Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#155615
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

GEOGRAFIYA  KAFEDRASI

“Himoyaga tavsiya etildi”

Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti

dekani __________dots.Xo’jamqulov B.

“____”_______2013 yil

RAHMONOVA  MUNAVAR

ning

“5140500-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim

yo’nalishi 4 -kurs talabasining bakalavr darajasini olish uchun

“IQTISODIY XAVFSIZLIK VA UNING AHAMIYATI”

mavzusidagi

Ilmiy rahbar:

dots. A.Abdiyev

Qarshi-2013 yil


3

M U N D A R I J A

K I R I S H……………………………………………………………3-6

I BOB. IQTISODIY XAVSIZLIK VA UNING NAZARIY ASOSLARI

1.1 Iqtisodiy   xavfsizlik   tushunchasi   va   turlari...............................7-12

1.2 O`zbekiston      Respublikasining      Milliy      iqtisodiy      manfaatlari    va

unga bo`lgan   xavf……………………………………………………………13-26

1.3 Bozor    iqtisodiyoti      sharoitida      milliy      iqtisodiy      manfaatlarni

himoya qilish shakli  va  vositalari……………………………………………27-31



II BOB. IQTISODIY XAVFSIZLIK OMILLARI VA UNING TIZIMI

FAOLIYATINING TAHLILI.

2.1. Iqtisodiy  xavfsizlik  omillari……………………………………32-37

2.2. Iqtisodiy   himoyalanishning   ichki  va  tashqi  omillari……….38-58

2.3. O`zbekiston Rspublikasining iqtisodiy xavfsizlik tizimi

faoliyati..............................................................................................................59-73

III BOB. BOZOR  IQTISODIYOTI   SHAROITIDA   IQTISODIY

XAVFSIZLIKNI   TA`MINLASH     USTUVORLIKLARI   VA   ASOSIY

YO`NALISHLARI.

3.1. Iqtisodiy  xavfsizlikni     ta`minlash  ustuvorliklari……………74-84

3.2. Iqtisodiy    xavfsizlikni  ta`minlashning   asosiy  yo`nalishlari…85-99

3.3.  O`tish      iqtisodiyoti        xavf-xatarlari        va        unga      qarshi    kurash

samaradorligi..................................................................................................100-115

XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………….116-117

ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………………………...118-119


4

K I R I S H

Mustaqil  O`zbekiston  o`tgan yillar mobaynida asrlarga tatigulik tarixiy      yo`lni bosib

o`tdi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar endilikda ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi.

Bu, eng avvalo istiqlolimiz, uni    mustahkamlash, shuningdek, xavfsizlik va tinchlik   uchun

olib      borilayotgan          tinimsiz        kurashning          natijasidir.        Darhaqiqat          xavfsizlik        va

tinchlikka      erishmasdan     turib,      biror    ezgu    maqsadga     erishib      bo`lmaydi.

O`zbekiston          Respublikasi    Prezidenti      I.A.Karimovning            “Xavfsizlik          va          tenglik

uchun     kurashmoq    kerak”     nomli     kitobi      bilan     tanishganda      ko`ngildan       shu

fiklar    o`tadi.   Kitobning    qimmmatli      jihati      shundaki,    mintaqaviy        xavfsizlikni

ta`minlash,     terrorchilik      balosiga     qarshi     kurashda    juda     katta     e`tabor    bergan.

Bugungi      kunda     sayyoramizda     tinchlik      barqarorlikka    jiddiy      xavf      solib

turgan            xalqaro              terrorchilikka        qarshi          kurashda        birlashtirishni,        harakatlarni

muvofiqlashtirishga     qaratilgan     taklif,  fikr     va      mulohazalar       milliy     va     iqtisodiy

xavfsizlik       dolzarb     masala     ekanidan       dalolat       beradi.

Darhaqiqat,   o`tgan     asrnning        keyingi     yillaridan     boshlab      iqtisodiy

xavfsizlik    muammosi     o`ta     keskinlashdi,   “iqtisodiy     xavsizlik”   tushunchasi     keng

qamrovli,      murakkab              tushuncha            ekanligi          oydinlasha            boshladi.    An`anaviy

yondashish       va   usullar      orqali     iqtisodiy      xavfsizlikni       to`liq      tavsiflab

bo`lmaydi.

O`zbekiston                Respublikasining                  keyingi              rivojlanishini              adolatli

fuqarolik     jamiyatiga     asoslangan     demokratik       huquqiy    davlatga      aylanishini

ta`minlovchi      muhim       shartlardan     biri     milliy     xavfsizlikka        erishishdir.

Yuqoridagi       fikrlardan     kelib     chiqib     ushbu     tayyorlangan      “Bitiruv

Malakaviy    ishi”       shu     kun    talabidan    o`rin     olgan     holda    dolzarbdir.



Mavzuning dolzarbligiO`zbekistonda            amalga          oshirilayotgan          iqtisodiy

islohotlarning    taqdiri     hal     qiluvchi     darajada     jadallashmoqda.

                 

Iqtisodiy         xomashyoga           asoslangan           mamlakatlarning           mahsulotlari,

shuningdek   yetakchi     mamlakatlarning       jahon     bozoridagi        valyuta     kurslari

tebranishlari      bilan     bog`liq     xavflar      mamlakatlar      iqtisodiy      o`sishiga     salbiy

ta`sirni ,   ularning      inqirozi     xavfini     kuchaytiradi.

Iqtisodiy      xavfsizlik     ko`lami      ham ,   darajasi     ham    xilma-xil.   Shuning

uchun    ham     ko`pgina     mamlakatlar    oily   organlari     doirasida    iqtisodiy      xavfsizlik

tushunchasi      har   xil   talqin     etiladi.   Shuningdek     iqtisodiy     xavfsizlikning     ustuvorlik



5

va     unga     erishishni      ta`minlovchi     aniq      konsepsiya     va    strategiyasi       ham

yo`q.

Bugun    bu    sohada    yuksak   professionalizm    va    intelektual    salohiyatga



asoslangan            iqtisodiy            xavfsizlikni            keng        qo`llash  ,          fan-texnikaning        ilg`or

yutuqlarini     faol     joriy   etish   eng     zarur     masala    bo`lib     qolmoqda.

Ana     shu      va     shu     kabi    fikrlardan      ko`rinib     turibdiki,  ushbu    tanlangan

bitiruv      malakaviy      ishning     iqtisodiy    xavfsizlikni      va     uning     ahamiyatini

mavzusi     ham     o`zining    dolzarbligini       belgilaydi.

Bitiruv   malakaviy    ishning     maqsad    va     vazifalari.

Ishning  asosiy   maqsadi,   “iqtisodiy     xavfsizlikni”   o`rganishdan    kelib   chiqib

iqtisodiy    xavfsizlik  masalalarini,   shuningdek,   xo`jalik   va   tashqi     iqtisodiy   faoliyatning

globallashuvi,     murosasizlik,    xususiy   sektorni     kengaytirish    sharoitida    O`zbekiston

iqtisodiy   xavfsizligini   ta`minlash yo`llarini  o`rganishdir. Ushbu  maqsaddan     kelib   chiqqan

holda    u    quyidagi   vazifalarni    bajaradi:

·

“iqtisodiy   xavfsizlik”   tushunchasining   mohiyati



·

Xorijiy    mamlakatlarning   iqtisodiy    xavfsizligini    ta`minlash     borasidagi

tajribalarini    hisobga    olgan   holda   tahlil

·

O`zbekiston   Respublikasi    milliy     iqtisodiy     manfaatlarini     aniqlash      va



tavsiflash;

·

respublika    ijtimoi-iqtisodiy     rivojlanishiga     iqtisodiy   xavfsizlikning     ichki



va    tashqi    omillari   ta`siri      darajasiga    tahlili;

·

iqtisodiy   xavfsizlik    nuqtai   nazaridan   O`zbekiston   Respublikasi



makroiqtisodiy    holatining    tahlili

·

O`zbekistonda    xavfsizlikni    ta`minlashning    asosiy    yo`nalishlarini



aniqlash    belgilash

Bitiruv malakaviy  ishning   ob`ekti   va   predmeti

Ushbu    ishning    maqsad    va     vazifalaridan     kelib    chiqib,  o`tish    davri

globallashish     sharoitida  respublikaning  iqtisodiy  xavfsizligini   ta`minlash  yo`llarini

tekshirish   ob`ekti  esa   iqtisodiyotning  ma`muriy  buyruqbozlik  tizimidan  bozor   tizimiga

o`tish   va  global   iqtisodiyotga   integratsiyalanish    sharoitida   O`zbekiston  iqtisodiyotini

o`rganishdir.

Iqtisodiy  xavfsizlik  bo`yicha   hali  ilmiy  asoslangan   uslubiy  asarlar   yo`q   va   bu

haqidagi   ayrim  fikrlar  ham  munozarali  bo`lib  tadqiqotning  uslubiy  va  nazariy  asosini



6

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti I.A.Karimovninh  iqtisodiy  xavfsizlikka   oid  fikr-

mulohazalari    ,    o`zbek,    shuningdek,    Rossiya    va    boshqa      xorijiy      mamlakatlar

mutaxasislarining      bu    boradagi    nazariy    va      amaliy      ilmiy    tadqiqotlari    tashkil    etadi.

Shuningdek  geografik  taqqoslash,  statistic  guruhlash,  iqtisodiy   tahlil,  mantiqiy  fikrlash

kabi   usullaridan  ham  keng foydalanildi  va  hokazo.



Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.

Zamon   talabidan  keli  chiqib  hozirgi  sharoitda   iqtisodiy  xavfsizlik   va  uni

takomillashtirish  muammolarini   mikro  va   makro   iqtisodiyot  tarzida   o`rganishdan  iborat.

Bitiruv malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi.

Bitiruv  malakaviy  ish  kirish , 3  ta  bob, 9 ta  §,  xulosa   va  adabiyotlar   ro`yxatidan

iborat.

Ishning   kirish  qismida  tadqiqot mavzusining  dolzarbligi, uni  o`rganilganlik  darajasi



maqsadi ,  vazifalari,  amaliy   ahamiyati  va  boshqalar   aks  ettirilgan.

Ishning   birinchi    bobida    iqtisodiy  xavfsizlik    tushunchasi,    turlari   va  uni

ta`minlashdagi    umumdavlat     ishi   ekanligi,   O`zbekiston Respublikasining    milliy

iqtisodiy   manfaatlari,  unga   bo`lgan   xavf ,  shuningdek  milliy  iqtisodiy  manfaatlarni

himoya  qilish  shakli   va vositalari  sifatida   tahlil  qilingan.

Ishning   ikkinchi   bobi   iqtisodiy   xavfsizlikning  ichki  va tshqi  omillari,  tizimi

faoliayti  o`rganilgan.

Ishning  uchinchi  bobi,  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta`minlash   ustuvorliklari,  asosiy

yo`nalishlari  va  shuningdek   korrupsiya  bilan   kurashish –vatan   xavfsizligini

ta`minlashning  asosiy  yo`llari,  xususiyatlari    ochib  berilgan.

Ishning  xulosa  qismida  bajarilgan  tadqiqot  natijalari   umumlashtirilgan  va

iqtisodiy  xavfsizlikni  yanada  rivojlantirishga  oid   ilmiy  va   amaliy   taklif  va  tavsiyalar

berilgan  va  hokazo.


7

I BOB. “IQTISODIY XAVFSIZLIK” VA UNING NAZARIY ASOSLARI

1.1. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi va turlari.

“Iqtisodiy  xavfsizlik”  tushunchasi   o`zbek  iqtisodiyoti   boshqaruv   organlari

leksikasida   yangi. Xorijiy   mamlakatlar   boshqaruv   tuzumlari faoliyati   amaliyoti   uchun

esa   avvaldan   qo`llanib    kelinayotgan  tushuncha bo`lib,   juda   keng   sharhlanadi.

Chunonchi,   iqtisodiy   xavfsizlik   davlat  milliy xavfsizligini   ta`min   etuvchi   asosiy

bo`g`inlardan   biri , mamlakat   iqtisodiy ehtiyojlarini   kafolatli   ta`minlash    yo`llari,

vositalari   va     usullariga asoslanuvchi    qarashlar    yig`indisidir.   Konseptual    ko`rinishda

u  davlat iqtisodiy   potensial   holatidan    kelib   chiqadigan  iqtisodiy   xavfning   asosiy

omillari   tahliliga   asoslanadi.  Kuchsiz   va   samarasiz    iqtisodiyot    davlat xavfsizligini

ta`minlashi    mumkin    emas.  Bu   ijtimoiy    nizolarga   to`la jamiyatda,   ayniqsa   yaqqolroq

namoyon   bo`ladi.  Chunki  “iqtisodiy xavfsizlik”   va   “ijtimoiy  xavfsizlik”   o`zaro   bog`liq

tushunchalar   bo`lib,  bir-birini   to`ldiradi.

Iqtisodiy xavfsizlik    asosida   rivojlanish   va   rivojlanish   barqarorligini ta`minlovchi

muhitga   o`xshash   muhitni   tashkil   etuvchilar    yotadi. Rivojlanishsiz   iqtisodiy   taraqqiyot

bo`lishi   mumkin   emas.   Barqarorlik- bu , jamiyatning    favqulotda   holatlarda   hamda   o`z

manfaatlarini    qondirish qobiliyati,   vaziyatini   tiklash    imkoniyatidir.

“Iqtisodiy   xavfsizlik”    tushunchasi   ilk   bor   resurslarni   chegaralanganligi

to`g`risidagi   masala    keskinlashgan   bir   paytda  yuzaga keladi. “Iqtisodiy   xavfsizlik”

tushunchasining   ta`riflari   ko`p.   Ularni umumlashtirgan   holda   oladigan   bo`lsak,   iqtisodiy

xavfsizlik – bu,   davlat iqtisodiy   tizimiga    ta`sir   qiluvchi   va    uning   eng   kam   chiqim

bilan, bosqichma-bosqich   barqaror   rivojlanishi,   shu   asosida   jamiyatning   potensial

imkoniyatlarini   har   tomonlama   amalga   oshirish   uchun,   milliy   manfaatlar eng    ko`p

ifodalanishiga        imkon        beruvchi      (  ichki      va      tashqi)      shart      va  omillar        yig`indisi,

shuningdek,   davlatning    turli    xil    xavflari   va yo`qotishlariga   qarshi    turish

qobiliyatidir.   Demak ,    tashqi    iqtisodiy aloqalar   murosasiz   tus    olayotgan    vaziyatda,

iqtisodiy     xavfsizlikka   dahl qiluvchi   mamlakatning   milliy   manfaatlariga    zarar

yetkazishi   mumkin bo`lgan   omil  va   sharoitlar   kiradi.   Ular   ikkiga - tashqi   va  ichki

xavflar bo`linadi.

O`zbekiston   uchun    tashqi    xavflarga    quyidagilar  kiradi:

-   uning   xorijiy    bozorlarga   chiqishiga,   xalqaro   moliya   iqtisodiy   va   savdo

tartiblash  mexanizmlarida ishtirokiga , yangi texnologiyalarga erishishiga ;


8

-      global      Jahon      iqtisodiy      tizimiga        (BTO)      va        Markaziy      Osiyo    regioni

chegarasida   iqtisodiy   integratsiyaga   to`sqinlik   qilish;

-   tashqi   transport,   axborot   va   ilmiy   texnika      kommunikatsiyalari tizimining

rivojlanmaganligi   va   boshqalar.

Mamlakatning   ichki   xavflari   quyidagilardan   iborat:

    -    iqtisodiyotdagi   totalitar   tuzumdan    qolgan   chuqur  qayta   ishlamaslik, soha

va   hududiy   disproportsiyalar;

-   yer-suv   va   ba`zi   turdagi   muhim  mineral  xomashyo   ressurslarining

cheklanganligi;

-iqtisodiyotga ,   ayniqsa ,   ba`zi  regionlarga ,  yuqori   demografik bosim;

-  ko`p   sohalaridagi   ishlab   chiqarishning   yuqori   chiqimga   va raqobatbardosh

bo`lmagan   mahsulot   chiqarishga   olib   keladigan  past texnik darajasi;

-  iqtisodiyot   sohasida   yangi   huquqiy   asos   shakllanishi   va   uni   amalga oshirish

mexanizmlarini   yaratish   ishlariga   oxiriga   yetkazilmaganligi;

-    boshqaruvga      yondashishning      ma`muriy      boshqaruv      tizimiga      xos      bo`lgan

usullari   va   iqtisodiy   jihatdan   eskicha   fikr   yuritish   retsidivlarining   saqlanib   qolishi,

ba`zi   boshqaruv   bo`g`inlarida   xo`jalik  faoliyatining  bozor prinsipi   va   mexanizmlarini

yetarli   darajada    tushunmaslik;

-   iqtisodiyotning   turli   sektorlari   va    sohalarida    bozor   o`zgarishlari darajasi va

dinamikasi,   shuningdek,   shahar   va  qishloq  orasidagi   tafovutlar;

-   bozor   infratuzilmasining   rivojlanmaganligi ;

-   moliya,   bank-kerdit   va  valyuta   tizimlarida   pul    aylanishining beqarorlashish

xavfi; iqtisodiy   sohada   jinoyatning   tarqalishi ,   xo`jalik subyektlari   huquqiy   himoya

mehanizmining   mukammal  emasligi   va boshqalar.

Iqtisodiy   xavfsizlikning   tekshirish   predmeti   davlatning   tashkil  etilgan va

muvofiqlashgan   iqtisodiy   munosabatlaryig`indisi  sifatidagi   iqtisodiy tizimidir.  Davlat

faoliyatining   iqtisodiy   xavfsizlik   sohasidagi   vazifalari quyidagilar:

- kelgusida    ijtimoiy –iqtisodiy  tizim   va   davlatni   beqarorlashtiruvchi  qisqa va

uzoq   muddatli   omillar   monitoringi  va tavsifi;

-  bu   omillarning   zararli   ta`sirini   yo`qotadigan   yoki   yumshatadigan iqtisodiy

siyosat  va   institutsional   o`zgarishlarni   iqtisodiy islohotlarning yagona   dasturi  chegarasida

shakllantirish.

Iqtisodiy   xavfsizlik   inshootlari- bu,   xavfsizlik   siyosatining   asosiy mazmuni   va

stratigik      maqsadini      tashkil      etuvchi,      real      mavjud      bo`lgan  hodisa,      jarayon      va


9

munosabatlaridir.  Iqtisodiy   xavfsizlik   inshootlariga shaxs,   jamiyat,   davlat   ham   kiradi.

Iqtisodiy   xavfsizlik   muammolarini o`z inshootlari- mamlakaning   iqtisodiy   tizimi   bo`lgani

kabi,    boshqa      mumkin  bo`lgan      faoliyat      sohalari      bilan      o`zaro      ta`siri      kesishishidagi

inshootlari: harbiy,   ijtimoiy,   siyosiy,   iqtisodiy,  axborot  va   hokazo   inshootlari   ham   bor.

Iqtisodiy   xavfsizlikning   muhim   me`yori   shaxs,    guruh,   jamiyat   va davlatning   iqtisodiy

manfaatlariga   rioya   qilish,   ularning    xavfsizlik  ta`minlanishiga   o`zaro   javobgarligidir.

Iqtisodiy        xavfsizlik        subyektlariga      funksional      va      soha      vazirlik      va

boshqarmalari,   soliq   va   bojxona   xizmatlari,   banklar,   birjalar,   jamg`armalar va   sug`urta

komponiyalari,   mos   qo`mitalari,   shuningdek,   mahsulot   ishlab chiqaruvchi,  ish

bajaruvchi,      xizmat      ko`rsatuvchilar      va      sotuvchilar,  iste`molchilar      jamiyatlari      kiradi.

Iqtisodiy   xavfsizlikning   o`ziga   xos   ahamiyatini   hisobga   olmaslik mamlakat   iqtisodiy

rivojlanishida   yomon   oqibatlarga   olib   keladi.  Bunga 2011 yil   11 sentabrda   Nyu   York,

Vashingtonda   uyushtirilgan   terroristik aktlar   misol   bo`la   oladi. Terroristik   akt natijalari

AQSh   va    boshqa rivojlangan   mamlakatlarda   retsessiy   sur`atlari   o`sishida   namoyon

bo`ladi . Demak,   xavfsizlik   masalalari   iqtisodiy   rivojlanish   masalalari   bilan   tor doirada

bog`liq.   Sunday   qilib   yuqori    texnologiyalar   ishlab   chiqarish sohasidagi   muammolar

havo      transporti,      sug`urta      sohasi    turizm      tomonidan  ko`rsatilayotgan      xizmatlar

qisqartirilishi   bilan   to`ldirilgan  edi. Natijada   ish joylarini   yo`qotishi,    kompaniyalar,

aholi   daromadining   pasayishi,   jahon ichki   bozorlarida   tovar   xizmatlarning   narxi

ko`tarilishi    sodir   bo`ldi.

Rivojlangan   mamlakatlardagi   iqtisodiy   rivojlanish   muammolari rivojlanayotgan

va   kam   rivojlangan   mamlakatlar    iqtisodiyotining rivojlanishiga    salbiy   ta`sir   ko`rsatadi.

Xalqaro   bank   ma`lumotiga   ko`ra

AQShdagi   terroristik    aktlar   va   ularga   javoban   Amerikaning   harbiy harakatlari

jahonning   boshqa   regionlaridagi   terroristik  harakatlar   natijasida

10 mln.  ga   yaqin   aholi   past   darajali   hayotga   mahkum   etilgan;   ochlik   va

oziq-ovqatdan   mahrumlik   oqibatida   6  yoshgacha   bo`lgan   20  mingdan  40 minggacha

bola   o`lgan; o`sish   sur`atlari   sekinlashgan.

Milliy   manfaatlar   va   maqsadlar   kontekstida   milliy va iqtisodiy xavfsizlikni

sinflarga   ajratish   mumkin:

1.  Siyosiy   xavfsizlik   shaxs   ustuvorligiga   asoslangan   turli   ijtimoiy guruhlar

manfaatlari      balansini      ta`minlovchi    siyosiy      tuzum    shakllantirilishi  bilan      erishiladigan,

jamiyatning  siyosiy   barqarorligi   va    davlatlararo munosabatlar   tizimi   chegarasida

barqaror   siyosiy   mustaqillik  mavjudligini;  ichki   va   tashqi  siyosat  shaxs  va   jamiyat


10

manfaatlari   doirasida  mustaqil o`tkazilishini   ko`zda   tutadi;   millat   va  u  tashkil   etgan

davlat   institutlari tomonidan   davlat   tuzilmalari   masalalarini     mustaqil   hal   etish

imkoniyati ta`minlanadi.

2. Harbiy   xavfsizlik –urush   imkoniyati   kam   bo`ladi,  chunki  taraflardan hech

birida   boshqa   tarafga   nisbatan   harbiy   harakat   boshlashga   sabab bo`lmaydi,   davlat

mudofaa    qobiliyati   va   davlatlararo   munosabatning   holati   keskinlashadi.

3.  Axborot   xavfsizligi – shaxs ,  jamiyat   va   davlatning   hayotiy   muhim

manfaatlarini      u      yoki      bu  sohada      (  axborot      qamali,      axborot      interventsiyasi,  axborot

urushi,      dezinformatsiya      va      boshqalar)      atayin      yoki      bexosdan  qilingan      ta`sirlardan

himoyalashdir.

4.  Ekologik   xavfsizlik –inson    yashash    muhitining   iqtisodiy ko`rsatkichlari

umuman,    biosferani,   atmosfera   holati,   gidrosfera , lektosfera, o`simlik   va   hayvonot

dunyosining   turlar   tarkibini,   shuningdek,  insonning turli   faoliyati   natijasida   qayta

tiklash   mumkin   bo`lmagan  tabiiy  resurslar yo`q   bo`lib  ketishi  xavfining   oldini   olish.

5.  Ijtimoiy –iqtisodiy   xavfsizlik –  jamiyat   a`zolarini   har  qanday  jismoniy va

axloqiy      kuch      ishlatishdan,    siyosiy      va      g`oyaviy      zo`ravonlik,      ijtimoiy      va      milliy

kelishmovchilikdan   himoyalash,   subyektlarning   ijtimoiy,   siyosiy manfaatlarini ,   siyosiy,

ijtimoiy   va   milliy   mustaqilligini ,   ijtimoiy,   siyosiy aloqalar   va   kommunikatsiyalarni

chegaralash   xavfi   va   boshqalar.

6.   Iqtisodiy   xavfsizlikni   ta`minlashni   asosiy   ustuvor    yo`nalshlari milliy

manfaatlar,   real   va   potensial   xavflarga   bog`liq   ravishda   aniqlanadi   va o`z ichiga

quyidagilarni   oladi:

- bozor   iqtisodiyotini   shakllantirishga,   uning   murosasozligini   oshirishga,   real

mulkdorlar   sinfini   shakllantirishga   yo`naltirilgan  iqtisodiy islohotlarni   ketma-ket

o`tkazish;

- xususiy   tadbirkorlik ,   kichik  va   o`rta biznes   rivojlanishini rag`batlantirish;

- mulkdorlarning   huquqlari   va   xususiy   mulkni  himoyalash, iqtisodiy faoliyat

erkinligini ta`minlashning amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish;

-  barqaror      va      dinamik  iqtisodiy      o`sish      asosida      insonlarning      munosib  hayot

sharoitlarini   tashkil  etish;

-  investitsion      faoliyatni      faollashtirish  ,    jahon      bozorlarida      raqobatbardosh

mahsulotlarning   zamonaviy   ishlab   chiqarilishini   tashkil    etish   hisobiga  mamlakat

iqtisodiy   mustaqilligiga   erishish,   iqtisodiyotda   chuqur   tarkibiy o`zgartirishlarni  amalgam

oshirish;


11

-  makroiqtisodiy      barqarorlik,      moliya,      pul-kredit      tizimlari      barqarorligini

ta`minlash,   milliy   valyutani   kuchaytirish;

-  agrar      sektorda      radikal      o`zgartirishlarni        amalga      oshirish,    qishloqda  bozor

mexanizmini    rivojlantirish,   dehqonlarda   xo`jayinlik   hissini  uyg`otish;

- tabiiy,   xom ashyo,   iqtisodiy   va   ilmiy- texnika   potensialini  oqilona ishlatish,

mamlakat   regionlarini   majmuaviy   rivojlantirish;

- iqtisodiyotning   favqulodda   holatlarda   barqaror   ishlashini   ta`minlash;

- tashqi iqtisodiy   integratsiyani   faollashtirish,   xorijiy   kapitalni    keng kiritish,

eksport      potensialini      rivojlantirish,      mahsulot      eksporti      va      importi  tizimini

takomillashtirish   va   boshqalar.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling