Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‟ana va qadriyatlar


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26

4. Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‟ana va qadriyatlar 
 
Jamiyatni  rivojlanishida  mamlakat  aholisi,  ularini  о‗ziga  xos  oldiga  qо‗ygan  maqsadi, 
mо‗ljali  xususiyatlari,  ma‘naviy  merosi,  an‘analari  va  ularni  murakkab  va  chuqur  о‗zaro 
bog‗liqligi,  milliy  mentalitet  va  milliy  egoizm  asosiy  rol  о‗ynaydi.  Milliy  iqtisodiy  fikr 
yuritishning  о‗ziga  xos  xususiyatlari  mavjud  bо‗lib,  milliy  yondashishda  madaniy,  ma‘naviy 
qadriyatlar, an‘analarga tayanishga meros sifatida qarash kо‗zda tutiladi. 
Sog‗lom, aql-idrok asosida milliy yondashish iqtisodiy baquvvat millatni kam quvvatlarga 
nisbatan  bosim  о‗tkazishini  inkor  qiladi.  Faqat  suveren  milliy  davlatgina  milliy  iqtisodiy 
tafakkurni  shakllantira  olishga  qodir  bо‗ladi.  Iqtisodiy  fikrlarni  rivojlanishi  tarixi  shuni 
kо‗rsatadiki, har qanday nazariya milliy ildizga ega, ya‘ni u milliy iqtisodiyotdagi dalillar asosida 
yaratiladi.  Milliy  iqtisodiyotda  amal  qilayotgan  munosabatlarga,  iqtisodiy  aloqalarga  tayanadi. 
Bozor qonunlari ham umumiy sotsial ma‘noga ega bо‗lgan holda о‗ziga xos tomonlari mavjud va 
milliy  imidjga  egaki,  mazkur  davlat  yuritayotgan  siyosat  orqali  ular  hisobga  olinadi  va 
strategiyasi belgilanadi. 
Sharq  xalqlarining  muhim  xususiyatlaridan  biri,  uni  jamoa  ukladiga  tayanishi.  Bizda  juda 
kо‗p ishlar mahalla bilan, jamoa bilan, qon-qarindoshlar, qо‗ni-qо‗shnilar, dо‗st-birodarlar  yoki 
shunchaki  tanishlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuning uchun  yon-atrofdagilarni fikriga 
nihoyatda diqqat qaratiladi. Kо‗pchilik о‗z manfaatidan kelib chiqib fikr yuritadi, lekin shu bilan 
birga  atrofidagilar  nima  der  ekan  deb  о‗ylaydi.  Ikkinchi  tomondan,  uning  qayg‗usi,  shodligiga 
yon-atrofdagilar  qо‗shilishadi,  birgalikda  baham  kо‗rishadi,  yordam  berishadi.  Bunday  hayot 
tarzining  qator  ijobiy  tomonlari  bor.  Masalan,  bolalarga  ota-onalardan  tashqari  qо‗ni-qо‗shni, 
mahalla kо‗z quloq bо‗lib turadi. 
Xalqimizda qadimiy urf-odatlar bor, jumladan, insonni hayot  yо‗lini turli bosqichlari bilan 
bog‗liq. Farzand kо‗rgan ota terak ekkan, о‗z kasbini о‗rgatgan, qizlarga onalari  bichish-tikish, 
ovqat pishirish, uy yig‗ishtirish kabi ishlarni о‗rgatgan. Yoshligidan boshlab ota-ona farzandlarini 
kelajagini о‗ylagan. 
Tо‗y ham bizni madaniyatimizni bir qismi hisoblanadi. Har bir kishi tо‗y qilish, qarindosh 
urug‗, elu yurt oldiga dasturxon yozishni istaydi. «Mahallada duv-duv gap» badiiy filmida aynan 
ana shu milliy harakter ajoyib tarzda ifodalab berilgan. Hammaning tiliga tushgan tо‗y qilgan ota-
onadan baxtiyorroq odam yо‗q, dunyoda. Biz hammamiz tо‗yga borganmiz. Odatda tо‗y ziyofati, 

xursandchilik  juda  kо‗p  oilalar  daromadiga  qaramay  ham  katta  ziyofat  berib  tо‗y  qilishni  orzu 
qiladi. Bu orzu о‗zbek xalqining mentalitetiga xos. 
Bozor  iqtisodiyoti  odamlardan  yangicha  iqtisodiy  tafakkur,  hayotga,  moddiy  ne‘matlarga 
nisbatan ratsional yondashishni talab qiladi. 
Shu jihatdan iqtisodiyot va uning rivojlanishida milliy ananalar,  marosimlar qanday 
rol о„ynashini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Hamma xalqlarda keng tarqalgan, oila 
topgan daromadning kattagina qismi sarflanadigan marosimlar bu -tо„ylardir. 
Tо‗ylarning turi kо‗p: beshik tо‗yi, sunnat tо‗yi, nikoh tо‗yi va hokazolar. 
Tо‗ylar bizni mamlakatimizda mahalla va oila farovonligi bilan bog‗liq. Xalqimizga bag‗ri 
kenglik, mehmondо‗stlik bilan birgalikda boshqalardan kam emaslik, «shovla ketsa ketsin, obru 
ketmasin» xislati odamlarga qarz olib bо‗lsa ham eldan qolmaydigan darajada tо‗y qilish xos. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida sotsial va ma‘naviy jihatdan о‗rintirib qо‗ydi. Odamlar 
oldida  milliy  an‘analar  bilan  о‗z  farovonligini  ta‘minlash  о‗rtasida  birini  tanlash  zaruriyati 
tug‗ildi. Bu aslida ratsionallik bilan milliy an‘ana, umumqadriyatlar bilan bozor talablari о‗rtasida 
muvozanat bо‗lishini yoki ziddiyat bо‗lishini ifodalaydi. 
Umuman olganda, haddan tashqari chiranib tо‗y qilish yaxshilikka olib bormaydi. Albatta, 
har kim о‗z topgan pulini qanday qilib sarflash о‗zining ishi. Lekin о‗ylab qaraylik, har bir oila 
о‗zini ma‘lum darajada yeb ichishidan boshqa narsalardan, aytaylik, ovqatdan tiyib, yig‗ib-tergan 
mablag‗ini  bir  kunda  sarflash  tо‗g‗rimi?  Buni  eng  yaxshi  an‘anamizni  muammoga  aylantirish 
tо‗g‗rimikin? 
Iqtisodchilarimiz о‗rtasida tо‗ylarga, turli marosim, о‗tkaziladigan gap-gashtaklarga ikki xil 
qarash mavjud. Bir guruh iqtisodchilar tо‗ylarni va boshqa marosimlarni iloji boricha kam chiqim 
о‗tqazib,  mablag‗ni  kо‗proq  investitsiyalarga  sarflash  tarafdori  bо‗lishsa
53
,  ikkinchi  guruh 
iqtisodchilar ular о‗ziga xos transaksion xarajatlar, kelgusida oila uchun boshqacha kо‗rinishdagi 
naf tarzida qaytib keladi degan fikrdalar
54
 (II bob, 3-§ ga qarang). 
Tadqiqotchilarning fikriga kо‗ra xarajatlarni asosiy qismi oila uchun zarur narsalarni sotib 
olishga emas, balki boshqa maqsadlarga sarflanadi. Ananalarga tо‗xtaganda ularning kо‗pi Islom 
dini bilan bog‗liqligi haqida tо‗xtab о‗tish lozim. Bizni о‗tkazayotgan tо‗y tantanalarimizda islom 
qoidalariga rioya qilinadimi? degan savol tug‗iladi.  О‗zbek xalqining eng ajoyib hislat-fazilatlari 
kattalarni  xurmat,  kichikni  izzat  qilish,  yaqinlariga  g‗amxо‗rlik  qilishdir.  Islom  dini  insonlarni 
sabr-toqatga,  Alloh  yaratgan  barcha  ne‘matlarni  asrab  avaylashga,  turli-tuman  tо‗y,  ma‘rakalar 
о‗tkazganda kamtarinlikka, isrofgarchilik qilmaslikka chaqiradi. 
Bir  yilda respublikamizda 160-170 ming tо‗y bо‗lsa, tuman, qishloqlarda 2-3 marta arzon, 
lekin  umumiy  sarf-xarajatlar  juda  katta  sо‗mmani  tashkil  etadi.  Tadqiqotchilarning  hisobiga 
qaraganda, viloyatlarda 528 mlrd 500 mln sо‗m, Toshkent shahrida 103,5 mlrd sо‗m, О‗zbekistan 
bо‗yicha  632  mlrd  sо‗mdan  kо‗p  mablag‗  sarflangan.  О‗zbekiston  uchun  bu  juda  katta 
sо‗mmadir
55
.  Tо‗ylarda  ortiqcha  dabdaba  masalasi  jadidlarni  ham  о‗ylantirgan.  Taniqli 
yozuvchimiz A.Qodiriy bu hakda shuncha vaqtdan beri bu masala о‗zini dolzarbligini yо‗qotgani 
yо‗q,  deb  aytgan.  Bu  yerda  atrofdagilarning  fikri  asosiy  rol  о‗ynaydi,  u  umum  qabul  qilingan 
norma bо‗yicha harakat qilishga olib keladi. YA‘ni kо‗p qatori boshqalar nima qilsa, shuni qilish 
kerak. 
Perulik taniqli olim  Ernando de Soto  «Kapital  siri» asarida  eng kambag‗al  oilalarda ham, 
albatta, ma‘lum miqdorda jamg‗arilgan pul borligi, rivojlanayotgan mamlakatlarda uning miqdori 
chet  ellardan  olinayotgan  yordamdan  bir  necha  о‗n  barobar  kо‗pligini  kо‗rsatib,  bu  boylikdan 
foydalanish  imkonini  yaratilishi  mamlakatning  iqtisodiy  taraqqiyotiga  juda  katta  ta‘sir 
kо‗rsatishini  asoslab  beradi.  Ana  shu  mablag‗dan  samarali  foydalanish,  ularni  investitsiyaga 
aylantirishdir. Albatta, bizni mamlakatimizda ham aholining qо‗lida mablag‗lar bor, lekin uning 
asosiy  qismi  tо‗y  qilish  uchun  yig‗iladi.  Bu  shunchalik  darajada  asosiy  maqsadlardan  biriga 
                                                 
53
 Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12 
стр. 54-61. 
54
 Жолдасов А. и др. Апология рациональности традиций // Экономическое обозрение, 2004, №12 стр. 61-64. 
55
 Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12 
стр. 55.
 

aylanganki,  uni  ifodasini  eng  kо‗p  takrorlanadigan  «Iloho  omin,  topganingiz  tо‗yga  buyursin!» 
degan duoda ham kо‗rish mumkin. 
Albatta, tо‗yga sarflangan pul  ham  milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga xizmat  qiladi.  Qator 
sohalar  xizmat  kо‗rsatish,  san‘atni  rivojlanishiga  turtki  beradi.  Lekin  bu  pullarni  ma‘lum  bir 
maqsadga  investitsiya  qilish  mumkin.  Qator  iqtisodchi  olimlarimizning  fikricha  shuncha 
mablag‗lar tо‗yga emas, biznesga investitsiya qilinganda edi, undan kо‗ra kо‗proq foyda berardi. 
Bizda  pulni  kapital  sifatida  jamg‗arishga  о‗rganilmagan.  Bu  eng  avvalo  tajriba  yо‗qligi 
hamda  moliya  bozorini  rivojlanmaganligidan  kelib  chiqadi.  Moliya  bozorida  aholi  mablag‗ini 
saqlash  va  kо‗paytirishning  turli  usullarini  taklif    etiladi.    Lekin  bunga    bizning  an‘analarimiz 
ham ta‘sir kо‗rsatadiki, pulni jamg‗arishni imkonini kamaytiradi. 
Hayotning  an‘anaviy  uklad  tarzi  ishlab  topilgan  pulning  katta  qismini  qon-qarindoshlik 
munosabatlari,  turli  tadbirlar  tо‗y,  ma‘raka  va  hokazolarga  sarflashga  yо‗naltiriladi. 
Tadqiqotchilarning sо‗rovnoma asosida о‗tkazgan hisob-kitoblariga kо‗ra turli-tuman tantanalar, 
tо‗ylar, tadbirlarga uy xо‗jaligida topilgan daromadning 19,1%, ya‘ni 1/5 qismi ketar ekan, undan 
kо‗proq  faqat  oziq-ovqatga  33,6%  tashkil  etadi
56
.  Masalan,  eng  kam  mehmon  bо‗lsa  nikoh 
tо‗yida 200 ta bо‗ladi.  Eng qizig‗i olingan daromadlardan qatiy nazar dasturxon tо‗kin bо‗lishi 
lozim.  Undan  tashqari  tо‗yga  boriladigan  bо‗lsa,  albatta,  covg‗a-salom  kо‗tarib  borish  kerak. 
Odamlarni kо‗z о‗ngidagi imidji dasturxon tо‗kinligi va tо‗yga kelgan mehmonlar soniga qarar 
ekan, albatta, har bir kishi о‗zi haqida tо‗lqinlanib maqtab gapirishlarini istaydi va shunga harakat 
qiladi 
Gap  ota-onalarni  farzandlariga  yaxshi  tо‗y  qilib  berishlarida  emas,  balki  tо‗y  qilish  hayot 
mazmuniga  aylanganida.  Bu  an‘ana  kelajakda  avlodlar  ham  davom  ettiradilar.  Qiz  bolaga 
yoshligidan uy jihozlari yig‗iladi, qarindosh-urug‗lar ham qarab turishmaydi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  mamlakatlarda  xarajatlarni  iqtisod  qilish,  kam  xarajat 
qilishga  intilish  turmush  tarziga  aylangan.  U  yerda  odamlar  har  narsani  iqtisod  qilishga  harakat 
qilishadi.  Ular  fikricha  u  yoki  bu  narsani  olish  imkoni  yо‗qligidan  emas,  balki  ortiqcha  sarf 
xarajat qiyinchilikka olib kelishi mumkinligini bilishadi. Hap bir kishi faqat о‗ziga ishonadi, agar 
yashash uchun mablag‗ manbaidan mahrum bо‗lsa, yordam beradigan faqat о‗zi. Bir qaraganda 
bu shafkatsizlik, lekin u insonning о‗zini harakat qilishga, iqtisodiy fikrlashga, tо‗g‗ri qaror qabul 
qilishni о‗rganishga majbur qiladi. 
Bizda  qо‗ni-qо‗shni,  qarindosh-urug‗,  mahalla  hech  qachon  odamni  qiyin  paytida 
yolg‗izlatib  qо‗ymaydilar.  Bu  о‗zbek  xalqining  eng  yaxshi  hislatlaridan  biri  hisoblanadi.  Lekin 
bozor  iqtisodiyoti  har  bir  insonni  eng  avvalo,  о‗ziga  suyanishni  о‗rgatishni  zarur  qilib  qо‗yadi. 
Lekin  hamma  aybni  isrofgarchiliklarni  faqat  an‘anaga  yuklash  ham  notо‗g‗ri,  eng  asosiy 
javobgarlik о‗z zimmamizda-Hech kim bizni 400 ta emas, 100 ta mehmon chaqirsak jazolamaydi. 
Tо‗ygacha, tо‗ydan keyingi qator odatlarni kamaytirish zarur. 
Davlatimiz  ham  bu  masalaga  alohida  diqqat  qaratadi,  jumladan,  Prezidentning  maxsus 
farmoniga  asosan  yurtimizda  tо‗ylar,  turli  marosimlar  о‗tkazish,  musulmonlarning  diniy 
bayramlariga,  mahalla  fondiga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Milliy  an‘analarga  о‗z  farovonligi 
ravnaqi nuqtai nazardan qarash kerak. Albatta, nima qilishni har bir odamning о‗zi tanlaydi, lekin 
ularni nimani tanlashlariga yordam berish kerak. 
Tо‗ylar, turli urf-odatlar asosida tantanalar о‗tkazishga nima sababdan tо‗y qilayapsan yoki 
tantana, marosim о‗tkazayapsan? deb savol  berilmaydi.  Tо‗y bu bayram. Tо‗y qilayotgan, men 
tо‗y qilib qarindosh urug‗larni, qо‗ni-qо‗shnilarni, tanish-bilishlarni chaqiraman. Ularni xursand 
bо‗lishi uchun bayram qilib beraman. Ularning tо‗yida qatnashish biz uchun ham bayram, deydi. 
Kо‗pchilik, agar men yaxshi tо‗y qilsam, u halda odamlar meni kambag‗al emasligimni bilishadi, 
qizlarini  meni  о‗g‗limga  turmushga  berib  xavotir  olishmaydi.  Qizlarimni  turmushga  berish 
osonlashadi.  Sababi,  ularga  agar  zarur  bо‗lsa,  yordam  berishimga  ishonadilar,  degan  fikr 
yuritishadi.  Tо‗y  о‗ziga  xos  reklama.  Tо‗y  odamlarni  bir-biriga  yaqinlashtiradi,  о‗ziga  kerakli 
odamlar bilan tanishish mumkin va hokazo. 
                                                 
56
 Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12 
стр. 60. 

Iqtisodiy  munosabatlardan  tashqari  insoniy  munosabatlar  ham  borki,  ular  odamlarni  butun 
boyligini  ifodalab  berolmaydi.  Insonlarning  moliya  kapitalidan  tashqari  hozirgi  zamon  iborasi 
bilan ayttanda «sotsial kapitalga» ham ehtiyoji katta. Odamlar biri-birinikiga borishi-kelishi, bir-
birlari bilan kо‗rishishlari, ular uchun pulga qaraganda ham qadrliroq odamgarchilik, bir-biridan 
ma‘naviy ozuqa olish va boshqalarda ifodalanadi. Bunda ma‘lum bir guruh insonlar sotsial aloqa 
bilan  boqlangan.  Ular  doimo  boshqalarga  yordam  beradilar  va  ulardan  о‗zlari  ham  zarur 
bо‗lganda  yordam  kutadilar.  Tо‗y,  tantana  va  boshqa  marosimlar  haqidagi  odamlarning  fikrini 
jamlab quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. Tо‗y bu bayram hamda uni bekorga о‗tkazilmaydi. 
Shu  bilan  birga  turli  gap-gashtak,  tantana,  tо‗ylarga  transaksion  xarajatlar  sifatida  qarash 
mumkin degan fikrda ham jon bor. 
Ma‘lumki, A. Smit mehnat taqsimotini tо‗liq amalga oshirishda bitta tо‗siq borligi, u ham 
bо‗lsa,  talabning  cheklanganli  ekanligini  kо‗rsatib  bergan.  R.  Kouz  va  uning  shogirdlari, 
tarafdorlari  yana  bitta  tо‗siqni  aniqladilar.  Bu  bitimlarni  tuzish  va  amalga  oshirishdagi 
xarajatlarning kо‗pligidir. Bunday xarajatlarni tо‗rt guruhga ajratish mumkin: 
• axborotlarni izlash va shartnoma tuzish xarajatlari
• shartnomani bajarish bilan bog‗liq xarajatlar; 
• mulkka bо‗lgan huquqni himoya qilish xarajatlari
• rо‗yxatdan о‗tish va ish yuritish xarajatlari. 
Daromad topishni juda kо‗p yо‗llari bor, lekin jamiyat uchun eng samaralisi bitta  - ishlab 
chiqarish xarajatlarini qisqartirish, sifatni yaxshilash va mahsulot turlarini kо‗paytirishga xizmat 
qiladigani. 
Xuddi  shunday  tarzda  qо‗yilgan  maqsadga  erishish  uchun  har  bir  kishi,  oila  о‗zi 
sarflaydigan  transaksion  xarajatlarni  hisoblaydi.  Turli  tantana,  tо‗y,  marosimlar,  gap-gashtaklar 
о‗tkazish  orqali  insonlar  о‗rtasidagi  aloqalar,  ular  о‗rtasida  mehr-oqibatni  mustahkamlaydi. 
«Mehr- kо‗zda» deydi dono halqimiz. Lekin shu bilan birga bu nomoddiy kapital zarur paytida 
moddiylashish imkoniga ega. Masalan, quyidagi narsalar va xizmatlarga aylanishi mumkin: 
•  ma‘lum  bir  muddatga  ishlatib  turishga  olingan  narsa,  ijaraga  olinsa  anchagina  mablag‗ 
sarflashga tо‗g‗ri keladi; 
•  qо‗shnidan,  qarindoshdan  olingan  qarz,  agar  bankda  rasmiylashtirilsa  ancha  qimmatga 
tushishi mumkin; 
•  qо‗ni-qо‗shni,  qarindosh-ypyg‗,  tanish-bilishning  zarur  bо‗lganda  pul  olmay  xizmat 
kо‗rsatishi; 
• ishga joylashish, ishda karyera qilish va о‗sish va boshqalar. 
Odamlarning  о‗zi  bu  rо‗yxatni  davom  ettirishi  mumkin.  Undan  tashqari  sotsial  kapital, 
sotsial sug‗urta, kredit uyushmalari rolini о‗ynaydi. 
Shunday qilib, milliy udumlar, odatlarga turli qarashlarni hisobga olgan holda yondashsak, 
hammasini meyorida bо‗lgani  yaxshi. О‗quvchi-talabalarni ularga ham ma‘naviy, ham iqtisodiy 
jihatdan yondashgan holda qaror qabul qilishga о‗rgatish zarur. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Etnopedagogika   iqtisodiy   ta‘lim-tarbiyada   qanday   о‗rin tutadi, deb о‗ylaysiz? 
2. Xalq pedagogikasining о‗ziga xosligi nimalarda namoyon bо‗ladi? 
3. Sotsiolog Uilyam Samner nimani etnotsentrizm deb atagan? 
4. Xalqning ta‘lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlari nimalarda ifodalanadi? 
5. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlar qanday rol о‗ynaydi? 
6. Maks Veber nazariyasi mazmunini aytib bera olasizmi? Sizningcha u xaqmi? 
7. Naqshbandiylik  nima  sababdan  asosan  g‗oyaviy-mafkuraviy darajada qolgan, amaliy 
e‘tiqodga aylanmagan? 
8.  Iqtisodiy  xulq-atvor  va  tanlovni  shakllanishida  milliy  an‘ana  va  qadriyatlar  qanday  rol 
о‗ynaydi deb о‗ylaysiz? 

9.  Tо‗ylarga,  turli  marosim,  о‗tkaziladigan  gap-gashtaklarga  siz  qanday  qaraysiz? 
Iqtisodchilar tomonidan bildirilgan qaysi fikrlarga qо‗shilasiz? 
10.  Gap-gashtak,  tо‗y  va  boshqa  tantanalarni  о‗ziga  xos  transaksion  xarajatlar  deyilishiga 
qanday qaraysiz? 
11.  Biz  gul  ekamiz,  uni  sovg‗a  qilamiz,  bilamizki,  u  3-4  kun  о‗tgach  sо‗liydi,  tashlab 
yuboramiz.    Uni  о‗rniga  kartoshkami,  piyozmi,  ...  xullas  boshqa  foydaliroq  ekin  eksak 
bо‗lmaydimi? 
 
 
9-Ma‟ruza: IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA JARAYONINI ISLOH QILISH  
 
Reja 
 
1. Iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning uzluksizligi va uzviyligi  
2.  О‗zbekistonda  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  talablari  va  xorijiy  mamlakatlar 
tajribasidan kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirish 
3. Iqtisodiy bilim va iqtisodiy savodxonlik 
4. Insonda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Ta‘lim,  uzluksiz  ta‘lim,  iqtisodiy  ta‘lim, 
bilim, iqtisodiy bilim, iqtisodiy savodxonlik.  
 
1. Iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaning uzluksizligi va uzviyligi 
 
Ma‘lumki,  О‗zbekistan  Respublikasining  «Ta‘lim  tо‗g‗risida»gi  Qonuni  va  «Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi»  jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi,  erkin,  komil  shaxsning  shakllanishini 
ta‘minlovchi asosiy huquqiy hujjatdir. 
Uning  tub  mohiyati  mamlakatimizda  ta‘lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  eski  ta‘lim 
tizimidan  meros  qolgan  kamchilik  va  nuqsonlarga  barham  berish,  bozor  raqobatlariga  bardosh 
beradigan  kadrlarni  tayyorlash,  ta‘lim  muassasalarini  moddiy  bazasini  kuchaytirish,  pedagoglar 
malakasini tubdan oshirish tizimini barpo etish, ishlab chiqarish, fan, davlat, jamoat tashkilotlari 
о‗rtasidagi  bog‗liqlikning  yangi  tizimini  yaratish,  chet  el  ta‘lim  tizimining  ilg‗or  yutuqdarini, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
belgilangan  vazifalarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  ta‘lim  tizimini  uzluksizligi  kadrlar 
tayyorlash milliy modelining mazmunini ifodalaydi. 
Ta‘limni  uzluksizligi  farzandni  tug‗ilishidan  boshlab,  voyaga  yetib,  umrini  oxirigacha 
ta‘lim-tarbiya olishini ifodalaydi. 
Ta‘lim  uzluksizligi  xalqimizning  «Beshikdan  to  qabrgacha  ilm  izla»  naqliga  amal  qiladi. 
Tinmay о‗qish, izlanish zarurligini barcha xalqlar e‘tirof etishadi. Chunonchi, rus xalqining «Vek 
jivi,  vek  uchis,  ya‘ni  qancha  yashasang,  shuncha  о‗qi,  о‗rgan»  maqolining  ma‘nosi  ham  unga 
hamohang. 
Uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini о‗z ichiga oladi:  
maktabgacha  ta‘lim;  boshlangich  ta‘lim;  umum  о‗rta  ta‘lim;  maxsus  о‗rta  ta‘lim;  kasb-
xunar  ta‘limi;  oliy  ta‘lim;  oliy  о‗quv  yurtidan  keyingi    ta‘lim;  kadrlar  malakasini  oshirish  va 
kayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta‘lim. 
Uzluksiz  ta‘lim  shaxsning  ijodiy  va  ijtimoiy  faolligini  oshirish  ma‘naviy  boy  yuqori 
malakali raqobatbardosh kadrlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 
Uzluksiz ta‘limning faoliyat kо‗rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:  
ta‘limning ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi;  
ta‘limning insonparvarligi;  
ta‘limning ijtimoiylashuvi;  
ta‘limning milliy yо‗naltirilganligi;  

ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‗liqligi, iktidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan ishlash. 
Ta‘limda uzviylikka erishishdan maqsad malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun 
asosi  esa  ta‘limning  barcha  turlarini  davlat  ta‘lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi 
modelini va uning faoliyat kо‗rsatish mexanizmini qamrab oladi. 
Ta‘limda  uzviylik  deganda,  bir  ta‘lim  turi  fanlari  dasturlarining  keyingi  ta‘lim  turiga 
о‗tganda  mutanosib  ravishda  о‗zgartirib,  soddadan  murakkabga  qarab  tо‗ldirib  borilishi 
tushuniladi. 
Qaysi fanlarni ta‘lim turlarining qaysi bosqichida о‗qitilishi ham muhim va ularni tartibga 
solish  natijasida  uzviylik  yaratiladi.  Uzviylik  ta‘lim  sifatiga  tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri  ta‘sir  qiladi. 
Fanlardagi  mavzularning  tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri  qaytarilishi  ham,  mantiqiy  о‗zilishlar  bо‗lishi  ham 
ta‘lim sifatiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Fanlar о‗rtasidagi uzviylik, ayiiqsa alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Oliy  о‗quv  yurtlarida  uzviylikni  ta‘minlash  maqsadida  о‗quv
 
rejalar  tо‗rtta  blokka  ajratib 
tuzilgan.  Har  bir  blokdagi  fanlarning  uzviyligi  ham  hisobga  olingan.  Fanlarning  dasturlarini 
tuzishda  fanlararo  uzviylikka  erishishga  ahamiyat  beriladi.  Fanlararo  tо‗la  uzviylikka  erishish 
murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Buning  uchun  fanlararo  aloqalarni  kuchaytirib  borish  va  о‗quv 
metodik ishlarni takomillashtirish zarur. 
Biz  bu  yerda  ta‘lim  va  bilim  tushunchalariga  diqqat  qaratib,  ularni  farqlarini  ajrata 
bilishimiz  zarur.  Chunki  ta‘lim  va  bilim  sо‗zlarini  kо‗p  ishlatamiz,  bu  iqtisodiy  pedagogikaga 
ham taalluqli. 
Ta‟lim  uzoq,  davom  etadigan,  barcha  uchun  bir  xil  davom  etadigan  jarayon.  Ta‘limdagi 
sifatga  uni  berishda  ishtirok  etadigan  kishilarning  fazilatlari  kata  ta‘sir  kо‗rsatadi.  О„qituvchi 
bilim emas, balki ta‟lim beradi. О„quvchi, talaba ta‟lim jarayonida bilimga ega bо„ladi. 
Bilim  esa ta‘limning uzluksizligi  vositasida beriladigan mavxum  tushunchaga ega bо‗lgan 
hodisadir.  
Bilim:  
1) mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma‘lumotlar majmuidir;  
2) о‗qimishlilik darajasi, ma‘lumot, eruditsiyani ifodalaydi
57
. Bilim xususiylikka ega bо‗lsa, 
ta‘lim  umumiylikka  egadir.  Bilim  obyektiv  borliqdagi  voqea-hodisalarning  in‘ikosi  natijasida 
inson  miyasidagi  mushohada  va  tasavvurlar  natijasida  hosil  bо‗ladigan  tushunchalar  yig‗indisi 
sifatida  namoyon  bо‗ladi.  Bilim  individuallikka  ega.  Ta‘lim,  dars  beradigan,  ta‘limni  amalga 
oshiradiganlar  saviyasi  turlicha  bо‗lishi  mumkin,  lekin  о‗quvchi,  talabalarga  beriladigan  ta‘lim 
bir  xildir.  О‗quvchi-talaba  ta‘lim  jarayonida  bilimga  ega  bо‗ladi.  Buning  uchun  u  mustaqil 
о‗qiydi,  tayyorlanadi,  kuzatadi,  mushohada  qiladi,  tasavvurga  ega  bо‗ladi,  eshitganlari, 
kо‗rganlarini  sintez  qiladi.  Natijada,  bilimga  ega  bо‗ladi.  Ularning  iqtidori,  fazilatlari  turlicha 
bо‗lar ekan, ularda hosil bо‗ladigan bilim ham bir xil bо‗ladi, sifati ham. 
Ta‘lim bilan bilimni bir tarozining ikki pallasita qо‗yib о‗lchash mumkin emas. Chunki ular 
ikki  jarayon,  ikki  hodisadir.  Yuqorida  aytganimizdek  ta‘limda  umumiylik  hukmron  bо‗lsa, 
bilimda individuallik ustunlik qiladi. 
Ta‘limni  amalga  oshirishda  uni  joriy  qilish  bazasi,  imkoniyati,  sharoiti,  proffessor-
о‗qituvchilar saloxiyati, о‗quv adabiyotlari bilan ta‘minlanganlik darajasi va boshqalar katta rol 
о‗ynaydi.  О‗quvchi,  talabalarning  bilim  olishi  va  uning  sifatiga  katta  ta‘sir  kо‗rsatadi.  Shuning 
uchun ta‘limning ana shu tamonlariga katta e‘tibor beriladi. 
Iqtisodiy  ta‘lim  va  tarbiyaning  rivojlanishini  vaqt  bilan  bosqichlar  bilan  chegaralab 
bо‗lmasligi uning uzluksizligidir. 
Uzluksizlikni  ta‘minlovchi  iqtisodiyotga  yо‗naltirilgan  ta‘lim-tarbiya  tizimidagi  markaziy 
siymo  –  bu  jahon  andozasiga  mos  keluvchi  ijodkor  shaxsdir.  Shaxsning  iqtisod  fanini,  ilmini 
о‗rganib, olgan bilimini amalda qо‗llab, kamolga intilishi ijodkorlikni ta‘minlovchi omildir. 
 
 
 
                                                 
57
 О‗zbek tilining izohli lug‗ati. M.: ―Rus tili‖ nashriyoti, 1981. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling