Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezalashdagi yuza g‘adir-budurligi


Download 62.81 Kb.
Sana27.08.2020
Hajmi62.81 Kb.
#127898
Bog'liq
1 лаборатория машғулоти


1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI

Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezalashdagi yuza g‘adir-budurligi


I-QISM


  1. UMUMIY MA’LUMOTLAR




    1. Ishdan maqsad: Silindrik freza yordamida qarama-qarshi va yo‘ldosh frezalashda hosil bo‘layotgan yuza g‘adir-budurligini o‘rganish.


1.2. Kerakli jixoz va asboblar:

1. 6M82 turdagi gorizontal-frezerlash dastgohi.

2. P6M5 materialdan tayyorlangan silindrik freza.

3. Po‘lat 45 dan tayyorlangan 100x40 mm o‘lchamdagi zagotovka.

4. Frezalab ishlov berishning g‘adir-budurlik etalonlarining to‘plami.

5. ROTE-1001 turdagi profilometr.


2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR

VA KO‘RSATMALAR
Frezerlash, mashina detallarining tekis va shakldor yuzalariga ishlov berishning eng ko‘p tarqalgan hamda yuqori unumli usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Frezerlashda zagotovkani surilish va frezani aylanish harakatlari qarama-qarshi va mos keluvchi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi (1.1-rasm). Birinchi usul qarama-qarshi, ikkinchi usul yo‘ldosh frezerlash deb aytiladi.

Qarama-qarshi frezerlashda freza tishi bilan kesilayotgan qatlam qalinligi noldan maksimumgacha o‘zgarganligi sababli, tishiga qo‘yilgan yuklanish asta-sekin oshib boradi. Yo‘ldosh frezerlashda freza tishi birdaniga maksimal kesish qalinligi va eng katta yuklanishdan ishni boshlaydi. Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezerlashlarni o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Qattiq qatlam bo‘yicha ishlashda qarama-qarshi frezerlash qo‘llaniladi, qattiq qatlam mavjud bo‘lmasa yo‘ldosh frezerlash eng katta unumdorlikni ta’minlaydi.




1.1-rasm. Silindrik freza bilan tekislikni frezalash sxemalari:

a) qarama-qarshi, b) yo‘ldosh frezerlash


Ishlov berish texnologik jarayon usulini tanlashda, hosil bo‘ladigan yuzaning sifati hisobga olinadi. Qarama-qarshi frezerlashda freza zagotovkani stoldan uzishga va stolni ko‘tarishga harakat qilayotganligi sababli, katta kesish chuqurligida katta tebranishlar sodir bo‘ladi va ishlov berilgan yuza g‘adir-budurligi yomonlashadi. Bundan tashqari qarama-qarshi frezerlashda frezaning har bir tishi ishlov berilgan yuza bo‘yicha sirpanadi va uni qisman deformatsiyalab g‘adir-budurligini yomonlashtiradi. Yo‘ldosh frezerlashda tishlarni ravon ishlashi, ishlov berilgan yuzaning ijobiy mikrogeometriyasini ta’minlaydi. Bundan tashqari kesish kuchi zagotovkani stolga, stolni esa o‘z navbatida yo‘naltiruvchilarga qisishi sababli, ishlov berishdagi tebranishlarni hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi.

1.1.-jadval

Yuza g‘adir-budurligining asosiy sinflari va ko‘rsatkichlarining qiymatlari

G‘adir-budurlik sinfi

Profilning o‘rtacha arifmetik chetlanishi,

mkm (Ra)

Notekisliklar balandligi,

mkm (Rz)

1

2

3



4

5

6



7

8

9



10

11

12



13

14


80

40

20



10

5

2,5



1,25

0,63


0,32

0,16


0,08

0,04


0,02

0,01


320

160


80

40

20



10

6,3


3,2

1,6


0,8

0,4


0,2

0,1


0,05

Yuza g‘adir-budurligi mikrometrda o‘lchanuvchi ikkita asosiy ko‘rsatkichlar - Rz mikronotekisliklar balandligi yoki Ra profilning o‘rtacha arifmetik chetlanishi bilan baholanadi. Turli g‘adir-budurlik sinflari uchun ko‘rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari 1.1.-jadvalda keltirilgan.

Ishlab chiqarish sharoitida ishlov berilgan yuzaning g‘adir-budurligini g‘adir-budurlik etalonlari bilan vizual ya’ni kuz yordamida taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Taqqoslash uchun etalonning materiali va uni tayyorlash usuli ishlov berilgan detal bilan mos kelishi karak.

Biroq, etalonlar yordamida taqqoslash usuli, ayniqsa, 6 sinfdan yuqori bo‘lgan g‘adir-budurliklarni baholashda yuqori aniqlikni ta’minlamaydi va sub’ektiv xatoliklarga ega.

Ishlov berilgan yuza g‘adir-budurligini o‘lchash aniqligini oshirish uchun kontaktsiz (optik) va kontaktli o‘lchov usullariga asoslangan o‘lchov moslamalari qo‘llaniladi.

Bajarilayotgan ishda yo‘ldosh va qarama-qarshi frezerlangan yuzalarning g‘adir-budurligini o‘lchash uchun ROTE-1001 raqamli profilometrdan foydalaniladi. Profilometr Ra ko‘rsatkichi bo‘yicha 6-12 sinflardagi g‘adir-budurliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallanagan. ROTE-1001 raqamli profilometrda yuza g‘adir-budurligini o‘lchash tartibini va uni sozlash, ushbu o‘lchov maslamaning instruksiyasida keltirilgan.



1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI

Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezalashdagi yuza g‘adir-budurligi


II-QISM
3. ISHNI BAJARISH TARTIBI

Ishni bajarishdan oldin xavfsizlik texnikasi va berilgan mavzuning nazariy savollari bo‘yicha o‘qituvchi nazoratidan o‘tish kerak. Shundan so‘ng ishning eksperimental qismini bajarish uchun ruhsat olinadi.

3.1. Silindrik freza kesish jarayonida soat strelkasi bo‘yicha aylanishini ta’minlagan holda, shpindel opravkasiga o‘rnatilsin.

3.2. Zagotovka dastgoh stolidagi qisqichga o‘rnatilsin va mahkamlansin.

3.3. Ko‘yidagi kesish maromi o‘rnatilsin:

- shpindelning aylanishlar soni, n=315 ayl/daq;

- surilish qiymati, S=0,01 mm/tish;

- kesish chuqurligi, t=0,5 mm.

3.4. Zagotovka yuzasining yarimi surilishga qarshi frezerlansin (qarama-qarshi frezerlash).

3.5. Freza qayta o‘rnatilsin va shpindel aylanishining yo‘nalishi o‘zgartirilsin (soat strelkasiga qarshi).

3.6. Zagotovka yuzasining qolgan qismi surilish bo‘yicha frezerlansin (yo‘ldosh frezerlash).

3.7. Zagotovka dastgohdan yechib olinsin va qarama-qarshi hamda yo‘ldosh frezerlash bilan frezerlangan yuzalarning g‘adir-budurligi g‘adir-budurlik etalonlari bilan taqqoslash yordamida aniqlansin. G‘adir-budurlik sinfi aniqlangandan so‘ng 1.1.-jadval bo‘yicha o‘rtacha mikronotekisliklar balandligi - Rz va profilning o‘rtacha arifmetik chetlanishi - Ra aniqlansin. Aniqlangan qiymatlar 1.2.-jadvalga kiritilsin.


1.2.-jadval

Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezerlash bilan ishlov berilgan yuzalarning g‘adir-budurligini aniqlash natijalari


Yuzani frezalash

usuli

G‘adir-budurlik etaloni bilan taqqoslash natijalari

Profilometrda o‘lchash natijalari

G‘adir-budurlik sinfi

Rz, mkm

Ra, mkm

Ra, mkm

G‘adir-budurlik sinfi

Qarama-qarshi frezalash
















Yo‘ldosh frezalash















3.8. ROTE-1001 raqamli profilometrni ishlatish instruksiyasi va yuza g‘adir-budurlikni o‘lchash tartibi bilan tanishilsin. Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezerlash bilan ishlov berilgan yuza g‘adir-budurligi profilometr yordamida aniqlansin. O‘lchash ishlari yuzaning uchta turli joylarida o‘tkazilsin. Olingan qiymatlar 1.2.-jadvalga kiritilsin va 6.1.-jadval bo‘yicha ishlov berilgan yuzalarning g‘adir-budurlik sinfi aniqlansin.

3.9. Ish joyi tozalansin.
HISOBOT MAZMUNI

1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI

Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezalashdagi yuza g‘adir-budurligi

1. Ishdan maqsad.



2. Kerakli jihozlar va asboblar.

3. Eksperimental ma’lumotlar va ular bilan ishlash:

3.1. Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezerlash yordamida yuzalarga ishlov berish texnologik sozlash eskizlari (1.1.-rasm).

1-rasm Qarama-qarshi va yo‘ldosh frezerlash yordamida yuzalarga ishlov berish texnologik sozlash eskizlari.

3.2. Frezerlangan yuzalarning g‘adir-budurligini g‘adir-budurlik etalonlari bilan taqqoslash yordamida aniqlangan eksperimental ma’lumotlar.

1.2.-jadval to‘lditirilsin.

3.3. Frezerlangan yuzalarning g‘adir-budurligini ROTE-1001 raqamli profilometr yordamida aniqlangan eksperimental ma’lumotlar.

1.2.-jadval to‘ldirilsin.

4. Ish bo‘yicha xulosa.

4.1. Yuza g‘adir-budurligiga qarama-qarshi va yo‘ldosh frezerlash usullari qanday ta’sir ko‘rsatadi?

4.2. Yuzaga qora va toza ishlov berishda qaysi frezerlash usulini qo‘llash texnologik maqsadga muvofiq bo‘ladi?



5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Download 62.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling