Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Mulk munosabatlari va mulkdorlik


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26

 
2. Mulk munosabatlari va mulkdorlik 
 
Mulkchilik  munosabatlari  jamiyatdagi  boyliklarni  о‗zlashtirish  xususidagi  iqtisodiy 
munosabatlardir.  Mulkchilik  birinchidan,  kishilarning  narsalarga  munosabati,  ya‘ni  mulk 
subyektining  obyektga  munosabati  nuqtai  nazaridan  qaralishi  uning  huquqiy  jihatini  kо‗rsatadi, 
ikkinchidan,  boylik  xususida  kishilar  о‗rtasidagi  munosabat,  ya‘ni  subyektlar  о‗rtasidagi 
obyektga  nisbatan  munosabat  nuqtai  nazaridan  qaralishi  esa  iqtisodiy  jihatidan  qarash  mumkin. 
Kishilar  buyumlarni  о‗ziniki  qilib  olgandagina  о‗zlashtirishi  mumkin,  chunki  jamiyatda 
о‗zganikini о‗zlashtirib bо‗lmaydi. 
Mulkiy munosabatlar yuridik qonunlarda qayd etiladi. О‗zbekiston Respublikasining «Mulk 
tо‗g‗risida»gi  Qonunida  fuqarolarning  mulkdor  bо‗lish  huquqi  kafolatlanadi:  hamma  shakldagi 
mulklarning  tengligi,  mulk  dahlsizligini  davlat  ta‘minlashi,  mulk  rivojiga  tо‗sqinlik  qilish  man 
etilishi  qayd  etilgan.  Bu  qonunga  kо‗ra,  mulkdor  о‗z  mulkini  ruxsat  etilgan  hamma  sohada 
ishlatishga hakli, xorijiy mulk ham davlat himoyasiga olinadi. 
Mulkchilik - mas‘uliyat bilan manfatlarni uzviy birligi hisoblanadi. Shuning uchun ham ana 
shu tushunchani yoshlar ongiga singdirish lozim. 
Mamlakatimizda  amalga  oshirilgan  iqtisodiy  islohotlarning  markaziy  yо‗nalishini  kо‗p 
ukladli  iqtisodiyotni  yaratish,  о‗rniga  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  muammolariga  qaratildi. 
Xususiy  mulk  shaklining  qonuniy  e‘tirof  etilishi  tadbirkorlik  faoliyati  huquqiy  kafolatlarining 
ta‘minlanishi  jamiyat  a‘zolarining  uzoq  yillar  davomida  ta‘kidlanib  kelgan  erkin  va  mustaqil 
xо‗jalik  faoliyati  yuritishga  intilish  kо‗rinishidagi  iqtisodiy  manfaatlarning  amalga  oshirishi 
uchun keng yо‗l ochib berdi. Mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfining qaror topishi davlatning 
mazkur  yо‗nalishdagi  usul  va  aniq  yо‗naltirilgan  siyosati  orqali  jadal  sur‘atlarda  amalga  oshib, 
о‗zini  ijobiy  natijalarini  kо‗rsatdi.  О‗zbekistonda  iqtisodiyotning  nodavlat  sektori  ahamiyatli 

salmoqqa  ega  bо‗lib  bordi.  2006  yidda  respublika  YAIM  umumiy  hajmining  79,4  foizi 
iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarildi. 
Iqtisodiyot  nodavlat  sektorining  shakllapishida  mulkiy  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish muhim rol о‗ynadi. 
Islohotlarni  amalga  oshirishdan  qо‗yilgan  maqsadga  kо‗ra  har  tomonlama  asoslangan  va 
izchilligini  ta‘minlash  maqsadida  hukumat  darajasida  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma - 
bosqich amalga oshirildi. 
О‗zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining IV sessiyasida sо‗zlagan 
nutqida  «Jamiyat  demokratik  taraqqiyotining  iqtisodiy  asosi  mulkchilik  shaklining  kо‗p  xilligi 
bо‗lsa,  siyosiy  asosi  mulkdorlar  sinfining  mavjudligidir»,  -  deb  ta‘kidladi.  Yaqin  о‗tmishda  bu 
faqat umumdavlat mulkinigina tan olardik. Rivojlangan mamlakatlarning real tarixiy taraqqiyoti 
resurslardan tejab, samarali foydalanish, ilg‗or va konstruktiv g‗oyalarni mulkdorlar ilgari surishi 
va amalga oshirishini kо‗rsatdi va kо‗rsatmoqda. 
Biror-bir jamiyatni mulkdorlik munosabatlari va mulk shakllarisiz tasavvur qilib bо‗lmaydi. 
Kishilik  jamiyatining  rivojlanishida  mulkchilik  munosabatlari  asos  bо‗lib  kelgan.  U 
hokimiyatchilik masalalarini hal etishda ham asosiy rol о‗ynagan. 
Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  jarayoni  ham  mulkchilikni  isloh 
qilishdan  boshlandi.  Mulkchilik  tо‗g‗risidagi  qonun  kishilar  ongida  egalik  tuyg‗usinn 
shakllantirishga qaratilgan birinchi hujjat hisoblanadi. 
Biz  qurayotgan  ijtimoiy  yо‗naltirilgan  kuchli  demokratik  jamiyatning  huquqiy  asoslari, 
asosiy  Qomusimiz  О‗zbekiston  Respublikasi  Konsitusiyasida  ifodalangan  bо‗lib,  u  ijtimoiy 
hayotning asosiy huquqiy yо‗nalishlarni belgilab beradi. 
Konstitusiyamizda jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etuvchi mulkchilik munosabatlari, 
ayniqsa,  shaxslarning  mulkka  bо‗lgan  munosabatini  tubdan  о‗zgartirishga  asos  yaratildi. 
Konstitusiyaning  53-moddasida  «Bozor  munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  О‗zbekistan 
iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk  tashkil  etadi»,  -  deb  belgilanishi 
mamlakatimizda  mulk  shakllarining  xilma-xil  bо‗lishini  mustahkamladi.  Unga  asosan  yangi 
qonunlar  tizimi  yaratildi,  mavjud  qonunlar  tegishli  tartibda  qayta  kо‗rib  chiqildi.  Mulkchilik 
tо‗g‗risida  qonunga  ham  о‗zgartirishlar  va  qо‗shimchalar  kiritildi.  Unda  har  bir  shaxsning 
mulkdor  bо‗lishga  haqli  ekanligi,  mulkning  daxlsizligi,  fuqarolar  mulki  xususiy  mulkdan 
iboratligi,  ishchi  kuchini  tasarruf  etish,  mulkdorning  tasarruf  etish  huquqi  cheklanmasligi  kabi 
huquqiy meyorlar mustahkamlandi. 
Qur‘oni  karimda  mulkning  muqaddasligi  va  daxlsizligi  aytilgan.  Birovning  mulkini 
о‗g‗irlashgina emas, balki shu haqda о‗ylash ham katta gunoh hisoblangan. О‗g‗rilarga nisbatan 
qattiq jazo chorasi kо‗rilgan. 
Mulkchilik  muammosi  uzoq  yillar  davomida  juda  kо‗p  sohaning  bilimdonlari,  faylasuf, 
huquqshunos,  iqtisodchi,  sotsiolog  va  siyosatshunoslarni  qiziqtirib  kelgan.  Har  qanday 
jamiyatning  iqtisodiy  tizimi  muklchilikdan  boshlanadi.  Avlodlar  mehnati  bilan  yaratilgan  va 
tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bо‗lib kelgan. 
Oliy  Majlisning  IV  sessiyasida  qabul  qilingan  «Fuqarolik  kodeksi»  ning  birinchi  qismida 
mulkchilik munosabatlarini huquqiy tartibga solishga keng e‘tibor berilgan. Unda mulk huquqiga 
tushuncha berilib, «Mulk huquqi shaxsning о‗ziga qarashli mol-mulkka о‗z hohishi bilan va о‗z 
manfaatlarini kо‗zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, о‗zining 
mulk  huquqini,  kim  tomonidan  bо‗lmasin,  har  qanday  buzushni  bartaraf  etishni  talab  qilish 
huquqidan  iboratdir»
  62
,  -  deb  belgilangan.  Mulk  huquqi  mutloq  bо‗lib  muddatsiz  amalga 
oshiriladi. 
Mulkdor  kim?  Mulkdor  -  biror  mol-mulkka  nisbatan  о‗z  hohishiga  kо‗ra  mulk  huquqini 
amalga  oshiruvchi  shaxsdir.  U  shaxs  biron-bir  shaklda  muayyan  mulk  -  kо‗chmas  mulk,  yer 
maydoni,  mehnat  qurollari,  kichik  korxona  egasi.  Mulkdor  avvalo,  bu  mol-mulklarga  yuridik, 
                                                 
62
 Fuqarolik kodeksi, 164-modda. 

ya‘ni qonuniy asosda mulk huquqdni vujudga keltirishi, qо‗lga kiritishi lozim. Aks holda mulkni 
egallagan shaxs ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini yо‗qotishi mumkin. 
Pirovard  maqsadimiz  ijtimoiy  yо‗naltirilgan  barqaror  bozor  iqtisodiyotiga  ochiq,  tashqi 
siyosatga ega bо‗lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan 
iborat  ekan,  biz  uni  amalga  oshirish  yо‗lida  bor  imkoniyatlarimizni  ishga  solmog‗imiz  zarur. 
Bozor  munosabatlari  shakllanishida,  avvalo,  bozorni  vujudga  keltiradigan  harakatlantiradigan 
kuch  kim  bо‗lishni  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  kо‗rsatdiki,  о‗rta  mulkdorlar  sinfi  ekan. 
Buni hisobga olgan holda mamlakatimizda ham о‗rta mulkdorlar sinfini shakllantirishga e‘tibor 
qaratildi. 
«Biz  mulkdorlar  sinfini  shakllantirar  ekanmiz,  о‗z  navbatida  bu  orqali  odamlarning 
mehnatga bо‗lgan munosabati, tafakkur tarzda  aholimizning mentaliteti  va dunyoqarashini ham 
о‗zgartirishga erishgan bо‗lamiz»
 63

Mulk  shakllari  xilma-xilligi,  birinchi  navbatda,  xususiy  mulk  har  qanday  davlatning 
demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblanadi. Jamiyatda iqtisodiy resurslarga 
ega  о‗rta  mulkdorlardan  iborat  kuchli  qatlamning  mavjud  bо‗lishi  uning  siyosiy  asosi  bо‗ladi. 
Jamiyatni muvozanatga erishishini ana shu о‗rta mulkdorlar qatlami ta‘minlaydi. «Aholi orasida 
haqiqiy  mulkdorlar  о‗rta  qatlamining  kо‗pchilikni  tashkil  etishi  mamlakatda  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi»
 64

«Odam  о‗zini  chinakamiga  mulkdor  deb  his  etmas  ekan,  о‗z  huquqlari  uchun  pirovard 
natijalar  va  ishlab  chiqarish  samaradorligi  uchun  mulkdor  sifatida  kurashmaydi.  Jamiyatda 
barqarorlikni saqlab qolish va himoya qilishga intilmaydi»
 65

«Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‗batlantirish tо‗g‗risida»gi Qonun о‗rta 
mulkdorlar sinfini shakllantirishga qaratilgan muhim huqukiy asos bо‗lsa, keyingi qabul qilingan 
qator qonunlar, Prezident Farmonlari va qarorlari kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 
huquqiy tizimini yaratilishga olib keldiki, bu о‗z navbatida, ularning YAIMdagi ulushi 42,6 foiz 
tashkil  etishi  mamlakatda  tom  ma‘nosi  bilan  ana  shunday  о‗rta  mulkdorlar  sinfi  vujudga 
kelganidan dalolat beradi. 
 
3. Mulk huquqi, mulkdorlik va manfaatlar 
 
Har  birimiz  bilamizki,  inson  yashar  ekan,  hayot  kechirishi  uchun  turli  ne‘matlarni  ishlab 
chiqaradi va ists‘mol qiladi. Birok, bir ne‘matni iste‘mol qilish, ya‘ni undan foydalanishi uchun 
bu ne‘mat undan foydalanmoqchi bо‗lgan kishining о‗ziniki bо‗lishi kerak. Birovning narsasidan 
egasidan ruxsatsiz foydalanib bо‗lmaydi. Demak, biror ne‘matdan foydalanish uchun uni avvalo, 
butunlay yoki vaqtinchalik о‗ziniki qilib olish kerak. Undan tashqari, odamlar о‗rtasida mana shu 
jarayonda  tushunmovchiliklar,  nizolar  chiqmasligi  uchun  ma‘lum  tartib,  qoidalar  belgilangan 
bо‗lishi  zarur.  Odamlar  о‗rtasida  ne‘matlarga  о‗ziniki  yoki  о‗zganiki  tarzda  qaralishi  mulk 
munosabatlarida  namoyon  bо‗ladi.  Mulk  munosabatlarida  mulk  huquqi  -  (egalik  qilish, 
foydalanish, tasarruf qilish) muhim ahamiyatga ega. 
Har  qanday  jamiyat  mulkchilikdan  boshlanadi.  Mulkning  egasi  bо‗lish  yoki  bо‗lmaslikka 
qarab shaxsning jamiyatdagi mavkei, sotsial maqomi yuzaga keladi. 
Mulk iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida bir butunlikdan iborat bо„lib, har ikki 
jihatdan  bir-biri  bilan  chambarchas  bog„liq.  Mulkchilik  huquqi  va  iqtisodiy  mazmuni 
о„zaro  bog„liq,  bir-birini  taqozo  qiladi.  Shu  sababli,  mulkchilik  bir  vaqtda  ham  iqtisodiy 
kategoriya  ham  huquqiy  kategoriY.  Bu  birlikda  hal  qiluvchi  rolni  mulkchilikni  iqtisodiy 
tomoni  egallaydi.  Agar  mulk  iqtisodiy  jihatdan  rо„yobga  chiqarilmasa,  ya‟ni  ishlab 
                                                 
63
 Karimov I.A. ―Toshkent oqshomi‖ gazetasi, 1998. 27 fevral, 2-bet. 
64
  Karimov  I.A.  О‗zbekiston  XXI  asr  bо‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari. T.: О‗zbekiston, 1997, 196- bet. 
65
  Karimov  I.A.  О‗zbekiston  XXI  asr  bо‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari. T.: О‗zbekiston, 1997, 197- bet. 

chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa bunda u faqat huquqiy 
kategoriya sifatida qoladi. 
Dastlabki  insonga  hamma  tabiatdagi  ne‘matlar  birday  qarashli  bо‗lgan  paytda,  bor 
ne‘matlarni  iste‘mol  qilishi  oqibatida  ochlikka  mahkum  bо‗lishdan  dehqonchilik  va 
chorvachilikni  о‗rganish,  ya‘ni  ishlab  chiqarishni  boshlash  bilan  yо„l  topgan  bо„lsa,  tabiatda 
resurslarni  cheklanganligi,  ularni  pala-partish,  samarasiz  ishlatishdan  mulkchilik  munosabatlari 
kelib  chiqishi,  muvofiq  ravishda  mulk  huquqlarini  belgilash  bilan  yо„l  topdi.  Xususiy 
mulkchilik resurslardan eng samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Mulkchilik  iqtisodiy  ma‟noda  -  kishilar  о„rtasida  mulkni  о„zlashtirish,  xо„jalik 
yuritish uchun ishlatish jarayonida yuz beradigan real  munosabatlarni ifodalasa,  huquqiy 
ma‟noda  -  mulk  yuzasidan  vujudga  keladigan  aloqalar,  qonun  va  huquqiy  hujjatlarda, 
davlat  tomonidan  belgilangan  va  har  bir  fuqaro  uchun  majburiy  tartibda 
rasmiylashtiriladigan yо„l-yо„riqlarda ifodalanadi. 
Umuman olganda, qonunlar mulkchilik munosabatlarini yaratmaydi. Aksincha, jamiyatdagi 
real  tarkib  topgan  munosabatlarni  mustahkamlaydi,  xolos.  Mulkchilik  yuridik  jihatdan  obyektiv 
tarzda tarkib topgan о‗zlashtirish munosabatlarini subyektiv ifodalanishi, boshqacha aytganda bu 
munosabatlarni jamiyat tomonidan mustahkamlash zaruriyatining namoyon bо‗lishidir. 
Hozirgi  zamon  iqtisodiy  nazariyasining  «Institusional  yо‗nalish»  namoyandalari,  taniqdi 
amerikalik iqtisodchilar, Chikago universitetining faxriy professori, Nobel mukofotining lauriati 
Ronald  Kouz  va  Los-Anjeles  universitetining  professori  Armen  Alchianlar  «Mulk  huquqi» 
iqtisodiy  nazariyasiga  asos  solishdi.  Keyinchalik,  bu  nazariya  bо‗yicha  tadqiqot  о‗tkazish  va 
undan foydalanishda Y.Barsel, G.Demets, D.Nort, R.Pozner va boshqalar faol qatnashdilar. 
Ular  biz  uchun  о‗rganib  qolganimiz  mulk  tushunchasi  о‗rniga  «Mulk  huquqi»  atamasini 
ishlatadilar. Mulk huquqi «Huquq dastasi»da ifodalanadi. Ularning fikriga kо‗ra, resurs
;
 о‗zicha 
mulk  bо‗lmaydi,  balki  resurslardan  foydalanish  bо‗yicha  mulk  huquqigina  uni  mulkka 
aylantiradi. Bunda ―Huquq dastasi‖ tо‗liq yoki uning ayrim elementi asosida yuzaga chiqadi. 
Tо‗la huquq dastasi quyidagilardan tashkil topgan: 
1. Egalik qilish, ya‘ni boylik ustidan nazorat qilish huquqi. 
2. Foydalanish huquqi, ya‘ni narsalarning xossalaridan foydalanish huquqi. 
3. Boshqarish huquqi,  ya‘ni narsalardan kim, qanday foydalanishini ta‘minlash masalasini 
hal etish, yechish huquqi. 
4.  Daromad  olish  huquqi,  ya‘ni  narsalardan  foydalanishdan  kelgan  natijalarga  ega  bо‗lish 
huquqi. 
5.  Tasarruf  qilish  (suverenlik  huquqi),  ya‘ni  narsalarni  begonalashtirish,  boshqacha 
aytganda, sotib yuborish, iste‘mol qilish, о‗zlashtirish yoki yо‗q qilib yuborish huquqi. 
6. Xavfsizlik huquqi, ya‘ni boylikni ekspropriatsiya (tortib olish) qilishdan, tashki muhitdan 
yetkaziladigan ziyonlardai himoya qilish huquqi. 
7. О‗z boyligini meros qoldirish huquqi. 
8. Narsa sohibi bо‗lishning muddatsizligi huquqi. 
9. Tashqi muhitga zarar keltiradigan foydalanish usullarini taqiqlash hukuqi. 
10.  Qarzini  tо‗lash  javobgarligi  huquqi,  ya‘ni  narsadan  qarzini  tо‗lash  uchui  foydalanish 
imkoniyatlariga ega bо‗lish huquqi. 
11.  Buzilgan  huquqni  tiklashni  ta‘minlovchi  tartib  va  institutlarning  mavjud  bо‗lishini 
ta‘minlash huquqi. 
Shunday  qilib,  mulk  huquqi  deganda  kishilar  о„rtasida  ne‟matlar  va  undan 
foydalanish  natijasida  vujudga  keladigai  munosabatlarning  jamiyat  tomonidan  qabul 
qilingan  (davdat  qonunlari,    ananalar,  urf-odatlar,    ma‟muriy  farmoyishlar)  qoidalarn 
tushuniladi. 
О‗zlashtirish  uchun  doimo  jamiyat  tomonidan  belgilangan  qoida  tusini  olgan  tartiblar 
bо‗lgan. 
Institusionalizm  nazariyasiga  binoan  mulk  munosabatlari  resurslarning  cheklanganligidan 
kelib chiqadi. Resurslar cheklangan, kamyob bо‗lmasa, mulk haqida gapirish ma‘nosiz. Shuning 

uchun  ham  mulk  munosabatlarini  moddiy  va  nomoddiy  resurslardan  о‗z  xoxishi  bilan  bemalol 
foydalanshpga yо‗l qо‗ymaslik, ta‘qiqlash tizimi sifatida kо‗rish mumkin. 
Agar resurslardan foydalanishga hech qanday tо‗siq bо‗lmasa u hech kimga tegishli emas 
yoki hammaga tegishli. Bunday resurslar mulk bо‗lmaydi. 
Resurslardan foydalanshnda bonshalarning tо‗sqinlik qilishi mulk huquqi orqali ifodalanadi. 
Bunday  mulk  huquqini,  uni  qadrlaydigan,  undan  kо‗proq  foyda  oladiganlarga  berish 
imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki mulkni о‗zi uchun keraksiz hisoblagan 
yoki  samarali  foydalana  olmaydigan  kishi  sotadi.  Natijada  endi  yuqorida  kо‗rsatilgan  mulk 
huquqi dastasi mulkni sotib olgan kishiga taalluqli bо‗ladi. 
Mulkchilikning huquqiy jihati iqtisodiy tomoniga nisbatan buysundiruvchi rol о‗ynamaydi. 
Bu  shunda  kо‗rinadiki,  ishlab  chiqarish  omillariga  huquqiy  egalik  qilmasdan,  hech  kim  ishlab 
chiqarish  jarayonini  amalga  oshira  olmaydi.  Ishlab  chiqarish  resurslari  va  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotdan foydalana olmaydi. Shuning uchun ham mulkchilikning huquqiy normalari iqtisodiy 
munosabatlarning  aniqlashtirilgan,  real  kо‗rinishi  hisoblanadi.  Mulk  xuquqi  о‗zlashtirish 
jarayonida  belgilangan  tartib-qoidalarga  har  bir  kishining  amal  qilishi  zarurligi,  aksincha,  amal 
qilmasa, uni buzganlik uchun jazolashni ifodalaydi. Ular birinchidan, ishlab chiqarish omillari va 
yaratilgan  mahsulot  muayyan  shaxslar  (jismoniy,  huquqiy)ga  tegishli  ekanligini,  ikkinchidan 
mulk  egalarining  qonun  bilan  qо‗riqlanadigan  vakolatlarini,  uchinchidan,  mol-mulkni  himoya 
qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulk  huquqi  investitsiya,  ishlab  chiqarishga  yangiliklarni  joriy  qilish,  ayirboshlash, 
iqtisodiy о‗sishni rag‗batlantiradi. 
Intellektual mulkka nisbatan olsak, patentlar, mualliflik huquqni insonlarni turli yangiliklar, 
ixtirolar  qilishga  undaydi.  Mehnat  natijalari  va  u  bilan  bog‗liq  iqtisodiy  manfaat,  yutuqdarni 
boshqalar  tomonidan  tekin  о‗zlashtirib  olinishidan  qо‗rqmay,  kitob  yozish,  musiqa  bastalash, 
kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqish va hokazolar bilan shug‗ullanishni  ta‘minlaydi. Mulk 
huquqini  boshqa  muhim  tomoni  u  ayirboshlashni  yengillashtiradi.  Mulk  hujjatiga  qarab  uning 
egasi qonuniy ekanligiga ishonamiz. 
Aynan  mulk  huquqi  bо‗lmasa  о‗z  mulkini  saqlash,  egasi  ekanligini  isbotlash  uchun 
nihoyatda  kо‗p  energiya,  resurslar,  ayniqsa,  vaqt  sarflangan  bо‗lar  edi.  Shuning  uchun  ham 
о‗quvchi-talabalar ongiga mulk huquqini bilish, chuqur о‗rganish myxim ahamiyatga ega ekanli-
gini yetkazish zarur. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mulkchilik  ishlab  chiqarishning  moddiy  omili  bilan  mehnat 
omilini, ya‘ni ishlab chiqarish omillarining tengligini ta‘minlaydi. Bu omillar esa ishlab chiqarish 
jarayonida biri ikkinchisisiz faoliyat yurita olmaydi. 
Xо‗jalik aloqalarining keng doirasi huquqiy munosabatlar harakterini oladi. Bu munosabat 
qatnashchilari  yuridik  huquq  va  majburiyatlarni  eltuvchi  sifatida  gavdalanadi.  Har  qanday 
mulkning asosiy xususiyati: 
1) uning, albatta, kimgadir tegishli bо‗lishi; 
2) egasining mulkni asrab-avaylashga, undan samarali foydalanishga intilishidir. 
Insonning  shaxs  sifatida  hamda  mulk  egasi  sifatida  manfaatlari  bо‗lib,  ular  bir-biridan 
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi. 
Har  bir  shaxsniig  inson  sifatida  manfaati  uning  hayotiy  ehtiyojlarini  ifodalasa,  mulkdor 
sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi. 
Ma‘lumki, kishilar iqtisodiy munosabatlarga biron-bir manfaatdan kelib chiqib kirishadilar. 
Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning hatti-harakatini, intilishini, 
hulq-atvorini belgilovchi kuchdir. 
Manfaatlar  -  bu  odamlar  ehtiyojini  munosabatlar  orqali  ifodalanishidir.  Mulkchilik  ham 
kishilarning  iqtisodiy  manfaatlarini  aks  ettiradi.  Mulkning  qanday  doirada  alohidalashuviga 
qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat 
manfaati va boshqalar. 

Har bir kishi о‗z shaxsiy manfaatiga, oila a‘zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan jamoasi 
miqyosida  manfaatga,  yashayotgan  yurtida  shu  yurtning  fuqarosi,  jamiyat  a‘zosi  sifatida 
manfaatga ega. 
Har bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan  о‗rni, 
uniig  shaxsiy  manfaatini  yuzaga  keltiradi.  U  о‗z  ehtiyojini  qondirish  uchun  harakat  qilib 
manfaatni  yuzaga chiqaradi. Buning uchun u  о‗z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Har 
bir  firma,  jamoa,  korxona  boshqalaridan  alohidalashgan  holda  xо‗jalik  yuritar  ekan,  shu 
jamoaning  umumiy  ishlovchilarini  birlashtiradi.  Har  bir  inson  о‗z    yurtining    fuqarosi  sifatida 
umumdavlat  manfaatini  ifodalaydi.  Umumdavlat  manfaati  butun  xalq  maqsadining 
umumiyligidan dalolat beradi. 
Manfaatlar obyektiv hamda subyektivdir. Obyektivligiga sabab ehtiyojlarning obyektivligi, 
ikkinchi tomondan, manfaat har bir subyektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi. 
Manfaatlar,  shuningdek,  bir  tomondan  umumiy,  ikkinchi  tomondan  xususiydir. 
Manfaatlarning  umumiy  bо‗lishiga  sababshuki,  avvalo,  har  bir  inson  ma‘lum  bir  oilada, 
mamlakatda,  qolaversa,  Yer  sharida  yashaydi,  mehnat  qiladi.  Insonlar  uchun  shunday 
umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaatlar tarzida namoyon bо‗ladi. Masalan: 
atrof muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar. 
Manfaatlarning  xususiyligi  har  bir  subyektning  о‗z  manfaati  borligidan  kelib  chiqadi.  Bu 
manfaat  aynan  uning  maqsadini  ifodalaydi,  boshqalarning  manfaatidan  ajralib  turadi  hamda 
boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi. 
Insonning  shaxs  sifatida  hamda  mulk  egasi  sifatida  manfaatlari  bо‗lib,  ular  bir  biridan 
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi. 
Har  bir  shaxsning  inson  sifatida  manfaati  uning  hayotiy  ehtiyojlarini  ifodalasa,  mulkdor 
sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi. 
Bu  jarayonda  barchaning  manfaati  doimo  bir  biriga  mos  kelavermaydi.  Natijada  manfaat 
egalari  о‗rtasida  turli  nizolar  konfliktlar,  qarama  qarshiliklar  kelib  chiqadiki,  uni  bartaraf 
qilishning yagona yо‗li mavjud mulk huquqi va uni amalga oshirish uchun qabul qilingan qonun 
talablariga rioya qilishdir. 
Manfaatlarga  turli  jihatdan  yondashish,  har  bir  insonning  manfaatlarini  о‗zida 
mujassamlashtiruvchi  subyekt  sifatida  iqtisodiy  faoliyat  jarayonida,  о‗zini  qanday  tutishi 
mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi. 
Bozor  iqtisodiyotining  muhim  tomoni,  afzalligi  ham  shundaki,  bozor  ishtirokchilari  bozor 
munosabatlariga о‗z manfaatlaridan kelib chiqib kirishadilar. О‗z manfaatlarini kо‗zlash, amalga 
oshirish uchun xarakat boshqalarning manfaatini ham о‗ylashga majbur qiladi. Biror turdagi tovar 
ishlab  chiqaruvchi  yoki  xizmat  kо‗rsatuvchi  о‗z  manfaatini  kо‗zlab  biron  tovar  ishlab  chiqarar 
ekan, uni sotish uchun ilojsiz ravishda xaridor manfaatini ham  yо‗lashga majbur. Chunki uning 
nafliligi,  ya‘ni  iste‘mol  qiymati,  narxi  xaridorni  qoniqtirmasa  xaridor  tovarni  sotib  olmaydi.  U 
xaridor manfaatiga moslashadi. Bu esa boshqalarning ham manfaatini ta‘minlashga olib keladi. 
Mulk  egasining  maqsadini  amalga  oshirish  natijasida  mulk  iqtisodiy  realizatsiya  qilinadi. 
Mulkning iqtisodiy realizatsiya qilinishi mulk egasining manfaati amalga oshganida ifodalanadi. 
Mulkchilik  real  bо‗lishi  uchun  mulkdorning  iqtisodiy  manfaati  amalga  oshuvi  shart,  ya‘ni  о‗z 
manfaati  yо‗lida  ishlata  olish  imkoniga  ega  bо‗lishi  kerak.  Masalan,  avtomobil  egasi  о‗z 
mashinasini ijaraga berish, garovga qо‗yish, о‗zi minishi va boshqa imkoniyatlarga ega bо‗lishi 
kerak. Agar shunday imkoniyatlar bо‗lmasa mulk formal bо‗ladi. 
Mulkning  shakli  hamda  miqyosiga  qarab  uning  realizatsiyasi  ham  har  xil  usullar  orqali 
yuzaga chiqadi: о‗z mulkini kapital sifatida ishlatib boshqalar mehnatini qо‗llab yoki о‗z mehnati 
bilan tadbirkorlik qilib daromad olish; о‗z mulkini ijaraga berib ijara haqi, pul shaklidagi mulkini 
qarzga  berib  foiz,  mulkini  qimmatga  sotib  daromad  olishi;  yollanib  ishlash  orqali  о‗z  mulki 
bо‗lgan ish kuchidan daromad, ya‘ni ish haqi olish. 
Shunday qilib, turli iqtisodiy faoliyat orqali mulk yuzaga chiqib, о‗z egasiga daromad - naf 
keltiradi. О‗z mulkini ishlatib qanday daromad topish mulk egasining salohiyatiga kо‗p jihatdan 
bog‗liq. 

Mulk  tejamkorlikni  yuzaga  keltiradi.  Mulk  egasi  о‗z  mulkini  asraydi,  avaylaydi,  tejab-
tergab ishlatadi. Agarda mulk egasi uchun о‗z qadrini yо‗qotsa, uni zarur bо‗lgan boshqa kishiga 
sotib yuboradi. Kо‗pchilik mulk sohibi bо‗lgandagina jamiyat boyligini saqlashi va kо‗paytirishi 
mumkin.  Demak,  mulk  huquqi  jamiyat  taraqqiyotida  qanday  rol  о‗ynashi  va  uning  buzilishi 
qanday oqibatlarga olib kelishini о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish va uni chuqur о‗rganishga 
yо‗naltirish lozim. 
 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling