Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26

 
4. Iqtisodiy tafakkurning iqtisodiy madaniyatni shakllanishiga ta‟siri 
 
Puxta  iqtisodiy  bilimlar  iqtisodiy  tafakkurni,  u  esa  zamonaviy  iqtisodiy  madaniyat  va 
iqtisodiy taraqqiyotni uzluksizligini taqozo etadi. 
Madaniyat  jamiyat  tomonidan  yaratiladi  hamda  uning  о‗ziga  xizmat  qiladi,  ijtimoiy 
munosabatlar, aloqalar barqarorligi va takomillashib borishini ta‘minlaydi. 
Madaniyat  keng  qamrovli  tushuncha.  Madaniyat:  1.  Jamiyatning  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy 
va  ma‘naviy  hayotida  qо‗lga  kiritgan  yutuqlari  majmui.  2.  Biror  ijtimoiy  guruh,  qatlam  yoki 
                                                 
49
 Jо‗rayev T. Yangicha iqtisodiy tafakkur // О‗zbekiston ovozi, 2004 yil 21 dekabr, 2-bet. 

xalqning  ma‘lum  davrda  qо‗lga  kiritgan  shunday  yutuqlari  darajasi.  Biror  xо‗jalik  yoki  aqliy 
mehnat  sohasidagi  rivojlanganlik  darajasi.  3.  О‗qimishlilik,  ta‘lim-tarbiya  kо‗rganlik,  ziyolilik, 
ma‘rifatlilik.  Turmushning  ma‘rifatli  kishi  ehtiyojlariga  mos  keladigan  sharoitlari  yig‗indisi 
sifatida talqin etiladi. 
Madaniyat  deyilganda  dastlab  insoniyatning  tabiatga  kо‗rsatadigan  maqsadga  muvofiq 
ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan. 
Lotinchada cultura - yerni ishlash, parvarishlash ma‘nosini beradi. Rus tilidagi kultura sо‗zi 
ham shundan olingan. 
Tarbiya  faqat  mavjud  normalarga  urf-odatlarga  rioya  qilish  qobiliyatini  rivojlantirishgina 
emas, balki ularga rioya qilish istagini rag‗batlantirishni ham о‗z ichiga olgan. 
Madaniyat  sо‗zi  ma‘nosining  izohlaridan  kо‗rinib  turibdiki,  u  nihoyatda  keng  qamrovli 
tushuncha. U inson hayoti, faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi. 
Shuning uchun uni о‗rganish, insonning kelgusi hayotida mavjud tajribalardan foydalanish 
maqsadida  uni  nazariy  jihatdan  empirik  о‗rganishda  ustun  darajada  diqqat  qaratilishi  lozim 
bо‗lgan  yо‗nalishlarga  ajratiladi.  Masalan,  siyosiy,  huquqiy,  axloqiy,  estetik,  iqtisodiy 
madaniyatni  о‗zini  boshqaruv  madaniyatini,  soliq  madaniyati,  tadbirkorlik  madaniyati,  xizmat 
kо‗rsatish madaniyati, iste‘molchi madaniyati va hakazolarga ajratish mumkin. Iqtisodiy tafakkur 
va iqtisodiy madaniyatga alohida e‘tibor qaratilishi bejiz emas, chunki inson hayotining asosini 
iqtisodiy faoliyat tashkil etadi. 
Ilg‗or  iqtisodiy  madaniyatni  shakllantirishga  bо‗lgan  bugungi  ehtiyoj  insonning  ishlab 
chiqarishni  yanada  rivojlantirishidagi  roli  ortib  borishi  bilan  belgilanadi.  Iqtisodiy  madaniyat 
kishilarning  iqtisod  sohasidagi  faol  ommaviy  ishtirokini,  bilimlari,  malaka  va  ishbilarmonligi, 
ongi  va  tafakkurining  rivojlanganligi  darajasini  aks  ettiradi.  U  insonning  iqtisodiy  sohadagi 
faoliyati samarasini, jamiyatda tо‗plangan iqtisodiy tajribani umumlashgan holda namoyon etadi. 
Iqtisodiy madaniyatga umuman madaniyatning bir yо‗nalishi sifatida qarash mumkin. Shu 
bilan  birga  shuni  ta‘kidlash  joizki,  madaniyatning  boshqa  yо‗nalishlaridan  alohida  ajratib 
kо‗rsatib bо‗lmaydi. Chunki u bir butun jamiyat taraqqiyotining bir-birini tо‗ldiruvchi va taqozo 
qiluvchi gо‗yoki billurning alohida qirralaridir. 
Iqtisodiy madaniyat insonning iqtisodiy sohadagi faoliyati samarasini, jamiyatda tо‗plangan 
tajribani umumlashgan holda namoyon etish bilan birga madaniyatning boshqa yо‗nalishlari bilan 
chambarchas bog‗liq. 
Iqtisodiy  madaniyatni  bir  tomondan,  jamiyat  rivojining  har  bir  bosqichidagi  holati, 
cheklangan  resurslardan  foydalanish  holati  sifatida  qarash  mumkin.  Ikkinchi  tomondan  esa 
xо‗jalik yurituvchi subyektlar о‗rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yuz berishi; uchinchidan, mehnat 
omilining  ishlab  chiqarishning  boshqa  omillariga  nisbati  va  ular  о‗rtasidagi  uyg‗unlik  sifatida 
qarash mumkin. 
Iqtisodiy madaniyat deganda, nimani tushunishimiz kerak? degan savol tug‗iladi. Iqtisodiy 
madaniyatga «Falsafa: qomusiy lug‗at» kitobida quyidagicha ta‘rif berilgan. «Iqtisodiy madaniyat 
-  mehnat,  ishlab  chiqarish  va  moddiy  jarayonlarda  namoyon  bо‗ladigan  madaniyat  shakli:  har 
qanday  jamiyatning  rivojlanishida  muhim  bо‗lgan  iqtisodiy  munosabatlarning  madaniy  holati. 
Uning  ikki  asosiy  shaklini  kuzatish  mumkin,  shaxsiy  iqtisodiy  madaniyat  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
madaniyat...»
 50

Bu ta‘rifda bizningcha: 
1) Moddiy jarayon deganda nimani nazarda tutilgani mavhum; 
2) Jarayon deganda ish-harakat, voqea, xodisaning  yuz berishi, davom  etishi, rivoji, oqimi 
tushuniladi. Demak, jarayonni moddiy jarayon deb tasniflash tо‗g‗ri emas. 
3) Mehnat ham, ishlab chiqarish ham bu iqtisodiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Ularni 
alohida kо‗rsatish shart emas. 
Shuning  uchun  biz  ana  shu  kamchiliklarni  hisobga  olgan  holda  iqtisodiy  madaniyatga 
quyidagicha ta‘rif berishni lozim topdik. 
                                                 
50
 Falsafa: Qomusiy lug‗at. T.: О‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Sharq, 2004 yil 185-bet. 

Iqtisodiy madaniyat deyilganda madaniyatning iqtisodiy faoliyat jarayonida namoyon 
bо„ladigan shaklini tushunamiz. 
U  iqtisodiy  bilim  va  iqtisodiy  tafakkur,  iqtisodiy  qadriyatlar  va  an‟analar,  iqtisodiy 
fan  yutuqlarini  qamrab  oladi  va  kishilar,  xо„jalik  yurituvchi  subyektlar  о„rtasidagi 
munosabatlarda,  aloqalarda  namoyon  bо„ladi.  Natijada,  iqtisodiy  madaniyatni  ham  nazariy 
ham  empirik  jihatdan  о‗rganish  zarur  bо‗ladi.  Iqtisodiy  madaniyatni  tushunishning  nazariy  va 
empirik jihatlari bir-birini tо‗ldirib boradi. 
Iqtisodiy madaniyatni shakllanishida mulkchilik munosabatlari asosiy о‗rin tutadi. Shuning 
uchun  jamiyatdagi  ustuvor  mulkchilik  shakliga  kо‗ra  iqtisodiy  tafakkur  ma‘naviy  qadriyatlar, 
xulq-atvor, insonlarning say-harakati qaror topadi. 
Har  bir  yangi  avlod,  mustaqil  hayotga  qadam  qо‗yar  ekan  о‗zidan  avvalgi  avlodning 
iqtisodiy  bilimlarini  ham  о‗zlashtiradi.  Shu  bilan  erishilgan  darajada  tо‗xtamaydi,  balki  olg‗a 
yuradi.  Natijada  uzluksiz  ravishda  murakkab  iqtisodiy  hodisalar,  jarayonlar  о‗rganiladi,  ular 
asosida  qaror  chiqariladi,  iqtisodiy  qarashlar  boyitiladi.  Bunga  esa  ta‘lim  va  tarbiya  orqali 
erishiladi. 
Tinimsiz mehnat, ta‘lim va tarbiya orqaligina keyingi avlod bilimliroq, donoroq, mohirroq 
bо‗ladilar,  demak,  iqtisodiy  madaniyat  ham  rivojlanadi.  Bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish  bilan 
mamlakatimizda yangicha iqtisodiy madaniyat shakllanar ekan, bu jarayonda о‗tmish tajribasi va 
an‘analaridan  tо‗la  voz  kechilmaydi.  Iqtisodiy  madaniyat  yangi  tizimni  yaratish  uchun 
foydalanish  mumkin  bо‗lgan  jihatlarini  saqlab  qoladi.  Jamiyat  iqtisodiy  madaniyati  о‗tmish  va 
hozirgi  avlodlar  iqtisodiy  tajribasi  bilan  birga  kelajak  taraqqiyotning  ehtiyojlari  va  istiqbol 
maqsadlarini ham qamrab oladi. 
Bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub 
islohotlar  va  bu  boradagi  muvaffaqiyatlar  kо‗p  jihatdan  bozor  subyektlari,  bunyodkorlarning 
iqtisodiy ongi, tafakkuri, bilimi, saviyasi va malakasiga, mahorati va amaliy faoliyatiga, bir sо‗z 
bilan aytganda iqtisodiy madaniyatiga bog‗liq bо‗lib qolmoqda. 
Hozirgi  kunda  fan  va  texnika  taraqqiyoti,  iqtisodiy  madaniyat  о‗zida  mujassamlashgan 
komponentlar  bunyodkor  faoliyat  sohalari  integratsiyasi  uchun,  shaxs  kamoloti  uchun  yangicha 
sharoitlar yaratmoqda. 
Ishlab  chiqarishda,  iste‘mol  va  ehtiyojlarda  katta  о‗zgarishlar  sodir  bо‗lmoqda.  Shu  bilan 
birga jamiyatda ijodiy faoliyat bilan band kishilarning ortib borishi rо‗y beryapti. Inson omilining 
roli yanada ortib boryapti. 
Ijtimoiy  о‗zgarishlar  qancha  chuqur,  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  vazifalar  qancha  keng 
qamrovli  bо‗lsa,  jamiyat  va  shaxs  iqtisodiy  madaniyatini  rivojlanishining  ahamiyati  shunchalik 
oshib boradi. Iqtisodiy madaniyat shaxsning iqtisodiy bilimlari, kо‗nikma va malakasi, mahorati, 
qobiliyati va imkoniyatlarini qо‗llay olish darajasini ifodalovchi muhim fazilat sifatida namoyon 
bо‗ladi.  Shaxs  iqtisodiy  madaniyati  uning  barkamollashuvini  ham  bildiradi.  Inson  ne‘matlarni, 
madaniy  qadriyatlarni  yaratadi,  balki  ularni  iste‘mol  ham  qiladi,  ulg‗ayish  jarayonida 
komillikning yangi,  yuqoriroq bosqichlariga kо‗tarilib boradi. Masalan, iqtisodiy tadqiqotchilar, 
faoliyati  mavjud  iqtisodiy  nazariyalarni  о‗rganish  hamda  о‗zlashtirilgan  bilimlar  asosida  yangi 
nazariyalar  yaratilishiga  olib  keladi.  Iqtisodiy  siyosat  esa  davlat,  jamoat  tashkilotlari  turli 
partiyalar  va  mehnat  jamoalarini  faoliyatini  о‗z  ichiga  olib,  jamiyat  miqyosida  jamiyat 
a‘zolarining  manfaatlarini  hisobga  olib  aniq  maqsadga  qaratilgan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish 
orqali amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy madaniyatga iqtisodiy fan qadriyatlari, ya‘ni iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy g‗oya 
va  qarashlar,  kishilarda  tarbiyalangan  ijobiy  iqtisodiy  fazilatlar  va  xulq  meyorlari  ham  ta‘sir 
kо‗rsatadi. 
Ma‘lumki  kishilardagi  iqtisodiy  fazilat  va  xulq  meyorlari  ijobiy:  mehnatsevarlik, 
tejamkorlik, intizomlilik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlik  yoki salbiy: xо‗jasizlik, isrofgarchilik, 
mas‘uliyatsizlik, beg‗amlik va hokazo bо‗lishi mumkin. Qadriyat deganda, faqat ijobiy fazilat va 
sifatlar nazarda tutiladi. 

Bularning  hammasi  jamiyat  iqtisodiy  madaniyatini  iqtisodiy  hayotdagi  bunyodkor  ijodiy 
faoliyat va shu faoliyatni amalga oshirishning usul, vositalari hamda samarasining uzviy yaxlitligi 
deb ta‘riflash mumkin. 
Jamiyat va shaxs iqtisodiy madaniyatlari orasida murakkab uzviy aloqa mavjud. Shaxsning 
iqtisodiy  madaniyati  jamiyat  iqtisodiy  madaniyatiga  kо‗ra  shakllanadi.  Shu  bilan  birga  undan 
о‗zib  ketishi  yoki  orqada  qolishi  mumkin.  Masalan,  bozor  mexanizmi  va  uni  amal  qilishni 
tushunmaslik  yoki  unga  moslashmaslik  oqibatida  kishi  katta  qiyinchiliklarga  duch  kelishi 
mumkin. 
Shaxs  iqtisodiy  madaniyatining  о‗sishi,  bunyodkorlik  imkoniyatlarini  ishga  solishi, 
iqtisodiy faollik, iqtisodiy bilim va tafakkurning о‗sishi jamiyatning ilg‗or iqtisodiy madaniyatini 
shakllanishiga olib keladi. 
Shuning  uchun  ham  hozirgi  kunda  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya,  shaxsda  ma‘lum  iqtisodiy 
sifatlar,  iqtisodiy  madaniyagni  shakllantirishga  qaratish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bir 
tomondan  jamiyat  taraqqiyoti,  ikkinchi  tomondan  iqtisodiy  madaniyatning  pastligi  va  boshqa 
omillar  tufayli  vujudga  kelgan  ekologik  muammolar  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya  va  iqtisodiy 
madaniyatni shakllantirishning ahamiyatini yanada orttiradi. 
Ota-bobolarimizning ilmi yuqori bо‗lmasa ham iqtisodiy fikrlashlari, iqtisodiy tarbiyaliligi, 
iqtisodiy  madaniyatliligi  bilan  yuqori  turishgan.  Agarda  e‘tibor  bilan  qarasak,  odatda,  yuqori 
darajaga  yoshligida  qiyinchilik  kо‗rgan,  mehnatni  qadrlagan,  topilgan  pulni  qadrini  bilganlar 
kо‗tarilganlar,  inson  doimo  qiyin  holatdan  chiqib  ketishi  uchun  harakat  qiladi  va  shu  harakati 
tufayli  о‗z  oldiga  qо‗ygan  maqsadlariga  erishadi.  Demak,  о‗qituvchi  ana  shu  narsani  har  bir 
о‗quvchi, talaba ongiga yetkazishi zarur. 
Iqtisodiy  madaniyat  oiladagi  tarbiyadan  boshlab  shakllanadi,  inson  hayotining  keyingi 
bosqichlarida rivojlanadi, qachonki uning keyingi bosqichlarda uzluksizligi ta‘minlansa. 
Iqtisodiy tafakkurni shakllanishi iqtisodiy tadbirkorlik madaniyatini oshiradi. 
Tadbirkorlik madaniyati, avvalo vijdon va diyonatni talab qiladi, yolg‗onchilik, firibgarlik, 
turli qing‗ir yо‗llar bilan ish bitkazish, ta‘magirlik va boshqalar tadbirkorlik madaniyatini yо‗qqa 
chiqaradi. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik madaniyati juda yuksak. 
Soliq xodimlari bilan soliq tо‗lovchi yuridik va jismoniy shaxslar о‗rtasidagi aloqalar soliq 
madaniyati va unga rioya qilishni taqozo qiladi. Ayniqsa, yuridik shaxslar uchun soliq hisobotini 
topshirish  jarayoni  haddan  tashqari  mehnat  va  vaqt  talab  qiladigan  jarayon  bо‗lib,  hisobotni 
topshirgunga qadar bir necha ish kunini soliq inspeksiyalarida о‗tkazadi. Bu korxona uchun ham, 
xodim  uchun  ham  samarali  foydalanish  mumkin  bо‗lgan  ish  vaqtini  yо‗qotish  bо‗ladi.  Soliq 
hisobotlari  belgilangan  muayyan  shakllarda  taqdim  etiladi,  ularni  elektron  variantda  kompyuter 
tarmoqlari  orqali  maxsus  dasturlar  yordamida  soliq  inspeksiyalariga  taqdim  qilinishi  mumkin. 
Buni  soliq  tо‗lovchi  uchun  ham,  soliq  xodimlari  uchun  ham  afzalliklari  borki,  u  soliq 
madaniyatini kо‗tarishda muhim rol о‗ynaydi. 
Soliq  madaniyati  haqida  tо‗xtaganda,  albatta,  unga  kiruvchi  komponenga  hisobotlarni  о‗z 
vaqtida  topshirish,  ortiqcha  sarflardan  saqlanish,  soliq  tо‗lovlarini  о‗z  vaqtida  tо‗lash,  soliq 
yukini  iqtisodiy  о‗sishni  ta‘minlashga  qaratilishi,  turli  noqonuniy  harakatlarning  oldini  olish, 
mamlakatda xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yо‗l qо‗ymaslik va boshqalarni о‗z ichiga oladi. 
Ijtimoiy yuksalish, taraqqiyotning amalga oshishida ma‘naviyatning roli katta. Ma‘naviyat-
ma‘rifatsizlik molparastlikni, shafqatsizlikni, mensimaslik va boshqa illatlarni keltirib chiqaradi, 
mehr-oqibatni,  sahovatni  yо‗qotadi.  Ma‘naviy  qashshoqlik  moddiy  kambag‗allikdan  bir  necha 
barobar  og‗irroqdir.  Ma‘naviyat  borasidagi  kamchiliklar,  nuqsonlar  moddiy  turmush 
yetishmovchiliklari  kabi  tezda  kо‗zga  tashlanmasada,  sezilmasdan  yig‗ilib  borib  og‗ir  oqibatga 
olib kelishi mumkin. 
Hozirgi  kunda  yana  shu  narsa  aniqlandiki,  moddiy  farovonlikni  kо‗tarilishi,  yaxshilanishi 
avtomatik tarzda boy ma‘naviy madaniyatga olib kelmas ekan. 
Ma‘naviy qashshoqlik esa insonning parokandalikka olib keladi. U esa sо‗zsiz iqtisodiyotga 
uning barqaror о‗sishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. 

Ma‘naviyat,  kishilarning  ma‘naviy  faoliyati  о‗zida  madaniy-ma‘rifiy,  mafkuraviy,  diniy, 
axloqiy,  estetik,  huquqiy,  ilm-fan  yutuqlari,  kishilarning  axloqiy  salohiyati,  dunyoqarashi, 
g‗oyasi, ruxiy kechinmalari, tasavvurlari, qobiliyati, irodasi, e‘tiqodi, tarbiya va boshqa ma‘naviy 
istaklar, maqsadlar ehtiyojlarni о‗z ichiga oladi. 
Sharqda  doimo  ma‘naviyatga  alohida  e‘tibor  berilgan.  Ma‘naviyatli  odamlarning  e‘tiqodi 
butun,  iymoni  toza,  ruhi  pok  bо‗ladi.  Ular  savobni  gunohdan,  diyonatni  xiyonatdan,  adolatni 
razolatdan  ajrata  oladigan,  insofli,  oqibatli,  saxovatli,  muruvvatli  kishilar  bо‗lganini  tarixdan 
bilamiz. 
Xalqimiz  «pul  -  qо‗lning  kiri»,  deb  bejiz  aytmagan.  Moddiy  boylik  о‗tkinchi,  uni  tejab-
tergab  sarf  qilmasa,  asramasa,  qо‗ldan  boy  berish  oson.  Ma‘naviy  boylik  esa  bebaho  va 
tuganmas, uni birovga bergan bilan kamaymaydi. 
Iqtisodiy  madaniyatni  shakllanishida  ma‘naviyatning  ta‘siri  juda  katta.  О‗qituvchi  buni 
о‗quvchi-talabalarning  ongiga  yetkazishi,  ma‘naviy  yо‗g‗rilgan  iqtisodiy  madaniyatga  ega 
kishilarni misol tariqasida kо‗rsatishi kerak. Bunday kishilar har bir tuman, qishloq, mahallada, 
albatta, topiladi. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar. 
 
1.  Iqtisodiy tafakkur deganda nimani tushunamiz? U qanday shakllanadi deb о‗ylaysiz? 
2.  Iqtisodiy  tafakkurning  mohiyati  va  xususiyatlariga  qarab,  uch  turga  bо‗linadi,  degan 
fikrga qо‗shilasizmi? Fikringizni asoslab bering. 
3.  Iqtisodiy  tafakkurning  kuchi  -  uni  amaliyot  hayot  bilan  bog‗likligida  deganda  nimani 
nazarda tutamiz? 
4. Iqtisodiy tafakkur va uning amaliyotda namoyon bо‗lishida muayyan xalqning mentaliteti 
qanday ahamiyatga ega? 
5.  Iqtisodiy  tafakkur  iqtisodiy  madaniyatning  shakllanishiga  qanday  ta‘sir  kо‗rsatadi,  deb 
о‗ylaysiz? 
6. Iqtisodiy madaniyatga «Falsafa: qomusiy lug‗at» kitobida berilgan ta‘rifga qо‗shilasizmi? 
Siz о‗zingiz qanday ta‘rif bergan bulardingiz? 
7.  Iqtisodiy  madaniyatni  shakllanishida  mulkchilik  munosabatlari  qanday  о‗rin  tutishini 
kо‗rsating. 
8. Shaxs  iqtisodiy madaniyati bilan  ijtimoiy-iqtisodiy madaniyat  о‗rtasida sizningcha,  farq 
bormi? 
9.  Tadbirkorlik  madaniyati,  soliq  madaniyati  nimalarni  ifodalaydi?  Sizningcha,  u  qanday 
bо‗lishi kerak? 
 
 
8-Ma‟ruza: IQTISODIY TARBIYA NAZARIYASI ETNOPEDAGOGIK, DINIY VA 
MILLIY OMILLAR 
 
Reja 
 
1. Etnopedagogikaning iqtisodiy ta‘lim-tarbiyada tutgan о‗rni  
2. Iqtisodiy faoliyat, ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish 
3. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlarning о‗rni va roli 
4. Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‘ana va qadriyatlar 
 
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Etnopedagogika, maqol, topishmoq, ma‘naviy 
omillar, diniy qarashlar, dualizm, protestantlik, islom dini, naqshbandiylik, iste‘mol madaniyati, 
tо‗y, transaksion xarajatlar. 
 
 

1. Etnopedagogikaning iqtisodiy ta‟lim-tarbiyada tutgan о„rni 
 
Xalq  donishmandligi  va  odobnomasining nodir sahifasi  bо‗lgan о‗zbek xalq  pedagogikasi 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  maishiy-axloqiy  hayotning  barcha  tomonlarini  xalq  og‗zaki  ijodi, 
qadriyatlari,  udumlari  va  marosimlarining  yetakchi  yо‗nalishlarini,  diniy  axloqiy  ta‘limotini 
qamrab olganligi bilan harakterlanadi. 
U  xalqimizning  asrlar  davomida  tо‗plagan  boy  tajribalarini  ijtimoiy,  axloqiy,  falsafiy, 
falsafiy-ma‘rifiy,  estetik,  ma‘naviy,  iqtisodiy,  jismoniy  yetuklik  borasidagi  qarashlarini, 
xulosalarini lо‗nda, donishmandlarcha ifodalaydi. 
Xalq  pedagogikasi  yoki  etnopedagogika  -  bu  etnik  guruhlar  millat,  xalqning  asrlar 
davomidagi  tarixiy  hayoti  davomida  erishgan  emperik  tajribalari  asosida  bolaga  ta‘lim-tarbiya 
berish haqidagi fan. 
Unga xalq pedagogikasi, tabiiy, norasmiy, maktabdan tashqari antropologik pedagogikaning 
tarixi  va  nazariyasi  sifatida  ham  qarash  mumkin.  Etnopedagogika  sotsial  va  ijtimoiy  о‗zaro 
ta‘sirni о‗rganadiki, ularning о‗zaro bog‗liqligi va ta‘siri natijasida shaxs tarbiyalanadi va kamol 
topadi. 
Xalqning pedagogik qarashlari uzoq davr - asrlar davomida shakllangan va ular asosan xalq 
og‗zaki ijodiga kiruvchi turli janrlarda yaratilgan asarlar, diniy qarashlar tarzida yetib kelgan. 
Axloqiy normalar, qadriyatlar tajriba bolani tarbiyalash va ta‘lim beriga haqidagi bilimlar, 
xalqning  donishmandligini  ifodalovchi  diniy  ta‘limot  va  boshqalarning  shaxsni  ma‘naviy-
axloqiy,  aqliy  jihatdan  shakllanishida  nihoyatda  katta  rol  о‗ynaydi.  Shuning  uchun  ham 
pedagogika  tarixida  alohida  iz  qoldirgan  buyuk  pedagoglar  xalqning  pedagogik  qarashlarini, 
tajribasini  о‗rganishga  alohida  diqqat  qaratishgan,  xalq  pedagogikasi  tarbiya  berish  haqidagi 
fanni boyitadi, bu fanga asos va tayanch bо‗lib xizmat qiladi deganlar. 
Xalq  pedagogikasining  о‗ziga  xosligi  shundaki,  unda  о‗tmishni  unutmaslik,  bugunning 
qadriga  yetish,  ertangi  kunga  umid  asosida  tarbiya  olib  boriladi,  ayni  chog‗da  tarbiyaning 
nixoyatda nozik, murakkab ekanligiga diqqat qaratiladi. 
Xalq  pedagogikasining  asrlar  davomida  shakllanib,  rivojlanib,  boyib  borishining  inson  va 
Vatan takdirida xal qiluvchi rol о‗ynashining sababi: 1) uning hayotiyligi, ta‘sirchanligi, serqirra, 
serma‘no  va  sermazmunligi;  2)  bevosita  hayot  jarayonida  xalq  tomonidan  jonli  an‘analarda 
yaratilishi  va ifodalanishi;  3) tarbiyaning eng dolzarb masalalarini  xal  qilishga qaratilganligi; 4) 
umuminsoniy,  umumbashariy  maqsad,  g‗oyaga  qaratilishidir.  Shuning  uchun  ham  xalq 
pedagogikasi inson tarbiyasida hal qiluvchi о‗rinda turadi. 
Inson hayotining asosiy qismini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, unga iqtisodiy jihatdan 
ta‘lim-tarbiya berishda ham, albatta, xalq pedagogikasi asosiy о‗rin egallaydi. Chunki dastlabki 
iqtisodiy fikrlash udumlar, an‘analar va diniy ta‘limot asosida shakllangan qarashlar orqali oilada, 
mahalladagi munosabatlar tabiiy ravishda shakllanadi. 
Sotsiolog  Uilyam  Samner  (1840-1910)  xalq  an‘analari  va  udumlarini  chuqur  о‗rgangan 
taniqli  olim,  shunday  nazariyani  ilgari  suradi,  inson  bolalikdan  о‗zi  yashayotgan  oila,  jamoa 
tomonidan insonlarni о‗zini tutishi usullari va yо‗llarini, uning ma‘nosiga xali tushunib yetmagan 
holda о‗zlashtiradi.  Ular avloddan-avlodga о‗rganish  mexanizmi  orqali о‗tadi,  yetkaziladi.  Ular 
kо‗pchilik о‗rtasida о‗zini tutishi, xulq-atvor mavjud ne‘matlardan foydalanish, estetik qoidalar, 
oila  qurish  va  hokazolarda  ifodalanadi.  Uning  fikricha,  о‗zini  tutish  xulq-atvor  bо‗yicha  «xalq 
model»lari turlicha, u jamiyat, alohida guruhlar miqyosida farq qiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, 
har bir inson, har bir xalq modeliga asoslangan guruh о‗z udum-odatlarini eng tо‗g‗ri va tabiiy 
deb biladi. Bu illyuziyani Samner etnotsentrizm deb atadi. 
Beixtiyor  ravishda  о‗zlashtirilgan  xulq-atvor  insonlarning  о‗zini  tutishini  Xalq  modellari 
inson uchun kerakli va maqsadga muvofiqligi sababli ham barqaror va avloddan-avlodga kо‗chib 
о‗tgan. Ular an‘analar, odamlarga, ba‘zi diniy aqidalarga aylanib, bajarish majburiy bо‗lib qoladi. 
Ba‘zi  birlari  etnik  prinsiplar  va  qoidalarga,  normalarga  aylanadi.  Bular  qadriyat,  g‗oya  kabi 
tushunchalarga  nisbatan  tor,  lekin  alohida  bir  shaxsni  о‗zini  tutishi  qonun-qoidasi,  normasi 
mazmunini tashkil etadi. 

Xalqimizning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular asosan barcha 
xalq  og‗zaki  ijodiga  kiruvchi  turli  janrlardagi  asarlar  tarzida  yetib  kelgan.  Bunga  dostonlar, 
ertaklar,  mehnat,  marosim  qо‗shiqlari,  osori  atiqalari,  naqllari,  rivoyatlari,  afsonalari,  maqollar, 
matallar, hikmatlar, forizmlar, tez aytishlar, bolalar о‗yinlari va hokazolarni kiritish mumkin. 
Bolaning  qanday  shaxs  sifatida  kamol  topishida  xalq  pedagogikasining  ahamiyati  katta. 
Xalq  pedagogikasida  tarbiyaning  katta-kichigi,  birlamchi-ikkilamchisi  bо‗lmaydi.  Hamma  narsa 
hisobga  olingan  holda  yetgi  о‗lchab  bir  kesishga  amal  qilinadi.  Xalq  pedagogikasida  bugun  va 
ertani  о‗ylab,  о‗tmishni  unutmaslik,  bugunning  qadriga  yetish,  kelajakka  umid  asosida  tarbiya 
olib boriladi. 
Xalq  pedagogikasi  asrlar  davomida  shakllangan,  rivojlangan  bо‗lib,  xalq  tomonidan 
yaratilgan hayotiy an‘analar, udumlar, marosimlar, bayramlar va boshqalarda о‗z aksini topgan, 
tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan umumbashariy, umuminsoniy g‗oya 
va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. 
Xalq pedagogikasi barcha sohalarning yо‗nalishlarini qamrab olgan. 
«Xalqning  tayanchi-ajdodlarimiz  qoldirgan  ma‘naviy  merosning  о‗zi  bir  xazina.  Bu 
xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim»
 51

Iqtisodiy  qarashlar  ma‘lum  bir  davrda  xalqning  an‘analari,  udumlari  yaratilgan  tajribalar 
orqali  kishilarga  ta‘sir  etgan  bо‗lsa,  diniy  qarashlarning  shakllanishi  tufayli  ular  diniy  nuqtai 
nazardan axloqiy normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga yetkazilgan. 
Xalqning  ta‘lim-tarbiya  borasidagi  tajribalari,  qarashlarini  о‗zida  mujassamlashtirgan,  uni 
ifodalovchi,  etnopedagogikada  alohida  о‗rganiladigan,  durdona  fikrlar  bu  maqollardir.  Xalq 
yaratgan g‗oyat ixcham, chuqur ma‘noli gaplar  - maqollardir. G.Fuller fikricha  «Maqollar katta 
ma‘noni uch-tо‗rt sо‗z bilan ifodalanadigan shaklidir». 
Maqollar  bu  о‗tmish  emas,  balki  xalqning  doimiy  yangraydigan  jо‗shqin  ovozi.  U 
bugunnigina  emas  erga  uchun  ham  ahamiyatini  yо‗qotmaydi.  U  xalqniig  kuzatuvi  va  xulosasi 
tufayli yuzaga keladi. Qadimdan maqollar tarbiyalovchi rolni о‗ynagan. Bir tomondan pedagogik 
g‗oya, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta‘sir, ta‘lim berish funksiyasini bajargan. 
Xalq  maqollari  yodda  qolishi  uchun  uning  ma‘nosi  va  mazmuni  aniq  ifodalanishi  zarur. 
Maqollarni  eng  kо‗p  tarqalgan  shakli  pedagogik  nuqtai  nazardan  3  kategoriyaga  ajratilishi 
mumkin. 
1) kishilarni axloqiy jihatdan sо‗zlashga о‗rgatish; 
2) о‗zini tutish; 
3) alohida pedagogik maslahatlar beruvchi. 
Maqollar  о‗ziga  xos  pedagogik  maslahatlar  beruvchi,  tarbiyaning  natijasini  ifodalovchi 
bо‗lib,  pedagogik  tajribaning  о‗ziga  xos  umumlashtiruvchi  shakli  sifatida  qaraladi.  Maqollarda 
pedagogik  g‗oya  bolani  tug‗ilishidan  boshlab,  ularni  tutgan  о‗rni,  ularni  tarbiyalashda  ota-
onalarning о‗zlarini tutishlari haqida, atrof-muhitga munosabati aks ettiriladi. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling