Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi «adabiyotshunoslik asoslari»


Download 127.76 Kb.
bet1/8
Sana10.05.2022
Hajmi127.76 Kb.
#665923
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мустақил таълим Адабиётшунослик
termodinamika, Bir tomonda sevgim birida g, Boshqaruv tizimida ijtimoiy ish, Shina Ximoyasi 1395313651, boshlangich sinflarda geometrik materiallarni orgatish metodikasi 3-4-sinf matematika darslari misolida, janubiy tandircha konida quduqlarning mahsuldorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish, janubiy tandircha konida quduqlarning mahsuldorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish, guzal, guzal, Akad jazıw óz betinshe. DI qq.(1), Akad jazıw óz betinshe. DI qq.(1), Laboratoriya mashg, 109-19 gurux talabasi Bahritdinov Ötkirbekning falsafa fanidan oraliq nazorat javoblari, O'XMI, 1-top


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI



«ADABIYOTSHUNOSLIK ASOSLARI»
FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
BO’YICHA METODIK KO’RSATMALAR

Bilim sohasi: 200 000 - San’at va gumanitar fanlar

Ta’lim sohasi: 230 000 - Tillar

Ta’lim yo‘nalishi: 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)




QARSHI – 2021-2022

Mazkur metodik ko’rsatmalar О’zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalariga mo’ljallangan bo’lib, unda «Adabiyotshunoslik asoslari» fanidan mustaqil ta’lim mavzulari, topshiriqlari, maqsad va vazifalari, uni tashkil etish va baholash usullari yoritilgan.



Tuzuvchi: dots. G.Imomova
dots. Sh.Karomova

Metodik ko’rsatmalar “Adabiyotshunoslik” kafedrasining 2021- yil - -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.


Metodik ko’rsatmalar Qarshi davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2021 - yil - -sonli majlis bayonnomasi.




Kafedra mudiri: f.f.d. N.Shodmonov


ADABIYOTSHUNOSLIK ASOSLARI FANI BO’YICHA MUSTAQIL ISH BAJARISH BO’YICHA METODIK KO’RSATMALAR
Adabiyotshunoslik asoslari fani o’quv rejasida belgilanganidek, o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida 1 - kursda o’qitiladi. Fan uchun 20 soat ma’ruza, 20 soat amaliy mashg’ulot, 20 seminar mashg‘uloti , 150 soat talabaning mustaqil ishi uchun ajratilgan.
Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasida Adabiyotshunoslik asoslari fanini o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Adabiyotshunoslik asoslari bo‘yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlari va bo‘lg’usi talabalarning pedagogik va metodik tayyorgarligini amalga oshirishda tutgan o‘rnini hisobga olgan holda mustaqil ishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida fanni o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan ilg’or tajribalar, va metodik q o‘llanmalarni o‘rganish va tahlil etish;
Universitet portali va xorijiy metodik adabiyotlar materiallari asosida muayyan nazariy masalalarni mustaqil o‘rganish va ma'ruza tayyorlash;
Fandan yaratilgan elektron darsliklarni o‘rganish va fan darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uzviy foydalanish bo‘yicha dars ishlanmalarini loyihalash;
Adabiyotshunoslikka kirish fanining asosi , sharq va g‘arb adabiyotshunosligi, Arastu – adabiyotshunos, san’at turlari, badiiy asar va ilmiy asar,ijtimoiy hayot va badiiy asar, badiiy asar tarkibiy qismlari,badiiy asarda shakl va mazmun,bbadiiy asar kompozitsiyasi va arxitektonikasi, syujet va fabula, portret,peyzaj , detal haqida nazariy bilimga ega bo‘lishlari;
Adabiy turlar va janrlarning so‘z san’atidagi o‘rni, epik,lirik ,dramatik turlarga xos xususiyatlar, so‘z – adabiyotning asosiy quroli ekanligi, badiiylik va obrazlilik, obraz, ramz, majozning alohidaligi, mavzu,g‘oya birligi badiiy asarni yuzaga keltiruvchi omil ekanligini o‘rganish
Talaba nazariy ko‘nikmagaga ega bo‘lgan holda badiiy asarlarni to‘g‘ri tahlil va talqin qila olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Adabiyotshunoslik asoslarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolariga bag’ishlangan anjumanlar uchun ma'ruza va taqdimot materiallarini tayyorlash;
Adabiyotshunoslik asoslarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning xususiy masalalarini metodik qo‘llanmalar orqali o‘rganish va ma'ruzalar tayyorlash;
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o’quv mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori tomonidan o’quv mashg’ulotini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Adabiyotshunoslik asoslari fani bo’yicha talabalarning mustaqil ishlari o’quv semestri davomida tekshirilib boriladi. Semestr yakunida mustaqil ish natijalari umumiy reyting baliga qo’shiladi.

Download 127.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling