Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Takrorlash uchun savollar


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

 
Takrorlash uchun savollar 
 
1.Mashhur  faylasuf  Ahmad  Donishning  iqtisodiy  tarbiya  rivojiga  qо‗shgan  hissalarini 
sо‗zlab bering. 
2.Mirzo  Azim  Somi  asarida  iqtisodiy  tarbiya    va  pedagogikaga  oid  masalalar  haqida 
sharhlang. 

3.A.Fitratning tarbiyaga oid g‗oyalarini ayting. 
4.Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiyning  ilmiy  bilim,  ta‘lim  usullari  va  fanga  qо‗shgan 
buyuk hissasi va iqtisodiy tarbiyada tutgan о‗rnini sо‗zlang. 
5.Abu Nasr Forobiyning ta‘lim-tarbiyaga oid asarlarini sharhlab bering. 
6.Abu Ali ibn Sinoning ta‘lim-tarbiya sohalarida jahonga mashhurligini isbotlab bering. 
7.A.Navoiyning tarbiyaga oid va iqtisodiy tarbiya haqidagi g‗oyalarini sо‗zlang. 
8.A.Jomiyning qaysi asarlarida ta‘lim va axloqiy g‗oyalari о‗z aksini topgan. 
9.Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi asarlarini bilasiz?    
 
15-Ma‟ruza: ISHBILARMON VA BIZNESMENLAR TARBIYASINING 
PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
Reja 
 
1.  Ishbilarmonlarni  tarbiyalashga  maqsadli  yondashish  va  obrо‗  talablikdagi  elementlar 
tо‗siqlarni yengish. 
2. Standart va ijodkorlik. 
3. Insoniyatning axloqiy qoidalari 
 
Tayanch  iboralar:  Ishbilarmonlarni  tarbiyalash,  standart  va  ijodkorlik,  mehnat 
tarbiyasining  ahamiyati,  pedagogik  etika,  etika  talablari,  pedagogik  etikaning  shartlari,  talabaga 
ta‘sir qilishning ahamiyati. 
 
1.  Ishbilarmonlarni tarbiyalashga maqsadli yondoshish va obrо„ talablikdagi 
elementlar tо„siqlarni yengish 
 
Inson tarbiyasi mehnatda namoyon bо‗ladi va va uning о‗z ishiga va u orqali jamiyatga, 
kishilarga,  predmetlarga  va  mehnat  mahsulotlariga,  shuningdek,  mehnat  faoliyati  jarayoniga 
bо‗lgan munosabatida kо‗rinadi. 
Bu  munosabatda  inson  hulqi  shakllanadi  va  uning  dunyoqarashini  shakllanishiga  ta‘sir 
kо‗rsatadi  bundan  tashqari,  mehnat  jarayonida  insonning  aqliy  qobiliyati  rivojlanadi,  chunki, 
mehnat  jarayoni  mehnatni  tashkil  etish,  rejalashtirish,  nazoratni  amalga  oshirish,  boshqarish  va 
boshqa  kо‗plab  vazifalarni  aqliy  faoliyat  bilan  bog‗liq  holda  masalalarni  о‗ylab  olishni  talab 
etadi. 
Mehnat jarayonida inson о‗zining jismoniy kuchlarini rivojlantiradi, takomillashtiradi va 
о‗zining  harakatini  yо‗lga  soladi,  shuningdek,  sezgi  organlar  chaqqonlik,  chidamlik,  harakatini 
koordinatsiya etish, bu ayniqsa ishbilarmonlar uchun muhimdir. Oqibat natijasida inson mehnati 
ijodiy  quvonishni  anglaydi,  о‗zining  qо‗li  bilan  chiroyli  predmetlar  yaratadi.  Mehnatning  bu 
tarbiyaviy  imkoniyatlari  shaxsning  har  tomonlama  rivojlanishida  mehnat  tarbiyasi  muhim  omil 
bо‗ladi. Ammo, lekin har qanday mehnatda ham bu imkoniyatlar bо‗lavermaydi, majbur etishdan 
ozod  bо‗lishi  kerak.  Majburiy  mehnat,  jamoaga  motivatsiyasi  bо‗lmagan  mehnat,  insonga 
qoniqish xosil etmaydigan mehnat insonning rivojlanishiga va tarbiyasiga ta‘sir kо‗rsatmaydi.  
Pedagogik  jihatdan  tо‗g‗ri  tashkil  etilgan  talaba  mehnati  uning  о‗zining  faoliyatiga 
munosabati  bо‗libgina  qolmay,  balki  boshqalarga  ham,  umuman  jamiyatga  ham  foydaligini 
shakllantiradi.  Talaba  faqat  mehnatda  shaxs  sifatida,  fuqaro  sifatida  umumiy  foydani 
shakllantiradi.  Mehnat  tarbiyasining  maqsadlari,  vazifalari  va  mazmunini  hozirgi  bosqichda 
ishbilarmonlar  ilmiy-texnika  taraqqiyoti,  shuningdek  bozor  munosabatlarining  rivojlanishi 
tendensiyasi sharoitlaridan izlash zarur bо‗ladi. 
Mehnat  tarbiyasining  asosiy  maqsadi  -  shaxsning  har  tomonlama  kamol  topishidir. 
Ishbilarmonlarning  tarbiyasining  maqsadi  faqat  mehnatga  bо‗lgan  munosabatini  shakllantirish 
bо‗libgina  qolmay,  balki  uni  bilimli,  aql  va  mahorat  bilan  qurollantirish,  iqtisodchi  kasbini 
tanlagani uchun qobiliyatini rivojlantirish zarur. 
Mehnat  tarbiyasining  asosiy  vazifasi  -  talabalarning  mehnatga  psixologik  jihatdan  va 
amaliy tomondan hozirgi zamon bozor munosabati talabiga mos ravishda tarbiyalash iborat. 

Mehnat tarbiyasining mazmuni.  
Mehnat tarbiyasining mohiyatini belgilashda hozirgi zamon ishlab chiqarish xarakteridan 
va mehnat mazmuni va talablaridan, ishbilarmonlar mehnatiga bо‗lgan talablaridan izlash lozim. 
Bilingki,  bitmas  tuganmas  huzur-halovat  faqat  mehnatdan  keladi.  Hech  qachon,  hech  qanday 
buyuk ish mehnatsiz yuzaga chiqmagan va chiqmaydi ham. 
Qancha ham bilganda, о‗qi erta-kech, 
Bilim tog‗iga chiq, dengizini kech. 
Bо‗lma quruq savlatingga mahliyo hech
Mehnat mashaqqatisiz halovatdan kech. 
Oliy  о„quv  yurtidagi  mehnat  tarbiyasining  asosiy  mazmuni  о„zida  quyidagilarni 
ifoda etadi:  
1.    Turli  xil  ishbilarmonlar  faoliyatiga,  mehnat  qilish  ishtiyoqiga  qiziqish  va  sevishni 
tarbiyalash. Tarbiyasining bu sifatlarisiz mehnat tarbiyasini amalga oshirish mumkin emas.  
2.Talabalarda iqtisodchi mehnatiga bо‗lgan о‗z istagi bо‗lgan munosabatni tarbiyalash. 
3.Talabalarni bilimli, uddaburonli va mahorat bilan qurollantirish.  
4.   Talabalarda kasbiga bо‗lgan qiziqishni tarbiyalash.  
5.  Oliy  о‗quv  yurtidagi  mehnat  tarbiyasi  oiladagi  tarbiyadan  о‗zining  maqsadli  xarakteri 
bilan  farqlanadi.  Oliy  dargohda  tarbiya  malakali  pedagoglar  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Ishbilarmonlar  va  biznesmenlar  tarbiyasi  tasdiqlangan  dasturga  mos  holda  mehnatga  о‗rganish 
bilan  amalga  oshiriladi.  Oliy  dargohdagi  tarbiyaning  asosiy  vazifasi  talabalarni  har  tomonlama 
rivojlantirish va ularni mehnatga tayyorlash, ularni ma‘naviy xarakteri va xulq tamoyillariga mos 
holda tarbiyalashdan iborat.  
 
2. Standart va ijodkorlik 
 
Talabalarning qiziqishini hisobga olgan holda va ixtiyoriy tamoyillarga asoslangan ishda 
dо‗stlik  va  о‗zaro  yordam  sifatlarini  shakllantirishdan  iboratdir.  Ishda  mehnatga  bо‗lgan  ijodiy 
munosabatni, mustaqillikni, faollikni, ijodiy qobiliyatni tarbiyalash zarurdir.  
Pedagogik  etika.  Etika  sо‗zi  grekcha  bо‗lib  –  odat,  udum,  rasm  demakdir.  Grekcha, 
lotincha,  shuningdek  qadimiy  grek  tillarda  avval  «poryadok»  –  tartib,  «obо‗chay»  -  odat, 
«qoida», «qonun», sо‗ngra «ma‘naviyat» deb qо‗llanilmoqda.  
Etika  -  bu  fan  ma‘naviyat  haqidagi  fandir.  Pedagogik  etika  esa  –  bu  fan  pedagogik 
ma‘naviyat  haqidagi  fandir.  Sо‗zsiz  bu  fan  etikaga  asoslanadi.  Odillik,  tо‗g‗rilik,  hayrixohlik, 
insonparvarlik, odamiylik bularning barchasi inson uchun, inson xohishi uchun, inson zoti uchun.  
Hozirgi zamon pedagogikasi zaminida davlat emas, balki inson tasvirlanadi va bu albatta 
tо‗g‗ri.  Pedagogik  etika  bu  hali  yosh  fan  bо‗lib,  maqsadli  о‗quv  jarayoni  sharoitida 
о‗qituvchining  xulq  normalarini  о‗rganadi.  U  shubhasiz,  pedagogika  va  psixologiya  bilan 
chambarchas bog‗langan, pedagogikaning tarkibi qismi - bu tarbiya, ta‘lim va о‗rganish ta‘lim va 
tarbiyaning  vositasi  ekanligi.  Hozirgi  zamon  pedagogik  etika  ta‘limi  davrimizning  maxsus 
xususiyatlarini taqozo qilmoqda, bozor iqtisodiyoti rivojlanishi kishilarning dunyoqarashiga ta‘sir 
etmoqda,  pedagoglarning  о‗zlarida  stereotip  о‗zgarmoqda.  Agar  о‗qituvchi  yangi  sharoitda  eski 
metodlardan foydalansa, unday pedagog о‗z-о‗zidan chetda qoladi. О‗qituvchining murakkabligi 
shundaki, qaysiki u yangi texnologiya asosida  о‗qitishi talab etiladi. Yangi kompyuterlar,  о‗quv 
qurollari,  darsliklarning  hammasi  yangi  pedagogika  xizmatiga  manzur  bо‗lib,  pedagogik  etika 
ta‘limini hisobga olishi kerak.  
Shunday  qilib,  pedagogik  etikada  nozik  va  murakkab  soha  amal  qilib,  pedagog  bilan 
talaba о‗rtasida munosabat sohasida ham insonni xususiyatlari shakllanadi.  
 
3. Insoniyatning axloqiy qoidalari  
 
Haqiqiy pedagogda hech qachon e‘tiborsiz qarash bо‗lmasligi kerak. Pedagog - bu inson 
e‘tibor  bilan  quloq  solib,  eshitishni  bilishi  zarur,  ammo  bunday  sifat  har  kimda  ham 

bо‗lavermaydi.  Haqiqiy  pedagog  sezuvchan,  talabaning  psixologik  holatini  anglashi,  talabaga 
murojaatida darhol sezishi, unga reaksiya qilish zarur. Haqiqiy pedagog doimo talabaga yordam 
qо‗lini chо‗zadi va uning talab, ehtiyojlariga befarq qaramaydi. Hayotning о‗zi pedagogik etikaga 
talablarni qо‗yadi:  
1. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi ta‘lim sharoitini о‗zgartiradi va о‗qituvchi roli ham 
о‗zgardi. Agarda avvallari о‗qituvchining bosh roli va mohiyati lektor bо‗lib bilim berish bо‗lsa, 
hozirda  о‗qituvchining  oliy  о‗quv  yurtdagi  majburiyati  talabalarni  о‗qishga  о‗rgatish,  tushunish 
faoliyatini  tashkil  eta  bilish  va  ularni  boshqarishdir.  Ta‘limning  eng  kerakli  sharti  fikrlashni 
о‗rgatish. Buning uchun zarurligi quyidagicha:  
11. talabalarni mustaqil axborotlar izlash va kutubxonalarda ishlashga о‗rgatish; 
12.    о‗qilgan  ma‘ruzani  tushunish,  anglash,  eng  muhimi  bosh  masalani  ajrata  bilish  va 
konspekt tuzishga о‗rgatish; 
13.  mustaqil о‗z ustida ishlashga о‗rgatish. 
2. Pedagogik etikaning ikkinchi talabi – hozirgi zamon mehnatining xususiyatlaridan kelib 
chiqadi:  talabalar  vazifalarni  hal  etishda  hamkorlik  mehnatda  yechishga  о‗rgatish  zarurligi, 
jamoaning  a‘zosi  bо‗lishi  ya‘ni  talabani  kollektiv  faoliyatida  bajaruvchi  bо‗lib  yetishga 
tayyorlash kerakligi, tashkilotchi va tashabbuskor bо‗lishi.  
3. Pedagogik etikaning uchinchi talabi  - talabalarni mutaxassislik xarakteriga tayyorlash. 
Mutaxassis  rejalashtirishga,  jamoa  faoliyatini  tashkil  qilish  va  boshqarishga,  jamiyatning  axloq 
normalariga  tayangan  holda  talabalarni  bо‗lajak  mutaxassislikga,  hayotga  va  ishlab  chiqarishga 
tayyorlash lozim.  
Insoniyatning  axloqiy  kodeksi  mohiyati  allaqachonlar  tashkil  topgan.  Mana  uning 
asosiy qoidalari: 
1. Muloyimlik. 
2. Insonga bо‗lgan e‘tibor. 
3. Insonning muvaffaqiyatsizligiga hamdard bо‗lish. 
4. Ishchi xodimga va boshqa kishilar bо‗sh vaqtlariga tejamli munosabatda bо‗lish.  
5. Muloqotda kо‗pchilik uchun yoki barcha ishtirokchilarga sо‗zining tushunarli bо‗lishi. 
6.  Odamlar  davrasida  о‗rinsiz  kulgidan  о‗zini  tiyishga  intilish,  chunki  siz  xuddi  uning 
ustidan kulgan bо‗lmang. 
7.  Hulqda  og‗ir-vazmin  bо‗ling:  hech  kimni,  hech  qachon  qо‗rqita  kо‗rmang,  ayniqsa 
kuch ishlatishga yо‗l qо‗ymang. 
8.  Atrofingizdagilarni  osoyishtaligi  haqida  g‗amxо‗r  bо‗ling:  о‗zingizni  harakatingiz, 
sо‗zlaringiz va texnik vositalar bilan tinchligini buzmang. 
9. Insonni kamsitishga yо‗l qо‗mang, о‗zgalar fikrlariga va didiga sabrli bо‗ling. 
10.  Gapirayotgan  kishining  sо‗zini  bо‗lmang  va  uning  fikrlarini  maroq  bilan  tinglang- 
eshiting. 
11.  Suhbatdoshingizga  e‘tiborli  bо‗ling  -  о‗zingiz  gapirgandan  kо‗ra,  kо‗proq  undan 
sо‗rashga  intiling  va  tinglang,  aslo  unga  о‗zingiz  haqidagi  mavzuni  eng  qiziqarli  ekanligiga 
majbur qilmang. 
12.  Siz  qanday  muhim  xizmat  kо‗rsatishingizga  qaramasdan,  tashakkur  talab  qilmay, 
yordam berishga shoshilish kerak. Yaxshilik qaytishini kutmasdan, nima qilsangiz ham ishtiyoq 
bilan bajarishni kо‗rsating. 
13. О‗zingizni tashqi kо‗rishingiz haqida g‗amxо‗rlik qiling: bilingki, о‗ziga e‘tiborsizlik 
va isqirt yurish, boshqa odamlar fikrini pisand qilmaslik - bu о‗ziga hurmatsizlik shaklidir. 
Umuminsoniy qadriyatlarning mavjudligi: xushmuomalalik har qanday ijtimoiy tuzumda 
hayot tog‗i bо‗lib kelgan, tiz chо‗kmasdan, о‗rinsiz qichqirmay, mazza qilib jim bо‗lish barcha 
davrlarda ham shunday shunday bо‗lgan. 
Turmush tarzi - bu insonni oilasidan olgan burch, uni bolalarga berish shunday bо‗lgan va 
shunday bо‗lib qoladi. Vijdon - bu odobli insonning asosi bо‗lib, u ham har doim bо‗lgan. 
2.  Ikkinchi  sharti  -  о‗qituvchi  bilan  auditoriya  о‗rtasida  tо‗g‗ri  о‗zaro  munosabatning 
о‗rnatilishi hamda guruhdagi talabalar о‗rtasida ham buning uchun yagona ma‘naviy normalarga 

asoslangan  holda  umuminsoniy  qadriyatlar  tamoyillariga  tayanish  –  о‗ziga  ham  boshqalarga, 
о‗zigadek, uyda ham, ishda ham hamjihatlik.  
О‗qituvchining  talabalarga  ta‘siri  nihoyatda  katta,  agar  о‗qituvchi  ular  uchun  namunali 
bо‗la  olsa,  talabaga  u  о‗zini  yuragini  qismini  bera  olsa.  Pedagogik  etikada  о‗qituvchining 
jamoadagi  о‗rni  katta  rol  о‗ynaydi.  Eng  muhimi  о‗qituvchi  о‗z  rolini  oshirib  yubormasdan  va 
hamkasblari  rolini  kamsitmasdan,  u  hamkasblariga  ishonchi  va  ularga  ham  ishonishi  kerak 
bо‗ladi. 
3.  Muhitning  qulaylikligini  uchinchi  sharti  -  har  bir  talabaga  xayrixohlik  munosabati. 
О‗qituvchi maktabda shunday mikroklimatni yaratish lozimki, barcha о‗quvchilarga bir xil emas, 
balki  har  bir  о‗quvchini  hisobga  olgan  holda  jiddiy  va  shu  bilan  birga  usta,  bolalar 
psixologiyasiga qarab muomalada bо‗lishi zarur. 
4.  Pedagogik  etikaning  tо‗rtinchi  sharti  -  bu  о‗qituvchining  talabalar  bilan  bо‗ladigan 
uchrashuvidagi nutqiy muloqoti yoqimli bо‗lishi ayni muddao.  
5. Beshinchi sharti - bu о‗qituvchining о‗zini qiyofasi, tashqi kо‗rinishi va auditoriyadagi 
muhitning о‗zi, auditoriyaning jihozlanishi ham muhim rol о‗ynaydi.  
Shunday  qilib,  ta‘lim  uchun  yoqimli  muhitni  yaratish  asosan  о‗qituvchining  о‗z  qо‗lida 
ekanligi  unutmaslik  zarur.  Ta‘limning  muvaffaqiyatini:  qiziqish,  xayrixohlik,  pedagogik  sabr-
toqatli va ijodiy onglikni ta‘minlashi kerak. 
Pedagogik  etikaning  sо‗nggi  qoidasi  -  bilim  sifatini  ta‘min  etish.  Sifatli  bilimning  eng 
muhim omillaridan biri - bu uning tizimiyligidir. Har qanday ilmiy nazariya uch qismdan iborat: 
tushuncha, asosiy holat yoki qonunlar va natija ya‘ni, buning mazmunini tizimiyligidir. 
Ta‘lim  etikaning  muhim  qoidasi  –  bu  bilimning  fundamental  ekanligi.  Navbatdagi 
ta‘limning о‗qituvchi  etikasining qoidasi - bu ta‘lim jarayonida talabalarni  о‗zlari bilim olishga 
va  uni  ijodiy  rivojlantirishga  tayyorlash  bilan  qanchalik  ta‘min  etilishini  kо‗rishdir.  Pedagogik 
etika har bir о‗qituvchini о‗z predmeti nuqtai nazaridan yuqori malakali mutaxassis tayyorlashga 
qaratilishi kerak. Bularning barchasi о‗qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qо‗yadi:  
1.  О‗quvchini  о‗qitish  uchun  aniq  materiallarni  tanlash:  bilimi,  uni  amalda  qо‗llash, 
qо‗llashning maqsadini bilish, nima uchun bо‗lajak mutaxassisga zarurligi.  
2. О‗quvchilarning professional yо‗nalish olishni hisobga olish.  
3.  О‗quv  jarayonida  imkoniyati  bо‗yicha  darhol  predmet  mohiyatidan  foydalanish, 
predmetlararo aloqadan foydalanish.  
4.  Oxirgisi  -  pedagogika  vitaminlarsiz  maqsadga  erishishda  quvonch  keltirmaydi. 
Favqulodda vitamin «CH» muhimdir. 
Vitamin «CH» – sofdillik, sezuvchanlik, insoniylik. 
Tajribali  pedagog  mashg‗ulotni  albatta  xushchaqchaq-qiziqarli  о‗tkazadi.  Talabaning 
kо‗ngliga–diliga  yо‗l  topa  biladi.  Pedagogik  etika  har  qanday  holatda  ham  о‗quv  jarayonida 
talabalarning  psixologik  holatini  о‗qituvchi  hisobga  olishga  undaydi.  О‗qituvchiga  hammasi 
tabiiy bо‗lishi shart, aks holda pand yeyishi aniq va mumkin. 
Insoniylik tarbiyada katta rol о‗ynaydi. Estetik tarbiyaning vazifasi - bu shaxsning estetik 
asoslarini  shakllantirishga  chorlaydi  (bunda  shaxsning  yо‗nalishi  va  qat‘iyligi,  dunyoqarashi, 
ma‘naviy psixologik sifatlari, sezish va odat).  
Karl  Rodjers  –  Amerika  psixologi  va  terapevti  1962  yilda  shunday  g‗oyani  olg‗a  surdi, 
tarbiyaning  oliy-yuqori  maqsadi  -  bu  shaxsga  eng  katta  imkoniyat  berish  bilan  о‗zini  tо‗la  va 
yetarli darajada ifoda etsin, о‗zini kim ekanligini bildirsin. 
О„qituvchida talabaga ta‟sir qilish uch mexanizmi mavjud
1. Uqtirish va yuqtirish – ya‘ni, о‗quvchi о‗qituvchi о‗z aksini ifoda etish. Bu mexanizm 
inson holatiga hayajonli ta‘sir qiladi. 
2.  Ta‘sir  kо‗rsatish.  Bu  ham  hayajon  asosida  harakat  qiladi,  lekin  uqtirish  yoki 
yuqtirishdan farqi, bunda inson sog‗lom turadi, uning erki ezilmagan bо‗ladi. 
3.  Ishontirish  mexanizmi.  Bu  mexanizm  ta‘sir  kо‗rsatish  mexanizmi  bilan  yaqin  bog‗liq 
bо‗ladi. Chunki, ishontirishning asosiy vositasi bu jonli sо‗zdir. Ishontirish inson mantiqiga uning 
ongiga ta‘sir qiladi.  

Ishontirishda eng muhimi: 
1. Asosiy fikrni aniq va ishonchli qilib bayon etish, Siz haqiqatdan ham talabalar о‗zlari 
xulosa qilishi bilan bog‗laysiz. 
2. Ishonchli, qarama-qarshi bо‗lmagan dalillar keltirish. 
3. О‗ziga ishonchli bо‗lib, umid ifoda etish va ehtiyotli bо‗lish kerak, albatta. 
4. О‗z fikrini aniq va ochiq aytish va shu bilan auditoriyani о‗ziga tortish - qaratish lozim. 
Ochiq chehrali va tо‗g‗ri–odil kishilarni hamma ham sevadi va hurmat qiladi. 
5. Talabalarga tekis va manfaatli munosabat, tarbiyachi-о‗qituvchi shu bilan farqlanadiki, 
qaysiki  u  talabalarni  sevadi.  Haqiqiy  pedagog  -  yuqori  tarbiyalangan  inson,  shuning  uchun  u 
muloyimlik va xotamtoyligi hamda  yuqori talabchanlik bilan uyg‗unlashtirib, zо‗rlik va majbur 
etishini man etadi. 
 
Takrorlash uchun savollar 
 
1.Ishbilarmonlar  va  biznesmenlar  tarbiyasiga  maqsadli  yondashish  va  obrо‗  talablikdagi 
tо‗siqlarni yengish. 
2.Standart va ijodkorlik tushunchalari nima? 
3.Biznesmen va ishbilarmonlar tarbiyasining asoslari nimalarda iborat? 
4.Ishbilarmonlar va biznesmenlarning asosiy axloqiy Kodeksi nimalardan iborat? 
5.О‗qituvchi tomonidan talabaga ta‘sir qilish mexanizmini mо‗zlang. 
6.Ishontirishdagi eng muhim bо‗lgan jihatlar beshta va ularni sharhlab bering. 
 
16-Mavzu; IQTISODIY TАRBIYA JАRАYONIDА YANGI PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDАN FOYDАLАNISH 
 
Reja: 
 
1. Iqtisodiy ta‘lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash zaruriyati 
2. Tехnologiya tushunchаsi.  
3. Didaktika va uning asosiy tamoyillari 
4. YAPT lаr: fikrlаr hujumi 
 
1. Iqtisodiy ta‟lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо„llash 
zaruriyati 
 
Hozir  mamlakatlar  о‗rtasidagi  iqtisodiy  raqobat  -  fan,  texnika  va  texnologiya  soxasidagi 
raqobatga  aylandi.  Demak,  raqobat  intellektual  mohiyat  kasb  etib,  ta‘lim  soxasidagi  raqobatga 
aylanmovda,  desak  xato  bо‗lmaydi.  Shuning  uchun  ham  butun  dunyoda  malakali  mutaxassis 
kadrlar tayyorlashga, buning uchun esa о‗quv jarayonini samarali tashkil etishga alohida diqqat-
e‘tibor qaratilmoqda. 
Nega  bugungi  kunga  kelib,  pedagogik  texnologiyaga  qiziqish  shunchalik  darajada  ortdi, 
dars  jarayonini  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etishga  da‘vat  qilish 
kuchaydi?  degan  savol  tug‗ilishi  tabiiy.  Albatta,  buning  qator  sabablari  bor:  birinchidan,  fan-
texnika  taraqqiyotining  о‗ta  rivojlanganligi  natijasida  axborotlar  tizimi,  turi,  hajmining  tobora 
kо‗payib  borayotganligi;  ikkinchidan,  о‗qituvchi  qanchalik  bilimli,  mahoratli  bо‗lishiga 
qaramay, qanchalik tirishmasin о‗rganilayotgan mavzu bо‗yicha barcha bilim, axborotlarni tо‗liq 
bera olish imkoni yо‗qligi; uchinchidan, texnik vositalar (TV), videomagnitafon, kompyuter va 
boshqa  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar,  jumladan  axborot  texnologiyasi  (AT)ni  yaratilishi 
ularni  ta‘lim  jarayoniga  tatbiq  etish,  о‗quv-tarbiya  jarayonida  foydalanish  imkonini  yaratdi. 
tо„rtinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  noaniqlik  doimiy  yо‗ldosh,  shu  bilan  birga  resurslar 
cheklangan,  ehtiyojlar  esa  cheksiz.  Ular  insonni  tanlash  muammosiga  duch  qiladi  va  har  bir 
kishidan  har  qadamda  mustaqil  tanlash  va  qaror  qabul  qilishni  talab  qiladi.  Tayyorlanayotgan 

kadrlarning  raqobatbardoshligini  ta‘minlash  uchun,  ta‘limni  jadallashtirish  va  samaradorligini 
oshirish zarur. 
Buning uchun о‗quvchi, talaba va о‗qituvchi faoliyatini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish zarur. 
1.  О‗qituvchi  ta‘lim  maqsadi  va  mazmunini  puxta  bilishi,  ta‘lim  usullari,  metodlari  va 
vositalarini  yaxshi  egallagan  bо‗lishi,  talabaning  qiziqish  va  intiluvchanligini  tо‗g‗ri  yо‗lga 
yо‗naltira olishi lozim. 
2.  О‗qituvchi  ta‘lim  jarayonini  yuqori  darajada,  samarali  tashkil  etish  uchun  maqsad  va 
vazifalarni  aniq  belgilashi,  ta‘lim  natijasini  oldindan  qayd  etishi,  о‗quv  predmetlarini  tо‗liq 
о‗zlashtirishga  erishish  uchun  zaruriy  ta‘lim  vositalari,  shart-sharoitlarini  tayyorlashga  erishishi 
kerak. 
3.  О‗qituvchi  о‗rganilayotgan  mavzu  bо‗yicha  ta‘lim  maqsadlarini  aniq  topshiriqlarga 
aylantirishi zarur.             \ 
4. Ta‘lim-tarbiya jarayoni natijalarini holisona va obyektiv baholash, talabalarning bilim va 
malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashga erishish. 
5.  О‗sib  kelayotgan  yosh  avlodni  hayotga  mukammal  tayyorlash  talabi  ularga  eng  ilg‗or 
bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borlikda majmuiy yondashish. 
6.  О‗quv  jarayoni  uchun  zarur  moddiy-texnik  bazaning  yaratilishi  va  boshqalar  talab 
qilinadi. 
Yuqorida  keltirilgan  va  ketirilmagan  talablarga  javob  beradigan  tarzda  ta‘lim-tarbiya 
jarayonini  tashkil  qilishning  yagona  yо‗li  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qо‗llash 
hisoblanadi. 
Bugungi  kunda  pedagogik  texnologiyani  tushunish  uchun  asosiy  yо‗l  -  aniq  belgilangan 
maqsadlarga  qaratilganlik,  ta‘lim  oluvchi  bilan  muntazam  о‗zaro  aloqani  о‗rnatish,  pedagogik 
texnologayaning  falsafiy  asosi  hisoblangan  ta‘lim  oluvchining  faol  hatti-harakatini  ta‘minlash 
orqali  о‗qitishdir.  О‗zaro  aloqa  pedagogik  texnologiya  asosini  tashkil  qilib,  о‗quv  jarayonini 
tо‗liq qamrab olipsh kerak. 
Rivojlangan  davlatlarda,  odatda,  birinchi  navbatda,  pedagogik  texnologiyaga  ta‘lim 
sohasidagi  siyosatning  bosh  vazifasi  sifatida  qaralmoqda.  Bunday  yondashish  YUNESKO 
tomonidan ham ma‘qullandi va 1972 yilda «Ta‘limni rivojlantirish masalalari» bо‗yicha Halqaro 
Komissiya  tashkil  topdi.  Bu  komissiya  zamonaviy  texnologiya-ta‘limni  modernizatsiyalashda 
harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholandi. 
Mamlakatimizda  ham  bugungi  kunda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablaridan  biri 
ta‘lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‗llash, tayyorgarlikning modul 
tizimidan foydalangan holda ta‘lim oluvchilarni о‗qitishni jadallashtirish sanaladi. 
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni rо‗yobga chiqarish 
bosqichlari  har  jihatdan  ilmiy  asoslab  berildi  va  uning  ikkinchi  bosqichida  «о‗quv-tarbiyaviy 
jarayonni  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta‘minlash»  muhim  vazifalardan  biri  sifatida 
belgilandi. 
Respublikamizda ta‘lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‗llashga doir 
keng  kо‗lamda  ish  olib  borilmoqda.  Ushbu  muammoning  ilmiy-nazariy  asoslari,  har  bir 
pedagogik  texnologiyaning  о‗ziga  xos  jihatlari  ishlab  chiqilib,  yetarli  darajada  tajribalar 
tо‗plandi. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling