Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

 
 
 
2. Tехnologiya tushunchаsi. 
 
 «Texnologiya» tushunchasi fanga 1872 yilda kirib keldi. U grekcha ikki sо‗zdan - «techne» 
va  «logos»  sо‗zlaridan  - mahorat,  san‘at,  hunar  va sо‗z, ta‘limot, fan, sо‗zlaridan tashkil topib, 
«hunar fani» ma‘nosini anglatadi. Birok, bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni tо‗liq tavsiflab 
bera  olmaydi,  texnologiya  deganda,  subyekt  tomonidan  obyektga  kо‗rsatilgan  ta‘sir  natijasida 
unda sifat о‗zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar 

va sharoitlardan foydalanib, obyektga yо‗naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda 
bajarishni kо‗zda tutadi. 
Odatda,  texnologiya  ishlab  chiqarishga  nisbatan  qо‗llanilgan.  Texnologiya  deganda 
mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  xom  ashyo,  materiallar,  yarim  fabrikatlarga  ishlov  berish  yoki 
qayta  ishlash  yо‗llari,  usullari  tushunilgan.  Fan-texnika  taraqqiyoti  tufayli  texnologiya  ham 
takomillashib borgan. 
Patent,  litsenziyalar  sotiladigan  va  sotib  olinadigan  bо‗lgach,  texnologiya  deganda  tayyor 
mahsulot  olish  uchun  xom  ashyo,  materiallarga  ishlov  berish  usullari,  bajaradigan  ishlarning 
ketma-ketligi  va  qanday  tarzda  bajarilishi  haqidagi  hujjat  ham  tushuniladigan  bо‗ladi.  Masalan, 
sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik, detalni  loyihalaganda   qanday   materialdan   
tayyorlanadi,      shakli  qanday  bо‗ladi,  buning  uchun  standart  belgilari,  chizmalar  va  ulardagi 
о‗lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi.  Taraqqiyot  «Texnologiya»ni  fan sifatida 
ham  о‗rganishni  obyektiv  zarur  qilib  qо‗ydi.  U  fan  sifatida  fizik,  ximik,  mexanik  va  boshqa 
qonuniyatlarni  aniqlash  orqali  mahsulot  ishlab  chiqarishning  samarali  usullarini  о‗rganish, 
yangiliklarni topish va tajribada sinashni о‗rganadi. Loyihada aks ettirilgan xom ashyo va unga 
ishlov  berish  operatsiyalari      og„ishmay      bajarilsa      belgilangan      standartdagi  mahsulot 
tayyorlanadi, yani mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanadi. 
XX  asrda  fizika,  kimyo,  energetika,  biologiya,  matematika,  informatika  va  boshqa 
fanlarning  yutuqdariga  tayangan  texnologiyalar  texnologik  inqilobni  keltirib  chiqardi.  Fan-
texnika  taraqqiyoti  yaratilgan  texnika  va  texnologiyalarni  tushunadigan  ularni  ishlata  oladigan, 
kо‗rsatilgan  texnologiya  bо‗yicha  mahsulot  yarata  oladigan  kadrlar  tayyorlashni  ham  obyektiv 
zarur  qilib  qо‗ydi.  Mutaxassis  kadrlarning  qay  darajada  bilim  olishi,  kо‗nikma  mahoratiga  ega 
bо‗lishi  ta‘lim  muassasalarida  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  kо‗p  jihatdan  qanday  tashkil  etilishiga 
bog‗liq. Shuning uchun ham kо‗plab pedagoglar о‗quvchi talabalarga nimani  о‗qitish, о‗rgatish 
kerak,  qanday  о‗qitish,  о‗rgatish  kerak?  degan  savol  qо‗yib,  unga  javob  topish  uchun  tinimsiz 
izlanishlar  olib  boradilar.  Pedagog  olimlar  va  amaliyotchilar  ishlab  chiqarish  texnologiyasini 
nazarda tutgan hodda о‗quv jarayonini ham «texnologiyalashtirishga», ya‘ni о‗qitishni natijasini 
kafolatlangan  о‗ziga  xos  texnologik  jarayonga  aylantirishga  о‗rinadilar.  Natijada  pedagogikada 
yangi  yо‗nalish  -  pedagogik  texnologiya,  xususan,  о‗qitish  va  tarbiyalash  texnologiyasi  paydo 
bо‗ldi. 
Pedagogik  texnologiya  -  bu  ta‘lim  samaradorligini  oshirish  uchui  qо‗llaniladigan  hamda 
pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotining  barcha  sohalari  bilan  о‗zaro  bog‗liq  bо‗lgan  о‗qitish 
shakllari,  metodlari,  vositalari,  unga  yondashuvlar,  tizimlar,  konsepsiyalar,  tendensiyalar, 
g‗oyalarning fanlararo о‗zaro birikib yagona majmua tarzida ifodalanishini bildiradi. 
Qator  yillardan beri, pedagogik texnologiyaga о‗quv jarayonini texnik vositalar  yordamida 
amalga oshirish, deb qarab kelindi. Bu tushuncha XX asrda paydo bо‗ldi va 1940-1950  yillarda 
«ta‘lim  texnologiyasi»  tarzida  qо‗llanilib,  mazmunan  о‗quv  jarayonida  audiovizual  texnika 
vositalaridan  foydalanishni  anglatgan.  Atama  dastlab  AQShda  qо‗llana  boshladi.  Keyinchalik 
«ta‘lim  texnologiyasi»  о‗rniga  «dasturlashtirilgan  ta‘lim»  atamasidan  foydalanish  keng  yoyildi. 
Sо‗ngra  pedagogik  texnologiya-  loyihalashtirilgan  ta‘lim  va  aniq  maqsadga  qaratilgan  о‗quv 
jarayonini  ifoda  eta  boshladi.  Faqat  70-yillardai      boshlab      pedagogik      adabiyotlarda    bu  
tushuncha  yangicha tamqin etila boshlandi. 
Pedagogik  texnologiya  deyarli  yarim  asr  davomida  tadrijiy  ravishda  rivojlandi  va  hozirgi 
darajaga yetdi. Bu davrda о‗qitish «og‗zaki - audiovizual - dasturlash - multimedia - gipermedia» 
ketma-ketligi bо‗lib almashindi. 
Pedagogik texnologiyani  «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti»  - ma‟lum malakaga ega 
bо„lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya‘ni 
о‗qitish  jarayonini qо‗yilgan maqsadga kо„ra izchil ketma-ketlikda, turli vosita, metodlarni 
qо„llash, maqsadni topshiriqlar orqali ifodalash, olingan bilimni sinash va baholash orqali 
samarali  ta‘lim  natijasiga  erishipgaing  ishonchliligini  ta‘minlovchi  pedagogik  faoliyat  deb 
ta‘riflash mumkin. 

Pedagogik  texnologiya  atamasiga  har  bir  didakt  olim  о‗z  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan 
holda ta‘rif bergan. Hali bu tushunchaga tо‗liq va yagona ta‘rif qabul qilinmagan. Ushbu ta‘riflar 
ichida eng maqsadga muvofigi YUNESKO tomonidan berilgan ta‘rif sanaladi. 
Pedagogik  texnologiya  -  ta‘lim  shakllarini  optimallashtirish  maqsadida  о‗qitish  va 
bilimlarni  о‗zlashtirish  jarayonining  inson  salohiyati  va  texnik  resurslarni  qо‗llash,  ularning 
о‗zaro ta‘sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. 
Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi 
faoliyat  yо‗nalishlarini  aniqlaydi.  Bu  yerda  izlanishning  mohiyati  -  pedagogik  tizimni  tashkil 
etuvchi  elementlarni  о‗rganish  asosida  modernizatsiya  qilishdan  iboratdir.  Sababi,  har  qanday 
о‗quv-tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etish  u  yoki  bu  pedagogik  tizimni  aks  ettiradi.  Demak,  PT  - 
amaliyotga joriy etish mumkin bо‗lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir. 
Unda,  pedagogik  tizim  mohiyati  nimadan  iborat?  Pedagogik  tizim  о‗zaro  bog‗liq  bо‗lgan 
vositalar,  usullar  va  jarayonlar  yig‗indisi  bо‗lib,  shaxsdagi  muayyan  sifatlarini  shakllantirishga 
pedagogik ta‘sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda 
shaxsni  shakllantirish  maqsadi  belgilab  olinadi  va  unta  mos  ravishda  pedagogik  tizim  mavjud 
bо‗lishi kerak. Agar maqsad о‗zgarsa tizim ham о‗zgarishi shart. 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  jamiyat,  davlat  va  oila  oldida  о‗z  javobgarligini  his
 
etadigan  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni  tarbiyalashni  asosiy  maqsad  qilib  qо‗ydi.  Demak, 
milliy dastur bizda ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat 
davlat  buyurtmasigina  ta‘lim  va  tarbiyaning  aniq  maqsad  va  vazifalarini  belgilab  beradi  yoki 
ta‘lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi. 
Pedagogik  tizimga  uzluksiz  ravishda  ijtimoiy  buyurtma  о‗z  ta‘sirini  kо‗rsatadi  va  ta‘lim-
tarbiya  maqsadini  umumiy  holda  belgilab  beradi.  Maqsad  esa  pedagogik  texnologiyaning  bosh 
bо‗g‗ini  hisoblanib,  u  pedagogik  tizimning  qolgan  elementlarini,  о‗z  navbatida,  yangilash 
zaruratini  keltirib  chiqaradi.  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  ta‘lim-tarbiyaning  maqsadini 
yangi  yо‗nalishga  burdi,  ya‘ni  ta‘lim  tizimini  о‗tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va 
sarkitlardan  tо‗la  xalos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma‘naviy  va 
axloqiy  talablarga  javob  beradigan  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashni  ustuvor  vazifa,  deb 
belgiladi. Demak, ta‘lim-tarbiya maqsadi  yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi 
tabiiydir. 
Ta‘lim  mazmuni  davlat  ta‘lim  standartlari  (DTS),  о‗quv  dasturlari,  darslik  va  о‗quv 
qо‗llanmalarida  о‗z  ifodasini  topadi.  Shu  munosabat  bilan  olimlarimizga  fan  sohalari  bо‗yicha 
ta‘lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli va mas‘uliyatli vazifa yuklatildi. 
Shunday qilib,  pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning о‗z  yechimlarini topishi  - 
milliy dasturni rо‗yobga chiqarishning muhim bosqichidir. 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiya  о‗zining  pedagogika  va  boshqa  fan  yutuqlari  bilan 
bog‗liq  xususiy  nazariyasiga  ega;  u  birinchi  galda  о‗quv-tarbiyaviy  jarayonini  ilmiy  asosda 
kо‗rishga  yо‗naltirilgan,  о‗qitishning  axborotli  vositalaridan  va  didaktik  materiallardan,  faol 
metodlardan  keng  foydalanishga  asoslangan  о‗qituvchi  va  о‗quvchilarning  birgalikdagi 
faoliyatiga zamin yaratadi. 
 
3. Didaktika va uning asosiy tamoyillari 
 
Didaktika  (yunon-didaklikos  -  о‗qitadigan,  о‗rgatadigan)    -  pedagogikaning    bilim     olish, 
ta‘lim  va  tarbiya  nazariyasiga  oid  sohasi,  ta‘lim  va  tarbiyaning  maqsadlari,  mazmuni, 
qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi, 
U talabalarning bilim olish, о‗zlashtirish va kо‗nikmalar hosil qilish jarayoniga xos ta‘lim 
prinsiplari, uslublari va о‗quv jarayonini tashkil qilishga oid hamma masalalarni о‗rganadi. 
Didaktika  «nima?»  va  «nima  uchun?»  о„qitish  kerak  degan  savollar  bilan 
shug„ullansa,  metodika  esa  u  bilan  uzviy  bog„liq  holda  «qay  tarzda?»  va  «nimalar 
yordamida о„qitish?» lozim masalalari bilan shug„ullanadi. 
Didaktika va metodikaning maqsadi: ta‘lim berish, о‗qitish, о‗rgatishni amalga oshirishdir. 

Didaktika termini dastlab XVII asrda chex pedagogi Y.A.Komenskiy tomonidan ishlatilgan. 
U  «Buyuk  didaktika»  asarida  (1657  yil)  didaktikaning  asosiy  masalalarini  ishlab  chiqqan.  XIX 
asr о‗rtalaridai pedagogikaning alohida sohasi sifatida о‗rganila boshlandi. О‗zbekistonda dastlab 
jadid maktablarida didaktikaning tamoyillarini ishlab chiqishga harakat qilingan. 
Hozirgi kunda О‗zbekistonda didaktika sohasi avvalgi erishilgan yutuqlarni saqlab qolgani 
holda yangiliklar bilan boyitilib, yangi bosqichga kо‗tarilmoqda.  
Mamlakatimizda  didaktikaga  tarbiyadan  alohida  holda  qaralmaydi.  U  yoshlarni 
tarbiyalashdagi umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. 
Yoshlarga  ta‘lim  berish  jarayoni  jamiyat  taraqqiyoti,  fan-texnika  taraqqiyoti,  jamiyatning 
о‗z  oldiga  qо‗ygan  maqsadi  bilan  chambarchas  bog‗liq.  Ta‘lim  va  tarbiyaning  mazmuni, 
maqsadining  о‗zgarishi  didaktika  prinsiplari,  uslublari  va  tashkiliy  shakllarining  ham 
о‗zgarishiga, rivojlanishiga sabab bо‗ladi. 
Barcha fanlarni о‗rganishda didaktik prinsiplar muhim о‗rin tutadi. 
Didaktik prinsiplar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir. Didaktik tamoyillarga 
о‗qitish va о‗qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zarur. 
Ular bir-biriga bog‗lanib ketadi, qо‗yidagi prinsiplar о‗qitish va о‗qish jarayonini samarali 
tashkil qilish bо‗yicha qoidalar bо‗lib, ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan. 
Ta‟lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar: 
 Faollik tamoyili 
Inson  ta‘lim  olishining  haqiqiy,  chinakam  mohiyati  о‗zining  aqliy  faoliyati  natijasida 
bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir. 
Talaba,  о‗quvchi  о‗z  harakati  bilan  fanlarni  yaxshiroq  о‗rganadi  va  о‗zlashtiradi.  О‗quv 
jarayonini  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  ularning  о‗zlari  fanga  qiziqsin,  uni  bilishga  harakat 
qilib, intilsin. Buning uchun о‗quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim. 
 Nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan bog„liqligi  
Nazariy bilim doim kasb-xunar  amaliyoti bilan bog‗lanishi lozim. Amaliy ta‘lim ham о‗z 
navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bо‗lishi kerak. 
 Kо„rgazmalilik 
Bilimlarni  iloji  boricha  kо‗rgazmali  va  real  hayotga  yaqin  tarzda  taqdim  etish  tilning 
tushunarliligini va ta‘lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida 
va  real  obyektlarda  о‗qitishni  talab  qilada.  Darslar  kо‗rgazmali  qurollar  yordamida  berilsa, 
о‗quvchilarning о‗zlashtirishlari osonlashadi. 
■ Tushunarlilik 
О‗quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bо‗lishi kerakki, о‗quvchilar 
uni  о‗zlaridagi  bilimlar  bilan  bog‗lay  olishsin  va  uni  tushunishda  qiynalmasin.  YA‘ni  о‗quv 
materialining  mazmuni,  shuningdek,  о‗qituvchining  tili  va  fikrlarini  ifodalash  usuli  о‗quvchi-
talabaning  bilim  saviyasiga  mos  kelishi  lozim.  Lekin  bu  ilmiy  terminlardan  foydalanilmaydi, 
degani emas. 
 Namunalardan foydalanish 
О‗quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat 
qilish kerak. Yaxshi model, amaliyotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar ham olingan 
natijaning sifati qanday bо‗lishini aniq kо‗rsatadi. 
  Ilmiylik 
О‗quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar 
asosida sinalgan bо‗lishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini о‗zida aks 
ettirishi lozim. 
О‗qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material kо‗llanilmasligi kerak. 
■ Bilimlarni qо„llash 
О‗quvchi-talabalar olgan bilimlarini amalda qо‗llay olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar 
qо‗llanilgan  va  amaliy  vaziyatda  sinalgan  bо‗lishi  zarur.  Bunday  amaliy  vaziyatlar  о‗qituvchi 
tomonidan yaratilishi lozim. 
■  Natijalarni Mustahkamlash tamoyili 

О‗qishdagi  muvaffaqiyatlar  tan  olanishi  va  baholanishi  kerak.  Bu  о‗quvchi  va  о‗qituvchi 
о‗rtasida doimiy aloqa bо‗lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash varaqalari» da qayd 
qilinishi kerak. 
Didaktik  tamoyillar  о‗qituvchi  faoliyatining  yо‗l-yо‗rig‗i  sifatida  xizmat  qiladi,  alohida 
olganda esa tushunarlilik prinsipini qо‗llab-quvvatlaydi. 
О‗qitishning asosiy qoidalari: 
• tushunarlidan - tushunarsizga; 
• yaqindan - uzoqqa; 
• osondan - qiyinga; 
• aniqdan - mavhumga; 
• umumiydan - xususiyga, umumlashtirilgandan yakkaga; 
• xususiydan - umumiyga. 
О‗qish  va  о‗qitish  didaktik  hatti-harakatlar  bilan  bog‗liq.  Didaktik  xatti-harakatlarga 
о‗qituvchining darsga tayyorgarlik kо‗rish, uni о‗tkazish va baholash faoliyati kiradi. 
Bu faoliyat quyidagi savollarda о‗z ifodasini topadi: 
1. Kimlar о‗qitadi? 
2. Kimlarni о‗qitish kerak? 
3. О‗qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin? 
4. Maqsadga erishish uchun nimani, qanday о‗qitish kerak? 
5. Nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qо‗llab dars о‗tish kerak? 
6. Nazariy va amaliy darslarni qanday sharoitda о‗tkazish kerak? 
7. О‗qishni qanday tashkil qilish kerak? 
8. Kо‗zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi? 
Dars  berishning  shakllari,  uslublari  turli-tuman.  Maqsad,  о‗tilayotgan  dars  har  bir 
talabaning  ongiga  yetib  borsin.  Bu  yerda  hal  qiluvchi  rolni  didaktik  sakkizburchak  va  о‗quv 
jarayonining mazmuni о‗ynaydi. 
 
Didaktik sakkizburchak 
О‗qish(о‗rganish)ning maqsadi 
 
Sxemadan  kо‗rinib  turibdiki,  о‗quv  jarayonini  qanday  о‗tishi  qо‗yilgan  maqsad  bilan  uni 
amalga oshirish birligidan iborat. 
О‗qituvchi,  dars  beruvchi  sifatida  har  safar  qanday  qilib,  qaysi  usul  bilan  dars  о‗tsam 
qо‗yilgan maqsadga erishaman deb о‗z oldiga savol qо‗yib, о‗ylab kо‗rsa, dars о‗tishning aynan 
mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin. 
Dars о‗tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog‗liq: 
О‗qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi; 
О‗rganiladigan predmet; 
Bilim olish, 
kо‗nikma va 
malakalarni 
egallash 
Talabalar guruhi 
О‗qitish metodi 
Tashkiliy sharoit 
О‗qituvchi 
O‗quv materiali
mavzuning 
mazmuni 
О‗qitishda 
qо‗llaniladigan 
vositalar 
Olingan bilimni nazorat qilish 

Darsda о‗tiladigan mavzu; 
О‗tiladigan mavzuning mazmuni; 
Dars о‗tishda qо‗llash mumkin bо‗lgan texnik vositalarning mavjudligi va boshqalar. 
Darsni  qanday  о‗tish  borasida  aniq  bir  qarorga  kelishda,  asosiy  mо‗ljal  olishda  darsni 
nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar: 
•  maqsadga  erishish  mо‗ljalga  olinadigan  bо‗lsa,  dars  jarayonida  qanday  maqsadlarga 
erishish kerakligini aniq belgilab olinishi lozim; 
•  darsda  qatnashadiganlar  mо‗ljalga  olinsa,  talabalar  (о‗quvchilar)  guruhi  kimlardan 
iboratliligiga e‘tibor qaratiladi
•  о‗tiladigan  mavzu,  unga  ajratilgan  vaqt  mо‗ljalga  olinsa,  qanday  о‗quv  materialini 
talabalar ongiga yetkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga diqqat qaratiladi; 
• о‗quv vositalari mо‗ljalga olinsa, qо‗limizda qanday о‗quv vositalari bor va ulardan qay 
darajada foydalanishimiz mumkinligini hisobga olamiz; 
•  Talabalar  (о‗quvchilar)ning  darsga  faol  yoki  passiv  qatnashuvi  mо‗ljalga  olinsa,  qanday 
dars о‗tish uslublarini qо‗llash kerakligini tanlaymiz; 
• darsni tashkil etish mо‗ljalga olinsa, qanday tashkiliy shart-sharoitlar mavjudligini hisobga 
olamiz; 
•  о‗zlashtirishni  nazorat  qilish  mо‗ljalga  olinsa,  qanday  tartibda  talabalar  bilimi  nazorat 
qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi. 
Bilim  olish  darajasini  tasvirlash  uchun  AQSH  pedagogi  Benjamin  Blum  tomonidan  1956 
yil e‘lon qilingan «Taksonomiya seley obucheniya» chast 1. «Kognitivnaya sfera» (Taxonomy of 
Edicational  Objectives:  Handbook  1:  Cognitive  Domain)  kitobida  ta‘lim  maqsadlarini  qat‘iy 
belgilangan  mezonlarini  ishlab  chiqqan.  Undan  о‗tiladigan  darsning  maqsadini  rejalashtirishda, 
auditoriyada  amaliy  ish  bajarish  yoki  nazorat  ishi  uchun  savollar,  test  tayyorlashda  foydalanish 
mumkin.  «Taksonomiya»  (yunoncha  taxis  -  joylashish,  tarkib,  tartib  va  nomos  -  qonun) 
murakkab  tuzilishga  ega  reallikni  tasniflash  va  tizimga  solish  haqidagi  nazariya  bо‗lib  u 
narsalarpiig  tabiiy  bog‗liqligi  va  hosiyatlariga  kо‗ra  iyerarxik  tarzda  tavsiflash  va 
tizimlashtirishni anglatadi. XX asrning 60-70  yillaridan iyerarxik, biri ikkinchisiga buysinuvchi, 
uni  qamrab  oluvchi  obyektlar-taksonlar,  taksonomik  kategoriyalar  tizimi  haqidagi  ta‘limot  sifa-
tida kо‗rila boshlandi. 
B.Blumning fikricha, bilim olish  (kognitiv)
66
 darajasi  ma‘lum iyerarxiya tarzida joylashib, 
har  bir  bosqich  avvalgisiga  qaraganda  murakkab  hamda  avvalgi  bosqichlarni  ham  о‗z  ichiga 
oladi.  Ya‘ni  bilim  har  bir  yangi  pog‗onaga  kо‗tarilar  ekan,  albatta,  avvalgi  bosqichni  ham 
takrorlash lozim bо‗ladi. Ular quyidagilar: 
1.  Bilish,  olingan  bilimni  yodda  saqlash.  Bu  eslash  qobiliyati  yoki  darsda  о‗tilgan, 
о‗qiganlarni kerak bо‗lganda eslab,  yodga tushirish qobiliyati. Bunda avvalgi darslarda о‗tilgan 
tushuncha,  tendensiya,  umumlashtirilgan  xulosa  kabilarni  eslab  yodga  solish  kо‗zda  tutiladi.  U 
darsning dastlabki maqsadi. 
2.  Tushunish.  Talabalarning  darsda  eshitganlari,  о‗qiganlari,  kо‗rganlari  ma‘nosini 
tushunishi.  Qonunlar,  tendensiyalar,  tushunchalar,  g‗oyalar  ma‘nosini  tushunib,  ularning 
о‗zgarishi nimaga olib kelishini kо‗z о‗ngiga keltira olish qobiliyati. Lekin tushunish uchun avval 
olingan bilimni yodda saqlash kerak. 
3.  Olingan  bilimni  qо„llash.  G‗oya,  prinsip,  konsepsiyalarni  yangi  vaziyatlarda  qо‗llash   
iqtidori. Bunda eng avvalo bilganlarni yodga tushirib, uni yangi vaziyat bilan taqqoslash kerak. 
4.  Tahlil  qilish.  Bu  -  voqea-hodisalarni  bо‗laklarga  bо‗lish,  ular  о‗rtasida  mantiqiy 
aloqalarni  aniqlashni  talab  etadi.  Tahlil  qilish  (analiz)  iqtisodiy  voqelik,  jarayonlarni,  u  yoki  bu 
shaklda  induksiya  yoki  deduksiya  uslubini  qо‗llashga  tayanadi.  Tahlil  qilish  uchun  esa  olgan 
bilimni yodga tushirish, muammoga tushunish, uni qо‗llay bilish kerak. 
                                                 
66
 lot. Cognito – bilim ma‘nosida. 

5. Sintez qilish. Bilim olish va fikrlashning bu bosqichida alohida tarkibiy qismlar va turli 
manbalardan  olingan  axborotni  bir  butun  yagona  tizimga  keltirish  qobiliyati  namoyon  bо‗ladi. 
Buning uchun yodga tushirish, masalaga tushunish, uni qо‗llay bilish, tahlil qila bilish zarur. 
6.  Baholash.  Bu  -  bilishning  yuqori  bosqichi  bо‗lib,  talabaning  qо‗yilgan  masalaga  о‗z 
fikri,  nuqtai  nazarini  bildirish  qobiliyatini  ifodalaydi.  Bunda  u  yoki  bu  muammoni  yechishning 
turli  yо‗llari  shakllanadi.  Uning  qaysi  biri  tо‗g‗ri,  samarali,  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga 
muvofikdigi  baholanadi.  Odatda,  baholash  mezonlaridan  foydalaniladi.  Bu  mezon  о‗qituvchi 
tomonidan qо‗yilishi  yoki uni talabalarning о‗zi belgilashi mumkin. Baho berish uchun, avvalo 
olgan  bilimni  yodga  tushirish,  masalani  tushunish,  yangi  vaziyatda  bilganlarini  qо‗llay  bilish, 
tahlil qilish,  sintez qilishni  bilish  kerak. Talabaga berilayotgan topshiriq,  ana shu  bilishning olti 
bosqichidan  qaysi  bosqichiga  tо‗g‗ri  kelishini  aniqlashda  qо‗llaniladigan  asosiy  da‘vatlar 
quyidagi sо‗zlar hisoblanadi: 
1. Aniqlang, tasvirlang, sanab chiqing, yodga tushiring, kо‗rsating. 
2.  Taqqoslang,  farqini  kо‗rsating,  tushuntiring,  gapirib  bering,  misollar  bilan  izohlang, 
о‗zgartirib, ifoda qiling. 
3.  Qо‗llang,  tuzing,  namoyish  qiling,  fikrni  davom  ettiring,  chuqurlashtiring,  loyihasini 
tuzing, ishlab chiqing, yeching. 
4. Tahlil qiling, kategoriyalarga, bо‗laklarga bо‗ling, tasvirlang, farqini kо‗rsating. 
5.  Ishlab  chiqing,  tuzing  (yarating),  tendensiyani,  qonuniyatini  aniqlang,  umumlashtiring, 
tavsiya qiling, ta‘riflab bering. 
 
4. YAPT lаr: fikrlаr hujumi 
 
Bilishning  bosqichlariga  kо‗ra,  talabaning  fikrlash  doirasi,  qobiliyatini  hisobga  olib, 
topshiriq, vazifa berish kerak. О‗qitishning turli uslublarini qо‗llashdan asosiy maqsad, talabalar 
bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqishdir. Agar pedagog qо‗lida bilimga chanqoq talabalar, fan 
maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qо‗llanmalar mavjud bо‗lsa, u didaktik jarayonni 
muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  bilish  faoliyatining  tashkiliy  shakllaridan  samarali 
foydalanib  yangi  pedagogik  texnologiyani  amaliyotga  izchil  va  ketma-ket  joriy  etishi  mumkin. 
Shu boisdan, о‗qituvchi mahoratiga kо‗p narsa bog‗liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan о‗rni 
haqida batafsil tо‗xtalish zarurati tug‗iladi. 
1. О‗qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta‘lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan 
belgilashi  kerakki,  natijada,  ma‘lum  vaqt  ichida  unga  erishishni    ta‘minlaydigan  didaktik 
jarayonni tuzish va joriy etish tо‗g‗risida xulosa qilish mumkin bо‗lsin. 
2.  О‗qituvchi    pedagogik    tizimda    belgilangan    maqsadga    tо‗g‗ri  keladigan  о‗quv-
tarbiyaviy  jarayon  mazmunini  о‗quv  dasturi  bо‗yicha  chuqur  egallashi,  muntazam  ravishda  о‗z 
pedagogik  mahoratini  ilmiy-texnikaviy    taraqqiyot    talablariga    mos    holda    mustaqil    ravishda 
kengaytirib borishi zarur. 
3.  О‗qituvchi  pedagogik  tizimning  tarkibiy  elementa  sifatida  didaktik  jarayonni  amalga 
oshirish  bilan  tanish  bо‗lishi  kerak:  bu  -  birinchidan,  jadallashtirish  va  tabiatan  monandlik 
talabidir.  Jadallashtirish  didaktik  masalalarni  ma‘lum  vaqt  doirasida  birmuncha  tez  va  yuqori 
saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qо‗llashni talab etadi. Ta‘lim va tarbiyaga bu talabni 
aniqlab  beruvchi  omil  –  talaba  (о‗quvchi)  larning  ma‘lum  faoliyatni  о‗zlashtirish  tezligi 
hisoblanadi.  Ikkinchidan,  О‗quv-tarbiyaviy  jarayonni  shunday  tashkil  etish  lozimki,  bunda 
mumkin  qadar  talabalarning  keng  doirada  tajriba  egallashiga  imkon  tug‗diradigan  va  ularning 
aqliy  malakasini  rivojlantira  oladigan  mexanizm  vujudga  kelsin.  Bu  talabni  aniqlab  beruvchi 
omillar: talabalarning о‗qishga bо‗lgan xohishi, о‗quv mehnatiga munosabati va sog‗lom psixo-
fiziologik faoliyati kabilardir. 
4.  О‗qituvchi  didaktik  jarayonni  amalga  oshirishda  о‗qitishning  samarali  shakllaridan 
foydalana  olishi  kerak.  О‗qitishning  tashkiliy  shakllari  tо‗g‗ri  tanlanishi  pedagogik  tizim 
elementlarining  ma‘lum  qonuniyat  asosida  bir-birlari  bilan  bog‗liq  ekanligini  bildiradi.  Bu 

bog‗lanishlardan  foydalanish  va  eng  maqbul  bо‗lgan  tashkiliy  shakllar  topish-ta‘limda 
rasmiyatchilikni yо‗qotishga yо‗l ochadi. 
5.  О‗qituvchi  pedagogik  tizimning  ishtirokchisi  bо‗lgan  talabaning  ta‘lim  mazmuni  va 
tarbiya  ta‘sirini  qay  darajada  egallayotganligini  eng  maqbul  usullar  yordamida  doimo  nazorat 
qilib  borishi  lozim.  Bu  tо‗g‗rida  olingan  axborotlar  esa  pedagogik  tizimni  maqsadga  muvofiq 
tarzda  boshqarish  imkoniyatini  beradi  yoki  tizimdagi  kaysi  elementning  mazmuniga  tuzatish 
kiritish kerak ekanligini aniqlaydi. 
Dars  berishning  mazmuni  shu  fanda  mujassamlashgan  obyektiv  reallik  bilan  aniqlanadi. 
Metodika  (uslubiyat)  fanning  о‗quv  jarayonidagi  harakati,  rivojlanish  shaklidir.  Fan  bilan  uni 
о‗qitish  о‗rtasidagi  farq  shundaki,  fan  bevosita  obyektiv  reallik  bо‗lib,  uning  rivojlanish 
qonunlarini ifodalash bilan birga, о‗quv predmeti sifatida ana shu jarayonni bevosita tasvirlaydi. 
Umuman  olganda,  о‗qitish,  ilm  berish  obyektiv  dunyoni  bilishni  shu  fan  erishgan  yutuqdar 
darajasiga  kо‗taradi.  Fan  doimo  rivojlanib  yangi  kashfiyotlar,  bilimlar  bilan  boyib  boradi.  О‗z 
navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib boriladi. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling