Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot kafedrasi «mikroiqtisodiyotni»


Download 19.8 Kb.
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi19.8 Kb.
#190511
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot fanidan kurs ishi (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT KAFEDRASI

«MIKROIQTISODIYOTNI » fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Ishlab chiqarish va unda ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi. Ishlab chiqarish tushunchasi, ishlab chiqarish resurslari, ishlab chiqarish funksiyasi.

Bajardi: I 161-19 guruh talabasi Meyliyev Bobur
Ilmiyrahbar: _____________________


QARSHI-2020

Mudareja:

Kirish

1. Ishlab chiqarish mazmuni va mohiyati.

2. Ishlab chiqarish omillari va kombinatsiyasi. Ishlab chiqarish resurslari.

3. Ishlab chiqarish funksiyasi

Xulosa

Tayanch iboralar.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzotlarning eng oliysi. U boshqa jonzotlardan oʻzining aqd-idroki bilan ajralib turadi. U haѐt kechirishi uchun turli ehtiѐjlarini qondirishi shart, chunki busiz u yashay olmaydi.

Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchilarining oldida turgan yirik masalalardan biri, bu shak shubhasiz, oda mlarning bitmas tuganmas ehtiyojlarini qondirishdir.Shu sababli, bugun dunyoning har bir chekkasini olmaylik, turli xildagi insonlarning iste’moli uchun kerak bo’ladigan mahsulotlarni tayorlashga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu jumladan bizning davlatimiz bo’limish O’zbekistonda bu borada ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda Prizidentimiz I. A. Karimovning quyidagi so’zlarini keltirishimiz lozim. “Sobiq ittifoq markazi o’tkazgan yangi mustamlakachilik hududiy iqtisodiy siyosat oqibatida respublikada xalq xo’jaligi bir tomonla ma xom-ashyo bazasi sifatida rivojlandi. Texnologiya, resurslar, shuningdek butlovchi buyumlarni bir qis mini, xalq is’temoli mollarini etkazib berish jihatidan boshqa respublikalarga juda qara m qilib qo’ydi. Ammo“O’zbekiston -kelajagi buyuk davlat, deb ta’kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada ha mma narsa: tabiiy boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy, ins oniy va ma’naviy salohiyat mavjud” O’zbekiston za minida juda ulkan va noyob, hali ishlab chiqarishga jalb etilmagan minera l xom-ashyo resurslari to’plangan. Ularning 95 turi aniqlangan. Respublikada 370 ta kon ishlab, har yili 200 million tonnadan ortiq tog’ jinslari qazib olinmoqda. Paxta tolasini yetishtirishda ma mlakatimiz jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy Osiyo davlatlarida yetishtirilgan paxta tolasining 1,5 million tonnasi yoki 75 foizi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi. Hozirda dunyo aholisi soni taxminan 7 milyardga yetgan. Va bu ko’rsatkich kundan kunga yanada oshib bormoqda. Kishilik ja miyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur bo’lgan moddiy – ne’ matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni inson extiyojlariga moslab tayyorlamoq, yetishtirmoq, ishlab chiqarmoq va qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirmoq lozim. Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan unsurlarni bo’lishi, ularni o’zaro birikishini shakllantirish lozimdir. Xullas ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Shundan keyin ishlab chiqarishni maqsadi, moxiyati, vazifasi va uning natijalarini tushunmoq kerak bo’ladi. Maqsad aniq bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish va iste’molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta aha miyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste’mol, xo’jalikni tashkil qilish va uni yuritishga ta’luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy qonuniyatlar yoritib berishga harakat qildik.

Insonlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur boʻlgan barcha neʼmatlar ularning haѐtiy ehtiѐjlarini tashkil etadi. Inson oʻz ehtiѐjlarini qondirish yoʻllarini qidiradi. Ehtiѐjlarni qondirish zarurligi, yaʼni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Chunki. ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lmasa. ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlaming o‘zi bo‘lmaydi. Inson iste’molsiz yasholmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha ko'plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalaming mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir boiayotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi. Ishlab chiqarishning omillari tavsifi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuno ocliib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog'liq masalalar bayoni, «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tu-shunchasiga ham o'rin ajratiladi. Shuningdek, keyingi qo'shilgan mah-sulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi, ulaming kamchilik jihatlari ochib beriladi. Ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo‘li sifatida qaraladi.


Download 19.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling