Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi adabiyot nazariyasi


Badiiy asar kompozitsiyasi va uning elementlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/135
Sana09.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803338
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135
Bog'liq
2022.Маъруза.Адабиёт назарияси
chiziqli algebraik tenglamalar tizimini yechish. iteratsion usullar. oddiy iteratsiya usuli, Mavzu Chiziqli tenglamalar sistemasi. Reja, Mavzu Chiziqli tenglamalar sistemasi. Reja, 1-mavzu Chiziqli algеbra Reja Ikkinchi, uchinchi tartibli dеt, podcast, Matematika Xoliyorova 1, ariza, Документ Microsoft Word, Apparat va dasturiy taminot 2020-2021, Apparat va dasturiy taminot 2020-2021, bayon ota ona mas'uliyati, pirazol, Aholini ijtimoiy muhofazalash tizimi organlari ishida jamoatchilik roli qanday, ABDULAXATOVA SABINA ABDUAVAZ QIZI QAYD VARAQA, Mavzu
5.Badiiy asar kompozitsiyasi va uning elementlari. 
 
Kompozitsiya – badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani 
shakllantirish va ifodalash, ko’zlangan g’oyaviy estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda 
joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o’zaro aloqa va munosabatlari ravshan 
anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya’ni kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, 
u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay 
tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir. Ayni shu amal tufayli 
asar unsurlari shunday uyushtiriladiki, natijada unda birorta ham ortiqcha unsur bo’lmaydi, har 
bir unsur butun tarkibida o’z funksiyasiga ega bo’ladi va muayyan g’oyaviy yuk tashiydi.
Kompozitsiya – tushunchasi badiiy asarning barcha sathlariga birdek taalluqli, uning 
qaysi sathi haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu aspekti diqqat markzida turadi: matn 
qurilishi (bob, sarlavha, asosiy va yondosh matn), badiiy nutq shakllari (hikoyalash, tavsif, 
dialog) rivoya subyektlari (muallif, personaj, o’zga shaxs), nuqtayi nazar (roviy yoki personaj 
nigohi orqali ko‘rish)larning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi (bosh, ikkinchi 
darajali va yordamchi personajlar tarzida darajalanishi, ularning shunga mos o’zaro 
munosabatdorlikda joylashtirilishi), sujet qurilishi (voqealarning zamon yoki sabab-natija 
munosabati asosidagi aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va zamoda 
kechayotgan voqealarning o’zaro bog’liqligi makoniy va zamoniy o’zgarishlarning asoslanishi 


38 
va b.) – bularning bari kompozitsiya bilan bog’liq tushunchalarning bir qisminigina tashkil 
qiladi. 
Kompozitsiya badiiy asarning chinakkam sistema, ya’ni qismlardan tarkib topgan, lekin 
barcha qimlari o’zaro mustahkam aloqadagi butunlikka aylanishini ta’minlaydi. Buning uchun 
esa qismlarning har biri o’z o’rni va o’z me’yorida, butun bilan mustahkam aloqada bo’ladigan 
va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirilishi muhim. Ya’ni ijodiy niyatdayoq o’quv 
jarayoni nazarda tutiladiki, ayni shu narsa ijod jarayoniga ham ta’sir qiladi, yaratilajak asar 
kompozitsiyaning qanday bo’lishini belgilaydi. O’quvchi kompozitsiya jihatidan yaxshi tashkil 
qilingan asardan to so’nggi nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, 
o’qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish 
hislaridan forig‘ bo’ladi. 
Demak, badiiy asar kompozitsiyasi nafaqat asarning barcha komponentlarini uyushtirib, 
uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’minlaydigan, balki uning o’qilishi, uqilishi va 
kitobxonga g’oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san’at hodisasiga 
aylantiradigan eng muhim unsurdir. 
Badiiy asardagi shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash 
uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. 
Kompozitsiya (lotincha – tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday 
uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o‘zi bo‘lmaydi, zero, har bir unsur 
asar butunligida o‘zining funksiyasiga ega bo‘ladi, muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. 
Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini sujet tashkil qilishini ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, 
badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret, 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling