Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Mutlaq  va  nisbiy  kambag„allik


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26

Mutlaq  va  nisbiy  kambag„allik.  Boylik  va  kambag‗allik  inson  tabiatidagi  ikki  kutb  va 
ikkiyoqlamalilikning  namoyon  bо‗lishi.  Albatta,  ular  insonning  ijtimoiy  mavjudot  sifatidagi 
ehtiyojlaridan  kelib  chiqadi.  Albatta,  ular  jamiyat  taraqqiyoti,  jumladan,  uning  tarkibiy  qismi 
sifatida insonning tarbiyasi bilan о‗zgaradi. 
Boylikka  intilish  hoqimiyatga  intilish  bilan  chambarchas  bog‗langan,  kambag‗allik  esa 
bо‗ysunish, mutelikka moyillik bilan bog‗liq. 
Mutloq  kambag‗allik  yoki  qashshoqlik  insonni  yashash  uchun  eng  zarur    bо‗lgan    oziq-
ovqat,  sanitar-gigiyenik  sharoit,  kiyim-kechak, poyafzal kabilarning yetishmasligini biddiradi. 
Nisbiy  kambag‗allik  esa  moddiy  jihatdan  ta‘minlanish  darajasi  mamlakatdagi  mavjud 
о‗rtacha darajadan pastligini ifodalaydi. 
Osiyocha  ishlab  chiqarishning  о‗ziga  xosligi  boylarda  kambag‗allarni  ekspluatatsiya 
qilishga moyillik, kambag‗allarda qulchilik  psixologiyasi  kuchli bо‗lishida ifodalanadi.  Kur‘oni 
karimda ham boylikka intilish qо‗llab-quvvatlanmagan. 
О‗qimagan,  dunyoqarashi  tor  insonlar  boylikni  pozitiv  tamonlarini  kо‗ra  olmaydi. 
Kambag‗allarning  boylarga  nisbatan  nafrat  bilan  qarashi,  hasad  qilishi,  avvalo  boylik  turli 
nopok yо‗llar bilan topiladi, halol mehnat bilan boyish qiyin degan g‗oya bilan bog‗liq. Pedagog 
yoshlarga  uni  har  taraflama  tushuntirishi,  hayotdan  yaxshi  tomonlarini  olishga  yomon 
tomonlarini olmaslikka о‗rgatishi zarur. 

Keyingi  yillarda  kimni  kambag‗al  deyish  kerak,  uni  qashshoqlardan  farqi  bor-yо‗qligi 
haqida  qizg‗in  munozaralar  davom  etayapti.  Ularning  chsgarasi  qayerda,  nimaga  qarab  aholini 
ana  shunday  kategoriyalarga  ajratish  mumkin?  Asosiy  qiyinchilik  minimal  iste‘mol  savatini 
aniqlash  bо‗lib,  eng  zarur  bо‗lgan  iste‘molni  qondiradigan  tovarlar  va  xizmatlar,  ularga 
sarflanadigan  xarajatlar  miqdorini  hisoblash  katta  mehnat,  tadqiqot  о‗tkazish,  kuzatish  ma‘lu-
motlar  tо‗plash  va  hokazolarni  talab  qiladi.  Bu  murakkab  masala  jahon  banki  ekspertlari 
yordamida  yengillashtirildi. Unga muvofiq har bir mamlakatning aholisi  hayot  kechirishi uchun 
minimum darajada kuniga bir AQSH dollarilik tovar va xizmatlar iste‘mol qilishi kerak. Bunday 
iste‘mol savatchasining  qiymati  har bir mamlakat  pulining xarid quvvatini  hisobga olgan holda 
hisoblanadi. 
Albatta,  bunday  yondashuv  mukammallikdan  ancha  uzoq,  kimni  kambag‗al  hisoblash 
kerak?  Degan  savolga  tо‗liq  javob  bera  olmasligiga  qaramay,  undan  mamlakatlar  aholisining 
hayot  kechirish  darajasini  aniqlashda keng foydalanilmoqda. Sababi  undan jamiyat  miqyosida u 
yoki bu mamlakat uchun eng zarur muhtoj bо‗lgan narsalarni aniqlash mumkin. 
Oxirgi  30  yil  davomida  dunyodagi  boshqa  hech  qaysi  muammo  qashshoqlik  va 
ocharchilikni  tugatish  muammosi  kabi  dolzarb  va  jahon  hamjamiyatining  diqqat  markazida 
bо‗lmgan. 
Jamiyat  taraqqiyotiga  kambag‗allik  va  tabaqalanishning  о‗sishi  qay  darajada  xavfli 
ekanligini    hisobga  olib,  2000  yili  160  mamlakat  liderlari  insoniyat  taraqqiyotining  global 
maqsadlarini  BMTning  ming  yillik  Dekloratsiyasini  qabul  qilib,  qо‗llab-quvvatlashdi.  Bu 
dekloratsiyada  jahon  hamjamiyati  2015  yilga  borib  qashshoqlikni  ikki  barobar  kamaytirishni 
mо‗ljallagan. 
 
 4. Kambag„allik muammosida individual omilning ahamiyati 
 
Hozirgi,  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  bosqichida  davlat  asosiy  e‘tiborini 
barqaror  iqtisodiy  о‗sishni  va  uni  sifat  darajasini  ta‘minlash  orqali  aholining  barcha  qatlamlari 
daromadini oshirish va turmush darajasini kо‗zatishdir. 
Birlashgan Millatlar  Tashkilotining har  yili  e‘lon qilinadigan insoniyat  rivojlanishi haqida 
dokladi  (Doklad  o  chelovecheskom  razvitii)  da  oxirgi  yillarda  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 
qashshoqlik  va  ocharchilikni  kamayishiga  ma‘lum  darajada  erishilgani,  jumladan,  Sharqiy 
Osiyoda kuniga 1 AQSH dollaridan kam bо‗lmagan daromad olayotgan aholi yarmiga qisqargani 
bilan hali maqsadga yetishga juda uzoqligi ta‘kidlanadi. Chunki dunyoda har bir tо‗rtinchi odam 
kuniga  1  dollardan  kam  daromad  oladi.  21  mamlakatda  ocharchilik  hukm  surmoqda,  54 
mamlakat avvalgiga nisbatan kambag‗alroq bо‗lib qolishdi
58
.  
Kambag‗allik har bir jamiyat mamlakat uchun xos , lekin uning darajasi va kо‗lami har xil. 
Har  bir  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishi,  madaniyati  va  urf-odatlari  va  boshqalar  jihatidan 
farqlanadi. Kambag‗allik darajasi daromad, iste‘mol tarkibi va darajasi orqali namoyon bо‗ladi. 
Bu  jihatdan  boshqa  mamlakatlar  о‗rtasida  О‗zbekiston  о‗ziga  xos  jihatlari  bilan  ajralib 
turadi. 
О‗zbekistonda  kam  ta‘minlangan  oilalar  boshqa  mamlakatlarga  о‗xshab  qashshoq  emas. 
Chunki ularning asosiy qismini 9-sinf va undan ortiq ma‘lumotga ega, 98 foizdan ortig‗ining uyi 
yoki  kо‗p  qavatli  uylarda  kvartirasi  bor,  86  %  yer  uchastkalari,  87  %da  televizor,  38  %  ida 
muzlatkich, 12% ida avtomabil va boshqa mulk bor
59

Bunday  resurslar  juda  kо‗p  kam  ta‘minlangan  oilalarni  yaxshi  daromad  topishi  uchun 
imkoniyat yaratilsa bunday holatdan tezda chiqib ketishi uchun muhim asos bо‗ladi, agarda tezda 
chiqib ketish imkoni bо‗lmasa ularda о‗z aktivlari (yer uzoq muddat foydalanish mumkin bо‗lgan 
maishiy  tovarlar  va  hokazo)ni  sotib,  xarajatlarini  qoplashga  tо‗g‗ri  keladi.  Bunday  holatni 
chо‗zilishi avvalgi holatga kelish uchun kо‗proq resurslarni talab qiladi. 
                                                 
58
 Доклад о человеческом развитии за 2003 г. // Экономическое образование, 2004, №12. С.39. 
59
 Снижение неравенства как фактор ускорения экономического роста. // Экономическое образование, 2004, №12. С.40.
 

Demak,  kambag‗allikka,  qashshoqlikka  tushib  qolmaslik  uchun,  avvalo  har  bir  insonning 
о‗zi harakat qilishi zarur. ―Sendan xarakat, mendan barakat der ekan, Alloh bandalariga‖, - deydi 
xalqimiz. 
Agar  daromad  topish  cheklangan  bо‗lsa  minimal  iste‘molni  ta‘minlash  asosiy  о‗rinda 
turadi. Agar daromad topish subyektiv imkoniyatlarga bog‗liq bо‗lsa, kambag‗allik muammosini 
yumshatishda individual omilning ahamiyati о‗sib boradi. 
Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish,  tadbirkorlik,  kichik  biznesni  rivojlantirish 
uchun  yaratilgan  ham  individual  omil  asosiy  rol  о‗ynashini  taqozo  qiladi.  Bu  jihatdan  aholini 
iqtisodiy savodxonligi muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy savodxon kishi og‗ir vaziyatdan 
tezda chiqib ketish uchun intiladi, yо‗lini topadi. 
Agarda  dunyoga  mashhur  millarderlarni  tarixiga  nazar  tashlasak,  ularning  asosiy  qismi 
kambag‗al oiladan chiqqanlar. 
Masalan,  supermarketlar  qiroli  Sem  Uolton  о‗zining  qobiliyati  va  iqtidori  tufayli  chakana 
savdoda hech kim kutarilmagan chо‗qqiga kо‗tarildi, yutuqlarga erishdi. Yoki Uolt Disney faqat 
buyuk  animator,  multfilmlar  yaratishining  asoschisigina  bо‗lib  qolmay,  iqtisodiy  savodxonligi 
tufayli eng kо‗zga kо‗ringan badavlat odamga aylandi. 
Buyuk ixtirochilardan Genri  Ford avtomobil ixtiro qilibgina qolmay uni  ishlab chiqarishni 
yо‗lga qо‗ygan. Bu rо‗yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ularning hammasi kambag‗allikdan 
qutilishning о‗ziga xos yо‗lini toptan genial odamlar. Ularning barchasini shu darajaga yetishida 
iqtisodiy  savodxonligi  ham  muhim  rol  о‗ynagan.  Iqtisodiy  jihatdan  mushohada  qilishga  ularni 
eng avvalo hayot о‗rgatgan. 
Demak,  jamiyatda  uning  a‘zolarini  daromad  topishga  intilishini  qо‗llab-quvvatlaydigan 
iqtisodiy  mexanizm  yaratilishi  bilan  aholini  iqtisodiy  savodxonligi  qо‗shilsa,  albatta,  о‗z 
mevasini beradi. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1.  Insonda  iqtisodiy  tafakkur  shakllanishi  va  uning  iqtisodiy  barkamollikka  erishishi 
jarayonini qanday bosqichlarga bо‗lish mumkin? 
2.  Iqtisodiy  savodxonlikni  oshirishning  qanday  asosiy  yо‗llari  bor?  Ularni  kо‗rsatib  bera 
olasizmi? 
3.  Iqtisodiy  savodxonlik  bilan  kambag‗allik  muammolari  sizningcha  qanday  bog‗langan. 
Uni batafsil izohlay olasizmi? 
 
11-Mavzu; OILADA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA 
 
Reja: 
 
1. Oila va uning asosiy funksiyalari 
2. Oila iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishning asoschisi.  
3. Oilaning farzandlar iqtisodiy fikrlashini shakllantirishdagi roli 
4. Oila daromadi, mablag‗lari, ularni taqsimlash va ishlatish 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Oila,  oilaning  funksiyalari,  inson  kapitaliga 
investitsiya  jarayoni,  iqtisodiyotni  kapital  bilan  ta‘minlash,  iqtisodiy  tarbiya,  oila  iqtisodiyoti, 
mehnat tarbiyasi, oila byudjeti. 
 
1. Oila va uning asosiy funksiyalari 
 
Har qanday jamiyatning hujayrasi bu oila yoki uy, xonadon xо‗jaligi bо‗lib, aynan ularning 
ahvoli,  turmush  darajasi  oxir-oqibat  butun  bir  mamlakatning  xolatini,  taraqqiyot  darajasini 
ifodalaydi. 

Oilaning  vujudga  kelishi  mehnat  unumdorligini  о‗sishi  bilan  bog‗liq.  Jamiyat 
taraqqiyotining ma‘lum bir davrida insonlar mehnat unumdorligi о‗sishi tufayli, jamoadan ajralib 
chiqib  alohida  yashash  imkoniyatiga  ega  bо‗lganlar.  Ayol  va  erkak  birgalikda  yashab,  farzand 
kо‗rib  ularni  voyaga  yetkazish,  buning  uchun  birgalikda  mehnat  qilish,  yashash  uchun  zarur 
bо‗lgan mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan uy xо‗jaligi vujudga keladi. Oilaning 
paydo  bо‗lishi  va  rivojlanishini  о‗rganishda  F.Engelsning  «Oila,  xususiy  mulk  va  davlatning 
kelib  chiqishi»  asari  (1888  y.)  muhim  о‗rin  tutadi.  Oila,  xonadon,  uy  xо‗jaligi  bir-biriga  yaqin 
ma‘noni bildiruvchi sinonim tushunchalardir. Oila kо‗p asrlar davomida tubdan о‗zgardi. Lekin 
uning  eng  asosiy  funksiyasi:  zurriyot  qoldirib,  uni  boqish,  tarbiya  berish,  kasallik  va  boshqa 
falokatlardan himoya qilish kabilar hanuzgacha о‗zgargani yо‗q. Ota-onalar va bolalar bir-birlari 
uchun hamma narsaga tayyor, hatto о‗zlarini qurbon qilishdan ham qaytmaganlar. Bu haqda juda 
kо‗p misollar keltirish mumkin. 
Oila  -  bu  qarindoshchilik  aloqalari,  qondoshchilik  his  tuyg„ulari  orqali  bog„langan 
inson  (individ)ning  sotsial,  ma‟naviy,  ruhiy,  iqtisodiy  ehtiyojlarini  birgalikda  qondiruvchi 
kichik  guruhidir.  Oila  о‗z  ehtiyojlarini  iloji  boricha  maksimal  darajada  qondirishga  harakat 
qiladi va uni amalga oshiradi. U ishlab chiqarish omillari, hech bо‗lmaganda mehnat omili egasi. 
U «inson kapitali»ni takror ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. 
Real hayotda oila mustaqil xо‗jalik yurituvchi bir kishidan ham iborat bо‗lishi mumkin. 
An‘anaviy  ravishda  oila  nikohdan  boshlanadi.  Nikoh  jarayoni  mamlakatning  taraqqiyoti, 
qabul  qilingan  konstitusiya  va  qonunlar,  asrlar  davomida  shakllangan  an‘ana,  udumlar  asosida 
amalga oshirilgan. 
Deyarli barcha mamlakatlarda oila kо‗rish uchun bir-birini tanlash jarayoni о‗xshash bо‗lib, 
mavqei,  bilimi,  dini  va  boshqa  qator  jihatlari  bilan  bir-biriga  mos  kelishiga  e‘tibor  beriladi. 
Shuning  uchun  ham  xalqimizda  «Qozoniga  yarasha  qopqog‗i»,  «Teng-tengi  bilan,  tezak  qopi 
bilan» degan naql aynan ana shu munosabatlarni ifodalaydi. 
Hozirgi kunda juda kо‗p mamlakatlarda nikoh kontrakt tuzish asosida amalga oshirilmoqda. 
Kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  cheklangan  resurslardan  samarali 
foydalanishni turli yо‗llarini topgan. 
Taraqqiyotning  dastlabki  bosqichlarida  hayot  kechirishning  insonlar  uchun  eng  ma‘quli 
birgalikda  xо‗jalik  yuritishga  asoslangan  uy  xо‗jaligi  bо‗lib,  u  oiladagi  mehnat  taqsimotiga 
tayanadi. Mehnat unumdorligining о‗sishi esa, eng avvalo, mehnat taqsimotiga bog‗liq. 
Oila  doirasida  har  bir  tomon  ma‘lum  bir  yumushlarni  bajarishni  о‗z  zimmasiga  oladi. 
Deyarli  barcha  xalqlarda  an‘anaviy  ravishda  uy  yumushlarini  bajarishni  ayollar,  oilani  moddiy 
jihatdan ta‘minlashni erkaklar о‗z zimmalariga olishgan. 
Hozirgi taraqqiyot bu an‘anaviy mehnat taqsimotiga ham о‗z ta‘sirini о‗tkazib, uni har bir 
oila er - xotinning hislatlaridan kelib chiqqan holda yechishga harakat qiladi. 
Oilada  har  ikki  tomon  oila  aktivlarini  vujudga  keltirish  va  mustahkam  moddiy  asosini 
yaratishdan manfaatdor. Oila о‗ziga xos investitsion loyiha bо‗lib, bir necha yildan sо‗ng ma‘lum 
natijaga  erishishga  qaratilgan.    Bu  jihatdan  uni  о‗ziga  xos  biznesga,  investitsiyaga  о‗xshatish 
mumkin. 
Yuqorida aytib о‗tkanimizdek, insonlarni oila bо‗lib yashashlari ular uchun rotsional bо‗lib, 
bunda har ikki tomon о‗z nafliligini maksimallashtiradi. Buning uchun inson yakka yashaganga 
qaraganda  nikohda  yashashning  qanday  afzalliklari  va  kamchiliklari  mavjudligini  hisobga  olib, 
qaror qabul qiladi. Ularni eng asosiylariga diqqat qaratishga tо‗g‗ri keladi. 
Oila  bо‗lib  nikohda  yashashning  muhim  afzalliklaridan  biri  moddiy  jihatdangina  emas, 
balki ruxiy jihatdan ham qо‗llab-quvvatlovchi, qariganda tayanch bо‗ladigan farzandlardir. Juda 
kо‗pchilikni  о‗ylantiradigan  ikkinchi  tomoni  esa  erkinlikni,  mustaqillikning  cheklanishi. 
Umuman olganda, odamlar hech qachon erkin emas, chunki uning faoliyati, hayoti boshqalarning 
harakati, faoliyati bilan bog‗liq, doimo uni hisobga olish zarur, oilada esa ana shu holat nisbatan 
tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri  va  kо‗proq  bо‗lsa,  birgalikda  yashagandan  sо‗ng,  albatga  bir-biriga 
moslashishni talab etadi. 

Oila  qaror  qabul  qilganda  oila  a‘zolarining  fikrini  ham  hisobga  olgan  holda  qaror  qabul 
qilinadi,  Odatda,  oila  a‘zolari  kо‗pchilik  bо‗lsa  qaror  qabul  qilish  qiyinroq  bо‗ladi,  uzoqroq 
muddat talab etadi, sababi kо‗pchilik о‗rtasida bir fikrga kelib, qaror qabul qilish qiyin. Masalan, 
oddiygina oilali odam mashina olish uchun umr yо‗ldoshining ham roziligini olishi kerak. Yakka 
kishi esa xohlasa sotib olaveradi. Shuning uchun bir fikrga kelib, tezda qaror qabul qilinsa, yakka 
odamga о‗xshash vaqt xarajati kо‗p bо‗lmaydi. 
Oilaning funksiyalari 
Bozor  iqtisodiyoti  doiraviy  aylanishida  oila  yoki  uy  xо‗jaligi  turli-tuman  funksiyalarni 
bajaradi.  U  jamiyat  faoliyatini  barcha  jabhalarini  qamrab  oladi  va  jamiyatda  yuz  berayotgan 
iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni yо‗nalishini belgilab beradi. 
Oilaning jamiyatda tutgan о‗rni, roli u bajaradigan funksiyalarda namoyon bо‗ladi. 
Oilaning bosh funksiyasi farzand tug‗ib, uni komil inson qilib voyaga yetkazishdir. Avlodni 
davomchisi,  iqtisodiyot  uchun  ish  kuchi  va  mehnat  omili  takror  yaratiladi.  Boshqacha  iqtisodiy 
termin bilan aytganda inson kapitaliga investitsiya qilish jarayoni nuqtai nazaridan qarab, uni uch 
bosqichga bо‗lish mumkin. 
Birinchi  bosqichda  oilaning  moddiy  bazasi  yaratiladi.  Uy  xо‗jaligi  yuritilib  oilaning 
byudjeti shakllantiriladi. Bizni О‗zbekistonimizda bu jarayon kо‗pincha mustaqil emas, balki ota-
onaning  kо‗magida  amalga  oshiriladi.  Ota-ona  bolasini  о‗ylaydi,  beminnat  yordam  beradi, 
qо‗llab- quvvatlaydi, kerak bо‗lsa jonini ayamaydi. Yangi qurilgan oilani kо‗pincha ham moddiy, 
ham  ma‘naviy  jihatdan  ota-onani  kо‗magiga  tayanishi  bir  tomondan  yangi  oilaning 
tajribasizlikdan kelib chiqadigan muammolarini  yechishga  yordam  bersa, ikkinchi  tomondan bu 
jarayonni  chо‗zilib  ketishi  ularni  mustaqil  ravishda  muhim  qarorlar  qabul  qilishi,  mas‘uliyatni 
zimmasiga  olishi  va  uni  natijasi  uchun  javob  berishini  cheklaydi.  Hamma  narsa  о‗z-о‗zidan 
bо‗layotganday  tuyulib,  hayot  kechirishni  oson  yо‗liga  о‗tib,  keyin  kelajakda  qattiq  qiynalishi 
mumkin. 
Ikkinchi  bosqichda  oila  farzand  kо‗rish,  farzandlarini  tarbiyalashni  amalga  oshiriladi. 
Inson kapitalining tabiiy asosi yaratiladi. Farzand Alloxning insonga bergan shunday ne‘matiki u 
insonga  cheksiz  baxt,  xis-tuyg‗u,  shodlik  olib  keladi  va  uni  boshqa  hech  qanday  ne‘mat  bilan 
taqqoslab bо‗lmaydi. 
Tug‗ilgan  farzandning  kelajakda  qanday  inson  bо‗lishi  faqat  ongni  natijasi  emas,  balki 
sog‗liq,  bilim,  iroda,  fe‘l  atvor,  odat,  sharoitga  moslashishi,  muhimi  ijtimoiy  tarbiyaning 
murakkab natijasi bо‗lib yuzaga chiqadi. 
Har bir ota-ona о‗z oilasi uchun jamiyat oldida javobgar. U qonun yо‗li bilan e‘tirof etilgan. 
Shuning  uchun  ota-onalar  farzandlariga  nisbatan  ma‘lum  darajada  hokimiyat  ushlab  turishi, 
hamda о‗z oilasi oldida obrо‗ga ega bо‗lishi kerak. 
Oila  a‘zolari  huquqiy  jihatdan  muhofazalangan  jamiyatning  a‘zosi  bо‗lsalarda,  ota-onalar 
va  bolalarning  oilada  tutgan  о‗rni  tubdan  farqlanadi:  eng  avvalo,  birinchilari  oilani 
boshqaruvchilari, ikkinchilari esa oiladagi tarbiyalanuvchilardir. 
Har  bir  ota-ona  bilishi,  aniq  kо‗z  oldiga  keltirishi  kerakki,  u  oilada  hoxlaganini  qila 
olmaydi.  Ular  aynan  farzandlarini  tarbiyalash,  voyaga  yetkazish  uchun  mas‘ul.  Olimlarning 
tadqiqotlariga  kо‗ra,  farzand  kо‗rishi  mumkin  bо‗lgan  har  bir  oilada  uchtagacha  farzand 
tarbiyalash optimal hisoblanadi. 
Uchinchi  bosqichda  bilim,  hunar  о‗rganadi,  о‗z  bilimi,  qobiliyati,  egallagan  hunarini 
realizatsiya qilishni о‗rganadi. 
Farzand kо‗rish va uni tarbiyalashda yо‗l qо‗yiladigan xato, boshqa yо‗l qо‗yilgan xato va 
kamchiliklarga  nisbatan  og‗irroq  va  oqibati  ayanchli  bо‗ladi.  Ayniqsa  farzand  tug‗ib  voyaga 
yetkazish  davrida  ota-onaiing  hayot  tajribasi  kamligi  ham  katta  rol  о‗ynaydi.  Bunda,  odatda, 
bolaga tarbiya berishda bobo, buvilarining yordami nihoyatda katta ahamiyatga ega. Chunki ular 
katta hayot tajribasiga ega, о‗zlari yо‗l qо‗ygan xato-kamchiliklarni farzandlari takrorlamasliklari 
uchun harakat qilishadi. 
Bolalarga  ota-onalar  investitsiya  qiladi.  Ular  katta  bо‗lgach  ota-ona  oldida  qarzini  о‗zadi. 
Farzandlar  ota-onani  qariganda  yolg‗izlantirib  qо‗ymaydi,  boqadi,  parvarishlaydi.  Bu  jihatdan 

qarasak  farzand  о‗ziga  xos  «Sug‗urta».  Hozirgi  paytda  pensiya,  ijtimoiy  sug‗urta  kabilar 
mavjudki, ayniqsa g‗arbda kо‗p ota-onalar farzandlardan kо‗ra ham ana shularga tayanishadi. 
Umuman  olganda,  ota-onalar  bu  muammoga  ratsional  nuqtai  nazardan  yondashishga 
harakat qilishadi.  Bunda bola tarbiyalashga sarflangan xarajatlar va ota-onalarning ma‘lumotlari 
katta rol о‗ynaydi. Sababi: 
1. Ota-ona uchun farzandga qaraganda ham  yuqoriroq baholanadigan narsa bormi,  yо‗qmi 
diqqat qaratadi. 
2. Ma‘lumoti yuqori bо‗lgan sari ayolning farzand kо‗rish ehtimoli pasayadi. 
3.  Ma‘lumoti  yuqori  ota-onalar  farzandlarni  yaxshi  tarbiyalash,  bola  bilishi  zarur  bо‗lgan 
narsalarni  uni  anglashi  uchun  oson  tarzda  tushuntirib  berish,  ularni  bilim  olish,  dunyo  sirlarini 
о‗rganishga qiziqtirish imkoniyatlari katta. 
4.  Oila  farzandlari  miqdorini,  ularni  sog‗lom,  bilimli,  odobli  bо‗lib  yetishishlari  uchun 
sarflanishi zarur bо‗lgan xarajatlar va о‗z daromadlaridan kelib chiqqan holda belgilaydilar. 
Odatda, bu xarajatlarning bir qismini davlat kо‗taradi. Bular meditsina, maorif, sport, ta‘lim 
kabilar  bо‗lib,  uning  ikkinchi  qismini  oilalarning  о‗zlari  sarflaydilar.  Bozor  iqtisodiyotiga 
о‗tilishi bilan birga ana shu xarajatlarda oilaning hissasi tobora ortib boradi. 
Oila  hukumat  bilan  resurslarni  nazorat  qilish,  ulardan  samarali  foydalanish  bо‗yicha 
raqobatlashar ekan, bu borada kо‗p jihatdan afzalliklarga ega. 
Oilaning  yana  bir  muhim  funksiyasi  iqtisodiyotni  kapital  bilan  ta‘minlashdir.  Bunda 
ayniqsa oilaning jamg‗armasini investitsiyaga aylanishi muhim ahamiyatga ega. 
Oilaning  muhim  funksiyalaridan  biri  uy  xо„jaligini  yuritish,  tovar  va  xizmatlar 
yaratish,  oilaviy  biznes  tashkil  qilish  va  boshqalar.  Oilaning  muhim  funksiyasi  mulk  egasi 
sifatida  individual  ishlab  chiqarishni  tashkil  etadi.  Xususiy  tadbirkorlik,  kichik  biznes,  oilaviy 
biznes, fermer, dehqon xо‗jaligini tashkil etib faoliyat  yuritadi. Uy xо‗jaligida oila a‘zolarining 
vaqt  byudjetini  anchagina  qismi  oila  yumushlari  uchun  ketadi,  kir  yuvish,  ovqat  qilish,  uy-
joylarni  supirib-sidirib  ozoda  saqlash  va  hokazo.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  oilaning  ana  shu 
funksiyasini ahamiyati yanada ortadi. 
 
Jamg„armani investitsiyaga aylanishi 
 
Jamiyat  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  oilaning  rekratsion  funksiyasi  ortib  bormokda. 
Rekreatsiya  lotincha  bо‗lib,  dam  olish,  ish  kuchini  tiklash,  ish  jarayonidagi  energiyani  tiklash 
ma‘nosini bildiradi. 
Intensiv  mehnat  faoliyati,  ayniqsa,  aqliy  jihatdan  toliqish,  insonlarga  о‗z  ish  qobiliyatini 
tiklash, sog‗ligini saqlashi zarur qilib qо‗yadi. Bunda yashash muhiti ham katta ahamiyatga ega. 
Daromad 
Iste‘mol 
Shaxsiy 
jamg‗arma 
Kelajakda 
sotib olish 
Har 
ehtimolga 
qarshi 
(sug‗urta) 
Investitsiya 
uchun 
jamg‗arma 
Naqd pul chet el 
valyutasida zeb-
ziynatlar, 
antikvariat, mulk 
Moliya bozori 
Tо‗g‗ri 
investitsiyalar 
Qisqa  muddatli 
bankka qо‗yish; 
О‗zoq  muddatli 
depozitlar 
Sug‗urtalash 
(pensiya va  medit-
sina) 
Qimmatli 
qo-
g‗ozlar 

Oilani  dam  olishi,  bо‗sh  vaqtini  qanday  о‗tkazayotgani  bо‗yicha  olib  borilayotgan 
tadqiqotlar borgan sari ularni tanlovi turli kо‗ngil ochar tadbirlarda qatnashishi, sayohat qilishi, 
dunyo kezishi, xullas marokli dam olish tomonga о‗zgarayotganini kо‗rsatadi. 
Oilaning kommunikativ funksiyasi ham mavjud bо‗lib, u oila a‘zolarining о‗zaro muloqot 
va  о‗zaro  tushinishga,  ruhan  muvozanatga  erishishga  bо‗lgan  ehtiyojini  qondirishga  xizmat 
qilishida ifodalanadi. 
Insonning  yolg‗iz  yashansh  juda  qiyin.  Shuning  uchun  ham  «Yolg‗izlik,  yagonalik  faqat 
Allohga xos», - deydi xalqimiz. 
Oilaning  felitsitologik  funksiyasi.  Hozirgi  zamon  oilasining  tobora  ahamiyati  ortib 
borayotgan  funksiyalaridan  biri  uning  felitsitologik  (italyancha  felisite-baxt)  funksiyasidir. 
Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida kо‗p jihatdan hal qiluvchi 
omil  bо‗lib  bormokda.  Oiladagi  ruhiy  muvozanat,  bir-birini  tushunish,  oila  azolarini  о‗zlarini 
baxtli his qilishlarini ta‘minlaydi. Ularni mavjud qobiliyat, imkoniyatlarini rо‗yobga chiqaradi. 
Oilaning  regulyativ  funksiyasi  oila  a‘zolari  о‗rtasida  о‗zaro  munosabatlarni  boshqarish 
tizimini, shuningdek, birlamchi ijgamoiy nazoratni, oilada ustunlik va obrо‗ni amalga oshirishni 
ifodalaydi. Bunga kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy va ma‘naviy 
tomondan  qо‗llab-quvvatlash  nazarda  tutiladi.  Bu  jihatdan  har  bir  oilaning  о‗ziga  xos  qonun 
qoidalari mavjud va unga amal qilish lozim bо‗lgan «davlat» hisoblanadi. 
Oilaning boshqa funksiyalari ham borki, ular pedagogika fanida chuqurroq о‗rganiladi. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling