Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi adabiyot nazariyasi


matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot (bibliografiya)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/135
Sana09.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
2022.Маъруза.Адабиёт назарияси
chiziqli algebraik tenglamalar tizimini yechish. iteratsion usullar. oddiy iteratsiya usuli, Mavzu Chiziqli tenglamalar sistemasi. Reja, Mavzu Chiziqli tenglamalar sistemasi. Reja, 1-mavzu Chiziqli algеbra Reja Ikkinchi, uchinchi tartibli dеt, podcast, Matematika Xoliyorova 1, ariza, Документ Microsoft Word, Apparat va dasturiy taminot 2020-2021, Apparat va dasturiy taminot 2020-2021, bayon ota ona mas'uliyati, pirazol, Aholini ijtimoiy muhofazalash tizimi organlari ishida jamoatchilik roli qanday, ABDULAXATOVA SABINA ABDUAVAZ QIZI QAYD VARAQA, Mavzu
matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot (bibliografiya) kabi qator yordamchi sohalar ham 
mavjud. 
Matnshunoslik bobidagi ilmiy izlanishlarning oxir natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi 
uchun manbaviy asos yaratib berish bo‘lganligidan unga adabiyotshunoslikning yordamchi 
sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. Shunga qaramay, matnshunoslikni filologik fanlarning 
alohida tarmog‘i, mustaqil bir sohasi sifatida tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki, birinchidan, 
matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada 
kechadi; ikkinchidan, matnshunoslikning o‘zi ilmiy izlanishlarida qator yordamchi sohalarni 
(paleografiya, uslubshunoslik, arxeografiya va h.) o‘ziga xizmat qildiradi. 
Adabiy matnlarni o‘rganish va nashrga tayyorlash matnshunoslikning vazifasidir. 
Matnshunoslikning vazifasini juda qisqa ifodalagan bo‘lsak-da, uning amalga oshirilishi juda 
katta mehnatni, chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Ma’lumki, xalqimiz boshidan necha-necha 
istilo-yu qatag‘onlar kechganiga qaramay, ajdodlarimizdan bizga boy adabiy meros qolgan: 
minglab jildlardan iborat qo‘lyozmalar xazinasiga egamiz. Biroq bu qo‘lyozmalarning aksariyati 
hali o‘rganilgan emas, ro‘yxatga olib qo‘yilgani bo‘yi o‘z tadqiqotchilarini kutadi. Shuning o‘zi 
ham matnshunoslikning og‘ir, ilmning "qora mehnati" ekanligini, uni rivojlantirish ham ilmiy, 
ham ma’naviy-ma’rifiy jihatlardan zarurligini ko‘rsatadi. Adabiy matnni o‘rganayotgan 
matnshunos oldida turli-tuman ilmiy muammolar ko‘ndalang bo‘ladi. Deylik, matnshunos 
muallifi noma’lum asar (matn)ga duch keldi. Bu holda u matn muallifini, yoshini (yozilgan, 
ko‘chirilgan vaqti) aniqlashi zarur bo‘ladi. Buning uchun esa u, tabiiyki, adabiyot tarixi, til tarixi, 
manbashunoslik, uslubshunoslik kabi sohalardan yaxshi xabardor bo‘lishi va ularga tayangan 
holda matnni tadqiq etishi lozim bo‘ladi. Yoki matnshunoslikning boshqa bir vazifasi – asarning 
ilmiy-tanqidiy nashrini tayyorlashni olaylik. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining turli 
davrlarda, turli kotiblar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalari mavjud. Matnshunos qarshisida 
ularni qiyosiy o‘rganish, birining kamchiliklarini boshqalari bilan to‘ldirish va shu asosda eng 
mukammal – ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash vazifasi turadi. 
Tayyor bo‘lgan ilmiy-tanqidiy matnni nashr ettirish uchun matnshunos uni izohlar, 
sharhlar, lug‘atlar bilan ta’minlashi kerak. Unutmangki, biz foydalanadigan "Mukammal 
asarlar" ortidagi har bir izoh, har bir sharh yoki lug‘at birligi juda katta mehnat orqasida dunyoga 
keladi. Zero, matnda uchragan so‘z ma’nosini topish, undagi biror shaxs, joy nomi va sh.k.larga 
izoh berish uchun matnshunos juda ko‘p izlanishi, ko‘plab manbalarni ko‘rib, o‘rganib chiqishi 
zarur bo‘ladi. 
San’atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi 
xususiyatidir. San’atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va 
o‘zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma’noda obraz adabiyot va 
san’atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va 
san’atga xos fikrlash tarzi "obrazli tafakkur" deb yuritiladi.
Ma’naviy- madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini 
tanqidiy o’rganish, o’zlashtirish, estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. 
Ma’lumki, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy tizimlarning o’zgarishi, avvalo, dunyoqarashning o’rin 
almashuvidir. Bu, shubhasiz, yangi tushunchalar, talqinlar, tasavvurlar silsilasini yuzaga 
keltiradi. Bu – dunyo shevalarini, inson va jamiyat munosabatlarini, ijtimoiy voqelikni yangicha 
idrok qilayotgan e’tiqodning shakllanishi, o’zligini namoyon etishi demakdir. Mustaqillik 
asnosida umumbashariy qadriyatlarga tayangan, go’zallik-ezgulik-adolat prinsiplariga 
asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi; yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan o’z 
imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda. Bu borada, prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va 



ma’naviyat”, “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, 
kelajakka e’tibor” asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy, adabiy-estetik nazariy g’oyalar 
adabiyotshunosligimiz uchun ham metodologik asos vazifasini o’tamoqda.
“Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng 
ko’lamli ishlarnuing amaliy natijasi o’laroq, adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi 
mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo’ganini qayd etish lozim, - deya ta’kidlaydi Davlatimiz 
rahbari “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida. – Har qanday ijod namunasi, badiiy asar 
sinfiy bo’lishi va qandaydir g’oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, 
degan qarashlar bugun o’tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy 
ma’naviyatlarimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to’laqonli va 
haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi” 
1
. Mazkur ijtimoiy-adabiy muhitning 
qutlug’ samaralari sifatida adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni g’oyaviy tematik tahlil qilishga 
butkul chek qo’yildi. Adabiy asar mazmunini badiiy qadriyat, ijodkor izlanishlarini ma’naviy-
intellektual qadriyat, adabiy jarayonni esa, hamisha harakatdagi go’zallik hodisasi, badiiyat 
tariqasida o’rganish tamoyili qaror topdi. Shu ma’noda, xoh adabiyot tarixi, xoh madaniy-diniy 
meros, xoh bugungi kun adabiy hayoti hodisalari o’rganilgan, nazariy umumlashtirilgan 
tadqiqotlarda, ilmiy asarlarda yaxlit bir konsepsiya yetakchilik qilmoqda. Xususan, badiiy 
barkamol asar fenomeni nafaqat ijodkor shaxsiyati va dunyoqarashining, shuningdek, o’zi 
yaratilgan ijtimoiy-ma’naviy sharoit bilan jamiyatning ham ma’lum darajadagi ko’zgusidir, 
degan falsafiy-estetik nuqtayi nazardir.
Xususan, akademik Azizxon Qayumovning 12 kitobdan iborat saylanma asarlari 
nihoyasiga yetdi. Ustoz adabiyotshunosning bir umrlik ijodiy izlanishlarini o’zida 
mujassamlashtirgan mazkur jildlarda eramizning ilk tonggi IV-VII asrlarga mansub tosh 
bitiklarning badiiy xususiyatlari tadqiq etilagan “Qadimiyat obidalari”dan XIX asr o’rtalari – XX 
asr boshlarigacha bo’lgan adabiy jarayon (“XVI asr o’zbek adabiyoti”, “Qo’qon adabiy muhiti”, 
“Hind adabiy sarmanzillari”); ulkan so’z san’atkorlarining adabiy merosi, badiiy-estetik, 
ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy-axloqiy qarashlari o’rganilgan (“Xorazmlik ulug’alloma”, “Ahmad 
Farg’niy”, “Abu RyhonBeruniy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Amir Temur qissalari”, “Shohruhbek 
Mirzo”, “Ulug’bek Mirzo”, “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti”, “Cimyonli shoir 
Huvaydo”, “Komil Xorazmiy”, “Shoir Furqat”) kabi asarlari mumtoz adabiyotiz sarvati va 
salobatini namoyon etish barobarida, olimning zukko tahlil madaniyatini, ilmiy-nazariy tafakkur 
darajasini ham tasdiqlaydi.
Ushbu silsilada Alisher Navoiy hayoti va ijod yo’liga, badiiy mahoratiga, asarlarining 
ijtimoiy-estetik ahamiyatiga doir, tarixiy-tipologik tahlil asosiga qurilgan tadqiqotlar salmoqli 
o’rin tutadi. Akademik Izzat Sultonning qayta nashr etilgan “Navoiyning qalb daftari” asarida 
ham yangicha nuqtayi nazar balqib turadi. Xususan, ijodkor shaxsiyatiga, asarlariga tarixiy-
madaniy, intellektual hodisa tariqasida yondashiladi, o’rganiladi, nazariy umumlashtiriladi.
Shuningdek, adabiyot ilmining turli fan sohalari (falsafa, folklor, tarix, falakiyot, tasviriy 
va amaliy san’at, din, kino, teatr, musiqa) bilan aloqalari, bir-biriga ta’sir ko’rsatish, ta’sirlanish 
jarayonlari chuqurlashdi. Shu ma’noda, estetikaning go’zallik va xunuklik, fojelik va komiklik, 
ko’tarinkilik va tubanlik singari kategoriyalarining ma’no ufqlari kengayib ketdi. Endilikda, 
badiiylik, badiiy shartlilik, badiiy obraz, timsol, ramziylik, muallif shaxsiyati estetikaning 
universal kategoriyalari sifatida o’rganila boshlandi. Bir so’z bilan aytganda, badiiy ijod 
estetikasi va uning voqelikka, inson ong-shuuriga munosabati, ushbu jarayonning ijtimoiy-
falsafiy mazmunini yoritish ustuvorlik kasb etdi. Professor Naim Karimovning “Cho’pon”, 
“Maqsud Shayxzoda” ma’rifiy-biografik romanlari bilan “XX asr adabiyoti manzaralari” 
fundamental tadqiqoti 1-kitobini, professor Umarali Normatovning “Qodiriy mo’jazasi” 
monografiyasi bilan adabiy tanqidiy maqolalar, esse, xotira, qayd va suhbatlardan tarkib topgan 
“Nafosat gurunglari” majmuasini, professor Anqaboy Quljonovning III jildlik saylanma 
asarlarini, professor Abdug’affor Rasulovning “Tanqid, talqin, baholash”, “Badiiylik- bezavol 
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. – T., 2008. 133-bet.


10 
yangilik” adabiy-ilmiy maqolalar, talqinlar, etyudlar, “Betakror o’zlik” adabiy-tanqidiy 
maqolalar majmualarini ta’kidlash joiz. Ularda adabiy xarakterning mulki borliq bilan murakkab 
munosabatlarga kirishuvi, san’at asarining betakror o’ziga xos dunyo ekanligi, undagi so’z, 
timsollar aro aloqalar, adabiy avlodlar, badiiy asar va ijodkor fenomeni, so’z san’ati jarayonlari 
hamda muammolari xususida bahs yuritildi.
Professor Naim Karimovning “Maqsud Shayxzoda” ma’rifiy-biografik romanida shoir, 
dramaturg, adabiyotshunos olim, tarjimon va pedagog Maqsud Shayxzodaning hayoti, taqdiri 
haqida zamondoshlarining xotiralari, maxfiy ma’lumotlar asosida, Ozarbayjon, Dog’iston, 
O’zbekistonda kechgan hayoti sahifalari katta mehr-muhabbat, samimiyat, yuksak ehtiros bilan 
aks ettiriladi. Siyosiy-mafkuraviy tazyiqlar iskanjasini yorib chiqqan, el-yurt-millat yuragiga yo’l 
topgan beqiyos aql-tafakkur ziyolaridan boxabar qiladi. Naim karimov so’z san’ati, ilmiy-badiiy 
tafakkur madaniyatining bosh vazifasi, bu – insonni ma’nan va axloqan, intellektual jihatdan 
tarbiyalash, shaxshiyatini ma’rifat shu’lalari bilan ziynatlashdan iborat, deb biladi. Ushbu 
konsepsiya Naim Karimov estetik qarashlaridagi ma’rifiy g’oyalar mag’zini tashkil qiladi. 
Xususan, Maqsud Shayxzoda tirikligi, hayoti, faoliyati badalida ezgu so’z vositasida odamlarni 
ruhoniy go’zallikka, haqiqatparvarlikka, insonsevarlikka undab yashadi.
Professor Abdug’affor Rasulovning “Betakror o’zlik” asari adabiy-tanqidiy maqolaridan 
tarkib topgan. U Abdulla Qahhor (“Abdulla Qahhor universiteti”, “saralar sandig’idagi roman”, 
“Sarob”da yozuvchi mahorati”, “Badiiy tasvir vositalari”, “Sarob”da psixologik tasvir”), Rahmat 
Fayziy (“Hazrati inson yodi”), Pirimqul Qodirov (“Zamon san’atkor talqinida”), O’lmas 
Umarbekov (“Asarlari yashayaptiki…”), X.To’xtaboyev (“G’aroyib saltanat”, “Betakror 
uslubning kashf etilishi”, “Hoshimjon. Sehrli qalpoqcha. Sariq dev”, “Akrom bilag’on 
Hoshimning do’sti, Garri Poterning og’asi”, “Sho’rpeshona Orifjon”, “Mangu muammo”), 
Tursunboy Adashboyev (“Ijodiy o’zlik sari yo’l”) badiiyati chizilgan, Homil Yoqubov (“Tanqid 
maydonida turish mashaqqati”), Ozod Sharafiddinov (“Ozod Sharafiddinovni anglash”), Ibrohim 
G’afurov (“Munavvar siymo”) singari adabiyotimiz ilmining yorqin siymolari ijodiy qiyofasi 
yoritilgan kuzatishlari bo’ladimi, barchasida badiiy asarning tahlili adabiy-estetik qarashlari 
bilan uyg’un olib boriladi. So’zning adabiy matnda, badiiy asar bag’rida nechog’liq katta 
salohiyat, ijtimoiy estetik ahamiyat kasb etishi hassolik bilan tahlil qilingan. 
Keyingi yillar adabiyotshunosligimizda namoyon bo’lgan yetakchi tamoyillardan yana 
biri – bu o’zbek adabiyotining yetuk badiiyat namunalarini jahon kontekstida tahlil qilishda 
ko'zga tashlanmoqda. Jahon badiiyati tarixini yaratib kelayotgan asarlar bilan muqoyasada izchil, 
qat’iy yo’nalish kasb etadi. Qiyosiy adabiyotshunoslik, adabiy ta’sir va xalqaro adabiy aloqalar 
yo’nalishida tipologik, tarixiy analitik tahlil metodlari asosida katta samaralarga erishilmoqda. 
Bu jihatdan taniqli adabiyotshunos Pariza Mirzaahmedovaning rus tilidagi “Klassika va 
zamonaviylik adabiy aloqalar yo’nalishida” monografiyasida hamda “Chingiz Aytmatov va 
zamonamizning madaniyatshunoslik masalari” asari,
Pariza Mirzaahmedovaning mas’ul muharriligida chop etilgan “Adabiy aloqalar milliy 
adabiyotlar taraqqiyotining manbai tariqasida” jamoaviy tadqiqoti, adabiyotshunos Ulug’bek 
Saidovning “Sharq va G’arb: madaniyatlar tutashgan manzillar”, “Globallashuv va 
madaniyatlararo muloqot” monografiyalari, Murod Ibrohimovning “Adabiyot – mening 
borlig’im” tadqiqot va maqolar kitobi ushbu yo’nalish takomilida salmoqli o’rin tutadi. 
Adabiyotshunos olima Muhabbat Sharafiddinovaning “XX asr o’zbek nasri jahon adabiyoti 
kontekstida” monografiyasi boshqa asarlar ahamiyatga molik. Shuningdek, istiqlol davri 
adabiyotshunosligida A. Ulug’ov, N.Jabborov, Ulug’bek Hamdam, N. Rahimjonov, D.Quronov, 
H.Umurov kabi yirik adabiyotshunoslarning qator tadqiqot, maqola va monografiyalarining ham 
alohida o’rni bor.
O‘z vaqtida Abdurauf Fitrat: "San’at lug‘atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi 
ishlab chiqarishdan iboratdir"- deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat "san’at" so‘zining ma’nosini, 
san’atning mohiyatini jo‘nlashtirayotgandek ko‘rinishi mumkin. Biroq e’tibor qilinsa, olim 
"yaxshi" so‘ziga ayricha urg‘u berayotgani, unga juda katta ma’no yuklayotgani anglashiladi. 
Xo‘sh, ko‘chirmadagi "yaxshi" so‘ziga qanday ma’nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda 


11 
ishlatiluvchi "san’at" so‘zining ma’no qirralari ancha keng. Masalan, "rassomlik san’ati", 
"kulollik san’atini egallamoq", "yuksak san’at bilan ishlangan" kabi birikmalarning har birida 
"san’at" so‘zi turli ma’no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda "san’at" so‘zi 
ifodalayotgan ma’no qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqtalar mavjudki, bu mazkur so‘zning 
har uchala holda ham "go‘zallik", "mahorat", "did" tushunchalari bilan bog‘liqligidir.
«San’at» so‘zi jonli tilimizda nechog‘li keng ma’noda qo‘llanmasin, tabiiyki, bizni uning 
lug‘aviy ma’nosi emas, istilohiy ma’nosi qiziqtiradi. Istilohiy ma’noda san’at deganda insonning 
go‘zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o‘zlashtirish (va o‘zgartirish)ga qaratilgan 
yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o‘laroq vujudga kelgan narsalar jami tushuniladi. 
Demak, bu ma’noda tushunilsa, go‘zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan 
narsalarning hammasi san’atga aloqadordir. Shu bois ham biz "amaliy san’at" va "badiiy(nafis) 
san’at" turlarini ajratamiz. Amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, 
zardo‘zlik, modelerlik kabi qator sohalarni kiritsak, badiiy san’atlarga rassomlik, musiqa, 
haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki biz keng ma’nodagi "san’at" 
ichida amaliy va badiiy san’at turlarini ajratar ekanmiz, ularning umumlashtiruvchi va farqli 
jihatlari bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda umumlashtiruvchi jihat Shuki, har ikkisi ham go‘zallik 
qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi 
shuki, amaliy san’at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy 
san’at namunalari insonning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Demak, 
amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik turmushda foydalanishini ko‘zda tutadi, ayni paytda 
unga zavq beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go‘zal bo‘lmasin, biz unda 
choy (umuman, ichimlik) ichamiz. Mohiyat e’tibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo‘n piyola 
ham amaliy foydaliligi jihatidan teng. Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga 
vosita bo‘lishidan tashqari unga zavq ham beradi, kayfiyatini ko‘taradi. Shunday bo‘lsa-da, zavq 
bag‘ishlashlik piyolaning ikkilamchi funksiyasi. Demak, amaliy san’at mahsulotining qimmati 
birinchi navbatda foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon 
haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan yunon undan amalda 
foydalanishni ko‘zda tutgan emas. Aytaylik, u o‘zi topingan ma’budlardan birining haykalini 
yaratdi. Haykaltarosh o‘sha ma’budni avvalo o‘zining tasavvurida yaratdi, ijodiy fantaziya 
quvvati bilan tasavvur qila olgani obrazda – qotirib qo‘yilgan lahzada ma’budining go‘zalligi, 
qudrati, mehri-yu qahrini ko‘ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va ayni shu 
holatni toshga yo‘nib muhrladi. Haykalni ko‘rar ekan tomoshabin o‘sha zavqni, hayratni o‘ziga 
yuqtiradi, haykaldan boshqa maqsadda foydalanishni o‘ylamaydi ham. Ko‘ramizki, haykal 
boshqa bir odamning zavqi-yu hayratini boshqa odamga ko‘chirdi, uning ruhiyatiga oziq berdi. 
Yuqoridagidan ko‘rinadiki, piyola ham, haykal ham go‘zallik qonunlari asosida did va mahorat 
bilan yaratilgan. Ya’ni, amaliy san’at ham, nafis san’at ham estetik faoliyat mahsuli. Insonning 
go‘zallik qonunlari asosida borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyati estetik 
faoliyat deb yuritiladi. 
Estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o‘zini namoyon qiladi: kundalik 
turmushda, mehnatda, istirohatda v.h. Aytaylik, hovlisiga gul-u rayhon o‘tqazayotgan ayol, 
o‘ziga oro berayotgan qiz, daraxtlarga shakl berayotgan bog‘bon, tabiat manzarasidan 
zavqlanayotgan sayyoh, o‘sha manzarani chizayotgan rassom ... Bularning barida estetik 
faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Aytaylik, agar 
piyola go‘zallik qonunlari asosida kechgan mehnat faoliyati mahsuli bo‘lsa, haykal go‘zallik 
qonunlari asosida kechgan ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli. Anglashiladiki, estetik faoliyat 
tushunchasi badiiy ijod, badiiylik tushunchalaridan keng ekan, zero, badiiy ijod estetik 
faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida mavjuddir. Biz mutaxassis sifatida ko‘proq tor ma’nodagi 
"san’at" tushunchasi bilan ish ko‘ramiz. 
Tor ma’noda qo‘llanilgan "san’at" so‘zi badiiy san’atlarni ko‘zda tutadi. Badiiy san’atlar 
deganda biz musiqa, raqs, rassomlik, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr, kino kabi san’at 
turlarini tushunamiz. Modomiki san’atni turlarga ajratar ekanmiz, bu turlarni umumlashtiruvchi 
va farqlovchi jihatlar bo‘lishi lozim. Sanalgan san’at turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, 


12 
Ya’ni, ularning bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Farqlovchi jihatlarga kelsak, bu narsa, 
birinchi navbatda, obrazni yaratish materialida ko‘rinadi: musiqa ohanglar, rassomlik ranglar, 
raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik qotgan plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot 
esa so‘z vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so‘z san’ati deb yuritiladi. So‘z universal 
bilish vositasi bo‘lganidek, universal ifoda vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va hisning 
ifodasi so‘z vositasida amalga oshadi, amalga osha oladi. So‘z bilan ish ko‘rgani uchun ham 
badiiy adabiyot boshqa san’at turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengligi bilan 
alohida o‘rin va mavqe kasb etadi. Biz ko‘pincha "rangtasvir tili", "kino tili" kabi tushunchalarga 
duch kelamiz. Negaki, boshqa san’at turlarining tili badiiy adabiyot tiliga o‘girilishi mumkin, 
boz ustiga, biz boshqa san’at turlariga mansub asarlarni-da so‘z vositasida aqliy va hissiy 
mushohada qilamiz, "singiramiz". San’at turlarining ichida ifodaviy va tasviriy san’at turlarini 
farqlanadi. Bir xil san’at turlari tasvirlasa, boshqalari ifodalaydi. Aytaylik, musiqa – ifoda 
san’ati, kompozitor ohanglar orqali kechinmalarini ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda 
muayyan bir kayfiyat hosil qiladi. Musiqani tinglarkan, o‘sha kayfiyat asosida har bir tinglovchi 
o‘ziga xos bir manzarani, holatni ko‘z oldiga keltiradi. Ya’ni, kompozitor muayyan obraz 
ta’sirida tug‘ilgan kechinmalarni ifodaladi – obrazning o‘zini tasvirlamadi, tinglovchi esa 
kechinmalar asosida o‘sha obrazni o‘zi tasavvur etadi. Rassomlik bilan haykaltaroshlik tasviriy 
san’at turlari sanaladiki, bunda o‘zgacharoq holga duch kelamiz. Bu jarayonni tubandagicha 
tasavvur qilishimiz mumkin: biror manzara, holat musavvir qalbini jumbushga keltirdi, ko‘nglida 
muayyan kechinmalar buhronini qo‘zg‘adi – musavvir o‘zini hayratga solgan, zavqlantirgan, 
ko‘nglida kechinmalar qo‘zg‘agan o‘sha manzarani rangtasvirda muhrlaydi – rangtasvir bizda-da 
o‘sha yoki o‘shanga yaqin his-tuyg‘ularni uyg‘otadi, kayfiyatni hosil qiladi. Badiiy adabiyotga 
shu jihatdan nazar solsak, uning qorishiq hodisa sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rinadi: deylik, epik 
asarlarni olsak, ularda tasviriylik xususiyati ustunligini, lirik asarlarda esa ifodaviylik yetakchilik 
qilishini kuzatamiz. 
Ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi keng qamrovli tushuncha, u arab, fors va turk tilidagi 
manbalar bilan cheklanmay hind, xitoy, yapon, koreys kabi o’nlab xalqlar adabiy-nazariy 
tafakkuri tajribalarini ham o’z ichiga oladi. Qo’lingizdagi kitobda esa islom tasavvufi, aniqrogi, 
islom tafakkuri ta’sirida shakllanib rivoj topgan arab, fors va turkiy adabiyotlarga oid nazariy 
tafakkur durdonalari jamlangan, arab va fors tilllaridagi manbalarning o’zbekcha tarjimalari 
berilgan. Ikkinchi kitobda esa hind, xitoy, yapon va koreys tilidagi manbalarning e’lon etilishi 
rejalashtirilgan. Keyingi ming yillik davomida o’zbek mumtoz adabiyoti rivoji birinchi galda 
ayni shu arab, fors va turk tilidagi adabiy-badiiy, falsafiy tafakkur bilan uzviy aloqada, 
hamkorlikda kechganligi kunday ravshan. Demak, mazkur o’quv qo’llanmasining ayni shu 
tarzda tashkil topishi teran mantiqiy-ilmiy asosga ega. 
Forobiydan tortib to Fitratga qadar ming yillikda yaratilgan g’oyat boy ilmiy-adabiy 
manbalarni berishda maqbul yo’l tanlangan – ham mumtoz poetika tabiatini, ham zamonaviy 
poetika nazariyasi tajribalarini nazarda tutgan holda ular “Badiiy so’z tabiati, shoirlik ta’rifi”, 
“Surat (shakl) va ma’no birligi”, “She’r tuzilishi va aruz ilmi”, “Badiiy san’atlar”, “Qofiya ilmi”, 
“Til odobi, badiiy nutq va uslub” kabi tizimlarga solingan. 
Mazkur manba va talqinlar kitobi kamtarona tarzda “o’quv qo’llanmasi”, “majmua” deb 
atalsa-da, ayni paytda jiddiy ilmiy tadqiqotlar materiali hamdir. Undagi muqaddima, boblar 
oldida berilgan mualliflar haqidagi muxtasar ma’lumot, mavzuga oid keng talqin va tahlil, kitob 
oxiridagi batafsil izohlar, shuningdek, ismlar, asarlar ko’rsatkichi yuksak ilmiy saviyada ado 
etilgan. 
Adabiyotning o’zini anglash ehtiyoji uning o’ziga egiz tug’ilgan, desak, aslo 
mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi 
o’y- mulohazalar bizgacha yetib kelgan eng ko`hna yozma manbalarda ham uchraydi. Shuni 
ham qayd etish lozimki, ko`hna yozma manbalar orasida ilmiy muomalada kengroq 
ommalashgani va chuqurroq o’rganilgani qadimgi yunon-rim yozma yodgorliklaridir. Shu bois 
ham qadimiyat haqida so’z ketganda ko’proq shu manbalarga tayaniladi. Holbuki, qadim 
Shumer yoki Misr, Xitoy yoki Hind madaniyati ahamiyati jihatidan aslo kam emas, biroq 


13 
yuqoridagi sabablarga ko’ra ularni istifoda etish hozircha qiyinroq. Masalaning yana bir jihatini 
ham e’tiborda tutmoq zarur: aslida, agar folklorning yozma adabiyotdan qadimiyligini e’tiborga 
olsak, adabiyot haqidagi qarashlarning ildizlari xalq og’zaki ijodidan suv ichishi tayin. Biroq bu 
haqiqatni e’tirof etgan holda, xalq ogzaki ijodi namunalarining yozuvda muhrlanishi keyingi 
davrlarda amalga oshgani, bunga qadar ularning qadimiy matni saqlanmaganini hisobga olib, 
yana yozma manbalarga qaytishga majbur bo’lamiz. 
Antik yunon madaniyatining arxaik davrlariga mansub Gomer, Gesiod, Pindar singari 
ijodkorlarning asarlaridayoq adabiyot haqidagi qarashlarga duch kelinadi. Aniqrogi, bu asarlar 
mualliflarning adabiyotni qanday tushunganlari haqida tasavvur bera oladi. Tabiiyki, bu 
qarashlar mualliflarining dunyoqarashlariga mos edi. Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga 
ko’ra, olamning tuzilishi anchayin sodda: Olimpda – xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu 
ikkisining birligidan tashkil topadi. Ularning e’tiqodicha, Olimp xudolari yerdagi hayotni yo’lga 
solib turishadi, yana ham aniqrogi, ular Olimpdagi tartibotlarni yerdagi tartibotlarga monand 
tasavvur etishgan. Masalan, ularning e’tiqodiga ko’ra, yerdagi har bir kasbning o’z ilohi bor. 
Jumladan, san’at ilohi  Apollon, Olimpda undan boshqa yana ko’plab ilohalar – Muzalar borki, 
ular odamni ijodga ilhomlantiradi. Shu bois ham, masalan, Gomerning “Iliada”sida o’sha 
muzalarga qayta-qayta murojaat qilinadi. Bir o’rinda Gomer “Olimp xudolari har yerda hozir va 
ko’k gumbazi ostidagi har nedan voqif” ekanini e’tirof yetarkan, “biz (Ya’ni, odamlar – mual.) 
hech narsani bilmaymiz” deydi. Gomer Muzalardan o’tinib “danayaliklarning sardorlari kimlar” 
bo’lgani, “Troya ostonasiga kelgan jangchilarning barini eslatib” qo’yishlarini so’raydi. Ko’rib 
turganimizdek, Gomer san’atda hamma narsani ilohlar hal qiladi, ilohlar suyib saylagan 
kishilargina san’atkor bo’la oladi, san’atkor ilohlar “diliga solgan” narsalarnigina kuylay oladi, 
deb hisoblaydi. 
Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta’siri masalalariga ham juda qadim 
zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning (mil.av.UG1-UG asrlar) “Teogoniya” 
asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, “Muzalar suygan kishi tolelidir”, shunday kishining 
“lablaridan uchgan sas bag’oyat totlidir”. Agar kishi dilini “nogahoniy qayg’u qoplasa, ko’nglini 
g’am-anduh kemirayotgan bo’lsa, Muzalar xizmatchisining qo’shig’ini tinglash kifoya: butun 
qayg’u hasratlarini unutadi”. 
Agar arxaik davrda adabiyotni, badiiy ijodni ilohiy deb tushunish ustuvorlik qilgan 
bo’lsa, yunon madaniyatining klassik davriga (mil.av. U-GU asrlar) kelib yozuvchi mehnatiga 
bir kasb sifatida qarash ustuvorlik qila boshladi. Yunonlarda mohir ustaning biron kasb 
sohasidagi faoliyati “texne” deb yuritilgan bo’lib, bu so’z “mahorat”, “hunar”, “san’at” kabi 
ma’nolarni anglatadi. Bu davrga kelib so’z san’ati ham “texne” sirasiga kiritildi. Bu xil 
qarashning paydo bo’lishi ritorikaning maxsus fan sifatida tezkor rivojlanishi bilan bog’liq edi. 
O’z navbatida, ritorikaning taraqqiy etishi antik Gretsiyada notiqlik san’atining ulkan ahamiyat 
kasb eta boshlagani bilan izohlanadi.
Darhaqiqat, bu davrga kelib antik Gretsiyada davlat – boshqaruv ishlarida notiqlik san’ati 
o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lib ulgurgan edi. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarning 
shu yo’sin hal qilinishi, jamiyat hayotiga bevosita aloqador biron bir tadbirning joriy etilishi yoki 
rad qilinishi, sudlov ishlarining qanday ajrimga kelishi – bularning bari muhokama jarayonida 
masala mohiyatining qanday yetkazib berilishiga ko’p jihatdan bog’liq edi. Muhimi, bu fan 
adabiyotning asosi – nutqni o’rganishga qaratilgan, bas, notiqlik san’ati bo’yicha bildirilgan 
fikrlar adabiyotga bevosita aloqador edi. O’z faoliyatlarida ritorika masalalariga katta e’tibor 
qaratgan yunon sofistlarining bu boradagi xizmatlari salmoqli. Jumladan, ulardan biri – ritorika 
fani asoschilaridan sanaluvchi Protagor (mil.av.480-410 yy.) nutqning tinglovchiga huzur 
bag’ishlashi yoki tasavvurida o’tmishni jonlantirishining o’zi kam, u tinglovchi tasavvurlarini 
notiq istaganidek o’zgartirishi, shakllantirishi lozimligini ta’kidlaydi. E’tibor berilsa, bu o’rinda 
adabiyotga 
xos 
g’oyaviy 
yo’naltirilganlik, 
kommunikatsiyaga 
(jumladan, 
badiiy 
kommunikatsiyaga) xos apellyativ maqsadda so’z borayotganini anglash qiyin emas. Yoki 
boshqa bir sofist – Gorgiy (mil.av.483-375 yy.) poeziyada “so’z qalbni o’zgalar kulfati-yu 
shodligini o’zinikidek his etishga majbur qilishi”ga diqqat qiladi. Ko’rib turganimizdek, Gorgiy 


14 
badiiy tilning emotsionalligi, badiiy retsepsiya jarayonidagi hamdardlik (“soperejivanie”), 
qahramonlar ruhiga kirish (“vjivanie”) singari adabiyotshunoslik, umuman, estetikaning muhim 
masalalariga e’tibor qilgan. Qadimgi Gretsiyadagi ilk notiqlik maktabiga asos solgan Sokrat 
(mil.av.436-338 yy.) o’z faoliyatida ko’proq yozma nutq xususiyatlarini o’rgandi. Shundan 
bo’lsa kerak, u til normalarini ishlab chiqish, lug’at tarkibini tasniflash kabi masalalarga ayricha 
e’tibor beradi. Sokrat taklif etgan tasnifga ko’ra, so’zlar uch guruhga bo’linadi: “yangi”, 
“xorijiy” va “ko’chma ma’noli”. Sokrat va uning shogirdlari nutq oldiga bir qancha talablarni 
qo’yadilar. Masalan: nutq ravon bo’lishi lozim, buning uchun esa unlilarning yondosh kelishiga 
yo’l qo’ymaslik kerak, fikrning yarmisinigina ifodalash kerak, biroq shundayki, bo’lgan yarimi 
tinglovchiga shundoq ham tushunarli bo’lsin; proza butkul proza bo’lmasin, bu holda u quruq 
bo’lib qoladi, biroq uning to’la vaznli bo’lishi ham nomaqbul – ko’zga yaqqol tashlanib qoladi 
va b. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling