Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


  О„zbekistonda  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  talablari  va  xorijiy  mamlakatlar


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26

2.  О„zbekistonda  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  talablari  va  xorijiy  mamlakatlar 
tajribasidan kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‟limni amalga oshirish 
 
Boshlang‗ich  iqtisodiy  bilim  berishdan  tortib,  to  iqtisodiy  madaniyatlilik  darajasigacha 
bо‗lgan jarayon har bir shaxsni hayotiy ehtiyojini qondirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirishning maqsadi iqtisodiy ta‘lim berishning barcha 
bо‗g‗inlari va bosqichlarida, ayniqsa, iqtisodchi va pedagoglar tayyorlashda hozirgi zamon bozor 
iqtisodiyoti  talablarini  tushuna  oladigan  xо‗jalik  yurituvchi  mutaxassis  sifatida  malaka  va 
kо‗nikmaga ega bо‗lgan malakali iqtisodchilar tayyorlash ularni kasb uzluksizligi va uzviyligini 
taminlash hisoblanadi. 
Uzluksiz  iqtisodiy  ta‘limning  asosiy  vazifalaridan  biri  iqtisodiyotning  asosiy  bо‗g‗inlari 
(mikro,  mezo,  makro,  mega  darajada),  milliy  iqtisodiyot  tarmoklari,  iqtisodiy  xavfsizlik  tizimi, 
xizmat  kо‗rsatish  soxalarida  sodir  bо‗ladigan  ham  sifat,  ham  miqdor  о‗zgarishlarini  ilg‗ay 
oladigan,  iqtisodiyotni  rivojlanipshni  ta‘minlashning  meyoriy-huquqiy  asoslarini  bilimdoni 
bо‗lgan mutaxassislar hamda nafaqat ana shu xislatlarga, balki iqtisodiy ta‘lim tizimini samarali 
tashkil etuvchi iqtisodchi pedagoglar tayyorlashdir. 
О‗zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va xorijiy mamlakatlar tajribasidan 
kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirishni ustuvor yо‗nalishlari belgilandi. 
Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya  uzluksizligi  oiladan boshlanadi.  Dastlabki, iqtisodiy tarbiya oilada 
ota-ona  tomonidan  berilsa,  keyinchalik  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida,  sо‗ngra  maktabga 
beriladi.  Maktabda  turli  fanlarni  о‗qish  jarayonida  ham  iqtisodiy  bilimlarga  ega  bо‗ladilar. 
Ayniqsa, mehnat darslarida mehnat bilan  mahsulot  yaratilishini, uning  uchun ma‘lum miqdorda 
resurslar sarflash lozimligini о‗rganishsa, jamiyatshunoslik darslarida xalq farovonligini oshirish 
uchun qanday iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish lozimligini о‗rganishadi. 
Hozirgi  kunda  umumiy  ta‘lim  maktablarining  8-9-sinflarida  «Iqtisodiy  bilim  asoslari» 
fanini  о‗rganish  jarayonida  mamlakatimizda  moddiy  va  ma‘naviy  jihatdan  erishish  uchun  zarur 
bо‗lgan iqtisodiy qonunlar amal qilishi haqidagi dastlabki bilimlarga ega bо‗ladilar. 
Keyinchalk  akademik  litsey  va  kasb-xunar  kollejlarida  ularning  iqtisodiy  bilimlari  yanada 
kengayadi, mustaxkamlanadi hamda bevosita mehnat jarayonida mustahkamlanadi. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturning  «Kadrlar  tayyorlashning  milliy  modeli»  sarlavhali 
bobida  istiqbolda  har  jihatdan  barkamol  shaxsni  shakllantirish  rejasida  «Kadrlar  tayyorlash 
sohasidagi  davlat  siyosati  insonning  intellektual  va  ma‘naviy-axloqiy  jihatdai  tarbiyalash  bilan 
uzviy  bog‗liq  bо‗lgan  uzluksiz  ta‘lim  tizimi  orqali  har  tomonlama  barkamol  shaxs-fuqaroni 
shakllantirishni  nazarda  tutadi.  Shu  tarzda  fuqaroning  eng  asosiy  konstitusiyaviy  huquqdaridan 
biri  –  bilim  olish,  ijodiy  qobiliyatini  namoyon  etish  intellektual  jihatdan  rivojlanish,  kasbi 
bо‗yicha mehnat qilish huquqi rо‗yobga chiqariladi» deb kо‗rsatiladi. 
 
3. Iqtisodiy bilim va iqtisodiy savodxonlik 
 
Har  qanday  jamiyatda  ta‘lim  asosiy  о‗rin  tutadi.  Ta‘lim  hozirgi  kunda  odamlar, 
mamlakatning  madaniy,  iqtisodiy  va  huquqiy  va  boshqa  jihatlardan  rivojlanishining  asosiy 
komponenti,  unsuri  hisoblanadi.  Juda  kо‗p  mamlakatlarda  ta‘limni  rivojlantirish  mamlakatning 
eng  muhim,  zarur  ustuvor  yо‗nalishlaridan  biri  sifatida  qaraladi.  Jumladan,  О‗zbekistonda  ham 
davlat siyosatining ustuvor yо‗nalishi sifatida qaraladi. 
Davlatning  ta‘lim  siyosatidagi  bosh  masala  malakali  har  tomonlama  komil  insonni 
tarbiyalash, mutaxassislar tayyorlashni mehnat bozori talablariga moslashtirishdir. 
Ta‘limni  sotsial  jihatdan  ahamiyati  kо‗p  jihatdan  iqtisodiy  jihatdan  tayyorgarligi  bilan 
aniqlanadi.  Bо‗lajak  mutaxassislar  iqtisodiy  masalalarni  tushunishi,  iqtisodiyotdagi  turli 
tendensiyalarni aniqlay bilishi, amaliy faoliyatga tayyor bо‗lish lozim. 
Iqtisodiy  ta‘lim  strategiyasi  davlatning  strategik  maqsadlariga  bо‗ysungan  xolda  kelib 
chiqadi.  Fanning  vazifasi  -  iqtisodni  turli xilligini  hisobga  olgan  xolda  obyektiv  qonuniyatlarini 
о‗rganish, ochib berishdir. 

Ta‘lim  tizimi  rivojlanishning  strategiyasi  doirasida  rivojlanish  ta‘lim  jarayonining  о‗zini, 
mazmunini isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Ta‘limni  isloh  qilish  faol,  mustaqil  fikrlovchi,  yuqori  malakali,  ma‘naviy  barkamol 
kadrlarni tayyorlashni talab qiladi. 
Hozirgi paytda О‗zbekistonda iqtisodiy ta‘limga quyidagi talablar qо‗yiladi: 
- sifatlilik, ya‘ni yoshlar talab qilingan darajada bilim, malakaga ega bо‗lishi; 
- barcha yoshlar iqtisodiy bilimlarni о‗rganishi; 
-  samarali  bо‗lish,  ya‘ni  ta‘lim-tarbiyaga  sarflangan  xarajatlar  albatta  maksimal  samara 
berishi kerak. 
Iqtisodiy  bilim  bir  butun  xolda  -  bu  real  dunyoda  iqtisodiy  xodisalarni  inson  tomonidan 
о‗rganish natijasidir. 
Ilmiy bilishning birinchi bosqichida iqtisodiy fikrlarning shakllanishi, uni rivojlanishida eng 
yirik ilmiy maktablarning tutgan о‗rni о‗rganiladi. Biron bir maktab berilgan savolga, masalaga 
aniq javob bermaydi lekin ularni integratsiyasi eng asosiysi fikrlashga, tahlil qilishga о‗rgatadi. 
Iqtisodiy  nazariyalarni  о‗rganish  jarayonida  jamiyatni  turli  sohalari  bilan,  siyosiy, 
ma‘naviy, ijtimoiy jihatdan rivojlanishi bilan bog‗liqligini kо‗rsatib beradi. Iqtisodiy fanni asosiy 
vazifasi  har  bir  aniq  xodisani  nazariy  jihatdan  tushuntirib  berish  uni  sabab-oqibat  mexanizmini 
ajratishdan iborat. 
Hozirgi iqtisodiy fanlarning ajralib turuvchi xususiyati iqtisodiy faoliyatni, uni uchta asosiy 
yо‗nalishlarini  ajratgan  holda  о‗rganishidir:  turli  iqtisodiy  munosabatlar,  aloqalar  jarayonida 
insonning  о‗zini  tutishi,  say-harakati,  tanloviga  e‘tibor  qaratuvchi  yо‗nalish,  institusional 
yо‗nalish va ishlab chiqarish. 
Birinchisida  iqtisodiy  subyektlarni  faoliyatiga  diqqat  qaratiladi.  Bu  turli  tuman  xо‗jalik 
faoliyatining  murakkab  xodisalar  majmuini  ifoda  qilib,  ularni  4-bosqich:  ishlab  chiqarish, 
taqsimot,  ayirboshlash,  iste‘molga  bо‗ladi.  Iqtisodiy  faoliyat  yuritish  uchun  resurslar  va 
mablag‗lar  zarur.  Cheklangan  resurslar  sharoitida  tanlov  muammosi,  resurslarni  samarali 
ishlatishga e‘tibor qaratiladi. 
Institusional  yо‗nalishda  iqtisodiy  faoliyat  mavjud  norma  va  qoidalar  asosida  olib 
borilishiga  diqqat  qaratiladi.  Institutlar,  iqtisodiy  munosabatlar  va  muvofiq  ravishdagi 
muassasalarni о‗z ichiga oladi. 
Uchinchi yо‗nalishda ishlab chiqarish natijasi, iqtisodiy xodisalar moddiy natijasi - ijtimoiy 
mahsulot va uning tarkibi dinamikasiga e‘tibor beriladi. 
Iqtisodiyotga  raqobatbardosh  integratsion  jarayon  tarzida  qarasak,  uni  uch  yо‗nalish  yoki 
bosqichga  bо‗lish  mumkin:  «Iqtisodiyotda  ishlab  chiqarish  omillari  harakati»  nuqtai 
nazaridan raqobatdagi ustunlik xarajatlarga kо‗ra aniqlanadi. 
«Investitsiyalar  harakatga  keltiruvchi»  iqtisodiyotda  raqobatdagi  ustunlik  ishlab 
chiqarishning texnik samarasiga asoslanadi. 
«Innovatsiyalar  harakatga  keltiruvchi»  iqtisodiyotda,  iste‘molchilar  uchun  yangi, 
qadrliroq boshqalardan ajratib turuvchi tovarlar ishlab chiqarish va ularni iste‘molchilar nisbatan 
yuqori narxda sotib olishga tayyorliklariga asoslanadi. 
Taraqqiyot resurs sig‗imi yuqori tovarlarga qaraganda «fan sig‗imi» yuqori tovarlarga talab 
ortib borishi tufayli ta‘limning iqtisodiy jihatdan qadrini yanada ortishiga olib keladi. Bu ta‘limni 
yetakchi  omil,  mamlakatni  rivojlanishi,  kuch-qudrati  va  potensialini  aniqlovchi  omilga 
aylantiradi. 
Iqtisodiy  pedagogikaning  bu  jarayonda  roli  iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  maqsadi  bilan 
chambarchas  bog‗lanib  ketadi.  Uning  -  xizmati  shundaki,  u  har  qanday  darajadagi  masalani 
yechish  uchun  nazariy  konsepsiya  va  aniq  takliflar  tanlashni  jamiyatning  taraqqiyot  darajasiga 
qarash  lozimligi,  buning  uchun  esa  insonda  yetarli  darajada  iqtisodiy  tafakkur  shakllangan 
bо‗lishi zarurligini о‗rgatadi. 
 
 
 

4. Insonda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish 
 
Insonda  iqtisodiy  tafakkur  birdaniga  shakllanmaydi.  Uning  iqtisodiy  barkamollikka 
erishishini quyidagi bosqichlarga bо‗lish mumkin: 
1.  Insonning  ishlab  chiqarishning  shaxsiy-insoniy  omili  boshqacha  aytganda  potensial 
mehnat omili sifatida shakllanishi. Bu bosqichda inson kapitaliga investitsiya о‗sib-ulg‗ayishga, 
kamol topishga qaratiladi. 
Bolani  о‗stirib,  ulg‗aytirish,  biron  kasbni  egallashi  natijasida  mehnat  omili  sifatida 
shakllanadi.  Bu  bosqichda  tarbiya  oila,  bog‗cha,  maktab,  litsey,  kollej,  oliy  о‗quv  yurtlarida 
amalga oshiriladi. 
Mehnatga  layoqatli  yoshga  yetgani  va  kasbiy  ta‘lim  olgani  iqtisodiy  faoliyat  yuritishga 
tayyorlanadi. 
2. Real mehnat omili sifatidagi inson. Bu bosqichda kishi iqtisodiy kamolotning dastlabki 
bosqichida  yig‗ilgan  bilim,  malaka,  kо‗nikmalari  asosida  zarur  ne‘matlar  yaratadi.    Uning 
malakaviy tayyorgarligi qancha yuqori bо‗lsa, mehnat unumdorligi shuncha oshadi. Undan vaqti-
vaqti bilan malakasini oshirish talab qilinadi. 
3.  Tadbirkor  sifatidagi  inson.  Bu  bosqichda  kishining  iqtisodiy  faoliyati  yangi  sifat 
darajasiga  о‗tadi.  U  bazis  ta‘lim  va  tarbiya  natijasida  о‗zining  tashabbuskorlik,  tashkilotchilik, 
novatorlik, tavakkalchilik va tijoratchilik fazilatlarini rivojlantirilishi tufayli ishlab chiqarishning 
mehnat  omilida  tadbirkorlik  qobiliyati  shakllanadi.  U  nafaqat  о‗z  ish  kuchi,  mehnati,  balki 
mulkini  ham  ratsional  ishlatishni  biladi.  Xususiy  mulk  egasi  sifatida  yakka  tartibda,  huquqiy 
shaxs sifatida о‗z biznesini yuritadi, iqtisodiy kamol topgan kishilar toifasiga kiradi. 
4. Menejer sifatidagi inson. U iqtisodiy jihatdan yuqori malaka va tadbirkorlik qobiliyatiga 
ega.  Korporativ  mulk  egalari  mulkdan  va  mehnat  omilidan  unumli  foydalanish  maqsadida 
boshqaruvchilik kо‗nikmasi va tajribasiga ega bо‗lgan kishilarni tanlaydi. U quyi, о‗rta va yuqori 
pog‗onadagi menejerlik fazilatiga ega bо‗lgan kishilar. Ular ish xaqi hamda aksiyadorlik jamiyati 
olgan foydadan ulush oladilar. Iqtisodiy barkamollikka erishilishi ikki yо‗l bilan amalga oshadi: 
biznes bilan shug‗ullanish va menejer bо‗lib ishlash. 
G‗arbda  taraqqiyot  asoslarida  ma‘naviy  jihatlar  yetarli  bо‗lmaganligi,  kishilar  hayotida 
ma‘naviy barkamollikdan kо‗ra moddiy manfaatlar ustunligi yuqori turishiga olib keldi. Sharqda 
esa  qadimdan  har  qanday  taraqqiyot  yuksak  ma‘naviyat,  barkamol  axloq  tamoyillariga 
asoslanganishi lozim degan g‗oyalar yetakchi bо‗lib kelgan. 
Biz uchun chuqur iqtisodiy bilimlarni sharqona qarashlar, ya‘ni ma‘naviy qadriyatlar bilan 
uyg‗unlashtirib  borish,  ta‘limning  muhim  sharti  bо‗lishi  lozim.  Chunki  komil  insonni  faqat 
chuqur bilimlar berish bilan tarbiyalab bо‗lmaydi. 
Insonning  buyuk  kashfiyotlaridan  biri  pul.  Uni  kashf  etilishi  taraqqiyotda  gildirakni  kashf 
etilishi bilan tenglashtiriladi.  Lekin Hozirgi paytda hamma narsani inson hayotida pul  hal qiladi 
degan tushuncha ustunlik qilib bormoqda. Albatta, buni sabablari mavjud. 
Xalqda  halol  pul,  harom  pul  degan  iboralar  bor.  Pul  ma‘naviyat  nuqtai  nazaridan  betaraf. 
Uning  halol  yoki  haromligi  kishilarga  ularning  ma‘naviyatiga  bog‗liq.  Yoshlar  ongiga  hamma 
narsa  ham  pulga  sotilavermasligi,  adolat,  g‗ypyp,  sharqona  muruvvat  kabilar  borligi,  qolaversa 
halol mehnat bilan topilgan pul insonni kamolotga yetaklashini singdirish lozim. 
Iqtisodiyot  birlamchi  bо‗lib  kelgan,  chunki  inson  iqtisodiy  faoliyatsiz  yashay  olmaydi. 
Birov birovning hisobiga foyda kо‗rishi, yaxshi yashash falsafasi iqtisodiy bilimlar tabiatiga ham 
zid.  Iqtisod  ma‘naviyatga  ijobiy  yoki  salbiy  ta‘sir  kо‗rsatishi  mumkin.  Ammo  ma‘naviyatsizlik 
insonni oxir oqibat xor qiladi. 
Iqtisod  siyosatdan  ham  mafkuradan  ham  ustuvor,  birlamchi.  Lekin  taraqqiyotning  hozirgi 
darajasi,  inson  ma‘naviyatining  hozirgi  holatida  yoshlarga  chuqur  iqtisodiy  bilim  bilan  birga 
yetuk ma‘naviy tarbiya berish zarur. 
Iqtisodiy  savodxonlik  insonni  iqtisodiy  faoliyat  subyekta  sifatida  qaralgan  holda  ularni 
kelajakda  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  samarali  tanlovni  о‗rganish,  buning  uchun  esa  iqtisodiy 

faoliyat  tuzilishi,  unda  о‗zining  о‗rnini  his  etishi,  zamonaviy  iqtisodiy  xulq-atvor  normalarini, 
iqtisodiy madaniyatli bо‗lish, resurslarga tejamkorlik munosabatlarini tarbiyalashdan iborat. 
Iqtisodiy  ta‘lim  beruvchi  о‗qituvchilar  esa  quyidagi  maqsadni  amalga  oshirishga  harakat 
qilishlari lozim: 
*  Milliy  mustaqillik  xalqimizning  tarixiy,  intellektual,  ma‘naviy  va  iqtisodiy  merosini 
о‗rganish,  iqtisodiyot  ilmi  rivojiga  ulkan  hissa  qо‗shgan  olimlarning  ilmiy  merosidan  kengroq 
ravishda  talabalarni  xabardor  qilish,  bozor  iqtisodiyoti  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  yangi 
iqtisodiy madaniyat va tafakkurni shakllantirish. 
*  Zamonaviy  tadbirkorlik  sirlarini  singdirish,  jamiyat  taraqqiyotida      bо‗layotgan   
о‗zgarishlarni      iqtisodiy      mohiyatini      anglash,  tahlil  qilish,  qaror  qabul  qilish,  hayotiy 
vaziyatlardan eng kam yо‗qotishlar bilan chiqib ketish. 
Shuning  uchun  ham  asosiy  diqqat  umumiy  iqtisodiy  savodxonlikni  oshirishga  qaratiladi. 
Buni amalga oshirish kо‗p jihatdan iqtisodchi pedagoglar harakati, maxoratiga bog‗liq. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Iqtisodiy ta‘limning uzluksizligi va uzviyligi deganda nimani tushunamiz? 
2. Ta‘lim bilan bilim о‗rtasida qanday farq bor? 
3.  Iqtisodiyotga  raqobatbardosh    integratsion    jarayon  tarzida  qarasak,  uni  qanday 
yо‗nalishlarga ajratish mumkin va ular qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 
4.  Iqtisodiy  bilim  bilan    iqtisodiy  savodxonlik  о‗rtasida  qanday  bog‗lanish  bor  deb 
о‗ylaysiz, izohlang. 
 
10-Ma‟ruza: AHOLINING
 
IQTISODIY
 
SAVODXONLIGINI OSHIRISH YО„LLARI 
 
Reja: 
 
1. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishning asosiy yо‗llari  
2. Yoshlarda bozor iqtisodiyotiga xos bilim kо‗nikmalarni shakllantirish 
3. Iqtisodiy savodxonlik va kambag‗allik muammolari  
4. Kambag‗allik muammosida individual omilning ahamiyati 
 
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Iqtisodiy faoliyag, kambag‗allik muammolari, 
mutlaq kambag‗allik, nisbiy kambag‗allik. 
 
1. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishning asosiy yо„llari 
 
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni  yanada chuqurlashtirish, barqaror iqtisodiy о‗sishni 
ta‘minlash,  iqtisodiy  ta‘lim  tarbiyaning  barchaga  barobar  taalluqli  va  uzluksiz  bо‗lishini  talab 
etadi. 
Turli soha mutaxassislarini kasbiy faoliyatida savodxonlik, jumladan, iqtisodiy savodxonlik 
katta ahamiyatga ega. Insonning iqtisodiy savodxonligi uning umumiy savodxonligining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. 
Iqtisodiy  savodxonlik  deganda  insonning  iqtisodiy  jihatdan  voqea  hodisalarni  tahlil  qilish, 
unga baho berish va qaror qabul qilish, shaxsni о‗z turmush tarzini erkin tanlashi, tanlov oqibatini 
kо‗z о‗ngiga keltira olishi tushuniladi. 
Insonning dunyoqarashi va iqtisodiy savodxonligi bir-biriga bog‗liq, biri ikkinchisini taqozo 
qiladi.  Iqtisodiy  savodxonlik  insonning  dunyoqarashini  shakllanishi  va  rivojlanishiga,  aksincha, 
qaror topgan mustaqil dunyoqarash iqtisodiy savodxonlikning shakllanishiga xizmat qiladi. 
Jamiyat  a‘zolarining iqtisodiy savodxonligi  ikki: obyektiv va subyektiv jihatlarga bog‗liq. 
Obyektiv,  ya‘ni  shaxsning  о‗ziga  bog‗liq  bо‗lmagan,  balki  jamiyatda  tarkib  topgan  ijtimoiy 
munosabatlar va institutlarga bog‗liq bо‗lgan: 

- mamlakatdagi mavjud tarkib topgan iqtisodiy munosabatlar; 
- boshqaruv munosabatlarida demokratik tamoyillarga asoslanish; 
- iqtisodga oid axborotlarni olish imkoniyati va erkinligi
- jamiyat tamonidan iqtisodiy ta‘lim va tarbiya birligini ta‘minlash va ularga tabaqalashgan 
yondashuv; 
-  jamiyat  tamonidan  iqtisodiy  savodxonlikni  iqtisodiy-ijtimoiy  yutuqlar  garovi  va  shaxs 
manfatlarini himoya qilishining samarali vositasi sifatida baholash. 
Subektiv  har  bir  shaxsning  о‗ziga,  jamiyatdagi  mavjud  imkoniyatlardan  foydalana  olish 
qobiliyatiga bog‗liq bо‗lgan: 
* iqtisodiyotdagi obyektiv iqtisodiy qonunlarni bilib olish va ularga amal qilish; 
* qabul qilingan qonunlarga amal qilish; 
* qonuniy va iqtisodiy meyorlarni bilish; 
* inson huquqlary va erkinliklari ustuvorligi natijasini anglash
* ijtimoiy-iqtisodiy faollik kо‗rsatishi va boshqalar bilan belgilanadi. 
Iqtisodiy ta‘lim va tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‗liq bо‗lib, dialektik harakterga ega. 
Yoshlarning  iqtisodiy  savodxonligini  shakllantirish  uchun  iqtisodiy  ta‘lim  va  tarbiya 
uzviyligida quyidagilarni izchil tarzda amalga oshirish lozim: 
- iqtisodiy bilimlarni egallashga ehtiyoj о‗yg‗otish; 
- iqtisodiy tafakkurni muntazam rivojlantirish; 
- xarajatlar, daromadlar, iqtisodiy aloqalar, oila, muassasa, tuman, viloyat, davlat byudjeta, 
uning manbalari va boshqa iqtisodiy kategoriyalarni chuqur о‗rganishga yо‗naltirish; 
- iqtisodiy ta‘lim va tarbiya berishda pedagogika, psixologiya, iqtisodiyot nazariyasi, falsafa 
fanlariga tayanish. 
Bо‗lajak  mutaxassislarning  iqtisodiy  savodxonligini  ta‘minlash  uchun  iqtisodiy  ta‘lim 
tarbiyani  uzluksiz  ravshpda  tashkil  etish  sharoitini  ta‘minlash  eng  muhimi,  bu  borada  olib 
borilayotgan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar natijasini о‗quv jarayoniga amaliy tatbiq etish zarur. 
Mamlakatimiz  iqtisodiyotidagi  tub  о‗zgarishlar  xо‗jalik  yuritishning  bozor  usullariga 
о‗tilishi,  iqtisodiyotda  nodavlat  sektor,  tarmoqlarining  rivojlanishi,  mamlakatimizni  jahon 
iqtisodiy  tizimiga  integratsiyasi  har  bir  shaxsdan  har  qanday  muommaga,  masalaga  uni  yechish 
uchun iqtisodiy nuqtai nazardan yondashishni ham talab qiladi. 
 
2. Yoshlarda bozor iqtisodiyotiga xos bilim kо„nikmalarni shakllantirish 
 
Insonning  hayotdagi  har  bir  qadami  tanlov  bilan  bog‗liq,  tanlash  esa  xarajat  talab  qiladi. 
Shunday  ekan,  optimal,  samarali  tanlovni  amalga  oshirish  uchun  yoshlarni  iqtisodiy 
savodxonligini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Iqtisod nafaqat nazariy, balki kо‗proq amaliy fandir. U bevosita amaliyotga tayanadi, aniq 
ma‘lumot, raqamlar hisob-kitoblardan foydalanadi. shuning uchun iqtisodiy bilimlarni о‗rganish, 
iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, iqtisodiy xaqiqatlarni namoyon etish aniq iqtisodiy jarayonlar 
asosida amalga oshiriladi. 
Bozor  iqtisodiyoti  juda  murakkab,  noaniqlik  uning  doimiy  yо‗ldoshi.  Shuning  uchun 
muntazam  izlanish,  о‗rganish,  taxlil  qilishni  taqoza  etadi.  Inson  birdaniga  iqtisodiy  fikrlovchi, 
ishbilarmon  yoki  tadbirkor  bо‗lib  qolmaydi.  Inson  farovon  hayot  kechirish  uchun  jamiyat 
tomonidan  tan  olingan  mehnatni  bajarishi,  cheklangan  resurslardan  samarali  foydalanishni, 
topgan daromadini ratsional sarflashni bilishi kerak. 
Yoshlarda  bozor  iqtisodiyotiga  xos  bilim  kо‗nikmalarni  shakllantirish  sо‗zsiz  iqtisodiy 
ta‘lim va tarbiya orqali ta‘minlanadi. Shuning uchun mamlakatimiz kelajagi taqdiri uchun mas‘ul 
bо‗lgan  yoshlarning  iqtisodiy  savodxonligini  oshirish,  iqtisodiy  tafakkurini  о‗stirish 
pedagogikadagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Buning  uchun  yoshlarga  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya  berish  bilan  bog‗liq  qator  pedagogik 
vazifalar xal etilishi lozim: 
* yoshlarda real iqtisodiy hayot haqida tasavvur hosil qilish; 

* iqtisodiy bilim olishning zamonaviy metodlaridan samarali foydalanish
* iqtisodiy bilim berishda о‗quv amaliyotini kuchaytirish; 
*  о‗quvchi  talabalarni  iqtisodiy  savodxonlik  tushunchasi,  uning  iqtisodiy  pedagogik 
ahamiyati bilan tanishtirish; 
*  bо‗lajak  mutaxassislarni  mustaqil  iqtisodiy  ta‘lim  olish  va  mushohada  yuritish  usullari 
bilan qurollantirish
*  real  hayotdagi  hodisalarni  kuzatish,  ularning  sabablarini  tushunish,  darslik  va  о‗quv 
qо‗llanmalaridan  tashqari  qо‗shimcha  iqtisodiy  adabiyotlar,  ilmiy  adabiyotlar,  davriy  nashrlar, 
ma‘lumotlar va boshqalardan foydalanish kо‗nikmalarini shakllantirish va hokazo. 
 
3. Iqtisodiy savodxonlik va kambag„allik muammolari 
 
Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  eng  muhim  diqqat  qaratiladigan  muommolardan  biri 
kambag‗allikka qarshi kurashning eng real  vositalari, jumladan, aniq  mutaxassislikni  chuqur va 
atroflicha о‗rganishdir. 
Milliarder  Fullerning  onasi  о‗g‗liga  doimo  nasihat  qilib,  kambag‗allik  ayb  emas,  balki 
kambag‗allikdan  chiqish  uchun  hech  qanday  harakat  qilmaslik  ayb,  otang  kambag‗allikdan 
chiqish uchun hech kachon harakat qilmadi. О‗g‗lim, buning uchun sen harakat qilishing kerak 
der ekan. 
Kambag‗allik  real  va  nisbiy  bо‗lishi  mumkin.  Kambag‗allik  vatanimiz  ravnaqi  uchun 
tayyorlanayotgan  mutaxassislarning  salohiyati  yetarlimi,  о‗zi  shunday  kasb  egalari  kerakmi 
degan savollarni hal qilish maqsadida qо‗yilgan. Mutaxassis hech qanday foyda keltirmasa yoki 
shunday kasb egasiga talab bо‗lmasa kambag‗al yashashi tabiiy. Aqlli, dono, oqibatini о‗ylab ish 
qiladigan  atrofdagilar  bilan  xushmuomala,  tadbirkor  mutaxassis  о‗zi  va  davlat  uchun  foyda 
keltiradi. Xalqi boy davlatgina rivojlangan davlatlar qatoridan о‗rin oladi. 
Qashshoq  –  bu  о‗taketgan  kambag‗al,  faqir,  yashash,  hayot  kechirish  uchun  zarur 
narsalardan mahrum kishi. Kambag‗al deganda muhtojlikda yashovchi,
 
tirikchilik  uchun kerakli 
narsasi yetarli bо‗lmagan, bechora kishini tushunamiz. 
Insonga,  ayniqsa,  bolalikda  ijtimoiy,  iqtisodiy  notenglik  katta  ta‘sir  kо‗rsatadi.  Insonlar 
tabiatan  noteng  qilib  yaratilgan.  Ularning  aqli,  xislatlari  bir-biriga  о‗xshamagan,  qobiliyati 
jihatidan  ham  tenglashtirilib  bо‗lmaydi.  Ijtimoiy  va  siyosiy  jihatdan  tenglik  ham  hayoliy. 
Umumjamiyat  miqyosida  tenglik  haqida  orzularga  berilish,  uning  komiga  tushib,  о‗ljasiga 
aylanib qolishga olib keladi. Tenglik faqat ma‘naviy rivojlanishning eng pastki bosqichlaridagina 
bо‗lishi mumkin. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling