Qalampirni birinchi bo’lib qadimiy asteklar va mayya qabilalari uy sharoitida o’stira boshlashgan
Download 38.04 Kb.
|
QIZIQARLI MALUMOTLAR
Qalampirni birinchi bo’lib qadimiy asteklar va mayya qabilalari uy sharoitida o’stira boshlashgan. Achchiq qalampirni ular tuz, shirin turini esa sabzavot o’rnida ishlatishgan. Dunyoda karamning 100 dan ortiq turi mavjud. Pekin, brokkoli, rangli, savoy, bryussel va kolrabi karamlari ayniqsa, aholi tarafidan sevib istemol qilinadi. Tuya suv bor joyni 50-60 kilometr uzoqlikdan his etadi. Bir kecha-kunduzda 30-40 kilogramm ovqat yeydi. Qora laylaklar odamlardan uzoqda yashashni ma'qul ko'radi. Oq laylak esa aksincha odamlar tomon talpinadi. "Uyda Yolg'iz" filmida Kevin akasining hunuk dugonasi rasmini topib oladigan sahnasi bor. Aslida suratda parik kiygan o'g'il bola bo'lgan. Film rejissyori qiz bolaning ustidan kulish yaxshi ish emas deb hisoblagan. Stalinning haqiqiy familiyasi - Jugashvili.Hayoti davomida u koʻplab laqablar olgan. Ulardan baʼzilari: Yaxshi gruzin va Jo togʻa (AQSH prezidenti Franklin Delano Ruzvelt unga shu laqabni bergan) Shu paytgacha hali hech kim Afrika filini qo'lga o'rgata olmagan. Faqatgina Hindiston fillarini qo'lga o'rgatish mumkin. Ko‘k choy boshqa choylar singari foydali xususiyatlarga ega, lekin reklamalarda aytilgan ortiqcha vaznga qarshi mo‘’jizaviy vosita deb aytib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yetarli darajada ovqatlanmasdan ko‘k choyni ko‘p ichish vaznning kamayishidan tashqari me’daning zararlanishiga ham olib keladi. Qo‘ylarni ahmoq deb hisoblaganlar yanglishadi: bu jonivorlar keng qamrovli hissiyotlarni namoyon eta olishadi va atrof-muhitning o‘zgarishiga tez moslashishadi. Bundan tashqari, qo‘ylar ajoyib xotiraga ega. Mushuklarni itlardek o‘rgatib bo‘lmaydi, chunki ular o‘z rivojlanish vektorlarini o‘zlari tanlashni ma’qul ko‘rishadi. Mushuk boquvchilar ularning maqsadga erishish borasida nimalarga qodir ekanliklarini yaxshi bilishadi. «Animakkord» animatsion studiyasi 2008 yilda tashkil topgan. Uning birinchi loyihasi «Masha va Ayiq» multfilmidir. Hozirgacha uning 52ta qismi chiqarilgan bo'lib, «Masha plyus kasha» deb nomlangan qismi milliard marta ko'rilgan — hali YouTubeda birorta ham rossiya roligi buncha marta ko'rilmagan. «Masha va Ayiq»ni dunyoning 22ta mamlakatidagi bolalar sevib tomosha qilishadi. «Masha va Ayiq» multfilmi 3D-animatsiya texnologiyasi asosida HD formatida ishlangan. Olimlar aytishicha, kompyuter o‘yinlarini me’yorida o‘ynash ko‘zlarni zo‘riqtirmaydi, balki yaxshilaydi. Tadqiqotlardan birida 10 haftalik doimiy videoo‘yinlardan so‘ng, ishtirokchilar kulrang tuslarini farqlash qobiliyatlarini sezilarli ravishda oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Laparoskopiya (kichik teshiklar bilan operatsiyalar o‘tkazish) bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etgan tadqiqotda haftasiga 3 soatdan ko‘p kompyuter o‘yinlarini o‘ynaganlar operatsiyalar chog‘ida o‘yin o‘ynamaydigan hamkasblariga nisbatan 32 foizga kamroq xatoliklarga yo‘l qo‘yishini ko‘rsatdi. Odam ovqatsiz 11 hafta yashashi mumkin, uyqusiz esa – 11 sutkadan ortiq emas. Tuz eng muhim ozuqa moddasi hisoblanadi va inson tanasining unga ehtiyoji bor. Odam uchun sutkalik me’yor bir kunda bir choy qoshiqni tashkil qiladi. Tabiiy gazni qazib olish bo'yicha O'zbekiston dunyodagi 20 ta gazni qazib oluvchi mamlakatlar qatoriga kiradi va MDH mamlakatlari orasida uchinchi o'rinni egallaydi (Rossiya va Turkmanistondan keyin). Uran zahiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoda ettinchi o'rinni egallaydi (Avstraliya, Qozog'iston, Rossiya, Kanada, JAR va Ukrainadan keyin) va uni eksport qilish bo'yicha uchinchi o'rinda (Qozog'iston va Avstraliyadan keyin). O'zbeklar - dunyodagi turkiyzabon xalqlar orasida soni bo'yicha uchinchi o'rinda. (turklar va ozarbayjonliklardan keyin Ozarbayjon va Eronda yashaydigan) Paxta tolasini eksport qilish bo'yicha O'zbekiston AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Oltin zahiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoda to'rtinchi o'rinni egallaydi. (JAR, AQSh va Rossiyadan keyin), qazib olish bo'yicha - MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o'rinda, Rossiyadan keyin. O'zbekiston - mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat. Ayollar erkaklarga qaraganda deyarli 2 marta ko‘proq to‘yib uxlolmaslikdan aziyat chekadi. Odam umrining uchdan bir qismi, ya’ni 25 yilga yaqini uyquda o‘tadi. Ota-onalar oilada yangi inson dunyoga kelganining dastlabki ikki yilida 6 oyga yaqin tungi to‘liq uyqudan judo bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, rangli televideniye paydo bo‘lganidan boshlab rangli tush ko‘ruvchilar soni ancha oshgan. Surunkali uyquga to‘ymaslikdan aziyat chekuvchi kishilar (bir sutkada 4 soatdan ko‘p bo‘lmagan) yoki haddan tashqari ko‘p uxlaydiganlar (9 soatdan oshiq) kutilmaganda o‘lishga moyil bo‘ladi. Yo‘l-transport nazorati organlarining statistik ma’lumotlariga qaraganda, charchash va uyquga to‘ymaslik avtohalokatlarning eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Eng uzoq vaqt uyqusizlikning rekordi 18 kun, 21 soat va 40 daqiqa hisoblanadi. Rekord qo‘yuvchi odam gallyutsinatsiya, paranoyya, ko‘rishning yomonlashishi, gapirish muammolari, diqqatni to‘play olmaslik va xotiraning pasayishi to‘g‘risida aytib bergan. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalar davomida aniqlanishicha, tushini ko‘k yoki zangori tuslarda ko‘ruvchi odamning hayotida hammasi yaxshi va o‘z o‘rnida bo‘lar ekan. Agar tush qizil rangda bo‘lsa – bu haroratning keskin oshishi yoki qandaydir kasallik belgisi bo‘lishi mumkin ekan. Qora rang esa odamning yaqin vaqtlarda asabiylashganini bildirar ekan. Stilistlarning ta’kidlashicha, sochlar to‘liq qurimaguncha ularni rezinka bilan o‘rash mumkin emas, aks holda bu ularning sinishiga olib keladi. Agar siz sochlaringizni bo‘yashni xush ko‘rsangiz, iloji boricha qora rangni tanlamang. Bu o‘zgarishi qiyin bo‘lgan eng suvga chidamli rang hisoblanadi. Ertalabdan qo`lingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi. Och qoringa saqich chaynash salomatlik uchun zararli. Boisi bunda oshqozonda ishlab chiqariladigan shiraning ortishi kuzatilib, oqibatda gastrit, hatto oshqozon yarasini ham keltirib chiqarishi mumkin. Qosh yulib olinganda, yangisi o‘sib chiqishi uchun to‘rt oy muddat kerak bo‘ladi. 18 asr zodagon xonimlarining omma oldida yasama qoshsiz ko‘rinishi odobsizlik belgisi bo‘lgan. Yasama qoshlarni, odatda, sichqon yunglaridan tayyorlashgan. Boshni bir oyda bir-ikki marta kir sovun bilan yuvish juda foydali. Yuvib bo‘lgandan keyin limon sharbati yoki sirka bilan chayqash kerak. Sochlar qalin va sog‘lom bo‘lib o‘sadi, qazg‘oqlar yo‘qoladi. Soqol olishda yoki depilyasiya qilishda terini bezovta bo‘lishdan saqlash uchun qimmatbaho krem va gellar sotib olish shart emas. Bu amallardan keyin terini kir sovun bilan bir marta yuvib tashlashning o‘zi kifoya qiladi. Kir sovun — virusga qarshi ajoyib vosita hisoblanadi. Tumovda yoki hatto grippning boshlang‘ich bosqichida paxta bo‘lagini kir sovun eritmasiga botirib burun bo‘shliqlarini yuvish kerak. Inson uzoq vaqt ozuqa sifatida faqat xurmoning ozinigina istemol qilishi mumkin. U tanaga kerakli barcha ozuqaviy moddalarni o`zida mujassam etgan. Xitoy devorining uzunligi 9 ming kilometrga teng. Balandligi 6-10 metrni tashkil etadi. Ayrim joylarida eroziya tufayli devor buzilish pallasiga kirgan. Buzilgan joylarning balandligi 2 metrgacha tushib qolgan. Amerikaning Jorjiya shtatini shaftolilar vatani deb atashadi. Chunki bu yerda shaftolizorlarning sanog’i yo’q. Lekin Kaliforniyada ham shaftoli bog’lari kam emas. Har yili o'rtacha 250 ta odam sherlar tomonidan o'ldiriladi. Xitoyda shaftoli omad, himoya va uzoq yashash timsoli sanaladi. Sigaret chekish va uning zararlari xaqida faktlar Har bir chekilgan sigaret inson umrini 11 daqiqaga qisqartiradi; Har bir sigaret 4800 ta kimyoviy moddadan tashkil topadi; Sigaret chekuvchilarning 69% i bu odatni butunlay tashlashni xohlashadi; Har kuni birgina AQSH davlatida 4000 tadan ortiq yoshlar ilk marotaba sigaret chekib ko’radilar; Shulardan 1000 dan ortig’i buni kunlik odatga aylantiradi; Har kuni butun dunyo bo’yicha 15 milliard donadan ortiq sigaret chekiladi; “Apple” kompyuterini oldida sigaret cheksangiz kompyuter sizni avtomatik tarzda chekmaslikka ogohlantiradi; Chekuvchilar o’rtasidagi eng keng tarqalgan ibora: “Dushanbadan boshlab chekishni tashlayman”. Lekin aksariyat odamlar "Dushanba" ga hech yetib bormaydi negadir; Amerikaning 2-prezidenti Jon Adams 80 yoshida chekishni boshlagan; Xitoydagi sigaret chekuvchilar soni Amerikaning butun axlosini miqdoridan ham ko’pdir; Пассаж дю Гуа (Passage du Gois) — Бурньёф кўрфази остидан ўтган йўл бўлиб, у Франциянинг қитъа билан боғлиқ қисмини Нуармутье ороли билан боғлайди. Йўл сув ортга қайтган пайтда 24 соат давомида икки марта бир неча соатга автомобиллар ҳаракати учун очиқ бўлади. Қолган вақтда эса сув 4 метр юқорига кўтарилиб, бутунлай сув остида қолади. 1. Қитъа ва орол ўртасидан табиий ўтиш йўли ҳақида хариталарда биринчи марта 1701 йилда кўрсатилган. 1840 йилда бу йўлдан от-аравалар ўта олиши учун йирик тошлардан йўл қурилган эди. 2. Ҳозирги кунда йўлнинг узунлиги 4,5 километрдан иборат. Йўл узунлиги унчалик катта бўлмасада, ундан юриш хавф-хатардан ҳоли эмас. 3. Йўлнинг ҳар икки тарафида сув кўтарилиш вақти бўйича катта белгилар бўлишига қарамасдан, йилига кўпгина одамлар сувнинг шиддат билан оқиши туфайли “тузоққа” тушишади. 4. Бунақанги омадлар учун қутқарув миноралари қурилган бўлиб, улар минорада сув қайтишини кутиб туришлари мумкин, аммо, минг афсуски машинани сақлаб қолишнинг иложиси йўқ. Дронлар: кеча ва бугун Масофадан бошқарилувчи илк роботлар анча илгари пайдо бўлган. Масалан, Никола Тесланинг ихтиросини олайлик: 1889 йил, инсоният тарихидаги дастлабки радиобошқарувли митти кемача. Орадан ўттиз йил ўтгач, америкалик Чарльз Кеттеринг масофадан бошқариладиган учувчисиз самолётни яратди. Ўша даврдан бошлаб учувчисиз бошқариладиган қурилмалар устида иш олиб бориш ҳарбийлар қўл остига ўтди. Деярли бир аср давомида дронлардан махфий технология сифатида фойдаланиб келинди. Иккинчи минг йиллик бошларига келибгина улар оммалаша бошлади. Учувчисиз бошқариладиган қурилмаларнинг энг янги тарихи ҳам айнан мана шу даврдан бошланади. Ибтидо Дронларнинг оммалашиб кетишига симсиз тармоқларнинг ривожланиши сабаб бўлди. Яна бошқа омиллар сифатида эса мураккаб қурилмаларни назорат қила оладиган компьютерлар ва мукаммал дастурлаштириш тилларини айтиб ўтиш мумкин. Дастлабки “дронсимон” қурилмани АҚШдаги MIT университети ходимлари яратишди. Фуқаролар учун мўлжалланган роботлар ишлаб чиқарувчи компанияга ҳам улар асос солишди. “IRobot” компаниясининг энг машҳур қурилмаси “Roomba” чангюткичидир. Ҳаво Оддий фуқаролар учун мўлжалланган биринчи учувчисиз қурилмалар жуда содда бўлган. Радиобошқарувли ўйинчоқ самолётларга сенсорлар ўрнатилган ва керакли дастурий таъминот ишлаб чиқилган. Сўнгра эса қанотлар ўрнига парраклар ўрнатилди: қурилмалар ҳавода муаллақ тура олиш имкониятига эга бўлди. Учувчи дронлардан “Amazon” компанияси юкларни етказиш учун фаол фойдалана бошлади, Сингапурда эса официант-дронлар пайдо бўлди. Ҳозирда бундай қурилмаларнинг нархи пасайиб бормоқда: саккизта парракли “Oktokopter”нинг нархи 3000 доллар турса, тўрт парракли “Parrot”ни 400 долларга сотиб олиш мумкин. Ер Ғилдираклар, оёқлар, пайпаслагичлар: ерда юриш учун мўлжалланган дрон исталган нарса ёрдамида ҳаракатлана олади. Бундай техниканинг ҳам аксарият қисми армия ихтиёрида. Пулемётли роботлар, мина тозаловчи роботлар, разведкачи роботлар – хуллас, ҳарбийлар учун фойдали техника. Оддий фуқароларга эса кўнгилочар ва хизмат кўрсатиш соҳаларидаги дронлар таклиф этилмоқда. Сув Мутахассислар радиобошқарувли кемачаларга сенсорлар ўрнатиш билан чекланишган. Бу турдаги дронлар унчалик ҳам ривожланмади, чунки улардан фойдаланиш соҳаси жудаям тор. Ҳарбий соҳада ҳам дронлардан кўра радарлардан фойдаланиш маъқул кўрилмоқда. Олов Олов ичра юрадиган дронларга ўт ўчириш хизмати эҳтиёж сезади. Афсуски, айни пайтда оловга дош берадиган дронлар ишлаб чиқарилмаган. Яқин келажакда ёнғинни ўчирадиган ва жабрланганларни хавфсиз жойга олиб борадиган роботлар ишлаб чиқарилиши мумкин. Ҳарбийлар иш олиб бораётган “SAFFiR” роботи ҳозирда келиб чиқиши мумкин бўлган ёнғинни аниқлай олиш хусусиятига эга. Келажак Юқоридаги лойиҳаларнинг барчаси ортида “DARPA” агентлиги турибди. Илгари ўта махфий тарзда иш олиб борган агентлик қатор лойиҳаларини намойиш этди. Ўтган ойнинг бошида эса “HRL Laboratories” компанияси ўзи мустақил ҳолда барча нарсани ўргана олувчи дронни оммага кўрсатди. Унга ўрнатилган чип худди инсон мияси каби фикрлашга уринади. Чипни “DARPA” ходимлари ишлаб чиқишган. Чамаси, “Терминатор” фильми ижодкорлари орзу қилган ва хавотирга тушишган сунъий онг даври келмоқда. Mittilar Shahri Shotlandiyaning Orkney orollari qirg‘og‘idagi Skora-Bre deb nomlangan joyda ko‘plab tepaliklar mavjud. Ularning osti bo‘shligi 1850 yilda ma‘lum bo‘lgandi.O‘shanda qattiq bo‘ron bo‘lib, tepalik ustidagi qatlamni ko‘chirib yuborgan, mahalliy aholining ko‘zi oldida yashirin turar joy paydo bo‘lgandi. Tosh devorlar, mitti karavotlar, past shiftlar va eshiklar – bularning bari bo‘yi bir metrdan baland bo‘lmagan odamlar uchun mo‘ljallangan edi! Oradan o‘nlab yillar o‘tdi. Olimlar tepalik ostidagi inshootlar tosh davriga mansub deb topishdi. Yer osti uylarini qurganlar faqat tosh ishlatishgan. Afsonalarga qaraganda, ular qudratli va xavfli bo‘lganlar. Ular sehr-joduni bilishgan. Bu odamlarning bo‘yi juda past bo‘lgan. Shkaflar, karavotlar ham toshdan yasalgan. Tepaliklarni bir-biriga ulaydigan yerosti yo‘laklari bo‘lgan. Arxeologlar bir savolga javob topa olmadilar: bu yerning aholisi qayerga g‘oyib bo‘lgan? Shkaflarda idish-tovoqlar tartib bilan terilgan, polda taqinchoq, tosh qurollar turadi. Go‘yoki bu uylarda yashovchilar bir vaqtning o‘zida bu dunyoni tark etgandek edi. Arxeologlar yana bir narsaga e‘tibor qildilar: xonalarning poli va yo‘laklarida qum uyumlari yotardi. Ba‘zilar bu qumni bo‘ron uchirib kelgan degan bo‘lsa, ba‘zilar qadimiy so‘zlarni esladilar: mitti xalqning uyiga kimda-kim beso‘roq kirsa, qumga aylanib qoladi. Skora-Brening g‘oyib bo‘lgan aholisi siri hali ochilgani yo‘q. Lekin mahalliy aholi elflar, gnomlar deb ataluvchi bu mitti odamlar haqidagi afsonalarni tildan qo‘ymaydi. Инсоният тарихидаги энг даҳшатли кема фалокатлари БМТ маълумотига кўра денгизлар қаърида 3 миллиондан ортиқ кемалар бор. Уларнинг баъзилари жангларда, баъзилар эса ноқулай об-ҳаво, яна баъзилари эса бахтсиз ҳодисалар сабаб чўкиб кетган бўлса, шунингдек баъзилари атайлаб чўктирилган. АиФ.ru инсоният тарихидаги баъзи даҳшатли кема фалокатларини тақдим этмоқда. 1. Чўкиб кетган энг машҳур кема “Титаник”дир. Ушбу кема фалокати 100 йилдан ортиқ вақт ичида ҳали ҳам тадқиқотчиларга тинчлик бермаяпти. “Чўкмас” деб номлаган “Титаник” 1517 йўловчи ва экипаж аъзолари билан сувга ғарқ бўлган. Кема қолдиқлари 1985 йили топилган бўлиб, айни пайтда ЮНЕСКО ҳимоясида. 2. “Коста Конкордия” инсон аҳмоқлигига қасида. Бу фалокат 34 кишини ҳаётдан олиб кетган. Кема капитани Скеттинонинг бандаргоҳда амалга оширмоқчи бўлган маневри бунга сабаб бўлган. 3. MV Cougar Ace кемаси Япониядан Ванкуверга автомобил олиб келаётган бўлган, аммо у мувозанатни йўқотган ва сувга шўнғиган. 4. “Престиж” битта корпусли танкер, Багам байроғи остида сувда сузган. Ушбу кема ҳалокати сабаб Европа соҳилларида экологик фалокат юзага келган. Танкерда юзага келган 35 метрлик ёриқ сабаб бир суткада денгизга 1000 тонна мазут оқиб кетган. 5. American Star окен лайнери 1994 йили хизматдан олиб ташланган ва Таиландди ўзининг янги иши, ресторан вазифасини бажара бошлаган. 6. Hyundai Fortune контейнер ташувчи кемада портлаш содир бўлган. Яна бир маълумотга кўра теракт қурбони ҳам бўлган. *Ism to’grisidagi fan ‘’onomatika’’ deb ataladi. Qadim zamonlarda bir ismga boylar ega bo’lgan bo’lsa, boshqa bir ‘’qadri pastroq’’ ism bilan kambag’allar atalgan. O’rta asrda Suriyada ayollar umuman ismga ega bo’lmagan. Ular shunchaki, kimningdir xotini, yoki singlisi, yo onasi deb yuritilgan. Boshqa mamlakatlarda esa ayollar erkakning nomiga o’tgan. *XVIII asrda Ispaniyada oddiy dvoryanlar oltita ism olish huquqiga egan bo’lgan bo’lsa, grandlar(saroy ayonlariga mansub ispan dvoryanlari) esa o’n ikkita va eng yuqori tabaqadagi kishilar cheksiz ismga ega bo’lishgan. *Familiya esa Qadimgi Rimda paydo bo’lgan. O’sha paytda joy nomlari familiya sifatida qabul qilingan. Mazkur ming yillikning o’rtalarida familiya butun Ovrupa davlatlarida urfga aylandi. 1861 yili Rossiyada krespostnoy huquq barham topgandan so’ng barcha fuqarolar o’z ism-familiyalariga ega bo’lishdi. *Hindistonning ayrim tumanlarida chaqaloqqa ism qo’yishda odatga ko’ra, ism qo’yiladigan kun ota-onaga bahslashish ruxsat berliadi. Ular bittadan sham yoqishadi. Kimning shami uzoq yonsa, o’sha odam ism qo’yish huquqini qo’lga kiritadi. *Sibirda Ladjen ismli qiz bor. Bunday ism ruslarda ham, inglizlarda ham, o’zbegu tojiklarda ha, qo’yinki, hech bir lug’atda yo’q. Uning ma’nosini faqat qizning ota-onasiyu, qarindosh-urug’lari, shuningdek, yaqin qo’shnilari bilardi xolos. Ma’lum bo’lishicha, ota o’g’il tug’ilishini kutgan ekan. Ammo, qiz tug’ilibdi. Shuning uchun qizning otasi ‘’Nejdal’’ deya shu so’zning teskarisini ism qilib qo’ya qolibdi. *Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida yashovchi kishi Fors ko’rfazida urush to’xtagan kuni tug’ilgan qizchasiga shu operatsiya nomi ‘’Sahrodagi bo’ron’’ ismini qo’yadi. Ota-onaning niyati xolis-urush bo’ronlari faqat nomlardagina qolsin. *Turkiyadagi Barzan qishlog’ining aholisi unchalik ko’p emas. Bu yerda hammasi bir birini taniydi. Ammo qishloqdagi Mustafo Veysal nomiga kelgan xatni pochtachi maydong chiqib baland ovozda o’qib, uning kimga tegishli ekanligini aniqlab olishga majbur. Negaki, bu qishloqda 42 kishining ismi Mustafo Veysal ekan. *Londonda esa Taksi(Taxi) degan familiya ham bor. Uning uyida kechasiyu-kunduzi telefon jiringlab turadi. ‘’Bayram kunlari, ayniqsa, Yangi yil arafasida menga juda qiyin,-deydi uning o’zi. –Mening avlodim 800 yildan beri shu familiya bilan yashab kelgan. Shuning uchun ham men o’z familiyamni hech qachon o’ygartirmayman.’’ *AQSH dagi bir fuqaroning familiyasi -1069. Bir necha yil ilgari uni Mixael Gerbert Dengler deyishar va u Germaniyada yashar edi. Amerika fuqaroligiga o’tgach, bir yo’la familiyasini ham o’zgartirishga qaror qildi va familiya uchun sonlanri tanladi. Faqat bunga shtatdagi politsiya boshqarmasi qarshi chiqdi. Ular "raqamli" familiyaga haydovchilik guvohnomasi yozib berishmadi. Uzoq tortishuvlardan so’ng, u o’zini 1069, deb nomlashi mumkinligi, lekin u raqam bilan emas, balki harflar bilan "Bir nol olti to’qqiz" deyilishi maqsadga muvofiq deb topildi. *Burkina-Fasoda u yoki bu kishining shaxsini aniqlash uchun undan passport so’rab o’tirishning hojati ham yoq. G’abiy Afrikadagi bu mamlakatda sizni qiziqtirgan odam haqida yuzidagi tushirilgan naqshga qarab kimligini aniq aytib berishadi. Швеция чикиндини четдан импорт киладиган мамлакат. Швеция страна, где импортируют мусор. Австрияда полиция итларига ёнгин хамда санчилувчи-кесувчи предметлар билан копланган юзада куткариш операцияларини амалга ошириш учун махсус оёк кийими кийдирилади. Шунингдек, ушбу оёк кийими итларни жазирамада кизиб кетган асфальт тафтидан хам химоя килади. В Австрии полицейских собак обувают в обувь. Обувь для собак используется во время операций по оказанию помощи при пожарах и на покрытиях с колющими и режущими предметами, а также в знойную погоду для защиты от раскалённого асфальта. Ер кимирлаганда капалак уча олмайди Бабочки не могут летать во время землетрясения. Бир неча 10 дона гилос (олча)нинг таъсир доираси 1 дона аспирин таблеткаси билан баробар. Пара десятков вишен по своему действию аналогичны одной таблетке аспирина. Карамнинг 91%и сувдан иборат. Капуста на 91% состоит из воды. Дунёда сизга ухшаш камида 6 та инсон бор. Бу инсонлар билан учрашиш эхтимоли 9% ни ташкил этади В мире есть как минимум 6 человек, которые выглядят почти так же, как и вы. Шанс встретить такого человека — около 9%. Голландияда чекмайдиган усмирларга ойига 200 евро туланади. В Голландии некурящим подросткам выплачивают по 200 евро в месяц. Олимларнинг аниклашича, буриларда адолат хисси бор. Ученые выяснили что волкам присуще чувство справедливости. Комага тушиш холатининг энг узок муддати 19 йил давом этган. Самая длинная кома длилась 19 лет Атиги 3 кружка пиво хафта давомида миянгизни одатдагидан 20%га ёмон ишлашига мажбур килади. Всего 3 кружки пива в неделю заставят ваш мозг работать хуже на 20%. Coca-cola муздан ясалган бутылка идишини ишлаб чикарди,хозирда муз идишлар факат Колумбияда мавжуд. Coca-Cola выпустила бутылку сделаную полностью изо льда, в настоящее время ледяные бутылки доступны только в Колумбии Парвоз учун танангизнинг хар 1 кг учун 80 та гелийли шарлар керак булади. Чтобы взлететь вам понадобятся 80 шариков с гелием на 1кг веса. Юрак хуружи хавфи душанбада юкори булади. Именно в понедельник риск сердечных приступов выше. Кук кузли инсонларда бошка рангли кузлардан фаркли уларок тунда куриш имконияти купрокдир. Люди с голубыми глазами лучше видят в темноте. Хайвонлар хам туш куришади. Животным тоже снятся сны. Арини наркотик излашга ургатса булади, худди итлардек. Осу можно научить искать наркотики, как собаку. Жисмоний машклар мияни ривожлантиради. Физическая нагрузка развивает мозг. Аёлнинг соч урими уртача 200 минг соч толаларидан иборат булиб, 20 тонна огирликдаги юкни кутаришга бардошлидир. Женская коса состоит в среднем из двухсот тысяч волос и способна выдержать груз весом в 20 т. Итларда хасад хисси мавжуд. Собаки способны завидовать. Швецияда болаларга мактабга боришгани учун 187$ тулашади. В Швеции детям платят $187 за то, что они посещают школу. Bryus Lining tezligi shu qadar yuqori ediki, u ovqatlanish tayoqchasi yordamida havodagi guruchni tutib olishga qodir edi. Tomoshabinlar uning harakatlarini farqlay olishi uchun filmlarda jang sahnalari biroz sekinlashtirilar edi. Yer quyosh atrofini 365 kun 5 soat 48 daqiqa, 46 soniyada aylanib chiqadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq suvda bemalol suza oladi. Hatto, uzoq vaqt nafasni ushlab turishni, suvga sho‘ng‘ishni ham qoyillatadi. Bunga ularning ona qornida, suvda voyaga yetishi sababchidir. Qo’llaringizni ko’rsating degan taklifga erkaklar ochiq kaftlarini ko’rsatadilar, ayollar esa kaftlarini pastga qilib ko’rsatishga odatlanganlar. Buning sababi ular o’zlarining go’zal manikyurlarini va barmoqlaridagi brilliant uzukni ko’z-ko’z qilishdir. Download 38.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling