Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Mulk egalarida ma‟naviy boylikni shakllantirish


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26

4. Mulk egalarida ma‟naviy boylikni shakllantirish 
 
Insonlarning  iqtisodiy  faoliyati  ma‘lum  bir  sharoitda  yoki  muhitda  yuz  beradi.  Uning 
asosini ikki: ijtimoiy va tabiiy muhit tashkil qiladi. Tabiiy muhit shu  yerda istiqomat qilayotgan 
kishilarga  mavjud,  tabiatan  berilgan  imkoniyatni  ifodalasa,  ijtimoiy  muhit  esa  birinchidan  — 
mulkchilik munosabatlari, ikkinchidan esa jamiyatning ijtimoiy qurilishiga bog‗liq bо‗ladi. 
Jamiyatdagi mavjud mulkchilik munosabatlariga kо‗ra: 
• kishining jamiyatda tutgan о‗rni; 
• yaratilgan mahsulotdagi hissasi; 
• jamiyat hayotidagi roli va boshqalar shakllanadi. 
Xususiy  mulk  tabaqalanishini  kuchaytiradi.  Shuning  uchun  jamiyatdagi  haddan  tashqari 
tabaqalanishni  cheklash  uchun  davlat  ijtimoiy  muhit  yaratishi  lozim.  Qator  ne‘matlardan, 
masalan,  о‗rmon,  dam  olish  zonalari,  qо‗riqxona,  suv  resurslari,  ijtimoiy  transport  va 
hokazolardan barcha foydalanishi uchun imkon yaratishi zarur. 
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, ya‘ni qurilishi qonunchilikka asoslangan bо‗lishi zarur, ya‘ni 
huquqiy normalar ishlovchi fuqarolar, ishsizlar, turli sabablarga kо‗ra ishlamayotganlarni himoya 
qilishi,  ijtimoiy  qonunchilikka  kо‗ra  ijtimoiy  sug‗urta,  pensiya,  nafaqa,  yordam  va  boshqa 
tо‗lovlarni joriy qilishi, shuningdek jamiyatning sotsial muhitini yaxshilashi kerak. 
Jamiyat  ijtimoiy  muhiti  uy-joy  ta‘minoti,  kommunal  va  maishiy  xizmat,  mehnat  sharoiti, 
bо‗sh vaqtdan foydalanish, sog‗liqni saqlash, maorif, madaniyat va boshqalarni о‗z ichiga oladi. 
Hozirgi  paytda  о‗rtacha  dunyoda  100  nafar  mehnatga  qobiliyatli  kishi  70  nafar  bola  va 
qariyalarni ta‘minlaydi. 
Jamiyat  boyligini  saqlash  va  kengaytirish  uchun  kо‗pchilikni  mulkdor,  mol  sohibiga 
aylantirish zarur. 
Tadbirkorlik, kichik biznes orqali xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun zarur 
shart-sharoitini yaratilish jamiyatining siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy jihatdan ham yangilanishini 
mazmuni mohiyatini belgilab beradigan asosiy vazifa о‗rta sinf mulkdorlar sinfini shakllantirish 
vazifasini hal etiladi. 
Mulkchilik  real  bо‗lishi  uchun  mulkdorning  iqtisodiy  manfaati  amalga  oshishi  kerak. 
Mulkdorning iqtisodiy manfaati uning boylik egasi  sifatidagi  hayotiy ehtiyoji bо‗lib,  uning say-
harakati, fe‘l-atvori, iqtisodiy faoliyati sababini yuzaga chiqaradi. 
Mulk  egasi  о‗z  manfaatini  tо‗laroq  amalga  oshirishi  uchun  uni  о‗zi  bajarayotgan  ishini, 
kasbni puxta egallagan bо‗lishini ham taqozo qiladi. 
Mulk tejamkorlikka undan asrab, avaylab foydalanishga olib keladi. О‗z-о‗zidan ma‘lumki, 
egasi  yо‗q  buyumga  hech  kimning  joni  achimaydi.  Mulk  yо‗q  joyda  moddiy  va  mehnat 
resurslarini tejashga intilish ham bо‗lmaydi. Egasiz resurslar talon-taroj qilinadi. 
Mulkiy  huquq  bu  boylikni  tasarruf  eta  bilish,  resurslarni  ishlatishni  nazorat  qilish,  jasorat, 
foyda - zararni о‗z zimmasiga olish huquqidir. 
Mulkdor manfaati bu faqatgina tirikchilik ehtiyoji emas. Bu mulkni miqyosi, hajmiga qarab 
uning kishilar о‗rtasida obru-e‘tiborga orttirishini ham о‗z ichiga oladi. Bunda turli xayrli ishlar 
qilish; maktab, yо‗l, kо‗prik, kasalxona va boshqalar qurishi, kam ta‘minlangan oilalarga yordam 
berish va hokazolar. 
Iqtisodiy mо‗jizalarga erishgan davlatlar tajribasi kо‗rsatadiki, qayerda ma‘naviyat, ilm-fan, 
texnika  rivojiga  e‘tibor  berilsa,  о‗sha  yerda  ijtimoiy  yuksalish  rо‗y  beradi,  iqtisodiyot  tez  va 
samarali rivojlanadi. 

Ma‘rifatsizlik  pulparastlikni,  shafqatsizlikni  keltirib  chiqaradi,  mehr-oqibatni  sundiradi. 
Ma‘naviy kambag‗allik moddiy kambag‗allik kabi tezda kо‗zga tashlanmaydi, sezilmay oz-ozdan 
yig‗ilib  boradi  va  ma‘naviy  qashshoqlikka  olib  boradi.  Ma‘naviy  qashshoqlik  esa  moddiy 
kambag‗allikdan bir necha barobar og‗irroqdir. 
Ajdodlarimiz  tarixiy  tajribalarga  tayangan  holda  inson  hayotda  mо‗l-kо‗l  moddiy  nemat 
egasi  bо‗lish,  undan  istagancha  foydalanish  bilan  birga,  manaviy  ne‘matlardan  baxramand 
bо‗lmog‗i,  bо‗lganda  ham,  moddiy  ne‘matlarga  qaraganda  ham  kо‗proq  oziqlanmog‗i  lozim 
degan  xulosaga  kelganlar.  Shu  tariqa  jismoniy  va  ma‘naviy  uyg‗unlik  mujassam  bо‗lgan  ideal 
inson yuzaga kelishi kutilgan. Zakovatli ajdodlarimiz insonning о‗zini takomillashtirmay turib, u 
yuzaga keltirgan jamiyatni  ideal  darajaga kо‗tarish mumkin  emas, deb о‗ylaganlar.  Insonni о‗z 
nafsining  quli  bо‗lib  qolishi  yaxshilikka  olib  kelmasligini  kо‗rsatganlar.  Bu  fikrlar  ajdodlarimiz 
yaratgan adabiy, falsafiy, tarixiy asarlar orqali bizgacha yetib kelgan. 
Mulk  egalarida  ma‘naviy  boylikni  shakllantirish  uchun  yoshlarni  axloq-odob  tarbiyasiga 
alohida  ahamiyat  berishimiz,  u  yetakchi  о‗rinda  bо‗lishi  lozim.  Jamiyatdagi  barcha  yutuq  va 
kamchiliklar insonning ma‘naviy kamolotiga borib taqaladi. Axloq va odob tarbiyasiga e‘tiborsiz 
qaragan jamiyatning kelajagi achinarli bо‗lib, bunday jamiyatda moddiy boyliklar qanchalik kо‗p 
bо‗lmasin uning kelajagi porloq bо‗la olmaydi, ma‘naviy qashshoqlik oxir-oqibat uni inqirozga 
yuz tutishiga olib keladi. Shu sababli ham jamiyat ravnaqini ta‘minlash uchun yoshlarni ma‘naviy 
jihatdan  barkamol  bо‗lishiga  diqqat  qaratish,  buning  uchun  esa  ahloq  va  odob  tarbiyasini 
mukammallashtirish talab etiladi. 
Shuning  uchun  ham,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida,  bu  masalaga  alohida  diqqat 
qaratilgan.  Dasturning  «Ma‘naviy-axloqiy  tarbiya  va  ma‘rifiy  ishlar»  bobida  yosh  avlodni 
ma‘naviy  axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy  madaniy  tarixiy  annalariga,  urf-odatlari 
hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari 
ishlab  chiqilib  amaliyotga  joriy  etiladi,  shaxsni  tarbiyalash  va  uni  har  tomonlama  kamol 
toptirishning  ustuvorligi  ta‘minlanadi.  Umumiy  hamda  pedagogik  madaniyatni  oshirish 
maqsadida mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar takomillashtirilib borilishi ta‘kidlangan. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1.  Nima sababdan mulkdorlik psixologiyasini shakllantirish zarur? 
2.  Nima sababdan erkinlikning iqtisodiy asosi - mulk munosabatlari bо‗lishiga sabab nima? 
3. О‗zlashtirishning qanday shakllari mavjud va u nimalarga bog‗liq? Unga mos  ravishda 
odamlarda qanday psixologiya shakllanadi? 
4.  Mulk  haqidagi  dastlabki  tushuncha  qayerda  beriladi?  Sizningcha,  bunda  nimalarga 
e‘tibor berish kerak? 
5. Nima sababdan mulkchilik - mas‘uliyat bilan manfaatlarni uzviy birligi hisoblanadi? 
6.  Nega  mamlakatimizda  haqiqiy    mulkdorlar  sinfiii  qaror  topishiga  alohida  diqqat 
qaratilmoqda? 
7.  Nima uchun xususiy mulk har qanday davlatning demokratik negizlari barqarorligining 
iqtisodiy asosi hisoblanadi? 
8. Manfaatlar nima va u mulkchilik munosabatlari bilan qanday bog‗lik? Bu haqda yoshlar 
nimalarni bilishi kerak? 
9.  Mulk egalarida ma‘naviy boylikni shakllantirishning zaruriyati nimada? 
 
 
 
 
 
 
 
 

14-Ma‟ruzaSHARQ MUTAFAKKIRLARINING IQTISODIY QARASHLARI 
 
Reja 
 
1.  Quroni  Karim  va  Hadislardagi  iqtisodiy  tarbiy,  Ibn  Sino,  Farobiy  va  Yusuf  Xos 
Hojibning iqtisodiy qarashlari. 
2. Abu Nasr Farobiyning inson kamoloti haqidagi ta‘limoti 
3. Alisher Navoiyning iqtisodiy merosi. 
4. Mutafakkirlarning iqtisodiy qarashlarining bugungi kun bilan bog‗liqligi. 
 
Tayanch  iboralar:  Ahmad  Donish,  Mirzo  Azim  Somi,  Muhammad  ibn  Abdusalom, 
Abdurauf Fitrat, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu 
Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur. 
 
1.          Quroni  Karim  va  Hadislardagi  iqtisodiy  tarbiya,  Ibn  Sino  va  Yusuf  Xos 
Hojibning iqtisodiy qarashlari. 
 
 Markaziy Osiyo buyuk donishmandlarining falsafiy va ijtimoiy ta‘limotlaridagi iqtisodiy 
meroslari  umuman  kо‗p  jihatli  hamda  mazmunan  boydir.  Markaziy  Osiyo  olimlari  gо‗zallik 
masalasiga  о‗z  davrida  eng  muhim  muammolaridan  biri  ekanligini  ta‘kidlash  bilan  uning 
mohiyatini ochish uchun intilganlar. 
О‗lkamizda  iqtisodiy  tarbiya  nazariyasining  shakllanishi  va  rivojlanishi  haqida  sо‗z 
yuritilar ekan, ularning ijtimoiy va iqtisodiy g‗oyalari har doim о‗tmishda avloddan avlodga qolib 
kelayotgan qimmatli о‗gitlari hayot bilan doimo chambarchas bog‗liqligi ma‘lum. 
О‗zbek  xalqining  kо‗zga  kо‗ringan  mashhur  allomalaridan  biri,  faylasuf  Ahmad  Donish 
hisoblanadi.  Bu buyuk olim  iqtisodiy tarbiya nazariyasiga о‗zining ulkan hissasini qо‗shgan  va 
iqtisodiy g‗oyalarni rivojlantirgan. Uning qoldirgan merosi Markaziy Osiyoda iqtisodiy tarbiyani 
yuksaltirish  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  qiladi.  О‗tmishdagi  Markaziy  Osiyoning  ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy,  falsafiy  va pedagogik  g‗oyalari  asosida ideal  jamiyat  tuzimini nisbatan qayta 
qurish muammosini birinchi bо‗lib Ahmad Donish tomonidan olg‗a surilgan. 
A.Donish diplomatik sekretar sifatida uch marta Sankt-Peterburgga borgan. A.Donishning 
qilgan  safarlari  uning  dunyoqarashiga  ma‘lum  darajada  о‗z  ta‘sirini  о‗tkazadi.  A.Donishning 
«Redchaysheye  proishestviye»  («Noyob  voqea»)  asari  1870-1885  yillar  davomida  15  yilda 
yaratilgan. Uning bu asari tarixiy-didaktik va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi axloq-odob shakllari 
tanqidiy  tahlil  asosida  bayon  qilingan.  Asar  23  bobdan  iborat  bо‗lib,  iqtisodiy  g‗oyalar  nuqtai 
nazaridan  о‗rganish  huquqiy  turmush  tarzi,  hunarmandchilikning  afzalligi,  tinch-totuv  yashash 
tarzi, yosh avlod qoida tartiblari va boshqalarni о‗rganishga undaydi. 
Abu  Ali  Ibn  Sino  (980-1037).  Sharqda  fan  yulduzi  hisoblangan  Ibn  Sino  matematika, 
astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot,  dorishunoslik,  ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, 
filologiya, ta‘lim-tarbiya sohalarida ijod qilgan va jahonga mashhur bо‗lgan yirik asarlar meros 
qoldirgan allomadir. 
IX asr oxiri X asr boshlariga kelib, о‗lkada ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkablashganligi 
sababli  Ibn  Sino  Xorazmga  -  Urganchga  kо‗chib  keladi.  Xorazmda  u  qator  olimlar  bilan 
hamkorlikda  Abu  Rayhon  Beruniy  boshqarayotgan  «Ma‘mun  akademiyasi»  da  ilmiy  ish  bilan 
shug‗ullana  boshlaydi.  Ibn  Sinoning  250  dan  ziyod  ilmiy  asarlari  avlodlarga  boy  meros  bо‗lib 
qolmoqda...  Fanlarni  tasnif  etgan  Ibn  Sino  birinchi  о‗ringa  tibbiyot  fanlarini  qо‗yadi.  Falsafani 
esa  ikki  guruhga:  nazariy  va  amaliy  guruhlarga  ajratgan.  Nazariy  guruh  kishilarni  о‗zidan 
tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga boshlasa, amaliy qism bizga bu dunyoda 
nimalar qilishimiz kerakligini о‗rgatadi, deb ta‘kidlagan. 
U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, 
metafizika, dunyo qonuniyatlarini о‗rgatuvchi barcha fanlarni kiritadi. 

Ibn  Sino  kamolotga  erishishning  birinchi  mezoni  -  bu  ma‘rifatni  egallash  deb  aytgan. 
Chunki  ilm-fan  inson  uchun  xizmat  qilib,  u  tabiat  qonunlarini  ochib  avlodlarga  yetkazishi 
zarur**». 
Talabalarga  bilim  berish  о‗qituvchining  mas‘uliyatli  burchi  hisoblanadi.  Shunga  binoan 
Ibn Sino о‗qituvchisining qanday bо‗lishi haqida: 
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bо‗lish; 
- berilayotgan bilimning talabalar qanday о‗zlashtirib olayotganiga e‘tibor berishi; 
- ta‘limda turli metod va shakllardan foydalanish
 
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi; 
- fanga qiziqtira olishi; 
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; 
- har bir sо‗zning bolalar hissiyotini uyg‗otish darajasida bо‗lishiga erishish zarurligi*. 
Ibn Sino aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiya inson kamolotida muhim ahamiyatga ega deb 
ta‘kidlagan.  Uni  nazariy  va  amaliy  jihatdan  tahlil  qilgan.  Ibn  Sino  birinchi  bо‗lib,  jismoniy 
tarbiyaning  ilmiy-pedagogik  jihatdan  bir  butun  tizimini  yaratadi.  Jismoniy  mashqlar,  tо‗g‗ri 
ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tarbiyasiga amal qilish, inson sog‗ligini saqlashda kafolatli 
omil ekanligini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslagan. 
Shunday  qilib,  Ibn  Sinoning  ta‘lim-tarbiya  haqidagi  g‗oyalari  insonning  aqliy,  axloqiy-
estetik  hamda  jismoniy  rivojlanishi,  uning  kamolga  erishishida  asosiy  mezon  ekanligi  bayon 
qilingan. 
 
2. Abu Nasr Farobiyning inson kamoloti haqidagi ta‟limoti 
 
Abu Nasr Farobiy. Uning inson kamoloti haqidagi ta‘limoti ta‘lim-tarbiya sohasida katta 
ahamiyatga ega.  Farobiy mashhur  yunon faylasufi  Arastudan  keyin  Sharqda dong taratgan  yirik 
mutafakkir - «ikkinchi muallim» sanaladi. 
Farobiy 873 yilda Toshkent (Shosh) ga yaqin Farob (О‗tror) degan joyda harbiy xizmatchi 
oilasida  tavallud  topgan.  Farobda  boshlang‗ich  ta‘limni  olgach,  Shoshda,  Buxoroda, 
Samarqandda  tahsil  olgan.  Farobiy  Bag‗dodda  о‗rta  asr  fanini  turli  sohalarini  о‗rganadi.  U 
Bag‗dodda  matematika,  mantiq,  tibbiyot,  ilmiy  nujum,  musiqa,  tibbiyot,  huquq,  tilshunoslik, 
poetika  bilan  shug‗ullanadi  va  kо‗p  tillarni  о‗rganadi.  Ayrim  manbalarda  Farobiy  yetmishdan 
ortiq tillarni bilganligi qayd etiladi. 
Farobiy  ta‘lim-tarbiyaga  oid  asarlarida  ta‘lim-tarbiyaning  muhimligi,  usullari  va  uslubi 
haqida  fikr  yuritadi.  «Fozil  odamlar  shahri»,  «Baxt-saodatga  erishuv  tо‗g‗risida»,  «Ilmlarning 
kelib  chiqishi»,  «Aql  ma‘nolari  tо‗g‗risida»  va  boshqa  asarlarida  ijtimoiy-tarbiyaviy,  iqtisodiy-
tarbiya  masalalari  bayon  etilgan.  Farobiy  inson  kamolotga  yolg‗iz  о‗zi  erisha  olmaydi.  U 
boshqalar  bilan  muloqotda  bо‗lishi,  ularning  munosabatlariga  muhtojligini  ta‘kidlaydi.  Buning 
uchun ta‘lim-tarbiyani  tо‗g‗ri  yо‗lga qо‗yish  bilan erishiladi,  deydi.  Chunki  maqsadga munosib 
amalga oshirilgan ta‘lim-tarbiya insonni aqliy, axloqiy jihatdan kamolotga yetaklaydi. Umuman 
inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini tо‗g‗ri bilib oladi va hayotda tо‗g‗ri yо‗l tutadi, о‗zgalar 
bilan tо‗g‗ri muloqotda bо‗ladi, jamiyat tartib-qoidalariga amal qiladi. 
Farobiy birinchi bо‗lib, ta‘lim-tarbiyaga ta‘rif bergan olim hisoblanadi. Ta‘lim degan sо‗z 
insonga о‗qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya esa - nazariy fazilatni, ma‘lum 
hunarni egallash uchun zarur bо‗lgan xulq normalarini, amaliy о‗rgatishga chorlaydi. 
Farobiy  aytadi:  «Ta‘lim  degan  sо‗z  xalqlar  va  shaharliklar  о‗rtasida  nazariy  fazilatni 
birlashtirish, tarbiya esa - shu xalqlar о‗rtasidagi tug‗ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini 
birlashtirish degan sо‗zdir. 
Ta‘lim  faqat  sо‗z  va  о‗rgatish  bilangina  bо‗ladi.  Tarbiya  esa  amaliy  ish,  tajriba  bilan, 
ya‘ni  shu  xalq,  shu  millatning  amaliy  malakalaridan  iborat  bо‗lgan  ish-harakat,  kasb-hunarga 
berilgan bо‗lishi, о‗rganishdir*», - degan edi. 

Farobiyning ta‘lim-tarbiya yо‗llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham foydalidir. 
Ta‘lim-tarbiyada  iqtisodiy  tarbiya  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ta‘lim-tarbiya  insonda  gо‗zal 
fazilatlarni  shakllantiradi.  Ta‘lim  nazariy  fazilatlarni  birlashtirsa,  tarbiya  esa  tug‗ma  fazilat  - 
nazariy  bilimlar  va  amaliy  kasb-hunar,  xulq-odob  fazilatlarini  birlashtiradi,  ta‘lim  sо‗z  va 
о‗rganish  bilan,  tarbiya  esa  amaliy  ish,  tajriba  bilan  amalga  oshiriladi,  deydi.  Har  ikkalasi 
birlashsa,  yetuklik  namoyon  bо‗ladi,  ammo  bu  yetuklik  bilim  va  amaliy  kо‗nikmalarni  qay 
darajada  о‗rganilganiga  qarab  ifoda  topadi.  Farobiy  ta‘lim-tarbiya  ikki  yо‗l  bilan  amalga 
oshiriladi deb ta‘kidlaydi. 
«Amaliy  fazilatlar  va  amaliy  san‘atlar  (kasb-hunar)  va  ularni  bajarishga  odatlanish 
masalasiga  kelganda,  bu  odat  ikki  yо‗l  bilan  hosil  qilinadi:  birinchisi  -  qanotbaxsh  sо‗zlar, 
chorlovchi,  ilhomlantiruvchi  sо‗zlar  yordamida  odat  hosil  etiladi,  malakalar  vujudga  keltiriladi, 
odamdagi  g‗ayrat,  qasd-intilish  harakatga  aylantiriladi.  Ikkinchi  yо‗l  (yoki  usul)  -  majbur  etish 
yо‗li. Bu usul gapga kirmaydigan, qaysar kishilarga qо‗llaniladi»*. 
Xullas,  Farobiy  ta‘lim-tarbiyada  rag‗batlantirish,  odatlantirish,  majbur  etish  metodlarini 
ilgari surgan. 
Shunday qilib, insonning kamolotga yetishida aqliy va axloqiy tarbiyaning о‗zaro aloqasi 
muhim  ahamiyatga  egadir.  Bunda  Farobiy  tavsiya  etgan  ta‘lim-tarbiya  usullari  hozirgi  davrda 
ham  о‗z  ahamiyatini  yо‗qotmagan.  Iqtisodiy  tarbiyaning  diqqatga  sazovorligi  -  bu  davr 
taqozosidir. 
 
3. Alisher Navoiyning iqtisodiy merosi. 
 
Alisher  Navoiy  (1441-1501).  Buyuk  mutafakkir  adabiyot,  tarix,  til  bilimlari,  musiqa, 
xattotlik,  tasviriy  san‘at,  me‘morchilik  va  hokazolarni  rivojlantirish  bilan  bir  qatorda  ta‘lim-
tarbiyani takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratgan. 
A.Navoiy  fikricha,  komil  insonga  xos  bо‗lgan  eng  yuksak  fazilatlarga:  ijodkorlik, 
qobiliyat,  ilm-fanga  muhabbat  kiradi,  deb  bayon  etgan.  Shuning  uchun  u  ilmni  qorong‗ulikni 
yoritadigan  chiroq,  hayot  yо‗lini  nurafshon  etadigan  quyosh,  odamlarning  haqiqiy  qiyofasini 
kо‗rsatadigan omil tarzida ifodalaydi. 
Demak,  A.Navoiy  ilm-fan  inson  kamoloti  uchun  eng  zarur  fazilat  deb  uqtiradi.  Shunga 
binoan  о‗z  asarlarida  kishilarni  ilm-ma‘rifatli  bо‗lishga  chorlaydi  va  ilmli  bо‗lish  har  bir  inson 
uchun muqaddas burch hisoblaydi. 
A.Navoiy  yaxshi  xulq  asosi  -  odob  insoniy  hislatlarning  boshlanishi  hisoblanadi  degan. 
A.Navoiy davom  etib:  haqiqiy insonga xos  hislatlar  -  qanoat,  sabr, tavozu‘, ishq,  vafo, sahovat, 
himmat,  karam,  muruvvat,  hilm  (yumshoq  kо‗ngillilik)  xuddi  shu  odobli  kishida  tarkib  topadi, 
deb ta‘kidlagan. 
Masalan,  «Qanoat  -  buloqdir,  xazinadir,  ekinzordir,  daraxtdir.  Qanoat  -  buloqdir,  suvi 
olingani bilan qurimaydir. Xazinadir - naqidnasi sochgan bilan kamaymaydir. Ekinzordir - urug‗i 
izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkazadi**», - 
deb bayon etgan. 
Demak,  qanoat  insoniylik  belgisi.  U  insonni  yomon  kunlardan  asraydi.  Chunki,  qanoat 
qanchalik  og‗ir  va  mashaqqatli  bо‗lmasin,  insonni  nafs  balosidan,  dо‗st-dushmandan, 
ta‘magirlikdan xalos etadi. Shuning uchun alloma hech qachon ta‘maga berilmaslik, halol mehnat 
bilan hayot kechirish qay darajada ulug‗ligini ta‘kidlab, ta‘ma va ochkо‗zlik, xasislik insoniylik 
zavoli, deb ta‘riflaydi.  
«Sabr  achchiqdir,  ammo  foyda  beruvchi,  qattiqdir  -  ammo  zararni  daf‘  etuvchi,  sabr 
shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir*...». 
A.Navoiy davridagi ta‘lim-tarbiya talablariga binoan insonning har tomonlama barkamol 
bо‗lib  yetishishida  kishilarning  jismoniy  sog‗lom  va  baquvvat  bо‗lishiga  ham  jiddiy  e‘tibor 
berilgan. 

Jumladan,  uning  qahramonlari  Farhod,  Qays,  Iskandar  obrazlarida  jismoniy  tarbiya  va 
dilovarlik  ta‘limini  kо‗ramiz.  Zero,  bunday  ta‘lim-tarbiya  qadim  davrlardan  boshlab,  an‘anaviy 
tarzda davom etib, takomillashib borgan. 
Taom  yeyish  qoidalariga  rioya  etish  sihat-salomatlikni  saqlashning  eng  birinchi  talabi 
sifatida talqin qilingan. 
 
4. Mutafakkirlarning iqtisodiy qarashlarining bugungi  
kun bilan bog„liqligi. 
 
A.Navoiy  asarlarida  komil  insonni  tarbiyalash  uslub  va  usullari,  vositalari  ham 
ifodalangan.  U  tarbiyada  insonning  о‗z-о‗zini  tarbiyalashga,  xato  va  kamchiliklarni  anglab, 
tuzatishga e‘tibor beradi: yanglishish va xato kishilikning shartidir. Yanglishish va xatoni anglab, 
ogohlangan  baxtli  kishidir.  Kimki,  e‘tirof  tomon  qaytar  ekan,  xatosi  yо‗qoladi.  Kimki,  dalil 
keltirib aljirayversa, xatosini bir karra oshiradi. Mubolag‗asi qancha kо‗proq bо‗lsa, yanglishishi 
shuncha  kо‗rimliroq  bо‗lur,  о‗zini  katta  kо‗rsatib,  tortishuvi  qancha  esa  ortiqroq,  о‗zi  xalq 
о‗rtasida shuncha rasvoroq kо‗rinur. YA‘ni, kishi xato qilganda yanglishganini bо‗yniga olsa - bu 
yaxshi.  Agar  о‗z  xatosiga  dalil  kо‗rsata  bersa,  uning  xatosi  yana  ikki  barobar  ortadi,  deydi 
alloma. 
A.Navoiy  ta‘lim-tarbiya  masalalariga  alohida  e‘tibor  berar  ekan,  tarbiya  jarayonlarini, 
vositalarini,  talablarni  kо‗rsatadi.  U  ta‘limda  ilmiylikka  asoslanganlik,  tarixiylik  kabi  talablarni 
asos  qilib  oladi.  О‗z  davridagi  musulmon  maktablarini  yutuq  va  kamchiliklarini  tahlil  etadi.  U 
о‗qituvchi haqida gapirar ekan, muallim о‗z shogirdlarini ham, о‗zi ta‘lim berayotgan fanni ham 
sevgan bо‗lishi zarur deydi. О‗ziga ham, о‗quvchiga ham talabchan bо‗lishni uqtiradi. A.Navoiy 
о‗qituvchini jamiyatda obrо‗li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni vatandek 
juda hurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uqtiradi.  
Buyuk  alloma  A.Navoiyning  iqtisodiy  tarbiya  nazariyasiga  oid  qarashlari  alohida 
berilmagan  bо‗lsa  ham,  uning  qator  asarlarida  iqtisodiy  tarbiyaga  oid  о‗gitlari,  isrofgarchilikka 
qarshi teran fikrlari iqtisodiy tarbiyaga oid ekanligiga hech qanday shubha yо‗q...  
Fikrimizning  dalili  sifatida  sobiq  Sovet  Ittifoqi  zamonida,  aniqrog‗i  XX  asrning 
oltmishinchi  yillarida  О‗zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  iqtisod  institutida 
Iskandar  Yusupov  «A.Navoiyning  iqtisodiy  qarashlari»  mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini 
rus tilida himoya qilgan («Ekonomicheskiye vzglyadо‗ Alishera Navoi»). 
Abdurahmon  Jomiy  (1414-1492).  A.Jomiy  1414  yilning  7-noyabrida  Jom  shahrida 
tavallud topgan. Jomiy taxallusi u tug‗ilgan joy - Jom shahri nomidan olingan... 
Jomiy matematika, arab  tili, adabiyot,  sintaksis,  badiiyot  ilmi, musiqa, falakiyot,  falsafa, 
fiqh, notiqlik ilmi, Qur‘onni о‗qish va sharhlash kabi fanlardan chuqur bilim olgan, dunyoqarashi 
keng inson, shoir va olim sifatida mashhur bо‗lgan. U о‗ta kamtar va hokisor inson bо‗lgan. 
Jomiy  1469  yilda  Hirotda  A.Navoiy  bilan  uchrashib  qoladi  va  ular  о‗rtasida  samimiy 
dо‗stlik munosabatlari paydo bо‗ladi, bu dо‗stlik esa alloma umrining oxirigacha davom etadi. U 
1472  yilda  haj  safari  bilan  Makkayu-Mukarrama  shahriga  boradi.  Safar  jarayonida  Jomiy  turli 
shaharlarda bо‗lib, mashhur olimlar, shoir va mutafakkirlar bilan muloqotda bо‗ladi.  Ikki  yillik 
safardan sо‗ng, yana Hirotga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda hayot kechiradi. 
 A.Jomiy  о‗z  asarlarida  insoniy  yuksaklikni  ta‘rif  etadi.  Uning  uchta  lirik  devoni,  yettita 
dostondan iborat «Haft avrang» (Yetti xat), ta‘lim-tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon 
madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qо‗shgan. 
A.Jomiyning ta‘limiy-axloqiy qarashlari uning asarlarida о‗z ifodasini topgan. 
A.Jomiy  bilim-hunarsiz  kishini  о‗tindan  boshqaga  yaramaydigan  mevasiz  daraxtga 
о‗xshatadi. U о‗z asarlarida tarbiyaning ahamiyatiga katta e‘tibor beradi...  
A.Jomiyning  «Pokizalar  shahri»,  uning  yuksak  orzu-umidi,  pok  qalbi  tasavvuridagi 
insoniyat tarxidagi ideal tuzum timsolidir. 
Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1530).  О‗zbek  adabiyotida  о‗z  salohiyatiga  ega 
bо‗lgan,  Temuriylar  sulolasining  sо‗nggi  vakillaridan  Bobur  Mirzo  О‗rta  Osiyoda  fan  va 

madaniyatning  rivojlanishiga  munosib  hissa  qо‗shgan,  g‗oyat  samarali  faoliyati  bilan  tarixda 
о‗chmas nom qoldirgan insondir... 
Jahon sharqshunoslari tomonidan olim  sifatida tan olingan. Bobur  fanning kо‗p sohalari 
bо‗yicha  qimmatli  ishlarni  amalga  oshirgan.  Yaqin  va  О‗rta  Sharq  xalqlari  madaniyati  tarixi 
uchun katta xizmat qilgan.  
Jumladan, professor H.Hasanov uni faqat davlat arbobi emas, balki mashhur lashkarboshi, 
tarixchi, geograf, biolog, musiqachi va me‘mor ham bо‗lgan shoir ekanligini e‘tirof etgan. 
Iste‘dod  sohibi  Bobur  12  yoshida  podsho  bо‗lganidan  boshlab,  to  umrining  oxirigacha 
о‗zi  kо‗rgan  voqealarni,  о‗z  qatnashgan  hodisalarni,  ana  shu  voqea  va  hodisalarga  dahldor 
bо‗lgan  yuzlab  tarixiy  shaxslar  hayotini,  fan  uchun  muhim  bо‗lgan  kо‗plab  dalillarni  adabiy 
shaklda  bayon  etgan  «Boburnoma»  va  she‘rlar  devonidan  tashqari,  musulmonlik  qoidalari  va 
qonunshunoslikka  bag‗ishlangan  «Mubayyin»,  arab  alfavitini  о‗zgartirish  haqidagi  «Xatti 
Boburiy»,  aruz  vazni  va  qofiya  masalalariga  oid  «Mufassal»,  shuningdek,  musiqa  va  harbiy 
san‘at  haqidagi  asarlarni  mohirona  yaratgan.  Bu  asarlar  ilm-fanni  yuksalishida  muhim  rol 
о‗ynaydi.  
Ulug‗  shoir,  adib,  tarixchi  va  olim  Mirzo  Boburning  ilmiy-adabiy  merosi  hozir  ham 
о‗zining  tarixiy-ma‘rifiy,  ilmiy  va  estetik  qimmatini  saqlab  kelmoqda.  Uning  kо‗p  qirrali 
merosida pedagogikaga doir biror maxsus asari, yo risola mavjud bо‗lmasa ham, deyarli barcha 
asarlarida hayotga va vatanga muhabbat hislarining yaqqol ifodasini, insonning yuksak burchi va 
kishilarning  ma‘naviy  qiyofasi,  tarbiyasi  haqida  teran  fikr-mulohazalari,  fan  va  dinga  oid 
masalalarini,  yaxshi  xulqli  va  odobli  bо‗lishga  chorlashi,  ilm-fan  va  ma‘rifatni  egallashga 
undashi, axloqiy va estetik g‗oyalarni, jо‗shqin va mazmundor hayot kechirishga targ‗ib qilishni 
va boshqalarni yaqqol kо‗rish mumkin.  
Bobur kishining hayotdagi eng asosiy burchi - hamma joyda ham о‗zini tuta bilishidan va 
yaxshi xulq-atvorli bо‗lishidan iboratligini bayon etgan. 
Insonlarga doimo yaxshilik qilish eng oliyjanob fazilatligini ta‘kidlab, aytadi: 
                            Bori elg‗a yaxshilig‗ qilg‗ilki, mundan yaxshi yо‗q, 
                            Kim degaylar daxr aro qoldi, falondin yaxshilig‗, 
kabi satrlar orqali bayon etadi. 
Mirzo  Bobur  о‗z  ijodida  ezgulikni,  inoqlikni,  vafodorlikni  ardoqlagan  shoir  о‗zidan 
avvalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabihlikni qoralaydi. О‗zbek xalqining «Har 
kim ekkanini о‗radi», - degan maqoliga javoban:  
                   Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,  
                   Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. 
                   Yaxshi odam kо‗rmagay yomonlig‗ hargiz, 
                   Har kimki yomon bо‗lsa, jazo topqusidir, 
deb  badiiy  ifodalaydiki,  Mirzo  Bobur  she‘rlarida  bunday  hayotiy,  jozibali  satrlarni 
kо‗plab uchratish mumkin. 
Mirzo Bobur fikricha, yoshlar shaxsini hayotning о‗zi shakllantiradi, lekin bunda mehnat 
va mehnatda toblanish muhim rol о‗ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan insonlardagina 
chinakam insoniy fazilatlar takomillashadi. 
Umuman  Boburning  ma‘naviy-ma‘rifiy  merosini  yosh  avlod  tarbiyasida  muhim 
ahamiyatga  ega  bо‗lgan  axloqiy,  ma‘rifiy,  tarbiyaviy  hamda  pedagogik  mazmundor  g‗oyalarini 
e‘zozlab qadrlanadi. 
 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling