Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


 Insonlarning xulq-atvoriga kо„ra kutilayotgan naflilikka munosabatini shakllanishi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26

1. Insonlarning xulq-atvoriga kо„ra kutilayotgan naflilikka munosabatini shakllanishi 
va tavakkalchilik xatari 
 
Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  insonlarning  xulq-atvori  va  say-harakati  bilan  bog‗liq  diqqat 
qaratadigan yana bir masala tavakkalchilik va risk qilish masalasidir. 
Ma‘lumki  hammaning  ham  tadbirkorlik  bilan  shug‗ullanish  qо‗lidan  kelavermaydi. 
Tadbirkorning  eng  muhim  fazilatlaridan  biri  tavakkal  qilinshi,  riskni  yoqtirishidir.  Bozor 
iqtisodiyotining  doimiy  yо‗ldoshi  noaniqlik  ekan  har  bir  tadbirkorning  faoliyati  tavakkalchilik 
xatari bilan bog‗liq. Tavakkalchilik xatari deb, faoliyat natijasi qanday bо‗lishi ehtimolini bilgan 
holda,  baribir  oqibati  qanday  tugashini  aniq  aytib  bо‗lmaydigan  vaziyat,  ya‘ni  noaniqlik 
tushuniladi. Noaniqlik sharoitida har bir kishi о‗zini turlicha tutadi. Birov tavakkal qilish, riskni 
yoqtiradi,  birov  esa  aksincha.  Lotereya  о‗yinlarida  qatnashish  tavakkalchilik  faoliyatiga,  riskka 
tipik misol bо‗la oladi. Bunda yutish yoki yutqazish mumkin.  
Insonlar riskni yoqtirishmaydi uni iloji boricha kamaytirishga harakat qilishadi. 
Riskni kamaytirishni bir necha yо‗llari bor. U sug‗urtalash bо‗lib, uning bir necha usullari 
bor. Sug‗urta katta talofotlarni kichik yо‗qotishlar bilan almashtirish imkonini beradi. U quyidagi 
yо‗llar bilan amalga oshiriladi: 
1.  Tavakkalchilik  xatarini  birlashtirish,  umumlashtirish.  Bu  tavakkalchilik  xatarini 
pasaytirshn  usuli  bо‗lib,  u  qatnashchilar  о‗rtasida  taqsimlanadi.  Har  bir  qatnashchiga  tо‗g‗ri 
keladigan  zarar  uncha  katta  bо‗lmaydi.  Turli  jamoa,  о‗zaro  yordam  fondlari  shu  metodga 
asoslanadi.  Sug‗urta  kompaniyalari ham  aynan  ana  shu  metoddan foydalanadi. 
2.  Tavakkalchilik  xatarini  taqsimlash.  Bu  Sug‗urta  usuli  bо‗lib,      katta    talofat,      zarar   
ehtimolini   qoplash   majburiyatini kompaniya о‗z zimmasiga ololmagan sharoitda qо‗llaniladi. 
Masalan,  korxona  о‗z  faoliyatini  yong‗indan  Sug‗urta  qildirmoqchi.  Korxona  katta,  bordi-yu 
yongan bо‗lsa, yо‗qotishlar katta bо‗lishi mumkin. Uni ustiga bunday korxonalar juda kam: bitta 
yoki ikkita. 
Shuning  uchun  avvalgi  tavakkalchilik  xatarini  birlashtirish  metodidan  foydalanib 
bо‗lmaydi.  Bunda  ular  yirik  sug‗urta  assotsiatsiyalariga  murojaat  qiladilar.  Natijada,  tavakkal 
qilib kо‗rilishi mumkin bо‗lgan zarar assotsiatsiya a‘zolari о‗rtasida taqsimlanadi. 
 

3.  Diversifikatsiya  usuli.  Bu  usul  iqtisodiy  subyektlarni  о‗z  moliyaviy  mablag‗larini  turli 
sohalarga qо‗yishi orqali bir sohadagi zararlarini ikkinchi sohadagi foydalari bilan qoplashlarini 
kо‗zda tutadi. Masalan, turli kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish. 
Sug‗urtalashning  umumiy  prinsipi  shuki,  siz  ma‘lum  bir  miqdorda  joriy  iste‘moldan  voz 
kechib,  kelgusida  yuz  berishi  ehtimoli  bо‗lgan  katta  yо‗qotishlardan  о‗zingizni  mumkin  qadar 
himoyalaysiz. Yana shuni ham eslatib о‗tish kerakki, ayrim faoliyat turlari xavf-xatarga sug‗urta 
qilinmaydi.  Yadro  urushi,  ekologik  katastrofalardan  hech  kim  sug‗urta  qilmaydi.  Lekin 
sug‗urtalanmaydigan  risklar  ham  bor.  Bu  tadbirkorlik  faoliyati,  uni  bir  butun  holda  sug‗urtalab 
bо‗lmaydi. 
Tadbirkor  asosiy  о‗z  g‗oyasini  amalga  oshirish  jarayonida,  о‗z  faoliyatining  ayrim 
tomonlarini  sug‗urtalaydi  xolos.  Masalan,  duradgorlik    bilan    shug‗ullansa    yong‗indan,  
ishchilarni  esa ishlab  chiqarishda  yuz berishi  mumkin  bо‗lgan  falokatdan sug‗urta qildiradi  va 
hokazo. Lekin ma‘lum bir tarmoqda korxona barpo etish g‗oyasi, maqsadi va uni amalga oshirish 
baribir tavakkalchilik xatari bilan bog‗liqligicha qoladi. Shunday qilib, tadbirkorlik riskka asosla-
nadi, hamma ham tadbirkor bо‗lavermaydi. Buni о‗quvchi-talabalarga tushuntirish darkor. 
 
2. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi axborotni asimmetrik tarqalishi va uning iste‟molchi 
tanloviga ta‟sirini о„rganish 
 
Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berish va ularda iqtisodiy tanlov kо‗nikmasini hosil qilish 
uchun  biz  ularning  ongiga  axborotlar  qanday  tarqalishi  va  ularga  asoslanib  tanlov  qanday  yuz 
berishini о‗rgatishimiz, о‗zlari о‗rganishlari uchun yо‗l kо‗rsatishimiz kerak. 
Bozor  iqtisodiyotini  nazariy  jihatdan  о‗rganar  ekanmiz,  biz  uni  shartli  ravishdagi  abstrakt 
modelini  yaratamiz.  Jumladan,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  axborot  simmetrik  tarzda 
taqsimlanadi,  ya‘ni  bozorda  qatnashuvchi  subyektlarning  barchasi  axborot  olishda  keng 
imkoniyatga  ega.  Noaniqlik  yо‗q,  shuning  uchun  resurslar  va  mablag‗lar  eng  samarali  tarzda 
ishlatiladi deymiz. 
Lekin real hayotda mukammal raqobat modeli buziladi, axborotni asimmitrik tarqalishi yuz 
beradi.  Axborotni  asimmetrik  tarqalishi  deganda,  bozorda  qatnashuvchi  subyektlarniig 
axborot  olishdagi  teng  imkoniyatini  buzilishi,  shu  axborotdan  manfaatdor  ayrim 
subyektlarning boshqalarga nisbatan ustun mavqega ega bо„lishlari tushuniladi. 
Axborotni asimmetrik tarqalishining obyektiv asoslari mavjud: 
1.      Bozor  aloqalarida  о‗z  mulki  doirasida  iqtisodiy    alohidalashgan,  о‗z  manfaatiga  ega 
xо‗jalik  yurituvchi  subyektlar  qatnashadilar.  Ular  tabiiy  zarar  kо‗rib,  mulklaridan  ajralib 
qolmaslik  uchun  harakat  qilishadi.  О‗z-о‗zini  saqlash  instinkti  odamga  tabiatan  berilgan.  Uni 
hech  kim,  hech  qanday  cheklovlar  yо‗q  qila  olmaydi.  Yashash  uchun  kurash  raqobatda 
yengilmaslikka undaydi.  Buning uchun  esa kо‗proq foyda olish zarur. 
2.    Insonning  ehtiyojlari  cheksiz.  Ehtiyojlarni  qondirish  uchun  zarur  bо‗lgan  ne‘matlarni 
ishlab chiqarish uchun zarur resurslar esa cheklangan. Inson yana о‗z manfaatidan kelib chiqib, 
kо‗proq  nematlarga  ega  bо‗lgisi  keladi.  Ayniqsa,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  insonning 
jamiyatdagi  о‗rni,  mavqei,  obrusi,  imkoniyatlari  kо‗p  jihatdan  mulkchilik  nuqtai  nazaridan 
baholanar  ekan,  о‗z-о‗zidan  kishilar  о‗z  mulklarini  yо‗qotmaslik,  iloji  boricha  kо‗paytirish 
harakatida bо‗lishlariga olib keladi. 
Bu  maqsadlarni  qay  darajada  amalga  oshishi  esa  kо‗p  jihatdan  axborotga  ega  bо‗lishga 
bog‗liq. Shuning uchun har bir kishi iloji boricha axborotga boshqalarga qaraganda avvalroq ega 
bо‗lish,  olgan  axborotini  sir  saqlashga,  undan  imkoni  boricha  о‗z  manfaatini  kо‗zlab 
foydalanishga intiladi. Mana shu harakat axborotni assimetrik tarqalishiga olib keladi. 
Axborotni assimetrik tarqalishi tufayli noaniqlik - yuz berishi mumkin bо‗lgan о‗zgarishlar 
hakida axborot yetishmovchiligi yuz beradi. 
Iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotdagi noaniqlik hakida turlicha qarashlar mavjud. 

Bir  guruh  neoklassik  yо‗nalishdagi  iqtisodchilar  fikricha,  noaniqlik  iqtisodiy  subyektlarga 
ratsional tarzda tanlash, qaror qabul qilishga tо‗siq bо‗ladi. Resurslardan samarali foydalanishga, 
yо‗l bermaydi. 
Ikkinchi  guruh  iqtisodchilar  fikricha  esa  aksincha  bozorning  qudrati  ham  shundaki, 
axborotni  dastlab  tor  doiradagi  kishilargagina  nasib  qilishi  undan  tо‗g‗ri  foydalana  bilishni 
о‗rganishda namoyon bо‗ladi. Ana shunday qarash tarafdorlaridan F.A.Xayek fikricha foyda, naf 
faqat  shunday,  axborotga  hamma  ham  birday  ega  bо‗lmagan  xolatdagina  vujudga  keladi.
42
 
Boshqalar ham to shu axborotga ega bо‗lgunga qadar foyda olish imkoniga ega bо‗ladi. 
Har ikki guruh iqtisodchilar fikrida ham jon bor. Bozordagi noaniqlik, axborotni assimetrik 
tarqalishi bu bozor (bozor iqtisodiyoti)ning kamchiliklaridan biri. Ana shu kamchilik nima bilan 
bog‗liq? degan savol tug‗iladi. 
Birinchidan,  zarur  axborotga  ega  bо‗lganlar,  boshqalarga  qaraganda  ustun  mavqega, 
qо‗shimcha  naf,  foyda  olish  imkoniga  ega  bо‗ladilar.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  paytda 
N.Vinerning «Kimki axborotga ega bо‗lsa, dunyoni tebratadi», degan iborasi mashhur bо‗lib, tez-
tez ishlatilmoqda. 
Ikkinchidan,  axborot  asimmetriyasi  tufayli  internad  (ichki)  samara,  ya‘ni  shartnoma 
qatnashchilari  tomonidan  tuzilgan  bitimlarda  aks  etmagan  olinadigan  foyda  yoki  xarajatlar 
yuzaga  keladi.  Unga  kо‗plab  misollar  keltirish  mumkin.  Masalan,  iste‘molchi  tovar  sotib  oldi, 
lekin u sifatsiz ekan. Repititor ingliz tilini  ikki oyda  о‗rgataman deb, xizmat  haqqini oldi, lekin 
va‘dasini  ustidan  chiqmadi,  Ishga  yollovchi  о‗z  malakasini  о‗zi  mustaqil  oshirgan  ishchini  ishi 
natijasidan baxramand bо‗layapti, lekin unga ish haqqini oshirgani yо‗q. 
Misollardan  kо‗rinib  turibdiki,  bitim  shartlari  buzilmoqda  yoki  ular  bitimda  aks  etmagan. 
Ana shu internal samarani vujudga kelishiga sabab nima? Nima sababdan odamlar aldanishgani 
yoki iste‘molchilik huquqi buzilganini bilgach, aybdorni jazolashga harakat qilishmaydi? Hamma 
gap  shundaki,  buning  uchun  ham  axborot  kerak.  100  %  axborot  tо‗plash  uchun  transaksion
43
 
xarajatlar  juda  yuqori  bо‗lishi  mumkin.  Olingan  naf,  kо‗rilgan  foyda  esa  bu  harajatlarni  qoplay 
olmaydi. 
Sotib  olinayotgan  tovarni  sifatini  oldindan  qanday  bilishimiz  mumkin?  Sifat  sertifikatini 
oldindan surash mumkin. Agar sertifikat noqonuniy yо‗l bilan olingan bо‗lib, qalbaki bо‗lsa-chi? 
Tovarni  ishlab  chiqargan  firmaga  telefon  qilib  yoki  xat  bilan  murojaat  qilish,  iste‘molchi 
huquqini  buzgani  uchun  sudga  murojaat  qilishi  va  boshqa  yо‗llarni  tanlash  mumkin.  Lekin 
bunday tadbirlar uchun sarflangan vaqtga olingan natija arzimasligi mumkin, ya‘ni vaqt nisbatan 
yuqori muqobil qiymatga ega bо‗lishi mumkin. Shuning uchun odamlar kо‗pincha aldanishganini 
bilishsa  ham  indamay  quyaqolishadi.  Har  birimiz  «Olgan  puling  osh  bо‗lmasin»  yoki  «Yegin, 
ichgin, tо‗ymagin!» deya noroziligimizni bildirib qо‗ya qolamiz. 
Shunday  qilib,  axborot  asimmetrikligi  tufayli  bozor  mexanizmini  amal  qilish  prinsipi 
buziladi.  Sababi,  narx  haqidagi  signal  real  axvolni  ifodalamay  qо‗yadi,  real  vaziyatni 
kо‗rsatmaydi.  Klassik  misol  tariqasida  g‗arbda  juda  kо‗p  iqtisodiy  darsliklarda  amerikalik 
iqtisodchi  Jorj  Akerlofning  ishlatilgan  avtomobillar  bozoridagi  vaziyatni  bayon  qiluvchi 
«Limonlar bozori» (1970 y) nomli maqolasida keltirilgan holat kо‗rsatiladi. 
Bozorda  ishlatilgan,  lekin  ahvoli  yaxshi  avtomobillar  mavjud.  Bunday  avtomobillarga 
xaridor 6000 doll. tо‗lashga tayyor. Sotuvchi esa 5000 dollardan yuqori har qanday narxga rozi. 
Lekin  bozorda  boshqa  sotuvchilar  deffektli  avtomobillar  -«limonlar»  (amerikaliklar 
jargonida)ni  sotishga  harakat  kilishayapti.  Ularga  xaridorlar  2000  dollardan  ortiq  pul  berishsa 
bо‗ldi. Xaridorlar esa 3000 dollardan ortiq haq tо‗lamoqchi emas. Agar axborot simmetrik tarzda 
tarqalganda  edi,  birinchi  guruhlar  uchun    ham,  ikkinchi  guruhlar  uchun  ham  bozor  hamda  о‗z 
guruhi uchun bozor bahosi amal qilgan bо‗lardi. Hamma gap shundaki, simmetriya yо‗q. 
Faqat  sotuvchigina  о‗z  mashinasi  haqida  hamma  narsani  biladi.  Xaridor  esa  hech  narsani 
bilmaydi. Natijada о‗rtacha baho 4500 doll. о‗rnatiladi: (6000+3000):2=4500 doll. Bunday baho 
                                                 
42 Хайек Ф. Пагубная самонадеянность. М.: ―Новости‖ 1992, с. 156-157. 
43  Transaksion  xarajatlar  –  umumiy  tarzda  shartnoma,  bitimlar  tuzish  uchun  sarflanadigan  vaqt,  mehnat,  vositalar  uchun 
xarajatlardir.
 

bilan  yaxshi  mashina  egalari  о‗z  mashinalarini  sotishmaydi,  «Limonlar»  esa  real  bahosidan 
yuqori  narx  bilan  sotiladi.  «Limonlar»  bozordan  sifatli  tovarni  siqib  chiqarishadi.  Bu  holat 
iqtisodiy  nazariyada  «nobop  tanlov»  deb  yuritiladi.  Aynan  ana  shunday  tanlovni  amalga 
oshishidan manfaatdor shaxslar axborotni assimetrik tarqalishidan manfaatdor. 
Xuddi  shunday  holatni  sug‗urta  jarayonida  ham  kо‗rish  mumkin.  Bunda  ham  sug‗urta 
qildirayotganlar  nimani  sug‗urta  qildirishsa  uni  holatini  boshqalardan  yaxshi  bilishadi.  Sug‗urta 
qildirishda  esa  har  bir  sug‗urta  kildiruvchi  о‗z  manfaatidan  kelib  chiqib  kо‗proq  sug‗urta  puli 
olishni kо‗zlaydi. 
Ikkinchi  tomondan,  sug‗urta  qildirganlar  kо‗pincha  sug‗urta  qilingan  obyektga  nisbatan 
befarqliklarini  kuchaytirishlari  mumkin.  Masalan,  avtomobilini  sug‗urta  qildirganlar  endi 
avvalgidek  ehtiyot  choralarini  kо‗rishga  urinishmaydi.  sug‗urta  kompaniyalari  ehtiyot  choralari 
kо‗rishga rag‗batni yо‗qolishi bilan bog‗liq qо‗shimcha harajatlar qilishlariga tо‗g‗ri keladi. 
Oxir  oqibat  shunday  holat  kelib  chiqishi  mumkin-ki,  sug‗urta  faoliyati  xarajatlarni  qoplay 
olmay qoladi. Lekin sug‗urta faoliyati jamiyat uchun zarur. 
Axborot asimmetriyasi doimo mavjud bо‗ladi. Chunki bozor iqtisodiyoti raqobatga tayanar 
ekan,  raqobatda  g‗olib  chiqish  yoki  hech  bо‗lmaganda  yutqazmaslik  bu  insonning  tabiat 
tomonidan berilgan muhim hislati - о‗zini saqlash instinkti bilan bog‗liq. 
Bozorda hamma aldanishdan, zarar kо‗rishdan qо‗rqadi. Sotuvchi mahsulotini iloji boricha 
qimmatroqda sotishga, xaridor esa arzonroqda olishni istaydi. 
Tovar ishlab chiqaruvchi kelajakda talabni qanday  о‗zgarishini oldindan sezish, paykashga 
harakat qilib, tovarga talab yuqorilik paytida kо‗proq ishlab chiqarib yuqori narxga sotish uchun 
harakat qiladi. Shu bilan birga raqobatchilar ham shunday tovarlarni ishab chiqarayotgan bо‗lib, u 
orqada  qolgan  bо‗lishi  о‗z  tovarlarini  arzimagan  pulga  sotishi  mumkin.  Raqobatni  kimni 
foydasiga  xal  bо‗lishi  aynan  axborotni  kimni  qо‗lida  bо‗lishi  va  undan  qay  darajada  mohirlik 
bilan  foydalagishiga  bog‗liq.  Shuning  uchun  natijasi  noaniq.  Noaniqlik  esa  odamlarni  о‗z 
iqtisodiy faoliyatlarida tavakkal qilishta majbur qiladi. Uning natijasi ham noaniq. Shunday qilib 
axborot asimmetriyasi nobop tanlov bilan birga yana bir salbiy oqibat tavakkalchilik xatari kelib 
chiqishiga  ham  sabab  bо‗ladi.  Tabiiy  xavf-xatar  doimo  bо„lganidek,  noaniqlik  bozor 
iqtisodiyotining  doimiy  yо‗ldoshi  ekan,  iqtisodiy  xavf-xatar  ham  doimo  u  yoki  bu  darajada 
majud bо‗ladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan esa uning subyektlari faoliyatida noaniqlik, 
iqtisodiy muhit ortib boradi. 
 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xо„jalik yuritish 
 
Bozor subyektlari iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoniga ega. Dunyoda hamma narsaning 
tо‗lovi bо‗lganidek, iqtisodiy erkinlik ham shunday tо‗lovni talab qiladi. Bunday tо‗lov iqtisodiy 
xatarni  mavjudligi,  faoliyat  yuritish  uchun  bozor  subyektlari  iqtisodiy  risk  qilishga  majbur 
bо‗lishlarida  ifodalanadi.  Bu  yerda  shuni  qayd  etish  kerakki,  bozor  iqtisodiyotida  ham  tо‗la 
erkinlik  bо‗lishi  mumkin  emas,  chunki  faoliyat  yuritish  uchun  boshqa  bozor  subyektlari  bilan 
aloqada  bо‗lar  ekan,  ilojsiz  ularning  ham  fikri,  manfaati,  talabi  bilan  hisoblashishga  majbur. 
Lekin  bozor  iqtisodiyotida  xо‗jalik  yuritish  uchun  yetarli  darajada  erkinlik  mavjud  bо‗ladi.  Bu 
erkinlik  esa  tavakkalchilik  xatari  bilan  bog‗liq.  Chunki  bozordagi  vaziyat  doimo  ehtimollik 
harakteriga  ega.  Shuning  uchun  ham  iqtisodiy  risk  bozor  mexanizmining  amal  qilishidan  kelib 
chiqadi. 
Risk,  tavakkalchilik  bu  -  noaniqlik  vaziyatidan  о‗tib,  qо‗yilgan  maqsad  uchun, 
kutilayotgan  natija  qanday  yakunlanishidan  qatiy  nazar,  faoliyat  boshlashga  muqobil 
variantlardan birini tanlab qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni ifodalaydi. 
Rejali  iqtisodiyotda  risk  muammosiga  yetarli  ahamiyat  berilmagan.  Bu  termin  juda  kam 
ishlatilgan.  Hozirgi  paytda  kо‗rib  о‗tganimizdek,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  noaniqlik  uning 
yо‗ldoshi bо‗lar ekan, muvofik. ravishda risk sо‗zi ham tez-tez ishlatilmoqda. 
Risk  sо‗zi  murakkab  ma‘noga  ega  bо‗lib,  mashhur  rus  olimi,  Peterburg  Fanlar 
akademiyasining  faxriy  a‘zosi  (1863)  V.I.Dalning  riskni  tadbirkorlik  bilan  bog‗lab,  oxiri 

yaxshilik  bilan  tugashiga  umid  bilan  tavakkal  qilib  ish  yuritish  tarzida  talqin  qiladi.  Tilshunos 
olim  Ojegov  S.I.  esa  yuz  berishi  mumkin  bо‗lgan  xavf,  muvaffaqiyatli  natijaga  xavf  soluvchi 
xatar sifatida tariflaydi. Risk sо‗zi о‗zbek tilida 1) xavf, xavf-xatar, tahlika, qaltis ish; 2) tavakkal, 
tavakkalchilik  tarzida  tarjima  qilinadi.  Birinchisi  bо‗yicha  falokat,  halokat,  baxtsiz  hodisaning 
yuz berish xavfi ma‘nolari ustun darajada bо‗lib, ikkinchisida uzoq mulohaza qilib ultirmay, nima 
bо‗lsa  bо‗ldi  qabilida  ish  yuritish  yoki  butun  umidni  xudoga  bog‗lab,  har  ish  xudodan  deb, 
yaxshilik  bilan  tugashiga  umid  qilib,  xudoga  ishonib  ish  yuritish  ma‘nosida  qо‗llaniladi.  Lekin 
bir  sо‗z  bilan  natijasi  noaniq  faoliyat,  yaxshilik  bilan  tugashiga  umid  qilingan  tavakkalchilik, 
muvaffakiyatli  natijaga  xavf  soluvchi  xatar,  zarar  keltirishi  mumkin  bо‗lgan  faoliyat  sifatida 
aynan  zarur  tarzda  ifodalash  imkoniyati  bо‗lmagan  hollarda  iqtisodiy  adabiyotlarda 
ifodalanayotgan fikrning ma‘nosiga kо‗ra о‗zbek tilida ham risk sо‗zi ishlatilmoqda. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  axborot  assimmetriyasi  doimo  mavjud  bо‗lar  ekan,  uning 
salbiy oqibatlarini oldini olish yoki yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash zarur. 
Birinchidan,  respublikamizda,  Ayniqsa,  viloyatlarda  xо‗jalik  yurituvchi  subyektlarni 
axborot  bilan  ta‘minlanishini  yaxshilash  lozim.  Hozirgi  paytda  axborotlar  turli-tuman 
manbalardan  olinadi.  Ularning  manbalari  rasmiy  va  norasmiy  bо‗lishi  mumkin.  Axborotga 
bо‗lgan  talabni  rasmiy  kanallar  bilan  ta‘minlash  uchun  respublikada,  ayniqsa,  viloyatlarda  hali 
kо‗p ishlar qilinishi kerak. 
Rasmiy  axborotlar  fond  birjalari,  tovar,  xom  ashyo  birjalari  gazeta,  jurnal,  radio, 
televideniye,  turli  maxsus  reklama  nashrlari,  global  kompyuter  tarmog‗i  internet,  О‗zbekiston 
Davlat  statistika  qо‗mitasi,  О‗zbekiston  axborotlashtirish  va  aloqa  agentligi  chop  etadigan 
maxsus ma‘lumotlar tо‗plami va boshqalardan olish mumkin. Hozirgi kunda, ayniqsa, internetdan 
foydalanishga  katta  ahamiyat  berilayapti.  Internet  tarmog‗idan  foydalanayotganlar  2003  yili 
avvalgi yilga nisbatan 2 baravar о‗sib, 0,5 mln kishiga yetdi. Lekin xali respublikamizda axborot 
bozori  tо‗la  shakllanib  ulgurgani  yо‗q.  Shuning  uchun  tumanlarda  xizmat  kо‗rsatishning  shakli 
sifatida  axborot  markazlari  tashkil  qilish  kerakki,  ular  murojaat  qiluvchilarni  qiziqtirgan  barcha 
axborot bilan ta‘minlash imkoniga ega bо‗lsinlar. 
Ikkinchidan,  tavakkalchilik  natijasida  katta  zarar,  tang  ahvoldan  chiqishga  yordam  berish 
chorasini  kо‗rish  zarur.  Bu  tavakkalchilik  xatari  boshqacha  aytganda  riskni  sug‗urtalash  orqali 
amalga oshiriladi. 
Bu sug‗urta turi xо‗jalik subyektlari qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda ularni zararlarini 
qoplashga  yordam  beradi.  Shu  bilan  birga  sug‗urta  faoliyatida  yuz  beradigan  axborot 
asimmetriyasi davlatni sug‗urta faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga aralashuvini taqozo 
etadi. 
Uchinchidan,  respublikamizda  axborot  asimmetriyasi  tufayli  kelib  chiqadigan  salbiy 
oqibatlarni  kamaytirsh  uchun  antimonopol,  iste‘molchilarni  huquqini  himoya  qiluvchi  qonunlar 
qabul qilingan. Lekin olinadigan foyda, nafdan kо‗ra transaksion xarajatlarni  yuqoriligi ana shu 
qonunlar asosida iste‘molchilarni о‗z huquqdarini himoya qilishga undamaydi. Shuning uchun bu 
sohada  faoliyatni  tashkil  etish  va  amalga  oshirishda  monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni 
rivojlantirish davlat qо‗mitasining faol aralashuvini talab etadi. 
 
4. Bozor iqtisodiyotida chayqovchilik, uni inson xulq-atvori bilan bog„liqligi va 
iqtisodiy pedagogikada о„rganish zaruriyati 
 
Bozor  iqtisodiyotiga  xos  axborot  asimmetriyasi  noaniqlik  u  о‗z  navbatida  olib-sotarlik  va 
chayqovchilik mavjudligiga sabab bо‗ladi. 
Olib-sotarlik  —  bu  shunday  faoliyatki,  maqsad  biron-bir  tovarni  bir  bozordan  olib 
boshqasida  yoki  bozorning  boshqa  sigmentida  nisbatan  yuqori  narx  bilan  sotish  orqali  foyda 
olishdir.  Olib  sotarlik  bozorda  muvozanat  yо‗qligi,  talab  va  taklif  о‗rtasida  disbalans  sharoitida 
yuz berishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatning bu turi rangli metallar, qimmatli qog„ozlar, qishloq 
xо„jaligi mahsulotlari bozorida eng kо‗p yuz beradi. Olib-sotarlik 
XUDUDIY 
miqyosida baholarni 
farqi tufayli kelib chiqadi. 

Olib  sotarlikdan  farqli  ravishda  chayqovchilik  bir  tovarni  sotib  olib  shu  bozorni  о‗zida 
ma‘lum vaqtdan sо‗ng yuqori bahoda sotib foyda olishni bildiradi, ya‘ni chayqovchilik baholarni 
vaqt  oralig‗idagi  farqiga  asoslanadi.  Olib  sotarlik  va  chayqovchilik  bilan  shug‗ullanadiganlar 
tavakkalchilik  xatarini  bila  turib  riskka  borishadi.  Real  hayotda  har  ikki  faoliyat  birlashib, 
kо‗pincha  umumiy  nom  «chayqovchilik»  deb  ataladi.  Chayqovchilik  faoliyatini  tahlil  qilganda 
muhim ahamiyatga ega uch usuliga e‘tibor qaratiladi. 
Birinchi  usul  -  bu  tovarni  sotib  olish,  uni  saqlash,  ma‘lum  bir  vaqtdan  sо‗ng  sotish. 
Chayqovchi tovarni sotib olar ekan, uni ma‘lum bir vaqtdan sо‗ng narxini kо‗tarilishini taxmin 
qiladi. Agar narx kо‗tarilmasa, u zarar kо‗radi. 
Ikkinchi  usul  -  fyuchers  kontraktlari  tuzish.  Bunda  kelgusida  bitim  tuzilgan  kundagi  narx 
bо‗yicha oldi-sotdi qilish majburiyati kо‗zda tutiladi. Tovar yetkazib berilgan muddatdagi narxga 
kо‗ra broker yoki xaridor foyda kо‗rishi mumkin. Qimmatli qog‗ozlarda ham xuddi shunday. 
Uchinchi  usul  -  opsion  kontraktlari  tuzish.  Opsion  shunday  kontraktki  -  unga  asoslanib, 
investor kelajakda ma‘lum miqdorda tovarni shu kungi baho bо‗yicha sotib olish huquqini sotib 
oladi.  Uning  о‗ziga  xos  xususiyati  shundaki,  u  о‗z  huquqini  amalga  oshirishi  yoki  yо‗qligi 
vaziyatga bog‗liq holda yuz beradi. Masalan, siz «О‗zavtotranstexnika» OAJ aksiyalari kelajakda 
qimmatlashadi deb, 1500 sо‗mdan 630 dona aksiya sotib olish uchun 15 iyul 2007 yili bir yilga 
kontrakt  tuzdingiz.  Sizga  birja  vositachisi  kо‗rsatilgan  muddatga  qadar  aksiyalarni  shu  narxda 
sotishi kerak. Siz agar bozorda aksiya narxlari oshsa, sotib olib, bozordagi shu kungi real bahoda 
sotib foyda olasiz. Aksincha bо‗lsa siz о‗z huquqingizni realizatsiya qilmaysiz. Lekin shartnoma 
tuzgandagi vositachiga gonorar sifatida bergan pulingizdan ayrilasiz. 
Opsion  kontrakta  fyuchers  kontraktiga  nisbatan  kamroq  xatarli,  sababi,  yо‗qotadigan 
mablag‗  faqat  vositachining  gonorari  miqyosida  bо‗ladi.  Bu  jihatdan  uni  ma‘lum  bir  darajada 
sug‗urta elementi deb kо‗rish mumkin. 
Muddatli  kontraktlar  (fyuchers,  opsion)ni  xedjirlash  orqali  oldi-sotti  jarayonida  baholarni 
о‗zgarishidan  sug‗urtalash  amalga  oshiriladi.  Investorning  moliyaviy  aktivlari  qimmatini 
maksimal  darajada  saqlab  qolish  yoki  sotishiga  bir  yoki  bir  necha  muddatli  kontraktlar  tuzish 
orqali amalga oshiriladi. 
Masalan,  xedjer  biron-bir  aktiv,  aytaylik  uni  qiziqtirgan  «Toshkent  otchopari»  OAJ  ning 
aksiyalarini  bahosini  tushishidan  qо‗rqadi.  Uni  bir  aksiyani  2,8  dollar  bahosi  qoniqtiradi.  U 
aktivlarini qiymati uch oydan keyin ham pasayishini hohlamaydi. Buning uchun u qarama-qarshi 
2 fyuchers shartnomalari tuzadi. Bitta shartnoma aksiyalarni 3 oydan sо‗ng 3 dollardan sotishga, 
ikkinchisi  sotib  olishga.  Uch  oydan  keyin  aksiya  3,2  dollar  bо‗lsin.  U  3  dollardan  sotib  olib 
yutadi, sotib yutqazadi. Natijada unda yutuq ham foyda ham yо‗q. Agar narx tushsa ham xuddi 
shunday tarzda ham yutadi, ham yutqazadi. 
Shunday  tarzda  opsion  kontraktlarni  ham  xedjirlash  amalga  oshiriladi.  Xedjirlashda 
tavakkalchilik  xatari  yо‗qolmaydi,  lekin  unda  xatarga  yо‗l  qо‗yuvchilar  о‗zgaradi.  Ishlab 
chiqaruvchi xatarni  birja chayqovchisi zimmasiga  yuklaydi.  Chunki  u risk qilishni  yoqtirmaydi. 
Chayqovchi  esa  tavakkalchilik  xatarini  о‗z  zimmasiga  oladi.  Sababi  u  risk  qilish  ishkibozi. 
Chayqovchilik  yuzaki  qaraganda  osongina  boyish  yо‗li.  Lekin  u  moliya  bozorida  о‗ziga  xos 
vazifani bajaradi: 
1.  Qimmatli  qog‗ozlar  bilan  chayqovchilik  potensial  xaridorlarni  ularga  qiziqishini 
kuchaytiradi. Xaridorlarning bо‗sh pul mablag‗larini jalb etadi. 
2.  Chayqovchilik  qimmatli  qog‗ozlarni  likvidligini  ta‘minlaydi  va  saqlaydi,  bu  о‗z 
navbatida investorlarni о‗ziga jalb etadi. 
3.  Qimmatli  qog‗ozlar  kursini  barqarorlashtirishga  ta‘sir  etadi.  YA‘ni  kо‗pchilik 
olayotganda  sotadi,  sotayotganda  oladi.  Qog‗ozlar  kursini  kattiq  о‗zgarishi  kо‗proq 
chayqovchilik  operatsiyalariga  xos.  Shu  bilan  birga  shuni  qayd  etish  kerakki,  mamlakat 
iqtisodiyoti uchun u katta zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun maxsus komitetlar va birjalar 
tashkil etilib, davlat tomonidan ta‘sir kо‗rsatiladi. 
―Chayqovchilik‖  sо‗zi  juda  kо‗p  hollarda  salbiy  ma‘noda  ishlatiladi.  «Chayqovchi» 
deganda  kо‗z  о‗ngimizga  doimo  insonlarni  turli  yо‗llar  bilan  aldashga  urinuvchi  uddaburon 

kishini  keltiramiz.  Shuning  uchun  bozor  iqtisodiyotida  «chayqovchi»  emas,  «vositachi», 
«menejer»  bо‗ladi  degan  fikrdagilar  ham  talaygina.  Lekin  biz  ularni  qanday  atamaylik, 
yuritayotgan  faoliyati,  qо‗ygan  maqsadi  tom  ma‘nosi  bilan  chayqovchilik.  Hamma  narsani  о‗z 
nomi bilan aytgan ma‘qul. Albatta, jamiyatni qoralovchi fikri tо‗g‗ri, lekin u qachonki norasmiy, 
noqonuniy bо‗lsa. 
1082-1083 yillarda yozilgan «Qobusnoma»ning muallifi Kaykovus «Savdogarchilik va olib 
sotarlik xunar hisoblanmaydi, ammo buni yaxshi san‘at desa bо‗ladi deb yozadi. Savdogarchilik 
va  olib-sotarlikni  bir  qatorga  qо‗yib,  Kaykovus  noaniqlikka  yо‗l  qо‗ygan.  Alisher  Navoiyning 
ta‘rificha, savdogar halol rizq topaman deb uzoq mashaqqatli yо‗llarni bosadi. U inson jamoalari 
о‗rtasida  iqtisodiy  munosabatlarni  tashkil  qiladi.  Bir  yurtdagi  ayrim  ashyolarning  ortiqcha 
serobgarchiligi  va  qadrsizligining  oldini  olib,  boshqa  yurtdagi  taqchillikka  barham  beradi. 
Iqtisodiy  muvozanatni  ta‘minlaydi.  Shahar  olib  sotarlarida  esa  insof  о‗rnini  birni  yuz  qilish, 
bо‗zni  shoyiga  «aylantirish»  hissi  eg‗allab olgan  bо‗ladi.  Ular savdogarchilik  mashaqqatlaridan 
bо‗yin  tovlab,  chayqovchiga  aylanadilar.  Navoiy  ta‘rificha  biron-bir  tovarni  sotib  olib,  о‗sha 
yerda sotish savdogarchilik emas, chayqovchilikdir. 
Savdogarchilik va chayqovchilikning farqi  Islom ta‘limotida aniqlab berilgan. Muhammad 
payg‗ambar  hadislarida  «yurtimizda  bо‗lmagan  ashyolarni  chetdan  keltirib  sotuvchilar  savobga 
ega  bо‗ladilar,  bozorlarimizdagi  narsalarni  uyida  yashirib  saqlovchi  odam  gо‗yo  tangrining 
kitobidagi xudosiz kabidir» deyiladi. Islom ta‘limoti bо‗yicha, «kasbning eng yaxshisi kishining 
о‗z qо‗li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir» demak savdogarchilik xunarmandchilik qatori 
eng  yaxshi  kasbdir.  Ibn  Xaldun  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  bilan  birga  savdoni 
«tirikchilikning  tabiiy  usuli  deb  hisoblagan.  U  tovarlarni  g‗amlab,  ularga  baho  oshishini  kutib 
chayqovchilik  qilishga  qarshi  chiqqan,  ayniqsa  g‗alla  bilan  chayqovchilikni  qoralagan.  Chunki 
muxtojlar  ahvoliga  g‗allanig  narxi  baland  bо‗lishi  yomon  ta‘sir  qiladi»  deydi.  Musulmon 
huquqshunosligida  о‗sha  davrdayoq  bozorlarda  yakkahokimlikka  erishish  ta‘qiqlangan. 
Muhammad  payg‗ambar  «ehtikor  (yakkahokimlik)  qiluvchilar  Olloh  rahmatidan  mahrumdirlar 
degan. Kimki bilib  turib о‗g‗rilik  narsani  sotib olsa, u shu о‗g‗rilikning  ori  va  gunohiga sherik 
hisoblangan. 
О‗rta  asrlarda  yashab  ijod  etgan  buyuk  mutafakkirlar  mol  ayirboshlashda,  oldi-sotdida 
noekvivalentlikni,  aldash,  adolatsizlikni  qoralaganlar.  Oldi-sotdida  nopok,  firibgar,  chayqovchi, 
dallolu qalloblar turli nayrang ishlatib bо‗zni shoyi deb о‗tkazadigan, arzon olib qimmatga sotib, 
xalq  chо‗ntagiga  kirishni,  shilishni  kasb  qilib  olgan  surbetlar  qadimdan  mavjud  bо‗lishgan. 
Shahar olib sotari - xiyonatchi, orzusi arzon olib, qimmat sotishdir. О‗g‗il otani aldashi bularning 
hunarlaridir»  deydi  Navoiy.  Savdogar  faqat  foydani  niyat  qilmasa,  uning  faoliyatidan  faqr-
bechoralar ham boyib, bahra olsa, ular muxtojlarga berilishi lozim bо‗lgan shar‘iy zakot  - diniy 
soliqni  har  yili  о‗z  vaqtida  tо‗lab  turishsa,  ya‘ni  savdo  xalqda,  davlatga  xizmat  qilsa,  foyda 
keltiradigan bо‗lishsa degan g‗oyani ilgari suradi. Savdogar va chayqovchilarni insofga chaqiradi. 
Agar  ular  bunga  kо‗nmasa,  davlat  narxlar  bilan  shug‗ullanishga,  oshirib  sotuvchilariga  tanbeh, 
jazo berishga, davlatning ijtimoiy rolini oshirishga da‘vat etadi. 
Muqaddas  «Qur‘oni  karim»  va  «Hadislar»da  tijoratning  barcha  qonun-qoidalari,  shartlari 
berilgan.  Odamlarni  insofla  bо‗lishga,  birovlarning  haqiga  xiyonat  qilmaslikka,  halol  mol 
topishga, nafs yо‗liga kirmaslikka chaqiradi. Imon-e‘tikodni unutib, о‗tkinchi dunyo lazzatlariga 
maxliyo bо‗lib, insoniylikka shak keltirish qattiq qoralangan. Masalan, «Xadislar»da bir yurtdan 
ikkinchi yurtga keltirib sotiladigan mollardan qoladigan sof daromadning о‗n foizdan oshiqchasi 
makruh-harom hisoblangan. 
Olib-sotarlik,  chayqovchilik  haqidagi  masalalar  hozirgi  kunda  ham  о‗z  ahamiyatini 
yо‗qotmagan.  Masalan,  inqirozga  yuz  tutgan  AQShlik  yirik  chayqovchilar:  eng  yirik  birja 
firmalaridan  birining  baland  martabali  menejerlari  A.  Boyski  va  M.  Millekenlar  nomi  butun 
dunyoga  taraldi.  M.  Milleken  past  darajadagi  aksiyalar  junk  fonds  ixtirochisi,  qaysiki  ular 
yordamida  kompaniyalarni  qо‗shilishi  va  birini  ikkinchisi  tomonidan  «yutilishi»  amalga 
oshirilgan. Uning uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bо‗lsa, «sinish, yutilish», arafasida 
turgan korporatsiyalarning aksiyalari bilan chayqovchilik qilgan. 

Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli qog‗ozlar bilan (ular bilan kо‗proq) balki 
hamma soxada, qayerda imkoniyat bо‗lsa shu yerda bо‗ladi. Noqonuniy, nolegal chayqovchilik, 
yolg‗on axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi. 
Davlat  shuning  uchun  bunday  xodisalarga  qarshi  chora-tadbirlar  kо‗radi,  qonun-qoidalar 
qabul  qiladi.  Bordi-yu  davlat  bozorda  qayd  qilingan  narxlar  о‗rnatsa  chayqovchilik  yashirin  tus 
oladi.  Chayqovchilik  taqchil  tovar  oldi-sottisi  tufayli  yuz  berib,  disbalansni  chuqurlashuvini 
keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga 
ta‘sir kо‗rsatadi. 
-  Buning  birinchi  ijobiy  tomoni  tavakkalchilik  xatarini  sug‗urta  qilish  xaqida  tо‗xtaganda 
kо‗rdik.  Chayqovchilik  xedjerlash  operatsiyalari  yordamida  bozorning  boshqa  qatnashchilarini 
о‗zini himoyalash, sug‗urta qilish imkonini beradi. 
Ikkinchi  muhim  funksiyasi  bozordagi  hukmron  tendensiya  haqida  axborotlar  berish. 
Bunday qarasak  chayqovchilik  axborot tarqatish manfaatlariga zid.  Haqiqatdan  ham shunday. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling