Qarori olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 1.61 Mb.
bet1/10
Sana12.06.2022
Hajmi1.61 Mb.
#752628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abay Qo‘nonboyev, 1-боб. Предмет ва метод, Reja web-sahifalar yaratish uchun dasturlar, 2 5296448374008974869, ПОСТАНОВЛЕНИЕ, O'lmas Umarbekov. Yoz yomg'iri (qissa), ҲУҚУҚИЙ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР, ҲУҚУҚИЙ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР, BAYROQ RASM (TEPAGA), mathcad va matlab muhitida ishlash, 39 Mavzu docx, zulfiya, yanvar 16, Qanoat ona tili kurs ishi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATINING USTAVINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-iyun, 108-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qarori)” haqidagi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 71-sonli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga (“Olmaliq KMK” AJ) aylantirilganligi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Olmaliq kon metallurgiya kombinatining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-iyun,
291-son

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil


9-iyundagi 291-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, keyingi o‘rinlarda “kombinat” deb ataladi, o‘zining huquqiy maqomi bo‘yicha davlat mulkchiligiga asoslangan davlat korxonasi hisoblanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
2. Kombinat yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, to‘liq xo‘jalik yuritish huquqlari bilan alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balansga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy huquqlarga ega bo‘lishi va ular bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi, sud opganlarida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
3. Kombinat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, hukumatning qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi qonun hujjatlarining normativ aktlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
4. Kombinat O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan shtampga va ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
5. Kombinatning korxonalari va bo‘linmalari joylashgan joy: O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hududlarida. Pochta manzili: 702400, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori tahririda)
6. Kombinat tarkibiga xo‘jalik hisobi asoslarida va kombinat tomonidan tasdiqlangan ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi tarkibiy bo‘linmalar hamda yuridik shaxs huquqi bilan quyidagi korxonalar mustaqil balans bilan kiradilar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling