Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


Download 230.92 Kb.
bet1/11
Sana22.01.2022
Hajmi230.92 Kb.
#421590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Prizident maktabiga
01.02.2021 Stajirovka dastur 2020 2222, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, РАМАЗОН ОЙИНИНГ ФАЗИЛАТЛАР1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

PREZIDENT MAKTABLARI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Prezident maktablari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yilgi parametrlari doirasida va 2020-yildan boshlab, har yili Prezident maktablarining joriy faoliyati xarajatlarini qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.




Download 230.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling