Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Lekin  axborotni  ular  о„z  hoxish-istaklaridan  qatiy  nazar  tarqatishadi.  Biron-bir  resursga


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26

Lekin  axborotni  ular  о„z  hoxish-istaklaridan  qatiy  nazar  tarqatishadi.  Biron-bir  resursga 
baholar  о„sishini  kutgan  holda  uni  qazib  chiqaradigan  kompaniyalar  aksiyalarini  sotib 
olishni  boshlashadi.  Aksiyalarni  kо„plab  sotib  olinishi  uning  narxini  о„sishiga  olib  keladi. 
Baho  hamma  uchun  axborot  manbasi.  Jamiyat  miqyosida  mazkur  resursning 
qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq. 
Chayqovchilikning  yana  bir  funksiyasi-konservatsiya  qilish  yoki  taqchil  resurslarni 
(masalan,  foydali  qazilmalarni)  ishlatipshi  kamaytirish.  Chayqovchi  taqchillikni  kutib,  resursni 
sotib oladi, uni qazib chiqarishni vaqtincha tо‗xtatib qо‗yadi. Maqsad resursni keyinchalik baho 
kо‗tarilganda sotadi. Resurs kam bо‗lganda baho kо‗tariladi. Bu signal boshqalar tomonidan ham 
qabul  qilinadi  va  yoppasiga  shu  tabiiy  resursni  qazib  chiqarish  qisqartiriladi.  Resurs  qimmat 
bо‗lgach  undan  tejab-tergab  foydalanish  yо‗llari  qidiriladi.  Albatta,  chayqovchilar  ham  xato 
qilishadi.  Ularni  vaziyatni  notо‗g‗ri  baholashi  notо‗g‗ri  axborot  tarqatishiga  olib  kelib,  boshqa 
iqtisodiy obyektlarni ham  adashtiradi.  Lekin oxir-oqibat ular  yutqazadilar, bozorni tark etadilar. 
Jamiyat uchun hakiqiy foydali funksiyalarni bajaradigan chayqovchilargina qolishadi. 
Respublikamizda  metallar  bilan  savdo  qilish  davlat  monopoliyasida.  Qimmatli  qog‗ozlar 
bozori endi rivojlanib borayapti. Shuning uchun hali bu bozorda chayqovchilik keng ma‘noda avj 
olganicha  yо‗q.  Lekin  ilgaridan  iste‘mol  mollari  bilan  chayqovchilik  mavjud  bо‗lgan.  Ayniqsa, 
qishloq xо‗jalik mahsulotlari bilan. Lekin  chayqovchilik tavakkalchilik xatari  yuqori faoliyat.  U 
faqat foyda emas, katta zarar kо‗rishi ham mumkin. 
Shunday  qilib,  tarixiy  tajriba  shuni  kо‗rsatdiki,  bozor  shti-sodiyoti  sо‗zeiz  afzallikka  ega, 
lekin  kamchiliklardan  ham  xoli  emas.  Ammo  bu  kamchiliklarni  davlatning  funksiyalari 
yordamida bartaraf qolish  yoki  minimal  darajaga keltirish  mumkin.  Demak, talabalar bozorning 
ana  shu  jihatlari  bilan  ham  tanishishlari  darkor.  Ular  sо‗zsiz  iqtisodiy  xulq-atvor,  tafakkurni 
shakllanishiga  ta‘sir  kо‗rsatadi.  Tanlash,  mustaqil  qaror  qabul  qilishni  о‗rganishga  yordam 
beradi. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Ma‘lumki meyoriy naflilik nazariyasi tarafdorlari ikki yо‗nalishga bо‗linadi: kardinalistik 
va ordinalistik. Ularning farqi nimada? 
2. Befarqlik egri chizig‗i deb qanday chiziqda aytiladi? 
3. Nima sababdan befarqlik egri chizig‗ini byudjet chizig‗i sifatida ham kо‗rish mumkin? 
4. Optimal tanlov deb qanday tanlovni aytamiz? Uni qanday topish mumkin? 
5. Insonlarning xulq-atvoriga kо‗ra kutilayotgan naflilikka munosabatini shakllanishi haqida 
nima deya olasiz? 
6.  Riskka  neytrallik,  befarqlik,  moyillik,  riskdan  qochish  haqida  fikringiz  qanday?  Ularni 
chizmada tasvirlab bera olasizmi? 
7. Riskni kamaytirishni qanday yо‗llarini bilasiz? 

8. Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda nimani tushunamiz va u iste‘molchi tanloviga 
qanday ta‘sir kо‗rsatadi? 
9. Daromadga kо‗ra risk qilishga munosabat qanday о‗zgarishi mumkin, sababi nimada? 
10.  Chayqovchilik  haqida  fikringiz  qanday?  Uning  moddiy,  ma‘naviy-axloqiy  jihatlari 
haqida qanday fikrdasiz? Uning ijobiy tomoni ham bormi yoki faqat salbiymi? 
 
7-Ma‟ruza: IQTISODIY TAFAKKUR VA IQTISODIY MADANIYAT 
 
Reja 
 
1. Iqtisodiy tafakkur va uning shakllanishi 
2. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot 
3.Bozor iqtisodiyotiga о‗tish jarayonida ma‘naviy barkamol avlod tarbiyasi 
4. Iqtisodiy tafakkurning iqtisodiy madaniyatni shakllanishiga ta‘siri 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Iqtisodiy  tafakkur,  abstrakt  tafakkur,  amaliy 
tafakkur,  intuitiv  tafakkur,  tahliliy  tafakkur,  amaliyot,  iqtisodiy  madaniyat,  shaxs  iqtisodiy 
madaniyati, ijtimoiy iqtisodiy madaniyat, tadbirkorlik madaniyati, soliq madaniyati. 
 
1. Iqtisodiy tafakkur va uning shakllanishi 
 
Mamlakatimizda  kuchli  demokratik  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish 
uchun  ijtimoiy  yо‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish,  kо‗p  ukladli  iqtisodiyotni 
vujudga  keltirish,  iqtisodiyotda  tarkibiy  о‗zgarishlarni  amalga  oshirish,  ya‘ni  iqtisodiy 
islohotlarni  amalga  oshirishgina  emas,  insonlarda,  ayniqsa,  yoshlarda  yangicha  iqtisodiy 
tafakkurni  shakllantirish  muhim  rol  о‗ynaydi.  Chunki  iqtisodiy  tafakkur  jamiyat  a‘zolarining 
dunyo  qarashini  shakllantirishda  mustaqil  fikr  yuritish,  vaziyatga  kо‗ra  qaror  qabul  qilishga, 
о‗rganishiga asos bо‗ladi. 
Ma‘lumki, tafakkur keng qamrovli tushuncha. U о‗zida falsafiy, sotsiologik va psixologik 
ma‘nolarni  ifodalaydi.  In‘ikos  sifatida  olib  qaraladigan  tafakkur  voqelikni  bevosita  va 
umumlashgan tarzda bilish, ma‘naviy jihatdan о‗zlashtirish va uni о‗zgartirishning alohida omili 
sifatida qaralib, unga turlicha ta‘rif beriladi. Fan tafakkurni turli tomondan ilmiy  yoritadi, uning 
ziddiyatli jarayon ekanligini e‘tirof etadi. Tafakkur jarayon sifatida taxlil, sintez, abstraksiyalash, 
umumlashtirish  va  hokazo  umumiy  mantikdy  amallarni  qamrab  oladi,  yagona  qonuniyatga 
bо‗ysunadi  va  yagona  psixologik  mexanizm  yordamida  amalga  oshiriladi.  Inson  intellekti  va 
tafakkurning  asosiy  mexanizmlari  ham  yagona,  lekin  aqliy  faoliyati  shakllari  qо‗yiladigan 
masalaga qarab turlicha. 
Inson  u  yoki  bu  kasbni  о‗rganar  ekan,  unda  kasbiy  tafakkur  shakllanadi  va  u  aqliy 
faoliyatning yetuk shakli hisoblanadi. 
Shaxs  faoliyati,  uning  oldiga  qо‗ygan  maqsadi,  kasbiga  doir  muammo  va  masalalarni 
yechish mazmuniga, uning vosita va amallariga kо‗ra tafakkurning u yoki bu qirralari asosiy о‗rin 
tutadi  va  u  amaliy  tafakkur,  matematik  tafakkur,  tahliliy  tafakkur,  intuitiv  tafakkur,  abstrakt 
tafakkur, iqtisodiy tafakkur, kasbiy tafakkur va hokazolar sifatida tavsiflanadi. 
Bizni  kо‗proq  tafakkurni  iqtisodiy  va  pedagogik  jihatdan  о‗rganish  qiziqtiradi.  Uning 
boshqa  jihatlarini  boshqa  fanlar  о‗rganadi.  Boshqacha  aytganda,  uni  iqtisodiy  jihatdan 
tarbiyalovchi  funksiyasi,  uni  iqtisodiy  fikrlovchi  insonni  shakllantirishini  о‗rganish  nazarda 
tutiladi. 
Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  о‗tilar  ekan,  sifat  jihatdan  tubdan  farq  qiluvchi, 
yangicha iqtisodiy fikrlovchi, yangi tipdagi mutaxassisni shakllanitirish lozim bо‗ldi. 

«Buni  hisobga  olgan  holda  mamlakatimizda  kishilarda  yangicha  iqtisodiy  fikrlashni 
shakllantirish,  ularning  dunyoqarashini  о‗zgartirish  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  strategik 
maqsadlaridan biri sifatida qо‗yildi».
 44
 
Yangicha  tipdagi  iqtisodiy  fikrlash  iqtisodiyotdagi  muammolarni  prinsipial  jihatdan 
yangicha,  sifat  jihatdan  totalitar  buyruqbozlikka  asoslangan  tizimdan  farqli  tarzda  yechishni 
obyektiv zarurligiga asoslanadi. 
Iqtisodiy tafakkur deganda, nimani tushunamiz degan savol tug‗iladi. 
«Iqtisodiy  holatning  mohiyatini,  iqtisodiy  rivojlanishning  qonun-qoidalarini,  о‗ziga  xos 
tomonlarini  tushunib  yashash,  bu  iqtisodiy  nazariyalarni  bilish  va  ulardan  samarali  foydalanish 
qobiliyati iqtisodiy tafakkurni vujudga keltiradi», - deyishadi bir guruh olimlar
45

Ularning  fikricha  iqtisodiy  tafakkurning  mohiyati  va  xususiyatlariga  qarab,  uning  uch  xil 
turini kо‗rsatib о‗tish mumkin: 
1. Oddiy kuzatish va anglash tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tafakkur. 
2. Chuqur bilimlar va g‗oyalarga asoslangan iqtisodiy tafakkur. 
3. Talaba muammolar, murakkab jarayonlar tahlili bilan bog‗liq iqtisodiy tafakkur.
 46
 
Yangicha  iqtisodiy  tafakkur  esa  yana  bir  tadqiqotchi  olim  tomonidan  quyidagicha 
ifodalanadi:  «Yangicha  iqtisodiy  tafakkur,  bizning  nazarimizga  kо‗ra,  uchta  asosga  ega. 
Birinchidan, insonning bozor sharoitida muhim bо‗lgan shaxsiy fazilatlari. Ikkinchidan, texnika 
taraqqiyotining zamonaviy darajasi, xususan moddiy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari 
nisbati. Uchinchidan, davrimizga xos ijtimoiy jarayonlarning har bir mamlakat ijtimoiy-madaniy 
xususiyatlarining о‗ziga xos nisbati va ijtimoiy turmushning globallashuvi bilan tavsiflanadi
47

Bildirilgan fikrlarda jon bor, unda mualliflarning iqtisodiy tafakkurga qarashi ifodalangan. 
Lekin  bizningcha iqtisodiy tafakkurni  quyidagicha ta‘riflash haqikatga  yaqinroq.  Iqtisodiy 
tafakkur - bu iqtisodiy fikrlash, bilimning natijasidir. 
Iqtisodiy tafakkur chegarani xis qilish, meyorni bilish, hisob-kitob qilish orqali xohish, istak 
bilan real imkoniyatni taqqoslab qaror qabul qilishda ifodalanadi. 
Iqtisodiy  tafakkur  1)  iqtisodiy  bilim,  qarashlar,  g‗oyalar,  ma‘naviy  yaxlitligi  sifatida;  2) 
iqtisodiy qarashlar  g‗oyalarning asosi;  3) odamlar tomonidan о‗rganilgan iqtisodiy bilimlargina 
emas, balki iqtisodiy munosabatlar, aloqalarda namoyon bо‗ladi. 
Iqtisodiy  tafakkurni  shakllanishi  dastlab,  shaxsiy  tajribalar,  og‗ir  jismoniy  mehnatni 
yengillashtirishga,  cheklangan  resurslardan  samaraliroq  foydalanishga,  turmush  darajasini 
kо‗tarishga bо‗lgan intilishlar bilan bog‗liq bо‗lsa, keyinchalik u falsafiy, sо‗ngra diniy qarashlar 
bilan bog‗liq holda rivojlandi. 
Iqtisodiy
 
qarashlar  va  g‗oyalarning  rivojlanishi,  iqtisodiy  maktablar  shakllanishi  va 
iqtisodiy fanlar vujudga kelishi bilan iqtisodiy tafakkur yangi bosqichga kо‗tarildi. 
Yangicha  iqtisodiy  fikrlashni  shakllantirishning  bosh  manbai  esa  -  bu  fan  va  uning 
taraqqiyotidir. 
Mustaqillikka  erishganimizdan  sо‗ng  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirish  eng  muhim 
masalalardan  biri  bо‗lib  qoldi.  Yangicha  iqtisodiy  tafakkurni  shakllanishi  va  rivojlanishida 
mehnatni  erkin  faoliyatga  aylanishi,  iqtisodiyotni  siyosat  va  mafkura  tazyiqidan  xalos  bо‗lishi, 
iqtisodiy qonunlar amal qilishi asosida taraqqiy etib borishi muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy  tafakkur  matematik,  amaliy,  intuitiv,  tahliliy,  abstrakt  tafakkurning  bir 
butunligidan iborat. 
Abstrakt  tafakkur  о‗rganilayotgan  obyektning  biror  belgisini,  asosiy  tomoniga  diqqat 
qaratib, qolgan ikkinchi darajali tomonlarini hisobga olmasdan о‗rganishdir. 
Amaliy  tafakkur  real  hayotda  sinash,  kuzatish,  tajriba  tо‗plash  jarayonida  yuz  berib 
nazariy tafakkur bilan taqqoslanadi. U maqsad qо‗yish va uni rejalashtirish, amalga oshirish bilan 
bog‗liq. 
                                                 
44 
Karimov I.A. О‗zbekiston buyuk kelajak sari. T.: ―О‗zbekiston‖, 1999, 197-bet. 
45
 Dо‗stjonov T., Mirhamidov M., Hasanov S. О‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. T.: 
―Moliya iqtisod‖, 216-bet. 
46 
О‗sha kitob, 216-bet. 
47 
Qodirova Z.R. Yangicha iqtisodiy tafakkur va xalqaro munosabatlar// Xalqaro munosabatlar//2004, №2, 84-bet.
 

Intuitiv  tafakkur  aniq  bosqichlarni  yо‗qligi  bilan  harakterlanadi.  U  barcha  muammolarni 
qisqartirib  idrok  qilishga  asoslangan.  Odatda,  bu  tafakkurni  «kо‗nglimga  keldi,  uni  bajardim» 
deya  ifodalaymiz.  Bunda  biron  tushuncha,  voqea-hodisani  о‗rganish  yoki  faoliyatni  amalga 
oshirishda ayrim bо‗g‗inlarni tashlab yuboramiz yoki ahamiyat ham bermaymiz. Shuning uchun 
intuitiv tafakkur yordamida chiqarilgan xulosa, olingan natijani tahlil qilib chiqishimiz lozim. 
Tahliliy  tafakkur  har  bir  hodisa,  voqea,  jarayonni  chuqur  atroflicha  о‗rganish  asosida 
xulosa chiqarishni ifodalaydi. Analitik, ya‘ni tahliliy fikr yurituvchi inson maqsadni aniq qо‗yadi 
va uni amalga oshirishning mohiyatini aniq tasavvur qiladi. Intuitiv va tahliliy tafakkur bir-birini 
tо‗ldiradi. 
Agar  insonda  intuitiv  tafakkur  bо‗lmaganda,  kо‗p  masalalarni  tahliliy  tafakkur  yordamida 
yechib bо‗lmas yoki yechish uchun juda kо‗p vaqt sarflangan bular edi. 
Iqtisodiy tafakkur tarkibi: muammoni anglash; uni kelib chiqish sababini aniqlash; hisob-
kitob  qilish;  uning  yechimini  qidirish  va  yechimining  muqobil  variantlarini  topish;  topilgan 
yechimlardan eng optimalini tanlash; uni tekshirish va tahlil etish kabilardan iborat. 
Iqtisodchi pedagog aynan ana shunday fikrlashni yoshlarda shakllantirishga e‘tibor berishi 
lozim. 
Iqtisodchi  pedagogning  faoliyati  uning  kasbiy  tafakkurini  xususiyatlarini  aks  ettiradi.  Har 
qanday  pedagogik  jarayon  ijodiy  bо‗lib,  ma‘lumki  ijodiy  jarayonda  tafakkur  yetakchi  rol 
о‗ynaydi,  boshqacha  aytganda  tafakkur  ijodiy  faoliyatning  asosidir.  Shuning  uchun  bо‗lajak 
iqtisodchi  pedagoglarning  kasbiy  tayyorgarligida  tafakkurni  shakllantirishga  ijodiy  yondashish 
katta ahamiyatga ega. 
 
2. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot 
 
Bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish  tufayli  о‗tkazilgan  iqtisodiy  islohotlar  va  hozirgi  bosqichda 
ularni  yanada  chuqurlashtirish  shaxsni  har  tomonlama  kamolotga  yetkazishga,  turmush 
farovonligini kо‗tarishga qaratilgan. 
Inson  muayyan  maqsad  sari  intilar  ekan,  uning  faoliyati  zaminida  о‗z  oilasining  moddiy 
sharoiti va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bо‗ladi. 
Inson hayotida iqtisodiy faoliyat,  uning natijasida  yaratilgan ne‘matlar asosiy о‗rin tutadi. 
Ana  shu  ne‘matlarni  qay  tarzda  qanday  xarajatlar  bilan  yaratilishida  iqtisodiy  bilimlar  muhim 
о‗rin tutadi. 
Iqtisodiy  tafakkurning  kuchi  -  uni  amaliyot  hayot  bilan  bog‗liqligida.  Abstraktlik  bilan 
aniqlik, nazariya bilan amaliyot birligi, iqtisodiy reallikni bilish va uni anglab yetish tafakkurning 
zaruriy, asosiy shartidir. 
Hozirgi  taraqqiyot  darajasida  iqtisodiy  fanlarsiz,  ularni  chuqur  о‗rganmay,  uzoqqa  borib 
bо‗lmaydi.  Bozor  iqtisodiyotida  xо‗jalik  yuritish  uchun  har  tomonlama  puxta  о‗ylash,  lekin 
doimo amaliyot bilan bog‗lanishi zarur. 
Insonlarda  yangicha  iqtisodiy  tafakkurni  yuqori  darajada  bо‗lishi  uchun  iqtisodiy  fanlar 
rivojlanishi hamda iqtisodiy fikr yurita bilish zarur. 
Iqtisodiy tarbiya ta‘lim jarayonini ajralmas tarkibiy qismi sifatida uni tо‗ldirishi va amaliy 
kо‗nikmalar bilan boyitishi lozim.
 48
 
Bozor iqtisodiyotining ichki о‗ziga xos ilg‗or xususiyati bu barchaga, har bir kishiga teng 
iqtisodiy erkinliklarni berish, ularni mustaqil faoliyat kо‗rsatishi, farovon hayot kechirish, о‗zi va 
davlat  manfaatlarini  rо‗yobga  chiqarish  uchun  qulay  imkoniyatlar,  har  qanday  faoliyatning 
huquqiy, adolatli negizini yaratishdir. Buning uchun: a) mamlakatimizning har bir fuqarosida ana 
shunday imkoniyatlardan foydalana oladigan iqtisodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash lozim; b) 
iqtisodiy  bilimlar  iqtisodiyotimizni  rivojlantirishning  kuchli  omiliga  aylanayotganini  hisobga 
olib, iqtisodiy fanlarni chuqur о‗rganishni yо‗lga qо‗yish lozim. 
                                                 
48
 Jо‗rayev T. Yangicha iqtisodiy tafakkur // О‗zbekiston ovozi, 2004 yil 21 dekabr, 2-bet. 

Iqtisodiy tafakkurni izchil rivojlanishi nazariya va amaliyotning uzviy bog‗liqligidan kelib 
chiqadi. Aynan iqtisodiy nazariya va iqtisodiy siyosatning uzviy bog‗liqligiga erishish iqtisodiy 
madaniyat yuksalishiga ijobiy ta‘sir qiladi. 
Iqtisodiy  manfaatdorlikni  adolatli  hal  etish,  jamiyatni  haddan  tashqari  tabaqalanishini 
kuchayishiga yо‗l qо‗ymaslik muhim rol о‗ynaydi. 
Milliy  iqtisodiy  tafakkurni  mustaqillik  yillarida  rivojlanishi  xususiy  mulkchilikni  e‘tirof 
etish,  milliy  iqtisodiyot  tarmoklarida  tub  tarkibiy  о‗zgarishlarni  ta‘minlash,  kichik  biznes  va 
xususiy tadbirkorlar salmog‗ini oshirish bilan bir qatorda mutaxassis kadrlarni xalqaro miqyosda 
raqobatbardoshlikka qodir bо‗lgan bilimlarni о‗zlashtirishini talab etadi. 
Hozirgi  kunda  iqtisodiyotning  talabi:  har  bir  kishi  о‗z  bilimlaridan  foydalana  olishi, 
yangicha dunyoqarashga ega bо‗lishi va iqtisodiy masalalarga tо‗g‗ri yechim topa olishi kerak. 
Bunga  kо‗p  jihatdan  dars  jarayonida  iqtisodiy  tafakkurni  rivojlantiradigan  metodlarni 
qо‗llashga ahamiyat berish orqali erishish mumkin. 
Tafakkurni  rivojlantirish  о‗z  navbatida  ongni  ham  rivojlantirish  omilidir.  Tafakkur  va 
ongning о‗zaro munosabatida tafakkur faol bо‗lib, iqtisodiy ongni qayta yо‗naltirish uchun yangi 
tafakkur  tarkib  topishini  rag‗batlantirish  va  rivojlantirish  lozim.  U  yoki  bu  qarashlar  jamiyatda 
keng  tarqalishi,  biroq  faqat  bilimlar  darajasida  qolishi,  e‘tiqodga  aylanmasligi,  amaliyotda  keng 
qо‗llanmasligi mumkin. 
Mutaxassislar  tafakkurni  «tanballigi»ni  inson  zaifligining  eng  kо‗p  tarqalgan  sohalaridan 
biri deyishadi. Buning ma‘nosi shuki boshqalarnini fikriga tayanib, xulosalar qilish hamma vaqt 
oson,  mustaqil  fikrlash  esa  qiyin  kechadi.  Kо‗pincha  odamlarning,  jumladan,  rahbarlarning 
hamon  yuqori  tashkilotlardan  kо‗rsatmalar  kutib,  shaxsiy  tashabbus  kо‗rsatmayotganini  boisini 
shu bilan izohlash mumkin. 
 
3.Bozor iqtisodiyotiga о„tish jarayonida ma‟naviy barkamol avlod tarbiyasi 
 
Mamlakatimiz ham mustaqillikni qо‗lga kiritmagan, bozor iqtisodiyotiga о‗tmagan davrda 
boshqa  tizim  hukmronlik  qilgan.  Bu  tizim  «rivojlangan  sotsializm»  deb  atalib,  iqtisodiy 
munosabatlar,  jahon  mamlakatlari  bilan  о‗zaro  iqtisodiy  aloqalar  ham  shu  tizimga  xos  bо‗lib, 
iqtisodiy  rivojlanish  yо‗li  markazlashgan,  qatiy  rejalashtirilgan,  iyerarxik  tarzdagi 
buyruqbozlikka asoslangan edi. 
Eskicha  yashash  tamoyillariga  ham  mafkuraviy,  ham  amaliy  jihatdan  kо‗nikib  qolgan 
kishilarimiz  dastlabki  paytlarda  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yashashga  tayyor  emas  edi. 
Markazlashgan rejali iqtisod odamlarni boqimanda, yuqoridan beriladigan buyruqni kutish va uni 
bajarishga odatlantirgan edi. Shuning uchun ham boqimandalikka mutlaqo о‗xshamaydigan, har 
bir kishidan mustaqil fikr yuritib, qaror qabul qilishga, tashabbusga asoslangan yangicha iqtisodiy 
tafakkurni qaror topishini talab qiladigan bozor iqtisodiyotiga о‗tishning va mustaqilligimizning 
dastlabki yillari anchayin qiyin kechdi. 
Umuman  olganda,  odamlarni  yangicha  iqtisodiy-siyosiy  tizimga  tayyorlash  –  unga 
moslashishlik  vazifasi  nihoyatda  murakkab  ziddiyatli  jarayon,  uzoq  vaqtni  talab  qiladi  va 
jamiyatning hamma sohalari: iqtisod, siyosat, mafkura, ma‘naviyat, madaniyat, ta‘lim-tarbiya va 
boshqalarni qamrab oladi. 
Bozor  sharoitida  insonga  tashabbuskorlik,  tadbirkorlik,  noaniqlik  va  о‗zgarib  turuvchi 
vaziyatlarga  moslasha  olish,  muqobil  variantlarni  kо‗ra  bilish,  ulardan  eng  ratsionalini  tanlay 
bilish  kо‗nikmasini  hosil  qilish,  mag‗lubiyatdan  ruhini  tushurmaslik,  darhol,  yangi  yо‗llarni 
izlash fazilatlarini tarbiyalash zarur. Mag‗lubiyatni tan olish, chekinish, raqobatda  yutib chiqish 
uchun  yangidan  kurash  boshlash  va  boshqa  shu  kabilar  bozor  psixologiyasining  о‗ziga  xos 
xususiyatlaridir.  Ammo  har  qanday  kishi  ham  bunga  tayyor  emas.  Aytish  mumkinki,  bozorga 
о‗tish davrining qiyinchiliklari, bozorning riskka asoslanganligi kо‗p jihatdan aynan kishilarning 
psixologik jihatdan tayyor emasligi, ularda tegishli shaxsiy fazilatlarning rivojlanmaganligi bilan 
izohlanadi. 

Agarda  shaxs  tafakkuri  mos  ravishdagi  aqidalarga  asoslanmasa  olingan  iqtisodiy  bilimlar 
unga naf bermaydi. 
Albatta,  hamma  insonlarda  tadbirkorlik  qobiliyati  bir  xil  emas,  psixolog  olimlarning 
tadqiqotiga  kо‗ra  riskka  moyil  bо‗lgan  kishilardan  hamda  intuitiv  va  tahliliy  tafakkuri  yuqori 
kishilardan kо‗proq muvaffaqiyat bilan ish olib boruvchi tadbirkorlar chiqar ekan. 
Bu  yerda  iqtisodiy  jihatdan  tarbiyaning  ahamiyati  shundaki,  insonda  iqtisodiy  tafakkurni 
shakllanishi  asosida  о‗z  qobiliyatiga,  obyektiv  sharoitga,  tabiatan  berilgan  shaxsiy  fazilatlariga 
kо‗ra faoliyat turini tо‗g‗ri tanlash imkonini beradi. 
Hozirgi  kunda inson iqtisodiyot  sohasida katta hajmdagi  axborot va uning nihoyatda katta 
tezlikda uzatilishiga duch keladi. Shu bilan birga axborot asimmetriyasi muhim rol о‗ynaydi. 
Bozor  iqtisodiyoti  klincha  olingan  axborotlar  asosida  tezkor  qaror  qabul  qilishni  talab 
qiladi.  Bunday  sharoitda  intuitiv  va  tahliliy  tafakkurga  ega  bо‗lish  muhim  ahamiyatga  ega. 
Iqtisodiy tafakkurning о‗zi  kо‗p jihatdan ana shu tahliliy va intuitiv  tafakkurga tayanadi.  Inson 
voqea-hodisalar  oqimini  oldindan  tasavvur  qila  olmasa,  tо‗g‗ri  qaror  qabul  qilish  qiyin. 
Intuitsiyada  u  yoki  bu  vaziyatlarda  qanday  harakat  qilish  kerakligi  bо‗yicha  avval  orttirilgan 
tajriba namoyon bо‗ladi. 
Hozirgi  kunda  axborotlar  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishini  belgilovchi  asosiy 
omilga  aylanmoqda.  Muayyan  axborot  zarur  qaror  qabul  qilish  doirasini  qisqartiradi,  bu  о‗z 
navbatida  insonni  qat‘iyatsizlikdan  ma‘lum  darajada  xalos  qilib,  qaror  qabul  qilishini 
tezlashtiradi. 
Iqtisodiy tafakkur va uning amaliyotda namoyon bо‗lishida muayyan xalqning mentaliteti, 
uning kuchli jihatlari muhim ahamiyatga ega. Shaxs uchun zarur bо‗lgan fazilatlarni shakllanishi 
mentalitet bilan bog‗liq. Masalan, Shark xalqlari uchun uyushganlik, jamoatchilik, Fapb xalqlari 
uchun  individuallik  xos.  Ulkan  iqtisodiy  yutuqlarni  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  qator  boshqa 
Osiyo  mamlakatlari  uyushganlik  hisobiga,  AQSH,  G‗arbiy  Yevropa  mamlakatlari  esa  indi-
viduallik tufayli qо‗lga kiritdi. 
Uyushganlik tezkor qarorlarni qabul qilishda о‗zaro munosabatga, hamjihatlik bilan faoliyat 
yuritishga  kirishishga  tayyorlikni  aks  ettirsa,  individuallik  insonning  о‗z  kuchiga  tayanish, 
tashabbus kо‗rsatish erkinligidir. Amalda ushbu ikki xususiyat о‗zaro bir-biriga ta‘sir kо‗rsatadi, 
bir-birini boyitadi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish  jarayonida  ma‘naviy  barkamol  avlod  tarbiyasi  —  iqtisodiy 
ta‘lim  va  tarbiyaning  jamiyat  hayotidagi  nufuzini  muntazam  oshirib  borishni  taqozo  qiladi.  Bu 
nafaqat  kishilarda  yangicha  iqtisodiy  fikrlashni  shakllantirishning,  balki  iqtisodiy  islohotlarni 
samarali  amalga  oshirish  yо‗lidagi  strategik  maqsadlarimizni  ham  bir  yо‗la  rо‗yobga  chiqarib 
borishning muhim sharti deb, о‗ylaymiz
49

Bu  jihatdan  ta‘limga  ham  yuqori  talab  qо‗yilmoqda.  Hozirgi  sharoitda  о‗quv  dasturlari, 
xususan  iqtisodiy  fanlar  bо‗yicha  dasturlar,  ulardagi  mavzular  iqtisodiy  vaziyat  va  bozor 
talablarini  hisobga  olish  bilan  birga  yoshlarga  ularni  qay  yо‗nalishda  ketishini  oldindan  kо‗ra 
bilishni о‗rgatishini ham hisobga olish kerak. 
Mustaqil  О‗zbekistonning  kelajagi,  uning  jahondagi  ilg‗or  davlatlardan  biriga  aylanishi 
yangicha  iqtisodiy  tafakkurni  naqadar  chuqur  va  keng  о‗zlashtirib  olganimiz,  о‗z  hayotimiz, 
turmush tarzimizning uzviy qismiga nechog‗lik aylantirishimizga bog‗liq. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling