Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi


Download 230.92 Kb.
bet6/11
Sana22.01.2022
Hajmi230.92 Kb.
#421590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Prizident maktabiga
01.02.2021 Stajirovka dastur 2020 2222, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, РАМАЗОН ОЙИНИНГ ФАЗИЛАТЛАР1
5-bob. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi

20. Prezident maktablariga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari (matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo) bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan) bolalar tanlov asosida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tartibda qabul qiladi.

Prezident maktablariga qabul jarayonida o‘quvchilardan a’lo baho talab etiladigan STEAM fanlarining (sinflar kesimida) tegishli ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

21. O‘quvchilarni qabul qilish ishchi organ tomonidan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qabulni to‘g‘ri tashkil etish mas’uliyati ishchi organga yuklanadi. Prezident maktablariga teng huquqlilik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida qabul qilinadi.

Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadilar.

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hududdagi Prezident maktabiga topshiriladi.

22. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin ishchi organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida Prezident maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.

23. Prezident maktablariga hujjatlar vazirlik, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, shuningdek, ishchi organ vakillaridan iborat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Qabul komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Qabul komissiyasining tarkibi komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat bo‘ladi.

Qabul komissiyasi kotibi uning a’zolari orasidan rais tomonidan tayinlanadi.

Qabul komissiyasi unga yuklangan vazifalarni samarali ijro etilishi uchun mas’uldir.

24. Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (so‘rovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xaraktyerga ega bo‘lgan ma’lumotlar deb hisoblanadi.

Ishchi organ ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda javoblarning maxfiyligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun javobgardir.

25. Tanlovda ishtirok etish uchun xohish bildirgan o‘quvchining (keyingi o‘rinlarda talabgor deb ataladi) ota-onasi (qonuniy vakillari) belgilangan muddatlarda Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi ma’lumotnoma;

talabgorning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

o‘quv yili natijasiga ko‘ra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) ushbu hujjatlarni Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda ham topshirishi mumkin.

26. Umumta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan talabgorlar Prezident maktabining shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emaslar.

27. Hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;

talabgorlar o‘quv yili natijasiga ko‘ra, mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan fanlarni a’lo bahoga tugatmagan bo‘lsa;

talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;

Prezident maktabiga tanlovdan o‘tish uchun ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini taqdim etganda.

Chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas.

28. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda maxsus ajratilgan joylarda o‘tkaziladi.

29. Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi.

30. Kirish imtihonlarini o‘tkazish paytida talabgorlar hamda ishchi organning mas’ul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi. Talabgorlarga ma’lumotnoma materiallari va elektron-hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi.

31. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi organning mas’ul shaxslari talabgorni majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar.

32. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

33. Hujjatlarni taqdim etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat talabgorning ota-onasiga (qonuniy vakillariga) yuklatiladi.

34. Chet el davlatlarining fuqarolarini kirish imtihonlarida ishtirok etishlariga ruxsat etilmaydi.

35. Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

36. Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.

37. Qabul komissiyasi talabgorlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish maqsadida talabgorlar haqidagi kunlik ma’lumotlarni elektron shaklda ishchi organga taqdim etib boradi.

38. Kirish imtihonlari har yili ishchi organ tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish muddatlari Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

39. Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha — 16 ta masala;

mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan — 24 ta masala;

ingliz tilidan — 55 ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

40. Kirish imtihonlari 2-bosqichining natijalariga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda, Qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

41. Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

42. Imtihon natijalarini baholash mezonlari ishchi organ tomonidan ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda belgilanadi.

43. Kirish imtihoni natijalari vazirlik va Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida joylashtiriladi.

44. Har bir o‘quv yili yakuni bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, ishchi organ ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda bo‘sh o‘quvchi o‘rniga o‘quvchilar qabul qiladi.


Download 230.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling