Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti biologiya yo’nalish 021-48 guruh talabasi


Download 496.96 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi496.96 Kb.
#1726005
Bog'liq
Bozorova Munisa

Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti biologiya yo’nalish 021-48 guruh talabasi

  • Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti biologiya yo’nalish 021-48 guruh talabasi
  • Bozorova Munisaning

  • Biotexnologiya fanidan “Immunoenzim tahlilining geterogen usuli’’mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Reja:

  • Immunoenzim tahlili va uning ahamiyati
  • Getrogen usuli
  • Gomogen usuli

Immunoenzim tahlili (IET) ning asosiy mohiyati shundan iboratki, biokatalizator molekulasi reaksiya ketadigan zonada antigen bilan yoki antitela bilan bog‘langan shaklda bo‘lishidir. Antigen yoki antitelaning ferment molekulasi bilan bog‘langan shakli kon’yugat deb yuritiladi.

IETni o‘tkazish vaqtida antigen antitana molekulasi bilan bog‘langandan so‘ng, ushbu kompleksni aniqlash uchun, fermentning substrati kiritiladi va reaksiya natijasida xosil buladigan mahsulotlar aniqlanadi.

Hozirgi vaktda immunoenzim tahlili (IET) usulining xilma-xil turlari ishlab chiqilgan. IET turli xil moddalarni aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. Jumladan, dorivor preparatlarni, gormonlarni, antitelalarni, virus va bakterial antigenlarni, oziq-ovqat toksinlarini, fitotoksinlarni, narkotik moddalarni, hamda sifiliz, malyariya taksoplazmoz, alveokok, qizilcha va gelmintlarni, salmonellezni va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni diagnoztika qilishda keng qo‘llaniladi.

Modomiki, IET antitelalarni aniqlashda ham qo‘llanilar ekan, bu esa o‘z navbatida ko‘p kasalliklarni boshlanish bosqichida oldini olish va serodiagnostika qilish imkoniyatini yaratadi.

SHuni aytib o‘tish lozimki, IETda fermentativ reaksiyani deteksiya qilish hosil bo‘lgan mahsulotni aniqlash bilan chegaralanmay, balki reaksiyasi natijasida rangli o‘zgarish, issiklik ajralish yoki yutilish, flyuretsensiya, paramagnit xususiyatlarni yoki boshka fizik-kimyoviy parametrlarni o‘zgarishi natijasida aniqlashni amalga oshirish mumkin.

Ba’zi mikroorganizmlarni faol bo‘lmagan shtammlarini antigen sifatida olish kon’yugatlarni kimyoviy sintezida ijobiy natija bermaydi. SHu sababli antigen antitelalarni ma’lum manbadan ajratish va ularni tozalash va kalibrovka egri chiziklarini tayyorlash talab etiladi. Antitelalarni tozalashda biosferik xromatografiya qo‘llaniladi. Buning uchun avvalo biospetsifik va immunosorbentlar sintezlash kerak. Ushbu immunosorbentlar IETning geterogen variantlarini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi.Immunosorbentlar olish uchun mmobilizatsiyalangan antigenlarni sintezlash zarur. CHunki geterogen IET qattiq tashuvchi yuzasida olib boriladi.

IETning gomogen usulida esa barcha jarayonlar suyuq muhitda, ya’ni qattiq tashuvchi ishtirok etmagan sharoitda olib boriladi. Immun kompleksni registratsiya qilish jarayoni katalitik yoki ferment reaksiyalari ketishi bilan bog‘lik o‘zgarishlar asosida amalga oshiriladi. YUqorida qayd etilgan ikkala usul uchun ham umumiy talab shundan iboratki, antigen yoki antitanalarni standart eritmalari asosida oldindan kolibrovka chizigini yaratish kerak bo‘ladi. CHunki, aniqlanayotgan modda miqdorini aniqlash, IET natijasini tahlil qilish ana shu kolibrovka asosida ko‘rsatib beriladi.

Gomogen usuli

E’toboringiz uchun rahmat


Download 496.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling