Qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.12.2020
Hajmi1.06 Mb.
#162131
  1   2   3   4   5
Bog'liq
har xil sport turlari bilan shugullanuvchilarda jismoniy rivojlanish korsatkichlarining qiyosiy tahlili


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI 

 

«Himoyaga tavsiya etilsin» 



Tabiiy fanlar fakulteti dekani  

___________ dots. B.Boysunov 

«_____» _________________ 2016 yil 

 

 

 

NURMATOV AKRAM GULBOYEVICHning 

 

5140100 – biologiya ta'lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun 



 

HAR XIL SPORT TURLARI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARDA 



JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARINING 

QIYOSIY TAHLILI” 

mavzusidagi 



 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

Ilmiy rahbar:             O’qit. K.Do’stov 



 

«Himoyaga tavsiya etilsin» 

Biotexnologiya kafedrasi  

mudiri __________ dots. O.Karimov 

_________________ 2016 yil 

 

 

 

Qarshi – 2016

 


 



 



HAR XIL SPORT TURLARI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARDA 



JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARINING 

QIYOSIY TAHLILI 

 

M U N D A R I J A 

 

 

Kirish……………………………………………………………   



I БОБ. 

Jismoniy rivojlanish va uning o‘ziga xos xususiyatlari………...   

1.1. 

Antropometrik ko‘rsatkichlar…………………………………..   



1.2. 

Fiziometrik ko‘rsatkichlar………………………………………   

1.3. 

Somatoskopik ko‘rsatkichlar…………………………………...   



II БОБ. 

Sportchilarda jismoniy taraqqiyot ko‘rsatkichlarining o‘ziga 

xos xususiyatlari……………………………………………….. 

 

III БОБ. 

Olingan natijalar va ularning tahlili…………………………….   

3.1. 


Tekshirish obyektlari va usullari……………………………….   

3.2. 


Olingan natijalar va ularning tahlili…………………………….   

 

Xulosa…………………………………………………………..   



 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………..   

 


 



KIRISH 



 

Mavzuning  dolzarbligi.  Ma’lumki,  sportchilar  faoliyatini  doimiy  ravishda 

nazorat qilib borish ularning sihat-salomatligini muhofaza qilishda, turli kasalliklar 

va  patologik  o‘zgarishlarning  oldini  olishda,  sportdagi  natijalarning  yuqori 

bo‘lishiga  erishishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  borada  ayniqsa  tibbiy-biologik 

nazorat alohida o‘rin tutadi. 

Sportchilarni  tibbiy-biologik  jihatdan  nazorat  qilishda  jismoniy  rivojlanish 

ko‘rsatkichlarini  aniqlash  va  o‘rganish  o‘ziga  xos  muhim  hisoblanadi.  Chunki 

deyarli barcha sport turlarida jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan, bo‘y 

uzunligi,  tana  massasi,  ko‘krak  qafasi  aylanasi,  o‘pkaning  tiriklik  sig‘imi, 

muskullar  kuchi  va  boshqa  qator  ko‘rsatkichlar  natijalarni  belgilovchi  mezon 

hisoblanadi. Qolaversa, sportchining salomatlik holati, yosh sportchilarda o‘sish va 

rivojlanish  darajasi,  sportdagi  natijalar  va  boshqalar  jismoniy  rivojlanish 

ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. 

Respublikamizda  ham  har  xil  sport  turlari  bilan  shug‘ullanuvchilarning 

jismoniy  rivojlanish  ko‘rsatkichlari  doimiy  ravishda  o‘rganib  va  tahlil  qilib 

boriladi.  Bu  borada  Prezidentimiz  tomonidan  2016  yil  11  fevralda  Oqsaroyda 

O‘zbekiston  Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg‘armasi  Homiylik  kengashining 

navbatdagi  yig‘lishida  aytilgan  quyidagi  fikrlar  ayniqsa  diqqatga  sazovor: 

O‘zbekistonda  bo‘y  ko‘rsatkichlari  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti 

standartlariga  mos  keladigan  14  yoshli  o‘g‘il  bolalarning  ulushi  bugungi  kunda 

Toshkent  shahri  bo‘yicha  97,9  foizni,  Namangan  viloyati  bo‘yicha  97,6  foizni, 

Qashqadaryo  viloyati  bo‘yicha  97,1  foizni,  Buxoro  viloyati  bo‘yicha  96,8  foizni 

mamlakatimiz bo‘yicha 94,2 foizni tashkil etmoqda. Boshqacha qilib aytganda 14 

yoshdagi o‘g‘il-qizlarimizning bo‘yi keyingi o‘n yilda o‘rtacha 2,8 sm ga o‘sganini 

alohida ta’kidlash lozim” [1]. 

Ishning maqsadi va vazifalari. Ishdan maqsad – har xil sport turlari bilan 

shug‘ullanuvchilarda  jismoniy  taraqqiyot  ko‘rsatkichlarining  qiyosiy  tahlilini 



 

o‘tkazish, bu masalani ilmiy jihatdan o‘rganish va yoritib berishdan iborat. Ishning 



oldiga qo‘yilgan vazifalar quyidagilardan iborat: 

  Har  xil  sport  turlari  bilan  shug‘ullanuvchilarda  jismoniy  rivojlanish 

ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash

  Har  xil  sport  turlari  bilan  shug‘ullanuvchilarning  jismoniy  rivojlanish 

ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash va tahlil qilish

  Olingan  natijalar  asosida  tegishli  xulosalar  qilish  va  amaliy  tavsiyalar 

ishlab chiqish. 

Ishning  ilmiy  yangiligi.  Respublikamizda  keyingi  yillarda  har  xil  sport 

turlarining jadal rivojlanib borishi bu borada mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal 

etishni  taqozo  etmoqda.  Jumladan,  sportchilarning  jismoniy  rivojlanish 

ko‘rsatkichlarini  o‘rganish  ham  hali  to‘liq  o‘z  yechimini  topmagan  masalalar 

qatoriga kiradi. Bu esa ishimizning ilmiy yangiligini belgilab beradi. 

Ishning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Har  xil  sport  turlari  bilan 

shug‘ullanuvchilarning  jismoniy  taraqqiyot  ko‘rsatkichlarini  doimiy  ravishda 

o‘rganib borish va nazorat qilish sport tibbiyoti, sport fiziologiyasi kabi fanlarning 

oldida  turgan  eng  dolzarb  masalalardan  hisoblanadi.  O‘rganilayotgan  mavzu  ana 

shu masalalarni ma’lum darajada hal etishga yordam beradi. 

Muhimi shundaki, har xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy 

rivojlanish  ko‘rsatkichlarini  o‘rganish  va  tahlil  qilish  sportchilarning  sihat-

salomatligini,  jismoniy  ish  qobiliyatini  aniqlashda,  sportdagi  natijalarni 

yuksaltirishda  muhim  mezon  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Jismoniy  rivojlanish 

ko‘rsatkichlarini  o‘rganish  orqali  sportchining  ish  qobiliyatini  tegishli  darajada 

baholash, sportdagi natijalarni oldindan bashorat qilish imkoniyatlari tug‘iladi. 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  yuzasidan  hozirga  qadar  2  ta  tezis  chop 

ettirilgan (Fan, taraqqiyot va yoshlar, Qarshi, 2014; 286-287 betlar. Fan, taraqqiyot 

va yoshlar, Qarshi, 2016; 199-201 betlar). 

Bitiruv  malakaviy  ish  60  sahifadan  iborat,  unda  10  ta  jadval,  2  ta  rasm  va 

ilovalar keltirilgan. 



 



I. JISMONIY RIVOJLANISH VA UNING O‘ZIGA XOS  



XUSUSIYATLARI 

 

Jismoniy  rivojlanish  deganda  odamda  tana  tuzilishining  o‘ziga  xos  tarzda, 

o‘sish  va  rivojlanishning  asosiy  qonuniyatlariga  mos  ravishda  o‘zgarib,  taraqqiy 

etib borishi tushuniladi. Jismoniy rivojlanish tushunchasi amalda faqat sportchilar 

uchun emas, balki har bir o‘sish va rivojlanish yoshidagi individ uchun taalluqlidir. 

Jismoniy  taraqqiyot  ko‘rsatkichlarini  keng  qamrovli  mezonlarni  o‘z  ichiga 

oladi.  Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  jismoniy  rivojlanish  ko‘rsatkichlari 

organizmning  o‘sish  va  rivojlanish  qonuniyatlari  bilan  chambarchas  bog‘liq. 

Xususan  bunda  yosh  organizmning  o‘ziga  xos  tuzilishi,  fiziologik  xususiyatlari, 

o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi [3, 5, 

11-12, 17, 20, 30, 32]. 

O‘sish  va  rivojlanishning  o‘ziga  xos jihatlari.  O‘sish  va  rivojlanish  barcha 

tirik  organizmlar  kabi  odam  organizmiga  xos  xususiyatdir.  Organizmning  har 

tomonlama  o‘sish  va  rivojlanishi  murakkab  jarayon  hisoblanib,  bir  butun  va  bir-

biriga bog‘langandir. 

O‘sish  va  rivojlanish  jarayonlarini  ilmiy  nuqtai-nazardan  o‘rganish  Yosh 

fiziologiyasi  va  gigiyenasi  yoki  Bolalar  anatomiyasi  va  fiziologiyasi  kabi 

fanlarning  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  Fiziologik  nuqtai-nazardan  o‘sish  va 

rivojlanish  jarayonlari  umumiy  ravishda  farqlanadi.  Odatda  o‘sish  deganda  tana 

hujayralarining  ko‘payishi  natijasida  tirik  organizm  o‘lchamlarining  ortishi,  ya’ni 

bo‘yning  cho‘zilishi,  og‘irlikning  ortishi  tushuniladi.  Bola  ma’lum  yoshgacha 

to‘xtovsiz,  ammo  o‘sish  davrida  ayrim  tana  qismlarining  nomunosib  o‘sishi  va 

turli yoshda har xil jadallikda bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha tizimlar 

va  organlarda  o‘sish  bir  vaqtda,  ya’ni  ayollarda  o‘rtacha  17-18  yoshgacha, 

yigitlarda  19-20  yoshgacha  tugallanadi.  O‘sish  bilan  birga  organizm  va  undagi 

tizimlarning  bajaradigan  vazifasi  kuchayishi  jarayoni  kuzatiladi.  Bu  rivojlanish 

jarayonidir. Rivojlanish deganda o‘sayotgan organizm to‘qima xujayralarining va 

organlarining  shakllanishi,  ya’ni  bola  organizmi  xujayralarining  takomillashib, 


 

o‘smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo‘lgan birmuncha murakkab to‘qima 



va organlarga ega bo‘lishiga aytiladi. Odam organizmining rivojlanishi umr bo‘yi 

davom etib turadigan to‘xtovsiz jarayondir [11-12, 21]. 

Ko‘pincha 

o‘sish 


deganda 

tananing 

kattalashib, 

organizmning 

takomillashishi  tushuniladi.  O‘sish  tezligi  biologik  qonuniyatlarga  bo‘yso’nadi, 

ammo  bu  jarayon  tashqi  muhit  omillariga  ham  bog‘liq.  Bu  omillarning  ba’zilari 

o‘sishni  rag‘batlantirsa,  boshqalari  unga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Demak, 

bolalarning  jismoniy  rivojlanishi  baholanganda,  irsiyat  omillaridan  tashqari,  ular 

o‘sayotgan ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarni ham e’tiborga olish kerak. 

O‘sishdan  farq  qilib,  rivojlanish  jarayonida  organizm  jismoniy,  aqliy  va 

jinsiy jihatdan rivojlanadi, ya’ni, murakkablashadi. Organizm o‘sish va rivojlanish 

jarayonida  bir  qator  bosqichlarni  (bolalik,  o‘smirlik,  o‘spirinlik,  yoshlik,  yetuklik 

va  b.),  ya’ni  yosh  davrlarini  bosib  o‘tadi.  Odam  hayotining  har  bir  davrida  shu 

davrning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  oldingi  davrning  qoldiqlari,  kelgusi  davrning 

kurtaklari paydo  bo‘ladi. O‘sish bu organizmning miqdor ko‘rsatkichi hisoblansa, 

rivojlanish sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. 

Jismoniy  rivojlanish  xalq  salomatligini  ifodalovchi  juda  aniq  ko‘rsatkich. 

Uning asosida davlat va jamiyat holati haqida ham fikr yuritish mumkin. Badavlat, 

tinchlikda  yashaydigan  yurt  fuqarolarining  jismoniy  rivojlanish  ko‘rsatkichlari 

ham yuqori bo‘ladi. 

Bolalarning  jismoniy  rivojlanishini  o‘rganishda  quyidagi  asosiy  belgilar 

ko‘rsatkich sifatida olinadi: bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning bo‘yi, og‘irligi, 

ko‘krak  qafasi  va  boshining  aylanasi.  Kattaroq  bolalarda  tik  turgandagi  va 

o‘tirgandagi bo‘yi,  tinch  holatda, nafas olganda  va  nafas chiqarilgandagi ko‘krak 

qafasining  aylanasi  kabilar  o‘lchanadi.  Bulardan  tashqari,  bilak  muskullari  va 

gavdaning kuchi dinamometr yordamida aniqlanadi va hokazo [11-12, 21, 27, 37]. 

O‘z vaqtida tug‘ilgan chaqaloqning bo‘yi va tana massasida individual farq 

ancha  sezilarli  bo‘ladi.  Bu  ko‘rsatkichlarga  onaning  salomatligi  va  yoshi, 

homiladorlik  vaqtidagi  ovqatlanishi,  homiladorlikning  kechishi,  birinchi  yoki 


 

keyingi  homiladorlikdan  tug‘ilish,  bolaning  jinsi  va  tashqi  omillar  ta’sir  qiladi. 



Chaqaloqning  bo‘yi  45  sm  dan  56  sm  gacha,  o‘rta  hisobda  48-50  sm  ga  teng 

bo‘lsa,  tana  massasi  2500  g  dan  6000  g  gacha  bo‘lib,  o‘rtacha  3200-3500  g  ni 

tashkil  qiladi.  O‘g‘il  bolalarda  bu  ko‘rsatkichlar qiz  bolalardagiga  nisbatan  3-7% 

yuqori  bo‘ladi.  Birinchi  homiladorlikdan  tug‘ilgan  bolalarning  bo‘yi  va  vazni 

odatda  keyingi  bolalarnikidan  kamroq  bo‘ladi.  Hayotining  birinchi  kunlari  (4-5 

kungacha) chaqaloqning vazni kamayadi. Bu fiziologik vaznni yo‘qotish 5-8% dan 

ortmasligi  kerak.  7-10  kunga  borib,  tana  massasi  tiklanadi,  undan  keyin  orta 

boradi.  Chaqaloq  hayotining  birinchi  kunlari  tana  massasining  kamayish  darajasi 

va  davomiyligi  bolani  emizish  tartibiga  bog‘liq.  Agar  chaqaloq  onasini  dastlabki 

12  soat  davomida  ilk  bor  emsa,  emizish  6  marta  bo‘lib,  qo‘shimcha  suv  berilsa, 

tana  massasi  5%  dan  ortiq  kamaymaydi  va  bu  holat  3  kun  davom  etadi.  Bu 

ma’lumot  o‘zbek  xalqida  odat  bo‘lgan  chaqaloqni  erta  emizish  asosli  ekanligini 

ko‘rsatadi. Birinchi oyning oxirida tana vazni 600-750 g ga ortadi. Bola hayotining 

ikkinchi  va  uchinchi  oylarida  tana  massasi  jadal  ko‘payib,  oyiga  800-900  g  ni 

tashkil qiladi. Undan keyin bu jadallik pasayib borib, 11-12 oylarda 150-200 g ga 

tushadi. Birinchi yil davomida bola tanasi massasiga 6500-7000 g qo‘shiladi va u 

yilning  oxirida  10500-10650  g  ga  yetadi.  Demak,  birinchi  yilda  bola  tanasining 

massasi deyarli uch marotaba ortadi [11-12, 21]. 

Emizikli bolaning  bo‘yi  tug‘ilganidan keyin birinchi uch  oy  davomida  eng 

jadal sur’atda o‘sadi. Bu davr ichida chaqaloqning bo‘yi 20% ga (o‘rta hisobda 10 

sm  ga)  o‘sadi.  Keyin  jarayon  sekinlashib  boradi.  Yilning  oxiriga  kelib,  bola 

bo‘yiga  25  sm  qo‘shiladi  yoki  hayotining  birinchi  yilida  uning  bo‘yi  50%  ga 

ortadi.  Bola  hayotining  keyingi  yillarida  ham  uzluksiz  o‘sish  kuzatiladi,  ammo 

jarayonning  jadalligi  bir  tekis  kechmaydi.  Birinchi  yil  davomida  chaqaloqning 

bo‘yi  47-50%  ortgan  bo‘lsa,  ikkinchi  yilda  11-13%  ga  o‘sadi.  3-5  yashar 

bolalarning o‘sish tezligi ancha tekis bo‘lib, yiliga 10% ni tashkil etadi. 6-7 yoshda 

bolalarda o‘sishning yana jadallashishi kuzatiladi. 8 yoshda o‘sish tezligi eng kam 

bo‘lib, 1,5-3% dan ortmaydi [11-12, 21]. 



 



O‘sish  va  rivojlanishning  muhim  qonuniyatlari.  O‘sish  va  rivojlanish 

jarayonlari  bir  qator  qonuniyatlar  asosida  ma’lum  belgilangan  tartibga  ko‘ra 

amalga  oshadi.  O‘sish  va  rivojlanish  jarayonlari  notekislik,  uzluksizlik



geteroxroniya  va  akseleratsiya  jarayonlari  asosida  yuzaga  chiqadi.  Bu 

qonuniyatlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari, belgilari bilan bir-biridan ajralib 

turadi. 

Odam  organizmi  umri  davomida  ketma-ket  keladigan  morfologik, 

biokimyoviy  va  fiziologik  o‘zgarishlarga  uchraydi.  Bu  o‘zgarishlar  o‘sish  va 

rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlar bilan bog‘liq. Biroq, bu 

irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida va yosh xususiyatlarining shakllanishida ta’lim-

tarbiya,  bolaning  ovqatlanishi,  turmush  tarzi,  gigiyenik  shart-sharoitlar,  sport  va 

mehnat faoliyati, umuman olganda insonning ijtimoiy hayoti katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Inson  hayoti  bu  uzluksiz  rivojlanish  jarayonidir.  Bolaning  dastlabki  qadam 

tashlashi  va  hayoti  davomidagi  harakat  funksiyasining  rivojlanishi,  bolaning 

o‘smirga  aylanishi,  markaziy  nerv  tizimining  rivojlanishi,  reflektor  va  gumoral 

faoliyatlarning  murakkablashuvi  va  boshqalar  organizmda  kechadigan  uzluksiz 

o‘zgarishlarning bir bo‘lagidir [5, 11-12, 21, 30]. 

Bunday o‘zgarishlarni bolaning tana proporsiyasi o‘zgarishida misolida ham 

kuzatish  mumkin.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloq  katta  odamdan  oyoq-qo‘llarining 

kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Masalan, boshning gavdaga 

bo‘lgan nisbati quyidagicha: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1/4, ikki yoshda 1/5, 6 

yoshda  1/6,  12  yoshda  1/7,  kattalarda  1/8  ga  teng.  Odam  yoshi  ortishi  bilan 

boshning  o‘sishi  sekinlashadi,  oyoq-qo‘llarning  o‘sishi  tezlashadi.  Jinsiy 

balog‘atga  yetguncha  qiz  va  o‘g‘il  bolalar  gavda  proporsiyasida  jinsiy  tafovut 

sezilmaydi,  biroq  balog‘at  yoshi  davri  kelishi  bilan  jinsiy  farq  yuzaga  chiqadi, 

ya’ni o‘g‘il bolalarda oyoq-qo‘llar uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tos suyagi tor 

bo‘la boshlaydi [11-12, 21, 30]. 

Bola bo‘yining uzunligi va massasining notekis o‘sib-rivojlanishini quyidagi 

misollarda ko‘rish mumkin. Bir yoshgacha bolaning bo‘yi 25 sm uzayib, 75 smga 



 

10 


yetadi.  Hayotining  ikkinchi  yilida  esa  atigi  10  smga  o‘sadi.  6-7  yoshgacha 

bo‘yning  o‘sishi  yanada  sekinlashadi.  Boshlang‘ich  maktab  yoshida  bola  bo‘yi 

uzunligi  7-10  sm  ga  o‘sadi. Jinsiy  yetilish  munosabati  bilan qizlarda  12  yoshdan, 

o‘g‘il  bolalarda  15  yoshdan  boshlab  bo‘yiga  o‘sish  tezlashadi.  Bo‘yiga  o‘sish 

qizlarda  18-19,  yigitlarda  20  yoshda  to‘xtaydi.  Butun  o‘sish  davrida  oyoqlar 

uzunligi  5  barobar,  qo‘l  uzunligi  4  barobar,  gavda  uzunligi  3  barobar,  boshning 

balandligi  2  barobar  ortadi. 1-rasmda  o‘g‘il  bolalar  va  qizlarda  bo‘y  uzunligining 

yoshga qarab ortib borishi ko‘rsatilgan [17]. 



 

1-rasm. O‘g‘il bolalar (1) va qizlarda (2) bo‘y uzunligining yoshga qarab o‘zgarishi

 

(Физическое развитие детей и подростков на рубеже тысячилетий. М, 2008)



 

 

Tana  vazni  yoshga  qarab  quyidagicha  o‘zgaradi.  Yangi  tug‘ilgan  qiz 



bolalarning  o‘rtacha vazni 3,5 kg,  o‘g‘il  bolalarniki  esa 3,4  kg  bo‘ladi.  Bolaning 

vazni  tug‘ilganidan  keyingi  birinchi  oyda  600  g,  ikkinchi  oyda  800  g  ortadi.  1 

yoshli bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib, 9-10 kg ga yetadi. 2 

yoshda bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo‘shiladi. 4-6 yoshlarda bola vazniga har yili 

1,5-2  kg  qo‘shilib  boradi.  7  yoshdan  boshlab  uning  vazni  tez  ortib  boradi.  10 

yoshgacha o‘g‘il va qiz bolalarning tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy  yetilish 

boshlanishi  bilan  qizlarning  vazni  4-5  kg  dan,  14-15  yoshda  har  yili  5-8  kg  dan 

ortadi.  O‘g‘il  bolalarda  esa  13-14  yoshdan  tana  vazni  7-8  kg  ortadi.  15  yoshdan 



 

11 


boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi [17, 21, 30]. 1-ilovada 14-

15 yoshli o‘smirlarning meyoriy rivojlanish ko‘rsatkichlari (meyoriy tana massasi 

va bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari) keltirilgan. 

O‘sish  va  rivojlanishning  muhim  qonuniyatlari  sifatida  akseleratsiya, 

geteroxroniya  kabilar  e’tirof  etiladi,  biroq  bunda  o‘sish  va  rivojlanish 

jarayonlarining jinsga bog‘liq jihatlarini alohida e’tirof etish lozim. Zero jinsga oid 

tafovutlar  o‘sish  va  rivojlanish  xususiyatlarida  yaqqol  o‘z  ifodasini  topadi. 

Aniqlanishicha, balog‘atga yetish davridan avval o‘g‘il bolalarning antropometrik 

ko‘rsatkichlari qiz bolalarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu farqni yangi tug‘ilgan 

chaqaloqning  bo‘yi  va  og‘irligida  ko‘rish  mumkin.  O‘g‘il  chaqaloqning  bo‘yi 

50,43  ±  0,09  sm  va  tana  massasi  3530  ±  21,3  g  bo‘lsa,  qiz  chaqaloqlarda  bu 

ko‘rsatkichlar  49,50  ±  0,08  sm  va  3330  ±  20,0  g  ni  tashkil  qiladi.  10-11  yashar 

bolalarning  bo‘yi  va  og‘irligidagi  jinsga  bog‘liq  farq  yo‘qoladi.  12-13  yashar 

o‘smir  qizlarning  bo‘yi  ham,  og‘irligi  ham  o‘g‘il  tengdoshlarinikidan  kattaroq 

bo‘ladi.  Bo‘y  va  tana  massasidan  tashqari,  o‘sish  davrida  boshqa  tizimlar 

faoliyatida  ham  jinsiy  farq  kuzatiladi.  Masalan,  kaft  va  gavdani  yozuvchi 

muskullar  kuchi,  nafas,  hamda  yurak-qon  tomirlar  tizimining  faoliyat  ko‘rsatish 

imkoniyatlari o‘g‘il bolalarda qiz bolalarnikidan ko‘proq bo‘ladi. 

O‘sish  va  rivojlanishga  yuqoridigalardan  tashqari  genetik  omillar  va 

qolaversa,  tashqi  muhit  omillari  ham  jiddiy  ravishda  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ma’lum 

bo‘lishicha,  bolalar  6-7  yoshga,  o‘smirlar  11-14  yoshga  yetganda  o‘sishning 

tezlashishi  genetik  dasturga  bog‘liq  bo‘lsa,  shu  davrlarning  o‘rtasida  (8  yoshda) 

o‘sishning  tormozlanishini  muhit  sharoitlarining  o‘zgarishlari  yuzaga  chiqaradi. 

Tana  vaznining  ortishi  ko‘proq  tashqi  omillarga  bog‘liq.  Bola  iste’mol  qiladigan 

ovqat  miqdori  va  sifati,  bolaning  harakat  faolligi,  jismoniy  faolligi  birinchi  galda 

bu  ko‘rsatkichga  ta’sir  qiladi.  Demak,  bola  organizmining  o‘sishi  va  rivojlanishi 

genetik  va  tashqi,  ichki  muhit  omillarining  o‘zaro  murakkab  munosabatlarining 

natijasidir [5, 11-12, 21, 30]. 



 

12 


Akseleratsiya. 

Akseleratsiya 

o‘sish 

va 


rivojlanishning 

asosiy 


qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Akseleratsiya deganda o‘sish va rivojlanishning 

meyor darajasidan ortib ketishi  tushuniladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘p 

mamlakatlarda  bolalarning  bo‘yiga  o‘sishi  tezlashganligi  aniqlangan.  1935  yilga 

kelib  nemis  olimi  Ye.Kox  o‘sish  va  rivojlanishdagi  tezlashuv  jarayonini 

“akseleratsiya” deb atagan. 

Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan, shuningdek aqliy jihatdan 

tez o‘sishidir. Akseleratsiya uzoq vaqt mobaynida, ya’ni bir asr davomida yaqqol 

ko‘zga  tashlanganligi  uchun,  keng  manoda  asriy  tendensiya  deb  yuritiladi. 

Izlanishlar  shuni  ko‘rsatadiki,  so‘nggi  100  yillik  ichida  yangi  tug‘ilgan 

chaqaloqlarning  bo‘yi  5-6  smga,  kichik  va  o‘rta  maktab  yoshidagi  bolalarning 

bo‘yi 10-15 smga, vazni esa 8-10 kg ga ortgan. Akseleratsiya jarayoni, shuningdek 

katta  odamlar  tana  o‘lchamlarining  ortishini,  odam  umriniig  uzayishini,  hayz 

jarayoni  bilan  bog‘liq  o‘zgarishlarni,  ruhiy  funksiyalar  va  odam  rivojlanishidagi 

boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi [5, 11-12, 21, 30]. 

Shuni  alohida  e’tirof  etish  o‘rinliki,  akseleratsiya  jarayoni  alohida  olingan 

mamlakat yoki ma’lum iqlim va millatga xos emas. Quyidagi jadvalga (1-jadval) 

e’tibor  qilsak,  keyingi  35-40  yil  davomida  sovuq  iqlimda  yashagan  Komi 

bolalarining ham, dengiz sohilida turuvchi Litva o‘smirlarining ham, issiq iqlimda 

yashagan o‘zbek bolalarining ham bo‘yi ancha ortganini ko‘rish mumkin [17, 30]. 


 

13 


1 - jadval 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling