Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Mahalliy pedagog kadrlarni, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tanlovini (yollashni) tashkil etish va o‘tkazish


Download 230.92 Kb.
bet7/11
Sana22.01.2022
Hajmi230.92 Kb.
#421590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Prizident maktabiga
01.02.2021 Stajirovka dastur 2020 2222, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, РАМАЗОН ОЙИНИНГ ФАЗИЛАТЛАР1
6-bob. Mahalliy pedagog kadrlarni, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tanlovini (yollashni) tashkil etish va o‘tkazish

45. Prezident maktablariga ma’muriy-boshqaruv xodimlari va pedagog kadrlar tanlov (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) asosida qabul qilinadi.

Prezident maktablariga xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

46. Ishchi organ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan birgalikda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablarini ma’muriy-boshqaruv xodimlari va pedagog kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydi.

47. Tanlov ochiq hisoblanadi. Tanlov ishtirokchilari ushbu Nizom doirasida qonun hujjatlarida belgilangan professional, malakaviy va boshqa talablarga javob beradigan, Prezident maktablarining talablariga va lavozimiga mos keladigan, shuningdek, ishchanlik, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.

48. Mazkur Nizom doirasida o‘tkaziladigan tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan, davlat va ingliz tillarini yaxshi biladigan, oliy ma’lumotli va kamida 5 yil pedagogik stajga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa malaka talablariga javob beradigan shaxslar bo‘lishi lozim.

Prezident maktablarida pedagogik faoliyat uchun quyidagi shaxslarga ruxsat berilmaydi:

sud tomonidan ushbu huquqdan mahrum etilganlar;

sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz (muomala layoqati cheklangan) deb topilganlar;

tibbiyot muassasalarida muayyan toifadagi kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatdan turgan shaxslar;

jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar.

49. Tanlovni e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror Prezident maktabi Ijrochi direktori tomonidan ishchi organ bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Prezident maktabi o‘tkazilayotgan tanlov tashkilotchisi hisoblanadi.

50. Tanlovni o‘tkazish uchun Tanlov komissiyasi tuziladi. Tanlov komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Tanlov komissiyasi tarkibi vazirlik, ishchi organ, Prezident maktablari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, zarur hollarda, ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda shakllantirilishi mumkin.

51. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

Prezident maktablarining nomi, asosiy xususiyatlari va joylashuvi haqida ma’lumot;

tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar;

tanlov ishtirokchilaridan tegishli hujjatlari bilan birga ariza qabul qilishning boshlanishi hamda tugash sanasi va vaqti;

tanlov ishtirokchilarining ariza va hujjatlarini qabul qilish joyi (manzili);

tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati va ularni rasmiylashtirish talablari;

tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi, tanlov komissiyasi ishining boshlanishi va tanlov natijalarini sarhisob qiladigan vaqtni ko‘rsatgan holda;

tanlov komissiyasi suhbat davomida ishtirokchilarga berishga haqli bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar ro‘yxati;

g‘oliblarni aniqlash tartibi;

tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga uning natijalarini xabar berish tartibi;

tanlov g‘oliblari bilan tuziladigan mehnat shartnomasining asosiy shartlari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan boshqa qoidalar.

52. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlov tashkilotchisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan shaklga muvofiq ishtirokchi tomonidan imzolangan va yozma ravishda rasmiylashtirilgan ariza;

tanlov ishtirokchisining pasporti nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki asli;

harbiy hisobga olish hujjatlarining nusxalari (harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar va harbiy xizmatga chaqiriladigan shaxslar uchun);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi yoki xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi vakolatli davlat organining guvohnomasi;

o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan sertifikat nusxasi;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan sudlanganlik holatining yo‘qligi (mavjudligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

53. Ushbu Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, shuningdek, ularni to‘liq taqdim etmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirgan tanlov ishtirokchilariga hujjatlarni qabul qilishda yozma ravishda asoslantirilgan rad javobi beriladi.

Hujjatlar tanlov ishtirokchisi tomonidan hujjatlarni qabul qilishni rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish tanlov ishtirokchilaridan arizalarni qabul qilish e’londa belgilangan muddat davomida amalga oshirilishi kerak.

54. Tanlov quyidagi uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni ko‘rib chiqish, o‘rganish va tahlil qilish;

2-bosqich — tanlov ishtirokchisining fan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovidan o‘tish;

3-bosqich — tanlov ishtirokchisi fan yo‘nalishi bo‘yicha 10 daqiqalik mahorat darsini o‘tishi.

55. Tanlov ishtirokchilarining shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari, ularning qonun hujjatlarida belgilangan pedagoglik kompetensiyalari vakolati doirasida pedagogik faoliyatni amalga oshirish qobiliyati Tanlov komissiyasi tomonidan ballar tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat davomida baholanadi va natijalari baholash varag‘iga kiritiladi.

56. Tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan materiallar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilinadi va baholanadi:

o‘quv ishlari: o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning bilim faolligini rivojlantirish;

tarbiyaviy ishlar: o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantirish;

fan bo‘yicha darsdan tashqari ishlar;

o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashni tashkil etish;

ilmiy-uslubiy ishlar — pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish, pedagogik mahorati va ko‘nikmalarini oshirish (mustaqil ta’lim, kurs ishlari).

57. Eng ko‘p ball to‘plagan tanlov ishtirokchilari tanlov g‘oliblari deb e’tirof etiladi.

58. Tanlov natijalari to‘plangan ballar soniga muvofiq tanlov ishtirokchilarining reytingi shaklida yig‘ilish bayonnomasiga kiritilishi kerak.

Tanlov komissiyasi majlisining bayonnomasi tanlov o‘tkazilgan kuni majlisda ishtirok etgan komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

59. Tanlov tashkilotchisi:

tanlov g‘oliblari aniqlangan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida ishtirokchilarni uning natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov g‘oliblari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi.

60. Tanlov g‘olibi mehnat shartnomasi tuzishni rad etgan taqdirda, tanlov tashkilotchisi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan tanlov ishtirokchisi bilan mehnat shartnomasini tuzadi. Reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan tanlov ishtirokchisi mehnat shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tanlov tashkilotchisi qayta tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

61. Tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmagan, shuningdek, tanlovda ishtirok etgan, lekin tanlov g‘oliblari sifatida belgilanmagan tanlov ishtirokchilarining hujjatlari belgilangan tartibda saqlanadi.

62. Xorijiy mutaxassislarni tanlash (yollash) tanlov komissiyasi tomonidan vazirlik va ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.




Download 230.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling