Qarshi davlat universiteti kafedra: informatika o’qitish metodikasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.05.2020
Hajmi0.54 Mb.
#110443
Bog'liq
Laboratoriya №23 Flash dasturida boshqaruvchi obyektlar yaratish


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 

 

KAFEDRA: INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI 

 

 

 



 

“Kompyuter ta’minoti” fanidan 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzu: Flash dasturida boshqaruvchi obyektlar yaratish va turli xil 

animasiyalar hosil qilish 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Guruh: _______________ 

Bajardi: ______________ 

Qabul qildi: ___________  

 

 

 

 

 

 

QARSHI 


Laboratoriya ishi №23 

 

Flash dasturida boshqaruvchi obyektlar yaratish va turli xil 

animasiyalar hosil qilish 

 

Ishning maqsadi: Talabalarga Flash dasturida boshqaruvchi obyektlar va 

turli xil animatsiyalar yaratishni o’rgatish. 

 

Qisqacha nazariy ma’lumotlar: 

Kadrlar ustidan bajariladigan asosiy amallar 

[F7] yoki Vstavka menyusida Vstavit pustoy klyuchevoy kadr (Insert blank 



keyfrme) - aktiv qatlamda yangi bo’sh boshqaruv kadr yaratish. 

[F6]  yoki  Vstavka  menyusida  Klyuchevoy  kadr  (Insert  keyframe)  -  aktiv 

qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish. 

[Shift]+[F6]  yoki  Vstavka  menyusida  Ochistit  klyuchevoy  kadr  (Clear 



keyframe) - aktiv qatlamda tanlangan boshqaruv kadrini tozalash. 

[F5]  yoki  Vstavka  menyusida  Kadr  (Insert  frame)  -  aktiv  qatlamda  bush 

kadrini yaratish. 

[Shift]+[F5]  yoki  Vstavka  menyusida  Udalit  kadr  (Remove  frames)  -  aktiv 

qatlamda tanlangan kadrini tozalash. 

Vaqt diagrammasida kadrlar tasvirlash formatlari 

Ko’chish  tweened-animatsiyasi  uchun  asosiy  kadrlar  (ключевые  кадры) 

strelkali  chiziq  bilan  birlashtirilgan  kora  nuqtalar  bilan  belgilanadi,  nuqtalar 

orasidagi  masofa  och-kuk  fonda  bo’ladi  (strelkali  chiziq  barcha  oralik  kadrlarni 

almashtiradi).  

Transformasiya  tweened-animatsiyasi  uchun  asosiy  kadrlar  strelkali  chiziq 

bilan birlashtirilgan kora nuqtalar bilan belgilanadi, nuqtalar orasidagi masofa och-

zangor  fonda  bo’ladi  (strelkali  chiziq  barcha  oralik  kadrlarni  almashtiradi). 

Punktirli chiziq oxirgi (yakunlovchi) kadr yukligini bildiradi. Qora nuqta va undan 

keyin kulrang kadrlar ketma-ketligi bo’lgan yakka asosiy kadr ushbu asosiy kadrni 



o’zgarmsiligini  bildiradi  va  bu  holda  yakunlovchi  kadr  bush  to’rtburchak  bilan 

belgilanadi.  

Kichik  «a»  harfi bu kadrga  Actions  (Deystviya)  paneli  yordamida  biror- bir 

amal  berilganligini  bildiradi.  Qizil  bayroqcha  bu  kadr  belgi  (metka)  yoki  izox 

berilganligini  bildiradi.  Qora  nuqtalar  bilan  tasvirlangan  Asosiy  kadrlarning 

o’zilmas ketma-ketligi kadrma-kadr animatsiyani bildiradi.  

Sariq  belgicha  bu  kadr  film  kadrlari  o’rtasida  navigasiya  qilish  uchun 

ishlatiladigan  nomlangan  belgini  o’z  ichiga  olishini  bildiradi,  agar  diagrammada 

joy yetarli bo’lsa u holda sariq belgicha yonida uning nomi ko’rinib turadi.  

Vaqt  diagrammasini  ko’rinishi  kadrlarni  tanlangan  formatiga  ham  bog’liq 

bo’ladi. Bu formatlarni tanlash Frame View menyusi yordamida amalga oshiriladi. 

Bu menyu buyruqlari vaqt diagrammasining barcha qator (qavat) lariga taaluqlidir. 

Menyu punktlari to’rtta guruhga bo’lingan (1-rasm) 

 

1-rasm. Kadrlar formati menyusi 

 

Birinchi  guruhdagi  buyruqlar  kadr  yacheykasi  o’lchamini  gorizontal 



yunalishda o’rnatilishini bildiradi, quyidagi variantlar mavjud: 

 

Tiny (Juda mayda);  



 

Small (Mayda);  

 

Normal (Oddiy);  

 

Medium (Urta);  

 

Large (Yirik).  

Large  formatini  tovush  parametrlarini  kurish  uchun  ishlatish  maqsadga 

muvofiq.  Ikkinchi  guruhga  yagona  buyruq  kiradi-  Short  (Qisqa).  Bu  buyruq  kadr 

yacheykasi  o’lchamini  vertikal  yunalish  bo’yicha  kichiklashtirishni  bildiradi. 

Bunday  o’zgarish  vaqt  diagrammasining  chap  qismi  formatiga  taysi  qiladi  (bu 

qismda kaatlar ta’rifi joylashgan).  

Uchinchi  guruhga  ham  yagona  buyruq  kiritilgan-  Tinted  Frames  (Buyalgan 

kadrlar).  Ushbu  punkt  tanlanganda  animatsiyani  turli  xillari  uchun  kadrlarning 

rangli indikasiyasi ishlatiladi.  

 

2-rasm. Short buyrug’dan so’ng vaqt diagrammasi 

formatining o’zgarishi 

 

So’nggi, to’rtinchi guruh ikki buyruqdan iborat: 



 

Preview  (Avvaldan  ko’rish-Предварителный  просмотр)-bu  buyruq 

qo’llanilganda  vaqt  diagrammasida  animatsiyani  asosiy  kadrlarni  kichik 

ko’rinishiin namoyon bo’ladi;  

 

Preview  In  Context  (Predvaritelnыy  prosmotr  v  kontekste)-  bu  buyruqni 



agar har bir asosiy kadrda ikki va undan ortik obyektlar o’zgarib tursa ishlatilishi 

maksadga  muvofik,  negaki  bu  buyruq  vaqt  diagrammasida  kadr  yacheykasiga 

sahnani  barcha  joyini  topshiriladi,  lekin  bu  holda  kadr  tasviri  Preview  buyrug’i 

ishlatilgandagindan ham kichikroq bo’ladi. 



Xususiyatlar inspektori 

Ish  sohasidan  pastki  qismda  xususiyatlar  inspektori  paneli  joylashgan.  Agar 

ish  sohasida  biror-bir  obyekt  tanlanmagan  bo’lsa  yoki  obyektlar  umuman 

bo’lmasa,  u  holda  xususiyatlar  inmpektori  faqat  filmning  umumiy  xosslarini 

ko’rsatadi.  Biror-bir  obyektni  tanlanganda  xususiyatlar  inspektori  formati 

avtomatik ravishda o’zgaradai.  

Bu holda xususiyatlar inspektori paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan 

bo’ladi:  

 

Document (Hujjat) matn maydoni, bu maydonda tahrirlanayotgan fayl nomi 



aks ettiriladi;  

 

3-rasm. Preview (yuqorida) va Preview In Context (pastda) 

buyruqlarini qo’llanilgandagi natija 

 

 

4-rasm. Hujjatning xususiyatlari ispektori 

 

 

Size  (O’lcham)  tugmasi,  bu  tugma  ish  stolini(ya’ni,  Flash-filmni 



kurishuchun «ekran» o’lchami) joriy o’lchamini ko’rsatadi. Bu  tugma bosilganda 

qo’shimcha  Document  Properties  (Hujjat xossalari) dialog oynasi ochiladi,  uning 

yordamida  ish  stoli  o’lchamini  o’zgartirish  va  boshqa  qo’shimcha  parametrlarni 

o’rnatish mumkin (7- rasm); 



 

Publish (Publikasiya) tugmasi, bu tugma bosilganda filmni avval o’rnatilgan 

parametrlari  bilan  birga  publikasiyasi  (namoyishi)  amalga  oshiriladi.  Filmni 

publikasiyasi 

Flash-filmini 

FLA-formatidan 

SWF-formatiga 

konvertasiya 

qilishdan iboratdir, bundan tashqari avtomatik ravishda filmdan iborat Web-sahifa 

(HTML-fayl) yaratiladi. Tugmada publikasiyani asosiy parametrlaridan biri- Flash-

pleyer versiyasi aks ettiriladi;  

 

Background  (Fon)  tugmasi,  bu  tugma  bosilganda  film  foni  (ya’ni,  ish  stoli 



rangi)ni tanash uchun rang palitrasi oynasi ochiladi; 

 

Frame  Rate  (Kadrlar  tezligi)  matn  maydoni.  Bu  maydon  yordamida 



animatsiyani  kadrlari  almashish  chastotasini  o’rnatilishi  mumkin(chastota 

sekund/kadr- frame per second, fps bilan ulchanadi);;  

 

So’roq  belgisi  (?)  tasviri  tushirilgan  tugma,  HTML-hujjat  formatidagi 



kontekst ma’lumotnomani (spravka) chaqirish uun xizmat qiladi

 

yulduzcha  tasviri  tushirilgan  tugma,  bu  tugma  bosilganda  Accessibility 



(Dostupnost)  paneli  ochiladi,  bu  panel  filmning  barcha  elementlariga  qo’shimcha 

parametrlar  (jismoniy  imkoniyatlari  chegaralangan  insonlar  uchun  qo’layliklar 

yaratishni)ni o’rnatish uchun xizmat qiladi. 

Shuni ham aytib o’tish lozimki, xususiyatlar inspektori ham boshqa panellar 

ham  kontekst-bog’langandir.  Ya’ni  ular  yordamida  boshqa  obyekt  haqida 

ma’lumot olish uchun ularni yangidan ochish shart emas- muharrir oynasida sizga 

kerakli obyektni tanlasangiz bas. 

 

5-rasm. Document Properties diolog oynasi 



 

Flash  MX  oynasinig  boshqa  elementlari,  shuningdek  menyuning  turli 

bo’limalirga  kiruchi  buyruqlar  bilan  siz  film  yaratishning  etaplarini  o’rganish 

mobaynida tanishasiz.  

 

Topshiriqlar: 



 

1-topshiriq. 

Vaqt shkalasi yordamida Kadrlar animatsiyasi 

«Soat» 

1. Macromedia Flash dasturini ishga tushiring. 

2. Document  Properties dialog  oynasini  ishga  tushiring.    Size  buyrug’i 

yordamida 

 

hujjatning  o’lchamini:  200 Х200 pikselda  deb  olamiz.  Shu  holatni  o’zingizning 



papkangizga *.fla formatida saqlang. 

3. Vaqt  diagrammasida  Insert  Layer 

  uskunasi  yordamida  ikkita  sloy 

qo’shing va ularni tsiferblatkatta strelka va kichik strelka deb nomlang:  

 


4. Brinchi sloyda bo’lg’usi soatning asosini yasang:  

 

5. Sloylarning birinchi kadrlarida kichik va katta strelkalarni chizing:  

 

6. Barcha  sloylarda  ikkinchi  kadrlarni  belgilab  sichqonning  o’ng  tugmasini 

bosing va Insert Keyframe (kalit kadrini joylang) buyrug’ni bosing:  

 


7. Ikkinchi  kadrda  katta  strelkani  tanlab  Tools  panelidan Free  transform 

(Q) 

 uskunasining Rotate and Skew 

  buyrugi yordamida 30

0

ga buring.  



 

8. Xuddi shu buyruqlar yordamida ikkinchi kadrda kichik strelkani 10 soniga 

qarab 2,5° ga burib qo’ying:  

 

9. Har safar yangi kalit kadrini qo’shganda katta va kichik strelkalarni surish 

yoli  bilan  katta  strelkaning  to’liq  aylanishiga  erishamiz.  Bu  holatga  13  ta  kadrda 

erishish lozim:  

 

10. Kadrlar  almashinish  chastotasini  1  soniyada  1ta  kadr  ko’rsatgichiga 

qo’ying.  

11. Tayyor rolikni Ctrl+Enter klavishalari majmui yordamida ko’ring.  

12. Tayyor bo’lgan rolikni o’zingizning papkangizga *.fla formatida saqlang. 

 


2-topshiriq. 

 

Harakat animatsiyasi 

«Harakatlanuvchi shar» 

1. Macromedia Flash dasturini ishga tushiring. 

2. File ► New (Ctrl+N) buyrug’i  yordamida yangi hujjat yarating. 

3. Ish maydoninig yqorgi chap qismida shar tasvirini yasang:  

 

Vaqt  diagrammasida  birinchi  kadr  kalit  kadri  (qora  nuqta  yordamida)  deb 



belgilanadi.  

 


4. Arrow 

   yordamida  sharni  ajratib  bosh  menyudagi  Modify  ►Group 



(Ctrl+G) buyrug’i  yordamida guruhlang. Shar  ko’kimtir ajratilgan  ramka olingan 

ko’rinishga o’tadi:  

 

5. Sichqonning o’ng tugmasi yordamida animatsiyaning oxirgi nuqtasi, misol 

uchun 36- kadr tanlanib Insert Keyframe buyrug’ini tanlang:  

 

Natijada  birinchi  va  oxirgi  kadr  oralig’i  rangi  bir  xil,  och  kulrang  tusidagi 



oddiy kadrlar ko’rinishiga o’zgaradi:  

 


6. 36-  kadrda  Shift  knopkasi  yordamida  sharni  ish  maydonining  o’ng 

tomoniga suring:  

 

7. 1-  kalit  kadriga  sichqonning  chap  tugmasini  bosing, natijada  shar  birinchi 

holatga  keladi  va  format  holat  inspektori  panelida  1-  kadr  parametrini  tanlash 

imkonini beruvchi Frame Label paneli paydo bo’ladi. 

 

8. Frame Label panelidagi Tween bo’limidan Motion holatini tanlang:  

 

Agar  panel  o’zgaradi  unda  animatsiya  parametrlarini  tanlash  intrfeysi 



elementlari paydo bo’ladi va birinchi va oxirgi kadrlar o’rtasida kul rangda strelka 

paydo bo’lsa, demak animatsiya muvofaqiyatli yakunlangan bo’ladi:  

 

9. Tayyor rolikni Ctrl+Enter klavishalari majmui yordamida ko’ring.  

10. Tayyor bo’lgan rolikni o’zingizning papkangizga *.fla formatida saqlang. 


3-topshiriq. 

 

Harakat animatsiyasi 



«Harakatlanuvchi matn» 

1. Macromedia Flash dasturini ishga tushiring. 

2. File ► New (Ctrl+N) buyrug’i  yordamida yangi hujjat yarating. 

3. Text Tool (T) 

  yordamida Ishchi maydonning pastki chap qismiga matn 

yozing:  

 

4. Birinchi  kadrda  o’ng  tugmacha  yordamida  context  menyudan  Create 



Motion Tween buyrug’ini kiriting:  

 

 



 

 


5. Vaqt  diagrammasining  10-  shkalasida  o’ng  tugmani  bosamiz  kontekst 

menyudan Insert Frame buyrug’ini tanlang:  

 

6. 10- kadrda matnni yangi pozitsiyaga suring:  

 

 



 

 


7. Tools  panelidan Free  transform  (Q) 

  uskunasining  Rotate  and 

Skew 

  buyrugi yordamida 180



0

ga buring:  

 

 

8. Tayyor rolikni Ctrl+Enter klavishalari majmui yordamida ko’ring.  



9. Tayyor bo’lgan rolikni o’zingizning papkangizga *.fla formatida saqlang. 

 

3-topshiriq. 

 

Harakat animatsiyasi 

«Ixtiyoriy trayektoriya bo’yicha harakatlanish» 

 

1. Macromedia Flash dasturini ishga tushiring,  

2. Ixtiyoriy obyekt hosil qiling, misol uchun (kapalak):  

3. Obyektni  ajratib  Modify ► Group  (Ctrl+G)  buyrug’  yordamida 

guruhlang:  

 

 

 



 

4. Add  Moution  Guide 

  buyrug’i  yordamida  obyektga  yo’naltiruvchi 

harakat qatlamini yasang:  

 

5. Hosil  qilingan  qatlamdagi  qalam 

  uskunasi  yordamida  harakat 

yo’nalishini ixtiyoriy harakat yo’nalishini chizing.  

 


6. Ajratilgan  obyektga  Contekst  menyudan► Create  Motion  Tween 

buyrug’ini  bering.  Natijada  obyekt  avtomatik  ravishda  yo’naltirgichning 

boshlang’ich nuqtasiga o’tadi:  

 

7. Animatsiya  sahnasining  oxirgi  kadrni  belgilab,  context  menyudan  kalit 



kadrini qo’ying:  

 

 



8. Oxirgi    kadrda  obyektni  ajrtilgan  qismdan  chiqarib  Yonaltirgich  oxiriga 

suring:  

 

9. Tayyor rolikmi Ctrl+Enter 

10. Tayyor tasvirlarni o’zingizning papkangizda *.fla formatida saqlang. 

 

4-topshiriq. 

 

Action Script da obyektlarni yaratish va boshqarish 



(Symbol  -Simvol)  -  Flash  dasturning  asosiy  elementlaridan  biri.  U  oddiy 

grafik  yoki  bir  nechta  qatlamdan  iborat  murakab  grafik  tasvir  (graphic), 

animatsiyalashgan klip (movie clip) yoki aktiv tugma (button) ko’rinishida bo’lishi 

mumkin. 


 

Yangi simvol yaratish 

Har  bitta  belgi  o’z  ichiga  bir  nechta  boshqa  belgilarni  olishi  mumkin 

bo’lganligi sababli Flash dasturida ishlash juda qulay. Yangi belgi yaratish uchun 

[Ctrl]+[F8]  yoki  Vstavka  menyusida  Novыy  simvol  (New  symbol)  buyrug’ini 

tanlaymiz. Natijada yangi belgining yaratish muloqot oynasi chiqadi, ushbu oynada 

biz  belgi  turini  (grafik  tasvir  -  graphic,  yoki  aktiv  tugma  -  button)  tanlaymiz  va 



[OK] tugmasini bosamiz. Yangi belgini boshqa yo’l bilan ham  yaratish mumkin. 

Agar biror bir tasvir qismini sichqoncha bilan tanlab [F8] yoki Vstavka menyusida 



Preobrazovat v simvol (Convert to Symbol) buyrug’ini tanlasangiz, u holda Flash 

shu tasvir asosida siz tanlagan turiga mansub yangi belgi yaratadi  



Belgining turlari 

Grafik  tasvir  (graphic)  -  bitta  kadrdar  va  bitta  yoki  bir  nechta  qatlamlardan 

iborat belgi. Aktiv tugma (button) - to’rtta kadrdan (Up, Over, Down, Hit) va bitta 

yoki  bir  nechta  qatlamlardan  iborat  belgi.  Up  -  tugma  oddiy  ko’rinishi,  Over  - 

sichqoncha  kursori  tugmaga  ko’rsatib  turgan  ko’rinishi,  Down  -  sichqoncha 

kursori  tugmaga  ko’rsatib  bosilib  tugran  ko’rinishi,  Hit  -  tugma  aktivlashish 

sohaning ko’rinishi. Animatsiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan kadrdar 

va qatlamlardan iborat belgi. Ushbu belgi o’z ichiga bir nechta boshqa belgilarni 

(grafik tasvirlar, aktiv tugmalar va boshqa animasion kliplarni) olishi mumkin.  

(Biblioteka  -  Library)  -  har  xil  turdagi  belgilar  bilan  ishlash  uchun  Flash 

ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun [Ctrl]+[L] yoki [F11] yoki Okno 

menyusining  Biblioteka  (Window  Library)  buyrug’ini  tanlashimiz  kerak.  Ushbu 

oyna  orqali  biz  barcha  belgilarni  ko’rishimiz,  ularni  tahrirlashimiz,  yangi 

yaratishimiz va o’chirishimiz, hamda ularni kadrlar qo’shishimiz mumkin.  

(Animatsiya - Animation) - Flash dasturning asosiy harakatlari. Animatsiya 

2 xil bo’ladi:  

  kadrli (Покадровое создание); 

  avtomatik(автоматическое создание промежуточных кадров). 

Kadrli  animatsiya  faqat  boshqaruv  kadrlardan  iborat  bo’ladi.  Avtomatik 

animatsiya  (tweening)  boshqaruv  hamda  avtomatik  ravishda  yaratilgan  oddiy 

kadrlardan  iborat  bo’ladi.  Flash  dasturda  ikki  xil  avtomatik  animatsiya  turi 

mavjud:  shakllar  geometriyasini  o’zgarishi  (shape  tweening)  yoki  boshqaruv 

kadrlar  o’zgarishi  (motion  tweening)  asosidagi  animatsiya.  Har  xil  animatsiya 

turlarini yaratish va ularni tahrirlash asoslari bilan keyinroq shug’ullanamiz. 



Flash MX tugmalarni belgilash 

Grafik  foydalanuvchi  interfeyslari  keng  tarqalishi  bilan  dasturlardagi  amalga 

oshiriladigan  funksiyalarni  ko’pi  «sichqoncha»li  bajarilishga  o’tib  borilmoqda. 

Lekin  amaliyot  shuni  ko’rsatmokdaki,  ba’zi  bir  ko’p  ishlatiladigan  buyruqlarni 

bajarish  uchun  «qaynoq  tugma  («горячие  клавиши»  (Shortcut  keys  yoki 

Hotkeys))»larni  ishlatish  qo’layroqdir.  Flash  MX  da  foydalanuvchiga  shaxsiy 

Hotkeys  lar  kombinasiyalarini  belgilash  imkoniyati  yaratilgan.  Bunday  belgilash 

maxsus  dialog  oyna  orqali  amalga  oshiriladi,  bu  oyna  Edit  menyusi  tarkibiga 

kiritilgan  Keyboard  Shortcuts...  buyrug’i  orqali  chaqiriladi.  Bu  oyna  interfeysni 

quyidagi elementlaridan tashkil topgan (20-rasm). 

 

Current  Set  (joriy  to’plam)  ro’yxati  oldindan  belgilangan  Shortcuts  lar 



kombinasiyasidan  birini  tanlash  imkonini  beradi,  bu  kombinasiyalar  quyidagi 

grafik muharrirlarda ishlovchilar uchun tanishdir: 

 

Macromedia Fireworks 4;  



 

Macromedia FreeHand 10;  

 

Adobe Illustrator 10;  



 

Adobe Photoshop 6.  



Bundan  tashqari  Macromedia  Standard  va  Flash  5  raskladkasi  variantlari 

nazarda  tutilgan.  Commands  (Buyruqlar)  ro’yxati  belgilash  qaysi  bir  buyruqlar 

to’plami uchun bajariladi, bunday to’plamlar to’rtta: 

 

Drawing Menu Commands (Chizish menyusi buyruqlari); 

 

Drawing Tools (Chizish ish qurollari); 

 

Test Movie Menu Commands (Filmni tekshirish menyusi buyruqlari); 

 

Actions Panel Commands (ActionScript muharriri buyruqlari).  

Tanlangan  variantdan  quyida  joylashgan  ro’yxatda  namoyon  bo’ladigan 

buyruqlar to’plami bog’liqdir. Agar Drawing Menu Commands varianti tanlangan 

bo’lsa,  u  holda  ro’yxatda  Flash  asosiy  oynasi  menyusini  barcha  buyruqlari  (File, 

Edit  va  boshqa)  keltirilgan.  Biror-  bor  menyuga  o’tish  uchun,  menyuning  chap 

qismida joylashgan «x» belgisini tanlash kerak. 

Buyruqlar  ro’yxati  tanlangan  kategoriyaning  buyruqlar  to’plami  va  joriy 

«qaynoq»  tugmalardan  iborat.  Description  (описание)  matn  maydoni  ro’yxatda 

tanlangan  buyruq  uchun  izohni  ekranga  chiqarish  uchun  ishlatiladi.  «+»  va  «-» 

simvollar  bilan  belgilangan  Shortcuts  tugmalari  ro’yxatdan  tanlangan  buyruq 

uchun  «qaynoq»  tugmachalar  kombinasiyasini  o’rnatish  yoki  o’chirish  uchun 

mo’ljallangan. O’rnatilayotgan tugmachalar kombinasiyasi klaviaturadan kiritilishi 

va Press Key (Tugmani bosing) matn maydonida chiqarilishi kerak. O’zgartirishlar 

kuchga kirishi uchun o’ngroqda joylashgan Change (O’zgartirish) tugmasini bosish 

kerak. Bu yerda muhim bir gapni aytib o’tish kerak. Keyboard Shortcuts oynasida 

Shortcuts  tugmalari,  Press  Key  maydoni  va  Change  tugmasiga  tegib  bo’lmaydi. 

«Qaynoq»  tugmalarni  joriy  taqsimlanishiga  o’zgartirishlar  kiritish  uchun  ta’rif 

fayli(fayl  opisaniya)ning  nusxasini  yaratish  kerak.  Bu  faylni  nusxani  olish 

Keyboard  Shortcuts  oynasining  o’ng  yuqori  burchagida  joylashgan  Duplicate  Set 

(To’plamni  nusxasini  olish)  tugmachasi  yordamida  amalga  oshiriladi  (21-rasm). 

Bu  tugmachani  bosib  siz  qo’shimcha  dialog  oynasini  ko’rasiz,  bu  oynaga  ta’rif 

fayli  nusxasi  nomini  kiritish  kerak.  Bunday  fayl  yaratilgandan  so’ng  Keyboard 



Shortcuts  oynasi  endi  unga  tegishli  bo’ladi  va  bu  oyna  yuqorida  aytib  o’tilgan 

«qaynoq»  tugmalar  belgilash  elementlari  va  Duplicate  Set  tugmachasi  yonida 

joylashgan ikkita qo’shimcha tugmachadan iborat.  

 

Shunday qilib, yangi «qaynoq» tugmalar o’rnatish uchun quyidagi amallarni 



bajarish kerak:  

1. Current  Set  ro’yxatidan  oldindan  o’rnatilgan  «qaynoq»  tugmalar 

to’plamidan biror- birini tanlash. 

2. Duplicate Set tugmachasi yordamida uni yangi faylga ko’chirish. 

3. Buyruqlar ro’yxatidan siz yangi «qaynoq» tugmalar belgilamoqchi bo’lgan 

buyruqni tanlang. 

4. «+» simvoli bor tugmachani bosing, bunda pastroqda joylashgan maydonda 

(bo’sh) qatori paydo bo’ladi.  

5. Klaviaturadan  buyruqga  belgilanadigan  tugmachalar  kombinasiyasini 

bosish. 

Agar kiritilgan kombinasiya mavjudlari bilan konflikt qilmasa, u holda Press 

Key  maydonidagi    qatori  kiritilgan  kombinasiya  bilan  almashtiriladi,  bu 

holda o’zgartirishlar kuchga kirishi uchun Change tugmachasini bosish kerak, agar 

siz kiritgan kombinasiya mavjud bo’lsa u holda Press Key maydonidan pastroqda 


ogohlantiruvchi  ma’lumot  chiqadi,  bu  vaziyatda  siz  boshqa  kombinasiyani 

o’rnatishingiz mumkin. 



Topshiriqlar: 

1.  Flash  dasturida  ism,  familiyangizni  va  guruhingizni  yozib,  ishchi  soha 

bo’ylab harakatlantiring?  

2.  Matnni  shaklga  aylantiring  (masalan:  ishchi  maydon  boshiga  ismingizni 

yozasiz, u harakatlanib, maydon oxiriga aylana yoki uchburchak shaklga kirsin)? 

3. O’zaro ikki sharni to’qnashtiring? 

4.  Ixtiyoriy  tasvirni  berilgan  chiziq  bo’ylab  harakatlantiring  (yuqoridagi 

kapalak misolida). 

5.  Mustaqil  ravishda  web-sahifalarga  mo’ljallangan  animatsiya  effektlarini 

yarating. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling