Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Prezident maktablari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash


Download 230.92 Kb.
bet8/11
Sana22.01.2022
Hajmi230.92 Kb.
#421590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Prizident maktabiga
01.02.2021 Stajirovka dastur 2020 2222, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, РАМАЗОН ОЙИНИНГ ФАЗИЛАТЛАР1
7-bob. Prezident maktablari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash

63. Prezident maktablarida lavozimlar va shtat birliklarining namunaviy shtatlar jadvali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq kiritiladi.

64. Prezident maktablari o‘qituvchilarining pedagogik yuklamalari umumta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.

65. Prezident maktablari xodimlarining ish haqi ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy ish haqini, shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlar va ustama haqni o‘z ichiga oladi.

66. Prezident maktablarining ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz oylik ustama haq to‘lanadi.

67. Prezident maktablarining ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi xodimlarini yuqori malakali va samarali mehnatini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, o‘z kasbiga sadoqatliligi, tashabbuskorligi va professionalligini oshirish maqsadida Prezident maktablari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi deb ataladi) to‘lanadigan tayanch lavozim maoshiga nisbatan har oylik va bir martalik ustama haqlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.

68. Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi barcha Prezident maktablarida tashkil etiladi va Prezident maktabi ish haqi fondining 200 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tuziladi.

69. Agar ish shartlari va hajmi bo‘yicha ushbu Nizom bilan tasdiqlangan namunaviy shtatlar ularga tatbiq etilmasa, vazirlik mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan fondi (10 foizdan ko‘p bo‘lmagan) doirasida Prezident maktablarining shtat birliklari soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

70. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga muvofiq yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislarni, shuningdek, Prezident maktablarida ishlash uchun o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etishda ish beruvchining ruxsatnoma olishi talab etilmaydi.

71. Xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarning (keyingi o‘rinlarda xorijiy mutaxassislar deb ataladi) mehnatiga haq to‘lash ular bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lash miqdori xorijiy mutaxassislarning malakasi va tajribasidan kelib chiqqan holda, shu bilan birga mukofotning chegaralangan summasi oyiga 5000 (besh ming) AQSh dollari (yoki ekvivalent)dan oshmasligi lozim.

Xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi.

72. Xorijiy mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomada xorijiy mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari) turar joy bilan ta’minlash, ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish (tibbiy sug‘urta) xarajatlarini Prezident maktablari tomonidan qoplash to‘g‘risida (qisqa muddatli xorijiy mutaxassislar bundan mustasno) hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shartlar nazarda tutilishi mumkin.




Download 230.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling