Qarshi muhandislik iqtisodiyot institut Bank ishi va auditi 157-21-guruh talabasining


Download 37.47 Kb.
bet1/5
Sana11.11.2021
Hajmi37.47 Kb.
  1   2   3   4   5

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institut

Bank ishi va auditi 157-21-guruh talabasining

AMALIY ISHI

NO_3

Bajardi : OCHILOV ASILBEK



Tekshirdi: ZARIPOVA SHAXLO

Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi.Android ,Windows 7, 10 OTla Ishning maqsadi: Zamonaviy operatsion tizimi hamda Android,Windows 7 , 10 OT lar bilan tanishish .

Ishning vazifasilari:

1.Zamonaviy operatsion tizim tushunchasi va turlari .

2.zamonaviy operatsion ishlash ko’nikmalarini hosil qilish .(ПУСК menyusi ,Мой компъютер yorlig’I va h.k

. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:

fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);

dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor


xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);

xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);

foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.

Shuni ta'kidlash lozimki, eng zamonaviy bo’lib, hozirgi vaqtda MS kompaniyasining Windows oilasiga mansub OT lar hisoblanadi. Bu Windows 95/98/ME, Windows NT/2000 Hozir esa, biz, MS maxsulotiga mansub bo’lmagan OT lar, UNIX ga o’xshash Linux va Free va Windows XP/2003 yangi avlodidir.BSD, QNX va OS/2 larni ko’rib chiqamiz. Biz, UNIX oilasi OT larining arxitеktura xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. QNX tizimi esa juda taniqli va eng yaxshi, rеal vaqt tizimlariga mansubdir. OS/2 OTi esa, amalda ishlatilmayapgan bo’lsa ham, u eng birinchi, bir nеchta opеratsion muhitni ho’llovchi to’lahonli va ishonchli multidasturli va multimasalali OT dir.

MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.

Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.

Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali

ishlash imkoniyatiga egabo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windowsoperatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows

3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.

Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.

Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.

Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan - Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yo’qlanadi.

Windows XP operatsion tizimi yo’qlangandan so’ng ekranga Windows XP operatsion tizimining ish stoli chiqadi. Bu 1-rasmda ko’rsatilgan.

1-rasm
Ish stolda quyidagi ob‘ektlar mavjud bo’ladi:
1 - YORLIQLAR VA PAPKA - har xil dasturlar, papkalar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu papka va fayllar ochiladi.
2 - PUSK MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin.

3 – TEZ YO’QLASH QATORI - har xil dasturlarni tez yo’qlash imkonini beradi.


4 - VAZIFALAR QATORI - aktiv dasturlar va fayllar nomlarni ko’rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan yordamida bittasidan boshqasiga tezkor o’tish ta‘minlanadi.


5 – KO’RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma‘lumotlar, klaviatura til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini o’zgartirishimiz mumkin

       Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida uzining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan turtburchak soha.

      


Download 37.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling