Uglevodlar
Kartoshka tarkibida nima bor? Suvdan tashqari, kartoshka og‘irligining katta qismini ozroq yog‘, oqsil... va judayam koʻp uglevodlar (oʻrtacha kattalikdagi kartoshkada 37 gramm) tashkil qiladi.
Uglevodlarning baʼzilari shakar shaklida boʻladi. Bular kartoshka va uni tanovul qilgan insonni energiya bilan taʼminlaydi. Kartoshka uglevodlarining baʼzilari, shuningdek, kartoshkaning hujayra devorlariga struktura beruvchi sellyuloza polimerlari tola shaklida boʻladi. Uglevodlarning aksariyati kraxmal koʻrinishida boʻlsa-da, glyukoza molekulalari bogʻlangan uzun zanjirlar energiya manbasi boʻlib xizmat qiladi. Biz fri, chips, qoʻrda yoki boshqa turli usullarda pishirilgan kartoshkani tanovul qilganimizda oshqozon-ichak traktidagi fermentlar uzun glyukoza zanjirlarida ishga kirishib, ularni tanamiz hujayralari uchun kichikroq shakarlarga parchalaydi.
Uglevodlar uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan biologik molekulalar boʻlib, ular bitta suv molekulasiga (\text H_2\text OH2Ostart text, H, end text, start subscript, 2, end subscript, start text, O, end text) qariyb bir uglerod atomi (\text CCstart text, C, end text) nisbatida boʻladi. Bu tarkib uglevodlarga ularning nomini bergan: ular uglerod (carbo-) va suv (-hydrate)dan tashkil topgan. Uglevod zanjirlari turli uzunlikda boʻladi va biologik jihatdan muhim sanalgan bu uglevodlar quyidagi uchta kategoriyaga boʻlinadi: monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlar. Bu mavzuda biz uglevodlarning har bir turini va shu bilan bir qatorda ularning insonlar va boshqa organizmlardagi muhim boʻlgan energetik va strukturaviy ahmiyatini oʻrganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |