Qadimgi yunoncha


Download 13.86 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi13.86 Kb.
#1738460
Bog'liq
Homer



Homer (qadimgi yunoncha: Ὅμηρος, Hómēros) yunon shoiri, „Iloada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. XII asr bilan VII asr ora-ligʻida deb koʻrsatiladi. Homerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin faqat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Homerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Homer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar).
HOMER

"ODISSEYA" (lot. Odessea, Odyssia) — yunon epik dostoni. Muallifligi Gomerga nisbat beriladi. Miloddan avvalgi taxminan 9— 8-asrlarda paydo boʻlgan "Iliada" dostonidan keyin yaratilgan. Gekzametr (musaddas oʻlchovi)da yozilgan (12100 misra). Odisseya negizida dunyoga mashhur shunday folklor syujeti yotadi: uzok, darbadarlikdan soʻng sadoqatli rafiqasi Penelopa oldiga tanib boʻlmaydigan holda eri — Odissey qaytib keladi. Odissey obrazida qaxramonlik sifatlaridan koʻra uning aql-zakovati, epchilligi, tadbirkorligi ustun turadi. Odisseyada maishiy kartinalar va ertak unsurlari "Iliada"dagiga qaraganda koʻproq. Doston qad. zamonlardayoq yunon xalqining muqaddas va moʻʼtabar kitobiga aylangan. Koʻp tillarga tarjima qilingan. Ayrim parchalari oʻzbek tilida Mirtemir tarjimasida nashr etilgan. Odissey (lotincha: Yuliss) — Qadimgi Yunoniston polisi Itakaning afsonaviy podshohi hisobnalib, Gomerning Odisseya dostoni mazkur shaxsga, xususan uning Troya urushidan Yunonistonga qaytish chogʻidagi sarguzashtlariga bagʻishlanadi. Qahramon, shuningdek, Gomerning yana bir epik dostoni, Iliadaning ham bosh personajlaridan hisoblanadi. Odissey oʻzining zukkoligi, ayyorligi va quvligi bilan mashhur va shu sababli ham Ayyor Odissey laqabi bilan tanilgan.


„Iliada“ (Ilias) — yunon epik dostoni. Gomer yozgan deb taxmin qilinadi. Aftidan, mil. av. 13-asr dagi Ilion, yaʼni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida 9—8-asrlarda paydo boʻlgan. Gekzametr (musaddas) oʻlchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). „I.“ ning bosh qaxramoni — Axill. Buyuk yoʻlboshchisi Agamemnon tomonidan haqoratlangan „Axillning qahri“ doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramonona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, maʼbudalarning Olimpdagi mu-nozaralari mutoyibali tasvirlangan. Asar Qodir Mirmuhamedov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Iliada” dostoni 15700 misradan iborat juda katta asar. Qadimgi olimlar, yunon alifbosining soniga qarab, poemani 24 bobga – qoʼshiqqa boʼlganlar.Аsar voqealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, oʼz dostonining bosh mavzui–Аxill gʼazablarini kuylashda undan madad tilaydi.Poemaning birinchi qoʼshigʼi shu gʼazabning sabablariga bagʼishlangan.





Download 13.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling