Qarshi davlat universiteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi


Download 13.88 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi13.88 Kb.
#120887
Bog'liq
Ergashev Islomjon Zologiyadan Mustaqil ish-1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

ZOOLOGIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI

UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

fanidan

Mustaqil ish

Qarshi-2020


Mustaqil ish savollari
1. Zoologiya fani rivojlanish tarixi va unga qo‘shgan qadim, uyg‘onish davri chet el va o‘zbek olimlari.

2. Kladistik metod nima?

3. Yoqali xivchinlilar (Shoanoflagellata) tipi vakillari umumiy belgilari.

4. Retortamonada va Axostylata tiplari vakillari va ular tarqatadigan kasalliklar.

5. Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va axamiyati.

6. Sodda hayvonlar kelib chiqishi va evolyutsiyasi.


Javoblari

1.Zoologiya qadimgi fanlardan bo‘lib, bu fanga eramizdan ilgarigi 384-322 yillarda yashagan gretsiyalik olim, faylasuf Aristotel (Arastu) asos solgan. Arastu o‘sha zamonda fanga ma’lum bo‘lgan 454 xil (tur) hayvonlarni tuzilishi hayoti va tarqalishini sistema asosida bayon qilib bergan. Arastu asarlaridagi hayvonot dunyosi sistemasi ko‘p jihatdan hozirgi sistemaga yaqin bo‘lib, unda hayvonlar; qonlilar (umurtqalilar) va qonsizlar (umurtqasizlar) degan katta guruhlarga, bular esa o‘z navbatida yana sakkizta kichik guruhlarga: tirik tug‘uvchi to‘rt oyoqlilar (sut emizuvchilar), tuxum quyuvchi ikki oyoqlilar (qushlar), tuxum quyuvchi to‘rt oyoqlilar (sudralib yuruvchilar) oyoqsiz tuxum quyuvchi jabralilar (baliqlar) hashoratlar, qisqichbaqasimonlar kabilarga ajratgan. Arastuning zoologiyaga oid asarlari o‘zining to‘la va mazmunligi bilan, hatto XVIII asrda yozilgan asarlardan ham ajralib turadi.Zoologiya fanining qaytadan rivojlanishi 1735 yildan, ya’ni mashhur shved olimi K.Linneyning “Tabiat sistematikasi” nomli kitobining maydonga kelishi bilan boshlandiki, bu kitobda ma’lum bo‘lgan hayvonlarning ancha qo‘lay bo‘lgan sun’iy sistematika asosida o‘rganish metodlari ifodalangan edi.

XVIII va XIX asr boshlarida hayvonot dunyosining xilma-xilligi va tuzilishini har tomonlama o‘rganish va zoologik sistemani rivojlantirishga Spalantsani, Byuffon, Sent-Iler, J.B. Lamark, J. Kyuve kabi G‘arbiy Yevropa olimlari va shuningdek Lomonosov, Pallas, Volf, K. Ber va F. Rule kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.

Hozirgi zamon biologiya faniga asos solgan CH.Darvin (1859 й.) evolyutsion ta’limotining vujudga kelishi ilmiy materialistik zoologiya fanining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Chunki bu ta’limot “hayvon va o‘simliklarning turlarini bir-birlari bilan bog‘lanmagan holda yakka-yakka xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi dunyo-qarashlarga qattiq zarba berdi va biologiyani to‘liq ilmiy asosga qo‘ydi”.XIX asrning ikkinchi yarmi ilmiy materialistik zoologiyaning rivojlanish davri bo‘ldi.

Darvin evolyutsion nazariyasi asosida zoologiyaning taraqqiy etishi va rivojlana borishida A. Uolles, T. Geksli, F. Myuller, E. Gekkel kabi G‘arbiy Yevropa olimlari bilan bir qatorda mashhur rus olimlari A. O. Kovalevskiy ва V.O.Kovalevskiy, I.I Mechnikov, Bogdanov, SHevyakov, Zavarzin, Xolodkovskiy, Knipovich, Zernov, Pavlovskiy, Skryabin ва бошқалар katta xizmat ko‘rsatdi.

Halqimiz qadimdan biologik madaniy merosga ega bo‘lib kelgan. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va b.q.r. tabiiy fanlarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.

O‘rta Osiyoni tabiatini o‘rgangan olimlardan I.A.Seversov, A.N.Krasnov, D.N. Kashkarov, E.R.Korovin maktablarini shakllanishida bioekologik yo‘nalish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Kashkarov D.N, Zoxidov T.Z, Meklenburtsov R.N. o‘z ilmiy asarlarida O‘rta Osiyo biotsenozlarini bioekologik nuqtai-nazardan tasvirlab berishgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi FA O‘simliklar va hayvonot olami genafondi instituti olimlari O‘zbekiston hayvonot olamiga bag‘ishlangan ishlarni olib borganlar va bormoqdalar.

O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov, va E.P.Korovin hisoblanadi. Ularning 1930 yillarda chop etilgan “Muhit va jamoa”, “O‘rta Osiyo va Qozoston cho‘llarining turlari va ulardan xo‘jalikda foydalanish istiqbollari”,” Cho‘ldagi hayot” asarlarining yaratilishi bo‘ldi.

O‘zbekistonda hayvonot olamini o‘rganish D.N.Kashkarov faoliyati bilan boliq. U 1928 yilda AQSH ga bordi va bu erda biologiya jumladan zoologiya o‘sha vaqtda ancha rivojlangan edi. U 7 oy yirik ekologlarning Adams, SHelvord, Chepman, Grinell, Elli, Teyler, Forxis va boshqalarning ishlarini o‘rgandi va 12 ta universitet, muzey va qo‘riqxonalar bilan tanishdi.

Uning davomchilari zoolog-olimlar akademiklar T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiyev, O‘zFA sining muxbir a’zolari V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov hayvonot olamining tadqiq qilishda izlanishlar olib borganlar. Bu borada E.Gan, O.G.Davletshina, M.Qodirova, X.S.Solixboyev, O.P.Bodanov, G.I.Ishunin va b.q.r. ishlari ham taxsinga sazovar.

Bugungi kunda O‘zR FA O‘simliklar va hayvonot olami genafondi institutining bir guruh zoolog olimlari hamda O‘zR FA muxbir a’zosi, prof. D.A.Azimov boshchiligidagi olimlarning olib borayotgan ishlari mustaqil Vatanimizda hayvonot olami ekologiyasining dolzarb muammolariga bashlangan

2.XVIII asr boshlariga kelib hayvonot dunyosini o‘rganishda ma’lum qat’iy tartib va sistemani joriy etish zaruriyati yaqqol sezila bordi va shu zaruriyat ta’sirida shved olimi К.Линней (1707-1778) ning “sun’iy sistema” deb ataluvchi ancha qulay turkumlashtirish metodi vujudga keldi.

K. Linneyning 1735 yilda nashr etilga “Tabiat sistemasi” nomli kitobida bayon etilgan mazkur hayvonot sistematikasiga asos etib TUR kategoriyasi olingan. K. Linney ta’rifcha dunyodagi hayvonlar turlardan tarkib topgan. Har bir tur – bir ota-onaning bolalari kabi bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular o‘zaro erkin qo‘shila oladi, shu bilan birga naslli (ko‘paya oladigan) nasl bera oladi. Mazkur ta’rifga muvofiq, masalan: ot bilan eshak erkin qo‘shilmaydi, erkin qo‘shilsa ham nasl bera olmaydi.

Shu qoidaga muvofiq bir-biriga juda o‘xshagan turlar bir urug‘ (avlod)ga birlashtiriladi. Masalan: it, bo‘ri, qashqir turlari bir-biriga o‘xshaydi, binobarin ularni bitta itlar urug‘iga birlashtiriladi. O‘z navbatida bir-biriga har tomondan o‘xshash urug‘lar mavjud. Masalan, itlar urug‘i sirtlonlar urug‘iga o‘xshash. Bu o‘xshash urug‘lar oila deb ataladigan guruhlarga birlashtiriladi.

Ko‘p oilalar ham o‘zlarining hayotiy yo’nalishlari tuzilishlari bilan bir-birlariga o‘xshagan, itlar, mushuklar, qunduzlar oilalari yirtqichlar turkumiga birlashtirilgan.

Turkumlar o‘z navbatida sinflarga birlashtirilgan.

Mazkur sistema hayvonlarning tashqi yaqqol ko‘ringan belgilariga asoslanganligi uchun uni olimlar “Sun’iy sistema” deb ataydi, shu bilan birga K. Linney sistemasida hayvon turlarini nomlarini lotin tilida va mazkur tur mansub bo‘lgan urug‘ning nomi qo‘shib aytilishi joriy qilindi. Masalan: itlar turi - Sanus-canus (itlar urug‘iga kiradigan it) bo‘rilar turi Canus-lupus (itlar urug‘iga kiradigan bo‘ri) sherlar turi Pelus leo – (mushuklar urug‘i – sher) Pelus tigris – ( mushuklar urug‘i - yo‘lbars)

Turlarni nomi urug‘ nomiga qo‘shilib aytilgani uchun bu qoidani “binar nomenklatura” (ikki yoqlama yoki qo‘shaloq nomlanish) deb ataldi.



K. Linney tuzgan sistemaga solish qoidasi hayvonot dunyosini o‘rganish uchun juda katta turtki bo‘ldi.

3. Yoqali xivchinlilar (Сhoanoflagellata Р).

Bu bir ho‘jayrali xivchinlilar bo‘lib dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Gavdasini bosh qismidagi bir dona xivchini silindrsimon yoqa ichida joylashgan bo‘ladi. Yoqali xivchinlilarning 600 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ho‘jayra diametri kattaligi 10 mkm dan oshmaydi. Yoqali xivchinlilar oziqlanishi uchun ularning xivchinlari suv oqimini harakatga keltiradi. Natjada suv tarkibidagi bakteriyalar, organik zarrachalar yoqasi ichiga tushadi. Ozuqani fagotsitoz yo‘li bilan organizm o‘zlashtiradi. Yoqali xivchinlilar yakka, koloniya holida hamda erkin va o‘troq hayot kechiradi

4.RetortamonadaР va Axostylata Р.


Bu ikkala takson ham geterotrof xivchinlilar bo‘lib, ularda 4 tadan tortib bir necha mingtagacha xivchinlar bo‘ladi. Bu tiplarga mansub 700 dan ortiq turlarning faqat bir nechtasigina erkin hayot kechiradi. Tiplarning har birini 2 tadan sinflari bor. Aksariyat turlari umurtqali hayvonlar, hasharotlar., xususan tarakan va termitlar ichagida, kislorodsiz muhitda., anaerob hayot kechiradi.

Retortamonadalarning Жиардия (Giardia lamblia) turi AQSH da tarqalgan bo‘lib odamlar ichagida parazitlik qilib, qonli ichburug‘ (qonli ponos) kaslligini keltirib chiqaradi.

Ichak lyambliyalari asosan – o‘t yo‘li, ingichka ichak paraziti. Yo‘g‘on ichakda sistaga aylanadi. Sistalari orqali tarqaladi.

Aksostilatalar ham juda mayda xivchinli parazitlar bo‘lib, ulardan Trixomonas (Trichomonas vaginalus) odamning siydik – tanosil sistemasida parazitlik qiladi va odamga faqat jinsiy yo‘l bilan yuqadi.

Trixomonadalar – umurtqali hayvonlar xususan sut emizuvchilar siydik tanosil yo‘lida parazitlik qilib, uni yallig‘laydi.

Aksostilatalarnig gipermastegidlar taksoni yog‘ochxo‘r termit va tarakanlarning ichagida mutalistik (simbioz) hayot kechiradi. Yog‘ochxo‘r termitlar va tarakanlar qattiq yog‘och ozuqani gipermastegidlarsiz hazm qila olmaydi. Chunki yog‘ochni suyuq sellyulozaga gipermastegidlar aylantirib beradi va ikki tur o‘zaro foydali simbioz (mutalistik) hayot kechiradi.


. 5 Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va axamiyati.

Alvelotalar tipi 3 ta kenja tipga bo‘linadi. Bular: Dinoflagellyatalar, Kipriklilar va Sporalilar kenja tiplaridir. Bularning barcha vakillarida ribasoma DNK va pellikulalari tarkibida al’veolalar bo‘ladi.

Dinoflagellata kenja tipiga 4000 dan ortiqroq tur kirib bu turlarning 2000 ortig‘ida ho‘jayra tarkibida xloraplast bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun Dinoflagellyatalar ikki guruhga fotoavtotrof va geteroavtotroflarga ajratiladi. Ba’zi turlari ikkala usulni ham o‘zlashtirgan.

Fotoavtotroflar dengizlarda birlamchi produtsent sifatida muhim rol o‘ynaydi. Dinoflagellyatalar kenja tipiga tegishli Ksantafillar taksoni vakillari перидинин pigmenti ishlab chiqaradi va dengiz suvini “ qo‘ng‘ir-tillo” rangga bo‘yaydi. Dengiz va okeanlarda zaharli “Qizil oqimlar” hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu oqimga tushgan hayvonlar zaharlanadi. Ulardan olingan mahsulotlarni inson iste’mol qilganda kuchli zaharlanish holatlari kuzatilgan.

Dinoflagellata kenja tipini aksariat turlari “plankton” hayot kechiradi. Ba’zi dengiz dinoflagellyatalari ko‘p ho‘jayrali dengiz suv o‘tlariga yopishgan holda yashaydi. Barcha turlar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi

6..Sodda hayvonlar kelib chiqishi va evolyutsiyasi.

Sodda hayvonlar tipiga mansub barcha turlar tanasining bir hujayradan tuzilganligi va bir hujayra – mustaqil organizm bo‘lib yashashga layoqatlanaganligi bilan xarakatlanib, boshqa hamma ko‘p hujayralar hayvonlar (Metazoa) dan keskin farqlanadi. Ularning yagona hujayralaridagi turli organoidlarining har biri, ma’lum hayotiy funksiyani bajarib, ko‘p hujayrali hayvonlar tanasidagi organlar zimmasidagi vazifalarni o‘taydi. Uzoq davom etgan era va davrlar mobaynidagi tadrijiy takomillanish natijasida bir ho‘jayralilar o‘rtasida foraminiferalar, xivchinlilar va infuzoriyalar kabi ko‘p jihatdan murakkab tuzilgan formalar paydo bo‘lganki, shu jthatdan qaralganda, ularni “sodda hayvonlar” deb atash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. (Shunday bo‘lsa-da mazkur tarixiy nom saqlanib qolgan).

Mana shu eng qisqa xulosalar ham bir hujayralilarni ko‘p hujayrali hayvonlar bilan, ma’lum darajada, teng-parallel holda takomillashib, turlicha hayt muhitiga layoqatlashgan xilma-xil formalar hosil etganligidan dalolat beradi.

Ko‘pchilik zoologlarning fikricha, bir ho‘jayralilar o‘rtasidagi eng qadimgi guruh-o‘simliksimon ovqatlanadigan formalarni o‘z ichiga oluvchi xivchinlilar sinfi hisoblanadi. Sarkodinalar-xivchinlilarning qadimgi avlodlaridan rivojlangan deb faraz qilinadi. Xivchinlilar va sarkodinalarga o‘xshagan turlar-xivchin va psevdopodiyalari bo‘lgan rizomastgina urug‘ining mavjudligi va sarkodinalarning jinsiy ko‘payish davrida gametalarda xivchin paydo bo‘lishi va boshqa faktlar bu fikrning dalilidir.



Sporalilar sarkodinalarning qadimgi avlodlari hisoblanadi. Knedosporidiyalar esa xivchinlilarning avlodlaridan rivojlangan deb ko‘rsatiladi. Lekin, hozirgacha infuzoriyalarning qaysi bir ho‘jayralilardan kelib chiqqanligi masalasi aniqlangan emas. Shunday bo‘lsada, bir qancha olimlar infuzoriyalar bilan ko‘p xivchinlilar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va boshqa faktlar asosida, ularni xivchinlilardan kelib chiqqan deb hisoblaydilar.
Download 13.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling