi41.84 Kb.
#1441512
  1   2
Bog'liq
Qadimgi Andijon


Qadimgi Andijon
Reja:

  1. Qadimgi Andijon

  2. Buyuk ipak yo’lida Andijon

  3. Andijon toponimi

  4. Temuriylar davrida Andijon

Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Andijon shahri O‘zbekistonning gavhari deb atalgan Farg‘ona vodiysining sharqiy darvozasi hisoblanadi. Shahar dengiz sathidan 450 metr balandlikda geografik jihatdan qulay hududda joylashgan bo‘lib, uni janubiy sharqdan Otchopar, Xakan adirlari va tepaliklari o‘rab turadi. G‘arbdan esa u vodiyning markazigacha cho‘zilgan past-tekisliklar, unumdor ekin maydonlari, bog‘-rog‘lar, katta-kichik qishloqlar bilan tutashib ketgan. Shaharning shimoliy-sharqidan Qoradaryo va Andijonsoy oqib o‘tadi. Ulug‘ sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida qayd etilganidek, o‘rta asrlarda Andijon Movarounnahrda Samarqand va Kesh shaharlari kabi yetakchi o‘rinda turgan. Birok u yuqori seysmik hududda joylashganligi bois bu yerda barpo etilgan ulkan inshootlar, machit va madrasalar, noyob obidalar 1902 yilda va undan oldingi davrlarda ro‘y bergan kuchli zilzilalar tufayli vayronaga aylangan. Ularning ayrimlarigina bugun shahar qiyofasiga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab, uning olis o‘tmishidan shohidlik berib turibdi. Andijonning shahar bo‘lib shakllanish tarixi esa moziyning eng olis qatlariga borib taqaladi. Neolit davri oxiriga kelib odamzod eng buyuk kashfiyotni yaratdi. Ya’ni, metalldan mehnat qurollari yasashni o‘rgandi. Dastlab mis, keyinchalik bronea va temirdan tayyorlangan mehnat qurollarining paydo bo‘lishi ilgari asosan yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash, mevalarni terib yeyish bilan kun kechirib kelgan odamlarni yerga ishlov berishga, ekin ekib, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirishga o‘rgatdi. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu jarayon qadimgi Farg‘ona vodiysida, jumladan, uning sharqiy hududidagi Qoradaryo havzasida taxminan miloddan avvalgi 2 minginchi yillikning oxiri va bir minginchi yillikning boshlariga borib taqaladi. Ko‘chmanchilikdan o‘troq holda dehqonchilik qilishga o‘tilishi deyarli 145 kilometrga cho‘zilib ketgan Qoradaryoning yuqori va o‘rta oqimlarida odamlar istikomat qiluvchi ilk yashash manzillarining paydo bo‘lishiga xizmat qildi. O‘shanda ushbu hududda joylashgan Dalvarzintepa, Eylaton arxeologik yodgorliklari o‘rnida eng yirik shaqarlar mavjud edi. Geografik jihatdan olib qaralganda Andijonning aynan shu hududda, Qoradaryoning o‘rta oqimida joylashganligi bu yerda xam ilk shahar madaniyatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Eramizdan avvalgi 138 yilda Xitoy imperatorining topshiri bilan qadimgi Davan davlatiga kelgan elchi Chjan Szyan ushbu hududsa 70 ga yaqin kagga-kichik shaharlarning mavjudligini yozgan. Eramizdan avvalgi 3-2 asrlarda Mingtepa qal’asi atrofida qadimgi Farg‘ona vodiysining kattakichik shahar va qishloqlarini o‘zida birlashtirgan Davan davlati hamda uning poytaxti Ershi shahri vujudga kelgan edi. Xitoy yilnomalarida Davan - qishlok xo‘jaligi yuksak taraqqiy topgan davlat ekanligi qayd etilgan. O‘sha paytda Ershi atrofi bog‘-roglar va uzumzorlardan iborat bo‘lgan. Bu yerda xitoyliklar «muso o‘ti» deb atagan bedapoyalar yastanib yotardi. Ushbu davlat xitoyliklar «samoviy otlar» deb ta’riflagan uchqur arg‘umoqlari bilan ham mashhur edi. Xitoyda Davan otlari haqida, xatto kasidalar bitilgan. Eramizdan avvalgi 104 yili aynan ushbu otlarni qo‘lga kiritish uchun Xitoyning 60 ming nafarlik askari Ershiga hujum qiladi. Biroq istilochilar mag‘lubiyatga uchrab, yana ortiga qaytishga majbur bo‘lishadi. Ershi shahri Andijondan uncha uzok bo‘lmagan joyda, bor-yo‘g‘i 30 chaqirim narida joylashgan edi. Shu bois Andijonning qadimgi tarixini Davan davlati tarixi, Qoradaryo bo‘yida joylashgan Dalvarzintepa, Eylaton madaniy yodgorliklari bilan uygun holda o‘rganish maqsadga muvofiqsir. Jalaquduq tumanining Oyim qishlog‘idan bir oz narida eramizdan avvalgi 9-7-asrlarda Farg‘ona vodiysida shakllangan eng qadimgi shahar xarobalari yastanib yotibdi. U Qoradaryoning yuqori oqimida, uning chap sohilida joylashgan bo‘lib, oraliq masofa bor-yo‘g‘i uch chaqirimni tashkil etadi. Daryo bo‘yidagi unumdor yerlar, suvning mo‘lko‘lligi tufayli odamlar yashash tarzini o‘zgartirib, o‘trok holda dexkonchilik kilishga o‘tadi. Arxeologlarning aniklashicha, Dalvarzintepa qadimda devorlar bilan o‘ralgan uchta qismdan iborat bo‘lgan. Uning 18 gektardan iborat asosiy qismi turar-joy uchun xizmat qilgan, qolganlari esa hunarmandchilik rastlari, ekin ekiladigan va chorva mollari bokiladigan maydonlardan iborat bo‘lgan. Bu yerda turli yillarda qazishma ishlarini olib borgan arxeologlar bronza davrida ushbu shaharda dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik va to‘qimachilik ham rivojlanganligini aniqlashdi. Utgan asrning 60-yillarida Dalvarzintepada qazishma ishlarini olib borgan rus arxeologi Yuriy Zadneprovskiy eramiedan avvalgi 9-7-asrlarga mansub shahar xarobalarini aniqlagan. Mustaqillik yillarida Uzbekiston Fanlar akademiyasi arxeologiya instituti olimi Boqijon Matboboev tomonidan olib borilgan tadqikot ishlari natijasida bundan 3200^2800 yil ilgari, ya’ni bronza davrida bu yerda Markaziy Osiyodagi dastlabki eng yirik shaharlardan biri mavjud bo‘lganligi isbotlandi. Bu yerdan qazib olingan arxeologik topilmalar qadimgi Dalvarzintepada nafakat dehqonchilik, balki hunarmandchilik va to‘qimachilik ham rivojlanganligini ko‘rsatib turibdi. Oradan yuz yilcha vakt o‘tib, eramizdan avvalgi 6-asrda Koradaryoning kuyi oqimida yana bir ko‘xna maskan - Eylaton madaniyati yuzaga keldi. 200 gektardan ziyod maydonni egallagan ushbu shahar kadimda xom g‘isht va guvaladan kurilgan ichki va tashqi devorlar bilan o‘ralgan edi. Ularning bo‘yi 4,5-5 metr, kalinligi 4 metrdan iborat bo‘lgan. Shuningdek, baland minoralar kurilgan bo‘lib, ular shaharga yaqinlashayotgan dushmanni uzokdan kuzatish imkoniyatini bergan. Xuddi shu davrda, ya’ni eramizdan avvalgi 6-asrda Eylatondan 20 chakirim janubiy-sharqsa, Qoradaryoning chap sohilida yana bir kishilik madaniyati shakllandi. Bu kadimgi Andijon edi. Uning aynan Qoradaryo havzasida, Andijonsoy bo‘yida vujudga kelishi bejiz emas. Chunki suv va unumdor tuprok, odamlar ko‘lida temirdan yasalgan mehnat qurollarining mavjudligi sug‘orma dehkonchilik uchun eng kulay imkoniyat edi. Arxeolog olim Bartold aynan shu davrda Farg‘ona vodiysida sun’iy sug‘orish inshootlaridan foydalanilganligini kayd etgan. Ilgari ko‘chmanchilik bilan shug‘ullangan odamlarning o‘troqlashishi turar-joy maskanlarining vujudga kelishiga, hunarmandchilikning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu Andijon shaharsozligining ilk namunasi edi. 1893 yilda yaratilgan toponimik xaritada o‘sha paytda Andijon shahrida mavjud bo‘lgan qadimgi 20 ta mavze qayd etilgan. Ark, Shahriston, Kultepa, Chordona, Sarvontepa va boshqalar. Andijon yuqori seysmik hududda joylashganligi bois o‘tmishda yer silkinishlari tez-tez sodir bo‘lib turgan. Ayniksa, 1902 yilda yuz bergan kuchli zilzila tufayli Andijon shahri butunlay vayronaga aylangan. 4 ming nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan. Yer silkinishi oqibatida uning o‘tmishi hakida ma’lumot beruvchi tarixiy obidalar buzilib, shahar vayronalari ostida kolib ketadi. Yozma manbalar ham saqlanib qolmagan. Ana shu bois Andijonning kadimgi tarixini uning asosiy o‘choqlarida kazishma ishlarini olib borish orqaligina o‘rganish mumkin. Bunday hududlar Sarvontepa, Chordona, Ark ichi, Shahriston kabi mavzelarida joylashgan. Dastlabki qazishma ishlari jarayonida aniklangan arxeologik topilmalar shaharning miloddan keyingi davri haqida malumot bergan bo‘lsa, uning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Sarvontepada olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari Andijon tarixi uchun olamshumul yangilik bo‘ldi. Bu yerda qazishma ishlarini bajargan olimlar to‘rt metr chuqurlikda eng qadimgi arxelogik majmuaga duch kelishdi. Bu yerdan eramizdan avvalgi 6-4-asrlarga mansub nodir buyumlar topildi. Mingtepa, Dalvarzintepa, Eylaton arxeologik yodgorliklari hamda Andijon shahridagi Sarvontepa, Chordona, Ark ichi, Shahriston kabi tarixiy mavzelarida aniqlangan arxeologik topilmalar, Xitoy yilnomalarida qayd etilgan yozma manbalar bundan 2,5 ming yil oldin hozirgi Andijon shahri xududida shaharsozlik madaniyati vudjudga kelganligini va rivojlanganligini tasdiqlaydi. Odamlarning o‘troq xolda yashashga o‘tishi tufayli bu yerda shakllangan dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilikning jadal rivojlanishi keyingi bosqichlarida Andijonning yanada taraqqiy etishiga xizmat qildi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, arxeologlarimiz tomonidan turli davrlarda olib borilgan tadqikot ishlari natijasida Farg‘ona vodiysining sharqiy hududida, Qoradaryoning yuqori va o‘rta oqimlarida eramizdan avvalgi 9-asrdan boshlab 2-asrga qadarli bo‘lgan davrda bir qator rivojlangan shaharlar mavjud bo‘lganligi aniqlandi. Shulardan biri Andijon shahridir. Birgina Sarvontepada olib borilgan qazishma ishlari davrida aniqlangan arxeologik kompleks ushbu shaharga eramizdan avvalgi 6 asrda asos solinganligini isbotladi. Miloddan avvalgi davrda Dalvarzintepa, Eylaton va Andijon shaxrining Sarvontepa arxeologik majmuasi o‘rnida mavjud bo‘lgan qadimgi shaharlardan so‘ng Davan davlati, uning poytaxti hisoblangan Ershi shahri taraqqiy topdi. Savdo-sotik rivojlandi. Yuqorida miloddan avvalgi 138-126 yillarda Xitoy elchisi Chjan Syanning Davanda bo‘lganligi haqida ma’lumot bergan edik. Uning kelishi Xitoy bilan O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari o‘rtasida savdo-sotik aloqalarining tiklanishiga sabab bo‘ladi. Yurtimizdan Xitoyga beda, uzum, gilam va uchqur otlar olib ketilgan bo‘lsa, u yerdan vodiyga shoyi matolar, chinni, choy va boshqa buyumlar olib kelinadi. Dastlab Xitoyning Anosi shahridan yo‘lga chiyusan karvon Qashqar, O‘zgan, O‘sh orkali Davan davlatiga kirib kelgan. Uning ipak yo‘li deb atalashi bejiz emas.Chunki birinchi bo‘lib Xitoyda kashf etilgan ipak, ya’ni shoyi insoniyat tarixidagi eng kadimgi mato turi hisoblanadi. U o‘ta yengil va sifatli bo‘lib, oltindan ham qimmat baholangan. O‘sha paytda Farg‘ona vodiysiga birinchi marta ipak matosini olib kelgan elchi Chjan Szyan bu yerda 70 ga yaqin katga-kichik shaharlar borligini kayd etgan. «Davanliklar o‘troq hayot kechirishadi, dehqonchilik bilan shug‘ullanib, sholi va bug‘doy yetishtirishadi. Ularning uzumi va ko‘plab arg‘umokdari bor», deb yozgan edi Chjan Syan. Millodning dastlabki yillaridan to o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrda Xitoy bilan Farg‘ona vodiysi o‘rtasidagi savdo aloqalarining rivojlanishi yangi karvon yo‘llarining kashf etilishiga xizmat kildi. Qadimda Farg‘ona vodiysining sharkiy hududlaridan Buyuk ipak yo‘lining ikkita muhim tarmog‘i o‘tgan. Birinchi tarmok Ergashtom, Saritosh, Gulcha orqali O‘sh shahriga kelgan. So‘ng Mingtepa, Andijon, Qubo (Quva), Simtepa, Xo‘jand, Ustirshona va undan So‘g‘d orqali Baqtriyagacha yetib borgan. Tanikli arxeologlar Temir Shirinov va Boqijon Matboboevlarning ta’kidlashicha, bu yo‘lga Andijonni qo‘shish bejiz emas. Chunki keyingi olib borilgan arxeologik qazishmalar davrida qadimgi Ipak yo‘li bilan bog‘liq topilmalar aniqlandi. Ipak yo‘lining ikkinchi tarmog‘i esa Qoradaryoning chap sohili bo‘ylab O‘zgan, Kampirovot, Andijon, Uchqurg‘on, Axsikent, Pop, Asht va Qamchiq dovoni orqali Ohangaron vodiysiga o‘tgan. Undan Qozog‘iston va Sibir kengliklariga chiqib ketilgan. Tarix fanlari doktori, Andijon davlat universitetining faxriy professori Sayfiddin Jalilov 20-asrning saksoninchi yillarida O‘zgan shahrining sharqiy hududlarida bo‘lib, qadimgi Ipak yo‘li bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlarni aniqpagan. Ko‘hna Andijonning karvon yo‘lida joylashganligi bu yerda savdo-sotiq va hunarmandchilikning jadal rivojlanishiga xizmat qildi. Ipak yo‘li orqapi bu yerga sharq va g‘arb sivilizatsiyasining kirib kelishi shu hududsa yashovchi mahalliy aholining ongi-shuurini ham o‘zgartirib yubordi. Arxeologlar Sarvontepadan topilgan va milloddan avvapgi davrga taalluqli bo‘lgan sopol buyumlarda mato izlarini aniqlashdi. Bu qadimgi Andijonda paxtadan mato tuqish io‘lga qo‘iilganligidan dalolatdir. Keiinchalik esa ajdodlarimiz Xitoyda o‘ta sir saqlangan ipak yetishtirishni ham o‘zlashtirishdi. U yerdan tut daraxti olib kelinib, ipak kurti parvarishlandi. Ushbu an’ana vodiyda, xususan, Andijonda hozirgacha saqlanib qolgan. O‘sha paytda yetishtirilgan pilladan ipak olish yo‘lga qo‘yilib, undan shoyi matolari tayyorlangan. Keyinchalik esa dunyoda qiyosi bo‘lmagan atlas to‘qilib, kamalakning yetti rangida jilolanuvchi ushbu mo‘jizakor matolar karvon yo‘li orqali Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib berilgan Kushon davlati, 5-6-asrlarda 100 yil mobaynida hukmronlik qilgan eftolitlar hamda ulardan so‘ng 6-asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoga kirib kelgan turk xoqonligi davrida Andijon yanada rivojlandi. Mulkchilikka asoslangan feodalizm tuzumi shakllandi. Tashki dunyo bilan siesiy, iqtisodiy, madaniy alokalar tarkib topdi. Karvonsaroylar barpo etildi. Turk xoqonligi Buyuk ipak yo‘lining tinch va osoyishta bo‘lishini ta’minlab berdi. Bu ushbu yo‘l yoqasida joylashgan Andijonning yanada taraqqiy etishiga xizmat kildi. Demak, Andijon qadimda xalkaro alokalar girdobiga tortilgan azim shaharlardan biridir. Ipak yo‘li nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, bapki madaniy-mafkuraviy apoqalarni ham rivojlantirdi. Shaharda savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlaidi. Axoli ish bilan ta’minlandi. Bugunga kelib ushbu yo‘lning mamlakatimizdan o‘tgan qismini qayta tiklash va uni Xitoy bilan boglash, temir io‘l utkazish bo‘iicha istiqbolli loiihalar ishlab chiqiyadi. Bir so‘z bilan aytganda xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi alokalarni rivojlantirib, ularni tinch-totuv yashashga o‘rgatgan Buyuk ipak yo‘li 21-asrga kelib tinchlik, hamkorlik va mulokot yo‘li sifatida kayta bo‘y ko‘rsatmokda.
Andijonning Andijon deb nomlanishi xuddi shahar tarixi singari moziyning eng olis qatlariga borib takaladi. Uning nima uchun bunday deb atalishi barchani birdek qiziqtirishi tabiiy, albatta. Keling, dastlab Andijon nomining kelib chiqishini asrlar osha tildan-tilga o‘tib kelgan afsona va rivoyatlar asosida ko‘rib chiqsak, so‘ng yozma manbalarga, tarixchi olimlarimizning ilmiy xulosalariga e’tiborni karatsak. Yuqorida aytganimizdek xalq orasida Andijon atamasining kelib chiqishi bilan bog‘liq ko‘plab afsona va rivoyatlar mavjud. Ular turli davrlarda yaratilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, asl moxiyatini yo‘qota boshlagan. Ana shunday afsonalardan birida Andijon nomining kelib chiqishi afsonaviy Turon podshosi Afrosiyobga borib taqaladi. Uning og‘ir xastalangan qizi Odinajon Taxti Sulaymon etagidagi tog‘li vodiyga kelib darddan xalos bo‘ladi. Qizining shifo topgani sharafiga Afrosiyob Ush soyining quyi okimidaga ushbu mo‘jizakor go‘shada o‘rda barpo etib, atrofini bog‘u-roglar bilan o‘raydi. Odinajonni uzok muddat bu diyorda qoldirgan Afrosiyob «Qoldi anda jonim mening» degan ekan. Keyinchalik Odinajon ismi xalq tilida Andijon atamasiga aylanib qolgan degan tushuncha mavjud. O‘zbek ma’rifatparvari Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja Ibratning 1916 yilda yozilgan «Tarixi Farg‘ona» kitobida ham bu haqsa eslatib o‘tilgan:
«Tarixi «Qutadgu»dan mustafod bo‘lurki, Andijon to‘rt ming yildan muqaddam, ya’ni Uguzxon vaqtida shahar bo‘lsa, andan avval ham obodon shahar ekan. Uguzxon (mil. av. 200-yillarda faoliyat yuritgan xun sarkardasi) hazrati Nux alayhissalomning to‘qquzunchi o‘gillaridur. Valhosshki, Andijon Fargona shaharlari ichinda eng avvalgi va qadimiydur. Andin Afrosiyob vaqtiga kelganda Afrosiyob Turon podshohi bo‘lib, Andijonni poytaxt qshib, Ko‘nikdar shahridin goho Toshkand va Andijon kelur ekan. Ammoki, afvohi nosda qariyalar so‘zidurki, Andijon asli Odinajondur. Odinajon Afrosiyobning qizidurki, anga o‘rda va bog bino qilib berib, aning ismiga tasmiya qilib edi. Odinajonni tipda buzub, agloti avom ila Andijon qilgan, deydurlar. Bar har bob bir eski shahar bo‘lub, necha martaba buzulub, yana obod bo‘lub, taboduli zamon va inqilobi ovon ilan tuzalub, buzulub, obod bo‘lgan eski shahardur.

Download 41.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling