Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26

Tayanch iboralar: Oila, jamiyat, tarbiya 
 

1.  Tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshirishda  “Oila,  maxalla,  bilim  yurti      hamkorligi” 
konsepsiyasining о„rni va ahamiyati 
 
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab 
chiqilgan  "Oila,  mahalla,  о‗quv  bilim  yurti    hamkorligi"  konsepsiyasi  yoshlarni  istiqlol 
g‗oyalariga  sadoqatli,  ma‘naviy  barkamol,  vatanparvar  etib  tarbiyalashda  keng  jamoatchilik 
faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma‘lum dasturilamal bо‗ldi. 
Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  qabul  qilingan  ta‘lim  va  tarbiya  tо‗g‗risidagi  qator 
meyoriy  hujjatlar,  jumladan,  О‗zbekiston  Respubli-kasining  "Ta‘lim  tо‗g‗risida"gi  qonuni, 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, 
mustaqil  fikrlovchi  kadrlarni  tayyorlashda  oila,  mahalla  va    о‗quv  bilim  yurti  nufuzini  yanada 
yuqori pog‗onaga kо‗tarishni taqozo etadi. 
Zero,  ta‘lim-tarbiyani  takomillashtirishda  ham  davlat  bosh  islohotchidir,  Prezidentimiz 
ta‘kidlaganidek,  birinchidan,  yosh  avlodga  о‗zligimizni,  muqaddas  an‘analarimizni  anglash 
tuyg‗ularini, xalqimizning kо‗p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga 
qо‗yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish
− ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bо‗lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni 
jipslashtiradigan,  xalqimiz  va  davlatimiz  daxlsizligini  asraydigan,  el-yurtimizni  eng  yuksak 
maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‗oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
−  uchinchidan,  yoshlarni  baynalmilal  jahon  hamjamiyatida,  xalqaro  maydonda  
О‗zbekistonga munosib  hurmat uyg‗otish istagida intilish ruhida tarbiyalash
tо‗rtinchidan,  yosh  avlodni  vatanparvarlik,  el-yurtga  sadoqat,  yuksak  odamiylik  va 
insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; 
beshinchidan,  yosh avlodning ulug‗ ajdodlarimizga munosib  vorislari, ayni  vaqtda jahon 
va  zamonning  umumbashariy  yutuqlarini  egallash  ruhida  О‗zbekistonda  talaba-yoshlari  eng 
dolzarb masalalardir. 
"Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"ning  3.2  bandida  esa  ta‘lim  oluvchilarning  о‗qishi, 
turmushi  va  dam  olishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  borasidagi  vazifalar  hal  etilishida 
jamoatchilik boshqaruvini rivoj-lantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu "Oila, о‗quv bilim yurti, 
mahalla  hamkorligi"  bugungi  kunning  ma‘naviy,  ma‘rifiy,  mafkuraviy,  tarbiyaviy  zarurati 
ekanligini  bildiradi.  Yosh  avlodni  ma‘naviy  -  ahloqiy  tarbiyalashda  xalqimizning  boy  milliy, 
madaniy,  tarixiy  an‘analariga,  urf-odatlariga  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan 
samarali,  zamonaviy  pedagogik  texnologiya  ishlab  chiqilib,  amaliyotga  joriy  etilishi,  shaxsni 
tarbiyalash va uni  har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda 
milliy  pedagogik  madaniyatni  oshirish;  mamlakatimiz  fuqarolari  orasida  milliy  mafkuraviy 
tarbiya  ishlarini  takomillashtirish  "Oila,  mahalla,  о‗quv  bilim  yurti    hamkorligi" 
Konsepsiyasining asosiy maqsadidir. 
О‗zbekistonda rо‗y berayotgan о‗zgarishlar "Oila, mahalla, о‗quv bilim yurti  hamkorligi" 
yо‗nalishidagi   shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, о‗quv bilim yurtining asosiy vazifalarini 
mazmunan yangilab,  hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. 
 
2.Oila  jamiyatning asosiy bо„g„inidir 
 
Oila  shaxs  uchun  uning  ijtimoiylashuv  jarayoni  rо‗y  beradigan,  uning  ahloki, 
dunyoqarashi  asoslari va  hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga 
ega bо‗lgan jamoadir. 
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun  hayoti davomida 
uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir kо‗rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir kо‗rsatadi. Oila 
tarbiya  vazifasining  bu  ulkan  miqyosi  uning  mafkuraviy  va  psixologik  ta‘sir  kо‗rsatishining   
chuqur   о‗ziga  hosligi bilan uyg‗unlashib ketadi. Bu esa, uni oliy darajada ta‘sirchan qilibgina 
qolmay, shu bilan birga shahsni shakllantirish jarayonining zarur bо‗g‗iniga  ham aylantiradi. 

Oilaning  yuksak  tarbiyaviy  imkoniyati      shaxslar  va  ota-onalarning  о‗ziga    hos  
hususiyatlari:  qon-qarindoshligi,  muhabbati,  yaqinligi,  ishonchi,  burch    hissi,  obrо‗liligi  va  
hokazolar  bilan  ta‘minlanadi.  О‗z  farzandining  barcha  zaif  va  kuchli  tomonlarini  yо‗rgakdagi 
chog‗idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik  harakatni  ham sezadigan va tushunadigan, unga 
ta‘sir etishni biladigan onadan va otadan yahshirok kim  ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, 
dо‗stlikka, muhabbatga о‗rgata oladi! 
Psixologik-pedagogik  tadqiqot  ma‘lumotlari  ba‘zan      shaxs  imkoniyatlari  tо‗g‗risidagi 
barqaror  tasavvurlarni  о‗zgartirib  yuboradi.  Masalan,  ych  yoshlik  bolalar  olimlar  bir  necha  yil 
muqaddam  tahmin  qilganlariga  nisbatan  ancha  chuqur  idrok  etish  qobiliyatiga  ega,  uch  yoshli   
shaxs  hozir faqat olti yoshli   bolalar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi 
kichkintoyni  yurishdan  oldin  sо‗zlashishga,  ona  tili  bilan  deyarli  baravar  chet  tilida  gapirishga 
о‗rganishi mumkinligi va  hokazolar ma‘lum bо‗ldi. 
Bunday  bilimlarning  yо‗qligi  oilaviy  tarbiyada  kо‗plab    xatolarga  olib  keladi,  guruh 
rahbari  ota-onalar  bilan  ishlashda  buni    hisobga  olmay  iloji  yо‗q.  Bu  jihatdan  ota-onalarning 
shaxslarni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchiliklari va  hatolarini ajratib kо‗rsatish mumkin: 
1. Ota-onalarning о‗z farzandlari bilan muomalasida e‘tiborning yetishmasligi. YA‘ni ular 
о‗zlari,  ishlari    haqida  kam  sо‗zlab  beradilar,  farzandlarining  о‗quv  bilim  yurti    talabalar 
jamoasining        hayoti  haqida,  shaxsining  qiziqishlari,  uning  jamoat  ishlariga  aralashadigan,  va  
hokazolarga juda kam e‘tibor qaratadilar. Muomalaning yetishmasligi farzandlarning ota-onadan 
uzoqlashishiga  olib  keladi,    kattalarni      shaxsga  yanada  faolroq  ta‘sir  kо‗rsatish  imkoniyatidan 
mahrum etadi. 
2.  Shaxslarni  mehnat    jarayonlariga      jalb        etish  orqali  ularning  mehnat  tarbiyasini 
shakllantirish.  Bu  borada  farzandlarni  mehnatga  jalb  qila  bilmaslik,    ona  о‗z  ishga    kо‗milib,  
bolalarni oilaviy ishlardan, turar-joylardagi  yumushlarda va  hokazolardan  ozod etish oqibatida 
shaxsda  iste‘molchilik  kayfiyati,  tayyoriga  ayyorlik  holatlari  doimiy  kо‗nikmaga,  odatga 
aylanadi. Buning  natijasida ular mehnatga   mensimay   munosabatda   bо‗ladilar. 
3.  Ota-onalar  turmushida  uchrab  turadigan  salbiy  holatlarning  mavjudligi      о‗quv 
muassasasining pedagogik kuch-g‗ayratini yо‗qqa chiqaradi. 
4. Ota-onalar tarbiyaviy ta‘sirining izchil emasligi – onda-sonda о‗qishini tekshirish, biror 
nojо‗ya  ishi  uchun  jazolashi    va  hokazolar  ahloqiy      immunitet    hosil  bо‗lishiga  yordam 
bermaydi. 
5.    Oilaviy  tarbiyaning  asosi  sifatida  taqiqlashlar  sistemasi  –  ijobiy  namuna  asosida  
tarbiyalay bilmaslik,   shaxs  hayotini u  har doim turli  hatti  harakatni mashq qiladigan tarzda 
tashkil  eta      olmaslik    natijasidir.  Bu  sistema  shaxsning  kattalar    hohishiga  salbiy  munosabatini 
tug‗diradi, mustaqil shaxs kamolati susaytiradi. 
6. Harakatlarning о‗quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan hamkor-
hamnafas  bо‗lmaslik.  Tarbiyalanuvchida  pedagogga,  о‗quv  bilim  yurtiga  ishonchsizlik  paydo   
bо‗ladi  va  о‗sib  boradi,  bu  esa,  uning      kamchiliklarini  tuzatishni  qiyinlashtiradi,  pedagogik 
jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. 
7. Ayrim ota-onalarning shaxslar   ulg‗ayib   borishi bilan tarbiyaviy   faollikni susaytirib    
yuborishlari, bu esa,   shaxslarning ota-onalardan   uzoqlashuviga, о‗quv bilim yurtiga qiziqishi 
pasayishiga va  hokazolarga olib keladi. 
8. Qarorlar qabul    qilishda   kechikish    shaxs katta bо‗lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi 
deb  о‗ylash  odatda  о‗zini  oqlamaydi,  kо‗pincha  qayta  tarbiyalashni  talab  etadigan  jihatlar 
pedagogik qarovsizlik  holatiga olib keladi. 
Kо‗rsatib о‗tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini yuzaki bilishlari, 
shaxslar ulg‗ayishi bilan  ularni  о‗zgartirishni   bilmaslik yoki istamaslik holatlari kо‗p uchraydi. 
Ayniqsa  ota-ona  birligida,  pedagogik  odob,  chidamning  yо‗qligi,  farzandlariga  bо‗laolmaslik 
natijasida  ular  ota-onalari  turmush-tarzining  ma‘naviy  tomoniga  zid  tarzda  moddiy  tomoniga  
qiziqib ketish kabi holatlar yuzaga keladi. 
Ota-onalar  bilan  ish  shakllari  va  usullarini  tanlashni  odatda,  guruh  rahbari  о‗z  shaxsiy 
tajribasi,  talabalari  oilalarida  vujudga  kelgan  о‗ziga    hos    hususiyatlar,  ota-onalarning  bilim  va 

tajribasi,  tarbiya  ishida  yuqorida  kо‗rsatib  о‗tilgan    hatolar  va  qiyinchiliklar  mavjudligi,  fe‘l-
atvor,  jamoasidagi muhit, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an‘analar va  hokazolar  
hisobga  olib  belgilanadi,  Tajribalar  kо‗rsatishicha,  guruh  rahbarining  ota-onalar  bilan  
hamkorligining  ommaviy,  guruh  tarzidagi  va  yakka  tartibdagi  ish  shakllarini  oqilona  birga 
qо‗shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali erishiladi. 
 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi roli 
 
Psixologlarning  fikricha,  ana  shunday  qaror  qabul  qilish  vaqtiga  qarab,  oilaning 
hamjihatligi va mustahkamligiga baho berish mumkin. 
Oilada nafaqat mehnat taqsimoti, balki hokimiyatning bо‗linishi ham iqtisodiyotni samarali 
yuritishni ta‘minlaydi. 
Kо‗pgina tovarlar va xizmatlar oila uchun ijtimoiy ne‘matlar hisoblanadi. Bunday tovarlar 
va xizmatlarni  qо‗shimcha oila  a‘zolari  kо‗payishi  tufayli iste‘mol qilinishi  kamayib qolmaydi. 
Har  oila  a‘zosi  uchun  alohida  sotib  olish  shart  emas.  Shuning  uchun  kо‗proq  ularning  sifatini 
yaxshilash  yoki  boshqa  maqsadlarga  sarflash  mumkin.  Uyda  bajariladigan  ishlarni  muqobil 
xarajatlar asosida taqsimlash mumkin. 
Hayot kо‗rsatadiki, ideal oila a‘zolari bir-birlarini hurmat qiladi, sevadi. Dunyoqarashi, qadr 
-  qimmat  о‗lchovi  bir  biriga  yaqin  kishilar  kо‗rgan  oila  eng  ideal  oiladir.  Bunday  oilalarda 
kelajakda el hurmat qiladigan komil insonlar tarbiyalanadilar. 
Real  hayotda  kо‗p  jihatlari  bilan  bir-biriga  о‗xshash,  lekin  bir-birini  sevmagan  yoki 
aksincha  qattik  sevadigan,  lekin  dunyoqarashi,  ma‘naviy  qadr-qimmat  о‗lchovi  jihatidan  katta 
farq  qiladiganlar  oila  kurishi  mumkin.  Tadqiqotlar  kо‗rsatadiki,  kо‗pincha  ma‘naviy  jihatdan 
katta-farq  qiluvchilar  о‗rtasidagi  nikoq  о‗zoqda  chо‗zilmaydi,  oila  bо‗zilib  ketadi.  Demak, 
yoshlar  oila  kо‗rishda  bir-birlarini  ana  shu  fazilatlariga  diqqat  qaratishlari  lozimligini  о‗qtirish 
lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi roli yanada ortadi. Oila, ya‘ni uy xо‗jaligi 
nihoyatda murakkab iqtisodiy vazifalarni bajaradi. U oilaviy biznes yurituvchi, ish kuchi-mehnat 
omilini takror yaratuvchi - inson kapitaliga investitsiya qiluvchi, zarur darajada iste‘mol talabini 
hosil  qiluvchi  va  boshqalarni  amalga  oshiruvchi  subyekt  hisoblanadi  va  ana  shu  jarayonda 
kо‗plab muammolarni hal qiladi. 
О‗zbekistonda uy xо‗jaligi katta ahamiyatga ega. Uy xо‗jaligida olinadigan daromad YAIM 
ishlab chiqarish fazalari bilan bog‗liq. 
2004 yilda uy xо‗jaligi daromadlarida ish haqi 26,9 %, transfertlar 12,9 %, qishloq xо‗jaligi 
mahsulotlarini  sotish  29,1  %,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olingan  daromad  31,1  %  bо‗ldi.  Uy 
xо‗jaligining  asosiy  qismi  bozorga  chiqadi  va  kapitalga  aylantiradi.  Uy  xо‗jaligidan  olinadigan 
daromad rivojlangan mamlakatlarda 12-15 % ni, tadbirkorlik esa 8-10 % ni tashkil qiladi. 
Turli  tarixiy  davrlarda  ijtimoiy  munosabatlarga  bog‗liq  ravishda  oila,  uning  о‗rni  va  roli, 
uning katta kichikligi, barqarorligi, sotsial statusi о‗zgargan. 
Oilaning  ijtimoiy-iqtisodiy  statusi  bu  integral  kо‗rsatkich,  qaysiki  davlatning  ijtimoiy-
siyosiy  qurilishi,  xususiyatlarini  oilaviy  munosabatlar  orqali  ifodalaydi.  Uni  huquqiy  asoslari 
iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, ijtimoiy о‗z-о‗zini boshqarish, insonning о‗zligini namoyon 
qilish imkoniyati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda mujassamlashadi. 
Bozor  iqtisodiyotida  har  bir  oilaning  о‗z manfaatlarini  kо‗zlashi  yuqori  darajada  bо‗lsada, 
oilada  qarindoshchilik  majburiyatlari,  qarindoshchilik  aloqalarida  beg‗arazlik,  holis  yordam 
berish kuchli. 
Firmalar,  korxona,  tashkilotlar  о‗rtasidagi  aloqalar  esa  ichki  va  tashqi  kontraktlar  orqali 
amalga oshiriladi. 
Oila  -  uy  xо‗jaligi  firma,  korxonalarga  resurslar  yetkazib  beradi.  Firmalar  oilani  tovar  va 
xizmatlar  bilan  ta‘minlaydi.  Oilaning  resurslari  evaziga  daromadlari  iste‘mol  xarajatlariga  teng 
bо‗lishi kerak. Daromad bilan xarajat tengligi butun iqtisodiyotga xos. 
 

Takrorlash uchun savollar 
 
1.Jamoa tarkibi nimalardan iborat? 
2.Gurux va jamoa farqi nimada? 
3.Shaxs shakllanishida jamoaning о‗rni nimadan iborat? 
 
13 - Mavzu: MULKDORLIK RUHINI TARBIYALASH IQTISODIY 
TARBIYANING BOSH VAZIFASI 
 
Reja: 
 
1. Mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishiing zaruriyati 
2. Mulk munosabatlari va mulkdorlik 
3. Mulk huquqi, mulkdorlik va manfaatlar 
4. Mulk egalarida ma‘naviy boylikni shakllantirish 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Mulkdorlik  psixologiyasi,  iqtisodiy 
psixologiya, о‗zlashtirish, birgalikda о‗zlashtirish, xususiy о‗zlashtirish, mulkchilik, mulkdorlik, 
manfaat 
 
1. Mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishiing zaruriyati 
 
Har qanday davlat va jamiyat yuritayotgan siyosati muayyan darajada tarbiya jarayoniga о‗z 
ta‘sirini о‗tkazadi.  Mustaqil О‗zbekiston taraqqiyot  yо‗li rivojlanishi milliy modeli ham  ta‘lim-
tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‗liq. 
Ayni  paytda  tarbiyadan  kо‗zlangan  maqsad  kishilarimiz,  birinchi  navbatda,  yoshlarni 
zamon  bilan  hamnafas  qadam  tashlash,  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 
islohotlarning  mohiyati,  maqsadini  chuqur  mulohaza  qilish  ularda  tadbirkorlik  bilimini  boyitish 
asosida boqimandalik kayfiyatidan butunlay xalos qilishdan iboratdir. 
Insonning ongu tafakkuri esa bir kunda о‗zgarmaydi, albatta, uning dunyoqarashi о‗zgarishi 
va  kengayishiga  vaqt  kerak.  Chetdan  turib  qanday  tashviqot  va  targ‗ibot,  boringki  qanday 
zо‗ravonlik  bо‗lmasin,  odam  zoti  о‗z  hayoti  misolida,  tajribasida  taklif  etilayotgan  va  amalga 
oshirilayotgan  о‗zgarishlar  unga  nima  berganini,  qanday  naf  keltirayotganini  kо‗rishi  kerak  va 
iqror  bо‗lish  darkor.
  60
  Ana shundagina  kelajakka ishonch bilan qaraydi,  о‗z  bilimi, salohiyatini 
yuksaltirishga intiladi, ehtiyoj sezadi. 
Ingliz tadqiqotchisi Fridrix Fon Xayekning fikricha, eng yuksak shu  bilan birga, hech 
qanday e‟tiroz bildirmaydigan qadriyat bu insonni boshqa odamlarga tobe bо„lishidan holi 
qiladigan, lekin fuqorolik jamiyatni qonun-qoidalariga bо„ysundiradigan inson erkinligidir. 
Bunday erkinlikning iqtisodiy asosi mulk munosabatlaridir. 
Jamiyatning  taraqqiyoti  iqtisodiy  munosabatlar,  xususan,  mulk  munosabatlari  bilan 
chambarchas bog‗liq, chunki har qanday jamiyat mulkchilikdan boshlanadi. 
Mulk sohibi mustaqil, erkin. U birovga qaram emas, chunki u о‗z mulkiga tayanib faoliyat 
yuritadi. Mulksiz esa yollanib ishlashga yoki birovning mulkini ijaraga olib ish yuritishi mumkin 
yoki  nochorlikdan  unta  qaram  holda  ishlashi  yoki  birovning  qо‗liga  qaram  bо‗lib  qolishi 
mumkin. 
Davlatning  mulk  monopoliyasi  va  ma‘muriy-buyruqbozlikka,  markazdan  rejalashtirishga 
asoslangan  iqtisodiyot  odamlarda  boqimandalik  kayfiyatini  chuqur  ildiz  otishi  va  xо‗jayinlik 
hissini yо‗qolishiga olib keldi. 
«О‗tmishdan meros bо‗lib qolgan nomaqbul bir illat borki, undan voz kechish lozim. YA‘ni 
inson jamiyatdagi о‗z о‗rni va qadrini tо‗g‗ri tushunishi zarur. U о‗zini kichkina bir murvat deb 
                                                 
60
  I.A.Karimov  Inson  manfaatlarini  ijtimoiy  himoya  qilishni  takomillashtirish  –  ustuvor  vazifadir  //  ―Xalq  sо‗zi‖ 
gazetasi, 2006 yil, 8 dekabr. 

his  etishi,  hamma  muammolarni  uning  о‗rniga  davlat  hal  qilishi  kerak  deb  bilishi  zararli 
tushunchadir».
61
 Kishining ongida bunday tushunchaning hukmronligi uning о‗z maqsadi yо‗lida 
intilishi,  о‗z  mehnati  bilan  munosib  hayot  kechirish,  turmush  sharoitini  yaxshilash  mumkinligi 
haqidagi  tushunchani  sundiradi.  Ayrim  kishilarning  ongida  esa  davlat  boy  u  bizni  boqib  olishi 
kerak degan fikrni о‗rnashib qolishiga olib keladi. 
Odamlarning  ijodiy  va  mehnat  imkoniyatlarini  keng  ochishga,  boqimandalikni  yengishga, 
xо‗jayinlik  hissini  qaytadan  tiklashga  faqat  bozor  munosabatlari  qodirligini  hisobga  olib 
mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  о‗tish  yо‗lini  tanladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish,  eng  avvalo, 
mulkchilikni islox etishdan va kishilarda mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishdan boshlandi, 
chunki u barcha yо‗nalishdagi islohotlar va tadbirlar tizimining tamal toshi bо‗lib xizmat qiladi. 
Yoshlar ana shularni tushunib yetishlari va о‗z faoliyatlarida qо‗llashlari lozim. 
Ma‘lumki,  dastlab  о‗zlashtirish  birgalikda  yuz  berib,  umumiy  bо‗linmaydigan  mulk 
vujudga  kelgan.  U  odatda,  ijtimoiy  mulk  deb  ataladi.  U  kishilik  jamiyati  tarixida  ayrim 
iqtisodchilar  fikriga  kо‗ra,  taxminan  1  mln.  yil  davomida  hukm  surgan.  Umumiy  birgalikda 
о‗zlashtirish  -  bu  jamoaga  birlashgan  barcha  kishilar  tomonidan  hal  qiluvchi  ishlab  chiqarish 
resurslari  va  boshqa  hayot  kechirish  vositalariga  birgalikda  teng  egalik  qilishdir.  Bu  mulk  tipi 
quyidagi xususiyatlari: 
a) ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish; 
b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda о‗zlashtirish; 
v) iste‘mol buyumlarini teng taqsimlash tendensiyasi bilan harakterlanadi. 
Birgalikda о‗zlashtirish о‗ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. YA‘ni:  
- bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g‗oyasi hukmron; 
- jamoachilik asosiy о‗ringa chiqadi; 
- jamoa bо‗lib mehnat qilish, о‗zaro yordam berish, kо‗maklashish; 
- umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi; 
- har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati о‗rtasida bevosita aloqaning yо‗qligi. 
Mulkchilikning  ijtimoiy  tipi,  ya‘ni  birgalikda  о‗zlashtirish  quyidagi  aniq  shakllarda: 
ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bо‗ladi.  
Kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  dastlabki  bosqichlarida  inson  hayoti  butunlay  tabiatga, 
atrof-muhitga  bog‗liq  bо‗lgan.  Mehnat  qurollari  juda  oddiy  bо‗lib,  hayot  kechirish  uchun 
ne‘matlar  izlab  topish  katta  qiyinchiliklar  bilan  amalga  oshgan.  Hayot  kechirish  jamoa  bо‗lib 
yashagandagina mumkin bо‗lgan. О‗z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda jamoaga 
birlashishga  olib  kelgan.  Jamoalar  avval  urug‗  jamoasi,  sо‗ngra  qabila  tarzida  tarkib  topgan. 
Jamoaga qarashli bо‗lgan yer, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng taqsimlangan. 
Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, sо‗ngra hunarmandchilikning 
kelib  chiqishi  katta  о‗zgarishlarga  olib  keldi.  Mehnat  qurollarining  takomillashuvi,  ishchi 
hayvonlardan  foydalanish  nisbatan  ozchilik  uchun  boshqalarsiz  ishlab  chiqarish  imkoiiyatini 
vujudga keltirdi. 
Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne‘matlar izlab topish о‗z iqtisodiy ahamiyatini 
yо‗qotdi.  Uning  о‗rniga  oilaviy  xо‗jaliklar  vujudga  keldiki,  ular  о‗z  navbatida,  keyinchalik 
xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bо‗ldi. 
Birgalikda о‗zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan. 
Islom qoidalariga kо‗ra barcha mulk Ollohnikidir. Yer, suv va boshqa ne‘matlar Ollohning 
bandalariga  inoyatidir.  Demak,  barcha  mulkda  hammaning  haqi  bor.  Shu  sababli,  islomda 
mulkdan jamoa bо‗lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin. 
Hozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoalar ijtimoiy tizimning tarkibiy 
qismi sifatida mavjud. 
Birgalikda  о„zlashtirishning  davlat  mulki  shakli  davlat  kelib  chiqishi  bilan  bog‗liq 
Davlatning  о‗z  vazifalarini  ado  etishi  uchun  davlat  mulki  bо‗lishi,  ya‘ni  boylikni  davlat 
                                                 
61
  I.A.Karimov  О‗zbekiston  XXI  asr  bо‗sag‗asida:  havfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari. T.: ―О‗zbekiston‖, 1997, 195-bet. 

tomonidan  о‗zlashtirish  zarur.  Davlat  mulkining  miqyosi  va  undan  foydalanishning  maqsadi 
jamiyat taraqqiyotida obyektiv zaruratdan kelib chiqib о‗zgarib turgan. 
Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan о‗sib chiqqan. 
Masalan,  О‗rta  Osiyo  mintaqasida  X-XIII  asrlarda  dastlabki  turk-islom  davlati  - 
qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda: 
1.  Amloki  xos  -  davlat  mulki.  Yer  va  yer  osti  boyliklari,  moddiy  kо‗chmas  mulklar  va 
davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bо‗lgan. 
2.  Iqto‟  -  davlat  xizmatchilarini  ta‘minlovchi  mulk.  Muayyan  yer  maydonlari,      moddiy-
ma‘naviy   mulklar   va   davlat   xazinasining muayyan qismi iqto‘ mulki bо‗lgan. 
3. Vaqf - muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma‘rifiy binolar, madrasa va masjidlar, 
ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bо‗lgan. 
Shu  bilan  birga  Qoraxoniylar  davlatida  xususiy  mulkchilik  cheklanmagan.  Shu  sababli, 
jamiyatning  barcha  tabaqasi  о‗z  mulkiga  ega  edi.  Jamiyatning  haddan  tashqari  tabaqalanib 
ketishiga  yо‗l  qо‗yilmagan.  Tarixiy  manbalarda  kо‗rsatilishicha,  bunga  davlat  mulkidan, 
chunonchi vaqf mulkidan g‗oyat samarali foydalanish bilan erishilgan. 
Xususiy  о„zlashtirish  odamlarning  mulkka  boylik  orttirish  manbai  sifatida  qarashidan 
kelib chiqadi. 
Xususiy  о‗zlashtirishga  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  qilish  huquqidan  tashkari, 
boshqarish,  daromad  olish,  sotish,  xavfsizlikni  ta‘minlash,  meros  koldirish  va  boshqa  huquqlar 
ham  kiradi.  Bu  huquqlar  mohiyati  jihatidan  jamiyatda  qabul  qilingan  tartib,  qonun-qoidalarni 
ifodalaydi. Bu о‗z navbatida inson iqtisodiy psixologiyasini ham shunga muvofiq shakllantiradi: 
- individual, egoistik fikr yuritish asosiy о‗ringa chiqadi; 
- jamiyat bilan har bir alohida shaxsning begonalashuvi
-  boshqalarning  ehtiyojini  qondirishga  о‗z  manfaatini  kо‗zlagan  holda  (kirishiladi), 
qatnashiladi; 
- xususiy mulk asosida boylik orttirish kо‗zlanadi; 
- jamiyatda boylikni xususiy mulk asosida tabaqalanish g‗oyasi ustun bо‗ladi; 
-  xususiy  mulk  muqaddas,  daxlsiz,  insonning  tabiatiga  mos  tushadigan  mulk  tarzida 
tasavvur etiladi; 
-  о‗z  mulkini  iqtisodiy  realizatsiya  qilish  orqali  mulk  egasining  shaxsiy  manfaatdorligi 
amalga oshadi, ta‘minlanadi. 
Xususiy о‗zlashtirish ikki turda bо‗lib, bir-biridan katta farq qiladi. 
Birinchisida  ishlab  chiqarish  omillarining  egasi  о‗zi  mehnat  qiladi,  ikkinchisida  esa 
yollangan ishchilar. Muvofiq ravishda xususiy mulkning ikki turi mavjud bо‗ladi: 
a) barcha ishlab chiqarish omillarining yagona egasiga tegishli bо‗lgan mulk yoki individual 
xususiy mulk; 
b)  ishlab  chiqarishning  mehnat  omili  bilan  boshqa  omillar  egasi  alohidalashgan  xususiy 
mulk. 
Xususiy  mulkning  birinchi  turiga  dehqon,  hunarmand  va  boshqa  shunga  о‗xshash  о‗z 
mehnat vositalari bilan о‗zi mehnat qiladiganlar kiradi. Ishlab chiqarish barcha omillarining egasi 
sifatida yaratilgan barcha mahsulotni mehnat omili egasining о‗zi о‗zlashtiradi. Har bir kishi о‗zi 
mehnat qilar ekan,  о‗z mulkidan asrab-avaylab, samarali foydalanishga  harakat  qiladi.  Mulkdan 
foydalanish natijasida farovon  yashash  uchun chuqur manfaatdorlik  yotadi.  Shuning uchun ham 
xо‗jalik  yurituvchi  о‗z  xо‗jaligi  va  olayotgan  daromadi  barqaror  bо‗lishi  uchun  kuchi  va 
mablag‗ani  ayamay  harakat  qiladi.  Bir  kishining  о‗zida  ham  mulk  egasi,  ham  mehnatkash 
mujassamlashganda  ishlab  chiqarish  omillaridan  eng  samarali  foydalaniladi.  U  erkin,  boshqalar 
tomonidan  ezilmaydi,  ekspluatatsiya  qilinmaydi.  Boshqacha  aytganda,  mehnat  omiliga  tegishli 
mahsulot (daromad) boshqa omil egasi tomonidan о‗zlashtirib olinmaydi. 
Xususiy  mulkning  ikkinchi  turida  mehnat  omilidan  boshqa  omillar  mulk  egasiga  tegishli 
bо‗lib,  ishlab  chiqarish  natijasi  ham  unta  qarashli  bо‗ladi.  U  nisbatan  katta  miqdorda  mulkka 
egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya‘ni yirik xо‗jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi. 

Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki usul 
bilan amalga oshiriladi: 
1) noiqtisodiy, ya‘ni majburiy mehnat orqali; 
2) iqtisodiy yо‗l bilan, ya‘ni iqtisodiy rag‗batlantirish, haq tо‗lash yо‗li bilan mehnatga jalb 
qilish orqali. 
XV-XIX  asrlarda  G‗arbiy  Yevropada  yangi  sotsial-iqtisodiy  tizim:  kapitalizmning 
dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi. 
Bu  bosqichda  xususiy  kapitalistik  tadbirkorlik  prinsiplari  tо‗la  namoyon  bо‗ladi.  Bosh 
iqtisodiy  omil  yakka  xususiy  mulk  egasi  bо‗lib,  u  korxona  egasi  sifatida  ishlab  chiqarinshi  о‗zi 
boshqaradi.  Shunday  xо‗jalik  faoliyatini  A.  Smit  va  D.  Rikardo  nazariy  jihatdan  yoritib 
berishgan.  Kapitalizm  bosqichiga  о‗tilishi  bilan  buyuk  tarixiy  jarayon  -  insoniyatning  industrial 
ishlab chiqarishga о‗tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va 
miqdor о‗zgarishlariga yо‗l ochdi. «Bug‗ asri»dan «Elektr asri»ga о‗tilishi mehnat kooperatsiyasi 
masshtabining kengayishi, kapitalning tо‗planishi va markazlashuvini kuchaytirdi. 
Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi kо‗rinishga ega bо‗ldi. 
Kо‗plab  yirik  korxonalar ajralib, ishlab  chiqarishda hukmron mavqeni  egallashga kirishdi. 
Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida о‗z mahsulotini realizatsiya qilish 
uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi. 
Yirik  sanoat  kapitali  bilan  bank  kapitali  qо‗shilib  moliya  kapitali  vujudga  keldi. 
Mulkchilikning  yangi  tipi:  birgalikda  qо‗shilgan  ulushga  qarab  о‗zlashtiriladigan  mulk  kelib 
chiqdi. 
Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga kо‗p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi, 
katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bо‗lishi sabab bо‗ldi. Bunda, birinchidan, alohida 
kapitalistlarning  kapitali  yetmasligi,  ikkinchidan,  raqobatda  mag‗lub  bо‗lib,  bankrot  bо‗lishi 
tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol о‗ynadi. Kо‗pchilik olimlarning fikriga kо‗ra, 
kapitalizm  100  yil  davomida  erishgan  natijalar  kishilik  jamiyati  tarixiy  taraqqiyotidagi  million 
yillar  davomida  erishgan  yutuqlardan  salmoqliroqdir.  Bunday  natijaga  erishishda  mulkchilik 
psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya yetakchi о‗rin egallaydi. 
Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida - umumiy va xususiy о‗zlashtirish birgalikda amalga 
oshadi. Bunday aralash о‗zlashtirishga quyidagi sabablarga kо‗ra erishiladi: 
1.  Bu  mulk  -  umumiy  mulk  bо‗lib,  barcha  qatnashchilar  qо‗shgan  hissa  asosida  tashkil 
topadi. 
2. Birgalikdagi  hissadorlik  asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy  maqsad va  yagona 
boshqaruv  asosida  foydalaniladi.  Odatda,  har  bir  hissa  qо‗shgan  mulk  egasiga  umumlashgan 
mulkni boshqarishda meyoriy imkoniyatlar beriladi. 
3.  Xо‗jalik  faoliyatini  pirovard  natijasi  har  bir  kishining  qо‗shgan  hissasiga  kо‗ra 
taqsimlanadi. 
Bu  mulk  tipi  ham  odamlarda  ma‘lum  iqtisodiy  psixologiya  vujudga  kelishiga  ta‘sir 
kо‗rsatadi: 
- individual-jamoachilik tuyg‗usi; 
-  umumlashgan  mulk  egalari  mulk  va  undan  olinadigan  daromad  barqarorligini 
ta‘minlashga harakat qiladilar; 
- xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qо‗shilib ketadi; 
-  kishilarda  har  bir  kishining  daromadi  umumiy  daromadga,  umumiy  muvaffaqiyatga 
bog‗liqligi haqida tushuncha paydo bо‗ladi. 
Hamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyidagi  aniq  shakllarda namoyon 
bо‗ladi: 
- aksionerlik jamiyati (korporativ) mulki; 
- qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk
- shirkatlar mulki; 
- yirik xо‗jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va boshqa shunga о‗xshashlar) mulki; 
- qо‗shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan); 

- turli shakldagi jamoalar mulki. 
Agar  mulkchilikning  birinchi  tipida  mulk  umumiy,  bо‗linmaydigan,  har  bir  kishining 
individual  manfaati  umumiy  manfaatga  tо‗laligicha  bо‗ysundirilgan  bо‗lsa,  uchinchi  tipida 
avvaddan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Har biri о‗z 
ulushidan manfaatdor. 
U  ikkinchi  mulk  tipidan  ham  farq  qiladi.  Agar  klassik  kapitalizmda  ishlab  chiqarish 
vositalariga yakka kapitalistning о‗zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya‘ni barcha 
ulushi borlarning birgalikdagi mulki bо‗ladi. 
Uchinchi  tip  mulkning  eng  keng  tarqalgan  shakli  aksionerlik  jamiyati,  ya‘ni  korporativ 
mulkdir.  Bu  mulk  egalari  birgalikdagi  mulkdagi  о‗z  ulushlarini  xohlagan  paytlarida  sotishlari 
mumkin.  Shunning  uchun  mulk  hajmi  о‗zgarmagani  holda  mulk  egalari  tarkibi  о‗zgarib  turishi 
mumkin.  Undan  tashqari,  individual,  yakka  kapitalistik  mulkda  kapitalni  mulk  egalarining  о‗zi 
boshqarsa,  aksionerlik  jamiyati  faoliyatini  maxsus  professional  boshqaruvchilar  menejerlar 
boshqaradi.  Ular  ma‘lum  muddatga  har  ikki  tomonning  huquq  va  majburiyatlari  kо‗rsatilgan 
shartnoma  (kontrakt)  asosida  ishlaydilar.  Agar  kapital  egasining  kapitali  о‗z  mablag‗ini  ishlab 
chiqarishga  qо‗yish  tufayli  kо‗paysa,  aksionerlik  kapitali  chetdan  pul  mablag‗larini,  ayniqsa, 
bank mablag‗larini jalb qilish orqali kо‗paytiriladi. 
Aksionerlik  shakli  nihoyatda  moslashuvchan.  U  turlicha  ijtimoiy-iqtisodiy  mazmunga  ega 
bо‗lib,  undan  alohida  kishilar  manfaati  yoki  ijtimoiy  guruhlar,  yoki  davlat  manfaati  yо‗lida 
foydalanish mumkin. Bu aksiyalar nazorat paketi kimga tegishli bо‗lishiga bog‗liq. 
Nazorat  paketi  kimning  qо‗lida  bо‗lishiga  qarab,  aksionerlik  jamiyatlari  alohida  kishilar, 
boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidan ajratish mumkin. 
Ma‘lumki,  mulk  haqidagi  dastlabki  tushuncha  oilada  beriladi.  Bolaga  birovning  narsasini 
egasidan sо‗ramay olish mumkin emasligi, о‗yinchoqlari, kiyim-kechaklarini iflos qilish yomon 
ish ekani, ularni ehtiyot qilish kerakligi о‗rgatiladi. Keyingi bosqichlarda esa mulk munosabatlari, 
turlari va shakllari, mulkdan samarali foydalanish haqida tushunchaga ega bо‗ladi va mulkchilik 
munosabatlarida о‗zi qatnashadi. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling