Qadimgi Rim dini


Download 17.17 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi17.17 Kb.
#102622
Bog'liq
Qadimgi Rim dini


Qadimgi Rim dini.

Rimliklarning an’anaviy e’toqodidia totemizm, fetishizm va animizimning qoldiqlari mavjud edi. Rim dinida urug’ va oila e’tiqodlari muhim o’rin tutar edi. Har bir uyda oila e’tiqodining markazi o’choq, bosh oilaning kohin edi. Har bir kishida o’zining ruhiy homiysi bo’lib, u erkaklarda geniy, ayollarda yunona edi. Rimliklarning e’tiqodiga ko’ra, vafot etgan ajdodlar xudo-homiylarga aylanar edilar. Rimliklarda har bir qanadaydir bir aniq funksiyani bajaradigan kichik xudolar ko’p edi. Misol uchun, xudo Forkul uy eshigi qo’riqchisi, Liment ostona, Kardiya eshik zulflarining qo’riqchisi edi. Lekin asosiy e’tiqod qilinadigan qudratli xudolar alohida o’rin tutar edi. Ularning orasida eng birinchisi chaqmoq xudosi Yupiter bo’lib, uning ibodatxonasi Kapitoliyda Tarkviniy Mag’rur davrida qurilgan edi. Uning xotini nikoh va onalik hamda ayollar homiysi edi. Ularning qizi Minerva hunar, san’at va urushlar ma’budasi; Vesta – fuqorolik jamoasi homiysi va uy o’chog’i ma’budasi; Mars – urush xudosi; Yanus – o’tmish va kelajak , kirish va chiqish, boshlanish va tugallanish, ikkiyuzlamachilik xudosi; Venera – sevgi va hosildorlik ma’budasi; Serera – ekinlar va hosil ma’budasi; Neptun – dengiz xudosi; Merkuriy - savdo va o’g’rilar homiysi; Vulkan - temirchilik xudosi; Pluton – narigi dunyo zulmat xudosi; Baxus – vinochlik xudosi; Diana – oy va ovchilik xudosi; Silvana – o’rmon xudosi va boshqalar. Rimlikar biron-bir muhim ishni boshlashdan oldin bu ish to’g’risida xudolar irodasini bilmasdan boshlamaganlar. Shu sababli avgurlar (kohinlar) qushlarning uchishi va o’zini tutishi, qurbonlikka keltirilgan hayvonlarning ichki organlari ( ayniqsa jigari) ga , yashin chaqnashiga qarab, xudolarning irodasini o’qiganlar. Har bir toifa ma’lum bir ma’budaga e’toqod qilgan ( suvoriy – otliq Neptun va Diosnuraga, plebeylar Sestsera , liber, liberaga ), alohida kasblar ( savdogarlar Merkuriyga, hunarmanda, yozuvchilar, o’qituvchilar Minervaga ) sig’inganlar. Fuqaro diniy marosimlarda ishtirok etishi majbur edi. Rim e’tiqodiga etrusk va yunon e’tiqodi qarashlari ham o’z ta’sirini o’kazgan. ( Yunona, Minerva, Vulkan ). Etrusklarda hayvonlarning ichki a’zolariga qarab fol o’zlashtirilib olingan edi. Miloddan avvalgi III asrdan rimliklar o’z xudolarini yunon xudolari bilan tenglashtirgan edilar: Yupiter – Zevs, Yunona – Gera, Minerva – Afina, Mars – Ares, Venera – Afrodita, Serera – Demetra, Merkuriy – Germes, Baxus – Dionis. Rim e’tiqodi diniy qonun-qoidalariga rasman rioya qilish bilan cheklangan bo’lib, chuqur diniy his-tuyg’ulardan mutlaq mahrum edi. Kohinlar odamlar va xudolar o’rtasidagi vositachi ro’lni o’ynar edilar.



Rim jamiyatining mafkuraviy tushkunligi ifodasi sifatida nasroniylik e’tiqodi milodiy I asrda Rimning Yahudiya provinsiyasida paydo bo’ldi. Va II asrdan boshlab tez tarqala boshladi. Eski diniy e’tiqodlar, ma’bud va ma’budalar, ularning marosimlari jamiyatning ma’naviy ehtiyojini qondira olmadi. Nasroniylik ham shu tarzda kirib keldi. Yangi e’tiqod dastlab kambag’allar va qullar orasida judayam keng tarqaldi. Uning rasm -rusmlari sodda, tenglik va dunyoga ishonch bilan odamlarni o’ziga jalb qilar edi. Rasmiy hokimyat nasroniylarga shubha bilan qarab, ularni ta’qib qildi. II asradan nasroniylik aholining turli qatlamlari orasida jadal tarqaldi. Bu e’tiqodning kuchli tashkiloti shakllandi. Hukmron tabaqa asta-sekin yangi e’tiqodning davlat hokimyatiga foydasini tushunib yetdi va uni rasmiy din sifatida e’tirof etdi. Imerator Konstantin 313-yilda o’zining Milan edikti ( qonuni ) bilan nasroniylik diniga e’tiqod qilishga ruxsat berdi. Konstantin 330-yilda nasroniylikni qabul qildi. Imperator Feodosiy 381-yilda nasriniylikni davlat dini deb e’lon qildi. Davlat hokimyati diniy e’tiqodga katta e’tibor berar edi. Kohinlar davlat xizmatchilari hisoblansada lekin hech qachon qadimdi sharqdagi kabi alohida toifaga birlashmagan edilar. Rimda bir qancha kohinlik kollegiyalari mavjud edi. Kohinalr elitasi oliy pontifik ( barcha ilohiy va insoniy ishlar sudyasi ) , pontifiklar kollegiyasining bevosita rahbari va uch bosh flamin ( ular yupiter, mars, kavelin e’tiqodlarini boshqarar edilar ) dan iborat edi. Pontifiklar dastlab 6 ta bo’lib , Sezar davrida 16 taga yetdi. Ular diniy marosimlarning qat’iy bajarilishini nazorat qilar edilar. Oliy pontifik taqvim tuzib , diniy bayramlar o’tkazilishiga ma’sul edi. Unga 15 nafar flamin bo’ysunib, flaminlar alohida xudolarga qurbonlik keltirar edilar. Avgurlar fol ochish bilan shug’ullanar edilar. Rim diniy kalendarida 70 ga yaqin diniy bayramalar mavjud edi. Bu bayramlar mo’l-ko’l qurbonlik keltirish, marosimlar va quvnoq tomosha- bazmlar bilan tantanali o’tkazilar edi. Respublikaning oxirida bayramlar bir yilda 115 kunni tashkil qilgan.
Download 17.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling