Qarshi davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti ijtimoiy pedagogika, psixologiya va maktabgacha


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.09.2020
Hajmi0.95 Mb.
#130458
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning oziga xos xususiyatlari


 

 

 

 

46 


II.2. MTMda musiqa mashg‟ulotlarini sifatli tashkil etishda zamonaviy 

jihozlarning o‟rni 

Oilada va bolalar bog‗chasida  olib boriladigan musiqaviy faoliyatni tashkil 

etish vazifalari quydagilardan iborat: 

1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga orgatish. 

2.  Musiqa  asarlari  bilan  tanishtirish  jarayonida  bolalarda  emotsional  his-tuyg‗ular 

hosil qilish yoli bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurini boyitib borish. 

3. Bolalarni oddiy  musiqa  tushunchalari bilan tanishtirish,  tinglash, ashula aytish, 

musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarda oddiy musiqa asboblarida 

kuy chalish ko‗nikmalarini hosil qilish va ijodiy qobiliyatlarini o‗strib borish. 

Musiqa  bolaga  har  tomonlama  yordam  berib,  tevarakatrofni  obrazli, 

emotsional  idrok  etish  va  bola  xarakterning  shakllanishiga  ta‘sir  ko‗rsatish  uchun 

musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‗yiladi: 

1. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish. 

2.  Bolalarni  ashula  aytish  va  musiqaviy  ritmik  malakalarga  o‗rgatilib,  ularda 

musiqani qabul qilishni his etish va tushinish qobilyatlarini tarbiyalash. 

3. Bolada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish.  

Musiqiylikning  rivojlanishi  tufayli  bolalar  musiqa  obrazlarini,  ularning 

atrofdagi  qo‗shimcha,  obrazlarni  bolalar  yorqin  his  eta  boshlaydilar.  Bu  esa,  o‗z 

navbatida ularning tevarak-atrofni bilishda, estetik baholanishni tarbiyalashda katta 

ahamiyatga  ega.  Bolalarni  musiqa  bilan  shug‗ullantirishning  sababi  bola  musiqa 

bilan  shug‗ullanmasdan,  qo‗shiq  aytish  va  musiqa  –  ritmik  harakatlar  qilish 

ko‗nikmalarini  yuzaga  keltirib,  shu  soha  bilan  bog‗liq  bilimlarni  o‗zlashtirishi 

mumkin. 

 Kuy,  qo‗shiqqa,  san‘atga  muhabbat,  musiqa  madaniyati  xalqimizda 

bolalikdan  boshlab,  oila  sharoitida  shakllanadi.  Bolalar  musiqasi  ularning 

dunyoviy  his-tuyg‗usidir.  Dunyo  eshigini  ochish  uchun  uning  iste‘dodini 

rivojlantirish kerak. Buning uchun: 

1. Birinchi navbatda musiqaviy nutqini o‗stirish. 


 

47 


2. Hissiyotini o‗stirish lozim. «Aks holda, musiqa tarbiyaviy vazifani bajarmaydi» 

(N.A.Vetlugina).  Musiqiy  tarbiya  kattalar  va  bolalar  o‗rtasidagi  eng  chiroyli, 

yoqimli,  qulay  muloqotdir.  Har  bir  inson  ham  bolalar  dunyosi  bilan  doimo 

hamnafas  yashay  olmaydi,  bu  imkoniyat  faqat  tarbiyachilardagina  mavjuddir. 

Tarbiyachilar  bolalar  bilan  birga  orzu  qilib,  ertaklar  olamiga,  musiqa  dunyosiga 

kirib boradilar, ular bilan birgalikda o‗ynab, rasm chizib, ijod qiladilar. Bolalar o‗z 

tarbiyachisiga  ishonib,  ularni  do‗st  ko‗rib,  ularga  orzulari,  histuyg‗ulari,  sirlari 

haqida  gapirib  berishadi.  Bolalar  bog‗chasida  musiqaviy  faoliyatni  amalga 

oshirshda barcha tarbiya o‗zaro bog‗lab olib boriladi. Bolalar yoshiga xos  musiqa 

asarlari kichkintoylarga unutilmas taassurot qoldiradi. 

Musiqaviy  faoliyat  bilan  o‗yinlarni  qo‗shib  olib  borilsa  bolalarning  obrazli 

fikrlashi va obrazli xotirlash harakat, malaka ko‗nikmalarini yaxshi rivojlantiradi. 

Bu har ikkala psixologik-parallel rivojlanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bolalarning o‗yin dunyosi xilma-xildir. O‗yin bobida ular ijodkordir. Ammo 

musiqaviy  faoliyatning  o‗yin  bilan  birga  bog‗lab  olib  borish  ancha  qiyinchilik 

tug‗diradi.  Bunda  tarbiyachi  dasturga  tayangan  bolalarning  yosh  xususiyatlarini 

hisobga olgan holda, ish ko‗rishi lozim. Bola musiqa va o‗yin jarayonida o‗zining 

ehtiyoj va qiziqishlarini aks ettiradi. 

Bolalarning  yoshi  va  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  oila  tarbiyachisi 

xonani jihozlar bilan to‗g‗ri ta‘minlashi lozim. Albatta xonada musiqaviy asboblar, 

turli  xildagi  musiqaviy  adabiyotlar  bo‗lishi  kerak,  chunki  bola  har  bir  musiqa 

asbobining  tarixi,  uning  kelib  chiqishi  hamda  adabiyotdagi  tovushlarning 

yo‗nalishlarini bilishi kerak. Oilada musiqaviy faoliyatni tashkil etishda musiqaviy 

repertuarlar  tanlashi,  xalq  o‗yinlaridan  o‗rinli  foydalanish  katta  ahamiyatga  ega. 

Xaql  o‗yinlari  oila  hayotida  eng  muhum  va  tarkibiy  qismiga  aylangan  bo‗lib, 

tantanavorlik,  xursandlik  va  shodlik  holatini  vujudga  keltiradi.  Bolalarni  badiiy 

didini  tarbiyalaydi.  Oilada  tashkil  etilgan  bayram  ertaklari  umumxalq 

bayramlarining bir parchasi bo‗lishi kerak. Bunda bolalarning yoshi va rivojlanish 

xususiyatlarini hisobga olgan holda xalq o‗yinlaridan foydalanamiz. 


 

48 


Bolalar  o„yinlarida  musiqa  Har  xil  bolalar  o‗yin  mashqlarida  turli  xil 

musiqalardan  foydalaniladi.  Bolalar  o‗zlari  mashg‗ulotlarda  o‗rgangan:  «Musiqa 

mashg‗ulotlari»,  «Konsert»larda  raqsga  tushadilar,  ashula  aytadilar.  Bunday 

o‗yinlarda  tarbiyachi  bolalarga  ro‗llarni  bo‗lib  beradi,  har  xil  musiqalarni  topib 

beradi. 

Bolalar  tariyasida  musiqiy-didaktik  o‗yinlar  katta  rol  o‗ynaydi.  Ulardan 

ayrimlari  mashg‗ulotlar  vaqtida  o‗rganiladi.  O‗yinlar  musiqaviy  qobiliyatni, 

fikrlashni  oshiradi.  Oila  tarbiyachisi  bolalarning  kundalik  hayotida  olgan 

bilimlarini  mashg‗ulotlarda  takrorlaydi,  ularni  yangi  musiqiy-didaktik  o‗yinlar 

bilan tanishtirib boradi. 

Oila tarbiyachisi bolalarni har xil musiqaviy asboblar bilan tanishtirib boradi 

va bolalarni har xil musiqaviy asboblar qo‗yilgan stol atrofiga o‗tqizadi. Bolalarni 

birma-bir  chaqirib, asboblarning  nomini so‗raydi, tarbiyachi  musiqa  chalib beradi 

va qaysi musiqaviy asbobda chalganini bolalardan so‗raydi. 

Musiqaviy  ta‘lim  berish  jarayonida  musiqa  tinglash,  kuylash,  musiqa 

savodini  o‗rgatish,  raqs  tushish,  cholg‗u  asboblarini  chalish  hamda  musiqa 

ijodkorligi kabi bilimlarni berish har tomonlama  kamolga yetishida muhim vosita 

bo‗lib xizmat qiladi.  

 Bolalarga  musiqiy  tarbiya  berishning  negizi  qo‗shiq  aytishdir.  Qo‗shiq  har 

tomonlama  bolani  kamolga  yetaklaydi.  Bolalardagi  musiqiy  qobilyatni 

rivojlantirishga  hamda  bolaning  barkamol  yetuk  avlod  kishisi  sifatida  o‗sishiga 

yordam  beradi.  Bolalar  bog‗chasida  o‗rgatiladigan  har  bir  qo‗shiq  mazmuni  va 

xarakterini ongli tushunishga o‗rgatish kerak bo‗ladi. Avvalambor tarbiyachi biror 

bir  she‘rni  yod olishni dasturdan  foydalangan holda o‗rganadi.  Har  bir  tanlangan 

she‘r  bolaning  qiziqishlari,  bolaning  ishlari,  guruhlari  hamda  fasllarga  qarab 

bayramlarning  turlariga  qarab  o‗rgatiladi.  Qo‗shiq  bolaning  hayotida  muhim  rol 

o‗ynaydi. 

Qo‗shiq  inson  tafakkurini  va  ongini  rivojlantiradi.  Biz  qo‗shiqni  bolalarga 

o‗rgatayotganda  avval  qo‗shiq  kuyini,  keyin  she‘rini  misrama-misra  o‗rgatamiz. 

Qo‗shiq kuyini o‗rgatganda to‗rt xil musiqa asboblari orqali chalib yoki bo‗lmasa, 



 

49 


biror-bir  jonivorning  ovozlarini  berib,  o‗rgatishimiz  mumkin.  She‘rni  esa 

bo‗g‗inlarga  ajratib  yoki  chapaklar  orqali  yod  oldiradi.  Bolalar  she‘rlarni  tezroq 

yod olishlari uchun she‘r matnlarini takror aytishimiz kerak. Agar bolaning xayoli 

bir  joyda  bo‗lmasa,  musiqa  tovushlarini  va  she‘rni  tez  yod  olishlari  murakkab 

bo‗ladi. 

Chunki  musiqaviy  qobilyatini  o‗stirish  musiqa  san‘atiga    bo‗lgan  mehr  va 

qiziqishini  oshirib  borish  bolalarning  o‗z  faoliyati  jarayonida  muvoffaqityali 

bajaradi.  Qo‗shiq  aytishda  bolalarning  ovoz  xajmi  diapozoni  ishtiyoqi  va  zavqi, 

musiqa va qo‗shiq sohasidagi  tayyorgarligini e‘tiborga  olishi lozim. 

Har  bir  qo‗shiq  ma‘lum  pedagogik  maqsadlarni  amalga  oshirishni  ko‗zda 

tutib  tanlanadi.  Qo‗shiqlarni  ma‘lum  bir  tizimga  solishda  oddiydan-murakkabga 

qarab borishga rioya qilish kerak. 

Qo‗shiqlarni quyidagi talablarga qarab tanlash tafiya etiladi:  

-tarbiyaviy ahamiyati, g‗oyaviy mazmuni, musiqiy tuzulishi va xarakteri; 

-qo‗shiqning  matnini  yod  olishligi,  badiiy  yuksakligi  va  bolaarning  lug‗at 

boyligiga mosligi; 

 -ohangning  xarakteri,  intonatsiya  ifodasi,  kuyning  o‗lchovi,  diapazonning 

bolalar ovoziga mosligi; 

-qo‗shiqning  musiqa  cholg‗u  asboblari  jo‗rligi  uchun  nota  matni  bo‗lishligi 

va bolalar yoshiga mosligi

-qo‗shiqning shakli, necha band, qismdan iboratligi, naqoratning mavjudligi. 

Yalla, lapar, alla kabi o‗zbek xalq qo‗shiqlari, shuningdek, terma qo‗shiqlar 

milliy  musiqiy-ritmik  harakatlar  bilan  o‗rgatiladi.  Musiqa  rahbari  bolalarga 

qo‗shiqlarni  ifodali  yoqimli  ovzda  aytib  berib  tanishtiradi.  Qo‗shiq  mazmunini 

obrazli,  qiziqarli  tarzda  bolalar  ongiga  yetkazishga  harakat  qiladi.  Bunda  u 

ko‗rgazmali qurollar, musiqiy ritmik harakatlardan foydalanadi. qo‗shiq mazmuni 

va xarakterini bolalar yaxshi anglab olgandan so‗ng o‗rgatishga kirishadi. Bolalar 

toliqib  qolmasligi  uchun  qo‗shiq  o‗rgatish  uslubi  vaqti-vaqti  bilan  o‗zgartirilib 

turiladi. 


 

50 


Bolalar qo‗shiqni o‗rindiqlarga o‗tirgan yoki tik  turgan  holda kuylaydilar. 

O‗tirgan  holatda  o‗rindiqlarga  suyanib  ya‘ni,  orqaga  yotib  olib  aytish  mumkin 

emas.  O‗rindiqlar  bolalar  yoshiga  mos  bo‗lishligi  lozim.  Qo‗shiq  o‗tirib 

kuylayotganda  qo‗llarni  tizzalariga  qo‗yishi  shart.  Qo‗shiqning  mazmuniga  mos 

musiqiy-ritmik  haraktarni  bajarish  bolalarning  ko‗krak  qafasi  va  nafas  yo‗llarini 

yaxshi rivojlantirishga yordam beradi.  

Qo‗shiq  kuylash  yengil  va  oson  amalga  oshirilishi  tufayli  bolalar  diqqatini 

tez  jalb  etish  mumkin.  qo‗shiq  repertuarini  tanlashda  bolalarning  quyidagi  ovoz 

diapazonlariga rioya etish lozim. 

-2-3 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni mi -1-lya -1; 

-3-4 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-lya -1; 

-4-5 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-si -1; 

-5-6 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-do -1; 

-6-7 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-re -2; 

Barcha  guruh  bolalari  uchun  (fa  1-si  1)  yengil  primar-qulay  regstr 

hisoblanadi. Shuning uchun vokal mashqlarini va yengil qo‗shiqlarni shu regstrda 

kuylatish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  bolalarda  musiqiy  qobiliyatni  har  tamonlama 

rivojlantirishda  katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Qo‗shiq  kuylash  jarayonida  bolalarning 

fikrlash  qobiliyati,  nutqi,  idroki  o‗sadi.  Musiqa  rahbari  albatta  har  bir  qo‗shiqni 

o‗rgatish  davomida  bolalar  bilan  suhbat  qilib  ulardan  qo‗shiq  haqidagi  fikrlarini 

so‗rab  ularni  fikrlashga  undashi  yaxshi.  Musiqa  rahbari  shu  bilan  birgalikda 

bolalarni ovozini asrab avaylashga o‗rgatib borishi lozim.  

Talaffuzning  aniq  va  ravshanligi  qo‗shiqning  tushinarli  bo‗lishiga  berib 

uning badiiy obraz bilan aniq va mahzunli ijro etishiga kumaklashadi. Bolalarning 

ovoz xosila tizilmalari musiqa o‗quvi yoshga qarab o‗sadi. Shuning uchun qo‗shiq 

aytish malakalari ovozning asosiy elementlari: nafasning rejaga solish, tovush hosil 

qilish, talaffuz, soz, ansambl, dasturida har qaysi o‗quv elementlarining hammasi 

bir - biriga o‗zviy bog‗lanib borishi. Yuqorida ko‗rsatilgan elementalarning har biri 

hamma  guruhlardagi  qo‗shiq  aytish  ilimining  mazmuniga  kiradi,  va  asta-sekin 


 

51 


mustahkamlanib,  sifati  o‗zgarib,  murakkab  qo‗shiq  repertuarida  rivojlanadi.  Shu 

guruh bolalariga alohida e‘tibor berilishi kerak.    



Kichik  guruh(ilk  yosh)  bolalariga  qo„shiq  o„rgatish  texnologiyasi. 

Musiqa  rahbari  qo‗shiqni  mayin,  jonli  kuylaydi,  so‗ng  rasmlar,o‗yinchoqlar 

yordami bilan mazmunan qisqacha hikoya qilib beradi. Savol-javob orqali qo‗shiq 

mazmunini  ochib  beradi.  Dastlab  bolalar  qo‗shiqni  ijro  eta  olmaydilar.  Ular 

takrorlanuvchi  jumlalarni  kuylaydilar  xalos.  Bolalarda  kuylash  holati,  talaffuz, 

ovoz  hosil  qilish,  to‗g‗ri  nafas  olish  kabi  vokal  malakalarini  shakllantirib  borish 

ishlari  boshlanadi.bolalar  musiqa  rahbariga  taqlidan  u  ijro  etgan  qo‗shiqni 

qaytarishga  harakt  qilishadi.  Qo‗shiq  mazmuniga  mos  harakt  qila  boshlaydilar. 

Musiqa  rahbari  ularda  jamoa  bo‗lib  kuylash  ko‗nimalarini  shakllantirib  borishi 

lozim. Bolalar mashg‗ulotlar davomida asta-sekin qo‗shiqlarni bir-biridan farqlay 

boshlaydilar. 

Kichik guruh(ilk yosh) bolalariga qo„shiq o„rgatish texnologiyasi 

T.r  Mashg‗ulot mazmuni 

Uslub va usullar 

Mashg‗ulotning 

maqsadi 

va 


vazifalari 

Musiqiy ritmik harakatlar 



  

  



Tinglash  

  

  



Kuylash  .  ―Rumolcha‖  P.  Mo‗min 

she‘ri. D. Omonullayeva musiqasi  

Tushuntirish,  ijro, 

rahbatlantirish 

Qo‗shiq 


mazmunini 

tanishtirib 

ko‗rgazmalardan 

foydalanish 

Raqs  


  

  



Bolalar cholg‗ularida ijro 

  

  



Musiqa rahbari: hozir sizlarga qo‗shiqni ijro etib beraman deb qo‗shiqni ijro 

etadi  va  bolalardan  qo‗shiq  nima  haqida  ekanligini  so‗raydi.  Hozirgi  kun  talabi 

shuki qo‗shiqni o‗rgatish davomida musiqa rahbari bolalarni savol javobga undash 

kerak,  ya‘ni  ularni  mustaqil  fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirib  borish  shart. 



 

52 


Umumiy  musiqa  mashg‗uloti  10-15  daqiqa  davom  etsa,  kuylash  mashg‗ulot 

davomida 5 daqiqa davom etishi tavsiya etiladi. 



O„rta guruh(4 yosh) bolalariga qo„shiq o„rgatish texnologiyasi 

O‗rta  guruh  bolalarining  atrofdagi  hodisalarga  qiziqishi  ancha  ortadi,  ular 

musiqa  rahbariga  turli  savollar  bera  boshlaydilar.  Bu  yoshda  nutq  rivojlanishida 

jiddiy  o‗zgarishlar  yuz  beradi:  bolalarning  so‗z  boyligi  ortadi,  ular  tevarak-atrof 

haqida  fikr  yurita  oladigan  bo‗ladilar.  Musiqa  rahbari  ushbu  jihatlarni  hisobga 

olgan holda o‗z rejasini tuzib olishi lozim. 

4-yoshli  bolalar  tanish  qo‗shiq  va  kuylarni  bilib  oladilar,  ularni  nomlarini 

aytadilar.  Bolalar  tovush  balanligi  va  tembrlarini  farqlay  oladilar,  musiqa 

rahbarining ovoziga yaxshi moslashadilar, cho‗zib kuy oladilar. 

Musiqa mashg‗uloti bu guruh bolalari uchun 20-25 daqiqani tashkil etadi. 



Katta  guruh(5 yosh) bolalariga qo„shiq o„rgatish texnologiyasi  

Besh  yoshli  bolalarda  qo‗shiqlarni  o‗ynab  kuylash.  Idrok  qilish  faoliyatlari 

o‗rta  guruh  bolalariga  qaraganda  ko‗proq  rivojlangan  bo‗ladi.qo‗shiqlarni  ifodali 

qilib aytib bera oladilar. 

Musiqa rahbari: 

- bolalar nutqini takomillashtirish, so‗zlarni aniq talaffuz etishga o‗rgatish.  

-Musiqa  asari  bilan  tanishishda  badiiy  idrok  qilish  qobiliyatini  o‗stirib 

borishi lozim.  

-Qo‗shiq  so‗zlarini  tabiiy  ovozda,  zo‗riqtirmay,  to‗g‗ri  talaffuz  qilib 

kuylashga o‗rgatish. 

Musiqa mashg‗ulotlari davomiyligi 25-30 daqiqani tashkil qiladi. 

Tayyorlov    guruh(6-7  yosh)  bolalariga  qo„shiq  o„rgatish  texnologiyasi  bu 

yoshdagi  bolalar  musiqa  rahbari  topshiradigan  vazifalarning  mohiyatini 

tushunadilar,  ko‗rsatmalarni  mustaqil  bajaradilar.  Tovushni  to‗g‗ri  hosil  qilib,  sof 

intonatsiya,  musiqa  ostida  ritmik  harakatlar  bajarib  kuylay  olishadi.  Qo‗shiqni 

tabiiy, yengil, jarandor, yoqimli ohangda kuylash olishga o‗rgatish lozim. Qo‗shiq 

jumlalari  orasida  yelkalarni  ko‗tarmasdan    nafas  olish  ko‗nimalarini  rivojlantirish 



 

53 


lozim.  Bolalarga  tantanavor  ruhdagi  qo‗shiqlarni  o‗rgatish,  bayramona  rtmdagi 

qo‗shiqlar ko‗proq yoqadi. 

Musiqa mashg‗uloti davomiyligi 30-35 daqiqani tashkil etishi mumkin. 

Qo‗shiq o‗rgatish jarayonida yosh davrlar bo‗yicha ko‗rib chiqamiz. 



Kichik  guruh  bolalarini  kuylashga  o„rgatish  metodlari  3  yoshda  ovoz 

apparati endi shakllana boshlaydi. Qo‗shiqchilik ovozi hali yo‗q, nafas qisqa, lekin 

bolalar  shu  davrda  juda  qiziquvchan  bo‗lib,  kattalar  ijrochiga  bajonudil 

qo‗shiladilar,  jumlalarning  ba‘zi  tovushlarini  kuylay  olishadilar.  Asosiy  vazifa. 

Boshlang‗ich  kuylash  malakalarini  rivojlantirish  va  mustahkamlash.  Bu  yoshdagi 

bolalar  qo‗shiqni  butun  yaxlitligicha  kuylay  olishmaydilar,  faqat  ba‘zi 

qismlarinigina  kuylay  olishadi.  4  yoshga  kelib  ovoz  kuchayadi,  ular  eng  oddiy 

qo‗shiqlarni  kuylay  olishadi.  Bunda  qo‗yiladigan  vazifa  —  bolalarda  tabiiy 

tovushda  kuylashga,  zo‗riqmasdan,  tovushni  siqmasdan  kuylashga  o‗rgatish.  Bu 

yoshda muhim ishlardn biri bu talaffuz ustida ishlash. Bolalar bu yoshda hali ko‗p 

so‗zlarni  ma‘nosini  tushunmaydilar.  Ularga  so‗zlarning  mazmunini  va  to‗g‗ri 

talaffuzini  tushuntirish  kerak.  Bu  yoshdagi  bolalar  umumiy  bir  tempda  kuylashi 

qiyin  kechadi.  Bu  narsa  tarbiyachining  doimiy  e‘tiborida  bo‗lishi  va  bolalarning 

birgalikda kuylashga o‗tgatishi kerak. 

5  yoshli  bolalar  murakkab  bo‗lmagan  qo‗shiqlarni  musiqiy  rahbariga 

ergashib kuylaydilar. 

Metodik usullar: 

1. Musiqa rahbari tomonidan qo‗shiqni ifodali emotsional ijroda ko‗rsatish; 

2. Qo‗shiqni birinchi bor tanishtirish jarayonida rasm, o‗yinchoqlar bilan qo‗shiqni 

mazmunini ochib berishga yordam beradi. 

3. O‗yin shakllarini qo‗llash. 

4. Ta‘limiy usul — musiqa rahbari asarni 2-3 marta fortepianoda chalib beradi va 

bolalar bilan birgalikda kuylaydilar. 

5. Qo‗shiq matnini kuy bilan birgalikda o‗rganiladi. 



O„rta  guruh  bolalarini  kuylashga  o„rgatish  metodlari  5  yoshdagi  bolalar 

ma‘lum  darajadagi  umumiy  musiqiy  tayyorgarlikka  ega.  Ovozi  ancha 



 

54 


mustahkamlangan  bo‗lib  diapazon  (re  1  —  si  1)  kengaygan.  Nafas  biroz 

mustahkamlangan,  chuqqurlashgan,  so‗zlarni  to‗g‗ri  to‗laffuz  qilish  malakalariga 

egadir. 

Asosiy vazifa: 

1.  Tabiiy  tovushda  zo‗riqmasdan  kuylash.  Bu  malaka  ustida  muntazam  ravishda 

ish olib boriladi. 

2. To‗g‗ri nafas olish, ya‘ni bir jumlani bir nafasda kuylash. 

3. To‗g‗ri talaffuzga e‘tibor berish 

4. Artikulyatsiya ustida ishlash (qo‗shiq ijrosi vaqtida og‗izni to‗liq ochishga, past 

jag‗ni zo‗riqtirmasdan, siqmasdan ochib kuylash). 

5. Ansambl malakalari — qo‗shiqni birga boshlab, birga tugatishga 

erishish. Bu yoshdagi bolalarni jo‗rsiz ijroga o‗rgatish (yaxshi o‗rganilgan 

va mustahkam biladigan qo‗shiqni jo‗rsiz aytishi mumkin) kerak. 

Metodik usullar: 

1. Qo‗shiqni o‗rgatish jarayonida fortepiano jo‗rligida yoki jo‗rsiz olib 

boriladi. 

2. Musiqa rahbarining ovozidan kuylashga o‗rgatish bolalar uchun 

osonlashadi. 

3. Qo‗shiq o‗rgatish jarayonida musiqiy jumlalarni bolalarni guruhlarga 

bo‗lib, navbatma-navbat ayttirish (bunday metodni qo‗llashdan maqsad 

bolalarning eshituv jarayonini va diqqatini rivojlantiradi). 

4.  Cho‗zib  kuylash  malakasini  o‗stirish  (kontelenno  ijrosi).  Bu  yoshda  kuylash 

oldidan  ovoz  sozlash  mashqlariga  katta  e‘tibor  beriladi.  Mashqlar  bolalarda 

qo‗shiqchilik ovozini va qo‗shiqchilik nafasi rivojiga olib keladi. 



Katta  guruhda  kuylashga  o„rgatish  metodlari  Tovush  hosil  qilish  ustida 

ishlaganda  zo‗riqmasdan  kuylashga  e‘tiborini  qaratadi,  ammo  ovoz  jaranglash 

turli-tuman  bo‗lishini,  ya‘ni  tabiiy,  jarangdor,  chaqqon,  yengil,  mayin  kuylashga 

erishish  kerak.  Qo‗shiqchilikda  diksiya  va  qo‗shiqchilikni  rivojlantirib  o‗z-o‗zini 

eshitishga  ovoz  kuchini  boshqarishga,  so‗zlarni  aniq  talaffuz  etishga  o‗rgatish. 

Musiqa  rahbari  doim  bolalar  sof  kuylashiga  e‘tibor  berishi  kerak.  Kuylashning 



 

55 


sifati  kuylash  holatiga  bog‗liqdir.  Ifodali  kuylashga  erishishda  dinamiz  tuslar, 

ansambl malakalari to‗g‗ri 

bajarilishi muximdir. 

Metodik usullar: 

1. Aks-sado usuli. 

2. Qiyoslash-taqqoslash metodlaridan foydalaniladi. 



Maktabga  tayyorlov  guruhlarida  kuylashga  o„rgatish  metodlari  Maktabga 

tayyorlov  guruhida  musiqiy-estetik  masalalar  alohida  ahamiyat  kasb  etidi.  6-7 

yoshli bolalarda kuylashga ehtiyoj kuchayadi. Maktabga bolalarni puxta egallagan 

bilim va malakalar bilan yuboriladi. 

Maktabga tayyorlov guruhi bolalaridan talab etiladi: 

1. Qo‗shiqni ifodali ijro etishi: jarangdor, kuychan, yengil ovoz bilan 

kuylash;  ko‗krak  va  yelkani  ko‗tarmasdan  nafas  olish;  jumlani  boshida  olingan 

nafasni  jumlaning  oxirigacha  tejab  sarflash;  artekulyatsiya  malakalari,  so‗zlarni 

(unli va undosh harflarni) aniq va burro talaffuz qilish. 

2.  Qo‗shiqni  birga  boshlab  birga  tugatishi  (tempni  tezlashtirmasdan  yoki 

sekinlashtirmasdan); ritm  va  tempni  aniq his  qilishi;  kuyni  sof  intonatsiya  qilishi, 

yonidagi do‗stini kamchiligini ayta olishi; tanish bo‗lgan qo‗shiqni asbob jo‗rligida 

yoki jo‗rsiz ijro eta olish; kuyning yuqoriga va pastga harakatlanishi, uzun va qisqa 

tovushlarni aniqlay olishi; notalar nomlarini bilishi; yuqori notalar nota yo‗lining 

yuqorisida, past notalar esa pastiga yozilishini bilishi kerak. 

3. Jamoa va yakka kuylay olishi. Bunda qomatini tik tutib, ega bo‗lgan 

qo‗shiqchilik malakalarini ko‗rsata olishi. 

4. Qo‗shiqchilik diapazonini rivojlantirishi (do (do#) 1-re2). 



Qo„shiqchilik malakalari 

1.  Tovush  hosil  qilish  ustida  ishlash  (yengil,  yuqori,  jarangdor,  kuychan). 

Musiqa  rahbari  qo‗shiq  o‗rgatish  jarayonida  o‗zi  yoki  yaxshi  kuylaydigan  bola 

misolida ko‗rsatadi. 

2. Unli tovushlar (a, o, u, e, i)ni to‗g‗ri talaffuz qilish. Bunda musiqa 


 

56 


rahbari kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlarida (lya-le-li bo‗g‗inlari) qo‗llashi 

maqsadga muvofiqdir. 

3. Qo‗shiqchilik nafasi ustida ishlash. 

4. Diksiya rivoji. Bola matnni mazmunini tushungan holda to‗g‗ri kuylashi 

kerak. 

5. Intonatsiya (stroy) ning sofligi va to‗g‗riligiga erishish. 



Metodik usullar: 

1. Qo‗shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash. 

2. Qo‗shiqni yuqori va past tonalliklarda transportda kuylash. 

3. Kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish. 

4. Kuyni qo‗l xaraktida ko‗rsatish (dirijyorlik elementlari). 

Musiqiy asar tahliliga namuna: «Yangi yil archasi» M.Abdushukurova she‘ri 

A.  Berlin  musiqasi  asar  maktabga  tayyorlov  yosh  bolalarga  mo‗ljallangan.  Bu 

qo‗shiqning  murakkab  joylari  ko‗p  bo‗lib,  bolalarda  kuylash  faoliyatini 

takomillashtiradi. Qo‗shiq diapazoni mi 1  – do 2. Bu qo‗shiqda qishning ziynati, 

quyoncha,  tulkicha,  qorbobo  va  boshqa  mexmonlarni  kutayotganlari  haqida, 

umuman  olganda,  bolalarning  hayotida  yangi  yil  xotiralari  o‗chmas  iz  qoldiradi. 

Uning  yorqinligi,  bolalar  ertak  qahramonlari  bilan  hamnafaslikda  bo‗lganligi 

bolalarni o‗ziga jalb etadi. 

    Qo‗shiq aytish murakkab psixologik fiziologik jarayondir. Qo‗shiq aytganda 

bola  organizimning  deyarli  hamma  a‘zolari  ayniqsa,  tovush  hosil  qiluvchi 

artikulyatsiya nafas organlari va nerv tuqimalari nerv sistemasi faol ishtirok etadi. 

Agar  mazkur  organlarining  biri  qo‗shiq  aytish  jarayonida    notug‗ri  ishlasa    ovoz 

xosila tizilmasiga va ovoz xosil bo‗lishiga ziyon yetishi mumkin. Shuning uchun 

vokal  malakalarini  hosil  etishda  bu  organlarning  bir  vaqtda  o‗zaro  aloqada    va 

normal  ishlashga  erishi  zarur.  Bu  tadbirlar  nafasning  tekis,  osoyishta  tutqinli 

chiqishiga va nutq  talaffuzning yaxshi rivojlanishiga katta yordam beradi. 

 

Musiqa o‗quvini o‗stirish ovozni parvarish qilish va vokal xor malakalarini 



hosil etishda maxsus  vokal mashqlari ya‘ni uch tovushli past bosqich  yoki yuqori 

 

57 


bosqichdagi  tovushlari  orasida  intervallar  kvinta  yoki  oktava  miqyosidagi 

qismlarida qo‗shiq aytib ―Ovozni maqomga solish‖  katta ahamiyatga egadir. 

 

Musiqadan  savodli  qilish  vazifasi  bolalarning  musiqa  o‗quvini  o‗stirish 



asosida  ularga  qo‗shiqning  musiqiy  ohangni  anglash  va  tushunishni  qo‗shiq 

so‗zlarini  to‗g‗ri  aytishni  o‗rgatishdir.  Musiqa  sohasida  berilgan  barcha  nazariy 

ma‘lumotlar  notaga  qarab  qo‗shiq    aytish  va  mashqlar  qilish  jarayonida 

mustahkamlanadi. 

1.  Qo„shiq  ijro  malakalalari    va  ularning  ahamiyati.  Xor  bo‗lib  kuylash 

murakkab  psixologiya  fiziologiya  jarayon  hisoblanadi. Vokal xor  ishlari bolalarni 

ahloqiy estetik tarbiya uchun o‗qitishning eng aktiv shaklidar. Xor bo‗lib qo‗shiq 

kuylaganda  bolalarni  diqqat  e‘tibori  kuchayadi,  xotirasi,  nutqi  rivojlanidi,  ovoz 

diapozoni  kuchayadi,  musiqiy  o‗quvi  usadi,  rasta  davri  yengil  o‗tadi.  Vokal-xor 

malakalari  yildan-yilga  shakllanib  boradi,  har  bir  darsda  qayta-qayta  eslatib 

nazorat qilib turish lozim. Vokal xor malakalarini 6 xil turga bo‗linadi.  

2.  Mashg‗ulotda  qo‗shiq kuylash holati.  

3.  Qo‗shiqchilik nafasi.  

4.  Ovoz hosil qilish.  

5.  Sozlanish.  

6.  Ansamblga jo‗r bo‗lish. 

7.  Talaffuz. 

     Qo‗shiq  aytishda  gavda  xolatining  to‗g‗ri  bo‗lishiga  estetik  va  fiziologik 

tomondan  qarash  lozim.  Qo‗shiqchi  biridan  eshituvchi  diqqatini  chalg‗itadigan 

keraksiz  xarakatlardan  o‗zini  xoli  qilib,  tabiiy  majbur  bo‗lmagan  va  chiroyli 

ko‗rinishga  ega  bo‗lishga  o‗rganishi  kerak.  Qo‗shiqchilikda  saxnada  o‗zini  tutish 

manzarasi muvaffaqiyat uchun katta ahamiyatga egadir. 

         Gavdaning  to‗g‗ri  holati  ovoz  chiqarishdaqo‗yidagi  qo‗layliklarni  to‗g‗diradi. 

Gavdaning  erkin,  lekin  aktiv  holati  muskullarni  tovush  hosil  qilish  vazifasini 

bajarishga  safarbar  qiladi.  Shunday  qilib  qo‗shiq  aytishda  gavdaning  to‗g‗ri  holati 

qo‗shiqsi uchun prinsipial ahamiyatga egadir. 



 

58 


          Qo„shiqchilik    nafasi.  Bu  masalada  ilmiy  izlanishlar  shuni  ko‗rsatdiki, 

qo‗shiq aytish jarayonida nafasning bir turi bo‗lib qat‘iy ravishda ijro qilish mumkin 

emas. Qo‗shiqdan aralash nafas ishalatiladi. Nafas chiqarish qo‗shiq aytishda katta 

rol  uynaydi.  Bolalarga  murakkablatirmasdan  tushuntirib  maqsadga  muvofiq 

o‗qituvchi  bolalarda  qo‗shiq  nafasi  oddiy  fiziologiya  nafasni  farqi  birligini  yaxshi 

anglash  bilish  kerak.  Chunki  guruh  bolalarida    nafas  organlari  edi  rivojlanish 

darajasida 

bo‗lganligi  uchun  ularni  ko‗proq  nafas  gimnastikasi  bilan 

shug‗ullantirishi ovozni tezroq qo‗shiq uchun shaklalnishga sabab bo‗ladi. 

 

Ovoz  hosil  qilish  uchun  mayin  va  yoqimli  kuylay  olish  kerak.  Og‗ir 



sur‘atdali  qo‗shiqlarni  kuylaganda  ortiqcha  chuzib,  asarning  xarakterini 

bushashtirib yubormaslik zarur. Tez sr‘atli asarlarda shoshmaslik, ovoz mayinligini 

yo‗qotmadan  maqsadga  muvofiqdir.  Liga  bilan  birlashtirgan  notalarni  ea  kuylay 

olish kerak. Unlilarni to‗g‗ri talaffuz etish undosh tovushlarni esa   burro va aniq 

talaffuz  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Kuylaganda  og‗izning    yumaloq 

bo‗lishgae‘tibor berish kerak. 

 

O‗zbek  tilida  talaffuz  qilinadigan  unlilarni  ―u‖  tovushiga  yaqinroq  qilib 



yaqinroq qilib aytishbariq qattiq va nozik  ovozda kuylashga yo‗l qo‗ymaslik kera. 

Tovush  hosil  qilish  uchun  artikulyatsiya  organlarini  erkin  harakatlantirish,  lablar 

va tillalarni faol tutish zarur. Unli tovushlarni  talafuz etganda og‗iz va lablarning 

ochilishi  holatiga  e‘tibor  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Unlilarni  yumaloq  qilib 

kuylay  olish  kerak.tovush  tembrining  bir  xilligiga  erishish  uchun  tovushni  bir 

maromda  va  unisonda  kuylash  olish  zarur.o‗rtacha  dinamikida  mayin,yumshoq 

kuylash, mantiqiy urg‗ular bera olish maqsadga muvofiqdir. 


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling