Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti informatika o


Download 184.5 Kb.
bet1/12
Sana03.10.2022
Hajmi184.5 Kb.
#829984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Baholashning zamonaviy metodlarini loyihalashtirish
teza maqola, Test-2pdf, Talabalar mustaqil, DC M2Brochure En, 20220609235024, 1-variant, 21dw4ozHKozppVUKpdZ0sapaNuDtkAgygV3Z8ECO, cb9a08396678cd8abf7ee1af01a41aa4, FOTOSURATCHI kasb imtihoni, 10-sinf uchun test., ApplicationFile (13), Reference-358211100821 (4), Keys 2 (1), masssiv

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI
4-KURS 018-54 - GURUH TALABASI
OCHILOV OQILNING
INFORMATIKA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASHTRISH” FANIDAN TAYYORLAGAN


KURS ISHI


Mavzu: Baholashning zamonaviy metodlarini loyihalashtirish.


Bajardi: O. Ochilov
Ilmiy rahbar: N. Begmatova
Qarshi – 2022

Mundarija


Kirish. 3
I-BOB. Baholashning zamonaviy metodlarini loyihalashtirish. 11
I.1. Bilimlarni nazorat qilishning vazifalari 11
I.2. Bilim, ko`nikma va malakalarni nazorat qilishga qo`yilgan talablar 14
I.3. Baholashning zamonaviy metodlari. 18
I.4. Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 22
I.5. Baholash shakllari va turlari. Mezon asosida baholash tamoyillari va mexanizmi. 24
Xulosa. 31
Adabiyotlar 32



Kirish.


O’zbekistonning har bir sohada amalga oshirayotgan islohotlari, buyuk kelajakni ko’zlab qilinayotgan ishlari va loyihalari bilan bir qatorda iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan kabi ko’plab asosiy sohalarda jahon tajribalaridan kelib chiqib yangiliklarni kiritish, yurtimiz taraqqiyotida juda muhim omil hisoblanadi. Jumladan Prezidentimizning zamonaviy axborot texnologiyalarini har bir sohada keng qo’llashga doir ko’plab qaror va farmonlari aynan shu masalani qo’llab quvvatlaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PF-5598-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4022-son Qarori, “ Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 02.02.2019 yildagi PF-5653-son Farmoni, shuningdek “1million dasturchi loyihasi” ham Axborot Texnologiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TIZIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3069
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.[8]
Ta’limda informatika fanining ahamiyati va zaruriyati yildan yilga o’sib bormoqda. Chunki axborot olamida yangiliklar kun sayin emas soat sayin ko’payib borayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir paytda bu sohaga e’tiborsizlik yoki yangiliklar kiritmaslik yurt taraqqiyotida katta oqsashga olib keladi. Yosh avlod yangidan-yangi axborotlarni o’z vaqtida olishi, ilm-fan, texnika yutuqlaridan bahramand bo’lishlari muhim hisoblanadi.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling