Qadimgi Gretsiya va Rimdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar


Download 46.94 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2021
Hajmi46.94 Kb.
  1   2

Aim.uz

Qadimgi Gretsiya va Rimdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar.

Dastlabki

siyosiy g‘oyalar dastlab Sharqda paydo bo‘lganligiga qaramay

G‘arbda, xususan Qadimgi Gretsiya va Rimda tom ma’noda ilmiy shaklga

yaqinlashdi. Siyosiy fikr afsona va rivoyatlar qobig‘idan chiqib inson,

jamiyat masalalarini ilmiy-falsafiy talqin qilishga intildi. Buning boisi

shuki, Qadimgi Gretsiyada xudolarga Sharq submadaniyatlaridagi kabi

insonlardan ustun turuvchi, jamiyatga o‘z irodasini o‘tkazuvchi mutlaq

kuch va haqiqat deb qarash emas, balki nisbatan erkin munosabat

shakllangan edi.

Qadimgi Gretsiya va Rimda xudolar inson qiyofasida tasavvur

qilingan. Bu esa xudolar to‘g‘risida mulohazalarda birmuncha erkinlikni

keltirib chiqargan. Qadimgi greklar davlat va xudolarni bir butun, yaxlit

tasavvur etishgan. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotdagi turli muammolar

ularni dunyoviy fikr-mulohaza yuritishga undagan. Shu bois aynan

Qadimgi Gretsiyada hozirgi G‘arb sivilizatsiyasining ilk kurtaklari

vujudga kelib, dunyoviy bilimlarning taraqqiyotiga yo‘l ochilgan.

Xususan, inson erkinligining ko‘rsatkichi – demokratiya haqidagi

tasavvurlar mifologiya va din o‘rniga aniq dunyoviy bilimlarning rivojiga

yo‘l ochgan.

Biroq, adolat yuzasidan shuni qayd etish lozimki, antik g‘arb

madaniyatidagi inson hurfikrliligi va ijtimoiy turmushdagi demokratik

tartib kelib chiqishi ilohiy deya qaralgan davlat manfaatlariga bo‘ysundirilgan

edi. Davlatga ilohiy xususiyat bag‘ishlab, uni shaxs va jamoa

manfaatlaridan ustun qo‘yish an’anasi aynan o‘sha davrlarda kelib

chiqqan. Shu bilan birga, Qadimgi Gretsiya va Rim mutafakkirlaridan

Platon, Aristotel, Sitseron va boshqalarning kishilik ijtimoiy hayotini

tashkil etishda davlatga eng zarur ijtimoiy institut sifatida qarashlari

bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligini qayd

etishimiz zarur.

Davlat va uning boshqaruv shakllari, usullari haqida dastlab Suqrot,

uning shogirdi Platon, undan so‘ng Aristotel yaratgan g‘oyalar

diqqatga sazovordir.

Platonning (mil. av. 427–347-y.) siyosiy-huquqiy qarashlariga dastlab

ustozi Suqrotning ratsional falsafasi katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da,

keyinchalik u obyektiv idealizm tarafdori va ifodachisiga aylandi. Bu ruh

uning «Davlat», «Siyosatchi», «Sofist», «Parmenid» va «Qonunlar» kabi

asarlarida ilgari surilgan ikki dunyo to‘g‘risidagi qarashlarida yaqqol

seziladi. Uningcha, g‘oyalar dunyosi haqiqiy borliq bo‘lib, mutlaq va

32

abadiydir. Insonning o‘zgaruvchan dunyosi, real hayotdagi narsa va



hodisalar esa g‘oyalar dunyosining buzilgan ifodasidir.

O‘zining «Qonunlar» asarida ideal davlatning sof ratsional

andozasini nazariy jihatdan asoslashga intilgan Platonning fikricha, inson

tabiati uch asosiy elementdan tarkib topgan: aqliy, jangarilik va

yaratuvchilik. Shunga muvofiq ideal davlat ijtimoiy tuzilish jihatidan uch

asosiy toifani o‘z ichiga oladi. Donolikka salohiyati bo‘lgan faylasuflar

hukmdorlik qilib, davlatni boshqaradilar, jangarilikka moyil bo‘lgan

jangchilar mudofaa bilan, yaratuvchilik egalari – dehqon va hunarmandlar

esa moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan band bo‘ladilar. Faylasuflar

va jangchilar Platon orzu qilgan davlatda xususiy mulkka ega bo‘lmasliklari

lozim, chunki bu hol ularning o‘z vazifalarini, burchlarini

suiiste’mol qilishlari xavfini tug‘diradi.

Platon davlat shakllarining uch turini: timokratiya (harbiylar

hokimiyati), oligarxiya (oz sonli quldorlar hokimiyati), demokratiya (xalq

hokimiyati)ni buzilgan, noto‘g‘ri shakllar deb, monarxiya va aristokratiyaning

boshqaruvini esa ma’qul boshqaruv deb hisoblaydi. Qullar

mehnatini aristokratik yoki monarxiyaga asoslangan davlatning zarur

sharti deb biladi. Demokratiyaning mohiyatini to‘liq tushunmagan va

unga nisbatan butunlay salbiy munosabatda bo‘lgan Platon faqat bilimdon

odamlargina davlatni boshqarishlari mumkin, deb hisoblaydi. Uning

fikricha, demokratiya ommaning hukmronligi bo‘lib, u oxir-oqibatda

ko‘pchilikni ezishga olib keladi. Barcha odamlar tabiatan bir-birlariga

teng emaslar, demokratiya ham bunday tenglikni ta’minlay olmaydi,

shuning uchun davlatni dono va aqlli faylasuf olimlar boshqarishi zarur,

degan g‘oyani ilgari suradi. Davlatning kelib chiqishini ijtimoiy ehtiyojga

bog‘lagan holda «Davlat – har birimiz o‘zimizni qondira olmaganimiz

holda juda ko‘p ehtiyojlarga muhtojligimizdan kelib chiqadi. Har bir

inson biror-bir ehtiyojini qondirish uchun yo unisini yo bunisini jalb

qiladi. Ko‘p narsaga muhtojlik sezgan odamlar birgalikda yashash va birbirlariga

yordam berish uchun birlashadilar. Ana shunday uyushma

bizlarda davlat nomini oladi», deydi Platon. Ushbu davlatda har bir inson

o‘z tabiatida ustunlik qiluvchi xususiyatlarga ko‘ra mehnat taqsimotida

o‘z vazifasini bajaradi. Demokratik tuzum doirasida inson istagan ishini

qilishi mumkin deya fikrlagan Platon bunday tuzumga qarshi chiqadi.

Suqrotning vafotidan keyin Gretsiyani tark etib, Egey dengizi

atrofidagi mamlakatlarda, jumladan Qadimgi Misr va janubiy Italiyada

kechgan 12 yillik musofirlikdan so‘ng Afinaga qaytgan Platon bu yerda

qadimgi grek qahramoni Akadem nomi bilan atalgan Akademiyaga asos

33

soladi. Deyarli ming yil faoliyat ko‘rsatgan Platon Akademiyasida falsafa,



mantiq va etikaga oid qator muammolar xususida uzoq davom etuvchi

bahs – munozaralar bo‘lib o‘tgan.

Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi nazariyasi uning mashhur

shogirdi, A. Makedonskiyning ustozi, Sharqda «birinchi muallim» nomi

bilan tanilgan Aristotel (mil. av. 384–322-y.) tomonidan keskin tanqidga

uchradi. Jamiyatdagi sinfiy tabaqalanish va davlatning kelib chiqishini

mutlaq, ilohiy g‘oya bilan bog‘lagan Platonga qarama-qarshi o‘laroq

Aristotel inson salohiyatiga ko‘proq e’tibor bilan qaradi. Bu hol Platon va

Aristotel ta’limotlari o‘rtasida muayyan tafovutlarni, qaramaqarshiliklarni

keltirib chiqardi. Jumladan, «Siyosat», «Etika», «Ritorika»,

«Afina politiyasi» kabi asarlarida Gretsiya va uning atrofidagi 158 shaharpolislar

hayotini kuzatish asosida Aristotel real hayotdagi o‘zgarishlarning

o‘z ichki ziddiyatlari asosida sodir bo‘lishini ta’kidladi va bu fikrlari bilan

ustozidan ijobiy jihatdan o‘zib ketdi. Bu holni izohlar ekan «Platon

mening do‘stim, lekin haqiqat undan ustunroqdir», degan edi Aristotel.

Aristotel «inson o‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudotdir» degan

fikrni ilgari surib, unga adolat va adolatsizlikning farqini anglaydigan

yagona mavjudot sifatida qaraydi. Davlatning nisbiy yaxlitligini

ma’qullab, uning maqsadi hamma fuqarolarga farovonlik ulashishdir, deb

hisoblaydi.

Aristotel Platonga zid ravishda xususiy mulkni himoya qilar ekan,

shaxsiy manfaatdorlik va xususiy mulkka ega bo‘lish insonga huzur

bag‘ishlaydi, har kim o‘z ishi bilan band bo‘ladi, bu o‘z navbatida

taraqqiyotni tezlashtiradi, deb biladi. Mutafakkir fikricha,boylikka bunday

munosabat xudbinlik emas, balki o‘z-o‘zini hurmat qilishga hamda o‘z

imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.

Davlat shakllarini kim tomonidan (yakka shaxs, nisbatan ozchilik,

hamma) yoki qanday maqsadda (umummanfaati yoki shaxsiy manfaat)

amalga oshirilishiga qarab to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllarga bo‘ladi.

Davlatning to‘g‘ri shakllariga monarxiya (bir kishi), aristokratiya

(ozchilik) va politiya (ko‘pchilik boshqaruvi)ni; noto‘g‘ri shakllariga esa

tiraniya (mustabidlik), oligarxiya (oz sonli boylar boshqaruvi) va

demokratiyani kiritadi. Shu hol diqqatga sazovorki, Aristotel ta’limotida

hozirgi zamon siyosiy fanida keng ishlab chiqilayotgan nazariyalarning

kurtaklarini uchratamiz. Masalan, Aristotelning «Qaysi hokimiyat

afzalroq: barkamol insonlar hokimiyatimi yoki barkamol qonunlar

hokimiyatimi?» degan savoliga e’tibor beraylik. XVII asr mutafakkiri

SH.L. Monteske ushbu savolga «barkamol qonunlar hokimiyati afzalroq»,

34

deb javob beradi va jamiyatda qonun oldida barcha insonlarning tengligi,



qonunlarning o‘zi esa butun jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib yaratilishi

lozimligi prinsipini ilgari suradi. Aristotel kun tartibiga qo‘ygan savol

oradan yigirma to‘rt asr o‘tgach hozirgi zamon rivojlangan

mamlakatlarining demokratiyalari timsolida o‘z amaliy yechimini

topmoqda.

Aristotel davlat tuzilishining asosini uch qismga bo‘ladi:




Download 46.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling