Qadimgi Gretsiya va Rimdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar


Download 46.94 Kb.
bet2/2
Sana11.11.2021
Hajmi46.94 Kb.
1   2
birinchisi, qonun muhokama etuvchi organ – hokimiyat ishlarini

ko‘rib chiqadi;



ikkinchisi, lavozimlar;

uchinchisi, sud organlari.

Aslida hokimiyatlarning bo‘linishi to‘g‘risidagi bu fikrlar o‘zini

demokratik deb atayotgan har bir zamonaviy davlat konstitutsiyasida

uchraydi.

Garchi, demokratiya kambag‘al – yo‘qsillar manfaatini ifodalaydi,

umum manfaatini nazarda tutmaydi deb, demokratiyani mukammal tuzum

qatoriga kiritmagan bo‘lsa-da, Aristotel davlatning mustaqilligi uchun

kambag‘allar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish lozim, chunki, kambag‘allar

odatda davlatni boshqarishdan chetda bo‘ladilar. Isyon va jinoyatlar

ko‘payadi, qayerdaki o‘rta sinf bo‘lmasa, kambag‘allar soni ko‘p bo‘lsa

murakkab vaziyat vujudga keladi va davlat halok bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Shunday qilib, Platon ideal davlatni orzu qilgan bo‘lsa1, uning

shogirdi Aristotel o‘z ustoziga nisbatan birmuncha pragmatik va realistroq

chiqdi, insonga siyosiy mavjudot deya baho berib, siyosatning adolatga

tayangan holda qonunlar ishlab chiqishi lozimligini qayd etdi.

Grek falsafasi, madaniyati, fani qadimgi Rim jamiyatiga katta ta’sir

ko‘rsatgan. Lekin Qadimgi Gretsiyadagi siyosiy-huquqiy tafakkurda

ijtimoiy-siyosiy masalalarga katta e’tibor ustuvorlik qilgan bo‘lsa,

Qadimgi Rim siyosiy-huquqiy qarashlarida huquqiy jihat ustunlik qilgan.

Greklarda davlat va huquq masalalari bilan faylasuflar, rimliklarda esa

amaliy tajribaga ega bo‘lgan huquqshunoslar shug‘ullangan.

Rim huquqshunosligi hokimiyat, mansabdor shaxs va uning vakolatlari,

fuqarolik kabi siyosiy kategoriyalarni ishlab chiqishda, umumiy

1 Izoh: Mashhur tarixchi A. Toynbi Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi

nazariyasini reaksion nazariya deb hisoblaydi. K. Popper esa Platonni

totalitarizmning ilk nazariyotchisi deb ataydi. Chunki, Platon ta’limoti shaxs, inson

ustidan davlatning total (to‘la) nazoratini himoya qiladi.

35

huquq nazariyasi va davlat huquqini rivojlantirishda katta yutuqlarga



erishdi.

Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta’limotlari tarixi Mark Tuliy

Sitseron (mil.av 106-mil.43), Ulpian, Modestin (I–III asrlar) nomlari bilan

bog‘liq. Mashhur notiq va davlat arbobi Sitseron «Davlat to‘g‘risida»,

«Qonunlar to‘g‘risida», «Majburiyatlar to‘g‘risida» kabi asarlarida

huquqiy davlatning ildizlari haqidagi ta’limotni yaratdi. Uning fikricha,

dastlab insonning tabiiy huquqlari, keyin esa davlat va uning qonunlari

vujudga kelgan. Huquqshunos va tajribali ma’mur sifatida Sitseron

davlatni qonunlar jamiyati deb biladi va odamlar boylik, qobiliyat

jihatidan teng bo‘lmasalar-da, lekin barchalari qonun oldida teng

bo‘lishlari lozim deydi. Umuman, Sitseron davlatning paydo bo‘lishini

tabiatda mavjud bo‘lgan adolat va huquqning ro‘yobga chiqishidan iborat,

deb tushunadi.

Sitseronning qarashlarida uchraydigan «xalq» va «olomon»

tushunchalariga berilgan ta’riflar yanada qiziqarlidir. Xalqqa umumiy

huquq va foyda asosida birlashgan kishilar, olomonga esa hurmatga loyiq

bo‘lmagan, davlatga zarar keltirishga, isyonlar qilishga moyil kuch

sifatida qaraydi. Davlat boshqaruvining uch shaklini – podsholik, optimatlar

(aristokratlar hokimiyati) va xalq hokimiyati (demokratiya)ning

har biridagi ijobiy jihatlarni tahlil qilib, davlatni boshqarishning aralash

shaklini ma’qul ko‘radi.

Sitseron nutqlari notiqlik san’atining haqiqiy durdonalari sanaladi.

Shu bois huquqshunos bo‘lishni maqsad qilgan har bir talaba, tinglovchi

Rim senati «Vatanning otasi» deya ulug‘lagan bu mutafakkirning ilmiyamaliy

merosidan ko‘p narsani o‘rganishi mumkin. Shu o‘rinda

Sitseronning quyidagi fikrini keltiramiz: «Siyosiy fanni tushunmasdan,

unga oid bilimlarni puxta egallamasdan turib senatda davlat ishlari yoxud

xalq oldida muayyan qonunni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida

qanday qilib nutq so‘zlash mumkin? Faylasuflarning inson xarakteri va

xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini chuqur o‘rganmay turib,

tinglovchilar qalbiga yo‘l topuvchi nutqni irod etish mumkinmi?»1.

Darhaqiqat, ushbu fikr hozir ham o‘z ahamiyatini zarracha

yo‘qotgani yo‘q.

Shunday qilib, siyosiy-huquqiy ta’limotlarning kelib chiqishi antik

davrlarga borib taqaladi. Antik davr mutafakkirlarining siyosiy

1 􀉐􀉢􀉰􀉟􀉪􀉨􀉧. 􀉗􀉫􀉬􀉟􀉬􀉢􀉤􀉚.􀉌􀉪􀉚􀉤􀉬􀉚􀉬􀉵, 􀉪􀉟􀉱􀉢, 􀉩􀉢􀉫􀉶􀉦􀉚. – 􀉆.1994. – 􀉋. 175 // 􀉉􀉨􀉥􀉢-

􀉬􀉨􀉥􀉨􀉝􀉢􀉹 / 􀉘.􀈼 􀉂􀉪􀉯􀉢􀉧, 􀈼.􀈾. 􀉁􀉨􀉬􀉨􀉜, 􀉅.􀈼. 􀉁􀉨􀉬􀉨􀉜􀉚 . – 􀉆., 2000. – 􀉋. 55.

36

qarashlarida davlat qurilishi va boshqaruvi, ichki va tashqi siyosat,



xalqaro munosabatlar, urush va tinchlik, tinch-totuv yashash, xalq

harakatlari, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish kabi ko‘plab siyosiy



masalalar to‘g‘risida muhim fikrlar ilgari surilgan.


Aim.uz


Download 46.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling