Qarshi davlat unversiteti


Download 0.78 Mb.
bet1/4
Sana30.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
#138624
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5220102431219648312


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNVERSITETI

Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya yo’nalishi I-kurs 019-90 guruh talabasi

Rajabova Mazifaning

Botanika ‘fanidan Dala amalyotidan tayyorlagan




HISOBATI


Amaliyot rahbari:


Qarshi– 2020



BOTANIKA FANIDAN O‘QUV-TANISHUV AMALIYOTI

KIRISH

Botanika fanidan ma’ruza va laboratoriya darslarda o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarimni mustahkamlash uchun 36 soat hajmidagi o‘quv tanishuv amaliyotini onlayn tarzida uy sharoitida o‘tadim.



Amaliyotning maqsadi:Biz talabalarga o‘simliklarning tuzilishi, hayotiy shakli, tarqalishi, har xil landshaftdagi o‘simliklar qoplami bilan tanishtirish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarini aniqlashni, gerbariy tayyorlashni, o‘simliklar qoplamini geobotanik nazardan, har xil sharoit, muhitga nisbatan aniqlashni o‘rgatishdan iboratdir.

Amaliyotning vazifalari:

- biz talabalarga o‘simliklar dunyosining xilma-xiligini ko‘rsatish va ularni tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi, o‘simliklarni yashash sharoitiga moslashishlarini o‘rgatish;

- hovli tomorqasidan gerbariylar uchun o‘simlik namunalarini yig‘ish, ularga yorliqlar (etiketkalar) yozish hamda terilgan gerbariylarni maxsus iskanja (uy sharoitidagi qo‘lbola press)lar yordamida quritishni o‘rgatish;

- hovli tomorqasidan tergan o‘simliklarni morfologik belgilariga qarab aniqlagich yordamida oila, turkum va turlarni aniqlashni o‘rgatish;

- hovli tomorqasidagi har xil argofitotsenozlarni botanik tahlil qilishni o‘rgatish:

- biz talabalarni o‘simlik dunyosi boyligini qadrlashga, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish yo‘llarini o‘rgatishni asosiy vazifa qilib belgilagandir.


O‘QUV TANISHUV AMALIYOTINING BIRINCHI KUNI

Amaliyotning birinchi kunida uning maqsadi, vazifalari, texnika xavfsizligi qoidalari, eslatmalar bilan onlayn tanishdim. Har xil o‘simlik turlarini aniqlash usulini o‘rgandim. O‘simliklar morfologiyasi bo‘limi bo‘yicha gerbariy yig‘ish va uni tayyorlash texnikasi usullarini o‘zlashtirdim. Tayyorlangan gerbariylarga asoslanib, morfologik belgilarni yozishni yoriqlashtirish va o‘simlikni aniqlashni uslubiy ko‘rsatma, yo‘riqnoma va internet videolavhalari yordamida o‘rgandim.



1-topshiriq.

Gerbariy tayyorlash va o’simlik turlarini aniqlash haqida ma’lumot bering

O‘simliklardan gerbari tayorlash uchun o‘simli generativ fazada bolishi kerak. Birinchi bo‘lib o‘simlik atrofidagi tuproq yumshatilib o‘simlikga zarar yetkazmagan xolda tuproqdan ajratib olinadi. O‘simliklarni changdan tozalab olib, agar o‘simlik yirik bolsa qismlarga ajratib olamiz. Keyingi navbatta gazeta olib uning orasiga o‘simlikni qo‘yib, o‘simlik gazetada to‘g‘ri joylashganligiga ishonch xosil qlamiz, gazetani yopib uning ustiga og‘ir pridmet masalan: kitob qoyib 2-3 kun quyosh nuri tushmaydigan, namlik yuqori bolmagam joyda quritamiz.

Gerbariy so’zi lotincha “herbarium” so’zidan olingan bo’lib, “o’t, o’tli” degan ma’noni bildiradi. Ilk marotaba ilmiy asosda gerbariylar tayyorlash XVI asrda Italiyada paydo bo’lgan. 1490-1556 yillarda yashagan italiyalik vrach va botanik Luka Ginni ilk marotaba o’simlik qismlarini kitoblar orasiga solib quritishni va keyinchalik ular asosida o’simliklarning botanik xususiyatlarini o’rganishni taklif etgan, lekin u tayyorlagan gerbariylardan shu kungacha hech qaysi biri saqlanib qolmagan. Shunday bo’lsada, u gerbariy tayyorlash metodikasini ishlab chiqqan shaxs sifatida botanika tarixidan o’chmas joy oldi.

Gerbariy so’zini keng va tor ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’noda uni ma’lum tarzda ishlangan, rasmiylashtirilgan va quritilgan o’simliklar kolleksiyasi deb qaralsa, keng ma’noda uni ilmiy laboratoriya yoki muassasa deb tushuniladi. Chunki bunday ilmiy laboratoriya o’z faoliyatida ana shunday kolleksiyalardan foydalanib ish ko’radi. Gerbariy ma’lum talabga javob beradigan darajada yig’ilgan va quritilgan bo’lishi kerak. Belgilangan talabga javob beradigan gerbariy, ya’ni to’g’ri yig’ilgan, presslangan, quritilgan, rasmiylashtirilgan o’simlik haqiqiy gerbariy hisoblanadi.



Gerbariy yig’ish uchun kerakli asboblar. O’simlikni kovlab olish uchun har xil asboblardan foydalaniladi. Ular ekskursiyada olib yurish uchun qulay bo’lishi kerak. Umumiy kovlagich sifatida eni 25-34 mm li iskana, diametri 25-30 mm va uzunligi 30-40 sm keladigan trubadan tayyorlangan kovlagichdan foydalanish mumkin. Kovlagich bilan birga yig’ma pichoq hamda maxsus tok qaysi bo’lishi lozim. Ular yordamida tikanli o’simliklar (maymunjon, na’matak va boshqalar) hamda daraxtlarning shoxlari qirqiladi. Uch tomonida ilmog’i bo’lgan tayoqdan esa suv tubidagi va yurib bo’lmaydigan botqoqliklardagi o’simliklarni yig’ishda foydalaniladi. Yig’ilgan o’simliklar qog’oz yoki gazeta solingan papkaga joylanadi.

Papkani pishiq karton yoki fanerdan yasab olish mumkin. U ikki bo’lakdan iborat bo’lib, o’lchami 42-44×30 sm. Karton yoki faner bo’laklarini tasma bir-biriga tortib turishi uchun ularda tirqish ochiladi. Papkaning ikkinchi tomonidan tasma o’tkazilib, uni yelkaga osib yuriladi. Papkaga kovlagich va yorliqlarni solib yurish uchun qo’shimcha qo’shimcha cho’ntaklar qilinsa ham bo’ladi.



Gerbariy uchun o’simlik yig’ish. O’simliklar yig’ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga to’liq amal qilish zarur. O’simlikni yaxshi bilmaslik natijasida ba’zi zaharli o’simliklarga qo’l urilganda teri kuyadi yoki bargi iste’mol qilinganda zaharlanish hodisasi kuzatiladi. O’simliklarning gul changi ta’sirida ba’zan allergiya ro’y beradi. Qo’riqxonalar, botanika bog’lari va shunga o’xshash joylarda ma’muriyat ruxsatisiz gerbariy uchun o’simliklar yig’ish mumkin emas. Gerbariy uchun singan, yulib ketilgan, chaynalgan, kasallangan va nimjon o’simlik olinmaydi. Gerbariy uchun yig’iladigan o’simlikning organlari – ildizi, bargi, poyasi, mevasi, gul va urug’lari bo’lishi shart. Har xil tipdagi daraxtlar uchun novdalar bargi bilan, gullagan novdalar mevalari va qishlovchi kurtaklari bilan yig’ib olinadi. Bundan tashqari daraxtning asosiy tanasidan bir bo’lak po’stloq ham olinsa gerbariy to’liq olingan hisoblanadi. Shunday qilib, to’liq materialga ega bo’lish uchun ayni o’simlik turidan har xil mavsumiy muddatlarda takror material yig’ish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O’simliklarni presslash va quritish. O’simliklarni quritish uchun zarur miqdorda qog’oz zahira bo’lishi kerak. Shuningdek, varaq orasiga qo’yiladigan qog’oz ham talab etiladi. Bunday qog’oz pressdagi bosimni va suv namini shimish uchun xizmat qiladi. Qog’oz sifatida yumshoq, namat, 4-8 qavatli sukno yoki bosma filtr qog’ozdan foydalaniladi. Bulardan tashqari paxta, lignindan tayyorlangan yostiqchalar ham ishlatiladi. Qog’ozning o’lchami montirovka uchun ishlatiladigan o’lchamda bo’lishi kerak.

O’simliklarni pressga joylash. O’simlik quritilayotgan vaqtda ezilib qolmasligi uchun ular to’g’ri presslangan bo’lishi kerak. Yaxshi presslanmagan o’simlik uzoq saqlanmaydi, sinib, maydalanib ketadi. Presslashning muvaffaqiyatli chiqishi uchun o’simlikni to’g’ri joylash, yetarli qog’ozlar qo’yish va shnurni optimal taranglikda tortish kerak. O’simlik pressga joylanayotganda, odatda u quruq qog’ozga olinadi. Bu vaqtda o’simlikning bukilib qolgan qismlari tekislab qo’yiladi, bir-birga tegib turgan yoki ustma-ust tushib qolgan yirik barglar orasiga gigroskopik qog’oz qo’yiladi.
2-topshiriq.

O’simlik biomorflari haqida ma’lumot

Bu o‘simlik tog‘ va to‘qaylarda tarqalgan, bo‘yi 2-3m ga yyetadigan royasi kop tikanli sershox buta. Barglari murakkab toq patsimon 5-9 yaproqchali iyun iyul oylarida gullaydi gullari yirik yeni 8-9sm asasan och pushti, gulkosacha va gultoji 5tadan ,gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor. Mevasi soxta toq qizil yetdor uzunchoq tuxumsimon uzunligi 2-3sm , ichida juda ko‘p qattiq urig‘lari bor.





3-topshiriq.

O’simliklarning ildizlari xilma xiligini o’rganish. Gerbariy uchun materiallar tayyorlash.

Ildizlar shakli va o‘lchami jihatidan bir-biridan keskinfarq qiladi. O‘simliklarning turiga, tuproq-iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo‘g‘on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo‘ladi.Ayrim daraxtlarning ildizi 50–60 m gacha yetishimumkin. Masalan, yong‘oqning yon ildizlari atrofga 20–30 mgacha tarqaladi. Qumda o‘sadigan juzg‘unning ildizlari judauzun va ingichka bo‘lib, asosan yon tomonga qarab o‘sadi.

Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon o‘sib, 30 m gacha chuqur

kirib boradi.Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga

bo‘linadi.

Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevositao‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi.

Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi.

Bir tup o‘simlikdagi asosiy, yon vaqo‘shimcha ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi(sistemasi) deyiladi. Ildiz tiziminingo‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga,ildizining shoxla nishiga, qo‘shimchaildizlarga hamda tuproq unumdorligiga

bog‘liq.

Ildiz tizimi tuzilishiga ko‘ra:



oq ildiz va popuk ildizga bo‘linadiMurtakdagi boshlang‘ich ildiz rivojlanishi

jarayonida o‘sishda davom etsa, undan o‘q ildiztizimi hosil bo‘ladi. Bun day moslashish ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos.



Oq ildiz tizimi uzun va yo‘g‘onroq bo‘lib, undan yonildizlar o‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug‘pallali o‘simliklargaxos bo‘lib, uni do‘ lana, na’ matak, saksovul va ma daniy o‘simliklar (olma, o‘rik, nok, qovun, tarvuz, g‘o‘ za, no‘xat,loviya, mosh va terak ka bilar) misolida ko‘rish mumkin.Endi ikki urug‘pallali o‘simliklarga mansub g‘o‘zaningildiz tizimi bilan tanishamiz. Chigitning murtakdagi ildizchasidandastlab asosiy ildiz o‘sib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay,undan ko‘plab yon ildizlar o‘sib chiqa boshlaydi. O‘z navbatida,yon ildizlardan yanada maydaroq yon ildizchalar rivojlanadi. Natijada asosiy va yon ildizlar o‘sib va ko‘payib ildiztizimini hosilqiladi.Ildizlarorasida uning yo‘g‘on va uzun,yerga tik kirib boradigan qismi ajralib turadi.

Popuk ildiz tizimi bir-biri ga o‘xshash bo‘lgan bir to‘damay da ildizlardan tash kil to padi. Uning asosiy ildizi yaxshirivoj lanmaydi. Bunday ildizlar asosan bir urug‘ pallali o‘simliklarda uchraydi.Bir urug‘pallalilardan bug‘doyning ildiz tizimituzilishiniko‘ribchiqamiz. Bug‘doyning murtakdagiildizchasidan dastlab asosiy ildizrivojlanadi va oradan ko‘p o‘tmay unobud bo‘ladi. Shun dan keyin murtakdagi

poyacha asosidan bir to‘da mayda, bir-biriga o‘xshash qoshimcha ildizlar

o‘sib chiqadi.

Poyaning yerga yaqin qismi dan yokiyerga tegib turgan jo yidan o‘sib chi qadigan

ildizlar qoshimcha ildiz tiziminihosil qiladi. Bunga makkajo‘xori,

kartoshka, ajriq, qulupnay kabi o‘simliklarning il dizlari misol bo‘ladi Demak,ildizlartuzilishiga ko‘ ra, asosiy,yonvaqo‘shimchaildizlargabo‘linad






Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling