Qarshi davlat universiteti


Download 14.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2018
Hajmi14.79 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

 

Fakultet: Fizika-matematika 

Kafedra: Fizika 

O‘quv yili: 2017-2019 

 

Magistratura talabasi: Bahromova 

Anzura Akram qizi 

Ilmiy rahbar: B.E.Xayriddinov 

Mutaxassisligi: 5A140202 Fizika 

 

,,Kombinatsiyalashtirilgan quyosh-geotermal issiq suv bilan isitiladigan tuproq 

osti issiqlik akkumulyatorli teplitsaning teplofizik va energetik tizimini ishlab 

chiqish, tadqiq etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi 

Annotasiyasi 

       “Quyosh – geotermal suv energiyalaridan foydalanib sog‘lomlashtirish markazi 

binolari va issiqxonalarning isitish tizmini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida 

bajariladigan amaliy ilmiy – texnik tadqiqotning maqsadi: Quyosh – geotermal suv 

energiyaaridan foydalanib sog‘lomlashtirish markazlaridagi binolarni va 

avtonomlashtirilgan tuproq osti issiqlik akkumul 

yatorli  issiqxonalarni  isitish,  ichki  havo  temperaturasi  va  namlik  rejimini  avtomatik 

boshqarish  texnologiyasi  asosida  yoqilg‘i-energiya  resurslarini  to‘liq  tejashga  hamda 

teplitsada  yetishtirilgan  sifatli  maxsulotning tan narxini  kamaytirishga  erishish,  tajriba 

sinovidan 

o‘taziladigan 

tuproq 


osti 

issiqlik 

akkumulyatorli 

qurilmalarni 

Respublikamizning janubiy geotermal issiq suv  

mavjud  bo‘lgan  mintaqalaridagi  sog‘lomlashtirish  markazlarida  foydalanish  uchun 

tavsiya etiladigan tizimini ishlab chiqish. 

       Qarshi  davlat  universiteti  “Fizika”  kafedrasi  magistrlari  va  ilmiy  izlanuvchi 

tadqiqotchilari Muborakneftgaz MCHJ va Muborak tuman “Sog‘lomlashtirish markazi” 

mutaxassislari  bilan  hamkorlikda  Quyosh  –  geotermal  suv  energiyalaridan  foydalanib 

isitiladigan  tuproq  osti  issiqlik  akkumulyatorli  teplitsani  ishlab  chiqish  va  tadqiqotlar 

o‘tkazishga  mo‘lallangan.  Sog‘lomlashtirish  markazi  binolarini  hamda  tuproq  osti 

issiqlik akkmulyatorli issiqxonalarni isitishning kompleks tizimi bo‘yicha ilmiy-texnik 

tadqiqotlar o‘tkazish uchun rejalashtirilgan. 

       Qashqadaryo  viloyati  Muborak  tumani  Sog‘lomlashtirish  markazi  Chiroqchi 

tumanidagi  “Toshpo‘lat  bobo  o‘g‘li  O‘ral”  fermer  va  xo‘jaliklar  bilan  hamkorlikda  2 

blokli  ,  har  birining  ishchi  maydoni  36m  *  6m=216    m2  va  216  m2*2  blok=432m2 

bo‘lgan  quyosh  -  geotermal    suv  energiyalaridan  foydalanib  isitiladigan  tuproq  osti 

issiqlik  akkumulyatorli  issiqxonadan  iborat  kompleks  ishlab  chiqiladi  va  foydalanish 

uchun tavsiya etiladi. 

        Joylardan  chiqadigan  geotermal  issiq  suv  temperaturasi,  bosimi  va  boshqa 

teplofizik,  gidrodinamik  xarakteristikalari  tadqiq  etiladi  hamda  issiqxonaning  issiklik 

akkumulyatoridagi  gidrodinamik  va  issiqlik  almashinuv  jarayonlari  avtomatik 

boshqarish  tizimi  asosida  tajribada  o‘rganiladi.  Olingan  ilmiy  –  texnik  natijalar  esa 

matematik  modellashtirish  hamda  sonli  metodlar  bilan  taqqoslanadi.  Muborakneftgaz 

MCHJ  yordamchi  xo‘jaligida  qurilgan  hamda  tajriba  variantida  o‘tkazilgan  dastlabki 



tajriba  va  nazariy  tadqiqot  natijalari  asosida,  qish  oylarida  qurilmaning  tiniq  yuzlari 

orqali quyosh energiyasini  o‘tishi o‘rtacha 3360 kJ/m2*soat ni tashkil etadi va bu esa 

o‘z navbatida ichki havo haroratini t =22, 24gradus C da saqlanishni ko‘rsatdi. 

Surunkali  bulutli  va  sovuq  kunlarida  tuproq  osti  substrat-tuproq  qatlamli  issiqlik 

akkumulyatoridan  tashqari  geotermal  qurilmasidan  uzatiladigan  issiq  suvdan 

foydalaniladi. 

       Shimol  tomoni  issiqlik  saqlovchi  mahalliy  materiallardan  foydalanib  qurilgan, 

binolar va tuproq osti issiqlik akkumulyatorli issiqxonalarning ichki havo haroratini va 

nisbiy  namligini  tiniq  yuzadan  o‘tadigan  quyosh  energiyasi  ta’sirida  o‘zgarishini, 

issiqlik akkumulyatori quviridagi havo oqimining gidrodinamikasi va quvur atrofidagi 

substrat-tuproq  qatlamidagi  issiqlik  almashinuv  jarayonlari  hamda  issiqlik  balansini 

avtomatik boshqarish tizimi asosida o‘rganiladi. 

       Qurilma  ishga  tushganda  quyosh-bioenergiyasidan  samarali  foydalanish  hisobiga 

qish va erta bahor mavsumida bir sutkada har bir kv.m (m2) ishchi maydon hisobidan  

30-40  kub.m  (m3)  gaz  yoki  4-6  kg  toshko‘mir  tejalishiga  erishiladi  va  atrof  muhit 

ekologik jihatdan himoya qilinadi 



 


Download 14.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling