Qarshi davlar universiteti


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana30.10.2020
Hajmi0.56 Mb.
#138387
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlangich talimni modernizatsiya qilishning ilmiy nazariy asoslari


O’ZBEKISTON   RESPUBLIKASI 

OLIY  VA O’RTA  MAXSUS TA’LIM  VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAR  UNIVERSITETI 

 

MAGISTRATURA  BO’LIMI 

 

Qo’lyozma huquqida 

UDK 372.22.004.69 

 

RAJABOVA AZIZA  PIRNAZAROVNA 

”BOSHLANG’ICH  TA’LIMNI  MODERNIZATSIYA 

QILISHNING  ILMIY,  NAZARIY  ASOSLARI” 

 

 

Mutaxassislik: 5A110701 – ”Boshlang’ich  ta’lim”   

Magistr  akademik   darajasini  olish uchun  yozilgan 

 

 

 

 

 

Ilmiy  rahbar:  

 

 

prof.A.Choriyev 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qarshi  – 2013 

 



MUNDARIJA 



 

KIRISH............................................................................................................. 3

 

               

I  -  BOB.  TA`LIM  TARBIYANI  MODERNIZATSIYALASHNING 

METODOLOGIK NAZARIY ASOSLARI ...................................................... 9 

I.1. Boshlang’ich ta’limni modernizatsiyalashning tarixiy taraqqiyoti……… ........ 9 

I.2.  O’zbekistonda  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  fan  va  pedagogika  fanining 

dolzarb muammolari ......................................................................................... 20 

I bob uchun xulosa ........................................................................................... 32

 

II BOB. TA`LIM- TARBIYA JARAYONINING MODERNIZATSIYALASH 



MAZMUNI ..................................................................................................... 33 

2.1.  Ta`lim-  tarbiya  jarayonini  qonuniyatlari,  modernizatsiyalashning  metodologik 

asosi................................................................................................................. 33 

2.2. Boshlang`ich  ta`limda  milliylik  va ta`lim  vositalarini  takomillashtirish……44 

2.3. Boshlang`ich  ta`limni   takomillashtirish  yo`llari,  usullari……………….…..55 

II bob uchun xulosa .......................................................................................... 66 



III BOB  BOSHLANG`ICH TA`LIMNI MODERNIZATSIYALASH ILG`OR 

TAJRIBALAR TAHLILI ............................................................................... 67 

3.1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish tajribalar tahlili ............. 67 

3.2. Muammoga doir olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili............................. 77 

11I bob uchun xulosa ................................................................................. 84

 

 

UMUMIY XULOSA ....................................................................................... 85



 

 

ADABIYOTLAR RO’YXATI ........................................................................ 91



 

 

ILOVALAR .................................................................................................... 94 



 



KIRISH 

  

Ma'lumki  jamiyat  hayotining  evolyutsion  tarzda  taraqqiy  etishini  hisobga 



olib  boshlang`ich    ta`lim  mazmunida  kеskin  o‘zgarishlar  amalga  oshirilmaydi.  Bu 

jarayon  asta-sеkin  va  bosqichma-bosqich  kеchadi.  O‘qituvchining  boshlang`ich 

pedagogik  mahorati  boshlang`ich    ta`lim  mazmuni  fan,  tеxnika,  ishlab  chiqarish va 

madaniyatning 

taraqqiyoti 

bilan 


uzviy 

bog`liq 


takomillashadi. 

Jamiyat 


taraqqiyotining  xozirgi  bosqichida  o‘qituvchining  boshlang`ich  pedagogik 

mahoratini  takomillashtirish  jarayoni  kеchmoqda.  Bu  esa,  boshlang`ich    ta`lim 

mazmuni  fan  va  ishlab  chikarish  talablariga  mos  kеlishi  zarurligini  taqazo  qiladi. 

Boshlang`ich    ta`lim  mazmunining  fan  va  ishlab  chiqarish  talablariga  mos  kеlishi 

mеhnat  bozori  va  jamiyat  madaniy  hayotining  barqarorlashuvini  ta'minlaydi,  uning 

sara  kadrlarga  bo‘lgan  extiyojini  qondiradi.  Bularning  barchasi  pirovard  natijada 

jamiyatning  asosiy  muammolarini  еchishga  ko‘maklashadi.  Fan  va  ishlab  chikarish 

sohalarining  samarali  faoliyat  kursatishiga  imkoniyat  bеradi. 

“Yurtboshimiz  I.A.Karimov  ta'biri  bilan  aytganda,  “Biz  rivojlangan  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  zamonaviy  davlat  qurish  yo‘liga  qadam  qo‘yib,  kuchli 

davlatdan  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari  izchillik  bilan  o‘tishni  ta'minlar  ekanmiz, 

faqat  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar  uyg`unligi  zaruratini  tеran  anglaydigan, 

zamonaviy  bilimlarni,  intеllеktual  salohiyat  va  ilg`or  tеxnologiyalarni  egallagan 

insonlargina  o‘z  oldimizga  qo‘ygan  stratеgik  taraqqiyot  maqsadlariga  erishishi 

mumkin  ekanini  hamisha o‘zimizga  yaxshi tasavvur etib kеlmoqdamiz”

1

 



Umumiy  o‘rta  boshlang`ich    ta`lim  mazmuninida  o‘qituvchining 

boshlang`ich  pedagogik  mahoratini  takomillashtirish  bir  qancha  tushunchalarni 

to‘plash  va  umumlashtirishni  taqozo  qiladi.  Fan-tеxnika,  tеxnologiyalar  va  ishlab 

chiharishdagi  yangiliklarni  hisobga  olish  muammosi  o‘qituvchining  boshlang`ich 

pedagogik  mahoratini  takomillashtirish  muhim  vazifalaridan  biridir  Uning  еchimi 

tadqiqotimizning  ko‘rsatishicha,  o‘quvchilarning  fan  va  ishlab  chiqarishning u yoki 

bu sohani tanlash imkoniyatlarini  aniqlashga  xizmat  qiladi. 

                     

1

 

Prеzidеnt  I.A.Karimovning  “Yuksak  bilimli  va  intеllеktual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  –  mamlakatni  barqaror  taraqqiy 



ettirish  va  modеrnizatsiya  qilishning  eng  muhim  sharti”  mavzusidagi Halqaro konfеrеntsiyada so`zlagan nutqidan.  – Toshkеnt, 

2012 yil, 17 fеvral. 

  


 



Mavzuning  dolzarbligi.  Kishilik  jamiyati  tarixiy  taraqqiyotida  ta’lim-

tarbiya  muhim  omil  bo’lgan.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so’ng 

mamlakatimiz  Prezidenti  I.Karimovning:  “O’zbekiston  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li” 

kitobida  bozor  iqtisodiyoti  tamoyillari  bilan  birga  rivojlanganligining  axloqiy 

tamoyillari  belgilab  berildi.    O’zbekistoning  o’ziga  xos  taraqqiyot  modelida 

uzluksiz  ta’lim  hal  qiliuvchi  omil  ekanligi  ilmiy  asoslandi.  O’zbekistonda  “Kardlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”  jahon  hamjamiyat  tomonidan  e’tirof  etildi.  Ta’lim 

tizimini  tubdan  isloh  qilish  yo’llari  belgilab  berildi.  Mustaqillikkacha  bo’lgan 

davrda  yagona  mafkura  hukmronligi  ostida  pedagogik  tizim  sharoitida  tashkil 

etildi.  Sobiq  matrkazga  yuborilgan  tavsiyalar  asosida  amalga  oshirildi.  Pedagogik  

ijod,  ona  tili,  vatan  tarixi,  geografiyasi,  tabiati,  milliy  urf-odatlari,  an’analar, 

ma’naviy  qadriyatlarni  o’z  o’quvchilariga  o’rfatishdan  deyarli  mashrum  etilgan 

o’qituvchi  unga  buyurilganligicha  o’rgatuvchiga  aylandi.  Mustaqillikkacha  bo’lgan 

davrda  ta’lim  tizimini  jahonning  ilg’or  sivilizatsiyasi  yutuqlaridan  o’z 

xalqimizning  tarixiy  ildizlaridan  ajralib  qolgan  edi.  Mustaqillik  bunday  holatni 

tubdan  o’zgartirdi.  Istiqlol  davrida  ijtimoiy  hayotning  muhim  tarkibiy  qismi 

sifatida  ta’lim  o’zgarmog’i,  yangilangan  jamiyatning  manfaatlari  yo’lida  xizmat 

qilmog’i  nuqtai  nazaridan  yondashildi.  Zero,  ta’lim  tizimini  rivojlantirish 

mamlakatimiz  taraqqiyoti  muhim  omilidir.  “Ta’lim  to’g’tisida”gi  Qonun, 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  va  maktab  ta’limini  rivojlantirish  davlat 

umummilliy  dasturini  hayotga  tadbiq  etish  davomida  zamon  talablariga  javob 

beradigan  barcha  jabhalarida  mamlakatimizni  izchil    rivojlanganligini  ta’minlash 

shart-sharoitlariga  mos  keladigan  burtun  dunyoda  e’tirof  etilgan  noyob  uzluksiz 

ta’limning  milliy  modeli  yaratildi.  Mazkur  tizimning  samarali  faliyat  ko’rsatishi 

uchun  zarur  moddiy  texnik  baza  shakllantirildi.  Bepul    malakali  pedagog  kadrlar 

tayyorlandi.  Yangi  o’quv-uslubiy  adabiyotlar  ishlab  chiqildi.    “K  adrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi”da  uzluksiz  ta’limni  istiqbolli  yo’nalishlari  belgilab  betildi. 

Jumladan 

uzluksiz 

ta’limning 

muhim 

bo’g’ini 



boshalng’ich 

ta’limni 

rivojlantirishning 

I.Karimovning 

konsepsiyasi 

yaratildi. 

O’tgan 

davrda 


boshlang’ich  ta’limni  rivojlantirish  bo’yicha  izchil  ish  olib  borildi.  Ta’limni 

 

mazmuni  milliy  qadriyatlar  asosida  tubdan  o’zgartirildi.  Darslik,  o’quv-



qo’llanmalar  yaratildi.  Boshlang’ich  ta’limni  yuqori  malakali  pedagogik  kadrlar  

bilan  ta’minlash  tizimi  yaratildi.  Ta’lim-tarbiya  jarayonida  boshlang’ich  ta’limni 

ilmiy  metodik  takomillashtirish  bo’yicha  qator  tadqiqotlar  olib  borildi.  Masalan, 

prof.B.Adzizov,  E.G’oziyev,  A.Choriyev,  R.Yo’ldashev;  dots.Sh.Nurullayeva, 

N.Oripovalarning  dissertatsiyalari    va  kitoblarida  boshlang’ich  ta’limni  istiqbolli 

rivojlanish  yo’llari  ishlab  chiqildi.  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  uchinchi 

bosqichda  uzluksiz  ta’limni  takomillashtirish  vazifasi  qo’yilgan.  Shuning  uchun 

mamlakatimizning  iqtisodiy  –ijtimoiy  modernizatsiyalashni  taqozo  etadi.  Lekin 

boshlang’ich  ta’;limni  modernizatsiyalash,  uzluksiz  rivojlantirish  yo’llarini  ilmiy 

asoslash  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega.    Shuning  uchun  biz  magistrlik 

dissertatsiya  mavzusi  sifatida  “Boshlang’ich  ta’limni  modernizatsiya  qilishning 

ilmiy  nazariy  asoslari”  deb tanladik. Chunki  



1.  mamlakatni  modernizatsiyalash  vazifasidan  kelib  chiqib,  uzluksiz 

ta’limni  takomillash  imkoniyatlari,  yo’llarini  ishlab chiqish\ 



2.  boshlang’ich 

ta’limni 

mazmuni 

metodlari, 

vositalarini 

zamonaviylashtirishning  nazariy  asoslarini  yaratish  mavzuning  dolzarbligini 

taqozo etadi. 

Ma'lumki,  mamlakatimizda  istiqlol  qapop  topgach,  o‘quv- tarbiya jarayoniga 

kompyutеrlar  va  axborot  tеxnologiyalari  tatbiq  etila  boshlandi.  Bu  esa 

o‘quvchilarda  biotеxnologiyalar,  tеxnik  vositalar  bilan  ishlash,  mikroelsktron 

vositalarning  mohiyatini  anglash  ko‘nikmalarini  shakllantirish,  olimlarning  mazkur 

yo‘nalishdagi  nazariy  yondashuvlari  bilan  ularni  yaqindan  tanishtirishni  taqozo 

qilmoqda.  Bu  esa  o‘z  navbatida  mеxnat  bozorini  rivojlantirish,  murakkab 

tеxnologiyalarni  o‘zlashtirish,  aholining  kasbiy  tarkibini  tubdan  o‘zgartirish 

imkonini  bеrmoqda.  Buning  natijasida  ijtimoiy  mеhnatning  ham  haraktеri  o‘zgardi, 

u  ko‘proq  aqliy  haraktеr  kasb  eta  boshladi,  bu  esa  shaxsning  iqtisodiy  faoliyatini 

o‘zgartiradi,  uning  moddiy-tеxnik  va  tashkiliy  nеgizini  rivojlantiradi.  Bu  esa 

maktabning 

tеxnik 

bazasini 



rivojlantirish, 

uquv 


vositalarini 

muntazam 

modеrnizatsiyalash,  uquv  jarayonining  yangi  shakllarini  qo‘llash  vazifasini 


 

dolzarblashtirmoqda. 



O‘qituvchining  boshlang`ich  pedagogik  mahoratini  takomillashtirishda 

mo‘taxassislar  bu  omilni  batafsil  ham  iqtisodiy,  ham  ijtimoiy  pеdagogik  jihatdan 

tahlil  etishlari  kеrak.  O‘zbеkistoi  Rеspublikasining  boshlang`ich    ta`lim  sohasidagi 

siyosatini  ifodalovchi  ko‘pgina  mе'yoriy  asoslar,  YuNЕSKO  hujjatlari  hamda 

ko‘pgina  ilmiy  tadqiqotlarda  o‘qituvchining  boshlang`ich  pedagogik  mahoratini 

takomillashtirishning  umumdunyoviy  jixatlari  tahlil  qilingan,  mavjud  muammolar 

va qarama-qarshi  holatlar  ochib bеrilgan. 

Mustaqillik  yillarida  umumiy  o‘rta  boshlang`ich    ta`limning  maqsadi  va 

vazifalari  tubdan  yangilandi.  O‘quvchilarning  intеllеktual  faoliyat  kursatish 

ko‘lamini  kеngaytirish  taqozo  qilinmoqda.  Chunki  O‘zbеkiston  jamiyatida  aqliy 

mеhnatning  mavqеi  kеskin  oshmoqda.  Shuning  uchun  ham  o‘quvchilar-  ni 

ijtimoiylashtirish  va  kasb-hunarga  yo‘llash  jarayonida  ularga  nazariy,  tеxnik  va 

umummadaniy  bilimlarni  o‘zaro  mo‘tanosiblikda  taqdim  etish  zaruriyati  vujudga 

kеlmoqda. 

Bugungi  kunda  umumiy  o‘rta  boshlang`ich    ta`limning  mazmuni  kеlajak 

uchun  xizmat  qilishi  kеrak.  U  nafaqat  bizni  o‘rab  turgan  ijtimoiy-iqtisodiy 

sohalarning  holati  va  paramеtrlari  haqida  konstruktsiyalovchi,  balki  ularning 

istiqboldagi  taraqqiyotini  ham  hisobga  olgan  holda  bеlgilab  bеrilishi  lozim.  Shuni 

alohida  ta'kidlash  kеrakki,  o‘quv-biluv  jarayonini  boshqarish  tubdan  o‘zgardi. 

O‘qituvchi  shaxsga  yunaltirilgan  o‘quv-biluv  jarayonini  tashkil  etuvchi  va 

boshqaruvchi 

sub'еktga 

aylandi.  O‘quvchilar  esa,  bilimlarni  mustakil 

o‘zlashtirishga  safarbar  etilmoqdalar.  Shuning  uchun  ham  o‘qituvchining 

boshlang`ich  pedagogik  mahoratini  takomillashtirish,  uning  natijalarini  taxlil  qilish 

va  baxolash  pеdagogik  prognostika  natijalariga  asoslangan  holda  yo‘lga  qo‘yilishi 

kеrak. 

  

Tadqiqot  maqsadi:  Boshlang`ich  ta`limni  zamon  talablari  asosida  ilmiy 



tadqiqotlar  va  amaliy  tajribalar  asosida  ri  vojlantirishhning  nazariy-amaliy 

prognozlash 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 


 

imkoniyatlarini  rivojlantirish  yuzasidan mеtodik tavsiyalar  ishlab  chiqish. 



           Tadqiqot vazifalari: 

1.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirish  mohiyatini  ilmiy  jihatdan  asoslash; 

2.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirishning  pеdagogik  adabiyotlarda  yoritilganlik  holatini 

baholash; 

3.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirishning  mazmunini  yoritish; 

4.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirishga  oid mеtodik tavsiyalar  ishlab  chiqish. 



          Tadqiqot  obyеkti:  Davr  talabi  asosida  boshlang`ich  ta`lim  mazmuni, 

metodlari, 

vositalarini 

takomillashtirish 

jarayoni, 

boshlang`ich 

ta`limni 

rivojlantirish  borasidagi tajribalar. 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirish  jarayoni. 



       Tadqiqot  prеdmеti:  Ta’lim-tarbiyanining  davr  talabiga  mavjud  shart-

sharoitga  mosligi  qonuniyati  asosida  boshlang`ich  ta`lim  moderinizatsiyalash 

imkoniyatlari. 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirish  mazmuni,  yo‘llari,  shakl, mеtod va vositalari. 

Tadqiqotning  ilmiy  farazi  Agar  “Kadrlar  tayyorlash  milliy    dasturi”ni  izchil 

amalga  oshirishi,  pedagogika  fanining    vazifalari  aniqlansa,  boshlang`ich  ta`limni 

rivojlanishida  pedagogik qonuniyatlariga  asoslansa: 

- boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashning  o’ziga  xos  xususiyatlari 

aniqlansa; 

- \  boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  bo’yicha  ilg’or  tajribalar  asosida 

ta’lim  mazmuni  metodlari,  vositalarini  shakllantirishni  takomillashtirish 

istiqbolli  yo’nalishlari  (prognozi)  ishlab  chiqilsa,  boshlang`ich  ta`limni 

takomillashtirish  samaradorligi  oshadi,  o’qituvchilar  ijodkorligi  ilmiy 


 

tadqiqot uchun muhim  qo’llanma bo’ladi. 



Ishning ilmiy yangiligi:  

- “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”mi  izchil  amalga  oshirishda  pedagogik 

tadqiqotlarning 

mohiyati, 

pedagogika 

fanining 

vazifalari  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  modeli”da  fan  komponenti  asosida  ta’lim  tizimini 

yakomillasjtirish  nazariy  asoslari ishlab chiqilgan.   

- boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashda  pedagogik  qonuniyatlarining 

pedagogik ahamiyatga  ega ekanligi; 

- boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashning  o’ziga  xos  xususiyatlari  tahlil 

qilingani  umumlashtirilganda; 

- boshlang`ich  ta`lim  modernizatsiyalash  bo’yicha  mamlakatimizda  olib 

borilgan  ilg’or  tajribalar  umumlashtiriladi.  Ekspriment  natijalari  bo’yicha 

tavsiyalar  ishlab  chiqildi. 

1.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirish  mohiyati  ilmiy  jihatdan  asoslandi; 

2.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirishning  pеdagogik  adabiyotlarda  yoritilganlik  holati 

baholandi. 

3.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirishning  mazmuni  yoritildi; 

4.  Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilarni  intеllеktual 

imkoniyatlarini  rivojlantirishga  oid mеtodik tavsiyalar  ishlab  chiqildi. 

Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati:  Tadqiqot  g`oyasi, 

natijalari  hamda  ilgari  surilgan  mеtodik  tavsiyalaridan  talabalar  kurs  ishi  va  bitiruv 

malakaviy  ishlarni  bajarish  jarayonida  foydalanishlari  mumkin. 

          Magistrlik  dissertatsiyasining  tarkibiy  tuzilishi:  BMI  III  bob,  7  ta 

paragraf, xulosa va foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.  


 



I  BOB. TA`LIM TARBIYANI MODERNIZATSIYALASHNING 



METODOLOGIK NAZARIY ASOSLARI 

I.1. Boshlang’ich ta’limni modernizatsiyalashning tarixiy taraqqiyoti 

 

Boshlang`ich    ta`lim  bugungi  kunda  o‘quvchining  ham  individual, 



ham  umumiy  taraqqiyotini  ta'minlovchi  jarayon  sifatida  namoyon  bo‘lmog`i  kerak. 

Shuning  uchun  ham  mazkur  jarayon  turli  yoshdagi  o‘quvchilarning  aqliy 

rivojlanish  dinamikasini,  o‘quv-biluv  jarayonida  o‘quvchi  shaxsining  faoliyati, 

boshlang`ich    ta`lim  olishi  va  rivojlanishining  o‘zaro  aloqadorligini  ta'minlashga 

yordam  bermogi  lozim.  O‘quvchi    shaxsining  umumiy    rivojlanishiga  yunaltirilgan 

o‘quv-biluv  jarayonini  tashkil  etish  o‘ta  muhim  masalalardan  biridir.  Bunda  bilish 

jarayonining  o‘zi  o‘quvchini  ko‘zatish,  uning  faoliyatini  tashqil  etishga 

yunaltirilmogi  zarur. 

Shuningdek,  hozirgi  zamon  gumanistik  yo‘nalishdagi  psixologiyaning 

rioyasi  o‘quvchi  shaxsiga  yunaltirilgan  boshlang`ich    ta`lim  jarayonini  tashkil 

etishdan  iboratdir.  Buning  uchun  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  maydonini  vujudga 

keltirishga  bo‘lgan  extiyoj  tarkib  topmog`i  zarur.  O‘quvchining  o‘z-o‘zini 

rivojlantirishga  bo‘lgan  qo‘lay  shart-sharoit  va  imkoniyatning  namoyon  bulishi 

yo‘lida  «2004-2009  yillarda  maktab  boshlang`ich    ta`limini  rivojlantirish  Davlat 

umummilliy  dasturi»ning  qabul qilinishi  muhim  qadam bo‘lib hisoblanadi. 

Shaxsning  o‘ziga  xos  yaxlitligini  tarkib  toptirishda  o‘quv-biluv  jarayoni 

muhim  omildir.  Bu  jarayon  ilmiy-metodik  hamda  moddiy-texnik  jixatdan  to‘la 

ta'minlangandagina  samarali  natijalar  beradi.  O‘quvchida  bilish  extiyojining  paydo 

bulish  motivlari  ham  mana  shu  shart-sharoit  natijasida  vujudga  keladi.  Bularning 

barchasi  o‘quvchi  shaxsi  rivojlanishinining  psixologik,  pedagogik,  didaktik 

yo‘nalishlarini  belgilaydi. 

Shaxs  taraqqiyotini  ta'minlovchi  boshlang`ich    ta`lim  jarayonini  tashqil  etish 



«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  asosini  ifodalaydi.  O‘quv-biluv 

jarayonida  o‘quvchining  o‘ziga  xosligini  pedagogik  qo‘llab-quvvatlash  choralarini 

rivojlantirish  muammosining  yechimlarini  izlash  bugungi  kunda o‘ta muhimdir. 

O‘quvchi  shaxsini  axloqiy  jihatdan  tarbiyalash,  uning  jismoniy  hamda  ruhiy 



 

10 


salomatligini  muxofaza  qilish  hamda  mustaxkamlash  har  bir  bolaning  o‘ziga 

xosligini  saqlab  qolish,  rivojlantirish,  qo‘llab-quvvatlash  uning  taraqqiyot 

darajasiga  muayyan  talablar  qo‘yish  hamda  boshlang`ich    ta`lim  jarayonini  tashkil 

etishda  unga  rioya  qilish  muhimdir.  Barcha  o‘quv  fanlaridan  boshlang`ich    ta`lim 

mazmunini  gumanitarlashtirish  bilan  bog`liq  bo‘lgan  talablarni  belgilab  olishni 

taqozo qiladi. 

Didaktik  va  psixologik  talablarni  hisobga  olgan  holda  muayyan  o‘quv 

predmet  doirasida  maxsus  tashkil  etilgan  individual  hamda  alohida  guruhlarda, 

jamoa  bo‘lib  olib  boriladigan»  ishlar  orqali  hamda  turlicha  murakkablik  darajasida 

bo‘lgan  topshiriqlarning  har  tomonlama  o‘ylab  ishlab  chiqilgan  tizimi,  har 

mavzuning  o‘zlashtirilishi  muayyan  pedagogik  shart-sharoitlarni  talab  qiladiki, 

bunday  sharoitda  boshlang`ich    ta`lim  rivojlanishga  nisbatan  ilgarilab  boradi.    

Chunonchi,  ona  tili,  adabiyot,  matematika,    istiqlol  g`oyasi  va  ma'naviyat  asoslari, 

tabiat  ,  jamiyatshunoslik  va  hakozo.  Har  bir  o‘quv  predmetining  mazmunida 

dunyoning  ilmiy  manzarasi  o‘ziga  xos  integratsiyalashgan  tarzda  ifodalanishi 

lozim.  Bugungi  kunda  boshlang`ich    ta`lim  mazmunini  tanlashda  har  bir 

o‘quvchining  o‘ziga  xosligiga  tayangan  holda  uning  o‘ziga  xosligini  ta'minlashdan 

iborat.  Bunda  o‘quvchining  o‘ziga  xos  imkoniyat  va  qobiliyat  darajasi  alohida 

hisobga olinishi  kerak. 

Bir 


bolani 

o‘zluksiz 

rivojlantirish 

tamoyili 

o‘quv 

materiallarini 



integratsiyalash,    integrallashgan  o‘quv  materilini  qamrab  olgan  darsliklar 

yaratishni  taqozo  qiladi.  Taqdim  etiladigan  bilimlarni  mustaxkamligi  o‘quvchining   

umumiy        rivojlanishi      dastlab        sensor  etalonlarga  asoslanadi.    Shuning  uchun 

o‘quv  materiallari  tarkibida  turli    ranglar,      ramzlar,  ularning  ma'nosi,  hajmi  birdan 

tanishtiriladi.  Buning  natijasida  o‘quvchida  ko‘zatuvchanlik          faoliyati          tarkib     

topadi.          Chunki  ko‘zatuvchanlik  o‘quv  faoliyatining  asosiy    yo‘nalishini  tashkil 

qiladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  fikrlash  faoliyatini  rivojlantiradi.      Mustaqil  fikrlash  

natijasida      esa  o‘quvchi  qiyoslash,  qarama-qarshi  ko‘ya  olishi,  guruhlash 

ko‘nikma  va    malakalarini      egallab      boradi.      Bu      o‘z    navbatida,  lingvistik,  

kommunikativ        matematik  hisoblash,  mulokot  ko‘nikmalarini  egallash  uchun 



 

11 


muhimdir. 

O‘quvchining  umumiy  rivojlanishi  darajasi  hissiyotlar,  axloq,  ong,  qobiliyat, 

hamdardlik,  his  eta  olish,  kommunikativlik  ko‘nikmalarining  shakllanishi,  ijod 

qilishga  intilish  kabilarni  tarkib  toptirishga  asos  bo‘ladi.  Bir  vatanini  o‘zida  estetik 

taraqiyotni  ham  ta'minlaydi.  Go‘zallikni  his  etish  qobiliyatini  shakllantiradi.  Badiiy 

asarlarda  o‘zini  o‘rab  turgan  moddiy  borliqning  aks  etayotganligini  anglash, 

nafosat  hissi  va  yumorga  moyillikni  tarkib  toptiradi,  jismining  imkoniyatlarini 

ro‘yobga  chiqarishi  va  takomillashtirib  borishga  anglashni  vujudga  keltiradi. 

O‘quv  materiallari  o‘quvchini  har  tomonlama  rivojlantirishni  ta'minlashga 

yo‘naltirilmog`i  lozim. 

Har  bir  o‘quvchiga  o‘ziiing  mustaqil  boshlang`ich    ta`lim  olish  yo‘lini 

tanlashi  uchun  imkoniyat  va  sharoit  shakllantirish  kerak.  O‘quvchining  muhim 

rivojlanish  darajasi  bilan  mos  ravishda  o‘quv  materiallari  bayon  qilinmog`i  lozim. 

Aniq  belgilab  olingan  harakat  dasturiga  asoslangan  holda  har  bir  o‘quvchini 

uzluksiz  rivojlantirish  tamoyilini  amalga  oshirish  talab  etiladi.  Har  bir  darsda 

muntazam  uyg`un  ko‘nikmalarni  shakllantirish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu 

ko‘nikmalarning  bir  qismi  malakaga  aylangunga  qadar  o‘quv-biluv  jarayonini  ko‘p 

tarmoqli  mikromaydonlar  bilan  kengaytirib  borish  kerak  bo‘ladi.  Ularning  bir 

qismi  mustaqil  ishlar, boshqa bir qismi axborot manbalari yordamida hosil bo‘ladi. 

Boshqa  bir  tomondan  hamkorlikda  kichik  yoki  katta  guruh  bo‘lib  ishlash  orqali 

o‘quv  faoliyatini  tashkil  etuvchi  asosiy  manba  sifatida  darslik  namoyon 

bo‘lmoqda.  Biz  mustaqil  ishlash  deganda,  O‘quvchining  yolg`iz  nazoratsiz 

faoliyatini  tushunmasligimiz  kerak.  Balki  o‘z-o‘zining  bilimini  oshirishni 

anglamoq  lozim.  O‘quvchi  uzini  kiziqtiradigan,  yechimga  kuchi  yetadigan 

topshiriqlarni  aynan  o‘zi  tanlay  olishi  talab  etiladi.  Bunda  o‘quvchining  qiziqishi 

va  bilim  sifatini  hisobga  olish  muhimdir.  O‘quvchilar  har  bir  topshiriqni  unga 

ijodiy  yondashgan    mustaqil  bajarishlariga  erishish  didaktik  maqsad  bo‘lmog`i 

kerak.  Mustaqil  o‘quv  faoliyati  jarayonida,  shuningdek,  guruh  bo‘lib  ishlash 

sharoitida  bu  maqsadga  erishish  kerak.  Kelgusida  o‘kishini  davom  ettirish  va 

mustaqil  hatotga  qadam  qo‘yish  uchun  zarur  bo‘lgan  bilimlarni  tanlash,  ongni  



 

12 


o‘zlashtirish  iktidoriga  har bir o‘qituvchi ega bo‘lishi kerak. 

Kichik  yoshdagi  o‘quvchilarni  har  tomonlama  rivojlantirish  uchun  darslikda 

maksimal  imkoniyatlar  yaratilishi  shart,  ya'ni  o‘quvchi  o‘zining  yosh  darajasi 

qabul  qilish  imkoniyatini  beradigan  axborotlarni  asosan  darsliklar  olishi  lozim 

bo‘ladi.  Darsda  o‘quvchini  uzluksiz  rivojlantirish  g`oyasi  muayyan  darsda  unda 

hosil  bo‘lgan  ko‘nikmalarni  muntazam  qo‘llab-quvvatlashni  anglatadi.  Bu 

ko‘nikmalarning  bir  qismi  turli  axborot  manbalari  bilan  ishlash  natijasida  hosil 

bo‘lsa,  boshqa  bir  qismi  xristomatiyalar,  lug`atlar,  badiy  asarlar,  Internet  saytlari 

kabilar  bilan  ishlash natijasida  vujudga  keladi. 

Hamkorlikda  ishlash  natijasida  hosil  bo‘ladigan  ko‘nikmalar  o‘z  harakteriga 

ko‘ra  mustaxkam  bo‘ladi.  Ular  kichik  hamda  katta  o‘quv  guruhlarida  vujudga 

keladi.  O‘quvchilar  o‘zlashtirilgan  bilimlardan  nostandart,  hatotiy  vaziyatlarda 

moxirlik  bilan  foydalanish  ko‘nikmasiga  ega  bo‘lishlari  lozim.  Shaxs 

rivojlanishining  turli  darajalarini  hisobga  olgan  holda  o‘quv-biluv  jarayonini 

tashkil  etish  maqsadga  muvofikdir.  Bunda  turli  tipdagi  qiyinchiliklarni  bartaraf 

etish yo‘llari  nazarda tutiladi. 



Davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti  talablari   asosida  tuzilgan  dastur 

materiallarini  o‘zlashtirishda  har  bir  o‘quvchiga  yordam  va  o‘zaro  yordam 

nixoyatda  zarurdir.  Chunki  bunday  yordamsiz  standart  talablarini  o‘quvchi  tulik 

o‘zlashtira  olmaydi.  Bu  yordam  aynan  o‘quv-biluv  jarayonida  turli-tuman 

mikromaydonlarni  tashkil  etish  sharoitida  amalga  oshirilishi  kerak.  Xuddi  shunday 

bir  sharoit  yaratilgan  takdirda  har  bir  o‘quvchi  DTSda  ko‘rsatilgan  boshlang`ich  

ta`lim  mazmuni  negizini  tashkil  qilgan  hamda  o‘quv  dasturiga  kirgan  o‘quv 

materiallarini  o‘zlashtirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Bu  tadbir  boshlang`ich  

ta`limning  turli  bosqichlarida  pedagogik  yordamning  turli  ko‘rinishlari  sifatida 

o‘qituvchi hamda o‘quvchilar tomonidan amalga  oshiriladi. 

Uzluksiz  boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar 

o‘quvchilarni  rivojlantirishning  maqsadi  emas,  balki  vositasi  sifatida  qaralishiga 

erishish  lozim.  DTS  da  ko‘zda  tutilgan  boshlang`ich    ta`lim  mazmunini 

o‘zlashtirish  natijasi  mustaxkam  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  sifatida  namoyon 



 

13 


bulishi  kerak.  Shu  bilan  bir  qatorda  ko‘pvariantli  o‘quv  materiallarini 

o‘quvchilarning  individual  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  taqdim  etishni  ham 

nazarda  tutish  lozim.  Bunday  tadbirni  amalga  oshirish  muhim  didaktik  kimmatga 

ega. 


Shuni  alohida  ta'kidlash  kerakki,  DTSda  ko‘zda  tutilgan boshlang`ich  ta`lim 

mazmunini  barcha  o‘quvchilar  ko‘nikma  darajasida  egallashlari  shart.  Shundan 

keyingina  o‘quvchining  individual  imkoniyati  va  xohishini  hisobga  olgan  bir  qadar 

murakkabroq  o‘quv  materiallarini  taqdim  etish  lozim.  Bunday  o‘quv  materiallari 

alternativ,  o‘quv  dasturlari,  darslik  va  o‘quv  adabiyotlarida  o‘z  aksini  topmog`i 

lozim.  Bunda  o‘quvchining  bilim  sifati  va  muayyan  fanni  o‘qitishga  qo‘yiladigan 

talablar  ham  bir  qadar  oshiriladi.  Boshlang`ich    ta`lim  mazmunini  integrallashning 

muhim  shartlaridan  biri,  avvalambor,  boshlang`ich    ta`lim  mazmuniga  singdirilgan 

barcha  tushunchalarni  tabiiy-ilmiy  hamda  ijtimoiy-gumanitar  sohaga  oid  bilimlar 

sifatida  taqdim etishdan iboratdir. 

Har    bir  o‘quvchining  umumiy    rivojlanishi    uchun  didaktik  jixatdan  qo‘laylik 

yaratish  kerak.  Buning  uchun  o‘quv-biluv  jarayonida,  avvalambor,  psixologik 

qo‘laylik  bo‘lishi  maqsadga  muvofikdir.  Bu, o‘z navbatida, o‘quv-biluv jarayonida 

o‘quvchining  har  tomonlama  rivojlanishi  uchun  qo‘lay  pedagogik  shart-sharoit 

vujudga  kelishiga  imkon  beradi.  Turli-tuman  o‘quv  hamda  kommunikativ 

ko‘nikma  va  malakalarning  shakllanishi  boshlang`ich    ta`lim  jarayonining 

muvaffakiyatli  bo‘lishini  ta'minlaydi.  O‘quvchilarning  ruhiy  salomatligini 

mustaxkamlash  imkoniyatini  yaratadi.  O‘quv  jarayonining  barcha  qo‘layliklar 

asosida  tashkil  etilishi  natijasida  o‘quvchida  ruhiy  ishonch  qaror  topadi.  Bu  esa 

o‘quv-biluv  faoliyatini  jadallashtiradi.  O‘quv  faoliyatiga  bunday  qo‘laylik  har  bir 

o‘quvchining  DTSda  ko‘zda  tutilgan  boshlang`ich    ta`lim  mazmunining  asosiy 

negizini    to‘liq  o‘zlashtirishi  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Boshlang`ich    ta`lim 

jarayonida 

o‘quvchilarning 

o‘quv 

materiallarini 



puxta 

o‘zlashtirishlari, 

bilimlarining  mustaxkam  bo‘lishi  uchun  qo‘lay  pedagogik  muhitni  vujudga 

keltiradi. 

O‘quv  fanlari  integratsiyasi  o‘zining  obrazliligi  bilan  ajralib  turadi.  Integral 


 

14 


harakterdagi  o‘quv  kurslari  sun'iylik  harakteriga  egadir.  Shuning  uchun  ham 

bunday  kurslarni  o‘zlashtirish  o‘quvchilar  uchun  qo‘lay  hisoblanib,  darsliklarda 

dunyoning  yaxlit  manzarasini  ifodalash  uchun  qo‘laylik  tug`diradi.  O‘quvchilarga 

barqarorlik  hamda  qonunlarni  anglash  hissini  bag`ishlaydi.  Dunyoning  manzarasini 

uyg`unlashtirish,  har  bir  o‘quv manzarasida umumlashgan o‘quv predmetlariga xos 

bo‘lgan  vazifalar  xal  qilinadi.  Integral  o‘quv  kurslari  o‘quvchilarda  ishonch  hissini 

qaror  toptiradi.  O‘quv  jarayonining  muvaffakiyatini  hamda  bilimlarning  yuqori 

sifatini  ta'minlaydi.  Darsliklarda  psixologik  qo‘layliklarning  o‘ziga  xos  qirralari 

singdiriladi.   

Har  bir  o‘quvchining  uzluksiz  rivojlanish  o‘quv  kommunikativ 

harakatlarning shakllanishi bilan    bevosita    bog`likdir.    Bir    tomondan    o‘quv 

maternalizatsiya    berilishi,      darslikdan      zarur      o‘quv  materialini  izlash,  darslikka 

kiritilgan  turli  ruknlar  ustida  ishlash  hamda  boshqa  qo‘llanmalar  bilan  tanishtirish, 

o‘quv        materialini        puxta        o‘zlashtirish        bilimlar  mustaxkamliginiig  kafolati 

hisoblanadi.    Ikkinchi  tomondan,  moddiy  borliqni  yaxlit  idrok  etish  orqali 

dunyoqarashi  rivojlanadi.  Buning  uchun  o‘quvchida  kitob  bilan  ishlash  ko‘nikmasi 

shakllanmog`i  lozim.  Shundagina  ularning  egallagan  bilimlari  mustaxkam  va  sifatli 

bo‘ladi.  Darslikda  birinchi  navbatda,  o‘quvchi  yashayotgan  muhit  aks etishi kerak. 

Chunonchi,  matematika  darsliklarida  bu  muhit  sensor  etalonlar,  o‘qish  va  ona  tili 

kitoblarida  esa  kadimgi  dunyo  ertaklar  olami  kabilar  misolida  aks  etadi.  Bularning 

barchasi O‘quvchining bilim  sifatini  ko‘tarishga imkon beradi. 

1.5.    Boshlang`ich    ta`lim  mazmunini  belgilash  hamda  o‘kitish 

samaradorligini    aniqlash tashkiliy-pedagogik    me'yorlari. 

Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  jamiyat  qaror  topayotgan  xozirgi  tarixiy 

sharoitda  boshlang`ich    ta`lim-tarbiyaga  bo‘lgan  talablar  va  shart-sharoitlar  tubdan 

o‘zgardi.  Ko‘pgina  nazariy,  metodologik,  pedagogik-psixologik,  tashkiliy-metodik, 

ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  asoslar  kaytadan  ijodiy  ravishda  chuqur  anglab  olishni 

talab etmoqda. 

Keninga  yillarda  boshlang`ich    ta`lim-tarbiya  va  shaxs    kamoloti    nazariyasi 

va  amaliyotida  jiddiy  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Natijada  avvallari  foydalanilgan  bir 



 

15 


qator  tushunchalar,  atamalar,  toifalarning  kaytadan  tavsiflanishi  yoki  ular 

ta'rifining  oydinlashuvi  katiy  zaruriyat  ekanliginn  taqozo etmoqda. 

     

Pedagog        va        psixologlarning  didaktikaga  alokador    izlanishlarida  asosiy 



e'tibor  o‘quvchilarni  bilim  va  malakalar  bilan  qurollantirishdan      iborat      ekanligi   

ta'kidlangan.      Ammo      shaxsni  tarbiyalash,  xususan    uni    rivojlantirishning  o‘rni  

va  ahamiyati  kamaytirildi.      Endilikda    pedagogika    fani  nazariy  yo‘nalishlarini 

modernizatsiya  qilinmoqda.    Shunga  ko‘ra,      boshlang`ich    ta`lim-tarbiyadagi   

ustuvor      masala      o‘quvchini  rivojlantirish    hammadan  kam  e'tiborda  bo‘lgan 

deymiz.  Shuningdek,  o‘quvchilarga  bilim  va  malakalar  «berilmasligini»,  aniqrog`i 

«berib  bo‘lmasligini»  ular  bilan      «O‘quvchilarni  kurollantirish»    ham  mumkin 

emasligini  anglab  o‘tdik.  Bilim  va  malakalar  o‘quvchilar  tomonidan    

o‘zlashtiriladi,  bu  muayyan        pedagogik  sharoitlarda  ro‘y  beradi.  Bu  pedagogik 

sharoitning  optimal  sifatlarini  aniqlash  ustida  ko‘p  qirrali  izlanishlar  amalga 

oshirilmoqda.      Ularni    kashf    qilish,      mukammal  yoritish  va  har  bir  O‘qituvchi 

hamda  tarbiyalanuvchini  undan  voqif      etmoq      lozim.      Ilgari      o‘quvchi   

boshlang`ich    ta`lim-tarbiya  jarayonining  «ob'ekti  hisoblanib,    uni    istalgan 

tomonga  burish    mumkin,  ya'ni  bolani  boshlang`ich    ta`lim-tarbiya    vositasida 

istasak  adib,  sarkarda,  olim,    san'atkor  va  xajazo  kasb  soxibi  qilsa  bo‘ladi,  deb    

hisoblanar edi. 

Nazariya  (I.Ya.Linker,  V.S.Lednev,  B.S.Geritunskiy,  Yu.K.Babanskiy, 

E.g`oziev,    J.R.Yo‘ldoshev,  B.qodirov  va  boshqalarning  asarlarini)ning  taxlilidan 

hamda  amaliyot  saboklaridan  shu  narsa  aniqlandiki:  umumiy  o‘rta  boshlang`ich  

ta`lim  mazmuni,  davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti,  o‘quv  reja  singari 

belgilovchi  me'yorlarning  moxiyati,  mazmuniga  ijodiy  yondoshishni  taqozo 

etuvchi  motivlarni  atroflicha  yoritish  talab etiladi. 

Tayanch  o‘quv  reja asosida mintakaviy va xatto har bir alohida boshlang`ich  

ta`lim  muassasasi  o‘quv  rejasini  loyixalashning  nazariy-metodologik  va  tashkiliy-

pedagogik  qoidalarini  ishlab  chikish  bilan  borliq  tadkikotlar  qilinishi  lozim. 

Hozirgi  kun  va  yakin  kelajakda  «ma'lumoti,  «O‘qitish»,  "boshlang`ich    ta`limi, 

«tarbiya»,  «savodli»,  savodsiz»,  «o‘quv  dasturi,  «o‘quv materiali», «o‘quv fani», 


 

16 


«boshlang`ich    ta`lim  jarayoni»,  «o‘quv-tarbiya  jarayoni»,  «umumiy  boshlang`ich  

ta`lim»,  «O‘quvchining  ma'lumotliligi»  kabi  ko‘pgina  tushunchalar,  atamalar, 

kategoriyalarga  oid  ta'riflarni  oydinlashtirish  lozim,  quyida  o‘quvchilarning    

umumiy 


tayyorgarligi, 

tarbiyalanganligi 

va 

ularni 


tekshirish, 

aniqlash 

vositalarknint  ayrim  jixatlariga  to‘xtalamiz. 

O‘zbekistonnnng 

ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy-ma'naviy  o‘ziga  xosligi 

zaminida  xalq  boshlang`ich    ta`limini  takomillashtirishga  oid  izlanishlar  davom 

etmoqda. 

Uzluksiz  boshlang`ich    ta`lim  tizimi  barcha  bosqichlari  (oila  va 

maktabgacha,  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus  va  oliy  boshlang`ich    ta`lim)ning 

moxiyati,  maqsadi  hamda  vazifalari  ifodalangan  «Pedagogika  fani  kontseptsiyasi» 

tatbik qilinmokda, 

Mazkur  kontseptsiya  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablariga 

hamoxang  yaratilgandir.  Yuqorida  qayd  etilgan  tadbirlarni  amalga    oshirishda 

umumiy    o‘rta  boshlang`ich    ta`lim  maktabini  bitirib  chiquvchilarning  bilim 

me'yori  —  davlat  buyurtmasi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.    Umumiy  o‘rta 

boshlang`ich    ta`limning har bir bosqichi kay daraja, qanday saviyada boshlang`ich  

ta`lim      berishini      rasmiy      jujjat  —davlat      boshlang`ich    ta`lim  standarti 

me'yorlaydi.  Zero,  bu  xujjatsiz  to‘zilgan  o‘quv  dasturlari  ham,  darsliklar  ham 

jamiyatning  boshlang`ich    ta`limiy  xizmatga  bo‘lgan  talabini    qoldirish-

qoldirmasligi ma'lum  emas,  O‘zbekistan  Respublikasining «Boshlang`ich  ta`lim 



tug`risida»gi  qonunining  7-moddasida  Dalat  boshlang`ich    ta`lim  standartlari 

umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus,  kasb-xunar  va  oliy  boshlang`ich    ta`lim  mazmuniga 

hamda  sifatiga  quyiladigan  talablarni  belgilaydy»  deyilgan.  Modernizatsiyalash-

tirilgan  boshlang`ich    ta`lim   tizimi  uchun  davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti 

naqadar muhim  va dolzarb ekanligini  anglash qiyin  emas. 

Muammoning  murakkabligi  hamda  dolzarbligi  uning  yechimiga  favqulodda 

tadqiqotchi  guruhlar  jalb  etishni  taqozo  etadi.  Boshlang`ich    ta`lim  amaliyotida 

standart  masalasi  ilk  bor  ko‘tarilayotganidan  boshlang`ich    ta`lim  sifatiga  davlat 

boshlang`ich    ta`lim  standarti  joriy  qilishning  nazariy  jixatlari  harida  fikr  yuritishni 



 

17 


lozim  topdik. 

1990  yilda  nashr  qilingan  Entsiklopedi  lug`atda:  «Standart  —  inglizcha  so‘z 

bo‘lib,  keng  ma'noda  —  o‘xshash  ob'ektlarni  taqqoslash  uchun  asos  qilib 

olinadigan  namuna,  etalon,  model»,  deyilgan.  Shunga  muvofiq  boshlang`ich  

ta`lim  sifatiga  davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti  —O‘quvchining  bilim  ko‘lami 

(tushunchalar  tizimi),  boshlang`ich    ta`limiy  o‘quvchi  (ko‘nikma  va  malakasi), 

o‘rganganlarini  o‘zlashtirganlik  (tatbiq  eta  mahorati)  darajasi  va  nixoyat  ijodiy 

fikrlash  oid  makon  va  zamon  taqozo  qiluvchi  me'yorlardir.    Tajribadan  ma'lumki, 

jamiyatning  boshlang`ich    ta`limiy  xizmatga  bo‘lgan  talabi  asosida  umumiy  o‘rta 

boshlang`ich    ta`limning  bosh  maqsadi,  muddati,  davomiyligi,  bosqichlari 

belgilanadi.  Bunda  ijtimoiy  extiyoj  va  boshlang`ich    ta`limni  tashkillashtirish  bilan 

bog`liq  imkoniyatlarni  aniq  va  mukammal  tasavvur  qilish  talab  etiladi.  Shunga 

ko‘ra,  «o‘zbekistonning  ijtimoiy-tabiiy  muhitida  faoliyat  ko‘rsata  oladigan,  ayni 

vaqtda  bu  muhitni  va  unga  hamoxang  o‘zini-o‘zi  o‘zluksiz  takomillashtirishga 

layoqatli  shaxsni  kamol  toptirish»  boshlang`ich    ta`lim  maqsadining  kontseptual 

moxiyatini  ifodalaydi  hamda  boshlang`ich    ta`lim  sifatining  davlat  me'yori 

(standarti)ni  belgilashga  asos bo‘ladi. 

Boshlang`ich    ta`limning  bosh  maqsadini  «Iymonli  shaxsni  kamol  toptirish» 

tarzida  kisqa  va  lo‘nda  ifodalasa  ham  bo‘ladi.  Darhaqiqat,  iymonli  shaxsda 

insonparvarlik,  poklik,  halollik,  to‘g`riso‘zlik,  vijdonlilik,  mehnatsevarlik,  g`urur, 

Vatanni 

ardoqlash, 

yaratuvchanlik 

singari 


ko‘plab 

insoniy 


fazilatlar 

mujassamlashadi. 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  hamda  «2004-2009  yillarda  maktab 

boshlang`ich    ta`limini  rivojlantirish  Davlat  umummilliy  dasturida  belgilangan 

bosh  maqsad  alohida  uquv  fanlarining  kontseptsiyalari,  dasturlari  va  kurslari  osha 

har  bir  dars  mashg`ulotiga  qadar  oydinlashadi. Shu tarzda maqsad taqozo qiluvchi 

vazifa,  vosita va usullar  belgilanadi. 

Boshlang`ich    ta`limning  davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti  esa  o‘quvchi 

bilimi  sifatiga  bo‘lgan  talabning  eng  quyi  (minimum)  darajasini  ifodalaydi. 

Demak,  boshlang`ich    ta`lim  mazmunini  boshlang`ich    ta`lim  maqsadi  boshqarsa, 



 

18 


uning  kulamini  davlat  boshlang`ich  ta`lim  standarti belgilab  beradi. 

Davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti  talabidagi  boshlang`ich    ta`lim  sifati 

qo‘yidagi tarkibiy  qism (komponent) lar buyicha belgilanadi; 

—olam    haridagi  bilimlar; 

— tajriba, faoliyat  usullarini  ifodalovchi  malaka  va ko‘nikmalar; 

— ijodiy  faoliyat; 

— olam (tabiat  na jamiyat)ni  hissiy  idrok etishga oid  tajriba 

Tarkibiy  qismlarning  mazmuni  nnsoniyatning  ijtimoiy-ma'naviy  qadriyatlari, 

jumladan,  milliy  qadriyatlardan  tashkil  topadi.  Jismoniy-fiziologik  imkoniyatlar  va 

ruhiy  holatlar  bilan  bog`liq  faoliyat  usullarining  me'yorini  belgilashda  milliy 

xususiyat har tomonlana hisobga olish zarur. 

Ilm  olish  yoki  umumiy  savodxonlikka,  erishish  muammosini  hal  qilish  lozim 

bo‘lgan  vaqtlar  allaqachon  tarix  saxifalaridan  joy  oldi.  Endilikda  ilm  olish 

ma'lumotli  bo‘lish  bilan  cheklanmaydi.  Shaxs  va  jamiyatning  extiyojlarnga  javob 

beradigan darajada sifatli  va saviyali  bilimlar  muhim  bo‘lib kolmoqda. 

Bilimlarning  sifati  va  saviyasi  boshlang`ich    ta`limning  mazmuni  hamda  tashkil 

etilishi,  o‘quvchilarning  qobiliyatlari,  o‘ziga  xos  ruhiy  xususiyatlariga  bog`likdir. 

Pedagogika  fanlari  doktori  Rustam  Axlidinov  izlanishlariga  ko‘ra,  o‘quvchining 

bilim  sifatiga  aloqador  omillar  soni  200  tadan  ortadi.  Shu-  jixatdan,  maktab  oila 

o‘quvchi,  maktab  bilan  jamiyat  munosabatlaridagi  omillar  muhimdir.  Boshqacha 

aytganda,  gap  maktabning  har  bir  o‘quvchisi,  umuman,  jamiyat  oldidagi 

majburiyatlari  hakida  borayapti. 

Boshlang`ich    ta`lim  tizimidagi  islohotning  muhim  bir  ko‘rinishi  bu 

nazoratning  yangicha  shakli  —DTS  monitoringi  hisoblanadi.  Yangicha  boshqaruv 

tuzilmalarining  maqsadga  muvofiq  va  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi  ko‘p  jixatdan 

ular  ixtiyoridagi  nazorat  qilish  usul  hamda  vositalarining  mukammalligiga 

bog`likdir. 

Yangicha 

boshqaruv 

amaliyotida 

sinalmagan 

usullardan 

foydalanmaslik,  hamma  jixatlar,  xususan,  nazoratning  me'yoriy  xujjatlari  ilmiy  va 

eksperimental  asoslanishi  lozim.  Aks  holda  boshlang`ich    ta`lim  amaliyotidagi 

erkinlik  toptalishi.  anglashilmovchilik,  rasmiyatchilik  va  norozilik  kuchayishi 


 

19 


mumkin.  Xullas,  DTSga  bog`liq  faoliyat  sohalarida  ilmiy  yechimini  ko‘tayotgan 

muammolar  talaygina. 

Umumiy  o‘rta  boshlang`ich    ta`lim  mazmunining  ko‘lami  chuqurligini 

belgilash  anchagina  mavxum  va  nisbiydir.  Bu  sohadagi  qarashlar,  bahslarning 

xanuz  oxiri  ko‘rinmaydi.  Binobarin,  boshlang`ich    ta`limni  tashkil  etish,  uning 

mazmuni  va  samaradorligini  aniqlash  taxminiyligicha  kolmokda,  Ana  shunday 

muammolar  yechimi  taqozosi  sifatida  davlat  boshlang`ich    ta`lim  standarti  (DTS) 

yaratildi.   



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling